Maviza
—Qoralama41 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
40:33
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Bismillahir rohmani rohim. Alhamdulillahi robbina alamin, vala aqibatu ilay muttaqin. Vassalatu vassalomu ala saidinam muhammad as sodiqul va adil amin. Va ala alixi va ashabihi ajma'in. Ummat va barakat. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh aziz va jalloh, barchamizni mana shu kunda qilayotgan ibodatlarimizni qabul qilgan bo'lsin.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizning bugun o'n to'rtinchi si. O'tgan darsimizda farzandlarni jismoniy tarbiyasi, badaniy tarbiyasi, sog'ligi haqida suhbat qilgan edik. Yeyishlik, ichishlik odoblari haqida aytdik. Bugun inshaalloh uyquning odobi va sportga taalluqli bo'lgan ko'rsatmalarda o'qigan bo'lamiz, inshaalloh.

Uyquning odobi borning turlari. Barchamizga ma'lum, musulmon kishi uxlagani yotar ekan, o'ng tomonini bosib yotishdagi sunnatga muvofiq bo'ladi. Muhkam shariatimizda har bitta hayotimizda uchraydigan ishga savolga javob berilgan, yo'l ko'rsatilgan. Ulamolar uyquni to'rtga bo'lishadi.

Podshohlar uyqusi, shaytonlar uyqusi, mo'minlar uyqusi, boylar uyqusi. Qarang, boylarni uyqusi alohida bo'lar ekan, subhanalloh. Boylar chop tomonni bosib yotadi. Ovqatni ko'p yeganligi sabab bo'ladi bunga. Endi hozir boy emas, kambag'al ham ko'p yeydigan payt, ovqat serob. Xullas ovqatda ko'p yeydigani yuqusi desak, to'g'riroq bo'lar ekan. Ovqatda ko'mib yegan odam chap tomoni bosib yotadi. Jigar chap tarafda bo'ladi, shu yotishi bilan rohatlanadi, huzulanadi. Podshohlar chalqamcha yotadi, osmonga qarab. Shaytonlar dum tushib yotadi. Endi musulmon kishi esa Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni sunnatiga muvofiq, o'ng tomonida, o'ng yelkasini bosib yotadi, kaftini yuzini ostiga qo'yib yotadi. Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam Imom Buxoriy va Muslimdan keltirgan hadisda shunday deydilar. Bu hadis Baro ibn O'zib roziyallohu anhudan. Ida atayta matija aka, fatavador, vodu aka alayhissala, summa ittoji alashiqni kalayman. Voqul allohumma aslam tu nafsi ilaika va vafavvod tu amri ilaika. Katta hadis. Rasululloh aytadilar, agar yotadigan joyingga kelsang, bas namozga qilganing kabi tahorat qil.

Bu bitta odobi, bitta sunnat. So'ngra o'ng tarafingga yot va shunday degin, Parvardigor nafsimni senga topshirdim, ishimni senga topshirirdim. Katta hadis! Uyqu mana yotishlikda o'qiladigan bir qancha duolar bor, mansub duolar. Mana yosh bolalarimizga yodlatamiz. O'zimiz ham yodlab qo'ysak yaxshi bo'ladi. Toki mana shu yotishligimiz ham sunnatga muvofiq bo'lsin.

Mana yeyish haqida yana ayrim narsalarni aytib o'tishlik kerak bo'ladi. Inson o'zi yeyotgan narsasi haqida bir to'liq ma'lumotga ega bo'lishligi kerak. O'tgan suhbatimizda aytdik, nima foyda, nima zarar, bu narsadan xabardor bo'lishlik kerak. Ehtimol inson o'zi bilmagan holda salomatchiligini yo'q qiladigan narsani iste'mol qilay ekandir. Agar shu narsani to'xtatib qo'ysa, bir qatta bir, katta bir kasaldan ehtiyot bo'lib qolishing mumkindir. Shuning uchun nimani yeganligini musulmon odam ko'rishligi kerak. Masalan, hammamiz yaxshi ko'rib yeydigan oppoq non. Bilasizmi? A, ulamolar aytishadi, shu yeyiladigan narsalardan zahar uchta deydi. Tuz, shakar va oppoq non. Ya'ni bu narsa shunday narsaki, haddidan oshadigan bo'lsa zaharga aylanadi. Tuz, shhakar va oppoqnon.

Ulamolar aytishadi, Rasululloh vafot etganlaridan keyin musulmonlar o'ylab topgan eng yomon narsalardan bittasi oppoq non. Nimaga bunday deyapmiz? Agar shu kitoblarga, tibbiy bir manbalarga murojaat qilib qaraladigan bo'lsa, mana shu tabiblar ham, hakimlar ham oppoq nonda foyda emas, ko'proq zarar bo'lishligini aytadi. Bug'doyni po'rslog'ida bo'lar ekan hamma foydasi. Necha xil mineral, necha xil vitamin. Biz uni tuyib, oppoq unini ichidan olamiz da, po'rslog'ini hayvonlarga berib turib, eng foydali joyini. Yelim bo'lgan, kraxmal bo'lgan narsani biz o'zimiz iste'mol qilamiz. O'shaning uchun semirib ketayotgan odamga dietologlar dieta qilib berayotgan paytda birinchi nimani yema deydi?

Ana u dietologlar bilan muomala qilganlar biladi albatta buni. Non yemay qo'ydim deydi, hiyla deydi, o'zimga kelib qoldim deydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu oppoq nonni yemaganlar, birodarlar. Endi bu bitta meni bu masalam bilan hamma qorong'iga o'tib ketmaydi. Bu aniq u. Chunki haligi vidi zo'r bo'lmaydi da uni. Ammo biz farzand tarbiyasi haqida gapiryapmiz. Biz endi bo'lganimizcha bo'ldik. Nimani yegan bo'lsa, ye, bo'ldik endi. Ammo farzandlarimiz o'sayotgan organizmiga nima foyda, nima zarar ekanligini biz bilaylik da, shu narsaga bularni odatlantiraylik. Masalan siz ko'chadan qanaqa non olib kelsa yeydi deydi. To'g'rimi? Oq non olib ketsangiz ham yeydi, qora non olib ketsam yeydi.

Demak, yeyotgan narsamiz haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak bo'ladi. Farzandlarga info qilishda gapirdik. Salomatlik qoidalariga rioya qilishida gapirdik. Mana endi kasalliklar. Yuqumli kasalliklar. Bulardan ehtiyot bo'lishlik. Kafa bil mar i isman, ay yuza i aman yaqud. Imom Abu Dovudan ketilgan hadis, Abdulloh ibn Amirdan. Bir kishi o'zini oila a'zolarini, o'zi o'zi boqadiganlarni zoyi qilishligi, u uchun yetarli gunoh.

Oila a'zolaringizni zoyi qilayotganligi siz uchun yetarlicha gunoh. Bu zoyi qilichlik, iymoniy tarbiya bermaslik, zoyi qilchilik. Axloqini tuzatmaslik, zoyi qilishlik, salomatlikka e'tibor qilmasligimiz ham zoyi qilishlik. Bu narsa uchun ham gunohkor bo'lamiz. Bu narsa uchun ham gunohkor bo'lamiz. Ikkinchidan, yeyish, ichishda, uxlashda salomatlik qoidalariga rioya qilishlik kerak. Uchinchidan, yuqumli kasalliklardan ehtiyot bo'lishlik kerak.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni aytgan har bitta so'zlari, qilgan har bitta ishlari bizga birodarlar namuna. Biz undan o'zimizga andoza olishimiz kerak. Ka nafiy vaf deb saqif rojulun majuzum fa ar salai alayhi nabiy sollallohu alayhi vasallam irji faqat bayanak. Bu hadis Imom Muslimdan keltiriladi. Saqif qabilasining elchilari orasida bir moxov tushi bor edi. Rasululloh unga odam yuborib, sen ortingga qaytaver, biz seni bayatingni qabul qildik dedi. Ya'ni yuqumli kasali bor odam, odamlarni orasiga kirib aralashib yurishligi to'g'ri emas. Ha, Alloh aytgani bo'ladi. Agar yozgan bo'lsa yuqib qolaveradi deb turib, tavakkalni noto'g'ri tushunadigan odamlarni ham eshitib qolamiz. Sababini qilishlik kerak, kasal yuqulmasligi uchun. Maska taqib yurasizmi, gerib bo'lgan bo'lsangiz, qandaydir ko'chaga chiqmay turasizmi? Xullas sababini qilasiz, shundan keyin Alloh shu kasaldan saqlashligini umid qilasiz. Alloh aytgani bo'ladi, chiqib ol, va. Hech narsa bo'lmaysan.

Kasal ko'rgani boramiz. Biz ziyoratiga borgan odam, ehtimol, kasal yuqumli bo'lar. Uyga kirganimizda albatta u uyda egasi mehmon qilishni xohlaydi. Mana shu bemor odamni oldida uzoq o'tirmaslik ham sunnat birodar. Ovqat yemaslik ham sunnat. Bizda zo'r. Og'rib qolsangiz, bezillab turasiz. Ayniqsa bir yoshi kattaroq odam bo'lsa, og'rib qolibdi, borib ko'rib qo'yay deydi da, u ziyobatxona bo'lib ketadi unaqa. Qanday quruq chiqib ketasizlar deb, qo'y, bo'lmaydi deydi da, o'tiraveradi. Akalar, kasal ko'rgani borgan odam, sunnatga muvofiq boradi, hol ahvolini so'raydi, haqqiga duo qiladi, savob umid qiling, gunohlaringizga kafolat bo'ladi deydi, chiqib ketadi.

Ming qo'ying o'tiring degan chog'ida ham, chunki Payg'ambarimizning sunnatiga xilof o'tirib olishdi. Chunki Payg'ambarimiz boyagi moxol kishini nima dedi? Qaytaversang dedi. Bo'ldi, bay'atingni qabul qildi, kel to'g'ri dedi. Ya'ni kema odamlarni orasiga aralashma dedi. Kasaling yuqib qolmasin dedi. Yana bir Imom Buxoriyda keltirilgan hadisda shunga bir shu ma'noga o'xshash bir hadis bor. Moho odamdan xuddi yetqish hayvondan qochganday qochinglar degan. Shu mazmunda hadis bor.

Bu kamoli shu kasal yuqtirilmasligini sababini qoyim qilishlik. Undan boshqa narsa emas. La yuriydan na mumri dun ala musiqin. Ya'ni kasal odam, sog' odamlar orasida yurmasligi kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shuni siz bilan bizga ta'lim berganlar. Umariddin xatto opryor ziyolohu xalifa bo'lib turgan paytda, bir ayol bor edi.

Bu shu yuqumli kasali bor. Moxovudi bu ayol. Xalifa u ayolga qarab, ey allohni bandasi, uyini lozim tut. Uyini lozim tut! Allohni bandalariga aziyat yetkazma dedi. Mana shu ayol uydan chiqmay qo'ydi. Umarimni hatto vafot etguncha ko'chaga chiqmadi. Umarimni, hatto vafot aytganidan keyin, bo'ldi chiqaver, umar o'tdi deganda, tirikligida osiyolik qilmaganman xalifaga. Endi o'lgandan keyin osiyolik qimayman dedi, bu ayol uydan chikmasdan o'tib ketdi. Demak, yuqumli kasali bor odam ko'chaga chiqmasin deyishligi sunnat. Musulmon odam yuqumlikasali bor odamni oldiga bormasligi sunnat. Bu salomatchilikni saqlashlikka bo'lgan ko'rsatmalar.

Har bir dardni davosi bor. Har bir dardnni davosi bor, shifosi bor. Bolasi gripp bo'lib qolgan otangni maktabga bolasini jo'natmay tursin. Chunki o'sha giripligi ko'rinib turibdi, jo'natyapsiz, boshqa bolalarni ham yuqtirishligi aniq. Shuning uchun siz sog' bolalarni oldiga giri bo'lib turgan bolangizni jo'natayotgan paytingizda gunohkor bo'lyapsiz.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom muslim keltirgan hadisda, javobi roziyallohu anhudan shunday deydilar likulli dayin da'vaun, fai'da usiba da'vaud da'a bara'a biy diniyllahi azza va jalloh. Har bir dardning davosi bor. Har bir kasalni shifosi bor. Agar dori dardga yetib borsa, Allohni izni bilan shifo topiladi.

Tushunarli a? Kasal bormi? Alloh taolo birga dorisini ham tushirgan. Agar odamlar topsa, Alloh taolo ilhom deb bersa, topadi. Sabablari qoyim qilinsa, inshaalloh shifo ham bo'ladi. Birodarlar, Alloh taolo mana shu kasanni shifosini topishlik uchun Alloh taolo ularga ilm bergan. Inson mukarram maxluq. Mana shu Alloh bergan ilm tufayli juda ko'p kasalliklarni dorisi, davosi topilyapti. Mana hozir zamonaviy tabobatni qilayotgan ishini ko'rsangiz, aqlingiz bobom qilmaydi. Bundan bir yuz yil, ikki yuz yil burungi tabiblar xayoliga ham keltirmagan. Kichkinagina simda shunday qoniga kirgizyapti, oshqozonni ichida operatsiya qilyapti. Asboblarni shunday tiqib tiqib turiblar, teshib teshib, oshqozonda kesyapti, davolayapti. Kichkinagini ishlangani qon tomiriga kirgizyabdi, yuragiga olib borib turib, o'sha qurib qolgan tomirini ichiga kirgizib turib, havoda haydab ko'tarib qo'yapti. Bu ilmiy kashfiyotlarni bari Alloh Taolo inson bolasini mukarram qilganligidan. Afsus. Afsus, faqat bu g'ayridinlar qilyapti bu kashfiyotlarda. Musulmonlar uzoq bo'lib ketdi bu narsadan. Ha, o'qib nima olarding, bor.

Degan davrlar bo'ldi to'qsoninchi yillardan keyin. Eslaysizlar a, to'qsoninchi yilda bo'ydoq bo'lganlar, maktabda bitirganlar, o'qib nimolarding, bor chiqqandan ko'ra, bozorga chiqqanlar. Akalar judayam noto'g'ri bu narsa. Ko'p aytyapmiz, farzandingizda ilmga, fanga layoqat, rag'bat bormi? Yo'ling. Yo'ling. Qobiliyati bormi o'qishlikka? O'qisin. Chunki Alloh Taolo bu aqlni, bu zehnni. Bitta sizni bolangizga bergani yo'q. Bu aql o'n marta aqla. O'n marta uchun ishlashlik kerak. Bor, hunarni qil. Hunar ham kerak. Lekin o'qishlikka layoqati bo'lsa, o'qiting bolangizni. O'qiting bolagizni.

Har bir dardning davosi bor, agar dori dardga yetib borsa, Allohning izni bilan bemor shifo topadi. Bu hadis bir ajib da. Tabibning ishi kasalni ko'rish, sababini aniqlash va dorini yozib berishlik. U yog'i kimdan? U yog'i kimdan.

Tabib ham, dori ham o'zini ishini qila oladi, agar Alloh izn bergan bo'lsa. Agar Alloh izin bergan bo'lmasa. Vo ida marid tufaxu voyash fin kasal bo'lgan vaqtimda uning o'zi menga shifo berur. Alloh Taolo Qur'onda shunday deydi. Shu aro so'rasin. Imom Ahmaddan keltirilgan hadis, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: tadaavvav ibodalloh. Fa innalloha azza va jalla lam yunazzil da'an illa anzala ma yahush shifan illal mavta val harama.

Ey Allohni bandalari, davolaninglar. Albatta Alloh azza va jalla bir kasalni tushirgan bo'lsa, albatta u bilan birga shifosini ham, da'vosini ham tushirgan. Faqat qarilik bilan o'lim bundan mustasno dedi. Hamma kasalni dorisi bor, faqat qarilik bilan o'limni dorisi yo'q. Tishiga kasal yetishligi Allohni taqdiridan. Alloh Taolo kasal bola deb taqdirga yozgan, kasal bo'ldi. Endi tuzalishligi ham taqdirda. Falon falon falon narsalarni qilsa tuzaladi deb ham yozib qo'ygan.

Siz kasal bo'lgan paytingizda tabibni oldiga borishligingiz, farzandingizda biror bir nuqsonni, jasadida bir kasalni ko'rgan paytingizda, tabibga borishligi sizni ixtiyoringizdagi ish emas. Sizni yelkangizdagi vojibingiz, ukalar, akalar, ko'chadagi ishinglarni bahona qilib, bolangizni tishi qiyshiq bo'lib turibdi. Olib bormayapsizmi tabibga? Gunohkorsiz. Bilyapsiz bolada bolangizda bir qaysidir bir kasalni turi bor, shu davolanmayapti. Orqaga surilib kelyapti. Gunohkor bo'lyapsiz. Chunki katta bo'lganda shu bola siz qilgan ish tufayli bir nogiron bo'lib qolsa, jismonan zaif bo'lib qoladigan bo'lsa, juda ham minnatdor bo'ladi sizdan.

O'sha paytda menga qaraganinglarcha shunaqa bo'lmasdim ekanda, bir marta aytgan paytda chiqib ketadi burnilardan buloq bo'lib, topgan hamma narsanglar. Oilanglardan, farzandinglardan oshsanglar bu narsa qilinglar. Chunki sizlar qiyomatda javob berasizlar mana shu farzandlarni ustida. Ulfatlar turib tursin, somonordagi osh turib tursin. Ko'chadagi jimiket yurishlarimiz turib tursin? Mana shularni xizmatini qilishimiz kerak. Oshsak inekin boshqa birorga vaqtimizni beraylik. Chunki qiyomatda java beramiz buni. Ulfatlar bilan osh yemaganingizgachi, javobgar bo'lmaysiz. U mubofiq, xohlang qiling, xohlang qilmang. Ammo bu vojipida erkaklarga. Sizdan boshqa hech kim qilmasdi bu narsani. Bir ajib, hikmatli so'z bor ekan. Diqqat qilinglar da. Aytavoradi doktorlaring deydi yu.

Yo'q men deydi. Oshimga turishim kerak ekan desa, aytaveradi doktorlaringni. Olaver deydi. Ota bobeng yeb kelgan. Yeb kelgan. Ota bobosi yeb kelgan. Yedi, o'lib qoladi. Pul patlar olib borib ko'mib qo'yadi. Diqqat. Hukmolog aytadi. Al muallajatu biyaxabari tabibin muslimin haziqin varain har oila mustaval farq. Ishonchli bu doktorlarga yoqadigan gap. Chunki doktor naznacheniya qiladi, patsiyent u ishni qilmaydi, keyin bu meni davolayapman deb yuraveradi. Bu baloni ham bilmaydi. E, siz men aytganim, qilmadingiz ya deydi. Ono yaxshi deydi. U ham o'shani aytgan, faqat uni gapiga amal qilgansan. Diqqat.

Taqvoliy. Ishonchli musulmon tabibning ko'rsatmasi bilan qilinadigan muolaja farzi ayn darajasiga ko'tariladi. Qaytaramiz? Musulmon ishonchli, taqvoli, xudojo'y, musulmon tabib bergan ko'rsatmaga rioya qilishlik farzi ayn darajaiga ko'tarilad.

Bunday bunday qilasiz, hoji aka, endi yaxshi bo'lib qolasiz inshaalloh desa, shuni qilmasangiz gunohga rolasiz. Chunki sizni sog'ligingiz sizni mulkingiz emas. Farzandlaringizni mulki o'n marta mulki. Agar sog'lig'ingizni beparvo qo'yib turib kasal bo'lsangiz, oilangizni boqa olmaysiz, farzandingizni tarbiya qila olmaysiz, hech narsa qila olmaysiz. Xuddi shunga o'xshagandek, farzandni jismoniy tarbiyasiga yoki biror bir kasaldan qutilishlik uchun tabib ko'rsatma berdimi, farzi ayni darajasiga ko'tariladi. Uni so'ziga amal qilishlik. O'shaning uchun tabiblar nimani yozib berayotganinglarni, nimani naznachat qilayotganlarni qarab qo'yinglar. Tushunarlimi? Qarang endi domlalarni gapiga kelganimiz yetmaganda, endi tabiblarni ham aytganini qilishimiz kerak ekan. Kerak birodarlar. Kerak.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so'rashdi. Imomi termizida keltirilgan hadis. Yo rasululloh, aro aytay ruhqatan nastarqi biha va davan natadavabihi va tuqo nattaqiha hal turotdumi in qodari lahi shayan. Yo rasulullohni, ruhqiy o'qisak, dam solsak, dori bilan davolansak, yana bir ehtiyot qiladigan narsadan ehtiyot bo'lsak, parhez qilsak, allohni qadari o'zgaradimi dedi.

Hech narsa emas. Yeyaver deydi. Doktor, yema degan. Agar peshonangizga Alloh shu kasallikni rivojlanishini yozgan bo'lsa, buni yemasangiz ham rivojlanasan. To'g'rimi? Deydi. To'g'ri deydi. Yeyaverasiz. Siz kasal bo'lmaslikka harakat qilasiz. Kasal bo'lishlikni oldini olasiz sabablari bilan, shundan keyin kasal bo'lish yozilgan bo'lsa kasal bo'lasiz.

Ammo. Hech narsani qilmasdan turib kasal bo'ladigan bo'lsangiz, siz sababini qilmaganligi uchun gunohkor bo'lasiz. Payg'ambarimiz aytdilar, quvomin qodarinlar. Davolansing, ruhiy o'qib, dam solsang, ehtiyot bo'lsang, mana shu narsa ham Allohni taqdiridan. Otalarni farzandlariga berishligi kerak bo'lgan salomatlikka oid muhim ko'rsatmalar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislari la dorora va la diror. La dorora va la diyor. Zarar berish ham, zarar yetkazish ham yo'qdir. Biz o'zimizga ham o'zimiz zarar bermaymiz, boshqa birovlarga ham zarar yetkazmaymiz. Diqqat. Qaysi ishda? Sizni va farzandlaringizni salomatchiligiga zarar yetadigan bo'lsa, shu narsani qilishlik harom bo'ladi sizga.

Qaytarib aytamiz. Qaysi narsani qilaylikda, ya'ni nima ish qilsangiz, shu ish sizni yoki farzandlaringizi sog'ligiga zarar yetkazadimi? Shu narsa harom bo'lardi. Davleniyasi oshib o'tib, oshib, o'lib qolishlik darajasi yetadigan holatdagi odamni nimani yeyishi? Nimani yeyishadi? Harom bo'ladi shu o'rinda. Doktor yemagan, yema degan narsani yeyishdik, harom bo'lardi.

To'g'ri, oyat yo'q bu haqida. Hadis yo'q, lekin qoida shunaqa. Qoida shuna'a. Siz deydi, mana bu mana bu mana bu narsalarni yemay turing, ehtiyot bo'lib turing, hoji aka, deydi. Desa yeb yuboradi. Shu odam xorom ish qilayotgan bo'ladi. Chunki tabibni, musulmon ishonchli tabibni yozganiga amal qilishlik, farzi ayin darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, bajarishlik farzi ayinda bajarishligi bilan teng bo'lsa, demak tabibni aytganini qilmaslik, xoromni qilishlik bilan yaqin bo'ladi.

Masalan, pishmagan mevani yeyishlik. Masalan, yong'oqni achchiq paytida bir siqimini yeb oling, nima olasiz? O'zingizga zarar bo'lishi aniqmi? Gunohga olasiz. Gunohga olas siz. Farzandlarga nisbatan ham xuddi mana shunday. Meva va sabzavotlarni yuvmasdan yeyish inson o'zini o'zi o'ldirishiga o'xshaydi. Dalilimiz bor. Kulu min samarihi i da astmara. Mevalaganda, ya'ni pishganda mevalardan yenglar deydi alloh taolo qur'onni an om surasida. Bu nima degani? Pishmasdan turib, yema degani.

Biz xom payti yeb, bizga zarar qilishi mumkin bo'lgan narsani yeyishlik mumkin emas deb aytyapmiz. Alloh Taolo pishgandan keyin yegin deyapti. Masalan mevalar bor, masalan, badriyni ham kichkinaligi desangiz zo'r. Katta yeb ketganda, pishib ketganda bo'lmaydi. Shuning uchun hamma narsa emas. Salomachiligimizga zarar qiladigan narsani pishmasdan turib yemaymiz.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam imomni tobaroniydan keltirgan hadisda aytadilar, diqqat qilinglar da, o'sha mevani yuvmasdan yeyishlikka taalluqli narsa. Shart olib yuboramiz ku. Man akalat tin fakaannama a'na ala qotli nafsiyin. Rasululloh aytadilar, imomni tobaroniydan. Kimda kim ifloslik narsani, iflos narsani, kir narsani, loy narsani, balchiq narsani yesa yuvmasdan, go'yo o'zini o'ldirishga yordam beribdi. Mevalarni yuvib ishlaydi bizga tabiblardan, buni kim aytgan ekan? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Yana Rasululloh chi, bizga o'xshab suvi serob bo'lgan yurtda yashamaganlar.

Sahroda suv ko'p bo'lmagan joyda yashayotgan xalqlarga yuvmasdan yemanglar deyapti. Mikrob degan narsa keyin aytilgan a, mikrob degan narsani keyin aytilgandi. Ammo Payg'ambarimiz mevani yuvmay yemanglar deyapdi. Shuni o'rgataylik bolalarimizga. Tabiblar ham ayni shu narsani aytadi, yuvmasdan yeyishlik falon falon falon kasallarni keltirib chiqaradi deydi. Mana shu juda ko'p kasallarni yoyilishiga sabab bo'ladi. Yana qarang.

Salmonov forsiyadan rivoyat qilinadi. Bu hadis Sunanni Termiziydan. Diqqat. Tahoratda o'qidim. Albatta ovqatning barakasi ovqatdan keyin tahorat qilishda, ya'ni qo'l yuvishda. Tahoratda qilgan shu narsamni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdim. Rasululloh aytdilar: barakatut ta'ami alvodu u qoblahu va alvodu u ba'dahu. Ovqatni barakati undan burun tahorat qilishlik va undan keyin tahorat qilaylikda dedi.

Uhuu. Har doim tahorat qilamizmi endi? Yo'q. Bu yerdagi tahorat namozga qilinadigan tahorat emas. Qo'lni, ikki qo'lni va og'izni yuvishlik aytilingan. Demak, yegan ovqatimizda barakot zo'r odatimiz bor a? Mehmonga kirib ketasiz, nima qiladi? Chiqqanimizda nima qiladi. Ha, men qoshiqni yeganman deysiz.

Ha, men qoshqada. Demak, ovqatning barakoti dedi Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam, ovqatni yeyishlikdan avval qo'l yuvishlikda va undan keyin qo'l yuvishlikda. Biz albatta qo'l yutyapmiz avval, keyingisiga beparvaroqmiz. Nima demoq deylar?

Shu narsaga e'tibor beraylik, shu narsaga e'tibor beraylik. Farzandlarimizni ham shunga o'rgitaylik. Keyingi ko'rsatma, bir ovqatni ustiga ikkinchi ovqatni yeyishlik kishini kasal bo'lishiga olib keladi. Endi bu haqida tabiblarning juda ko'p ko'rsatmalari bor. Tafsilotlarga kirishib o'tirmaymiz. Agar haqiqiy bir kitob bo'yicha ovqatlanaman, sunnat bo'yicha ov qatlanaman desangiz, biz bilan bizni yeyotgan ovqatlarimiz umuman to'g'ri kelmaydi. Bizni ovqatlanishimiz umuman to'g'ri kelmaydi. Sunnatga. Endi kasalliklarda sanavoramiz.

Sport haqida. Sportga qarshi odamlar ham albatta bor bo'lsa kerak oramizda. Hamma o'zini ham, farzandini ham sog' epchil, jismonan baquvvat, kasal bo'lmagan, quvvatli bo'lishingni xohlaydi. Ammo hamma ham mana shu narsaga kerak ishni qiladimi, yo'qmi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmonlarni jismonan sog'lom, quvvatli bo'lishlik qattiq hadis bo'lganlar. Mana bir qancha hadislarni ko'rib chiqamiz.

Aqli bor odam xulosa chiqarib olaveradi. Rasululloh har tomonlama mukammal inson bo'lgan. Jismoniy, badaniy quvvat haqida ham. Imomahmad va abu dovudlardan keltirilgan hadis, oshi onamiz aytadilar. Rasululloh men bilan musobaqalashgan edilar, men uzobdan o'zib ketdim. Chunki ellik dan o'tgan paytda oysh onamizga uylangan rasululloh. Shu ayolini ko'ngli uchun sapadan kelayotganda, sizlar ketib turaveringlar deb turib, qo'shimni yoki hamrohlarini musobaqa o'ynagan yugurib. Ellik uch ga kirgan erkak, yosh ayoli bilan. O'zib ketdim deydi. Keyin vaqt o'tdi deydi oysh onamimiz. Menga sal go'sht bitgandan keyin rasululloh o'zib ketdi. Bu haligi bilan biru bir deb qo'ydi.

Sportmi bu? Yana kim bilan? Ayoli bilanmi? Ayrim odamlar aytadi, sport bilan deydi shug'ullanishlik, odamni viqoriga, haybatiga, bizni tilda avtoritetiga to'g'ri kelmaydi. Yugur yurishini tasavvur qil domlani deydi. Rasululloh ayoli bilan yuguryaptimi? Bu kishini g'ururiga, haybatiga, salobatiga, avtoritetiga fikr yetkazmas ekan. Chunki odamlarni nazarida qor aka degani yoki musulmon degani umuman sport bilan shug'ullanmaydigan, doim suhbat, suhbat ishida biroz so'z ham indamay ketaveradigan, shu eshitib turadigan odamni tushunishadi.

Mana hadislarni o'qiymiz, xulosa olinglar. Chunki bizga ana shu dinsizlik davrida dindorlarni shunaqa deb tushuntirib qo'ygan miyamizga. Qayerga borsa qulluq qilgan, haligi biroz so'ysa indamay ko'taradigan, unaqa emas. Unaqa emas! Ulamolar aytishadi, oish onamizni mana shu aytgan hadisida yugurib musobaqa qilishi payg'ambarimizni, mahram bo'lgan erkak va ayollar o'rtasida musobaqa o'tkazish mumkinligiga dalil bo'ladi va bu narsa kishini viqoriga, sharafiga, ilmiga, fazliga, yoshining ulug'ligiga nomunosib degan so'zni noto'g'riligini ko'rsatib beradi. Rasulullohni manzilatidan kimni manzilati baland? Rasululloh sport bilan shug'ullangan ekan. Yana ayoli bilan musobaqa qilgan ekan bir odam.

Ming afsus bo'lsinki, birodarlar, ko'pchilik musulmonlar, xususan, Payg'ambarimizni sunnatini qilyapman deb da'vo qilayotganlar, bu narsalarni bilmaydi. Sunnatga amal qilyapman deydi, o'zi qarasangiz ayni sunnatni tark qilayotgan bo'ladi. Demak, bu narsa bizni viqorimizga, sharafimizga, ilmimizga, yoshimizga nima qilmas ekan? Zarar qilmas ekan. Imom Muslim va Imom Buxoriydan keltirilgan hadis. Sahobalar Payg'ambarimiz bilan ana shu safarlarni birida qaytib kelishar ekan, ansonlardan bir kishi, hech qachon yengilmagan kishi, men bilan men Madinaga birinchi yetib borishlikda musobaqa qiladigan odam bormi dedi. Bu odam biror marta yengilmagan odam edi.

Demak, bu musobaqa bo'lib turgan va doim bu odam yutib turgan. Rasulullohni sahobalari sport musobaqasi bilan shug'ullangan. Shunda Salomatimni Akbar roziyallohu anhu, yo Rasululloh, ota onam fido bo'lsin sizga. Menga ruxsat bering, men yuguray shu odam bilan, dedi. Otdan tez yugurgan deyiladi Salomatimni Akvar roziyallohi anhuni. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, xohishingiz bo'lsa mayli, dedi. Salom aytadi, boyagi odamdan o'zib ketdim, deydi. Sport musobaqa bo'lishini Payg'ambarimiz nima qilyapti? Yo'lini beryapti.

Yana. Rukona ismlik polvon. Mana Abu Dovud keltirgan rivoyatda shunday deyiladi. Muhammadinni Ali ibn Rukonani rivoyat qiladi. Rukona Rasululloh bilan kurash tushdi. Rasululloh uni yiqitdilar. Qarang, bu hali musulmon emas edi Rukoni. Demak musulmon bo'lmagan odam bilan sport musobaqasini qilish mumkin.

Abu Dovudda rivoyatda shunday deyiladi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam batxo dedilar. Rukoni ibn Yazid qo'y echkilarini haydab keldi va ey Muhammad, men bilan kurashga tushasanmi dedi. Rasululloh, sovuringa nima qo'yasan dedi. Qo'ylarimdan birini dedi. Rasulullohni kurashni yiqitib qo'ydi. Qo'ymang.

Bilmayman kurashishdi. Degan ekanmi? Qarang, Rasululloh sport maydonida ham birda. Shart turyapti, tayyor. Doim tayyor. Chunki musulmon shunaqa bo'lishligi kerak. Biror marta itdan qocholmay, to'langaningizdan keyin yugurasiz sport bilan shug'ullan, birodar. Agar kunda futbol o'ynab yurganingizda qochib ketardi sal itdan. Rasululloh siz bilan shunday turdi, ikkinchi marta o'ntarib qo'ydi. Uchinchi marta to'ntarib qo'ydi. Shunday ukol aytdi, vallohi meni sen yiqitmayarsan dedi.

Chunki yengilmagan bo'ladi. Meni alloh yiqityapti dedi. Dedi da, musulmon bo'ldi shu yerda deyiladi, abu dovud rivoyatida. Rasululloh qo'ylarini qaytarib berdi. Sport bilan shug'ullangan ekan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Mana uhud va boshqa g'azotlarga payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam chiqib ketayotgan bo'lsa, yosh bolalar ham biz ham chiqamiz siz bilan desa, rasululloh kurashtirib ko'rar edi. Jismonan baquvvat bo'lsa, musulmonlar safiga askar qilib olib ketar edi.

Rasululloh sollallohu alayhi siz bilan bizni jismonan sog'lom bo'lishimizni xohlagan. Biz qachon chiqamiz sport bilan shug'ullangani? Yo kaltak yeganimiz qattiq. Yosh bola urib qo'ydi deydi. Yo o'tirib turishga qiynalib qolganimizda, e yugurmasam bo'lmaydigan bo'lib ketibdi deydi. Semirib ketibman deydi. Semirilib ketgani uchun yuguryapti. Bo'lmasa yugurmas edi bu. Nima deb yugurish kerak ekan o'zi?

Innomal amal u bi niyat, birodarlar. Jismonan sog'lom bo'lishligin, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko'rsa, xursand bo'ladigan ishli deb turib chiqsa, sport bilan shug'ullanishiga ibodat oladi birodarlar. Innomal amal. Dinni niyat. Sport bilan shug'ullanishdan maqsad, jismonan baquvvat bo'lsam, Alloh meni yaxshi ko'radi deb e'tiqod qilsangiz, shu sportingiz ibodat bo'ladi.

Nodoniki bu sport xolam bo'lmasa edi. Shu siz shug'ullanayotgan turi. Chunki al mu'minul qoviy yu xoyrun va ahabbu ila allohi minal mu'minul doiyev degan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Abu hurayra roziyallohu alayhudan Muslimdan bahodiz. Imom Muslimdan. Kuchli mo'min zaif mo'mindan ko'ra Allohga yaxshiroq va mahbubroq. Tushunarlimi?

Men qiziqmayman sportga. Seni qiziqishing so'ralmayapti. Men. Bitta to'pni orqasidan deydi, o'n tasi shunga o'xshab. Ha, siz esli bo'lib o'tiravering siz. Oshni yeng. Go'sht yeying, davleniyangiz ko'tarilsin, oshqozon ichiga kasallarga uchiring, teri kasalliklariga uchiring, yuguring edi, yuguruk edi. Bilasizlar, yugurukli qanaqa bir odamga foydali narsa.

Habashlar deydi, Imom Muslim keltirgan hadisda Abu Hurrahi roziyallohu anhun. Habashlar Rasulullohning huzurlarida xirob o'ynashayotgan edi. Masjidda xirob, haligi na kishi, kaltagini, nayzasini olib turib, o'sha jismoniy bir quvvatini ko'rsatish, chaqqonligini ko'rsatishi deydigan bo'ladigan o'yin edi. Umar ham hatto masjidga kirib qoldi, qarasa haligilar masjidda sport qilyapti.

Yerga engishib toshni olib haligilar deb tosh o'ram qilib qoldi. Masjidda shunaqa qilishasanmi deganida, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ey Umar, tegib qo'yaveringlar dedi. Qayerda? Biz masjidda futbol o'ynaylik demayapmiz akalar. Hatto masjidda mana shu ishni qilsa Payg'ambarimiz ruxsat beryaptiki, odamlarda shu jismonan sog'lom bo'lishlikka bir targ'ib.

Payg'ambarim assalomu alayhi vasallam bozorda kamol otish musobaqasini o'tkazayotgan aslamli kishilardan ustidan o'tib qoldi. Aslamli kishilarning huzuridan o'tib qolibdi. Imom Buxoriydan, bu hadis. Ularga qarab Payg'ambarlarimiz, ey Banu Ismoillar, otinglar. Otangiz mergan edi, otinglar, men Banufalon bilan birgaman dedi. Shunda narigi ikkinchi taraf otmay qo'ydi.

Rasululloh tursa qanaqa qilib otishadi bu yoqqa? Rasululloh nimaga otmay qo'ydinglar dedi. Ular aytdi yo Rasululloh, siz ular bilan turgan bo'lsangiz qanaqa qilayotamiz deyishdi. Payg'ambarimiz otaveringlar dedi. Men hammangiz bilan birgaman dedim. Ya'ni sport degani bu. O'sha sport musobaqasiga Payg'ambarimiz tushdimi, otaveringlar, men ham sizlarda bitta yalarman deyapti.

Allohdan rahmat bo'lsin Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam. Qanaqa kamtar zot bo'lgan, qaranglarda. Rahmatan lila olamin bo'lgan zot, yelkasida bu katta risolatni ko'tarib turgan zot shu sport musobaqasi bilan shug'ullanayotganlarga kelib qo'shilib, ularni ko'ngli ko'tarishga vaqti bo'lgan ekan. Ha. Bundan zarurligi yo'qmi boshqa? Yugurishib yuborasiz, aytdim mendan kechgacha, turnirga osilasan o'zingcha, shuni o'rniga borib kitobingni o'qi.

Faqat kitob bilan o'tirganda odam jismonan ezilib qoladi. Boyagi yugurganida, turnirga osilib yurganida, bir jismoniy bir harakatlarda qilganda yoziladi. Nashot paydo bo'ladi. Endi shu bolalar bo'ladi birdek, quvvatlik, bir narsani o'sha yerga ko'tara oladigan bo'ladi. Qora akalar degandagicha stereotiplarni ham buzish kerak yoshlar. Qanaqa qilib deng? Qora aka degan haligi noloyim qayoqqa bosmay yiqib turadigan emas. Sportsmen, zo'r borist. Yo zo'r futbolist, yoki bir zo'r yoki atletika bilan shug'ullanadigan, ham qora, ham mulla, ham sportsmen.

Bo'lishini xohlamaysizmi bolangizni? Bizda yo unisi. Bizni ikkala tomoni ham bo'lishi kerak. Nima demadinglar? Til ham o'rgansin. Doktorlikka o'qisin, yuristlikka o'qsin, advokatlikka o'qirsin. Qur'onni ham bilsin, har tomonlama bo'lsin. Biz shunaqa musulmonlar bo'lishini xohlaymiz, birodarlar. Uning uchun maktabda o'qitinglar yaxshi. Maktabda o'qitinglar.

Demak, birodarlar, islom dini bu harakat dini. Ertaman, turasiz, uyquzingizdan, sahar. Chiqib tahorat qilasiz. Namoz o'qiganingizda hamma bo'g'inlaringizda ishlaydi. Hajga borganda qiladigan amallaringizni qarang. Jismoniy tarbiya, fizkultura akalar, yugurish, bularni hammasi siz bilan bizni jasadimizni, qalbimizni quvvatli bo'lishiga sabab bo'ladi. Endi kimdir o'zi sport bilan shug'ullanmagan bo'lsa, farzandlarga shu sharoitini qilib bersin. Bolam bor, haftada ikki marta o'sha seksiya bor ekanmi? Borib o'shanga bir shug'ullangan bolam. Chunki Payg'ambarimiz shu narsani yaxshi ko'rgan ekan, buyurgan ekan bizga.

Odamlar ko'zimiz tushib qoladi, yuguradi. Chillada ham yuguradi, saratonda ham yuguradi. Issiqda ham, sovuqda ham yuguradi da. Odamlarni issiqini pechkasini oldida o'tirganda yuguradi. Nimaga yuguradi u, bilasizmi? Foyda ekanligini biladi. Menadagilar bilmaydimi? Yo'q biladi bular ham. Nimaga bular yugurmayapti? Bularni irodasi zaif.

Irodasi zaif, chiqa olmaydi, yugura olmaydi. Ammo bu odam yugurib o'zini odilontirib olgan. O'shaning uchun unga chiqishlik oson va yugurishlikdan huzur oladi. Huzur oladi. Kimdir sportga targ'ib qiladi, qiziqtiradi odamlarni, kimdir bu narsadan man qiladi. U kamoli shu dinga bo'lgan qarashimizni o'rtasidagi farq. Kimdir kengroq qaraydi, kimdir torroq qarayadi.

Qullushay in la isamin zikri ilahi azza va jalla fahva la huvun va sahvun. Rasul aytadilar, imom tobaroniydan. Allohning zikridan bo'lmagan har bir narsa lahv va xatodir. Faqatgina to'rtta narsa unaqa emas. Allohni zikri bo'lmagan, har qanday narsa bekorchilik. Faqat to'rtta ish bor, Allohning zikri emas bu. Lekin lahv emas, xato emas. Ikki masofa orasida yugurishlik.

Otini o'rgatishi kishi, ayolini erkalatishi va suzishni o'rganishi. Mana shu narsalar xato emas, lahv emas. Qarab tursangiz, yugurishi, suzishi, jismonan sog'lom bo'lishga bo'lgan harakati. Kishi o'zini jismonan sog', lom bo'lish uchun sport bilan shug'ullanishi, lahv emas, yoki sahv xato emas.

Bu darsimizda aytib o'tilingan asosiy nuqtalar, jismoniy tarbiyasiga otalar qattiq e'tibor berishi kerak. Ikkinchisi, uyi, kiyim, taom va sholobini ta'minlashligi kerak. Uchinchisi, yeyish, ichishda, uxlashda, sunnatga amal qilishni o'rgatishligi kerak. To'rtinchisi, kasal bo'lsa, imkon boricha tezroq davolashlikka harakat qilishlik kerak. Beshinchisi, jismoniy tarbiyaga targ'ib qilishlik keraks. Inshaalloh keyingi darsimizda tamaki chekish haqida suhbat qilamiz. Buni qo'shmadim. Buni qo'ymadim, chunki alohida bobni talab qiladi bu darsimiz.

Chekishlik haqida keltirilgan ilmiy dalillarni bir qator aytib o'tamiz. Aqlli odam o'ziga kerakli xulosani, fatvoni chiqarib oladi. Keyingi darsga birodarlar, sigaret chekadigan birodarlarni ertalab kelinglar.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi