Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbila amin. Va ala aqibatu ilay mutaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad as sodiqul va'dil amin. Va alal alihi va ashabihi ajma'in. Ammabodo, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.
Alloh subhanah va taolo ushbu saidul ayyom kunni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Duolarimizni ijobat qilsin va mana shu minbardan turib aytilmayotgan darslarga amal qilib, rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko'zini quvonchi bo'ladigan farzandlarini tarbiya qilishlikda hammamizga muvaffaqiyatini bergan bo'lsin va alaykum. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun yigirma yettinchisi. Bugun inshaalloh ijtimoiy tarbiya haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Ijtimoiytarbiya.
Bu ota onalarni mas'uliyati haqidagi darslar. Murabbiylarning mas'uliyati vaqtidagi darslar hammamizga ma'lum, inson ijtimoiy maxluq. Ya'ni o'ziga o'xshagan insonlarning orasida, o'ziga o'xshagan insonlarning orasida jamiyatda kun kechiradi. Alloh Taolo uni mana shunday bo'lishini xohladi. Bu odam bolasi dunyoga kelar ekan, bu dunyoda umr kechirish uchun boshqalarga muhtoj bo'ladi. Unga ham boshqalar muhtoj bo'ladi. Mana shu jamiyatda inson o'z o'rnini topsa, shu jamiyatda ado qilish kerak bo'lgan vazifalarni chiroyli, puxta ado qilsa, o'zi ham foydalanadi. Odamlarni ham foydalantiradi. Insonning yolg'iz o'zi kun kechirishi bu aqlga sig'maydi.
Alloh Taolo odam bolasini ijtimoiy maxluq bo'lishini xohladi. Odamlarning orasida yashaydi va har kuni imtihonga duch keladi. Odamlar bilan qilayotgan muomalasi imtihoniga duch keladi ular. Mana shu imtihon sababli, agar chiroyli bu imtihondan o'tsa, chiroyli o'tsa, yuksaladi. Mana shu muomalalar imtihonidan o'ta olmasa, pastga qulaydi.
Agar musulmon kishi dunyoga kelib, mana shu odamlar bilan qiladigan muomalasini, jamiyat bilan qiladigon muomalasini robbisini manhajga muvofiq sur'atda amalga oshiradigan bo'lsa, albatta najot ketadi. Ikki dunyoda. Agar robbisini manhajidan uzoq bo'lsa, o'zini havoyi nafsiga qarab kun kechiradigan bo'lsa, albatta bu ikki dunyoda bunday bandar xor bo'ladi.
Mana musulmon odamni hayotini avvalidan oxirigacha ibodat deyiladi. Astayduvila, voma xoloqtul jinna val insa illa liya abdull. Alloh taolo aytadi, jinlarni ham, insonlarni ham menga ibodat qilishlari uchun yaratdim. Demak, insni ham, insonni ham, jinni ham, bu vujudga kelishidagi maqsad allohni qulchiligi ibodati. Huradalar, musulmon odamni hayotini boshidan oxirigacha ibodat deymiz.
Bu xos urfiy ibodatlar bo'lsin, namoz, ro'za, zakot, dinimiz buyurgan ishlar bo'lsin. Xoh, muomaladagi ibodatlar bo'sin. Har qanday muomalasi ham musulmon odamni ibodat o'rnida bo'ladi. Ha endi oyoq kiyimingizni kiyib yechishligingizda, Payg'ambar alayhissalomni sunnatiga muvofiq kiyib bersangiz ibodat, to'g'ri ma to'g'ri kiyib bersangz ibodat emas. Innomal amal u bin niya. Hamma ovqat yeydi. Bismillah deb o'ng qo'li bilan yeb, sunnatga muvofiq yasaysiz, mana shu ham ibodat. Xuddi shunga o'xshagandek, odamlar bilan qilayotgan muomalamizda ham Rasulullohni sunnatiga amal qilsak, Allohnin man hajini tadbiq qilsak va niyatimiz Allohdan roziligi bo'lsa, albatta odamlar bilan qulayotgan muomalamiz ham ibodatga aylanadi.
Kasbimizda, uylanishimizda, pul topishimizda, sarf qilishimizda, xursandchilik yoki qayg'uli kunlarda Robbimizni manhajiga amal qildingmi yo'qmi? Mana shu narsa haqida albatta qiyomatda so'ralamiz. Ota ona yoki murabbiy o'zi tarbiya qilayotgan bolani yoki farzandini qalbiga ijtimoiy tarbiya asoslarini joylashligi kerak bo'ladi. Modomiki bolalarimiz shu odamlarni orasida kirib yashar ekan, jamiyat bilan bo'ladigan aloqalar haqidagi ilmga ega bo'lishligi kerak. Chunki bola tug'ilar ekan, to jamiyatga o'zi chiqib, qo'shilgunga qadar ota onasini quchog'ida bo'ladi. Hamma yog'ini ota onasi qiladi. Doktorga olib borsa o'zi gapiradi. Birov bir kiyim olishligi kerak bo'lsa, ota onasi qilib beradi. Qo'yingki, o'zini hech qanday tasarrufini amalga oshirmaydi. Jamiyatga birinchi bo'lib qo'shiladigan payti qaysi payt bo'ladi bolani?
Bola bog'chasiga borganda. Bola bog'chasiga. Bola bog'chasida borgan paytda siz mana shu jamiyatga qo'shilishlik uchun, bobolim, qo'shilib ketish uchun qanchalik tayyorgarlik qildingiz, qanchalik qilmadingiz, mana shu bolalarni bog'chasidan bilinadi. Yoki bolalarni bog',chasiga bormagan bo'lsa, birinchi sinfga borganidan bilinadi. Xohlamay qoladi yu. Ya men bormayman maktabga deydi. Yig'lab turib oladi. Demak, shunga tayyorlamagansiz. Tayyorlamagans siz, tayyor emas jamiyatga qo'shilib ketishlikka. Endi katta bo'lgandan keyin u murakkablashib boraveradi. Deystvaga borib aralasha olmadimi deystvaga kirib? Maktabga borib aralashib keta olmadimi jamiyat bilan? Endi katta bo'sgan sari, shu sifat unda ziyodalashib boradi.
Agar. Mana shu jamiyat bilan qiladigan muomalalar, mana shuning bir asoslari, uslublarni ta'lim bermaydigan bo'lsak, bu farzandimiz jamiyatga chiqqanda o'zi baxtsiz bo'lib qoladi va boshqalarni ham baxtsiz qiladi. Alloh azza va jalla payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga Qur'oni nozil qildi. Bu Qur'onda manhaj bor, dastur bor. Bu oilasi bilan qiladigon muomalalarni manhaji. Jamiyat bilan qiladigan muomalalarning dasturi. Unday qil, bunday qilma. U halol, bu harom. Agar ana shu manhaj bo'yicha ketsak, o'zimiz ham foydalanamiz odamlarni orasiga kirganda, odamlar ham bizdan foydalanishadi. Agar odamlar bilan qilayotgan muomalamizda robbimizni ko'rsatmasi bo'yicha kessak, hech kim bizni yomon ko'rmaydi. Hech kim bizga dushman bo'lmaydi. Manfur yoqimsiz bo'lmaymiz. Chunki bu koinotni yaratgan al xobir, al alin bo'lgan zotni manhaji bo'yicha ketsak, alloh biladi bizni nima foydamiz, nima zararimizligini. Buni misoli shuki, mashina haydab ketayotgan bir haydovchiga o'xshaydi. Agar shu haydovchi minib ketayotgan mashinasini chiqargan zavodni ko'rsatmasiga rioya qilsa, bir yo'l harakati qoidalariga rioya qilsa, ikki manziliga yaxshi yetib boradi.
Chunki mashinani yasagan zavod, mashinani xususiyatlarini biladi, shunga qarab talab qo'ygan va yo'l harakat qoidalari bor. Xuddi shunga o'xshagandek, Lillah ila sal ala. Shu koinotni, shu odamlarni yaratgan Parvardigorning ko'rsatmasi bilan muomala qilsak, zo'r bo'ladi hayotimiz. Demak, ijtimoiy tarbiya juda ham, juda ham muhim.
Ijtimoiy tarbiyada bolalarimizga o'rgatishimiz kerak bo'lgan birinchi narsa nima? Taqvo. Allohdan bo'lgan qo'rquvni farzandlarning qalbiga joylashlik kerak bo'ladi. Agar jamiyatga chiqib aralashgan paytda farzandimiz Allohni buyurganini qilib, qaytarganidan qaytadigan inson bo'lib tarbiyalangan bo'lsa, bu odam albatta hayotda salomat bo'ladi. Astaydubillah. Yahdiy bihillahi man itta barizvanah su'bul assalam va yuxri juhun minal do'lumati ila nuri bi izni va yahdiy him ila siroti mustaqim. Oyatni qarang. Sizlarga Alloh tarafidan nur, ochiq kitob keldiki, Alloh u sababli o'zining rizoligiga erishgan zotlarni najot yo'llarga hidoyat qilur. Allohni ko'rsatmasiga amal qilgan odam albatta najotga yetadi. Va o'zi izni irodasi bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va ularni to'g'ri yo'lga hidoyat qilib.
Bolamizni jamiyatga chiqarishlikdan oldin Allohning hududlarida to'xta, Alloh man qilgan ishga qadam qo'yma deb agar singdira olsak yoshligidan. Aytdik ku, yosh bola besh yoshgacha har qancha tushunchani olib boradi. Nima yaxshi, nima yomon. Mana shu tushunchalari bizni tilda o'shanaqalari shakllanib bo'ladi. Besh yoshgach a.
Inson robbisini man hajiga ergashar ekan, albatta salomat bo'ladi. Ko'chaga chiqib odamlar bilan muomala qiladi, kitobi sunnat bo'yicha omonlikda. O'zidan kattalar bilan muomala quradi, kitobi sunnati bo'yicha omanlikda. O'zi bilan tenglar bilan muomila qiladi, kitobni sunnatga muvofiq omonlikda. O'zidan quyiroq bo'lgan odamlar bilan ma'lum qiladi, kitibi sunnatga muvaffaq, bu odam omonlikda. Ammo boshqalar esa.
Boshqalarda nima bo'lishini bilamiz. Puldorroqni oldiga borganda boshqacha turadi. Pulsizroqni oldiga borgan yana boshqacha turad. Kattalarni oldida boshqacha, kichkina oldida boshqa. Chunki bu odamda kitobi sunnat bilan muomala qilishlik degan ilm yo'q. Uni qo'lida andozasi yo'q. Ya yuxannasu innah xolahkuneh kun minza karimova unsa. Vo jahlna kun sho'ban va qoba ilali ta'rofu. Inna akromakum inna allohi atqokum. Inna allohi alayhimun xabir.
Ey insonlar, deydi Alloh Taolo Qur'onda. Darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Odam va Havoda. Hamda bir birlaringiz bilan tanishinglar, do'stu birodar bo'lishinglar uchun sizlarni turli tuman xalqlar va qabila elatlar qilib qo'ydik. Millatlarni har xil bo'lishi, har xil bir millat vakillarini bor bo'lishligi, dan hikmat, lita a orfu, bir biringlar bilan tanishishinglar va do'st u birodar bo'lishinglar. Endi, qarang, shu millatlarda, shu elatlarda Allohga yoqimliroq qaysinisi? Innakromakum aynda allohiyat hokim. Allohni huzurida taqvodorroq bo'lganinglar, hurmatliroqinglar. Bu yerda arab hammadan ustun, ajamlar arabdan past degani emas. Bir kishini falon millat vakili bo'lganligi, falon millat vakil bo'lgan boshqa kishidan balandligini belgilamaydi. Millati bu yerda muhim emas. Allohdan qo'rqadimi? Mana shu odam Allohga mag'bu bo'laveradi.
Va man yataqillaha yaji allohu maxroja. Kim Allohdan qo'rqsa, u zot, u uchun barcha g'am kulfatlardan chiqar yo'lni paydo qilur. Qaytaramiz. Kim Allohdan qo'sa, Alloh bu bandaga har qanday g'am tashvish mushkuladan chiqib ketadigan yo'lni ko'rsatadi. Mana shu oyatni haqiqatini, mana shu oyatda ma'nosini tushuntirishlik uchun, ey, to'g'irlagan kitob yozsa bo'ladi. Masalan, bir odam farzand tarbiyasida Allohda taqvo qiluvdi, farzandi oq bo'lmadi. Farzandi boshiga ko'tardi shu ota onani. Yana bir odam uylanishlikda, ayol tanlashlikda Allohda taqvo qiluvdi, oilasi baxtli bo'ldi. Buzilib ketmadi oilasi.
Pul topishda bir savdogar taqvo qilgandi, tijoratidan barakat topdi. Bankrot bo'lmadi, Allohga iymon keltirgandan keyin, qilayotgan har bitta ishida taqvo qilgan odam ikki dunyo saodatiga yetadi. Mana biz farzand tarbiyasi haqida gapiryapmiz. Ijtimoiy tarbiya haqida gapiryopmiz. Bola tarbiyasida taqvo qilsak, bolalarimiz ko'zimizni quvonchiga aylanadi. Bizni boshida ko'taradi. Qilib bersak ham dunyosini, qilib bera olmagan bo'lsak ham.
Ammo faqatgina uyi, mashinasi, uylab qo'yishi, tijorati, dunyosini o'ylab, haqqavo qilmasdan yashagan ota ona, nima qilib berib qo'yibsizlar menga sizlar? Ko'p aytamiz a? Bu qardagi loy chekka olib chiqib qo'ydinglar. Voy, ablah. Bu chek qilib uy solib beribdi hali bunga. Ko'chasini asfalt qilib bermabdi da, shu sizga haq bo'lyapti. Endi aksincha, agar Allohni tanitib, taqvo bilan tarbiya qilganida bu bola nima der edi?
Ko'p aytamiz. Dada, siz ishladingiz, yetadi, bo'ldi, mehnat qiling. Namozingizni o'qing, jo'ralaringiz bilan bir ulfatchilik qiling, Qur'oningizni o'qing. Ishni bizga qo'yib qo'ying, deb boshiga ko'tararmidi? Ko'tarar edi. Agar taqvo ustida turib tarbiya qilganda bolasini, otam, jannatni bitta eshigi. Onam jannatni mitti eshigi. Men bularda ehtiyot qilishim kerak degan narsa bo'larmidi? Bolani sizni ustingizdagi tarbiya haqqini berganingizda, farzand sifatida sizni ota ona haqqingizni bergan bo'lar edi.
Taqvodor mo'minning hayoti osuda va osoyishta bo'ladi. Odamlar bilan muomalamizda, jamiyat bilan qilgan muomalamizda taqvo qilishimiz bizni Allohning roziligiga olib boradi. Mana hayotda muammo juda ham ko'p. Siyosiy muammo, iqtisodiy muammo, ishjimoiy muammo, sixiy salomatlikka taalluq muammo, hammasichi bitta arqonga baylasa bo'lar ekan. Sababi bitta ekan.
Bitta arqonga hammasini tortib qo'ysa bo'lar ekan. Bu odamlarni hamma mushkulalari, deyarli hamma mushkulalar o'ziniki bo'lmagan narsani olmoqchi bo'lganingdan kelib chiqar ekan. O'zi haqli bo'lmagan rosa, o'ziniki emas bo'lgan narsani qo'lga kiritaman degan paytda mushkulalar kelib chiqar ekkan.
Haq egalarini haqqini berishni xohlamaganda mushkulalar kelib chiqar ekan, o'ziniki bo'lmagan narsani olish va haqlarni egalarga bermaslik. Demak, bolamizga yoshligidan hamma muammolardan qutilish yo'lini o'rgatmoqchi bo'lsak, aytaylikki, o'zingniki bo'lmagan narsani olma, haq egasini haq qilib ber. Ya'ni nima qil?
Nima qil? Taqvo qil. Taqvo qil! Ehtiyot bo'l. Nimadan? Allohni g'azabidan. Allohni norozi qilayotgan ishdan ehtiyot bo'lsin. To'g'rida e. To'g'ridan. Masalan, yo'lga mashina qo'yib qo'yapsizlar. Sizniki emas, uyga mashina qo'y, sizni haqqingiz emas u. Ketdi problema. Orqasiga bittasi qo'ydi, qo'ydi. O'shanga borib taqalyaptimi? Sizniki emasda bu yerga qo'yish, sizni haqqingizi yo'q bu yerga qo'shlikka. Bu ko'chani haqqi. Ko'chani haqiqatini bermasdan olib oldingiz. Mushkul a?
Demak, farzandingizga yoki siz ta'lim berayotgan shogirdingizga birinchi o'rinda Allohda taqvo qilishni o'rgating. Allohni hududida to'xtashlikni o'rgatding. Bu narsa harom, bunisi mumkin emas. Bundan ehtiyot bo'l. Agar shunday qilinsa, albatta xayriya bo'ladi. Endi mana shu haq egalarini haqqini bermaganlar, o'ziniki bo'lmagan narsalarni, o'ziniki qilib olganlarni oqibati nima bo'layotganligini hayot hammamizga ko'rsatib turibdi. Haddidan oshganlar, o'zinichi bo'lmagan nasani olganlar, haq egalarini, haqqini bermagani nima oqibat topayotganligini hayoti ko'rib turibmiz.
Agar odamlar bilan qilayotgan muomalamiz chi, palapartish bo'lsa, dastursiz, qonunsiz, manxassis, programmasiz bo'lsa, odamlarni o'rtasida muammolar to'lib toshib ketadi. Allohdan qo'rqish degan dastur asosida bo'lishi kerak, bir birimiz bilan qilayotsak muomalamiz.
Masalan, odamlar allohdan qo'rqmay bir biri bilan muomala qilsa, o'rtasida albatta mushkalar kelib chiqadi. Soatma soat yurishadi. Ona soatga beradi, u soatni hukmiga rozi bo'lmaydi da. O'zi ikkita odam u muomalasini kelishib olsa bo'lardi allohdan qo'riqishlik asosida. Bittasi o'lib ketguncha bu soatma soat ketaveradi. Vaqti ketadi, moli ketadi, umri ketadi. Agar bir birimiz bilan qilayotgan muammolarimizni taqvo hal qilsa, o'rtamizdagi muammolar taqvo asosida bo'lsa, bitta domla bilan hal qilib qo'ysa bo'ladi.
Endi bu muammolarga tegishli narsa. Muammolarga tegishli narsa. Nimaga odamlar orasida shunaqa muammolar ko'p bo'ladi? Javob aniq. Allohni manhajidan chiqib ketgan ular. Ikkilamay aytsak bo'ladi. Yer yuzida bir mushkula borki, buni sababi gunoh.
Man asobamin musibating fabima kasabat aydikum va ya'fu an kafir. Alloh aytyapti. Nima musibat kelsa boshinglarga, qo'linglar bilan qilgan ish tufayli keladi. Qaytarib aytamiz. Boshingga qanaqa mushkula kelgan bo'lsa, o'zing qilgan ish gunoh tufayli bo'ldi. Yunus alayhissalomni baliq yutib yubordimi? Yutib yubor edi. Nimaga yutib yuborni?
Allohdan ruxsatsiz naynavo ahlini tashlab chiqib ketdi. Payg'ambardan xato sodir bo'lgandi, Alloh Taolo baliqqa yuttirib yubordi. Musulmonlar, Uhudda mag'lub bo'lishdimi g'alabadan keyin? Mag'lub bo'shdi. Nima sabab bo'ldi? Itoat qilmadilar kamonchilar. O'shaning uchun. Mashinangizni biriga olib borib urdingizmi? Nima mushkula bo'lgan bo'lsa, nima muammo bo'lsa, plyonkani bunday orqaga qaytaring da.
Nimadir qilgansiz da, bejiz bo'lmaydi. Onangizni xafa qilib chiqdingiz, otangizga tikka gapirdingiz, otangizni onangizni norozi qilib futbolga bordingiz, ketdi ayiq. Yana nima yo'li bo'lyapti ekan? Bir ehson qilib yuboraylik. Chiqarib yuboraylik, shu. Tovarimiz kelmayapti da vaqtiga. Yo'q, ish chiqarma. Sen gunoh qilma manda. Sen bu yerda haromni qilib qo'yuvding. Yoki farzni qilmading. Farz bilan haromga beparvo bo'lib nafl qilayotgan odamni naflari qabul bo'lmaydi.
Yana qaytarib aytamiz, xotinni tarbiyalash, bolani tarbiyalash farz edi bizni yelkamizda. To'g'rimi erkaklar? Fars qolib ketsa, harom qolib ketib turib, nafl bilan shug'ullanayotgan odamni nafili qabul bo'lmaydi. Demak, har bitta muammo, har bitta mushkulani orqasida gunoh turadi. Endi gunoh qilishlikni orqasida nima turadi?
Ilmsizlik turadi. Nafs deyish mumkin, to'g'ri. Agar mana shu gunohni qilsangiz, oqibati nima bo'lishidan xabardor bo'lsangiz, qilmaysiz shuni. Ikki marta qizilga yursangiz, tushmadingiz, lekin bildingiz pravani nishat qilib yuboradi. Shu qilgan ishingizni oqibati nima bo'lishini bilsangiz, qilmaysiz. Xuddi shunga o'xshagandek, siz qilayotgan gunohni oqibati nimalar bo'lishidan xabardor bo'lsangiz, gunohdan tiyilasiz, gunoh bo'lmagan ekan mushkul bo'lmaydi.
Ildizi nimaga borib taqalyapti? Ilmsizlikka. Johil, ilmsiz odam unga dushmani ham qila olmaydigan yomonlikni o'zi o'ziga qilib oladi. Adovun aqilun xayrun min sodiqin jahiling. Hikmatni qarang. Ahmoq do'stdan ko'ra, aqlli dushman yaxshi.
Hamma narsadan avval bilishimiz kerak bo'lgan haqiqat shuki, innakromahkum ayni dallohi at qoqum. Sizlarni Alloh huzurida eng hurmatingiz taqvodorrog'ingiz. Demak, birinchi aytadigan gapimiz ijtimoiy tarbiyada bolalarni qalbiga taqvo degan narsani joylaylik. Allohdan qo'rquv degan urug'ni ekaylik. Shunda bu farzandlarni ko'zimizni quvonchiga aylanganiga inshaalloh guvoh bo'lamiz.
Endi avvalambor bu taqvo degan narsani bolalarga o'rgatishlikdan avval o'zimizda bo'lishi kerak u taqvo sifatida. Aytganmiz, amaliy suratda berilgan dars yuzta mavzudan foydaliroq bo'ladi. Qaytarib aytamiz. Amaliy suratga berilgan dars, yuzta mavizadan foydaliroq bo'ladi! Masalan, soratonda ro'za kelyapti mana.
Issiq. Kun uzun. Mana shu kunda taqvo qilganingizni bolangiz ko'rsa, albatta sizga ergashadi. Savdoda adashib, xaridor ko'proq pul berib yubordi. Nima qilasiz? Qaytarib berasizmi? Buni bolangiz ko'rar, o'rganadi. Do'koningizga bir nomahram ayol kirib qoldi. Yolg'iz turgan paytingizda. Nima qilasan? Tikilib qarab turasizmi yoki ko'zingizni olib qochasizmi? Demak, amaliy suratda biz taqvoni o'zimiz ko'rsatishimiz kerak. Taqvo nima? Taqvo seni buyurgan yerida robbing ko'rishligi va seni qaytargan yerda ko'rmasligi.
Taqvoning ta'rifi. Taqvo haqida juda ko'p darslar bo'lgan. Qisqacha qisqacha to'xtalib o'tib ketamiz. Qur'onda uch yuz dan ortiq o'rinda taqvo haqidagi so'z ketadi. Uch yuz dan ortiq. Taqvo nima? Allohning g'azabidan, azobidan qo'rqish. Unga osiy bo'lishdan, uni manhachidan chiqishdan, uning hududlarini buzishdan qo'rqilish.
Ikki dunyoda ham, shu dunyoni o'zida ham taqvodor odam saodat topadi. Farzand solih bo'lish uchun uni qalbiga taqvo, urg'uni ekishimiz kerak. Bolam, bunday qil, bunday qilma. Mana bunday qilsang robbing sendan rozi bo'ladi. Mana bunday qilishing g'azablanadi. Haqvador bo'lsang, saodatli bo'lasan. Umrini qattiq roziyallohu anhudan ubaybni ka'b so'radi. Haqvo nima? Xalifa javob berdi. Tikonlik yo'ldan, ko'chadan yurganmisan? Ha, yurganman. Qanday qilib yurgansan? Juda ham ehtiyot bo'lib yurganman. Mana shu taqvo bo'ladi. Tikkanli ko'chadan yalangoyoq ketayotgan odam qadamini yerdan uzmaydi. Qayerga qo'yishini ko'rmasdan turib. Chunki uzib olsa, tikkanini ustiga qo'yib qolishi mumkin. Shuning uchun oyog'ini ko'tarishdan burun ko'rib oladi qayerga qo'shishini. Mana shu taqvo dedi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam attaqvo ha huna deb o'zini muborak ko'ksiga ko'rsatdilar. Taqvo mana bu yerda bo'ladi. Taqvo mana bu yerdi bo'ladi. Kunduzi mashina haydagan shoper bilan kechqurun mashina haydagan shoferni mashina haydashida farq bo'ladimi? Qaysinisi qiyinroq?
Allohning buyrug'ini bajarishga bo'lgan kuchli rag'bat hamda bandaning qalbiga berilgan nur. Mana shu taqvo bo'ladi. Bu nur bandaga haqni haq deb, botinni botil deb ko'rsatadi. Taqvodorlarning hayotidan ayrim misollar, taqvoga ayrim namunalar. Imom G'azzoli o'zini Ihyo ul Uddin kitobida shunday bir rivoyatni keltiradi.
Yunusov Nubayt, soli kishilardan edi, kiyim savdosi bilan shug'ullanadi. Uni do'konida har xil qiymatdagi kiyimlar bor. To'rt yuz dirham, besh yuz dirham, ikki yuz dirham, yuz dirham, ellik dirham. Bir kuni masjidga ketayotib, o'zini jiyanini do'kaga qoldirib ketdi. Ketdi. Do'konda turgan jiyani, uni oldiga bir a'robiy keldi da. Menga to'rt yuzdirhamlik kiyimni ko'rsatchi, dedi. Haligi bola ikki yuzdirhamlik kiyimni ko'rsatdi. A robiga ma'qul keldi. To'rt yuz dirhamga oldi. Kiyimni ko'tarib ketayotgan edi, masjiddan qaytib kelayotgan Yunus ibn Ubaytga duch keldi. Yunus qarasa, haligi qo'lidagi kiyim A robiyda, uni do'konidan olingan. To'xtatib turib, birodar, qanchaga oldingiz dedi. To'rt y uz dirhamga oldim. Buni narxi ikki yuz dirhamdan oshish emas. Yuring, do'konga qaytarib bering egasiga desa, A robi bizni yurtlarimizda besh yuz dirham bu. Men o'zim rozi bo'lib oldim dedi. Yunus aytdi, men bilan birga yuring dedi. Albatta dindagi nasihat nusx. Boshqalarga yaxshilikni ravo ko'rishlik, dunyo va undagi hamma narsadan ko'ra afzal dedi.
Ertalab o'zini do'koniga olib keldi. Ikki yuz dirhamini qaytarib berdi. Keyin jiyanini malomat qilib, uyalmadingmi? Allohdan qo'rqmadingmi? Ikki barobar ham qimmat sotasanmi? Dedi. Musulmonlarga bo'lgan nasihating qayerda qoldi? Dedi. Ya'ni nasihat deganda musulmonlarga o'zingga ravo ko'rgan narsani ravo ko'rishing. Jiyani aytdi, vallohi rozi bo'lib oldi, amaki deyapti.
Nima qilsin endi bilmasa u? Zapchast purishlar, telefon purishlar, umuman shunaqa bir odamlarda hammasi xabardor bo'lmaydigan narsani sotayotganlar. Ichidagi navorotiga qarab turib, nima qilinadi da telefon ham haligi, ustuvi qilib olaveradi. Rozi olib berdi deydi. Ha, rozi olib berdilar, chunki bilmadi da. O'shaning uchun shariatda bilmagan odamni kuyishi yo'q.
Rozi olib bersa ham sizga xorom keyingi ikkinchi qismi. Chunki ikki yuz so'mlik narsani siz uch yuz so'mga, u tili bilan aytdi rozi bo'ldim deb. Bilmaganligidan rozi bo'ldi dedi. Shuning uchun taqvo qilinglar ukalar, akalar. Savdogar birodarlar. Yunus aytdi jiyaniga, o'zingga ravo ko'rmagan narsani unga ravo ko'rdikmi dedi. Taqvo shunday bo'ladi. Taqvo shuday bo'ladi, musulmon savdogar oldamaydi, xiyonat qilmaydi.
Allohni roziligi bu bandi uchun dunyo va undagi hamma boylikdan ko'ra qadrliroq bo'ladi. Qo'shib yuboraylik ma'noni deydi. Yuz karobkani ichida bir karobka ham bo'lib ketaveradi. Yig'ishtir deydi. Yig'ishdir deydi. Abdullohimni dinor aytadi. Abdullohimizni dinor aytada, umrimni xato bilan makkaga qarab chiqdik, yo'lda dam olgani to'xtadik. Shu payt oldimizga bir cho'pon balandlikdan qo'ylarni haydab kelib qoldi. Xalifa unga qarab tanimayapti bu chopon xalifani. Ey chopon, qo'ylardan bittasini bizga sotmaysanmi dedi.
Chopon, men mamlukman dedi. Qulman. Xo'jayinni qo'y dedi. Xalifa uni sinab, saidinga borib turib, bo'r yeb ketdi deb qo'yasan dedi. Yo'lini topib beryapti. Chopon saidimni oldarman. Allohni chi dedi. Ana birodarlar, mana shu taqvo. Hech kim bilmagan, hech kim ko'rmagan joyda Allohdan qo'rqishlik. Faholafa min ba'dihim xolfun ado ussolata va'ttavau shahavat fasavfaya'l qovna g'oyya. Alloh aytadi Qur'onda, so'ng ularning ortidan namozni zoyi qiladigan va shahvatlariga beriladigan kimsalar o'rinbosar bo'ldilar. Endi u o'rinbosarlar, albatta yomonlikka, ya'ni yomon jazoga yo'l qurlar. Qarang, salafs solihiylar shunday bo'lgan ekan. Avvalgilar taqvoni moli dunyodan afzal deb bilgan ekan. Bilgan ekan. Hozirgilar moli dunyoni taqvodan afzalda biladi. Avvalgilar azizlikni taqvoda deb bilgan ekan, hozirgilar azizlikni molda va mansabda deb biladi.
Avvalgilar molini, mansabini taqvoni yo'lida xizmatga sarf qilgan ekan, hozirgilar esa taqvosini moliga va mansabiga sarf qilganligini ko'ryapmiz. Sutga, suv aralashtirmoqchi bo'lgan onaga qizi nima deb javob bergan edi?
Umarimni xalifa, umarimni xattob, bunday qilmanglar degan u, desa, onasi, a bolam, umar ko'rmayapti yu bu bizni qilayotgan ishimizni. Qiz aytdi, ey onajon, agar buni umar ko'rmasa, umarni robbiz ko'rib turibdi yu. Farzandlarni ijtimoiy tarbiyasida biz bugun aytgan birinchi narsa, farzandlarniy qalbiga allohdan bo'lgan taqvo urug'larini ekishligimiz kerak. Bolalarimizga taqvo degan sifatni o'zlarida kasb qilishiga yordam bersak, farzandlarimiz inshaalloh ko'zimizni quvonchi, solih farzandlar bo'ladi. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmat.