Maviza
—Qoralama34 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
33:46
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmana rohimo shundurillahi robbila aminu ala aqibatu ilay mutaqin. Vassalatu vassalamu ala sayyidina muhammad as sodiq al va del amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Amma va. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh subhanuhu ato allohu shumul saidu alayhuyun bir barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanayotgan darsimizni, navbatdagisi.

Avvalgi darslarimizda birodarlar, yosh bolalarni tabiatida uchraydigan to'rtta bir holat. Yolg'onchilik, o'g'rilik va so'kinishlik haqida suhbat qildik. Ana shu tartibda tabiatni aynishi. Deb to'rtinchi darsimizni boshlagan edik. Oxirigacha yetmay qolgan edi. Inshaalloh bugun davom ettiramiz. Demak, yosh bolalarning tabiatining aynishiga sabab bo'ladigan ishlar. Bu birinchidan, musulmon bo'lmagan xalqlarga ko'r ko'rona taqlid qilishlik sabab bo'ladi, yosh bolaning tabiatining aynashiga. Oshiqcha bir ne'matlarga cho'milib ketishlik, maishatparast bo'lib ketishlik. Tabiatni o'ziga turadi, inson bolasida, kattada ham, kichikda ham. Hamda musiqaga berilishlik. Bugun inshaalloh, hozirgi kunda hech kimga sir bo'lmagan odamlarning fe'lining aynishiga, axloqni, tarbiyani buzilishiga asosiy sabablardan biri bo'lib turgan televizor haqida suhbat qilgan bo'lamiz, inshaalloh.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom termiziydan ketilgan hadisda la takunu imma atan. Immo bo'manglar. Ya'ni immo degani, odamlar nima qilsa shuni qilib ketaveradigan, odamlar nimani qilmasa shuni qilmay qovoraveradigan odam. Taqoluna in ahsanannas u ahsanna, va in volamu zolamna. Immo bo'lmanglar. Bunday kishilar agar odamlar yaxshilik qilishsa, biz ham yaxshilik qilyapmiz. Agar odamlar zulm qilishsa, sizlar ham zulm qilamiz deyishadi. Buni o'rniga sizlar, agar odamlar yaxshilik qilishsa. Yaxshilik qilib, agar yomonlik qilishsa, zulm qilmaslikka o'zlaringizni o'rgating. Kim nima qilsa, qilavermanglar. Immo bo'lmanglar dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam.

G'ayri dinlarga taqlid qilishlik musulmon odamga yarashmasligi haqida aytdik. G'ayri dinlarni nimasini olishi mumkin, nimasini olish mumkin emas. Ularni urf odatlari, turmush tarzlari, odatlarini olmaymiz. Ammo ilm fan texnologiya bo'ladigan bo'lsa, modomiki shariatda man qilinmagan bo'lsa bu narsa, ilm hikmatini olamiz. Payg'ambarimiz aytadilar al hakmato dalolatul mo'min fahaysu vajadaha fuha haqqi beham. Ilm hikmat go'yo mo'minning yo'qotgan molidek.

Uni qayerdan topsa, uni qayerdan topsa ham, bas uni olishlikka u haqlidir. Xulosa, g'ayridinlarni, musulmon bo'lmagan xalqlarni ilm fanda yetishgan yutuqlarini, ilm fan tajribalarini, ilmini olamiz. Omma urf odatlari turmush tarzi olinmaydi. Chunki Payg'ambarimiz bu narsadan siz bilan bizni qaytarganlar.

Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallamdan keltirilgan sahih hadisda, Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam shunday deydilar, Muozoq ibn Jabal roziyallohu anhudan bu hadis. Hola nabiyu sollallohu alalihi vasallama la tazulu qodama abdin yavmal qiyamati xatta yus'alu an arbaating. Qiyomat kunida bir mo'minda oyoqlari o'rnidan jilmaydi, qimirlamaydi, to'rtta narsa haqida so'rolmagunicha. Shu to'rtta savolga javob beradi, keyin o'rnidan jinadi.

Birinchisi, an umrihi, fima afnahu. Umrini nimaga sarfladi? Umri haqida so'raladi. Va an shababihi, fima ablahu. Yoshligi haqida so'riladi. Nimaga sarf qildi? Yoshligini nima bilan o'tkazdi? Vo an malihi min aynan ikkita sabaxu va fima an faqahu. Moli haqida savolga tutiladi. Qayerdan topdi? Qayerga sarfladi? Ajib. Qayerdantopganingizga ham javob berasiz, qayerga sarflaganingizga ham. Vo an ilmihi ma'da amiladihi. Ilmi haqida so'raladi.

Amal qildimi ilmiga? Mana endi televizorga qaytamiz. Televizor ovoz yozish asboblari, radio birodarlar shubhasiz, inson bolasi yetishgan, inson bolasi kashf qilgan ulug' narsalardan. Insoniyatni ulug' kashfiyotlaridan. Bu kashfiyotlarni xuddi ikkala tomoni kesadigan qilichga o'xshaydi. Yaxshilikka ishlasa ham zo'r asbob, yomonlikka ishlasa ham, zo'r asbobi. Mana endi shariatimizda televizorni hukmi haqida bir nima deyilgan, shuni bilib olishligimiz kerak. Halolmi yoki xoronmi?

Birodarlar, hozir aytib o'tdik, payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislarini. Inson bolasi to'rtta narsa haqida albatta savolga tutiladi. Shundan birinchisi, umrini nimaga sarfladi? Siz bilan bizni ko'p vaqtimizni olayotgan mana shu televizor. Yaxshilikka sal qoldiryaptimi umrimizni yoki yomonlikkami?

Agar bu televizor odamlarga Robbini tanitish, aqidasini ta'lim berish, Payg'ambar alayhissalomga bo'lgan muhabbatni targ'ib qilish, ibodat yo'llarini, ibodat rukunlarini o'rgatishlik bo'ladigan bo'lsa, bu yaxshi narsa. Agar bu televizori go'zal xulqlarni targ'ib qilish, bobolarini qoldirgan ulug' merosini xabarini yetkazish yoshlarga, bu ummatni o'tmishi bilan bugungi kuni bog'lash uchun ishlatilinadigan bo'lsa, juda zo'r asbob bo'ladi. Agar shu narsalarga ishlatilinaydigan bo'lsa.

Yoki ilm farga, ilm fanga targ'ib qilsa, odamlarga foydali bo'lgan narsalarni ta'lim beradigan bo'lsa, dunyoviy ishlarida ular bilmagan narsani, foydali ishlarni o'rgatadigan bo'lmasa, albatta mumkin. Bu narsani hech kim inkor qilmaydi. Agar kimdir mana shu narsa mumkin emas, mutlaqo harom deydigan bo'lsa. Bu odam qattiq adashadi.

Farzandlarimizni yaxshi tarbiya qilishlikka xizmat qiladigan bo'lisa, haromiyatlar bo'lmaydigan bo'lsa televizor foydali asbob xuddi qilichga o'xshaydigan. Ammo, agar bu televizor aqidani buzilishiga, buzuqchiliklarga, axloqni ko'tarilishiga, farzandlarini ota onalariga oq bo'lishiga sabab bo'lsa, ming yillardan beri ifloslik deyilgan bachavozlik, faxsh munkar ishlarni madaniyat taraqqiyotda berayotgan bo'lsa, erkakka erkakni uylanishini zamonaviylik deyilayotgan bo'lsak, ayollarni avratlarini ochib, mana shunga o'xshab yurishlik moda deyilayotgan bo'lsa, agar harom ishlarga targ'ib qilayotgan bo'sa, bunaqa televizorda biz halol deyapmiz. Demak, bu televizorda halol yoki harom bo'lishligi, uni ishda tekkan odamni o'ziga bog'liq. O'ziga bog'.

Allohga va axirat kuniga iymon keltirganda har bitta odam, agar bunaqa narsalarni ko'rsata olgan bo'lsa, bunaqa programmalarni, bunaqa narsalarini hech qachon halol deya olmaydi. Odamlar ikkita zo'r narsani o'ylab topishgan. Bittasi kitob, bittasi televizor. Aji. Ikkinchisi, birinchisini o'ldiryapti hozir.

Ikkinchisi birinchisini o'ldiryapti. Agar kitobni o'zingiz tanlab, istab, o'zingizni dunyoqarashingizga, didingizga to'g'ri keladiganini topov qilsangiz, televizorda sizga ko'rsatgan narsani ko'rasiz. Televizorda sizlarga nimani bersa, shuni ko'rasiz. Tanlay olmaysiz. Demak, insonlar o'ylab topgan zo'r narsalarni bittasi kitob, bittasi televizor, lekin taassuf bizni zamonimizda televizor kitobni yo'q qilyapti. Birodarlar, kitob o'stiradi odam. Televizor birodarlar pasaytiradi. Kitob aqlni o'stiradi, televizor aqlni o'ldiradi.

Buni o'zingizdan ham yaxshi bilasizlar. A, shu televizorga taalluqli bo'lgan izlanishlarning natijasidan bittasi, tili chiqmagan yosh bola bo'lsa, bir yoshga yetib yetmagan. Televizor ostida o'tiradigan yosh bola, bir kunda to'rtta so'z o'rgansa, ko'chada yuradigan, shu televizor ostida yotmaydigan, ko'cha changitib, loy bossa, tosh otib yurgan bola sakkizta so'z o'sha o'rganar ekan. Yosh bolaning aqlining rivojlanishini televizor pasaytirib qo'yadi ekan. Endi biz nima qilamiz? Bitta multfilm qo'yib ber, qo'yib qo'y. Otalar hammasini qo'm olib qo'y, jim o'tirishadi.

Shunga o'xshagan aqlini pasaytiradigan, rivojlanishdan to'xtaydigan, ularning miyasini qotirib qo'yadigan narsalarni ko'rsatmanglar, farzandlaringiz katta bo'lganda minnatdor bo'ladi. Mana shu zamonaviy hikmatlarda boy odamlarning uyida katta kutubxona bo'ladi.

Kambag'al odamlarning uyida katta televizor bo'ladi, qaytarib aytamiz. Hozirgi zamon hikmatlaridan, mana shu internet hikmatlaridan boy odamlarning uyida katta kutubxonasi bo'ladi. Kambag'al odamlarning uyi katta televizori bo'ladi. Uyida yuzta kitobi bor odam qo'l ko'tarib qo'ysin da.

Televizorda so'ramayman nechtaligini, qanaqaligini. Yuzta uyimda kitobim bor, mayli o'qimagan bo'lsa ham. Dadasidan qolgan bo'lsa ham, bitta, ikkita, uchta, to'rtta, beshta, oltita, rahmat. Ellikta. Xo'p, yaxshi. Endi o'sha yuzta kitobni o'zini cho'ntagidan pulga olganlar qo'l ko'tarib qo'yinglar.

Yuzta, barakalla. Bo'pti, bitta bo'ladi, ikkita ekan bu. Endi televizorda o'zini puliga olganlar qo'llab ko'taringlar demayman. Qaranglarda. Kitob insonni aqlini o'stirar ekan, bolalarimizni aqli yetuk bo'lishiga sabab bo'lar ekan. Bu kitobga pul sarflamaymiz. Ammo bolalarimizni miyasini ko'proq qotirishga ishlayotgan televizorga zo'rga pul sarflaymiz. E, mana qasi chiqibdi. To'g'rimi? To'ppa to'g'ri. Birodarlar, bolalaringlarda televizorda oldiga o'tkazib qo'yapsizlar. Nazorat qilmayapsizlar, xohlagan narsasini ko'ryaptimi? Bolalardan zo'r bir aqlli, idrokiy, ilmiy odam chiqishini kutmanglar. Chunki ular o'zlari tanlab ko'rayotgan narsa ularni aqlini o'stirmaydi. Ularni aqllini qotiradi, buni teskarisi. Noto'g'ri aytayotgan bo'lsam, aytinglar.

Agar e'tibor berilsa, televizorlarda qo'yilayotgan dasturlarni juda ko'pida, juda ko'pidan, agar hammasida bo'lmasa, hayosizlik, faxsh, zino, o'g'irlik, zulm, zo'ravonlik targ'ib qilinayotganligini ko'ramiz. Bu qo'yilayotgan programmalarda, ko'rilayotgan kinofilmlarda xiyonat oddiy narsa deb qaraladi. Er xotinni ajrashib ketishligi mushkul emas. Chunki bugun muomala ajrashsa, ertasi kuni narigi bilan o'ynashib ketaveradi. Agar birodarlar televizorda shu narsalar ko'rilayotgan bo'lsa, biz bunaqa televizorda halol deya olmaymiz. Demak, televizorda hammasi halol ham emas, hammasi xoraman emas. Farzandlarimiz shuni farqiga boradimi? O'zlari. O'zlari qaysini ko'rish kerak, qaysini ko'rsatishlik kerak, ko'rmaslik kerak. Ajrata oladimi? Yo'q. Kim ajratib bera oladi uni? Siz bilan biz. Lekin qilyapmizmi shunimiz?

Bu shunaqa darslarki, eshitib qo'yib chiqib ketadigan narsa emas, birodarlar. Mana hozir men har bitta televizorga taalluqli narsani aytganimda, men o'zim qanaqaman? Men shuni nazorat qilyapmanmi? Bolalarim qanaqa deb turib, o'zinglarga olinglar. Ey birodarlar, farzandlarni tarbiyasiga avval ham aytganman, vaqtimiz yo'q. Vaqtimiz bo'lsa, toqatimiz yo'q. Vaqtimiz ham, toqatimiz ham bo'lsa, farzandlarga beradigan ma'lumotimiz yo'q. Agar ma'lumotlarimiz ham bo'lmasa, tugab qoladi ikki kunda. Ammo bolalarimizni buzilishiga xizmat qilayotgan programmalarni qo'yib o'tirib qo'yyapmiz. Sutkalab o'tiribdi kerak bo'lsa.

Hamma asrlarda yashab o'tgan ulamolarimiz islom shariatni beshta narsani muhofaza qilishni o'z ichiga oladi deyishgan. Beshta narsa bor, mana shu narsani shariat islomni ham muhofaza qiladi. Dinni saqlash, aqlni saqlash. Nasl nasabni saqlash nafsni saqlash hamda molni saqlash shariat mana shu beshta narsani muhofaza qilishlikka siz bilan bizni chaqiradi. Shariatga amal qilsak, mana shu beshta nasani biz saqlaymiz. Qur'onda kelgan oyatlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari mana shu narsaga biror bir alal hammamizni buyuradi, targ'ib qiladi.

Endi mana shu beshta nafsani oldida, beshta nafsani olidida televizorni tutgan o'rni qanday? Dindan odamlarni turli yo'llar bilan, hiylalar bilan to'silayotgan bo'lsa, har xil oqimlarga, har xil firqalarga da'vat qilinayotgan bo'lsam, dindorlarni, islomni, musulmonlarni qoralashlikka xizmat qilayotgan bo'sam, birodarlar, musulmonlar qilgan qilmagan ishni musulmonlarga to'ngashlik mana shu televizorda bo'ladi. Hech kim tekshira olmaydi da buni kim qildi, rostdan aytyapsanmi yo tuxumat qilyapsanmi? Muhimi aytilishi.

Dindan odamlarda turli yo'llar bilan, hiylalar bilan to'silayotgan bo'lsa, dinni saqlash edi o'zi shariatimizdan maqsad. Aqlga mutroq kelmaydigan narsalarni madaniyat deb aytayotgan bo'lsak, erkak erkak uylanyapti, xotin xotinga uylanyapti. Agar bu televizorda zini ochiqchasiga targ'ib qilinayotgan bo'isa, demak, nasl nasa birodarlar aralashib ketadi bir biriga.

Nafsni buzilishiga olib kelayotgan bo'lsa chi, televizordagi targ'ibotlar. Ruhiyati, tushunchalari, dunyoqarashi. Qarang. Insonni tabiatiga to'g'ri kelmaydigan narsa. Haligi tok shoular ko'rsatadi, qo'ng'izni yeyayotgan bo'ladi. Shuni yeysan, keyingi etapga o'tasan deydi. Insonni insoniyligini o'ldiryapti bu programmalar, bu dasturlar. E'tibor beramizmi shu narsaga? Yoki nimani ko'zimiz orqali quysa qabul qilaveramizmi?

Molni ehtiyot qilishlikni buyuradi shariat. Beshta narsani bittasi molni ehtiyot etish. Bilasizlarmi? Odamlar iste'molchilar jamiyatiga aylanib qolgan. Ana shu o'zlaridan bittasini aytgan gapi, mana shu reklamalarni qo'yilaverganligidan, qo'yilaversinligidan, odamlarni hayotining mazmuni o'zlariga kerak bo'lmagan narsalarni ortidan quvishga aylanib qoldi.

Qaytarib aytaman. O'zlariga kerak bo'lmagan narsalarni orqasidan qovurib yurishlik odamlarni hayotini mazmuniga aylanib qoldi. Kerak emas edi u narsa. Ammo shu qo'yaverganidan, qo'yavergunidan, bizni ongimizni ham boshqaryapti. Birodarlar, nima yeyishimiz kerakligini ko'rsatyapti, to'g'rimi? Tishingizni qaysi pastada yuvish kerakligini o'rgatyapti. Ha bolangiz orqasini qaysi qog'oz bilan artishda ham o'rgatyapti. Hamma narsani ko'rsatyapti. Sen o'ylama. Sen biz aytganday qilsang bo'ldi. Sen faqat ma'noni ol, ma'noni ye, ma'no savolini berma.

Siz bilan bizni ongimiz boshqarayapti bu reklamalar. Shampun olish kerak. Magazinga kirdingiz. Shampunlar rastasiga qarab turib, qaysi markalarda isitaysiz? Xo'p, ketdi. Shunday kirdingiz, zoomdan past olish kerak. Birinchi qaysi brendni istaysiz? Choy rastasiga bordingiz. Birinchi qancha choy hayolingizga keladi?

E, sizlarni miyanglarga bizni miyamizga quyib qo'yyapti. U haligi zambirovaniye bo'lyapti akalar. To'g'rimi? Yana bo'lib ham ayni dinimizga dushman bo'lgan Yahudlarni ishlab chiqargan mahsulotlari. Xuddi shuni muqobilida musulmon yurtlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bor, o'zimizni yurtdagi boshqa musulmon o'lkalarda. Ularda reklamasi bunaqa qattiqmasligi uchun, uni ko'rsak oyimiz kelmaydi.

Bizni ongimizni boshqaryapti bu televizor. Sen faqat biz aytgan narsani qil, fikr qilma, o'ylanma, faqat tomosha qil, eshit, dam ol. Kelsang zo'r bo'ladi shu. Xursandchilik bo'ladi. Faqat xursandchilik. Va asr innal insana alafiq. Xusib. Asrga qasam dedi Alloh Taolo. Inson bolasi dunyoga kelibdi, ku ziyonda deyapti. Ziyonda inson faqat iymon keltirsa, yaxshi amal qilsa, haqqa chaqirsa, sabr qilsa, ziyondan holi desa, bular hayot faqat quvonch, xursandchilikdan iborat hayot deyapti.

Hayotimizda bo'larkan, achchiq haqiqatni aytishdan boshqa narsani topa olmayapmiz bir odamga. Mana hozir o'tiribsizlar juma dahaniga. Uyingizda ayolingiz, qizingiz, o'g'lingiz nima ko'rayotganligini bilasizmi? Lekin siz paramalistikani ulab qo'ydingiz. Internetda vysokiy skarastrovaniyani ulab qo'yingiz. Nima ko'raykanligini bilasizlarmi? Telefon tuzatadigan ukalarimiz aytadi, domla deydi, qizlar telefon olib keladi deydi. Endi bularni ishi ham to'g'ri emas o'zi. Istoriyasini qarasang uyatib ketasan deyapti.

Haligi internetga kirganda istoriya degan joyi bo'ladi. Qaysi kuni necha soat, qaysi saytda o'tirgan, nimalarni ko'rgan. Qiz bolalar. Qo'liga qimmat telefonni olib bergan otalar eshitib qo'yinglar. Yuz yillardan beri, ming yillardan beri or nomus deb atalgan narsalar, qolol deyilyapti, ana shu dasturlarda. Avratini yopib yurgan ayollarni hayosini yo'qotmagan pokiza ayollarni orqada qolgan qoloqlar deyilyapti. Allohni hukmida yurib, o'zini iffatini, pokizaligini saqlab yurgan ayollar bo'ynini qisib yuradi. Chunki jamiyatni ongini shunday boshqarib tashlagan. Kim? Televizor. Odob, axloq, insoniylik, odamiylikka chaqirilmayapti bu programmalarda ko'pida. Aksincha bu suhbatlar yo'q bo'lishiga sabab bo'lyapti. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadis sharifda aytadilar la varara va la viror. Birovga zarar berish ham yo'q, birovdan zarar ko'rish ham yo'q. Birovga ham zarar qilma, o'zing ham zarar ko'rma. Yana birodarlar, mana shu zamonamizda o'tkazilgan bir tajribani aytib beraman sizlarga. Ana shu g'arb mamlakatlarini birida maktab o'quvchilariga ya'ni yoshlarimiz qanchalik bu telefon, kompyuter, televizorga ko'nikib ketganligi, busiz tura olmasligiga bitta misol.

Hayotiy misol. Tajriba o'tkazilgan, eksperiment. Sakkiz soat televizorda ham, kompyuterni ham, planshetda ham, internetda ham ulamaydi. Sakkiz soat mana shu narsalarsiz umr o'tkazishlik. Oltmish sakkizta bola o'zi rozi bo'lib, xursandchiligi bilan qatnashgan. Talab ertalabki soat sakkizdan kechki paytki soat to'rtgacha mana shu kommunikatsiyani yaqmaydi.

Buni orasida uxlashi mumkin, agar tozalashi mumkin, kitob o'qishi mumkin, yoki qandaydir biror narsa bilan mashg'ul bo'lishi mumkin. Faqat boyagi biz aytayotgan narsalarni ishlatmaydi. Bilasizlarmi? Oltmish sakkizta boladan nechta bola sakkiz soatgacha yashab bergan. Uchta. Uchta. Shunday deb qo'yilganki, shartga. Agar o'zingni noqulay his qilishni boshlasang, darrov yig'ishtiraver. Seni bir musibatga kirishingga biz javobgar bo'lmaylik deydi. Tajribani o'tkazuvchilar.

Uchta. Usiz turolmaydi. Bu uchtani ikkitasi o'g'il bola, bittasi qiz bola bo'lgan. Haligi sakkiz soat chidash berganda bittasi nima qilgan? Kemani konstruktorini yasagan. Shu bilan sakkiz soat o'tkazgan. Ikkinchisi, kolleksiyasi bor ekan, kolleksiyani tushirib, boshqadan tergan. Qolganlari chidash bermagan.

Nima degani bu? Bu xalqlar mana shu telefonga, televizorga, internetga, planshetga, kommunikatsiyaga shunaqa berilib ketganki, ajralmay qolgan. Tajriba o'tkazayotganlarida aytgan so'zidan, birontasi uxlashga harakat qilib ko'rmagan ekan. Kunduzi uxlashga harakat qilib ko'rmagan. Nimaga desa, tinchlik bilan urishib qolgan bo'lardi, jimlik bilan urishib quvvatlagan. Jim tura olmaydi. Uxlashlik uchun qulog'ida pleyer bilan, muzika bilan uxlash kerak, yoki birorta bir qo'yilgan televizordagi kino bilan uxlashi kerak. Birontasi yotib bir ikki soat uxlab olay degan narsa yo'q bo'lgan. Chunki jimlik bilan uxlasha qolgan bo'lar. E o'zinglarni ham olinglar da. Whatsappi bor, vechati borlar, ertaman turib kim nima xabar berayotgan deb qaraysizlarmi?

Kulasizlar. Nima jo'natdik? Haligi bir muhimroq narsa bo'lsa bo'pti endi. Qadagi bachkana narsalar keladi. Unsiz turolmaydigan bo'lib qolganmiz. Demak, zarar ko'rish ham yo'q, zarar ko'rsatish ham yo'q. Agar televizor odamlarni halol ishga ta'g'ib qilayotgan bo'lsa, biz buni halol deya olmaymiz. Bu dasturlarda jamiyatni shahvoniylikka maxfiya ham, oshkora ham sur'atda targ'ib qilinayotgan bo'lsa, albatta bunaqa programmani ko'rishlik musulmonga harom bo'ladi. Chunki bunaqa programmalar, birodarlar, musulmonni aqidasini buzilishiga olib boradi. Jamiyatda fasodni yoyilishiga olib keladi. Bu esa shubhasiz holat. La g'araro va la diror.

Birodarlar, dinimiz farzandlarni qanaqa qilib tarbiya qilishlik kerak? Kerakli, yetarli ko'rsatmalarni qoldirib qo'ygan. Dinimizda hammasi bor. Faqat rioya qilishlik kerak. Rioya qilishligi kerak. Bolalarimizni axloqi go'zal, shaxsiyati kuchli bo'lishi uchun, mard, saxovatli, kechirimli bo'lishi shu uchun, ikki dunyoda sizni saodatingizga sabab bo'ladigan farzand bo'lib yetishish uchun ta'lim tarbiya yo'lini mahkam ushlashimiz kerak. Agar shunday qilsak, farzandlarimiz ko'zimizni quvonchiga aylanadi.

Mana shu darslarni tayyorlashlik asnosida tarbiyaga oid bir qancha kitoblarni varoqlab ko'ramiz. U davrda internetda telefonni zarari haqida yozilmagan ekan, chunki yo'q edi ekan. Ular faqat televizorda zararinglar yozishgan ekan. Endi internetda, kompyuterda telefonni zarari biz o'zimiz topib gapirishimizga to'g'ri kelyapti. Demak yigirma yil burun mana shu muammo mana shu balo yo'q edi. Ammo hozir paydo bo'ldi.

Kompyuter haqida. Zamonaviy hikmatlardan, aqlli odamlar kompyuterni vaqtni tejash uchun ishlatsa, ahmoq odamlar vaqtni sarf qilishlik uchun ishlatar ekan. Aqlli odamlar kompyuterni vaqtni tejash uchun ishlatsa, ahmoq odamlar vaqtni sarf qilishlik uchun ishlatar ekan.

Kompyuter o'yini o'ynaganlar albatta bor ichimizda, yoshlar. Siz menga kompyuter o'yinidan mana shu sizlar o'ynayotgan kompyuter o'hinlaridan bitta foydani aytay, men sizga beshta zararda aytib beraman. Qonxo'rlik, shafqatsizlik, haromiyat. O'sha bir suratni ko'rsatishdek bolalar mana shu haligi otib chopib yuradigan o'yinda bittasida, bitta maxfiy eshigi ochilishi uchun, o'yinda keyingi darajaga o'tish uchun, yerdagi bitta kitobni bosish kerak ekan. O'sha o'yinni qahramoni. Qanaqa kitob ekan u?

Qur'on ekan. Qur'onni shunday qo'yib qo'ygan, o'ynayotgan odam qaramaydi, boradi, shunday bossa haligi eshik ochiladi. Yana qaytarib aytaman. Kompyuter o'yini o'ynaganlar, yoshligini nimaga sarfladi? Deb so'raladi qiyomatda. Vaqtini nimaga sarflada? Umrini nimaga sarflad? Molini nimaga sarfla?

Kompyuter o'yinlari, o'yin yig'gan, o'yinxona ochgan akalar eshitib qo'yinglar shu narsalarni. Eshitib qo'shinglar. Televizor singari kompyuter ham ikkala tomoniga soladigan qilich. Yaxshilikka ishlasangiz, juda yaxshi asbob. Yomonlikka ishlasangiz juda ham yomon asbob. Bu nimaga bog'liq, kimga bog'liq?

Farzandlarni tabiati aynishi, farzandlarniki fe'li aynishi haqida gaplashyapmiz. Shundan bittasi televizor, shundan bittasisi kompyuter. Birodalar, kompyuter o'yiniga bog'lanib qolishlik xuddi narkotikka, giyohvand bandalarga ko'nikib qolishlikka barobar qilinyapti ekan. Shu psixologlarning duxtirlariga payqaganda, narkotikdan ko'ra kompyuter o'yinga bog'liligini zarari kattaroq ekan.

Chunki voqelikdan, realniy hayotdan uzilib qolar ekan bunday odamlar. G'ami o'sha keyingi zonasi. G'ami keyingi seriyasi. Hozirgi davrda mana shu g'arbda alkogol, tamaki, narkotikka bog'lanib qolishlikka o'xshagan kasallikni deb mana shu kompyuterga bog'lashga aytilar ekan. G'arb o'lkalarida mana shu kasallikni davolashga maxsus tashkilotlar bor ekan. Kompyuterniy zavisimostdan chiqarar ekan.

Inachi qarasangiz bolangiz chiq chiq chiq o'ynayapti da. O meni bolam zo'r haker bo'lib qoldi. Yo'q, haker emas, siz bolangiz. O'sha bolangizdan chi, menga bitta jadval tuzib bergin da, maktabda o'qiyotgan haligi nimani, diniy nigini jadvalini chizib bergin da, baloni ham bilmaydi u. U faqat o'yindagilar biladi u. Sizni kompyuterdan bola zo'r o'ynayapti, yo'q, to'nmay olmayapti, chiqib chiqib qaramasdan bosadi meni o'g'lim kompyuterlar deydi. Siz bitta vazifani bering, mana shu suratni qo'yib, tagiga hayit bayramingiz bilan deb yozib ber, bitta slayd tayyorlab ber deydi da. Baloni ham bilmaydi bolangiz. Lekin olib bergansiz. Olib bergansangiz.

Nazorat qilinglar bolalar. Nazorat qilaylar. Ko'z ketadi. Asab ketadi. Sog'lik ketadi. Aql ketadi. Faqat zarar. Duxtilarni aytishiga qaraganda, mayda yoshdagi bolalar kompyuterda yigirma minut o'tirishi kerak ekan. U ham har kuni emas. Kattaroq yoshlayotgan bolalar bir yarim soatgacha o'tirishi mumkin ekan. U ham har kuni emas.

Bolani tabiatini buzilishiga eng katta sabab birodarlar ota. Bolasi kimlar bilan do'st bo'lib yuribdi? E'tibor bermagan? Ota. Bolasi ko'rayotgan kinolarda nazorat qilmagan, nimalarni yaxshi ko'rayotganiga e'tibor bermagan? Ota. Bolasini xonasiga paraboletskiy antennani o'rnatib berib, o'zini holiga tashlab qo'ygan kim? Ota. Ayoli va qizlarini avrati ochiq holda yurganligini ko'rib indamagan kim? Ota. Ayolini hammasidan serial tagidan chiqmayotganligini ko'rib indamayotgan kim? Ota. O'g'lidir, qizidir. Maktabiga yoki jomiyasiga qachon bordi, qachon qaytdi kechirmayotgan kim? Otasi. Ota. Maktabiga bolasini orqasidan borib qiziqishmagan, qiziqmayotgan o'qish haqida. Kim? Ota. Balog'at yetmagan bolasiga uyali telefonda qimmatini olib berib, internetlarga doimiy ulab qolgan kim? Ota . Internetni uyga uylab, xohlaganini ko'r deb qo'yib bergan kim? Ota. Televizor ham emas ekan o'zi. Kompyuter ham emas ekan. Telefon ham emas ekan, internet ham emas ekan bolani tabiatini anglatayotgan, aslida. Nima ekan? Kim ekan?

Otalar, qiyomatda javob berasizlar. Qiyomatda javob berasizlar. Endi, ota shunaqa bo'lgandan keyin, bola qayoqdan axloqli bo'lsin. Qayoqdan odobli bo'lsin, qayoqdan otasini haqqini rioya qiladigan bo'lsin. Aytaylikchi, farzandlarimiz kiyimlarida kimga o'xshashga harakat qilyapti?

Gapirayotgan so'zlarida kimlarga o'xshashga harakat qilyapdi? Fikrlari, muomalalari, qiziqishlari, o'yinlari, g'amlari kimga taqlid qilyapti bolalarimiz? Qayoqdan olyapti bu narsalarni? Endi otalarda ham o'zi g'ami o'yi fikri, pul topish u, mansab, hokazo dunyoda latalitasi bo'ladigan bo'lsa, bolasini ulfatlari boyagi bo'lsa, borasini qizishi boyagi, qiziqishlari boyagidek bo'ladigan bo'sa, qayoqdan bo'lasan, axloqli bo'lsin.

G'arbga taqlid qilishlik, hozirgi kunda shubhasiz islom ummatini boshiga kelgan katta balo bo'lib qoldi. Musulmonlar bir ruhiy bir mag'lubiyatga uchragandek bo'lib tuyulyapti. O'zlarini hech kim emas, qo'lidan hech narsa kelmaydigan bir ikkinchi sort odamda his qila oladigan bo'lib qoldi. Nima uchun? Musulmonlar dunyoga nimalarni taqdim qilganligi, bu musulmon ummat, dunyoni o'zi rivojlanishiga, nimalarni berganligini, bilmaganligi uchun, tarixini bilmaganligi, uchun biz hech kim emasmiz deb turib ruhiy mag'lubiyatga uchrab turibdi.

G'arbga taqlid qilishni boshlandi. Toshkentda bir ilm fanda, texnologiyada eritishni bo'lganida. Afsus, bu narsalarga qiziqmaydi. Faqat ularda turmush tarzini o'zi yuqtirishga harakat qiladi. Alloh taolo Qur'onda aytadi, fala va robbika la yu'minuna hattayyu hakimuka fiy ma shajara baynahum, simmala ya jidu fi anfu sihim xarajan minman qodoyta va yuzta'li mutaslima.

Alloh taolo aytadi, yo'q. Parvardigoringizga qasamki, to ular o'z o'rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, bo'yin so'nmagunlaricha, zinhor mo'min bo'la olmaydilar.

Qachon musulmon bo'lamiz ku, omin? O'rtamizda muammo chiqqanda, yechimni Payg'ambar alayhissalomdan so'rasak. Payg'ambar aleyhissalom chiqargan hukmga taslim bo'lsak va qalbimizda zarracha g'alla g'ashli qolmasa, qaytarib aytaman. Oramizda chiqqan muammolarni yechimini Payg'ambarimizdan so'rasak, Payg'ambarim chiqargan hokimga rozi bo'lsak, va qalbimizda tamomiy taslim bo'lib, g'alla g'ashli qolmaydigan bo'lsagina muammo bo'lamiz. Hayotimizdagi muammolarni yechimini kimlar o'rganyapmiz? Qaysi kiyim kiyish kerak? Qayerdan olyapmiz yigitlar? Ko'zimizni katta ochaylik.

Xulosa, farzand otaning zaxirasi. Onaning zaxirasi, farzand ota onani Jannatga yetaklab olib boradigan bir sabab asbob. Bu axloq haqidagi darslarimiz yana davom etadi. Mana shu darslardan ko'zlagan maqsadimiz nima edi? Ota onalar mana shu darslarni eshitsin. Takror takror eshitsin. Agar kerak bo'lsa, ayrim mulohazalarni yozib qo'ysin. Toki, nimani qilish kerak u, nimani qilmaslik kerak. O'zlariga bir aniqlab belgilab olasiz.

Mana shu narsalar odamga va farzandlarga zarar yetkazayotganligini bilib qo'yishligi bizga kifoya qiladi. Alloh subhanahu va taolo eshitgan ilmlarimizni hammasiga amal qilishligini tavsiya qilib berishini so'raymiz. Aqlu qovli hada vosita

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi