Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin. Vassalomu alayhi vas salom ala shirofil mursalin va ala alixiy va as hadixiy ajma'in. Allohumma alam na mayyon fauna va onfarnabi ma'lum tanavuzi na ilman. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu na tib bag'a va arina al ba'tiyla ba'tiyla va rizqu na jidinaba.
Vajalina minmay yestaminun al qovli fayetta bi una axsana va adhixin la bi rahmatika fii ibadika solihin. Amma band, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Birodarlar, to'rt juma dam beri halol savdo xususida dars qilib kelayotgan edik. O'tgan darsimizda savdo molini aybini bekitib sotishlik gunoh ekanligi, aybini aytmasdan sotishlik, pulni harom qilishligi haqida gapirdik. Va bo'layotgan savdo, sotilayotgan mol ustida turgan uchinchi odam, sotilayotsa molni aybini bilib turib, sotib olayotgan odamga aytib qo'ymasa, mana shu gunohga u ham sherik bo'lishigini xabar qilgan bo'ldik. Ahmad mahmudga mashina sotyapti. Ahmad mashinani aybi bo'lsa, aytib sotish kerak, bo'lmasa harom bo'ladi.
Bu so'ramasa ham mahmud. Endi uchinchi odam turibdi. Ahmad mahmudga mashina sotyapti, mashinani aybi bor, mashinani egasi aytmayapti aybini, sotib olayotgan mahmud so'ramayapti. Shunda uchinchi odam mashinani aybini biladi. Indamay tursa, ey, mahmud, mashinani manaqa manaqa aybi bor da. Bu aytib qo'ymasa, bu ham shu gunohga sherik bo'ladi. Oho.
Kim bunaqa qilib savdo qiladi, domla? Disfitunlar kim qiladi? Bizdagi eng taqvodor savdogar nima qiladi? Nima qiladi. Indamay turadi. Siz so'ramadingiz da deydi. Birodarlar, Imom Ahmadning Mustadablarida keltirilyapti. Ummaviylar davrida, Ummaviylarning xazinasida bir bug'doy turar ekan. Bir dona bug'doy. Xurmo danagichalik bo'lgan ekan shu bug'doy.
Tasavvur qilyapsizlar a? Xurmoni danagi bilan bir dona bug'doy qancha farqi bor o'rtasida? Bir o'n barobar bo'lsa kerak, kattaligi, yoki o'n besh barobar. Yozib qo'yilgan ekan shu bu bug'doyni tagiga. Bu bug'doy adolat hukm yurgan davrda o'sarida deb yozib qo'yilgan ekan. Endi tushunyapsizmi? Siz o'n gektarga emas, bir gektarga yesangiz o'sha hosil bo'lardi ekan, ovol. Nima uchun bo'lardi ekin?
Adolat bo'lgan ekanda. Savdoda adolat bo'gan, hukmda adolat bo'ga, odamlarni muomalasida adolat bo'ganku. Endi tushunaversizlarmi nimaga bitta ota o'nta o'g'ilni qizni uylab joylagan. Chunki nima bor uni savdosida? Adolat bor edi. Aybini aytib sotar edi. Hozir aybini ayting da mashinangizni. De, qarang de sizga.
Joyidami bu ism? Mana yerda pistoletda almashgan mashinani, karobkani almashtirganmiz, sanlikdan yoq qo'yadi, tutaydi mashina. Ko'ryapsizlarmi qaysi darajada bo'lib ketdik biz? Tushundinglar a, birodarlar? O'tgan darsimizning xulosasi shu edi. Sotayotgan molingizni aybi bor bo'lsa, siz o'zingiz aytib, in'ya soting, bo'lmasam halol bo'lmaydi.
So'ramadi da. So'ramasa ham ayting. Endi bir savdoga guvoh bo'ldingiz, sotilayotgan molni aybini bilasiz. Sotayotkan odam aytmayapti aybini. Sotib olayotgan odam so'ramayapti. Lekin siz bilasizmi, aytmasangiz shu gunohga siz ham sheraysiz. Payg'ambarimiz aytadilar, dalilimiz bor murodalar.
La yahil luli ahadin, ya bi u shay'an, illa yubayyinama fiyi. Va la yahil luli man ya alamu dalika, illa yubaydinuhu. Sotayotgan molini, borini bayon qilmasdan bir narsani sotishlik biron kimsaga halol bo'lmaydi. O'sha moldagi aybni bilgan boshqa kimsaga ham uni bayon qilib qo'ymaslik halol bo'lmaydi.
Ko'p odamlar bu haqiqatni bilishmaydi, sotuvchini klientni oldi ekkanligini ko'radi, ammo indamay o'tib ketaveradi. Nasihat qilmaydi, klientga bilmaydigan narsasini aytib qo'ymaydi. Shu loqaydligi, beparvoligi bilan birovni molini birov harom yo'l bilan yeyishligiga ko'mak bergan bo'ladi. Orada paydo bo'lgan gunohga u ham sherik bo'ladi.
Yana takrorlaymiz. Rasululloh aytdilar, kimda kim bir aybli narsani aybini bayon qilmasdan sotsa, shu inson Allohnin g'azabida turadi. Yoki maloyikalar unga la'nat aytib turishadi. Savdoda makr qilish va aldash. Har bitta savdogar o'zini sohasida qanaqa makr, qanaqa yolg'on, aldash yo'llari borligini yaxshi biladi. Payg'ambarimiz aytadilar, men g'oshshana falaysa minna.
Kim bizni aldasa, bizdan emas. Vol makru, vol xidau finna. Makr va altov jahannamda. Bu aqllar ana shu makrni, hiylani, aldash yo'llarini turli turman, xilma xil yo'llarni o'ylab topishgan. Tarozini eplashi, metrni eplashi va hokazo.
Yolg'on qasam ichish. Savdo molini o'tkazish uchun yolg'on qasam ichish bo'lsa, eng katta gunohlardan bo'ladi. Abu hurayra roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar al xalifu munufaqatun li salati va muhaqqatun li barakati.
Qasam ichish savdo molini o'tqazuvchidir, yana barakani ketkazuvchidir. Agar ichayotgan qasamingiz rost u qasam bo'lsa ham, savdoda ko'p qasam ichmang. Bu qasamni ko'rib ichishlik yaxshi narsa emas. Xususan savdoda qasam ichib sotishlik, tovarni o'tkazadi, lekin barakani ketkazadi. Endi ichayotgan qasamingiz yolg'on bo'lsa chi?
Imom Muslimning rivoyatida iyakun va kastratul xalifi filbayya. Oldi sotdida savdoda ko'p qasam ichlikdan ehtiyot bo'linglar, dedilar Rasululloh. Fainnahu yunafiqu summa yam haqu. Chunki u qasam o'tkazadi va o'chiradi. O'tkazadi, o'chiradi! Tovar o'tdi, lekin barakasi o'chadi. Endi o'sha rizq haqidagi tushunchasi noto'g'ri bo'lgan, rizq haqidagi tasavvuri to'g'ri bo'magan odam ana shu qasam ichib molini o'tkazib, aytadiki, shu qasamni ichmasam molni olmasdi deydi.
Yolg'on gapirib o'tkazib turib, shu yolg'onda aytmasam olmasdi deb o'ylaydi. Sen yolg'on gapilganligi uchun olgani yo'q u. Yoki rost gapirgani uchun olmay qo'ygani yo'q ku. Alloh taqdirga bitgan ish bo'ldi. Alloh buni olishini yozganmi? Rost gapirsang ham, yolg'on gapirsang ham oladi. Agar yozmagan bo'lsa olmaydi. Shuni tushunaylik. Shuni tushunaveraylik.
Miqdori ko'payganga o'xshayveradi. Pul katta ekkanga, ko'paykkanga o'xshayvoradi sanasangiz. Lekin haqiqiy foydasi bo'lmaydi. Barakasi bo'lmaydimi? O'sha topgan katta puliga, yolg'on qasam bilan, yolg'on bilan topgan puliga Alloh Taolo bir musibati berib qo'yadi. Lopat cho'kib ketadi konteynerda, dengizga. Lopat o'tib ketib qoladi. Qo'yingki, Alloh Taolo bir talofatni yetkazadi.
Demak, yolg'on kasam molni o'tkazadi, barakani ketkazadi. Osmoni yer yaralmay turib hali. Osmoni yer yaralishidan ellik ming yil avval Alloh Taolo xaloyiqlarni hammasini rizqini taqdirga bitib qo'ygan. Onasini qornida yuz yigirma birinchi kuni kelib o'sha narsa yozib qo'yilgan peshonasiga. Rizqi ajalar. Halol bo'lsin, harom bo'lsin, taqvodor bo'lsin, fojir bo'lsin, hunar qilsin, ilm yo'lini tutsin, nima ish qilishdan qat'iy nazar, o'sha taqdir qilingan rizq keladi.
Faqat inson uni barakotli qilib topishi bor, bebaraka qilib topishi bor. Rizq ichida bizni ikkita rolimiz bor. Birinchisi, qanaqa kasb, qanaqa hunar, tollash. Bu bizni ixtiyorimizda. Ikkinchisi, shu tollagan kasbiy hunarimizda taqvodor bo'lish yoki fojir bo'lish. Shu'la bizni ishtirokimiz bu ishda.
Yolg'on guvohlik berish. Abdullohovning avfi odam rivoyat qilinadi. Bir kishi bozorda turib, bir molni savdoga qo'ydi. Va ana shu musulmonlardan bittasini shu molga qiziqtirish uchun, o'sha molga o'ziga berilgan puldan ko'ra ko'proq narsani aytib, Allohni nomini aytib qolsam ishni.
Aka o'zi o'n so'mga kelgan, sizga beryapman sakkiz so'mga deydi. Guvoh bo'lganmisizlar? O'zi uchun yaxshisi aytmanglar qanchaga kelganini. Eng oson yo'li. Chunki shayton bor da, nafs bor da, o'n ming dona olaman deb turib turaman piyoladan. Yaxshi pul, yaxshi klient da, to'g'rimi? Shu yerda bitta yolg'on gapirib qo'yishga to'g'ri keladi. Shuning uchun aytmay qovuring. O'zi qanchaga olgansiz desa, aka bu meni kommerskiy tayinam bu. Nima qilmay qovuring mendan?
Demak, bir kishi bozorda turib bir molni savdoga qo'ydi. Ana shu musulmonlardan bittasini qiziqtirish uchun o'sha molga o'ziga berilgandan ko'ra ko'proq pulni aytib, allohnomaga qasanishdi. Shunda mana bu oyat nozil bo'ldi. Istadvillar innalladina yash taruna biyahdillahi va imanihim samanan qolinglar.
Allohning ahdini va o'z qasamlarini ozgina bahoga sotadiganlar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan. Oyatni davomi nima degan Alloh? Ula ikkala xola qalahum fil aqirati vala yukali muhimi allohu vala yonduru ilayhim, ya umal qiyama, vala yuzakihim, valahum adabun alim. Allohni nomini o'rtaga qo'yib, yolg'on qasam ichayotgan onlar haqida Alloh aytyapti. Albatta ana o'shalarga oxiratda yaxshi nasiba yo'qdir. Qiyomat kuni Alloh ularga gapirmas, nazar solmas va ularni poklamas. Ularga alamli azob bor. Alloh Taolo qiyomat kunida bizga qaramasa, gapirmasa va bizni pokilamasa gunohlarimizdan, holimizga voy.
Endi mana shunday Alloh Taoloni marhamati turibdi bizga, sizni poklayman deb tursa, siz arzimagan dunyoni uch to'rt chaqasini aytib, Allohni o'rtaga qo'yib yolg'on qilsam ichasizmi? Demak, odamlarni qiziqtirish uchun, menga o'zi munchaga kelgan, sizlarga munchaga beryapman. Deyish yolg'on qasam.
Yo bo'lmasam, men unchaga xaridor kelgandi, bemovdim o'zi, sizga beryapman deyish, bu ham yolg'on qasan, birodarlar. O'n ming ga bermadim mashinami deydi. Sizga beraman deydi. O'zi yolg'on. O'zi sakkiz ming ga ham xaridor nima qilmadi? Chiqmadi. Har safar aytaman. Shunaqa yolg'on bilan, shunaqa g'irrom bilan topilgan pulni qayoqqa sariq bo'layotganligiga odamlar e'tibor bermaydi da.
O'sha yolg'onni gapirib, yolg'on qasamni ichib, katta pulni topganinglarni ko'ramiz da biz. O'sha pul qayoqqa saniq bo'layotgandan keyin bir qarab qo'yinglar. O'shanaqa harom yo'l bilan boyigan odamlar o'zlari ham qaramaydi da, u pul qayoqqqa ketayotganini. Oilasida, farzandlarini hayotida bir baraka osoyishtalik yo'q. O'sha yerga qarasangiz, bu yoqdan to'xtab qolasiz.
Yolg'on va aybni berkitish barakani yo'q qiladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, al ba ya'ni bil xiyar ma alam yata farroha. Oldi sotdiq qiluvchilar to ajralmas ekanlar yoki ajrashgunlaricha ixtiyorlidirlar. Agar u ikkisi savdosida rostgo'y bo'lishsa va molni aybini agar bor bo'lsa, bayon qilishsa, ularga baylari barakali qilinadi va agar yashirishsa va yolg'onchi bo'lishsa, savdolarining barakasi o'chiriladi.
U ham yolg'ondan bir paketni ushlab turibdi, sotayotgan. Sotib olayotgan ham yolg'ondon bir paketni olib kelgan. Bitta yolg'oniga ikkinchi yolg'on tashlaydi. Bitta yolg',onga ikkinchisini tashlaydi. Aka, boshqa pulimiz yo'qda, deydi. Yolg'on. Aka, sakkiz minglar pulimiz bor, deydi. Yolgon, o'n ming pulim bor. Indama, sendan so'rayaptimi qancha puling bor deb. Bu ham aytadi, aka o'zi menga o'n ming ga kelgan deydi. Bu ham yolg'on.
Tushunyapsizlarmi endi? Rizq masalasida qanchalar bizni tasavvurlarimiz noto'g'ri, shariatga tushunmaydigan bo'lib ketgan. Rost gapirib savdo qilish mumkin emas desa, dindan chiqadi. Dindan chiqadi, chunki Alloh va Payg'ambari rozgo'y bo'l deb tursa, bunaqa qilish mumkin emas deb, siz oyatni hadisni inkor qilyapsiz.
Oldi sotdiq qilayotganlar to ajrashib ketmagunicha ixtiyorli, agar savdosida rozgo'y bo'shassa, agar aybi bo'lsa molini, bayon qilishsa, baylari barakali qilinadi. Va agar yashirsa va yolg'onchi bo'lsa, savdolarni barakasi o'chadi. Qilib ko'ring da shuni. Shu darslarimizni aytib berganimizda ayrim ukalarimiz shuni aytishdi da. Domla, mana shunaqa qiluvdim, boshida qiyin bo'ldi deydi. Lekin zo'r ekan deydi. O'sha klient qaytib keladigan bo'lib qoldi deydi. Rost gapirganimni ko'rib deydi. Va ishimda, pulimda barakani ham ko'rdim deydi. Qilib ko'ringlar da, birodarlar. Biz ertak aytmayapmiz. Biz oyatni hadisni aytyapmiz. Bir dona bug'di. Adolat qoyim bo'lgan davrda xurmoni danagidek katta bo'lgan ekan. O'shanda o'n reys borish shart emas Xitoyga, Turkiyaga. Bir reys borsangiz bo'ladi.
Sotilayotgan molni aybini xaridorga aytmaslik, bayon qilmaslik, berkichlik harom bo'lgan amal. Kim mana shunday yo'l tutayotgan bo'lsa, Alloh Taoloning rahmatidan chiqib ketadi, Alloh Taoloning g'azabiga qoladi. Endi kimdir shunday ish qilayotgan bo'lsa yoki qilgan bo'lsa, tavba qilsin, to'xtatsin. Siz o'zingiz bugundan boshlab shunday savdo qilaman deb Allohdan bir tavfiq va madad so'rab boshlang da, Alloh sizga quvvat beradi, imkon beradi.
Tavba qiling. Agar shunday ishlar o'tgan bo'lsa. Tavba, tavba bo'lganda ham nasuh tavba bo'lsin. Istadi billa. Ya yo'qaladingna amanu, tuvu ila allohi tavbatan nasuh hadiydu alloh. Ey mo'minlar, Allohga xolis tavba qilinglar. Nasuh tavba. Shoyatki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik gunohlaringizni o'chirib, ostidan daryolaroq qilib turadigan jannatlarga kiratur.
Birodarlar, nasuh tavbani, nasuh tavbini shartlari bor deydi ulamolar. To'ba qildim, to'ba qilib qoldim desanglar o'tib ketmaydi. Nasuh talabani shartlari. O'sha qilayotgan gunohni to'xtatish kerak. Savdoda yolg'on, yolg'on qasam, aybini aytmaslik bormidi? To'xtatasiz. Ikkinchisi, shunday ishni qilganingizga qattiq pushaymon yeysiz. Uchinchisi, qaytib bu ishga kirmayman deb Allohga va'da berasiz.
To'rtinchisi bor, agar bandalarda haqqi bo'lsa. Bandalarning haqqini yegan bo'lsangiz, qaytarib berasiz. Allohning haqida mana bu uchta bo'ladi, shart, nasuh tavba sharti, to'xtaysiz, pushaymon yeysiz, qaytmayman bu gunohga deysiz. Endi agar odamlarning haqqi ustida bo'ladigan bo'lsa bu gunohlar, to'rtinchi shart qo'shiladi. Qaytarib ber asiz.
Nasuh tavbaning shar'iy ma'nosi haqida ulamolardan bir qancha fikrlar bor. Jumladan hazrati umar roziyallohu anhu dan nasux tavba nima deb so'rashganida, bu ulug' sahoba javob berib aytadiki, kishining yomon ishdan qaytib, so'ng unga abadiy qaytmasligi dir deb javob berganlar. Nasuh tavba, Alloh Taolo o'chiradi. Aroq o'rnida boradimi? To'xtatdi, qaytib ichmadi. Aroq ichmaganday boradi qiyomatda inshaalloh.
To'xtatdi, qaytmadi, gapida turdi. Demak, avvalgi qilgan gunohlarni Alloh uchratdi. E, barakali savdo qanaqa bo'lishini ham totib ko'raylik, birodarlar. Ko'p ishlash shart emas. O'nga bir boryapti a bu dedi misolida. Imom Jirjoni aytadi, nasuh tavba oldingi gunohga qaytmaslikka mustahkam azmaqaror qilishlik. Bo'ldi, qaytib bu gunohni qilmayman.
Imomi Tahonaviy aytadi, nasuh tavba qalb amallaridan bo'lib, qalbni gunohlardan tozalashdan iboratdir. Uning alomati banda ma'siyatni yomon ko'rishi va qabih sanashi hamda hech xotirga keltirmasligidir. Alloh aziz va jalloh qilayotgan kasb bekorimizda, savdolarimizda barakali bo'lishimizga o'zi tavfiq bersin. Chunki Alloh o'zi tavfiq bermasa, bizni qo'limizdan kelmaydi. Shu paytgacha shunga o'xshagan xato kamchiliklar o'tgan bo'lsa savdoyimizda, kasbikorimizda, buni to'xtataylik.
Aqli qovli ha da, astag'firulloh ili varakum. Innallohu va malakatuhu yu solun ala nabi, ya yu halladina amonu sollu alayhi vasallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.