Maviza
—Qoralama28 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
28:06
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohiym. Bismillahir rohmani rohiym. Alhamdulillahi robbilar alamin va a'qubatulil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina Muhammad as sodiqul va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Alloh azza va jalla ushbu sayil ayyom kunini barchamizga barakotli qilgan bo'lsin. Duolarimizni ijobat qilsin, gunohlarimizni mag'firat qilsin.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun ellik to'rtinchi chisi. Jinsiy tarbiya hamda xutuba qilinayotgan qizga yoki ayolga qarash odoblar. Ota onalar farzandlariga o'zlarini xonalariga, yotoqlariga kirishlikka izn so'rashlikni o'rgatishlari kerak. Bu haqida avvalgi darslarimizda aytganmiz, lekin o'rni kelganda takrorlab qo'yamiz. Bu haqida Alloh azza va jalla o'zining azaliy kalomida shunday marhamat qiladi. Astayu billah ya ayyuha'lla dina a'manu liyaista dinqu mulladina malakat aymanukum valladingna lam yovlug'ul hulima ming kun, salasa marroting min qobli salatil fajr, va xiyna tazavuni siyaba kuminat zohira, va min ba'di salatil asha. Salasa avroting la kun. Mana oyat. Salasa avroding la kun. Ey mo'minlar, qo'l ostingizdagi, qo'lostingizdagi qul va cho'rilaringiz hamda o'zlaringizning balog'atga yetmagan bolalaringiz uch vaqtda huzuringizga kirishi uchun sizlardan izn so'rasinlar. Qaysi vaqtlar ular? Bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida issiqdan kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin.

Mana shu uch vaqtda ota onani yotoqxonasiga hatto balog'atga yetmagan bo'lsa ham, endi kattalar o'z o'zidan kirmaydi. Balog'atga yetmagan yosh bolalar ham ruxsatsiz kirishi mumkin emas. Mana shu o'sha vaqtda ota onani yotoqxonasiga. Bu uch vaqt sizlarning avratlaringiz ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlardir. Ular o'sha vaqmlardan so'ng izn so'ramay kirishlarida sizlarga ham ularga ham gunoh yo'qdir. Demak, shu vaqtdan boshqa paytda shunday kirib kelsa, bo'laveradigan holat. Astoydilbillar. Voida balog'al atfalu ming kumul huluma, fal yasta dinu kamma istanalladina min qobli hind, kadalika yubayyunullohu lakum ayathihi va allohu alayhi mun haqiyim. Qachon go'daklaringiz balog'atga yetsalar, bas ular ham xuddi ulardan ilgari, ya'ni balog'atga yetganlar kabi izn so'rasinlar. Alloh o'z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibi bo'lgan zotdir. Alloh bilim va hukumat sohibi.

Yosh bola birodarlar oppoq varaqqa o'xshaydi. Unga hech narsa yozilmagan. Agar mana shu bolaga chiroyli tarbiya berilsa, u hali yoshi yetmasdan turib, bilishi kerak bo'lmagan narsalar unga bildirilmasa, u hali shu yoshi yetmasdan burib, ko'rishi kerak bo'lsin narsalar ko'zga ko'rsatilmasa, albatta qalbi pokiza, tabiyati toza bo'lib ulg'ayadi. Bunda shubha yo'q. Shuning uchun ota onalar o'zlarini yotoqxonalariga juda bir qattiq e'tibor qaratishlari kerak bo'ladi.

Mana aytdik, uchta vaqt. Bomdoddan avvalgi vaqt, kun isib ketgan paytda kirib kiyimini yengillatib yotadigan payt va xuftondan keyingi payt. Bu vaqtlarda ota onaning xonasiga ruxsatsiz kirib bo'lmaydi. Endi bu izn so'rashlik faqat yuzaki bir surat bo'lmasligi kerak, shakli bo'lib qolmasligi kerak. Taq taqib qo'yib shak kirib ketadigan bo'lsa bo'lmaydi. Kirovorye'mi deb turib shapk kirib kelsa bo'lmayd. Bu haqiqiy ma'nodagi izn so'rash. Kirovordamagunicha turishlik kerak bo'ladi. Yana ham yaxshirog'i, eshikni qulflab qo'yishlik o'zi. Eshikni qullab qo'yib qo'yishligi.

Farzandlarimizga o'rgatishimiz kerak bo'lgan bu masalada mana islomiy odoblar, izn so'rash birinchisi bo'ldi, buni aytdik. Eshikni taqillatadi yotoqxonangizga kirishdan avval. Kiraveraymi deydi. Toki ha, kiraver demaguncha kutib turadi. Yana ham afzalrog'i hozir aytdik, eshikni bekitib qo'yishdik. Ikkinchisi, farzandlarga nazar odobi, qarash odobini ham ta'lim berishlik kerak bo'ladi. Albatta endi bu yerda ayollarga qarashlikda birinchi o'rinda tushunamiz.

Ayollar erkak kishiga nisbatan mana mahram bo'ladi, nomahram bo'ladi. Mahramlar ham uch turli bo'ladi. Ana shu o'ziga mahram bo'gan ayollarni birinchisi o'zini ayoli. O'zini shar'iy xotini. Keyin onasi, qizlari, opa singillari, ammalari, xolalari, yana aka ukasini, opa singillarini qizlari, o'zini jiyanlari. Mana shular nasab mahramlari deyiladi. Nasib nasab mahramlarni. Alloh taolo qur'onni niso asurasida shunday marhamat qiladi.

Astayidubillah, hurriy mat alaykum umma ha to'kum. Va banatukum, va axovatukum, va ammatukum, va xolatukum, va banatul ahiy, va banatul uxtiy. Ya'ni musulmon kishi uylanishi mumkin bo'lmagan ayollarni Alloh Taolo sanab berdi. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka ukani qizlari, opa singillaringizning qizlari harom qilindi. Endi bir kishi ayoli o'tibmi, ikkinchiga ayolga uylanishi mumkin. Yoki ayoli bo'lib turib ikkinchi xotinga uylanishi mumki. Keyingisi, otaning xotini. O'gay ona. Astaydubulla. Vala tankixu ma naka abaukum minannisa illa ma qodisalov innahu ka nafa hishatan va maqtan va sa asabiyla. Bugun mahalomalar haqida gaplashamiz ko'proq.

Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang. Hozir aytganimizdek, xotini o'lib turib uylangan ayolmi yoki onasi tirik bo'lib turib boshqa ayolga uylanganmi, shu yigitni otasi masalan. Magar ilgari o'tgan bo'lsa, uylangan bo'lsangiz, Alloh avf etar. Endi, yana o'g'ilni xotini, kelin.

Astaydu billa. Va hala ilo abina ukumulladina min aslavi kun. Va antajmau baynal uxtayn illa maqodi salah, innalloh g'ana g'ofuro rahima. Oyatda o'qiymiz. Yana o'z pushti kamaringizdan bo'lgan o'g'illaringizning ayollariga ham uylanishlik xalom qilindi. Kelinga uylanib bo'lmaydi. O'g'il o'lib ketgandan keyin ham. Kelin bo'ldimi? Kelin bo'ldi mi? Qaynota uchun bu kelin o'lgunicha mahram bo'ladi. Uylanishi mumkin emas. O'g'lini ayoliga ham uylanishi mumki emas.

Hamda opa singil almashtirishingiz, ya'ni birini taloq qilmasdan turib, ikkinchisini ustiga olishlik. Opa singilni jamlab bo'lmaydi. Ammo opasiga javob berib turib, turmush kelishmasa, singlingizga ulanishingiz mumkin. Bittasi qo'lingizda bo'ladi. Bir vaqtni o'zida opa singil sizni qo'lingizga bo'lishligi mumkin emas. Yana, xotinining onasi, qaynonasi. Va um mahatunisa ikom. Ayollaringizning olalari ham harom qilindi. Boyagi aytayotganimizdek, qaynona harom bo'ladi uylanishlikka. Keyingisi, xotinining qizi. Ya'ni bir xotinga uylandi, boshqa eridan bo'lgan qizi bor. Siz uchun o'gay qiz. Xotinining qzi, boshqa yeridan bo'lganqizi, astaydi bella, va roba ibukumullati fii hujurikum, min nisa ekumullati daxoltun bixin. Fainnam takunu daxoltun bixonna falajuna halikum.

Jinsiy aloqada bo'lgan xotinlaringizning, tarbiyangizda bo'lgan qizlari, ya'ni boshqa birovdan bo'lgan qizi, agar xotinlaringiz bilan jinsiy aloqada bo'lmagan bo'lsangizlar, ularni taloq qilgandan keyin avval erlaridan tug'ilgan qizlariga uylansangiz, sizlar uchun gunoh yo'q. Bir ayolga uylandingiz, o'gay qizi bor. Agar shu ayol bilan jinsiy iloqa qilinsa, bu qiz mahramga aylanib qoladi. Mumkin emas keyin uylanishlik. Xuddi boyagi aytayotganimizdek, kelinga uylanishi mumkin bo'lmaganidek. Endi, bu uylangan ayoliga yaqinlik qilmasdan turib talog'ini bersa, uni qiziga uylanishi mumkin bo'ladi.

Mahramlar uch turli bo'ladi. Xotin, nasab mahramlari va qarindosh urug'chilik, quda andachilik mahramlari. Xotin, nasab mahrami va qarindosh urg'ulik mahramlari mana endi batafsil ko'rib chiqamiz bu. Birinchisi xotin. Mahram bu shunday bir ayolki, unga qarashingizda gunoh yo'q. Ammo mana shu qarashlikni ham o'ziga yarasha odobi bor.

Ayrim noto'g'ri tushunchali odamlarda mahramni har qanaqasiga qarasa ham bo'laveradi, degan fikrni gapiradi bular. Bu noto'g'r. Biz hozir aytib o'tdik, nasab mahramlari bu ona. Qiz, opa singil, amma xolalar, aka uka va opa singillarning qizlari, jiyanlar. Endi mana shu biz aytib o'tgan hozirgi nasab mahramlarga faqatgina ularni xizmat kiyimida turganda qarashimiz mumkin ularga.

Demak, nasab mahramilarga qarashlik mana shu kiyimlarda bo'lgan deb bo'ladi va unda ham o'zini yarasha odobi bor. Alloh Taolo Qur'onda shunday marhamat qiladi. Nur surasida: Astaydubillah, qullil muminin. Qullil muminina yahud dumin abbosorixim va yahvatu furujahum va leka azkalahum innalloha xobirun bima yasnaun. Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam, mo'minlarga ayting, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shunday qilish ular uchun eng pokiza yo'ldir. Albatta Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan xabardordir. Ko'zni tiyishlik bir narsa, o'ziga mahram bo'lgan ayollarga qarashlik bir narsa. Ko'zni tegish birodarlar nomahram ayollardan bo'ladi. Nomahram ayollarga qarab bo'lmaydi.

Ammo o'ziga mahoram bo'lgan hayollarga qarashi mumkin. Endi, o'ziga mahram bo'lgan ayolarga qarashlikdagi odob shuki, tikilib qaramaslik. Shubhani keltirib chiqaradigan holatda nazar qilmaslikka to'g'ri keladi. Ya'ni o'zingizni ayolingizga xohlagandaqa qarang. Ammo, mahram bo'lgan, nasab mahramlari bo'lgan ayollarga o'zingizga xotiningizga tikilgandaqa tikilib qarashingiz mumkin emas.

Keyingisi, nomahram ayolga nazar solishlik mutlaqo mumkin emas. Ammo to'satdan ko'z tushib qolsa, darrov olib qochiladi, bunga gunohkor bo'linmaydi. Qullil mo'mining nayog'u dumin abbosorixim va yahdodu furuv jahun. Mo'minlarga ayting, ko'zlarini tiysin, farjlarini saqlasin. Bundan shuni tushunamiz.

Qarang, alloh taolo farjlarini sa qlasin deyishdan avval ko'zlarini tiyesin dedi oyatda. Ko'zlarini tiyishsin, farjlarini saqlashsin. Demak, farjni saqlashlik, zinodan tiyilishlik avval ko'zni tiyishlik bilan bo'ladi. Kishi ko'zini tiysa, demak zinodan tiya oladi degani. Kishi ko'zi erikib bersa, zinoga ketib qolishiga yo'l ochiladi degani.

Mana endi qarindoshchilik mahramlari, quda andachilik mahramlar, bular haqida nima deyilgan? Agar otani ayoli yosh bo'ladigan bo'lsa, shu otani yosh o'g'li bu ayol bilan, ya'ni bu o'g'i onasi bilan bir xonada yolg'iz qolmasligi kerak. Endi, shu o'g'ilni ayoli bilan bu o'g'ilning otasi, qaynota ham yolg'iz qolasligi kerak.

Lekin shariat bu birodarlar. Qayna bilan, qaynota bilan yosh kelin bitta xonada yolg'siz qolishligi shariatimizda ruxsat berilmaganmikin. Kelin oyasi yolg'iz turgan bo'lsa, qayn ukani kirishligi haqida Payg'ambarimizdan so'rashdi. Uyda hech kim yo'q, kelin o'zi turibdi, qayn aka uka qayn uka keldi. Hech kim yo'g' boshqa. Na bolasi bor, na bir o'zi bilan bir oddiy etalab kelgan. Al homu deb so'rashdi Payg'ambarizdan. Kelini oldiga kuyovni akasi yoki ukasi yolg'iz holda kirish haqida so'raganida, Rasululloh al homu ma'ud deb javob bergan. O'lim deb javob berganda.

Endi qarindosh mahramlar. Agar nasab mahramlari bo'lgan yigit va qiz, agar tabiatida buzuqlikka o'xshagan narsa bo'lsa, bular ham yolg'iz qolmasligi kerak. Chunki hozirgi kunda ma'lumotni juda ham ko'pligi, ma'lumotga yetishligini, yo'llari juda ham oson bo'lib ketganligidan, balog'atga yetmagan, yoshlar bilishi kerak bo'lmagan ma'lumotni erta bilib olyapti.

Shuning uchun mana shu narsaga rioya qilishlik kerak, hatto qarindosh ma'ramlar bilan ham yolg'iz qolmaslikka harakat qila olishlik kerak, xilvatda, toki bir noto'g'ri bir holatlar yuzaga kelmasin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan Hamza qizi haqida so'rashdi. Ya'ni Payg'ambarlarimizga Hamza qiziga uylanmaysizmi deyishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan hamza ibn abdul mutolib roziyallohu anhu bitta onani emishgan edi. Amakisi yana emikdosh akasi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, yahru mu'mina roddo ati, ma yahru mu'mina nasabi. Nasab orqali nima harom bo'lsa, sut emishlik orqali ham harom bo'ladi. Ya'ni boya aytdik, nasl nasab, sizga mahram bo'lgan odamlarga uylanishiz harommidi? Endi sut emishlik orqali sizga singil opa bo'lib qolgan ham harom bo'ladi. Shuning uchun bola boqib olishlik masalasida aytishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, bola boqib olindi, sut emishlik muddati ikki yil. Shu ikki yilni ichida, boqib olgan onani emsa, sut chiqsa albatta endi, shu ayolni qizlariga bu boqib olingan bola mahram bo'ladi.

Agar o'g'il bo'lsa. Agar boqilgan qiz bo'lsa, o'g'il bolalarga mahram bo'lad. Yoki eng kamida, eng kamida bir ayol bolani boqib oldi, emizmadi. Balog'atga yetganda bu bola nomahram bola deb boqib olgan enasiga. Shuning uchun singlisi bordir ehtimol emizadigan holatda. Xolasini borib emib qo'ysa, sut orqali ona bo'lganning opasi, bunga ham xola bo'lib qoladi.

Ya'ni nasab orqali mahram bo'lgani kabi, bir onani emishlik, sust sababli ham bir biriga mahram bo'linadi. Darsimizning keyingi mavzusi, xutuba qilinayotgan qizga yoki ayolga qarash odobi. Uchrashuvga chiqqanda, nima mumkin, nima mumkin emas. Qarashdan. Birinchidan, endi men xutuba qilinuvchi yoki maxtuba deyman. Siz uylanmoqchi bo'lgan qiz yoki ayol maxtuba deymiz. Maxtubaga qarashni odoblari.

Uylanayotgan yigit, uylanayotgan inson maxtubaga albatta qarashligi kerak. Qaramasdan uylanib olishlik to'g'ri emas. Mug'iratunni sho'ba roziyallohu anhu bu kishi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bo'lgan. An il mug'iratunna sho'bati annahu xotaba imron otan, faqolunabiye sollallohu alalayhi vasallamun undur ilayhi hal. Fainnahu axro ang udama baynakumi. Mug'iratunni shu'ba bir ayolga xaridor bo'lganida, rasululloh unga qaragin dedi. Mana shunday qilishlik, qarashlik, o'rtalarda bir ulfatlikni, unisniy mehrni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Mana shu narsa o'rtalardagi ulfatlikni,unisniy mehr yoki muhabbatni paydo bo'lishiga sabab bo'ladimi. Onamga yoqsa bo'ldi, a menga nima endi, onam kelin qiladi da. Enamga yoqsa bo'mdi da, a dindor bo'msa bo'mdi, avratini yopgan bo'msa bo'moldi, namozxon bo'msa bo'mildi. Bunaqa gap ketmaydi, birodarlar. Borasiz, ko'rasiz. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam sahobasiga nima dedi? Borib qara, borib ko'zing bilan ko'r dedi.

Demak, shunday qilishlik eng to'g'ri yo'l bo'ladi. Kelinni ko'rmasdan uylanib olib, keyin pushaymon bo'lganlarni, albatta, ko'rgan, eshitgan bo'lsalar kerak. Sen dindor bo'lsa bo'ldi deding, dindor. Namoz o'qisa bo'ldi deding, namoz o'qiydi. Endi yoqmay qoldi. Ikkinchidan. So'rab surishtirdingiz, to'g'ri keldi, didingizga o'tirdi, nasl nasabi, fe'l atvori, uylanishlik niyati bo'lgandan keyingina ko'rishga azm qilishlik kerak. Bir ko'raychi yu, avval, bo'lmasa, unaqa gap ketmaydi. Sovchilar boldi keldi, bir biriga to'g'ri keladi hamma yog'i, endi bir birini ko'rishib qoldi. Uylanishlikka azm qilgandan keyingina maxtubaga qarash mumkin bo'ladi. Uchinchidan, agar ehtiyoj tug'ilsa, takror qarash mumkin. Yana bir marta uchrashib ko'rish mumkin. Chunki o'g'il bola ham xayoliy bo'lishi mumkin. Birinchi marta uchrashiiga chiqqanda sir bosgan bo'lishi mumkan. Yaxshilab qarab, o'zi uchun qaror qabul qila olmagan bo'lsa, vallohi ko'ra olmadim, hal qila olmayapman desa, yana bir marta urushishlikka moni yo'q. Albatta endi ikkalasi hech qachon yolg'iz qolmaydi, uchinchi odam bo'lishligi kerak bo'ladi.

Qiz bola o'zini mahrami bilan chiqishligi kerak bo'lladi. To'rtinchidan, maxtuba bilan gaplashishlik mumkin, uni yuziga va kaftiga qarash mumkin. Ammo qo'l berib ko'rishi bo'lmaydi. Gaplashishlik ma'mur, yuziga qarashi ma'mur, ammo qo'l bel berib ko'rishilmaydi. Beshinchidan, xotib va maxdubani ikkalasi bir joyda yolg'iz qolmasligi kerak. Maxdubani bironta mahram yonida turishlik kerak. Chunki shariatimiz bir nomahram erkak, nomahram ayol bilan xilvatda qolishligini man qilgan.

Shuning uchun mahram bo'lishlik kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom buxoriydan keltirilgan hadis, ibn abbos roziyallohu anhumodan aytadilar la yaxluva na rojulun bi imra oting vala tusofiron na imrotun illa voma ahamahrom. Bir erkak, bir ayol bilan nomahramlar. Xilvatda yolg'iz qolmasin. Ayol kishi mahramasiz safar qilmasin.

Endi, haqiqatda qanaqa bo'lyapti? Rivojlangan mamlakatlarda, peshqadam bo'lgan musulmonlarni shaharlarida, biz deydi, turmush qurmoqchimiz. Umr bo'yi billa bo'lamiz. Shuning uchun bir birimizni fe'l atvorimizni, xarakterimizni yaxshilab tanib olishimiz kerak. Deydi da, unashtirib qo'yilgandan keyin qo'l ushlashi bog'larni kezishadi, tog'larga chiqishadi va xilvatda yolg'iz qolib, tommatul ko'proq sodir bo'lgandan keyin yigit qochib ketadi.

Qiz tomondaylar uni qidiradi. Mahdubani qorni katta eshitib boshlaydi va o'rtada bordi keldi mushkulalar ko'payib ketadi. Ota ham pushaymon, ona ham pushaymon, hamma pushaymon. Men uylanaman, bunga deyapman. Aka, ertalab yurgan bo'lsam uylanaman. Sen uylanib ol, bunga. Shar'iy nikohiga qabul qil, keyin ertalab yuraver. Ayrim, ayrim, hatto o'zi musulmon deb atalgan yurtdagi odamlarda ham shu narsa, shu kasal bor ekan. Har xil yurtlarga tijorat bilan safar qiladigan birodarlarimiz aytib berishadi, uch oy, uch oy bilib yuraverar ekan er xotin daqa.

Keyin a, bir birimizga to'g'ri kelmadik deb turib, ajrashib ketishaverar ekan. Birodarlar, nima degani bu? Nima degani u? G'arbga taqlid qilishlik emasmi? Nima deydi? Xarakterlarimizni bir birimizga xohlagan ishini qilib. Safarga chiqyapti, bog'ga boryapti, tog'ga boryaptiyu. Unaqa yo'q birodarlar islomda. Najosat bo'lgan narsani shunaqa chiroyli qog'ozga o'rab beradi. Men, deydi, o'zimga umr yo'ldoshni tolayapman, deydi. Men mol olmayapman da, yoqmay qolsa shart sotib olib almashtirgani. Men keyin bu bilan yashashim kerak. Shuning uchun to'g'ri kelamizmi bir birimizga, yo'qmi? To'g'rimi desa, qarab turib, ha to'g'ri deysiz, aqlga to'g'ri kelmayapti haligi gap. Lekin birodarlar, Shariatni hukmi turganda aql chekkaga surib qo'yiladi. Aql chekkiga surib qo'yinglar.

Birodarlar, hayotni isloh bo'lishi Alloh Taoloni buyruqlarini qoyim qilishlik orqali bo'ladi. Boyagi ajrashishlar. Insonni xijolatga qo'yadigan holatlar, uyatli holatlar nimaga sodir bo'ldi? Chunki Allohni hukmi qoyim qilinmadi. Insonni aqlini, aqlini isloh bo'lishi ham Allohni hukmini qoyim qilishlikka bog'liq. Sayyahdihim va yuslihu ba alahum.

Ularni jannat yo'liga hidoyat qilur va ularning aqllarini, ishlarini o'nglar. Qarang, Alloh hidoyat qiladi, ya'ni aqlingiz yaxshi ishlaydi. Ha. Alloh hidoyat qilmasa, aqli ishlamaydimi? Ishlaydi. Lekin faxsh, munkar bo'lgan narsani ko'ra olmaydigan bo'ladi. Mana aytyapmiz ku. Mumkin emas. Alloh hidoyati qilgan odam hech qachon xilvatda qolmaydi.

Mana, atf, murchorakat ma'nosini bildiradi. Sheriklik. Aqlni sog'lom bo'lishligi, salohiyatli bo'lishligi birodarlar, ulug' ne'mat va mana shu ne'mat allohni hukmi bilan yashashga bog'liq. Ollohni hukmi bilan yigit yashasangiz, ollohni hukmlarini qoyim qilsangiz, aqlingiz salohiyatli bo'ladi. Sayyahdihim va yuslihov ba'lahum. Ularni hidoyat qiladi va aqllarini isloh qiladi. Bu yoqdagilarda aqli yetmay turgan narsaga aqlingiz yetadigan bo'ladi. Bu yoqdaylar ko'rmayotgan narsani ko'radigan bo'lasiz. E bu yurish yaxshi emas, oqibati shatoq bo'ladi desa, nariga Allohni hukmidan uzoq bo'lgan, buni tushunmaydi nimaligini. Allohni hukmida yurgan odam ko'radi.

Bu xayoliy gap emas, birodarlar. Hayotda qanaqa bir pushaymon bo'lsa, inson tushib qolgan bo'lsa shu pushaymonga, mana shu pushaymonini orqasida bitta gunoh turadi. Allohni manhajidan chiqib ketishlik sabab bo'lgan bo'ladi. Johillik sabab bo'ladi. Jihollik nima?

Ilmsizlik, Allohni tanimaslik. Har bitta sodir etilgan jinoyat, har bitta qilingan xato, oilalarni buzilishi, sharmandalik, qizlarni aynib ketishi, ularni ortida albatta bitta gunoh turadi, birodar. Masalan, farzandlar nimaga aynib ketyapti? Farzandingiz aynib ketdi. Orqani bir aylantirib qarang da, nima sababdan aynib ketdi? Sizdan bitta gunoh sodir bo'lgan. Yo xoron luqma bilan boqqansiz bolani. Yo Allohni tanitmagansiz, yo tarbiya bermagansiz. Xoron luqhma berish gunoh. Allohni tanitmaslik gunoh. Tarbiya qilmaslik gunoh. Bolangiz betarbiyami? Bolangiz kuydirgimi? O'zingiz sababsiz shunga.

Ma'siyatlar orasida mana aytdik, johillik turadi. Johillik insonni eng katta dushmani. Inson johilligi tufayli, johilligi sababli, dushmani ham unga qila olmaydigan yomonlikni o'ziga o'zi qilib oladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomot abaroniydan keltirgan hadis. An nadhiratu saxmun min sixami iblis. Nazr, biz qarash haqida gaplashyapmiz da, nazr haqida bugun. Nazr solish, qarash shaytonning o'qlaridan bitta o'q. Man tarakaha min mahofatiy abadal tug'u iymanan yajudu halavatahhu fiqhol behiy. Hadis qudusiy. Alloh taolo aytadi, kim ana shu nazarni, qarashni, nomahramiga bo'lgan qarashni mendan qo'rqib tark qilsa, u insonga men bir iymonni beraman qalbiga, u iymonni halovatini topadi. Nomahramga ko'zi shart, olib qochding, olib qoching da. Sezasiz shu halovatni. Alloh taolo aytyapti, men uchun ko'zini tiysa, qalbiga men iymon halovatini joylab qo'yaman.

Shuning uchun donalar ko'zi tiyish haqida ko'p gapiradi, e'tibor bergan bo'lsanglar kerak. Albatta bu muhim ish. Hukomalar aytadi, odam bolasini qoqilib ketadigan, nozik ikkita nuqtasi bor. Mol dunyo va ayollar. Dunyoga bo'lgan xirs, ayollarga bo'lgan xirs, ko'p gunohlarni sababi bo'lib chiqadi. Juda ko'p gunohlarda ildiziga qaralsa, ularga nazar sabab bo'lganligi ko'riladi.

Agar o'zini inson dunyoga bo'lgandan xirsdan saqlay olsa, ayollarga bo'sgan xirsdan saqlay olsa. Albatta ikki dunyoda najot ketishadi. Shuning uchun birodarlar shariatimizda mana shu ikkita nuqtaga juda bir qattiq e'tibor qaratilgan. Nazar, ko'z tiyishlik, farjni saqlashlik. Payg'ambarimiz aytadilar, ikki jag'iylarning va ikki soniylarning, soniylarni orasidagi a'zoni tiyishlikka menga kafillik beringlar, men sizlarga jannatni kafilligini beraman deydi. Tilinglarni saqlanglar, zinodan tiyilinglar, jannatni kafiligini beraman. Baland tog'ni ustida turgan katta bir xarsang tosh.

U tosh o'rnida Makkab turibdi. Agar uni turtib yuborsangiz, pastga qarab yumalaydi da. Yumalaydi, yumalaydi, yo'lidagi hamma narsani vayron qilib qilib, qayerda to'xtaydi? Shu vodiyda bir chuqur joyga borib to'xtaydi. Baland tog'ni ostida turgan katta bu xarsang tosh, u o'zini o'rnida mustahkam turibdi. Agar uni turtib, jildirib yuborsangiz, pastga qulaydi, to ana shu o'zini tezligini yo'qotib, vodiyni chuqur joyiga borguncha yumalab boradi. Bu xarsangtosh birodarlar kishini shahvati. Nazar toshni o'rnidan jildirib olishlik. Alloh subhanahu va taolo ko'zini tiyadigan solih bandalardan qilgan bo'lsin.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi