Maviza
—Qoralama22 daq

Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
22:17
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala shirofil mursaliy va ala alihi va ashabihi ajma'in. Allohumma alim na'ma yonfauna, vamfa' nabi ma'lam tana vaziydna ilman. Allohumma arina al haqqa haqqon va rizqu na'tibaa va arina al botila botilan va rizqu na jiti naaba. Hoja anna minman yestamiun al qovla fayattabiuni axsana va adhixinna bi rahmatika fii aybadika solihai in ammavot. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Ey yoshlar, shoshilmanglar degan mavzuda suhbat boshlaganidek davom etamiz. Yangi ko'chatga o'n kilo olma osilmaydi. Katta natijaga yetishdan oldin, ana shu natijani ko'tara oladigan inson bo'lib yetilishi kerak. Mana aytib o'tdik, avvalgi suhbatlarda, rizqni robbisi bor. Sen harakat qilasan, ammo natijani qachon va qancha kelishigini sen belgilamaysan. Endi o'zingdan so'ra. Agar men kutgan boylik, men kutgan mashhurlik, mansab hozir menga berilsa, men uni ko'tara olamanmi, yo'qmi?

Yetish bir narsa, uni ko'tara olish ikkinchi narsa. Nima nima deylar? Biz nimaga menda yo'q deb so'raymiz u, ammo o'sha narsani ko'tarishga men tayyormanmi deb so'ramaymiz o'zimizdan. Biz meva haqida o'ylaymiz u, lekin Alloh Taolo shu mevani bermayotgan paytda, biz ko'chat sifatida tomir otayotganimiz, ildizimizni kuchayotganimizni bilamizmi? Mana Alloh Taolo aytadi Qur'onda. Astaidu billa. Vomat alumi fil injilika zar in axroja shat'ahu fa a zarahu fasta g'ulada fastavaa ala su'qi yu'jibu zurro'a. Mana shu bir daraxtni qanday o'sib katta eshigini Alloh Taolo aytyapti. Ularning injildagi misollari esa xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach yo'g'onlashib, o'z novdasida tik turgan dehqonlarni lol qoldiradigan usulnikka o'xshaydi.

Tartibni ko'ryapsizmi? Ko'chat bor, quvvatga kirish bor, yo'g'onlashlik bor, tikka turishi bor, keyin meva berishi bo'ladi. Ko'chat, quvvatga kelish, tanasini katta yeyishi, tikka turishi, keyin meva. Lekin hozirgi kunda nafs nima deydi? Ko'chat bo'lsin, orqasidan darrov meva bo'lsin. Unaqa bo'lmaydi.

Ko'chatni hozirgi ishi meva berishmas. Ko'chatnihozirgi ishi tomorotib, ildizini mustahkamlash. Ha bugun ko'chatni ekib turib, ertasi kuni hech kim undan meva talab qilmaydi yu. Ey otalar, rossiyaga jo'natib turiblar, pul jo'natib yuboringlar, har safar aytamiz bu narsani. Endi shogird bo'lib tushdi, uch oy, to'rt oy yurdi, darrov pul olib kel demanglar. Buni ham aytib qo'yay. Ustalar shikoyat qilyapti. Hozir biz deydi, shogird bo'lganmiz ustamizga deydi, bitta ko'zimchak og'aynim bor. Yaxshi usta. Ikki yil, uch yil ishlaganmiz indamasdan, pul berishini bemasligini o'ylamasdan. Hunarli bo'lganimizdan keyin pul topdik. Hozirgilar bolasini olib keladi da, necha pul berasiz oyiga deydi. Necha pul berasaz oyiga deydi.

Avval shunaqamidi? Ikki yil yurar edi, usta bo'lsin, qassob bo'lsin, kurzybshe svarshiy bo'lsin, ikki yil yurar edi, keyin usta duo berardi. Hozir keliblar srazu pul to'laysiz deyapti. Ko'chatni vazifasi meva berishmas. Hozir masalan, sizni yosh yigit ko'chat deb qaraydigan bo'lsa, undan meva bo'lmaydi, u ildizini otishligi kerak. Biroq yigirma ikki yashar, ellik ikki ga kirgan odamni natijasini xohlayapti darrov. Ikki yillik tajribasini o'ttiz yillik tajribaga taqqoslayapti. Ko'chat hali daraxt emas. Ko'chat kelajakdagi daraxt. Ma'qulmi?

Yana, ayrim yoshlarni Alloh Taolo ertaroq mana shu dunyo matohi bilan siylab qo'ysa, ko'tara olmay qolishi bor. Erta kelgan natijani hammasi ham ne'mat emas. Bu fitna bo'lishi ham mumkin. Shuning uchun katta natija, uni ko'tarishga tayyor bo'lmagan odam uchun katta sino fitna bo'ladi, imtihon bo'ladi.

O'zinglar ham ko'rgan bo'lsanglar kerak. O'sha bir qandaydir o'ttiz ga kirmasdan katta pul qo'liga tushib qoldi. Uch to'rt so'mlik bo'lib qolganda, haligi o'ttiz ga kelmagan yosh bola bosar tusani bilmay qoladi. Dadasini ham gapini olmay qo'yadi, hech kimni ham esimga qo'yadi. Bo'lgan, ko'rgansizlar. Keyin bir yildan keyin qarasangiz, yo qochib ketgan bir yoqqa podbika, yo qamalib ketgan mashinaga urib. Shuning uchun qo'lingizga erta kelmayotgan boylik, bu albatta yomonlik degani emas. Yoki yosh turib katta pul qo'lingizgaga kelib qolganligi, albatta yaxshilik degani emas, bu fitna bo'lishi ham mumkin ekan. Mana qarang da.

Bir kallilardan o'tganmi shunaqa savol. Agar hamma bir xil boy bo'lsa, nima bo'lardi? Qo'ydikmi bu qoldi? Kim ko'chani ushlab turadi? Hamma boy. A? Hamma boy. Tasavvur qiling, nima bo'lar edi? Masalan, Alloh Taolaga nima edi hammani boy qilib qo'yish? Innama, amruhu, izza, aroda, shay'an, an yaqul, alahu. Kun fayakun, Allohni ishi bir narsani xohlasa. Bo'ldi deb qo'yish. Hamma bir xil boy bo'lsa nima bo'lardi?

Mana Alloh Taolo aytyapti nima bo'lishini. Istabi billa, valav basat allohu rizq oliy aybadihi la bag'av fil art. Vala keyin yuna zil u bi qodarin ma yasha, innah u bi aybadihi xobirun basir. Mana Alloh Taolo aytayapti. Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib yuborganida, hammani boy qilib yuborganidan, ular yer yuzida haddan oshgan bo'lur edilar. Lekin u xohlagan miqdorda tushiradi. Albatta u bandalaridan xabardor va ularni ko'rib turguvchidir. Ya'ni hozir yo'qligi ukam, sen uchun yaxshi. Modomiki hozir bermabdimi? Demak shu holat sen uchun yaxshi. Chunki Alloh Taolo seni taqdiringga yozgan narsa faqat yaxshilik bo'ladi. Hozir aytdik. Garchi sen buni tushunmasang ham, garchi senga yoqmasa ham.

Ibn Akasi mana shu oyatni sharhlab aytadiki, rizq haddan tashqari keng berilsa, ba'zi insonlarni bu narsa tug'yon va haddan oshishga olib borishi mumkin. Ayrim odamni Alloh Taolo kambag'al qiladi, umrini oxirigacha kambag'al o'tadi. Endi shunga berib qo'ysa, haddidan oshib ketadi, o'shaning uchun bermaydi. Tushunarli mi? Boymisiz, kambag'almisiz, qaysi holatda bo'lishingizdan qat'iy nazar, Allohni tanib, halolni tanib, haromda tanab ibodatda turibsizmi, shu holat siz uchun yaxshi.

Haligi payg'ambar alayhissalomni hadisi bor ku, pes ko'r, kar odamni Alloh Taolo oldiga farishta yuboradi. Eslaymiz a? Haligilarni uchalasini ham orzu qilgan narsasini beradi. Haligi ko'rni ko'zini ochadi, kardni qulog'ini ochadi, haligi pestni tanasini bir sog'lom qilib qo'yadi. Hamma yog'i zo'r bo'lib ketgandan keyin, endi tilamchi sifatida boradi. Boy ko'r ko'zi ko'r bo'lgan odamni oldiga borsa, bermaydi.

Qulog'i kar bo'lgan odamga borib yordam so'rasa bermaydi. Qarang, ishib ketdi. Kechagina ko'zim ochilsa katta gapda yurgan odamni Alloh Taolo soq qilib boy qilib qo'ydi, haddidan oshib ketdi. Bitta haligi pes maho bo'lgan odom, men manaqa odam edim, Alloh menga berdi, mana senga yordam beraman degandi, o'sha narsa o'zida qoldi. O'shaning uchun ba'zi bir odamni puli ko'p bo'lmagani yaxshi.

U o'zi biladi, birodarlar, tushuninglar, sizga nima yaxshiligini Alloh biladi. O'zimizga savol beraylik, ukalar. Ota onamiz qirq yilda, ellik yilda minglagan xato sinovlardan o'tib, sabr mehnat bilan qo'lga kiritgan narsasini, uyini, mashinasini, yigirma besh yoshimizda qo'limizda bo'lishini xohlayapmizmi? Bizchi ularni mevasini ko'ryapmiz xolos. Mehnat mashaqqatini vaqtini ko'rmayapmiz.

Demak, masala, men ulardan kamman, damas. Masala, men hali boshqa bosqichda turibman degan narsani tan ololmayotganligingizda. Demak, masala, men ulardan kamman damas. Masala, men hali boshiqa bosqichida turganimni tan ololmayapman. Masala shunda. Ukalar shoshmanglar. Sizlarda ulardan ko'ra ko'proq bo'ladi. Sizlarda ulardan kori yaxshiroq bo'ladi, inshaalloh.

Sen katta pulni xohlayapsan, lekin shu pulni ko'tarishga tayyormisan? Ana shu katta pulni boshqara olasanmi? Bugun kichkinagina do'koning yoki to'rtta bir odam ishlaydigan ishxonangni idorasini uddalay olmay turibsan. Bugun to'rtta odamga rahbarlikni epla olmay turibsan. Besh yuzta odam seni qo'lingda ishchi bo'lishini xohlayapsanmi? Bugun ikkita uchta odam seni maqtab qo'ysa, qalbing o'zgarib ketyapti, ertaga minglagan odamlar maqtasa, ko'tara olasanmi?

Sen mevani xohlayapsan, aslida sen o'sha mevani o'zi yetishtirib, uni ko'tara oladigan daraxt bo'lishingni xohla. Asosiy xulosalardan bittasi. Sen mevani xohlyapsan hozir shoshilib. Aslida sen o'zi mevani o'ziz yetishtirib uni ko'tarib tura oladigan daraht bo'lishni xohlagin. Ma'qulmi?

Demak, boylikdan oldin ana shu boylikni ko'tara oladigan shaxs qurilishi kerak. Ma'qulmi? Katta mablag'dan oldin moliyaviy intizoming bo'lsin. Katta biznesdan oldin tajribang bo'lsin. Kattamasab lavozim kursidan oldin mas'uliyating bo'lsin. Shuhrat mashg'ulotidan oldin ixlosing bo'lsin. Katta daromadni topishdan avval halol haromni o'rgangin. Moldan avval nafsni boshqarishni o'rgangil. O'maron xattop aytadi: tafakkur hu qobulani tusavvavdu. Rahbarlik va ulug' maqomga chiqishingizdan oldin ilm va fiqhni o'rganing. Nimaga bu gap mana shu yerda muhim? Chunki ba'zi odamlar maqomni xohlaydi, ammo ana shu maqomda turib to'g'ri ish qilishlik ilmini o'rganishni xohlamaydi.

Ana shu katta narsaga erishishdan avval bunga tayyorgarlik ko'rish kerak. Xuliqal insanu min ajal. Alloh Taolo aytyapti, inson shoshqaloq qilib yaratilgan. Ana shu vaqtidan oldin, siz loyiq bo'lishingizdan oldin kelgan ba'zi bir muvaffaqiyat, bu sizni sindirib qo'yishi mumkin. Payg'ambarimiz aytadilar, innalikunli ummatin fitnatan va fitnati ummatiy al mal. Har bir ummatning bir fitnasi bor, sinovi bor. Mening ummatimning fitnasi moldir. Demak, birodarlar, boylik degani har doim ham yutuq bo'lavermas ekan. Har doim ham muvaffaqiyatmas ekan. Ba'zida sinov bo'lar ekan, imtihon bo'lar ekan. Endi, pul keldi, o'zgardi.

Biznes kattalashdi, shubhali ishlarga kirishni boshladi. Mashhur bo'ldi, maqtovga muhtoj bo'lyapti. Shuning uchun beriladimi mas, berilganda ko'tara olamanmi degan savolni berish kerak. Bizda qachon bo'larkin mas, o'sha berilsa, ko'tara olamizmi degan savol deb berish kerak. Mana, Alloh Taoloni aytdik, mana Yosin surasidan. Bir ishni Alloh Taolo xohlagan bo'lsa, shu ishga bo'l deydi, bo'ladi. Lekin yetti qavat osmonni Alloh Taolo necha kunda yaratdi? Nimaga birdaniga bo'l deb hamma narsani birdaniga paydo qilib qo'ymadi? Mana shuni o'zi siz bilan bizga ibrat. Astaydubillah, vo quranan faroquna huli taqqirahuhu alannasih alamuktin va nazannahutanzila. Siz Qur'onni odamlarga asta sekin o'qib berishingiz uchun, biz uni bo'laklarga bo'ldik va bo'lib bo'lib nozil qildik. Tushunarlimi? O'sha tushadigan suralarni Alloh Taolo yigirma uch yil mobaynida bo'lib, bo'lib, bo'shib tushirdi. Birdaniga tushirib qo'yishga ham qodir edi. Ana shu bosqichma bosqich bo'lishligi, orada vaqt o'tishligi bu Alloh Taoloning hikmati ekan.

Kofirlar Qur'on nimaga bir yo'li tushmadi deyishdi. Alloh Taolo aytadi: Kazalika linusab bitta behifo adak. E Muhammad alayhissalom, biz u Qur'on bilan sizni dilingizni ustuvor qilishlik uchun, ustuvor qilishi uchun mana shunday bo'lib bo'lib bayon qildik. Hatto qalbni tarbiya qilishda ham bosqich. Alloh Taolo yuqorida biz o'qigan oyatda ana shu o'simlikni fasta qiladi. Yo'g'onlashdi dedi.

Shaxsiyat kuchayishi kerak. Ana shu muvaffaqiyat natija kelgan paytda uni ko'tara oladigan shaxsiyating yetilsin. Yetilgandan keyin birinchi muammoda sinmaysan. Birinchi zarbadoyoq ishingni tashlamaysan. Birin chi tanqiddayoq jazovaga tushmaysan. Bir inchi yutug'ingda haddingdan oshib ketmaysan. Uning uchun shaxsiyating yechilishi kerak. Chunki bu akalar tajribada. Tajribani bilasizmi? Ajoyib tomoni nimada? Sotib ololmaysan uni.

Boy oting, boy qaynotang ham olib senga podarka qilolmaydi. Tajribani birovdan tortib ham ololmaysan. Tajribani zakaz qilolmaysan. Tarjima qachon keladi? Vaqt o'tadi. Xato qilasan, qoqilasan, turasan, yana qoqilasan yana yiqilasan, yana turasan. Ancha vaqt o'tgandan keyin tajriba keladi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, ahabbul amaling ila alloh ta'ala adva muha va inqollar. Allohga eng suyukli amal, Allohga eng suukli amal, oz bo'lsa ham davomli bo'lgani. Shuning uchun katta katta natijalar davomiy suratda takror takror qilingan kichkina amallardan paydo bo'ladi.

Qaytaramiz. Katta katta natijalar davomiy suratda, takror takror qilgan kichkina amllardan paydo bo'lar. Ammo bugungi yoshlar ularni miyasini ongida hamma narsa bo'lishi kerak va birdaniga bo'lishi keray deydi. Portlash kerak deydi. Mana shu internetdan olayotgan, noto'g'ri kontentlardan olayotgan xulosasi portlash kerak deydi.

Islom bo'lsa, asta sekinlik kerak, davomiylik kerak deydi. Bir kun kitobni oladi, besh soat o'qiydi, bo'ldi, shu bilan tashlab qo'ydi, bir yil kitob o'qimaydi. Undan ko'ra o'n besh minutdan har kuni o'qiganingiz yaxshi. O'zini toqatidan tashqari olti soat, sakkiz soat trenajorda ishlaydi bir oy, keyin umuman qilmay qo'yadi. Ha undan ko'ra haftada uch marta ikki soatdan ishlab turgani barqarorlik bo'lardi, natija bo'lardi. Tushunarli a? Shoshilmanglar ukalar, shoshilmang lar.

Muvaffaqiyatga olib boradigan yo'l juda uzoq va zerikarli tuyuladi. Erta turish kerak, tajriba oshirish kerak, pulni tejash kerak, va'dani bajarish kerak. Hisob kitob to'g'ri qilish kerak, har kuni o'qish kerak, ibodat qilish kerak har kuni, bu yo'l uzoq tuyuladi. Ibn atoolloh sakan daria aytadi idfin vujudaka fi ardil humul.

O'zingni humul ko'zga tashlanmaslik yeriga dafn qil. Dafn qilinmasdan unib chiqqan narsaning hosili to'liq bo'lmaydi. Bug'doyni yerni betiga tashlab qo'ysangiz, yarmi yerga kirib, yarmi ustida qolsa, bundan natija bo'lmaydi. Bug'doy yerni tagiga kirib ketishi kerak. Tamomiy tuproq ostida qolib, ko'rinmaslik kerak, esdan chiqish kerak. Shundagina u tomorotib inagi meva beradi. Bu degani, o'zingni kamtarlik tuprog'iga ko'm. Allohni oldida hech kim maslagini tan ol. Seni qilayotgan mehnating bor yo'g'i sabab xolos. Rizq allohdan degan e'tiqodingni mustahkam bo'l, nafsingni unut. Men anaqa qildim, manaqa qildim yigirma yilda ham bo'lmayapti deb, yerni betida qolib qolma. Seni qilayotgan ishing hech narsa emas. O'zingni kamtarlik tuprog'iga ko'm. Chunki ko'milmasdan ungan narsaning natijasi, hosili mukammal bo'lmaydi.

Sen o'zingni mehnatingni, ilmingni, tajribangni qilgan ishingni yerga ko'mib qo'y. Bu hech narsa emas bu. Urug' ekildi, u yer ostida yo'qolgandek ko'rinadi, ammo u yer ostida o'zini ishini qilyapti. Bugun ayrim yoshlar mana shu yer, yer ostidagi ildiz otish bosqichidan uyalishadi. Qaytaraman. Hozirgi davrimizdagi ko'p yoshlar ana shu yer osti bosqichidan uyaladi.

Bug'doy yerga tushdi, tomir otyapti, ko'rinmaydi. O'sha ko'rinmasdan tomir otyotgani uni ishi edi. Sen hozir ukam, ana shu bug'daysan. O'sha ko'milgan bug'day hech kimni ko'ziga ko'rinmasdan natija qilgandek, sen ham tomir otyapsan. Shoshilma. Odamlar tanimayapti. Daromad katta emas. Hali ham shogirdlikda yuribman. Men hech narsa qilmayapman deb o'ylaydi. Yo'q. Sen eng to'g'ri bosqichdasan. Puling yo'qmi? Hech kim tanimayaptimi? Demak, to'g'ri shu. Nimanga tanisin seni, ey? Mashhurlikni xohlaydi hozirgi bolalar, mashhurlik. Nimanga mashhur bo'lasan? Nimang bor seni mashhur bo'ladigan? Endi mashhurlik quvloq degan narsa emas. Sen o'shanga loyiq bo'lgan kuni Alloh xohlasa mashhur qilib qo'yadi, xohlamasang ham.

E u mashhur bo'lib ko'rgin da ko'rasan, nimaligini, musibatligini. Demak sen ayni to'g'ri bosqichdasan, to'g'ri yo'ldasan. Sen hozir eng muhim ishni qilyapsan, ildiz chiqaryapsan. Endi eng xavfli narsa bo'lsa, ildiz otishdan oldin natijaga shoshilish.

Yosh tolib ilm katta minbarni xohlaydi. Lekin o'n yil, yigirma yil o'qishni xohlamaydi. Yosh biznesmen katta pulni, katta zavodni xohlaydi. Lekkin ana shu maqomga uni olib chiqadigan mehnatni qilishni xohlamaydi. Yosh sportsmen chempion bo'lishni xohlaydi, lekin ana shu chempionlikka olib boradigan mashaqqatli, og'ir davomiy mehnatni xohlamaydi. Bu ildiz otishdan oldin, shoh chiqishidan oldin mevani talab qilishlik bo'ladi. Bunaqa bo'lmaydi.

Umarulloh Abdulaziz, mana xulofoyi roshdlarning beshinchisi deyiladi. U kishi keyinroq yashagan bo'lsa ham. U kishi xalifa bo'lganida, o'g'li Abdulmalik. Bu yosh yigit solih edi. Haqqa g'ayur kishi edi, yosh yigit edi. Otasi xalifalik kursiga o'tirganida, mamlakatda islohotlarni tezroq amalga oshirishini talab qildi.

Shunda otasi aytdiki, o'g'lim, shoshilma. Alloh Taolo aroqni ham bosqichma bosqich harom qildi. Bilasizlar, birinchi oyatda sizdan aro haqida so'rashadi. Unda foyda ham bor odamlarga, zarari ham bor. Zarari foydasidan ko'proq dedi. Ikkinchi oyatda, ey mo'minlar, namozga mast holatga yaqinlashmanglar, toki nima deyotganini bilib turinglar dedi. Uchinchi oyatda inakam haromligini aytdi. Alloh Taolo aro ni ham bosqichma bosqich harom qildi. Men haqni odamlarga birdaniga uchrasam, ular uni birdaniga rad qilishlardan qo'rqaman dedi. Shuning uchun natijani, yaxshi natijani qo'lga kiritishni o'zi yetarli emas. Yana uni qanday ko'tarib turishlik mumkinligini ham bilish kerak.

Sen namozdasan, halol ishlayapsan, sadaqa qilyapsan, lekin sen yana nima deyapsan, men to'g'ri yuribman. Demak, natija ham tez kelishi kerak deb shoshilyapsan. To'g'ri yo'lda yurganliging natijani qachon kelishligini belgilash haqqini senga bermaydi. Ko'chatni sekin o'sishi, ko'chatni seking o'sishi noto'g'ri o'sish degani emas. Chunki daraxt, qishda ham daraxt. Daraxt har kuni o'sadi, lekin sen buni sezmaysan.

Aquli qovli hali va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malaka tuhiy sonli va ala nabi ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima va assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashEy yoshlar shoshilmanglar (2026)