Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas taofiruh. Va na'udovillahi min sururiyam husina, va min say'atiyam amalina. Man yahdihillah hufala mudiralala, va man yuzilil hufala hadiyalala. Onashhadval la ilaha illallohu vahdahulah sharikala, onashhad anna muhammadan abduhu va rasuluh, ambobod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.
Tijorat. Tijorat qanaqa kasb? Birodarlar, mana savdo haqida suhbatni boshlayapmiz. Halol savdo qanaqa bo'ladi? Halol savdoni ortida qanaqa yaxshiliklar bor? Savdodagi halol, harom shubha, gumon haqida suhbatlashamiz. Savdodagi makr hiylalar haqida suhbatlashamiz. Ana shu makr hiylalarni ziyonlari haqida gaplashamiz. Harom savodlarni orqasida nima yomonliklar bor? Shu haqida gaplashamiz.
Rasululloh aytdilar, rizqning o'ndan to'qqizi tijoratdan. Aksariyatimiz mana shu tijorat bilan shug'ullanib yuribmiz. Va aksariyatimiz tijoratimizdan ko'nglimiz xotirjam emas. To'g'rimi? Yetmayapti da. Savdo bo'lmayapti da. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan so'rashdi. Qaysi kasb yaxshi? Rasululloh javob berdilar. At tuya bul kasbiy, amalur roziyul biyadiyhi va kullubai in mabruriy. Kishining qo'li bilan qilgan mehnati va barcha yaxshi savdo dedilar.
Hunar va savdo deyaptilar rasululloh. Rifo orodiy allohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan namozgohga chiqqan edi. Shunda payg'ambarim savdo qilayotgan odamlarni ko'rib turib, ey tojirlar jamoasi dedilar rasululloh. Ey savdogarlar! Ular rasulullohni ovozini eshitib, u tomonga qarashdi. Shunda uzoq, albatta tojirlar qiyomat kuni fojirlar holida tirilurlar.
Albatta tojirlar, savdogarlar, qiyomat kunida fojirlar holiida tiriltirurlar. Faqat allohga taqvo qilgan yaxshilik va rostgo'ylik qilganlar bundan mustasno dedilar. Savdogarlar eshitib qo'yaylik. Tijoratchilar eshitib qo'shaylik. Agar savdogar odam taqvodor bo'lmasa, taqvodor bo'lmasa, savdogarlik unga nadomat va oxirat sharmandaligini olib keladi.
Tushunarlimi? Sen savdo qilyapsanmi, birodar? Tijorat qilyapsanmi? Taqvodor bo'lmasang, bu savdogarliging senga ikki dunyoda pushaymon olib keladi. Har bitta savdogar bu aytilgan hadisda uchta xulosani chiqarib olishligi kerak. Savdogar taqvodor bo'lsin, yaxshilik qiladigan bo'lsin va rostgo'y bo'lsin.
Qaysi savdogarda mana shu uchta sifat bo'lsa, bu odam yolg'on ishlatmaydi, hiyla naren qilmaydi. Chunki taqvodor yaxshilik qiladi, yolg'on gapirmaydi. O'zi aslida tijorat ham boshqa kasblarni singari. Shariat ko'rsatgan yo'l bilan bo'lsa ibodatga aylanadi. Demak, bu hadis bizga savdogarlarning ikki xil holatini oldimizga qo'yapti. Birinchisi, savdogar, taqvoli, xayriya saxovatli inson bo'ladi. Yoki savdogar fosiq, yolg'onchi, haromxo'r bo'ladi.
Taqvodor bo'lgan savdogarlar qiyomat kunida siddiqlar, nabiylar, shahidlar bilan birga bo'lishadi. Aldamchi, yolg'oncho, haromxo'l savdogarlar qayomat kuni fojea bo'lib tiriladi. Endi hammani ixtiyori o'zini qo'lidan. Qaytaramiz. Agar savdogar odam taqvodor bo'lmasa, savdogarlik unga nadomat, oxirat sharmandaligini olib keladi.
Mana endi birodarlar, savdoda man qilingan narsalar haqida so'z boshlaymiz. Nima ishlar man qilingan? Bu darsimiz to'rt, besh juma bo'lar, undan keyin baraka haqida dars tayyorlab qo'yganmiz. Alloh qodir qilsa, o'n yoki o'n besh jumaga boradi. Baraka.
Birodarlar, bizning muammoyimiz rizq quvayotganligimizda. Biz hozirgi zamonda yashayotgan musulmonlarning eng katta muammoyimiz ruzqni quvib yurishimizda. Rizq qidirishimizda, rizq topaman deb yurganimiz bizni muammoyimiz. E, domla, rizq qidirmaslik kerakmi? Yo'q, rizq qidirmaslik kerak. Baraka qidirish kerak. Chunki rizq seni qidiradi. Chunki rizing yozilgan, onangni qornida yuz yigirma bir kunga tug'ilganingda. U rizq albatta senga keladi.
Sen rizq qidirma. Sen rizq quvima, sen baraka qidir. Barakani nimaligini tushunib oling, nimani quvish kerakligini tushunib olin, ozgina ishlar sizdan kifoya qilaverar ekan. Bir rivoyat bor. Zubayra ismli ayol bo'lgan, Abbosiy xalifalardan birining ayoli. Juda ham saxovatli ayol bo'lgan. Kambag'al bechoralarga xayr ehsonni juda ko'p qilgan.
Ana shu saxovatli ayol yuradigan ko'chaga ko'zi ko'r bo'lgan ikkita odam o'tirib oldi. O'tib ketayotganini payqashib turib, bittasi duo qildi. Parvardigor, meni o'zingni fazling bilan rizqlantirgin, dedi. Ikkinchisi, Parvardigor, meni Zubayrani fazli bilan rizqatlantirgin, dedi, dedi.
Haligi ayol eshitdi duosini ikkalasini, ketdi. Bordi da, parvardigor o'zingni fazling bilan meni rizklantirgin degan odamga ikkidir ham sadaqa qildi. Meni Zubayrani fazli bilan rizklantirging deganga bitta tovuqni pishirib, butun tovuqni ichiga o'n dino solib jo'natdi. Olib kelib berishdi.
Parvardigor meni o'zingni fazling bilan rizqlantir deganga ikki dirham tegdi. Meni Zubaydani fazl bilan rizqatlantir deganga o'n dinor tegdi. Besh kun, o'n kun shu ehsonni qildi, bunga ikki dirham, bunga tovuq. Ana shu o'n kun o'tgandan keyin kelib, haligi Zubayda ikkala odamni oldiga kelib, haligi har kuni tovuq olgan odamga qarab turib, bizni fazlimiz seni ancha boy badallat qilib qo'ydimi?
O'n dinordan bersa, o'n kunda yuz dinor berdimi? Bizni fazlimiz seni ancha boy qilib qo'ygandir a dedi. Deganida yo'q dedi. Nimaga desa, men har kuni menga kelgan tovuqni sherigimga ikkidilhamga sotib, ikkidilhamda oldim men deydi. Shunda Zubayda aytdiki, subhanalloh, Zubaydani fazli bilan meni boy qilgan degan odamni boy qilmadi, o'zingni fazling bilan meni boy qilgin degan odamni boy qildi, dedi.
Sizni rizqingizni xotirjam bo'ling, birov ololmaydi. Tushunarlimi? Qo'rqmang, yonbosh sizga yana bitta do'kani ochirsa, sizni tovaringizni sotadigan. Qo'rqming, dollarni kursi o'ynab ketsa. Qo'rqung. Rizq kimdan? Ollohdan. Bo'lmasam, Zubaydani Fazliddin meni boy qilib turgan degan odamga tovuqni pishirib ichiga o'n dinor oltinni solib bersa, Alloh xohlamasa, beliga Allohni Fazliddin boy qil deganga o'tkazib yuborar ekan. Bu kimni qo'lida?
Yengilladinglarmi hozir? To'g'rimi? Yengil his qildinglarmi o'zinglardan? Ayniqsa ish yurishmay ekanlar. Ayniqsa do'koniga konkurent chiqib qolganlar. Shuning uchun birodar, siz savdoda halol taqvolik bo'lasizmi, yolg'onchi fojir bo'lasizmi? Baribir rizqingizni yeysiz.
Savdoda man qilingan narsalar haqida so'z boshlaymiz. Birinchisi, aldamchilik. Savdoda odamlarni ko'zini bo'yash, yolg'onchilik, aldamchilik harom bo'lgan amal. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bug'doy sotayotgan odamni oldida o'tib qoldilar. Qarasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bug'doy dedi bir tomonga suv tegib qolgan. U zot qo'lini kirgizsalar, ho'l ekan. Shunda Payg'ambar ham biz aytdilar, lay samina man g'osh sha'na. Bizni aldagan bizdanmas dedi. Yana bir rivoyatda Muslim bilan Termiziyning rivoyatida, yo Rasululloh, yomg'ir tegib qolibdi, dedi. Ya'ni atay qilmagan, yomg'ur tegib qolipti. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar, odamlar ko'rishi uchun mana shu ho'l tomonni ham ochib qo'ymabsan da. Kim aldasa mendan emas, dedilar.
U atay qilmadi. Atay qilmadi. Lekin odamlarga shu aybini ko'rsatmadi. Endi suv tegib qolgandan keyin birinchidan ish qoladi, og'ir bo'ladi, oldashli bo'ladi. Ikkinchidan suv tegib quagandan keyin bu bug'doyni saqlab bo'lmaydi. Shuni ko'rsatmasdan, aytmasdan sotyaptimi, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu narsani, bizdan emas bu ishni qilganlar deyaptilar.
Ey, haligi oldiga o'tib ketib aytib beraman yana bitta narsani. Menda mana bu narsa bor. Sotyapman, Ahmadga. Aybi bor. Eng taqvoliyimiz qo'shtirnoq ichida. Aybini so'rasa aytamiz. Bo'lmasa tekshiramiz. Uni tafsiloti bilan tushuntiraman, o'rni kelganda aytib qo'yay. Shuni sotayotganimda, manaqa aybi bor deb sotmasam, savdoyim harom bo'ladi.
So'raganda aytmaslik ikki marta harom bo'lardi. Xo'p, bu men bilan Ahmadni o'rtasidagi ish. Endi uchinchi odam turibdi yonimda. Mana bu sotayotgan narsamni aybi bor. Men aytmayapman, bir. Klient so'ragani ahli yetmayapti, ikki. Ammo uchinchi odam bilib turibdi shuni aybini. Sotib yuborsam, bu aybini aytib qo'ymasa, bu ham gunohga roladi.
Uchinchi odam ko'rib turib aytmasa, shu xonamga bu ham sherik bo'ladi deyilyapti. Tushunyapsizlarmi, qaysi darajada biz bu taqvo yo'lidan uzoq bo'lib ketdik savdoda? Rasululloh bizdanmas degani meni dinimdanmas degani. Endi bizni zavodimizga kelib turib, ayrim savdogalarda qilayotgan hiyla nalanglariga qarab aqling tushadi.
Bizni bozorlarimizda savdo ilmini bilmagan kishilar savdo qilmasin deb umarulun hattop qattiq uqtirgan odamlarga. Nodoniki savdogarni tijoratchini rizq haqidagi tasavvuri noto'g'ri ekan, rizqini nima ekanligini to'g'ri tushunmas ekan, tamom. Bu savdogarni yakka yagona maqsadi pul topish bo'lib qoladi. Qanaqa qilib bo'lsa ham pul topish bo'ib qoladi.
Mana shunga o'xshagan savdogarlar o'zini savdosida hiyla nayrinda shunaqa bir yo'llarni o'ylab topganki, qarab aqlinglarni olib qolib qoladi. Sotuvchini g'ami qanaqa qilib bo'lsa ham haroratni aldab, molni o'tkazib, pulni olib olish. Undan boshqa g'ami yo'q. Buni eng oddiy ko'rinishi qulponoy sotayotgan odam qulponoyni to'kib qo'yadi bir jon. Oldiga qanaqalarni terib qo'yad?
Orqasidan solib berib yuboradi. Mana bitta eng yengil ko'rinishi. Ena qarang da, jazoni. Shu o'qiydiganlar ham kattasini olmaydi. O'sha oldiga chiqarib qo'ygan kattasini olib yeydi, qulupnab ketdimi deydi. Deb turadi da. Olmaydi, ketaveradi. Bu eng yengil ko'rinishi. Ol mana shunaqa yiltillatib turib terib qo'yadi, qurtubor tomonini bu yoqqa qo'yadi.
Qarang, bu bug'doy sotayotgan odam payg'ambarimizni oldida turgan. Atay qilgani yo'q. Yomg'ir tegib qolibdi. Shunday bo'lsa ham payg'ambarlarimiz bizdan emas deyapti. Endi ataylab odamlarni oldab, savdo qilayotganlarda nima deyish kerak? Laysa minna man g'oshshani, yoki man g'oshsha laysa minna. Kim aldasa, bizdan emas.
Alg'ish. Aldashlik so'zini istilohiy ma'nolari. Ya'ni savdosida g'ish allohchilik qilgan bizdan emas. Endi nima bo'ladi alg'ishni ma'nolari? Birinchisi, molni sotilmay qolishiga sabab bo'ladigan ma'lumotni xaridordan yashilishlik al g'isht bo'ladi. Aybini aytsangiz olmay qo'yadi. Sotayotgan molingizni aybini aytmadingizmi? Demak siz al g'isht amalini qildingiz. So'ramadi da, o'zi dolom bo'ladi endi. Yo'q, so'rash kerak emas, sen aytishing kerak o'zi. Mo karobkasi ezilib qolgan, mo xitoyniki, mo keyingi partiya, xullas kamchiligini aytishing kerak. Birodar, kamchiligini aytsam olmay qo'yadi dema. Alloh yozgan bo'lsa olaveradi.
Endi kamchiligini yashirib tur, Alloh yozmagan bo'lsa olmay qo'yaveradi. Alg'ish so'zini yana bir ma'nosi, yaxshi narsaga yomon narsani aralashtirib qo'yish. Yaxshi guruchni ichiga xarorog'ini aralashtirilib qo'yadi. Voy, bunaqa qilib pul topgan odam, puli qayoqqa ketay ekanligini bir qarab qo'ysin.
Alg'ish, yana bir ma'nosi, bir narsani yaxshi tarafini ko'rsatish va yomon tomonini berkitish. Boyagi prilavkaga terib qo'yish da. Oho, domla, agar bunaqa shablon bilan o'lchaydigan bo'lsak, bizni juda ko'p ishlarimiz nochor ekanda. O'shaning uchun baraka bo'lmayapti da, birodarlar topganimizda.
Topganlar bo'lsa, topgan sari yana to'ymayapti. Osoyishtalik yo'q da hayotida. Yo oilasida tinchlik yo'q, farzandlarimni hayotida tinchlik yo't, yoki bo'lmasam sog'ligida bir, a, davomiylik yo'q. Alloh musulmon bandani yaxshi ko'radi. Shunga o'xshagan gunoh amallar qilsa, oxiratga qolmasin deb shu dunyoni o'zlari jazosini berib qo'yadi.
Hadisda keldi, agar bandalarim deyapti Alloh Taolo. Bandalarim men xohlagandek bo'lishsa, yong'inni tunda yog'dirib, kunduzni quyoshini chiqarib qo'yar edim. Momo guldurakni ovozini eshittirmasdim. Alloh shunaqa yaxshi ko'radi bizni. Yomg'ir yog'ib, bezovta qilmaydi kunduzi. Yomg'ur kechqurun yog'adi, uxlayotganingizdan. Ertalab tursangiz, havo toza, hamma yoq salqin, kun charaqlab chiqib turar edi. Momog' gul dili edi, ovozini eshittirib ham qalbiga qo'rquv kirgizmas edin deyapti. Shuning uchun bizga nima yomonlik kelayotgan bo'lsa, bizga yoqmaydigan makruhatlar. Bu baribir o'zimizni nimamizdan? Fe'l atvorimizdan.
Alg'ish, aldashlikni zararlari. Birinchidan, Rasululloh bunday kishidan pokligini aytyaptilar. Mendanmas deyaptilar. Bunaqa amalni qilgan odam Allohda ham uzoq bo'ladi, bandalardan ham uzoq bo'lladi. Bunaqa savdo qiladigan odamni foydasi kam bo'ladi, himmati past bo'ladi. Bunaqa bandani Allohni nazarida xor bo'lishi bor. Bunaqa yo'l bilan topilgan pulda yaxshilik ham bo'lmaydi, baraka ham bo'lmaydi. Bunaqa ish qilayotgan odam, Alloh unga yuklayotgan omonatga xiyonat qilayotgan bo'ladi. Bunaqa odam iymoni zaif ekanligiga dalil ishi. Bu ishni qilayotgan otam jahannamga boradigan yo'lga tushibdi. Odamlarga zulm, nohaq yo'l bilan moliyaviy ishlay bu yo'l. Bu yo'l duolarni ijobat bo'lmasligiga sabab bo'ladi.
Bu yo'l zurriyotni kelajagi uchun yomon bo'ladi. Bu yo'l bilan odamlarni o'rtasida ishonchsizlik yuzaga keladi. Bu yo'l o'ziga zulm qilishlik. Bu yo'l bilan tanilgan odam jamiyatda behurmat bo'ladi, ishonchsiz odam bo'lib taniladi. Bu yo'lda turgan odamlar orasida gina kudurat, hiq do adovat yoyiladi. Jamiyatda fasod tarqaydi. O'ziga va oilasiga bunaqa aldoqchi odam.
Nomus olib keladi. Qiyomat yo'lida hisobi og'ir bo'ladi. Chunki qiyomatda Alloh Taolo bir bandasini gunohlardan avf qilib, bor jannatga kelaver deb izn beradi. Alloh o'zini haqqidan kechadi, Alloh Karimzod. Ammo jannatni eshigini oldiga borganda, bu odamlarni haqqini yegan odamni haqdorlar kutib turadi. Mana endi bu yerda hech kim aralashmaydi o'rtadagi haqqa, Alloh aralashmaydi bandalarni haqqiga. Endi kimda nima haqqigan bo'lsa, kelib uni savoblarini olib ketadi. Savoblarini olub ketadi. Savobi qolmadi. Lekin haqdorlar turibdi yana. Endi nima bo'ladi? Endi ularni gunohlari bunga yuklaydi, shu gunohi bilan jahannamga tushib ketib, kuyib, shu gunohlarga o'sha azoblanganmagunicha jahannamdan chiqmaydi. Birodalar, savdoda halol bo'laylik. Taqvodor bo'laylik. Chunki fosiq bo'lsangiz ham, taqvodor bo'lsangiz, ham yozilgani keladi, shunga xotirjam bo'linglar.
Savdodagi hiyla nayrangni turlaridan. Kimdir qo'yini qimmatroq sotishlikni niyat qiladi da, hayvonga sho'r narsani egasa, bir kun suv ichirmaydi. Jonivor chanqaydi. Bozorga olib chiqishdan oldin oldiga suvni qo'yadi, suvni ichiradi, qorni katta bo'lib ishladi da, olib borib turib, yolg'on bilan qo'yni sotadi.
Onor bozordan, onor olib, kuymagan odam bormi ichimizda desam, g'alati savol bo'ladi. Ajaka qarik qo'ying deydi, onorni kesib beradi, katta bo'ladi, donasi shirin bo'ladi. Bo'ldi bering deb ikki kilo olib kelasan, olib kelsang nima bo'ladi? Yarmidan ko'proq achchiq bo'ladi. O'shanaqa qilib pul topayotganlar qayoqqa ketyapti kim puli? Bir qaramaydimi?
Aldov qallobliklar uyasiga aylanib qolgan bozor. E'tibor bering da, agar inson Allohni tanimasa, rizq haqidagi tasavvur to'g'ri bo'lmasa, bu odamda aqli nimaga ishlaydi? Faqat pul topish. Qanaqa qilib bo'lsa ham pul topish. Ehtimol shunaqa ishni qilayotganlar o'zini musulmon deb bilar. Ehtimol hoji akadur. Ehtimol soqoli bordur. Ehtimoli qo'lida tasbeh bilan besh mahal masjidga yugurar.
Birodar, masjidga yurganing, soqol qo'yganing, tasbeh aytganing, bular nafl amallar. Ammo savdoyingda sodiq taqvodor bo'lishing farzida. Sen bunaqa nafl amalni zo'r qilib turib, savdoyingda hiyla narang ishlayotgan bo'lsang, bu naflaring qabul bo'lmaydi. Shuning uchun aytamiz, yo'q hoji aka, bunaqa naflamalni mingtasini qilgandan ko'ra, savdoyingizni tuzatib qo'ysangiz, yaxshiroq bo'ladi. Chunki abdulloh ibn umar taqvodorlarning ustozi bo'lgan, umar ul xattobning o'g'li bo'lgan abdulloh i bin umar aytyaptiki, haromdan kelgan bir doniqni rad qilish, bir so'm puldan rad qilish, alloh yo'lida yuz mingni info qilishdan ko'ra afzaldir. Chunki qilayotgan yuz ming so'm nafl sadaqa bo'lsa, nafl bo'lsa amaliyz, savdoyingizni harom puldan taqvo qilsangiz bir so'midan, mana shu yuz mingni sadaqa qilgandan ko'ra savob ko'proq bo'ladi.
Allohdan qo'rqish kerak, alg'ish. Aldamchilikni qo'yish kerak. Bunaqa yo'li bilan topilgan mol harom bo'ladi, egasiga yuqmaydi, boshiga bitgan balo bo'ladi. Eng asosiysi, darsimizning nihoyasi, Allohdan qo'rqmagan, yolg'onchilikni savdoda, o'ziga kasx qilib qo'ygan kimsa ikki dunyoda shaldanda bo'ladi. Alloh aziz va jalloh o'zi panoh bergan bo'lsin.
Aquli qovli ha'da, astag'firullohu alayhi va lakum. Innallohu va malayka tug'i yu sollu ala nabiy, ya yuhillatina amal u sollu alayhi vasallimu taslima. Va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.