Maviza
—Qoralama36 daq

Islomda farzand tarbiyasi

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
35:35
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen amin. Vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalamu alayhi saidina muhammad as sodiqan va dil amin. Va ala alihi va as habihiy ajma'in. Amma va. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Alloh subhanah va taolo shukur sayyidul ayyom haj jilmasa, keyin kuni barchamizga barakotli qilgan bo'lsin.

Islomda farzand tarbiyasi deb nomlanadigan darsimizni bugun oltinchisi. Tarbiya bu musulmon kishi qiladigan amallarni ichidagi eng muhimi, eng davomlisi, uzoq vaqt talab qiladigani va katta sabrni talab qiladigan amalalar.

Chunki kishi mana shu farzandlarga tarbiya berishlik bilan vafot etib qabriga kirgan kunidan boshlab, to qiyomat qoyim bo'lgunga qadar orqasidan unga savobni yuborib turadigan amalda qilay ekan bo'ladi. Chunki inson bolasi o'lishligi bilan hamma amallari to'xtaydi. Faqatgina uchta amaldan savob borib turadi. Shulardan bittasi volodun solihun yada ulahlahun. Uni haqqiga duo qilib turadigan solih farzand. Demak, birodarlar, biz o'ta bir muhim bo'lgan, jiddiy bo'lgan va afsus musulmonlar beparvo tashlab qo'yayotgan tarbiya haqida suhbat qilyapmiz.

Tarbiya qilishlik uchun insonga bag'ri kenglik kerak. Kechirimli bo'lishi kerak. Avf quluvchi bo'lishligi kerak. Qattiqqo'llik, dag'allik, muanniflik, yarashmaydi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam haqida alloh taolo nima dedi? Vama yantiqa anil havoa inhu va inla vahiyu yuhuha. Sadaqallohu alayh va u sizlarga keltirayotgan Qur'oni o'z havoyi xohishi bilan so'zlamas. U Qur'on faqat Allohtao tomonidan Payg'ambarga vahiy qilinayotgan, tushirilayotgan bir vahiydir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz bilan bizga nimani buyurgan bo'lsa, olishimiz kerak? Nimadan qaytargan bo'lsa, qaytishimiz kerak? Chunki bularni birontasini Payg'ambarimiz havodan, o'zini xayolidan olib gapirmaydi. Nimani gapirayotgan bo'lsa, Alloh Taoloning hukmi bo'ladi.

Sa'di nabi Yoqqos roziyallohu anhu shunday degan edi. Uch ishda men erkakman. Ulardan boshqalardan, hamma qatorida odamman. Ya'ni uchta ish bor, haqiqiy erkakdaqa mahkam ushlayman. Qolgan ishlarda hamma qatoriman. Ulardan biri Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qanday hadis eshitsam, bas uni Alloh tarafidan kelgan haq deb qabul qildim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, Ibn Mojadan keltiriladigan hadis, xor ismli Nu'monda akrimu avlodakum va axsinu adabahum. Farzandlaringizga ikrom ko'rsating. Va ularni tarbiyasini chiroyli qiling. Farzandlaringlarga ikrom ko'rsatinglar, tarbiyasini chiroqli qilinglar. Bu buyruq. Bu buyruq!

Tug'ib, tashlab qo'yib, qornini boqinglar demayapti. Tug'ib tashlab qo'shsanglar o'zi katta bo'lib qoladi demayapti. Qornini boqing lar degan joyni eshitganmisizlar bir marta? Yo'q, chunki bu narsa insonni tabiatida bor, bolasini qornini boqish, ustini qilish yoki bir boshqa narsasini ta'minlash. Xohlaydimi, xohlaydimi inson qiladi, chunki bolasiga nisbatan tabiiy muhabbat bor. Ammo tarbiya qilishlikka Payg'ambarimiz buyuryaptiki, juda ko'pchilik bu narsaga beparvo bo'ladi.

Farzand. Uni har bir so'zini hisob kitob qilishlik kerak. Bu xato, bu harom, buni qilsang yomon bo'ladi. Endi bu narsa uchun uzoq vaqt sabr kerak bo'ladi. Besabr, betoqat bo'lgan, chidamas odam tarbiya qila olmaydi bolasini. Besabrlik bilan, beqoqatlik bilan qilingan tarbiyani samarasi bo'lmaydi. Chunki bunaqa odam nima qiladi? Bolasidan bir xato sodir bo'lsa, uradi. Uradi. Allimu valatu annifu. Fainnal muallima xoyrun minal muannifi dedi Payg'ambarimiz. Ta'lim beringlar, qattiqqo'llik qilmanglar, zo'ravonlik qilmanglar. Chunki muallim sabr qilib o'rgatadigan, sabr qilib ta'lim beradigan odam yoki ota, urib kaltaklaydigan otadan ko'ra yaxshiroq.

Boshqalar bilan qilayotgan muomalangizda sizni asl basharingiz ko'rinmaydi birodar. Chunki oshniyizga haligi fe'lingizni qila olmaysiz. Biznes partnyoringizga injiqligingizni qila olmaysiz. Bor deydi, port arivani deydi. Ammo siz haqiqiy basharingiz qayerda ko'rinadi? Xotiningiz bilan, farzandlaringiz bilan qilayotgan o'rinda. Chunki qayoqqa boradi? Qayoqqa booradi? Har qanday injiqligingizi, har qancha fe'lingizni ayolingizga qilasiz, bolangizga qilasaz. Demak sizni haqiqiy basharez bashara so'zini qaysi so'zga almashtirsa bo'ladi?

Yuz, u boshqaroq kerak. Chehra, aft deyish mumkin. Ha. Haqiqiy axloqingiz, haqiqiy xulqingiz farzandingiz va ayolingiz bilan qilayotgan muomalada bilinadi. Endi ayoliga lutf bilan muomala qilish, farzandiga ikkalovini ko'rsatish, unga tarbiya qilishiga uchun insonga nima kerak? Katta sabr kerak bo'ladi. Har bitta ishida, har bitta xatosida bolasini so'kayotgan, bolasini uradigan ishini muallimni yumshoqlik bilan ish tutadigan odamni ishiga taqqoslab bo'lmaydi. Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muannixni qattiqqo'l odamni yomon ko'radi. Yaxshi ko'rmaydi. Chun ki qaysi bir ishda muloyimlik yumshoqlik bo'lar ekan, mana shu ish chiroyli bo'ladi. Qaysi ishda yumshoqlik, muloyimlik yo'q bo'lar ekan? Bu ish xunuk bo'ladi.

Bolani o'zini otasidagi haqlaridan biri ota unga odob berish kerak va chiroyli ism qo'yishlik kerak. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, farzandlaringiz va oila a'zolaringizga yaxshilikni o'rgating va ularga odob bering. Yaxshilik, iymon va Allohninng toti.

Payg'ambaringiz sallallohu aleyhi vasallam imom Bayhaqiy keltirgan hadisda marhamat qiladilar. Minhaqqil vala di alal validiy, a yuxsina adabaxu va yuxsina ismahu. Bolaning otasidagi haqlaridan uning odobini chiroyli qilishi va unga chiroyli ism qo'yishi. Shuning uchun farzandlarga qo'yilayotgan ismlarga diqqat e'tibor qaratishlik kerak.

Esimizdan chiqmasin, har bitta farzandga qo'ygan ismdan shu farzandga ulush bor. Qanaqa ism qo'ygan bo'lsa, shu ismdan ulush bo'ladi. Tabiatiga shu narsadan yuqadi. Chiroyli ism qo'ysa kerak, otalar, chunki birodarlar umri davomida shu ism bilan chaqirishadi. Qiyomat kunida ham ayni mana shu qo'yilgan ismi bilan chaqiriladi. Demak, farzandingizni sizni ustidagi haqlaridan bittasi, unga chiroyli ismni qo'yishligingiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imomahmaddan keltirilgan hadis. Kullug'ulamin murtahannun bi aqiqatixi. Tudubaho anhu yonmasa bi aqi va yumatu anhu l'ada va yusanma.

Har bir bola tug'ilganida, yettinchi kuni jonliq so'yib, aqiqa qilinishiga, sochi oldirilishiga va ism qo'yilishiga garovdir. Ya'ni mana shu narsalarni otasi qilishligi kerak. Sochini olishligi, aqiqa qilishligi va ism qo'yishligi. Alhamdulillah hozir endi yoshlarimiz hali farzandi tug'ilmay turib, domlalarni oldiga kelib, domla, shu farzand ko'rish arafasidamiz, shu o'g'il bola, qiz bolaga bir chiroyli bir islomiy, Alloh rozi bo'ladigan bir ismlardan bo'lsa deb maslahatga keladi.

Bu farzandni sizni ustidagi haqlaridan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan, Anasimni Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi, Ibn Hibbondan. Alg'ulam u yuma'qu fil yom mis sadiyam. Va yusamma va yumatu anhu ada, fayda balag'a sitta sinin uddib. Katta hadis. Bolaga yettinchi kunida aqiqa qilinadi. Ism qo'yiladi va undan aziyatlar ketkaziladi. Endi bu yog'iga qarab turing. Agar oltiga yetsa, unga odob beriladi. Olti yoshgacha odob beriladi, agar to'qqiz yetsa, yotoqdagi joyi ajratilinadi. O'g'il bola bilan qiz bolani joyi to'qqiz yoqchida ajratilinadi, agar o'n uch ga yetsa, namoz uchun, ro'za uchun uriladi. To'qqizga kirganda, o'ngga kirganda namoz o'qishlik buyuriladi. O'qib o'qimang, odatlarni boshqa qilguncha mayli. Auf qilib turiladi. Ammo o'n uch ketgandan keyin namoz o'qilmasa yoki ro'za tutmasa bir balog'at ketgan holatda, uriladi. Namoz o'qimagani uchun bolasini urgan odam bormi oramizda?

Har qanday narsa uchun uramiz, ammo namoz o'qimagani uchun emas. Qarang da, bolani haqqini siz ado qilmasangiz, katta olgandan keyin sizni ham haqqingizni ado qilmaydi. Yeb qo'ydingiz da haqqini. Allohda tanitmadingiz. Allohda tanittaganingizda sizni jannatini bitta eshigi deb bilar edi. Qiblagohi deb bilardi sizni. Agar haqqini tanitib, Allohni bir tanitganingizda.

Endi sizni haqingizni berardi. Endi bermadingiz, endi bu ham sizni haqingizda bermaydi. Agar o'n oltiga yetsa, otasi uni nikohlab qo'yadi. E, domla, uylab qo'yishga qarzi yo'q deb aytgandingiz avvalgi mavzularingizda. Bu qanaqa nikohlash bo'ladimi? Bu uylab xotin ham berishmas. Birovni qiziga qutuba qilib qo'yilinadi.

Bir solih bo'lgan, dindor bo'lgan, musulmon bo'lgan oilani qiziga xaridor bo'linadida, qutuba qilib ko'yilinadi, uylab qo'yadi emas. Uy solib beradi emas, mashina olib beradi emas. Agar o'n olti ga yetsa, uni otasi nikohlab qo'yadimi? So'ngra uning qo'lidan ushlab, dedi, taqiq senga odob berdim, ta'lim berdim, nikohlab qo'ydim. Sening dunyodagi fitnangdang va oxiratdagi fitnangdan, oxiratdagi azobingdan Allohdan panoh tilayman deydi. Mana haqqini bajarib bo'ldi bu odam. O'n olti ga kirganda haqqini bajari bo'ldi.

Poka Zaynata Allohdagi chiroyli ism qo'ydi. Allohdagi tanitdi, nikohlab qoidab, ota qutildi. Nima? Bizni xalqni urfi bo'yicha yo'q. Yana unga nima qilib berish kerak? O'shaning uchun biz yetmish ga kirganimizda ham g'ami chek, oltmish ga kirganimda ham bolamga tom solib berishim kerak. Agarchi mana shu shariatda aytilgandek qilib tarbiya bersangiz, bu bola hech qachon sizdan bu narsani targ'ib qilmaydi. Sizda hech narsani kutmaydi. Aksincha o'n olti ga kirgandan keyin kallasi ishlab, otamni ehtiyot qilay, qarab qoldi, namozini o'qisin, borib bir ro'yxatlari bilan bir o'tirib damini olsin, ishlamasin deb turib, etyat qilishga turadi.

Agar siz bolangizni haqqini shariat ko'rsatgandek ado qilgan bo'lsangiz, endi turibdimi? Dada, qish kelib qolibdi. Balon qo'yish kerak. Dada, ha, mashinani urib oldim. Shunaqami bolangiz? Demak shunaqa qilib o'zingizni tarbiyaladingiz. O'tgan darsimizda aytdik, seni farzandingni biroz so'kdi u ko'chadan. U seni so'kdi.

Chunki farzanding so'kishlikka loyiq ish qilib bir odamdan so'kishni eshitdimi? Bu seni so'kdi u odam. Agar tarbiyasini berganingda shu holatga tushmas edi, otangga rahmat, bolam derdi dedi. Sizga rahmat aytgan bo'lardi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu ko'rsatmasi bizga nimani o'rgatadi?

Bolani mana shu yoshlik chog'idan, boshlang'ich ta'lim davridan har bitta so'zi uchun, har bitta harakati uchun nazorat qilib turishlik kerak bo'ladi. Har bitta qilgan ishi hisob qilinishlik kerak. Qayerga bording? Qayerdan kelding? Kim bilan yurding? Qo'lingdaginaman. Qayerdan olding? O'ziniki bo'lmagan bu narsa qo'lida turibdi. So'rashlik kerak, qayerdan oldin bu narsani. Chunki katta katta o'g'riliklar kichkina narsadan boshlanadi. Inshaalloh, keyingi darsda o'g'rilikka haqida dars qilamiz.

Solih amallarining eng ulug'laridan shubhasiz, nikoh. Balog'atga yetgan qiz yigitlarni nikohlab qo'yishlik ulug' savob ishlardan. Birodarlar, hozirgi kunda uylanishlik oson emas. Yildan yilga qiyinlashib boryapti. Kerak emas urf odatlar, kerak emas sarf xarajatlar, bir so'z bilan aytganda, isrof ko'payib boryapti, deydi. Mana shu ma'ruzalarda eshitayotgan masjidlarimizga kelayotgan hoji akalarimiz ham qilyapti o'sha narsalarni.

Shu isrofni ko'pligidan to'y qilish, uylanish, turmush qurish qiyinlashib borayapti. Kim aybdor bunga? A? Erkaklar aybdor. Chunki topib kelib xotinni qo'liga berib qo'yib xohlaganing qil deyaptimi? Erkak aybdor. Bu xotinni so'zidan chiqa olmaydiganlar. Oila nima deydi, oilasida gapi o'tmaydiganlar. Yomon bo'ladi, falonchi xolam aytdi desa, qilaveradi. Ey falonchi xolang, do'ldir u falonchi xolanga. Domla aytib turibdi, isrof bo'l desa, falonchi xollani gapiga kiraydi. Yomon bo'lar ekan shunaqa qilsak. Yomon bo'ler ekan. Nima bo'ladi so'rang da, aytib bera olmaydi, tolkom aytib bera olmaydi.

Oyatdan hadisdan dalillar aytayotgan payg'ambarlarda voris bo'lgan ahli ilm, ulamolar gapirsa gapini olmaydi, bo'lmaydi ekan deydi. Xotinlarda dvijas hujumga o'tadi to'g'rilayotgan paytingizda. Mana qilmaymiz, mana qilmaymimiz desangiz, ayol kim yashaydi, ito'lab keladi. Ayollarda, o'sha urug'da, e taqashadi sizni. Qilasan, bitta o'zingizsiz. Tura olmaysiz, yiqitishadi. Agar dinga suyangan bo'lganingizda, qarindoshlar, xush kelibsizlar, mana to'g'rimiz sizlarniki. To'y qilyapmiz, mehmon bo'lib ketinglar. Pulni men topyapman, bola meniki. Manaqa, manaqa, mana qa to'y bo'ladi. Xohlasanglar mana bo'lmasam katta eshik devor olmaydi. Ha desa qarindosh urushiga uzilib qoladi unda deydi.

Agar ma'siyat uchun qarindosh urishlik qilishlik kerak bo'lsa, buni uzish kerak. Aroq qo'ymasang seni ziyofatingga kelmaymiz degan bo'lsa, yig'ishtirish kerak unaqa qarindoshchilikni. Erkaklar, qo'linglarga rolda olinglar. Men aytganday bo'ladi deylar, chunki sizlar eshik emassizlar, pulni topib qiynalib, olti oy, yetti oy, bir yil Rossiyada ishlab kelib turib, uch kunda sarflab yana ketyapsizlar. Erkaklar qo'lga olinglar, sovchilikni ham qo'lga oldinglar, o'zinglar hal qilinglar to'yni. E oson to'y qilish, oson. Ha, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qizi Fotima Zahirona Ali ibn Abit Olimga berganda, nimasi bor edi alini? Abu Bakr so'rab keldi Fotihmonamizni Payg'ambarimizdan. Yo'q dedi. Umarimni Xattop so'rab keldim. Yo'q dedi, aliga berdi.

Siz bormaysizmi deyishdi. Ha, Abu Bakrga bermagan, Umarga bermagan, menga beradimi yigirma ikki, yigirma uch ga kirgan yigit edi. Siz Rasulullohning amakivachasiz, siz Islomga birinchi kirgansiz, kirib so'rang beradi dedi. Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallam oldiga o'zi sovchi bo'lib kirdi. Kelib, Rasululloh birinchidan, amakivachchas ikkinchidan, Rasulullohni uyida katta olgan. Men shu Fotima haqida bir o'ylab ko'rgandim deb qo'ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, xush kelibsiz, safo kelibsiz dedi. Boshqa gap bo'lmadi. Chiqib ketdi. Nima bo'ldi, nima bo'ldim? Bilmayman nima bo'lganini. Ha nima dedi? Ha xush kelibsiz, bo'ldi, qo'lni qo'ysin, sizga bitta gap ham yetarli dedi.

Qaranglar, hech narsasi yo'q adin navi tolibda. Orada bir necha kun o'tirib, Payg'ambarimizdan javob bo'lmagan edi, Payg'ambaringiz o'yida turganida, uch to'rtta sahobalarga eshittirib, kecha Rasulullohni qizini so'rovdim. Nima deganini bilmadim dedi. Shunda Payg'ambarimni chaqirib bekiydi dedi. Nimang bor dedi? Hech narsam yo'q dedi. Men hadya qilgan xutomiya sovutqani dedi, bor dedi. Olib kel shuni dedi. Usmonimdan fonga berdi, olib borib sotdi, shuni puliga to'y qilib berdi.

Ikki kilo, uch kilo hurmat o'rtaga qo'ydi. Mahliga to'rt yuz misqol kumushni berdi. Ikkita jonlig'ini hamzaevna abdulmutolov so'yib, to'y qilibberdi. Aliyevna Abdutolovga Fotimae Zahroni Muhammad sollallohu alayhi vasallam siz bilan biz qiladigan ziyofatni o'ndan bir chiqimi bilan berdi nikohlab. Ya'ni uyi ham lyuboy kuyov bo'ladi.

Payg'ambarimiz massividan uzoqroq joydagi bir joyda kvartira olib berishdi. Ha endi doim u davrlarda. Shunaqa bo'lgan ekan endi. Hozir endi uni desangiz baribir xotinlar nima qilmaydi? Ishonib o'ylab, birodarlar shunaqa to'y qilsa bo'ladi. Faqat erkaklar hal qilishi kerak da bu narsani. Payg'ambarimiz aytganlar, kim nikohni yengil qilsa, bas u zinoni og'ir qilibdi. Kim nikohni og'ir qilsa, bas o'z zinoni yengil qilibdi. Shuning uchun shunaqa bir jinni katta urf odatlarda, isroflarni o'ylab topib, to'yda nikohni og'riq qilayotganlar, qiyomat kunida javob berishadi.

Va mana shu xotinlarni talabiga berayotgan erkaklar ham javob berishardi. Uylanolmay qolib yuribdi bolalar, yoshi falonchi yoshga borib. Qizlar turmushga chiqa olmayapti. Iqim chiqindi ko'pligidan. Vo anki xul ayama ming kun va solihina min ibadi kun va imai kun, in yakunu fuqaro yug'ni humullohu min fotlihi va ollohu va sinu aliy. O'z orollaringizdagi tul, bevalarni hamda qul va cho'rilaringizni yaxshilarini uylantiringlar. Agar ular kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni o'z fazli karima bilan boy behojat qilaver, Alloh fazli karimni keng bilguvchi bo'lgan zotdir. Alloh Taolo uylab qo'yinglar deyapti. Va ankihul ayama ming kun oralaringizdagi tul bechoralarni, bevalarni hamda qul cho'rilaringizni yaxshilarni uylantiring, buyuryapti Alloh Taolo. Shuning uchun birodarlar, nikohni qoyim bo'lishiga jiddiy hissamiz qo'shilsa borib qo'shilaylik. Shu bo'lib ketsa shu to'y. Jinni katta narsalarni yo'q qilishlikka agar jiddiy xizmat bo'lsa qilib qo'yaylik. Mashinamiz bilanmi yoki bir maslahatimiz bilanmi? Chunki Alloh Taoloning buyrug'i bu.

Bu fasodga to'lib turgan, fitnaga to'lib turgan zamonda birodarlar atrofdagi hamma narsa insonlarni shahvatga chaqirib turibdi. Mana shunday bir vaqtlarda mo'min yigit, mo'minni qizlarini nikohlab qo'yishlar shubhasiz ulug' amallardan hisoblanadi birodarlar. Shuning uchun to'ylarni yengil qilishlik kerak. Turmush sharoit, turmush qurishlikda shart sharoitlarini yengil qilishligimiz kerak bo'ladi. Va ta'avvani olal berdi va taqvo, va la ta'avvani alal ismi va ul udvan. Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qilingiz. Gunoh va haddan oshish yo'lida ham korlik qilmangiz. Allohdan qo'rqingiz, shubhasiz Allohdan azobi qattiqdir.

Ishonoveringlar, bizni xalqlarni to'yi insofga kelsa, hamma narsasi insofga keladi. To'y insofga kelsa, hamma narsasi insofga keladi. E, bir yilda bir marta borib dam olib kelgani ham pul oshadi. Bir yilda bir martabir balnitsaga, sanatoriyga borib dam olgani ham vaqt pul oshadi, vaqti oshadi. Faqat u narsaga nimaga vaqt yo'q? Nimaga pul yo'q?

Axloqiy tarbiyadagi xatarli to'rtta nuqta. Axloqiy tarbiya dagi eng xatarli to'rta nuqta. Yolg'onchilik, o'g'irlik, so'kinishlik va tabiatni buzilishi. Kishi tabiatini buzilishi fe'lini aynishi. Mana yolg'onchilik haqida suhbat qilamiz, qolgan vaqtimizda.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imom buxoriy va muslimlar rivoyat qilingan hadisda abdullohu minan amrimni ostidan shundayda marhamat qiladilar. Arba umman kun na fiihi, ka na munofiqon xolison. Kimda quyidagi to'rtta sifat bo'lsa, to'rtalasi ham bo'lsa, xolis munofiq bo'ldi. Va man ka na fiihi xislatun minha, ka na fiihi chislatun minha nifaq. Mana shu to'rtta svetdan kimda bittasi bo'lsa, demak, munofiqlikda mana shu bir xislati bor. Xatta ya da iha. To shu xislatni qo'ymagunicha.

Ida tumina xona. Agar omonat qo'yilsa, xiyonat qiladi birinchi belgisi. Vaida haddafah kadaba. Gapirsa yolg'on gapiradi. Vaida ahada g'odaro. Ahdlashsa, ahdini buzadi vaida xosama fajaro. Agar aralashib qolsa birov bilan, ochiq dushmanchilik qilishga o'tadi. Kimda shu to'ta sifat bo'lsa, to'ralasi ham bor bo'lsa, bu odam xolis munofiq, toza munofiq degani. Endi kimda bitta sifat bo'lsa, munofiliyni bir qismi bor. Bu munofiliy haqida munofiq deb yuboradi ukalarimiz. Shoshmaslik kerak bunga. Chunki nifoq qayerda bo'ladi? Qalbda bo'ladi. Nifoq qalb kasalligi. Buni faqat Allohni Alloh biladi. Ammo aytamiz, mana bu odamni munofiliyda mana bu mana bu sifatlari bor deb aytamiz. Ammo munofiqda hukm qilmaymiz. Qalbni kim biladi? Alloh biladi. Bizga mana shu hozirgi mavzumizga taalluqli qismi voyda hadasa ketadi. Yolg'on gapiradi.

Bir birodarimiz ko'p mehnat mashaqqatlar evaziga bir bolasini tarbiyasi bilan shug'ullanib, rostgo'y qilib tarbiyaladi. Yolg'onga gapirmadi, yolg'onga o'rgatmadi bolalarni, rostgo'ylikka o'rgatdi. Ota onasini ziyorat qilgani borishdi, boshqa shaharda yashashar edi. Kelganida haligi kenja bolasi ozgina to'polon qiluvdi. Buvisi aytdiki, yig'lamasang, kechki payt birga boramiz.

Kechki payt bor, ishondi, yig'lamadi, jim bo'lib qoldi. Kechki payti haligi bola kiyimlarni kiyib, chiroyli bo'lib tayyorgarlik bo'lmasin oldiga kelsa, ketishlikdan asar ham yo'q. Siz yolg'onchi ekansiz dedi. Yolg'onni ota ona o'zi o'rgatib turibdimi? Hech qaysi muallim unga foyda bera olmaydi.

Buni ko'rib bola, buvisiga siz yolg'onchi ekansiz dedi. Yolg'onchi. Bu odamga Alloh Taolo nazar qilmaydi. Unga gapirmaydi. U uchun alamli azob bor. Birodarlar, Allohga qasam, bolaga berilgan va'dani bajarmaslik tarbiyadagi eng katta xatolardan. Bolaga berilgan va'dani bajarmaslik, tarbiyadagi katta xatolarda. Va'da berdingmi, bajar.

Kelding, dada olib keldingizmi deb chiqdi. Esidan chiqib qolibdi. Ha bo'pti, aytay, yo'q, shart qaytning orqaga. Borib erikmasdan olib keling. Modomiki bor esa tarbiyasini buzishni xohlamaydigan bo'lsangiz. Bolangizni tarbiyasini buzishni xohlamasangiz va'dangiz ustida turing. Avval va'da bermang agar qilmaydigan bo'lsangiz. Chunki va'da berib turib bajarmasangiz, bolaga amaliy sur'atda yolg'onni o'zingiz o'rgatdingiz.

Amaliy sur'atda berilgan dars hech qachon esdan chiqmaydi. Amaliy sur'atda berilgan dars hech qachon esdan chiqmaydi! Bolangiz indamay qo'yaveradi, bajarmasangiz. Dada siz yolg'onchi ekansiz demaydi, indamay qolib, bolangiz u, hech qachon unaqa demaydi, lekin bilib qo'yadi. Ha deydi, dadam yolg'onchi deydi.

Ichida. Va mana shu eng katta musibat. Keyin siz ro'zg'orlik haqida ming marta va'z o'qing bolangizga, nasihat qiling, olmaydi. Chunki aytdik, amaliy sur'atda berilgan dars hech qachon esdan chiqmaydi. Salatun la yukallimuhumullohi yomon qiyama. Vala yandur ilayhim, vala yuzakihim, valahum adabun alim, shayxun zanim va malikun kadhabun va a'aylun mustakbir. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam abu hurrahi roziyallohu anhun rohi rovot kuni sa'hixi muslimdan bu hadis. Uch kishiga qiyomat kunida Alloh Taolo gapirmaydi.

Ularga qaramaydi. Ularni gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bor. Zinokor chol, yolg'onchi podshoh, mutakabbir kambag'al. Podshoh kimdan qo'rqib yolg'on gapiradi? Roz gapirishdan kim to'sadi uni? Uni yolg'on, uni roz gapi uchun hech kim muhokama qilmaydi. Endi podshoh bo'lib turib yolg'on gapiryaptimi? Alloh unga qaramaydi, gunohidan foydalanmaydi, qiyomatda u uchun alamli azob bor.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan so'rashgan. Mo'min odam baxil bo'lishi mumkinmi? Ha, qodi yakun, dedi Payg'ambar, bo'ladi ba'zida baxil. Mo'min odami qo'rqoq bo'lishi mumkinki? Ha, qodi yakkun, ba'zida bo'ladi, qo'rqoligini tutadi. A yakun umumiy nu kattaban. Mo'min, kazzoq bo'ladimi deganda Payg'ambarimiz yo'q degan. Yolg'onchi odam musulmon bo'la olmaydi. Bu narsani bolalarga yoshligidan o'rgatishlik kerak.

Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam muttafaaun alayhi bo'lgan hadisda aytadilar alaykum bissidiq. Fa inna siddiqa yahdi ilal bir. Katta hadis, tarjimasini o'qib beraveraman. Rostgo'ylikni o'zingizga lozim tuting. Albatta rostgo'ylik yaxshilikka teglaydi. Yaxshilik jannatga teglaydi. Bir kishi rost gapirib, rostgo'ylida davomiy bo'lib boraversa, u Allohning huzurida rostgo'ylardan deb yozib qo'yiladi. Doim rost gapiradi, doim rost gapi radi, Alloh rostgo'y deb yozib qoyadi. Yolg'onchilikdan ehtiyot bo'ling. Albatta yolg'onchilik gunohlarga boshlaydi. Albatta gunohlar jahannamga boshlaydi. Bir kishi yolg'on gapiradi, yolg'onchilikda davomiy bo'lib boraversa, Allohning huzurida, kazzovlardan deb yozilib qo'yadi.

Hech kim tug'iliblar rozgo'y bo'lib qolmaydi, hech kim tug'iliplar kazzov bo'lib qolmadi. Sekin sekinlik bilan bo'lgan bo'ladi bu narsa. Rozgo'ylik omonat. Yolg'onchilik xiyonat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan, jome'us sohirdan. Ka bo'lod xiyonatan an tuxaddita ahoka, huvalaka bihi musoddiqul va antalahuu bihi kamidun. Rasululloh aytadilar, eng katta xiyonat, nima u eng katta xiyona? Eng katta yolg'on nima yolg'on? Birodaring seni so'zingga ishonib turgan vaqtida, unga yolg'on gapirishing.

Seni rost gapiryapti deb ishonib turgan joyida bilib turib yolg'on gapirishing. Bu eng katta yolg'on. Bu yolg'on gaprayotgan odam, xiyonat qilayotgan odam chi, o'zi his qiladi nima qilayotganligini. Tozasini nima deydi, oshna deydi. Tozasini mana shuni zo'ri deydi. Lekin bu zo'ri bo'lmaydi. E o'sha, o'sha chi, yolg'on gapirsang ham, gapirmasang ham Alloh yozgan bo'lsa oladi.

Shuning uchun qilayotgan tijoratingizga yolg'onlashtirib, xoram aralashtirib olmanglar savdogar ukalar, akalar. Unga berayotgan molingizni aybi borligini bilasan, ammo mana shunisi tozasi deysan. Nuqsonni bilib turibsan. Xaridor ishondi, tozasini beryapti deb ishondi, lekin sen ishonib turgan joyni oldiding. Bu xiyonatni kattasi. Rostgo'ylik omonatdir, yolg'on xiyonatdir.

Yosh bolani kichkinaligidan rostgo'ylik o'rgatishlik kerak. Rostgo'y bo'lishlikka sharoit yaratib berishlik kerak. Abdulloh imdomir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sunan abidavuddan bu hadis. Abdulloh ibn omir aytadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni uyimizda o'tirarkan, onam meni chaqirib qoldi. Bekka, bir narsa beraman dedi. Yosh bola bu kishi. Onasi shaqidi, bekib bir narsa beraman dedi. Payg'ambarimiz nima bermoqchisiz unga dedi. Bir dona xurmo beraman dedi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, agar unga o'sha narsani bermaganingizda, siz uchun bitta gunoh yozilgan bo'lardi dedi.

Bekib bir narsa bermayman deysiz u. Bir narsa beraman, bek deysiz. Yo'q bu narsa. Bir marta oldi dedingiz, qaytib kelmaydi. Muhaddis olimlardan Alloh rozi bo'lsin. Ana shu muhiddins olimlardan biri Madinai Munavvaradan Basraga keldi. Bir odam bor ekan, Payg'ambarimizdan bir hadisni bilar ekan.

Tuya odamidi, tuya odamidi o'sha minglagan kilometrda bosib bordi sahrodan. Haligi odamni topib so'rab surishtirib, qarasa, haligi odam etagini shunday qilib, xuddi bir narsa solganday qilib, tuyasini, otini chaqiryapti deb, Mahmud deb. Haligi etagini ko'targanini ko'rib, tuya yoki ot bir narsa bor deb keladi da. Har yili odamlar qilayotgan fe'lini ko'rib, bu odam yolg'onchi ekan deb, orqasiga qarab hadisni eshitmasdan ketaverdi. Shunday qilib bizga hadisni yig'ib bergan muhaddis olimlarimiz, shu darajada e'lashgan. Hayvonga yolg'on muomala qilayotgan odamni yolg'onchi degan.

Endi odamlarga yolg'on gapiray ekanlar da, nima deyish kerak? Bu muhaddis birodarlar, u narigi mahalladan chiqmagan edi. Uzoq masofadan kelganida, sahroni bosib kelganida, hayvonni oldida ekkan odamni ko'rib turib, bu odamni yolg'onchi deb ketyapti. Rozgo'y insonni qadr qiymati birodarlar pul bilan o'lchab bo'lmaydi.

Ko'pchiligimiz ehtimol xabardor bo'lgan qissa, rabboniy olimlardan bo'lgan Abdulqodir Jiyloniy, rahmatulloh ali. U kishi rozgo'ylik haqida bir qissani rivoyat qilib beradi o'zi haqida. Juda ham bir ajib. U kishi aytadi, esimni tanibmanki, ishimni rozgo'ylikka qurgan edim. Bag'doddan Makkaga ilm talabida chiqdim. Onam menga nafaqam uchun, sarf xarajatim uchun qirq dino pul berdi. So'ngra hech qachon yolg'on gapirmayman deb va'da berdim. Onam shu va'dani mendan oldi. Hamadon yerlariga yetganimizda karvonimizga qaroqchilar hujum qilishdi. Qaroqchilardan biri kelib meni oldimga, nimang bor dedi, qirq dinorim bor dedi. Qaroqchi? Bu esiga o'xshagan edi, o'tib ketaverdi.

Chunki qirq dinor oltini bor odam aytmaydi hech qachon. Qirq dinoram bor dedi, indamasdan o'tib ketdi. Buni kuzatib turgan yana bitta qaroqchi keldi da, yana so'radi. Nimang bor dedi? Qirq dinorom bor dedi. Yetalab meni o'zini kattasini oldiga olib bordi, qaroqchilarni kattasiga. U ham so'radi. Nimang bor dedi. Ha, qirq dino nim bor dedi. Shunda boshliq, ey bola, nimaga roz gapirding dedi.

Men aytdim, onamga yolg'on gapirmaslikka va'da berganman. Va'damda turishim kerak dedi. Qaroqchilardi kattasi bu so'zdan dahshatga tushdi. Qichqirib yubordi. Kiyimlarini yirtib, sen, yosh bola, Onangga bergan va'dangni, Onangga berilgan ahdingni buzishdan qo'rqyapsanmi? Men Robbimga bergan ahdimni buzishdan qo'rqmayapman, u dedi. So'ngra qaroqchilar mana shu karvondan nimani tortib olishgan bo'lsa, hammasini qatarib berishlikka buyurdi. Bolaga qarab, men seni qo'lingda Allohga tavba qildim, dedi. Bu bola orif, Shayxul Islom, Abdulqodir Jiyloniy bo'lib yetishdi. Qaroqchilar o'zini boshlig'iga qarab, sen bizni qaroqchilikdan boshlig'imiz eding, endi tavba qilishda ham bizni kattamiz bo'lasan dedi. Qaroqchilarni hammasi tavbaga keldi. Bitta bolani rostgo'yligi tufayli. Shuni aytsangiz, ha domla, hozirgi zamonda deb turib nima qilamiz darrov?

Odamlar bilan bo'lgan rostgo'ylik kishini Alloh bilan bo'ladigan rostgo'ylikka olib keladi. O'zingiz bilan rostgo'y bo'lasiz, odamlar bilan rostgo'y bo'lasiz, shundan keyin Alloh bilan ham rostgo'ylardan bo'lasiz. Qarang, rostgo'ylilikni samarasi, yosh bola butun boshli qaroqchilar to'dasini insofga kelishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ota ko'chadan charchab kelar ekan, farzandini so'zini eshitgani, uni qilgan ishlarini bir taftish qilgani, muhokama qilgani erikmasin. Chunki ko'chadagi ishidan ko'ra mana shu ish zaruroq. Tekshirsin, kuzatsin, ta'qib qilsin, sabr qilsin. Mana shu narsani mevasi juda ham shirin bo'ladi keyinchalik.

Kishi o'zini farzandini baxtsizligi bilan baxtsiz bo'ladi. Farzandlarini baxti bilan baxtli bo'ladi. Bolam chaqamda yuribmiz deymiz. Kishi o'zi hamma yog'i zo'r bo'lishi mumkin, lekin farzandi noqobil bo'ladigan bo'lsa, hech qachon bu odam saodatli bo'lmaydi. Sizni baxtli qiladigan farzandingizni baxti. Sizni baxtsiz qiladigan faruzandingizni baxtsizligi. Shuning uchun birodarlar mana bugundan boshlab, uyga borib, mana shu bolalarimizni yolg'on so'ziga agar bor bo'lsa, diqqat qilaylik. Surishtiraylik, erikmaylik. Bundan ko'ra muhim ishimiz yo'q, birodarlar. Mana endi uylangan farzandli bo'lganlar, eshitganimizga bugun amal qilaylik. Endi kim agar uylanmagan bo'lsa hali, yoki farzand ko'rmagan bo'lmasa, inshaalloh mana shunday bir islomiy tarbiya bilan tarbiya qilaman degan niyatni qilsin. Birodarlar, yolg'onchilik, yolg'onchlik kishini musulmonlikdan chiqaradigan kasallarda. Avvalambor o'zimiz yolg'onchi bo'lmaylik. Bugungi olib ketadigan narsanglar, bolangizga bergan va'dangizni bajaring.

Bolangizga yolg'on deb o'zingiz gapirmang. Shunda bola tirik ibratni ko'rganda ergashishligi oson bo'ladi. Inshaalloh keyingi darsimizda o'g'irlik haqida suhbat qilamiz. Hadisda aytilingan, yolg'onchilik, o'g'irlilik, so'kinishlik va tabiatni aynishligi. Mana shu hadisdagi ikkinchi bandi o'g'irllik haqida suhvat qilgan bo'lamiz. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashIslomda farzand tarbiyasi