Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalatu vassalamu ala shofir mursalin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alina na yonfa una, va onfa anavi ma'lim tanavvuzi ibn ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natiba va arenal ba'tila ba'tilan va rizqu najidinaba. Vo ja'anna min mayyasida biunal qovla fayetta biuneh ahsana, va'da xilna bi rohamatika fii ibadika solihain. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'allavu barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Havol savdo degan mavzuda suhbat qilayotgan edik. Bugun to'rtinchi suhbatimiz. O'tgan darsimizda tarozidan uruvchilar haqida suhbat qilgan bo'ldik. Alloh azza va jala Qur'oni Karimda voy lul lil mutofifin deb bir surani ozg'in qildi. Tarozidan urib qoluvchilar. Ana shu tarozidan urib olishning mavzusini davom ettiramiz. Tarozidan u rib qolish deganda faqatgina o'sha metr yoki bo'lmasam pallali tarozini tushunmaylik. Bizni zamonimizga kelib tarozining turlari ko'payib ketdi.
Kvadrat, kub, kilovatt, vatt, shunga o'xshagan narsalar. O'lchab sotiladigan narsalarni olib qolishni yo'li ko'p. Masalan, ellik kilolik deb yozib qo'ygan qopga shakarni yoki undi o'sha yolg'on qilayotgan ishlatayotganlar qirq besh kilo, qirq sakkiz kilo soladi. Qopida ellik kilo turibdi.
Yoki o'sha zavod unni yoki shakarni ellik kilo qilib yozib, ellik kilo qilib soldi. Endi bu yoqdagi mana shuni bir g'irrom yo'lda tutadiganlar qopni ichiga bunday trubasini tiqadi da, shakarni tushirib oladi bir ikki kilo. Qirq to'qqiz kilo shakar ketdi. Shu g'irrom bilan bir kilo shakarni olib qolgan odam yutdim deb o'ylayapti. O'zi aslida yutqazdi. Nimaga bunaqa g'irrom qilyapti? Nimaga hiyla nayrangda turli yo'llarni o'ylab topyapti? Javob aniq. Rizq haqidagi tasavvuri noto'g'ri.
Mashinafurushlar. Bular ham o'zlarini sohasidagi mahinasalarni yaxshi bilishadi. G'arbdanmi, sharqdanmi mashina olib keladi da, hiylalari bor. Tablodagi kilometrni orqaga qaytarishadi, suvga tushgan, cho'kkan mashinani toza mashina deb sotishadi. Kuzovi ulangan. Mashinani sotib toza deb sotadi.
Mashinani baraka qilib bo'lgandan keyin ko'rsatib turib, ertaga olib ketaman deb ketsa, mashinani bir narsalarini almashtirib qo'yishadi. Yana o'zlari yaxshi bilishadi mashina pul ishlarini. Sotayotgan mashinasi hech qachon yomon bo'lmaydi da uni. Qanaqa mashina sotmasin, tiniq. Chol mingan bo'ladi, kampir mingan bo'lar.
Ish kelib olib kelgan bo'ladi. Xo'jayinni mashinasi bo'ladi. O'zlari yaxshi biladi. Birodarlar, sizlar yolg'on gapirganinglar uchun, aldaganinglar uchun mashinanglar sotilib, roz gapirsanglar sotilmay qolmaydi. Bugun yozilganmi? Roz gapirsa ham sotiladi, yolg'on gapirsangiz ham. Tilla bozordagilar.
Probani besh yuz sakson uch qilib urib qo'yadi. Zargar o'zi aslida tillasi besh yuz emas, uch yuz sakson proba oladi. Bormi? Bor. Sotayotganda toza, zavodskoy deb sotadi. Endi shu narsani qaytarib olib kelsangiz, ha bu zargar ish ekan, neskiy tilla ekan deydi. Boshida aytibdi, sotib yuboring shunday deb. Xullas o'zlari bilishadi.
Endi. Mana shu tarozidan urishlik masalasida nalog bilan poshneniyani ham aytib qo'yamiz. Bu yuqorida aytilgandan tashqari, umuman savdogarlar, biznesmenlar, davlatga to'laydigan solig'i bo'ladi. Yoki mol olib kelayotganda, shu tamojniga to'lanadigan poshnyasi bo'ladi. Mana shu narsani ham ayrim savdogarlar to'lamasdan aylanib o'tib ketishlikni, g'irrom yo'lini qidiradi.
Birodalar, ana shu soliq yoki poshlina davlat xazinasiga tushadi. U xazinadagi pul pensiya, posobiya, o'qituvchilarga, doktorlarga oylik qilib beriladi. Bu nalog, soliq, poshlina davlatning haqqi. Uni to'lamaslik harom.
Ma'qulmi? O'nta narsa olib kelsa, ikkitasiga to'laydi. Sakkiztasini leviy olib kirib ketadi. U davlatda haqqi edi. Davlatda haqqiydi. Bu harom amal. Endi sen aytishing mumkin, men nalog'ni to'laganim bilan, poshlinani to'laganimbilan, hammasi ham bormayapti da, davlat xazinasiga. Yo'lda yeb ketishyapti yu, deyishing mumkin. Ha, ehtimol shunaqadir. Ehtimol shuqadir. Lekin u endi seni muammoying emas.
Muhimi sen o'sha davlatda haqqingni yeb qo'ymagin, u yog'i bilan ishing bo'lmasin. Ular ham Allohni oldiga boradi. Shu o'rinda ana shu elni, davlatni mulkini ustida o'tiradigan odamlar bor. Ularga ham aytadigan gapimiz bor. Sizlar ham musulmonsizlar, sizlar ham o'lasizlar, sizlar am ertaga Allohni oldiga borasizlar. Iymoninglar bor bor narsaga.
Sizlar elda, mamlakatni mulkini ustidan omonatdorsizlar. Qiyomatda mana shu har bitta qilgan ishinglarga javob berishinglar esdan chiqmasin. Ollohdan qo'rqinglar. Sen nalogda to'lab qo'yaver. Sen shu poshlinlarni, poshlinlarnini to'lab qo'tyaver. U yog'i bilan ishing bo'lmasin. Chunki qiyomat bo'lganda, sen o'zing bilan ovora bo'lib qolasan.
Qo'yni ham, echkini ham o'zini oyog'i bilan osadi deydi. Ular agar g'irrom qiladi deb o'ylasang, sen g'irrom qolishga majbur qilmasin da bu narsa seni. Vama yattaqillaha yuka fir anhu sayyi atihi va yu'ubillahi ajroh. Agar kimdir mana shunday bir elni, yurtni, mamlakatni pulini yegan bo'lsa, haromligini bilmagan bo'lsa, yoki beparvo bo'lgan bo'lsa. Alloh aytyapti. Kim allohdan qo'rqsa, uning yomonlik gunohlarini o'chiradi alloh va uning ajru mukofotini ulug' qiladi.
Allohdan qo'rqsin, yegan bo'lsa qaytarib qo'yib qo'ysin. Chunki qiyomatda, samay ya amal misqola zarroting xayron yaroh, va man ya amal misqolar zarroting sharron yaroh. Harom pul, o'g'irlangan pul, birovni haqqi insonni boy qilmaydi. Bandani Allohni bergan rizqi, taqdiri boy qiladi. Bunaqa harom yo'l bilan topilgan pulda yaxshilik ham bo'lmaydi, baraka ham bo'lmaydi. Bunaqa g'irrom yo'l bilan pul topgan odamni hayotida hech qachon osoyishtalik bo'lmaydi.
Bunaqa harrom uslub bilan topilgan pul egasini ikki dunyoda xor qiladi. Inson rizq topaman, pul topaman, non topaman deb haromga qo'l uradi. Gunohga qo'l uradi. Vaholanki, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rizq insonni o'zini egasini quvishligini aytyaptilar.
Innoh rizqu la yathlu bul abda, aksaro minma yathlu buhu ajalu hu. Rasululloh aytyaptilarki, bandaning ajali uni talab qilganidan ko'ra, uning rizqi uni ko'proq talab qiladi. Ajalingiz bor a belgilangan? Ajalingizdan qocholmaysiz a? Ajal belgilangan kunga aniq keladimi? Xuddi shunga o'xshagandagi rizq ham sizni talab qiladi, belgilangan kunda albatta keladi.
Ajali uni qilib olagandan ko'ra, rizqi ko'proq qilib oladi deyapti. Ajali uni qidirganidan ko'ra, rizq uni ko'proq qidiradi deyapti. Ajal ham belgilangan, rizq ham belgilangan. Bu insonda aqilichi, ajoyib narsada. Agar allohdan qo'rqmasa, bu aql. Harom ma'siyat, gunohni qilishni judayam bir ajib yo'llarini o'ylab topadi. Agar bu aql taqvo yo'lida ishlatilmasa, ma'siyat yo'lida ishlaydiki, sizni lol qoldiradigan kashfiyotlarni o'ylab topadi.
Banda savdosida taqvo yo'lini ushlasa, unga nima bor? Banda savdosida taquvodor bo'lsa, unga nima bu? Astadibillah, va man yattaqillaha yaja allahu maxroja. Kim Allohda taqvo qilsa, Alloh unga chiqar yo'lni paydo qilur. Mana hozir halol bo'lay, taqvodor bo'lay, yaxshi bo'lay desangiz, anaqa muammo, manaqa muammo. A? To'siqlar ko'p va hokazo. Muammo, muammo. Alloh Taolo aytyapti, kim taqvo qilsa, ana shu muammolardan chiqib ketadigan yo'lni o'zi ko'rsatadi.
Bu Robbimizni so'zi. Faqat taqvo qilsin. Davomini qarang. Voyar zuquhu min hayf u la yaxtasid. Taqvo qiluvdi, muammodan chiqib ketadigan joyda ko'rsatdi, bir, orqasidan kutmagan joyidan rizqini yetkazib qo'yadi. Demak, savdoda taqvo qiladigan bo'lsak, muammolarni Alloh o'zi hal qiladi va o'ylamagan, kutmagan tomonimizdan rizqimizni yetkazib qoyadi. Davomini qarang va man yata vakkal alallohi fahva hisbuhu. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, bu odamning ishi Allohni qo'lida bo'ladi.
Yana nima kerak sizga? Taqvo qiluvdingiz, muammodan chiqdingiz. Orqasidan kutmagan joyingizdan rizqingizni berdi. Orqasidan tavakkal qiluvdingiz. Hamma muammoyingizni Alloh o'zini zimmasiga oldi. Shu oyat yetmaydimi bizga savdolarimizda, muomalalarimizda, kasbi konlarimizda taqvodor bo'lishga?
Oyatning davomini qarang. Innalloha bali g'o amrihi, qotija ala lohuli kulli sha'in qodirov. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor o'lchov qilib qo'ygandur, hayotda ro'y beradigan har bitta katta kichik, yaxshi yomon voqea hodisa, Alloh belgilab qo'ygan vaqtda sodir bo'ladi.
Hozir ishing yurishmayapti birodar. Savdoying yurmayapti, kasb ikoringda rivoj topmayapsan, lekin taqvodor bo'laver, muammodan chiqaradi. Orqasidan. Kutmagan joyni rizqingni beradi. Tavakkur qilsang, seni ishingni o'zini qo'liga oladi va oxirgisi Alloh aytgani bo'ladi baribir. Qachon bo'ladi? Alloh belgilagan vaqtda.
O'sha vaqti kelganda bo'ladi. Demak, kim o'zining savdosida taqvo qilsa, birinchidan, muammoni yechimini ko'rsatib beradi Alloh. Ikkinchidan, har qanday g'amdan farajni, yengillikni beradi. Uchinchidan, torlikdan kenglik olib chiqib qo'yadi, to'rtinchidan kutmagan tomonidan rizqini beradi. Iymoningiz bormi shu oyatga?
Demak, taqvodor bo'ling, sabr qiling va nima bo'ling? Davomiy bo'ling. Bir hafta taqvo qilib turib qarayapsiz da, kelmayapti da. Demak, rizq talab qilishingizdan taqvoni ushlashlik kerak. Hokiza yo'lini ushlashlik kerak. Rizq hal qilingan, rizq ishida sizni rolingiz ikkita. Bittasi, qanday kasb hunarni tanlash, bu zixtiyoringizdan. Ikkinchisi, shu kasbi hunaringizda taqvolik bo'lish yoki fojir bo'lish. Bu ham zixtiyoringzdan.
Taqvolik bo'msangiz, barakali olib yeysiz rizqingizni. Fojir bo'msangiz bebaraka olib yeysiz. Baraka. Al baraka tuhiya subutul xoyril ilahi yi fishai. Baraka, bir narsaning ustida ilohiy xayriyatning davomiy turishi.
Soddaroq qilib aytsak, uyingizda eski jaynamoz bor. O, katta enamizdan qolgan. Yirtiq anaqa materiallardan bunday loskut qilib, uchburchak qilib, jannimost qilib qo'ygan. Tizzas, kaptiz tegadigan joy shilinib ketgan. U enamiz o'lib ketganiga qancha o'ldi? Jannimost turibdi. Demak baraka bor.
Eski tasbeh bor anaqa daniyalardan o'tkazilgan. O opa dadamizdan qolgan. Turibdi, demak baraka bor'. Ketmon bor opa dadangizdan qolgani. Nechta ketmon olib keldingiz uyga, shu o'ttiz yil ichida keldi ketdi, lekin u turibdi. Narigilar yo'qoldi, suvga tushib ketdi. Birov olib bermay qo'ydi. Tushunarlimi baraka? Baraka degani albatta ko'p degani emas.
Ko'p alohida narsa, baraka alohida narsa. Ko'p bo'lib turib bebaraka bo'lishi mumkin, oz bo'lib turib barakali bo'lishi mumkin. Demak, barakani ta'rifi, bir narsaning ustida ilohiy yaxshilikning davomiy turishi. Baraka vaqtda bo'ladi, umrda bo'ladi. Sog'likda bo'ladi pulda bo'ladi jasadda bo'ladi yerda bo'ladi imoratda bo'ladi . Alloh Taolo aytadi: Istadi billa. Valav anna ahla l qura'a manavattaqo lafatahna alayhim barakati minas sama i wal art.
Mana barakani sharti. Nima qilsak baraka keladi bizga? Agar deydi Alloh Taolo, u qishloqning yoki shaharning ahli iymon keltirib, taqvodor bo'lganida, biz ularga osmonu yerdan baraka darvozalarini ochib qo'ygan bo'lar edik. Oyatda ma'lum bo'lyaptiki, baraka kelishi uchun bizda ikkita narsa bo'lishi kerak. Iymon va taqvo.
Mana shu ikkita sifat Allohning valiylarini sifati. Ala innah avliya allohi la xofun alayhim balahum yaxzanun. Ogoh bo'linglar dedi Alloh. Allohning valiyleri bor, do'stlari. Alladina amanu va kamu yattaqun. Ularni ikkita sifati bor. Iymoni bor ularni va taqvosi bor. Sizni imoningiz va taqvoyingiz qanchalar baland bo'lsa, qanchalar kuchli bo'lsa, baraka shunga yarasha kelaveradi.
Barakali pul, birodarlar. U shunaqa pulki, katta emas, miqdori ko'p emas. Ammo juda ko'p ishing bitadi. Yana ozgina oshib qoladi. Barakali, pul topadigan odamda pul muammosi bo'lmaydi. Ha, qo'lida to'lib toshib ketmasligi mumkin puli, ammo kerak bo'lganda darrov bo'ladi pul.
Halol, barakali pul topadigan odam doim qalbi xotirjam, ko'zi to'q, qo'li ochiq, ta'madan uzoq odamlarni orasida hurmatli bo'ladi. Barakasiz pul topgan odam qanaqa bo'ladi? Bu barakasiz pul shunaqa pulki, miqdori katta bo'lishi mumkin. Summa katta bo'lishi mumkin. Ishlatib tugatasiz, qarasangiz, pul tugagandan keyin bironta bir dadil narsaga sarflanganini, bironta problemasi bitganini ko'rmaysiz.
Harom va bebaraka pul topgan odam qanaqa odam bo'ladi? Doim ko'zi och bo'ladi. Doim yetmaydi. Baxil, tamagir, qalbida xotirjamligi yo'q. Besson o'tib ketsa bir oyga, o'zini noqulay his qiladi, qaltirab qoladi. Bunaqa odam hurmatsiz bo'ladi jamiyatda.
O'zi hamma muammo ilmsizlikdan. Alloh taolo aytadi, fataqulloha va yo' alaykumukmulloh. Allohdan qo'rqinglar, alloh o'zi o'rgatadi. Allohdan q o'rqinglar, o'zi o'rtatadi. Nimani o'rgatadilar? Hamma narsani o'rgatchadi. Dunyoda, oxiratda saodatga yetishingiz uchun nimani bilishing kerak? Nima qilishing kerak? Hamma yoqda o'zi o'rgatadi. Savdoda halol bo'lmoqchisiz, barakali pul topmoqchisiz. Allohdan taqvo qiling da, yo'lini ko'rsatadi qanaqa qilish kerakligini. O'zi aslida xato ilmsizlikda.
Hayot nima? O'lim nima? Taqdir nima? Rizq nima? Baraka nima? Mana shu narsalar haqidagi tasavvurni noto'g'riligidan. Shu tushunchalarimiz, o'lchovlarimiz tuzalmagunicha, dunyoqarashimiz shariat doirasiga qaytmagunicha, hayotimiz tuzalmaydi. Umar al muhatto aytar edi, bizni bozorlarimizda savdo ilmini bilmagan odam savdo qilmasin. Chunki bozordagi yurtdagi barakani ko'tarilishiga sabab bo'ladi mana shu odamlar.
Battaqulloha la'allakum tuflixum. Allohdan taqvo qilinglar, shoyat najot topsanglar. Hamma boy bo'lishni xohlaydi. Kengchilikda yashashni xohlaydi va bu yaxshi niyat. Noto'g'ri emas. Hech kim kambag'al bo'lishni, faqir bo'lishni, rizqi tang bo'lishini xohlamaydi. Bu ham to'g'ri narsa. Kambag'allikdan panoh tilagan Payg'ambarimiz.
Ammo boy bo'lsin, kambag'albo'lsin, dunyoda saodatli hayot kechirishlik taqvoga bog'liq. Puli qanchaligiga bog'liq emas. Agar saodat faqatgina pulni ko'pligi bilan bo'lganida, hamma boylar baxtli odam bo'lishi kerak edi. Hamma kambag'allar baxtsiz bo'lishi keraksiz edi. Lekin unaqa emas.
Insonni saodati Allohdan qo'rqishlik bilan. Allohdan qo'rqishlik bilan. Odamlarni mollarini harom yo'l bilan yeyishlik. Payg'ambarimiz aytganlar, man g'oshshani falay si minna. Kim bizni aldasa, bas, u odam bizdan emas. Rasululloh savdoda, muomalada firibgarlik qilgan, yolg'onchilik, aldamchilik qilganlarni bizdan emas deyaptilar. Musulmon emas bu odam deyaptilar. Hadis davomini qarang. Val makru val xidau finnal. Makr va aldov jahannamdadir.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki, yutba ul mo'minu alal hilali kulliha illal xiyanata val kadiba. Biz musulmonmiz, alhamdulillah, hirot bilan alamin. La ilahillalloh muhammadur rohishiloh deganmiz. Namoz o'qiymiz, ro'za tutamiz, haromdan tiyilamiz. Alhamdulillah, herob bilan alamin. Endi mana shu musulmonlarni ichida turli tabiat egalari bor. Bittasi sergap, bittasi qaysar, bittasi zixna, bittasi baxil, bittasi uyquchi, tushunadik. Bu yomon sifatlar siz bilan bizni tabiatimizda bor.
Va bu tabiatlar bizni musulmonchilikdan chiqarib qo'ymaydi. Ammo, Rasululloh aytyaptilar, ikkita sifat bor, mo'minga hech qachon bu yuqmaydi. Mo'min kishi xiyonat va yolg'onchilikdan boshqa har qanday xulq bilan sifatlanib qolishi mumkin.
Tushunarlimi? Baxillik, qo'rqoqlik, injiqlik, sergaplik, ezmalik, bu yomon sifatlar. Mo'min odamni yuqib qolishi mumkin. U mo'minligicha turaveradi shu sifati bilan ham. Ammo haqiqiy mo'minga yolg'onchilik va xiyonat yuqmas ekan tabiatiga. Endi agar bir odam ishini hammasi xiyonat yoki yolg'onni ustiga qurilgan bo'lsa, payg'ambarimiz bu odamni mendan emas deyaptilar. Qarang da, yo'qmi shunaqa ish sizni ishingizda?
Har bitta odam o'zini qilayotgan kasb ikori, hunari, tijoratiga qarab qo'ysin. Savdodagi xatolar. Savdogar molning aybini berkitishi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar men ba'a ayban lam yubayyinhu lam yazalfi maqtillahi avlam tazalil malaykatu tal'anhu. Kimda kim aybli narsani aybini bayon qilmasdan sotsa, shu inson Allohning g'azabida turadi. Yoki maloyikalar unga la'nat aytib turishadi.
So'rasa, aytsin demayapti. Aybini aytib turib sotmasa deyapti. Biladi aybini. Klient so'ramayapti, aybi bormi deb. Shunaqa bo'lsa ham o'zi aytib berishlik kerak. Oho. Kim sotadi bunaqa qilib domla, bu narsasini? Vot imenno. Kim sotadi shunaqa qilib?
Bizdagi, o'tgan safar qaytardim, eng taqvador savdogar indamay turadi. Ya'ni men yolg'on gapirmayapman, u deydi. Yolg'ondan maqtamayapman, u de, men tek turibman deydi. Mana tushunyapsizlarmi, endi nimaga baraka yo'q bizni savdoyimizda. Vaholanki, Rasul aytayaptilar, rizqning o'ndan to'qqizi tijoratda deyaptilar. Bir qismi chorvada deyaptilar.
Nima kamchiligi bor desa, nima deydi? Ha, bilasizlarmi? Mol manaqa aybi bor, mol manaqa aybi borda desangiz, haligi sizga g'alati g'alati qaraydi, bu normalniy odammi bu deydi. Demak, kim? Deyaptilar, Rasululloh. Aybi bor narsani sotsa, bayon qilmasdan, shu inson Allohning g'azabida turadi yoki malokalar unga la'nat aytib turadi.
Boshqa adisda aytadilar, al muslimu ahu muslimin. La yahili l u muslimin. Ba amin axiyhi bay'an va fiyhi aybun illa bayyanahum. Musulmon musulmonning birodaridir. O'zining birodariga aybi bor bo'lgan bir narsani sotsa, uning aybini bayon qilmasligi halol bo'lmaydi.
Mana mashina, mana ko'ray deydi. Bo'ldi. Indamay turadi. So'ramayapti da. Payg'ambarimiz nima deyaptilar? Mashinam cho'kkan, suvdan chiqqan mashina, biz yuvib tozalab, yangi qilib qilganmiz, deyish kerak, u davomiy qolyapti da. Mashinam mana tomoni tekkan, krilasini almashtirganmiz, deish kerak. Uni aytmaydi da.
Hozir juda ko'pchiligimiz aqlga sig'mayapti da bu narsa, lekin shariat shu ekan. Siz rizq haqidagi tasavvuringiz to'g'ri. O'shaning uchun aytasiz borini. Nima uchun? Bugun yozgan bo'lsa, yozgan bo'lsam, roz gapirsam ham oladi, yolg'on gapirsam ham olad. Agar yozmagan bo'lsa, roz gapirsam am, yolg'on zapirsam am olmaydi.
Qarang, bir o'zingizni hayotingizdan bir istab ko'ring chi, shunaqa bir narsani sotyapti, so'ramasa ham aybini aytganmisiz? O'ylanish kerak a, ancha. Endi arvoq qo'yini rosa chanqatib turib bir kun burun bozorga olib chiqishdan avval.
Rosa chanqantib turib sho'r narsani bezib chanqatib surib, ertasi kuni bozorga olilib chiqishdan aval. Yigirma litr suvni ichida olib chiqsa qanaqa bo'ladi unda? Aybini so'ramasa ham aytmasa, Allohni la'nat, Allohni g'azabi farishtalarni la'nati bo'ladi deyapti. Birovni sotayotgan molidagi aybni ko'rib sukut qilish.
Xo'p, demak, molni sotayotkan savdogarni o'zi emas. Uni yonida turgan odam, qo'shnisimi, do'stimi, shu savdoga guvoh bo'lib turibdi. Ahmad Mahmudga bir mashinasini sotyapti. Ahmad mashinani aybini aytmayapti. Mahmud mashinani aybining so'rashtirilmayapti. Shunda uchinchi odam turibdi shu yerda. Mashinani aybni biladi.
Shunda uchincha odam mashinani manaqa aybi bor deb turib, mahmudga sotib olayotgan odamga aytmasa, shu gunohga shu uchinchi odam ham sherik bo'ladi. Payg'ambarimiz aytadilar, la yahillul al adin ya biya shayan illa yubayina ma fiyi va la yahillul li man ya alamu zaliki illa yubayinahum.
Sotayotgan molini, borini bayon qilmasdan bir narsani sotishlik, biron kimsaga halol bo'lmaydi. O'sha moldagi aybni bilgan boshqa kimsaga ham, uni bayon qilib qo'ymaslik ham halol bo'lmadi. Oldi sotdi qilayotgan odam emas, uchinchi odam gunohkor olyapti. Agar shu molni aybini bilib turib, aytib qo'ymasa sotib olayotgan odamga.
Agar biz, bizni sotayotgan mashinamizni aybini kelib uchinchi odam aytib qo'sa, uchinchi jahon urushi boshlanadimi? Sen nimaga meni molimni aybini aytasan? Vaholanki savdoyingizdagi baraka shu narsa sababida. Savdogar o'zini sotayotgan molini aybini aytib sotish kerak ekan. Shunga guvoh bo'lib turgan uchinchi odam turgan bo'lsa, shu ham aytib qo'yishlik kerak ekan. Mana shu barakani bor bo'lishiga sabab bo'lgan amal hisoblanadi.
Aquli qovli ha da, astag'firullohu alaykum. Inna alloh va malakatuhu yu sollu ala nabi, ya yuhalladina amanu sollu alayhi vasallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'alli va barakatuh.