Maviza
—Qoralama18 daq

Ey yoshlar shoshilmanglar (2026)

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
18:03
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmatuhu onas da'inuhu onas daofuhuru. Va la o'zovillahi min shu'rur yanf husina, va min sayyi'ati an malina, man yahdihillahi falah mudiralalar, va man yuzli hu falah hadiyalar. Mana shuhratulloh ilayhi illalloh va hidahular shar'i ikkala. Mana shuhratullo anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lu va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillah, vassalatu vassalamu ala rasulillah, amma ba'd. Ey yoshlar, shoshilmanglar. Yashashga shoshilmangilar, boylikka shoshilmang lar. Mansabga shoshilmanglar, mashhurlikka shoshilmangilar. Hamma mendan o'zib ketdi, men orqada qolib ketdim degan hisdan qutilish. Bu suhbatlar asosan yoshlarga qaratilgan. Ummatni kelajagi, bizni ertangi kunimiz bo'lgan, ertangi kunimizni egalari yoshlar.

Bu mavzuga kirishdan oldin bitta narsani aytib qo'yishimiz kerak. Sizga chiroyli, yaxshi mashina yoqadimi? Yoqadi. Sizga hashamatli uy yoqadimi? Tabiiy. Oilangizni farovon yashashini, biznesingizni o'sishini, daromadingizni ko'payishini xohlaysizmi? Albatta. Bu normal odamning holati. Normalniy odam mana shu narsalarni xohlaydi. Mana shu narsani xohlashlik ayb emas.

Biz sanab o'tgan narsalar hammasi insonga chiroyli bo'lib ko'rinadi. Bir odam menga chiroyli mashina yoqmaydi desa, yolg'onchi u. Men bir hashamatli uyni xohlamayman desa, ishonmang unga, olib qochyapti u. Chunki siz bilan biz yaratgan parvardigor olam bu narsalar haqida nima degan? Astaydi billa. Zuyunalindan si xobbush shahavat.

Odamlarga ziynatli qilib ko'rsatildi. Nimalar? Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum uyum oltin kumushlar, sara otlar, chorvalar va ekinzorlarga bo'lgan muhabbat ziynatli qilib ko'rsatildi. Demak, insonni, har qanaqa insonga bu narsalar yoqadi, uni ko'ziga chiroyli ko'rinadi. Va bu normalniy holat. Ayb past. Demak ziynat ziynat. Uni chiroyli ekanligini ko'rishing gunoh emas. Dunyoni mana shunday jozibasini, chiroyini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham inkor qilmaganlar. Abu said al hududiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda aytilinadi. Innat dunya hulvatun hadiratun. Va innalloha mustahlifukun fihha fayanduru kayfata amalun. Albatta deyaptilar Rasululloh, dunyo shirin va yam yashildir. Alloh sizlarni unda o'rinbosar qilib, qanday amal qilishinglarga qaraydi. Qarang, Payg'ambarimiz dunyoni yam yashil ekanligini aytyapti, chiroyli ekanligini ayutyapti. Demak, muammo dunyoni ko'zingga chiroyli ko'rinishida emas.

Muammo, dunyo ko'zingga chiroyli ko'rinishida emas, muammo bunda emas. Muammo ana shu chiroyli dunyoga qalbingni qul bo'lib qolishida. E, million emas, milliard toping. Trillion toping, kvintillion toping, milliy milliy million toping. Qaysi raqamda bilasiz eng katta? O'shancha pul toping, faqat qalbingizda bo'lmasin u, qo'lingizda bo'lsin. Tushunarlimi?

Alloh taolo aytadi, istadibillar, al ma'lu va al banuna ziynatul hay'at i dunya. Moli dunyo va farzandlar dunyo hayotining ziynatidir. Demak, insonni qo'lida moli dunyosi katta bo'lib, farzandlari ko'p bo'lsa, bu odamni hayoti chiroyli bo'ladi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ana simni molik roziyallohu alayhuni haqqiga duo qilganlar. Allohimni aktri malahuu valadahuu va barikilahuu fiy ma'a qoytahuu. Parvardigor, uni, ana simni moligini, moli va farzandlarini ko'paytir va unga ato qilganingda baraka ber. Pulini ham ko'paytir, bolasini ham ko'paytirdi. Payg'ambarimiz so'rab beryapti shu sahobaga. Demak, bu yomon narsa emas. Pul bilan farzand yomon narsa emas.

Bu suhbatlarimizni avvalada aytib qo'yamizki, ukalar, biz dunyoni xohlamanglar de ekanimiz yo'q. Biz dunyoni o'zini o'rniga qo'yinglar demoqchimiz. Biz sizlarga boy bo'lmanglar demoqchi emasmiz. Katta narsalarni orzu qilmanglar demoqchimizmiz. Yaxshi mashina minmanglar demoqishimizmiz. Chiroyli uy qurmanglar demoqshimiz. Katta biznesda tarqilinglar demoqchi emasmiz. Yo'q, bunaqa demoqchi emasmuz. Chunki islom yalqovlikka chaqirmaydi. Halol boylik birodarlar yaxshi narsa. Kasb o'rganish yaxshi narsa, katta katta proyektlarga qo'l urishni yaxshi narsa! Oilasini ta'minlash, bekamuz ko'z ushlash, uy joy qilish, farzandlarni o'qish uchun yaxshi sharoit yaratish, odamlarga foyda keltiradigan biznes qilishlik birodarlar, bularni hammasi yaxshi narsa.

Bu narsalar yomon emas. Mana juma surasida Alloh Taolo nima deydi? Endi qachonki namozni o'qib bo'lsanglar, juma namozini o'qib bo'sanglar, yer yuziga tarqalinglar va Allohning fazlidan istanglar. Jumani o'qib bo', bo'lganingdan keyin, farzni bajarib bo'lganingandan keyin tirikchilik qil deyapti Alloh Taolo. Endi u yog'ini eshiting. Obkuru alloha kathiro la'allakum tuflihum. Allohni ko'p zikr qilinglar, shoyad najot topsanglar. Namozni o'qib bo'ldingmi? Chiqib tijorat qilishingni ham ibodat.

Demak, islom mehnat, kasb, tijoratni nima qilmaydi? Rad qilmaydi, man qilmaydi. Lekin oyatni oxiridagi muhim narsa, rizq izlayotgan paytingni ham Allohni unutmagin. Biz bu suhbatlarimiz orqali boylikka intilmanglar demoqchi emasmiz. Biz bu suhbatlarim orqali boylikkga shoshilmanglar demo qishimiz. Darsimizni mavzusi nima edi? Ey yoshlar, shoshilmangilar. Boy bo'lgani, mashhur bo'lgani. Mansabli bo'lgani! Hamma narsani nimasi bor?

Bu suhbatlarmizda hozir bo'lishi kerak degan shoshqaloqlikni yo'q qilish haqida gapirmoqchimiz. E undan tashqarichi, shoshilasanmi, shoshilmaysanmi, qachon bo'ladi? Alloh aytganlar bo'ladi. Zamonimizdagi yoshlarning qalbiga mana shunday bir shoshqaloqlik o'rnashib qolgan. Biroq yigirma uch yoshida mashina oldi. Menda valasapfdan yo'q. Biro yigirma besh yoshida uyini qurib, bitkazib kirdi. Menda hali uchastka ham yo'q.

Birov biznes ochib yurgizib oldi. Men hech narsa yo'q qo'limda. Biro sayohat qilib falonchi mamlakatga boribdi, o'ttiz ga kirib kirmasdan. Men hali qishlog'imizdan, shahrimizdan u yog'iga chiqqanim yo'q. Biroz qimmat telefon oldi. Men hali ham eski telefon bilan yuribman. Men yashamayapman. Shoshilishim kerak.

Va bu narsaga ota onalar ham yordam berib turadi. Mana shu kasalni rivojlantirish, rivojlanib ketishiga ota onalar ham yo'l berib turadi. Nima deb yordam beradi? Yuraverasanmi? Falonchi oshnangni qara. Qachongacha yurasan bitta shogird bo'lib, falonchini qara, bor bir chiqib bir sen ham bir tavakkal qilmaysanmi?

Bor a? O'zi haligi o'g'il bola aql xushi joyida. Yuragi bor, quvvati, shijoati bor. Allohni taniydi, ibodatda makkam. O'zi ishi yurishmayotganligiga o'zi o'ylab, nima qilsam yana yaxshi bo'lar ekan deb yuribdi o'zi. O'zi vohim yetarli uni. Yursa, otang o'zi nima qiladi, gijjilab turadi da, yuraverasanmi deydi.

Ey otalar, enalar, sizlarga ham aytadigan gapimiz shu. Shoshiltirmanglar bolalarni. Bolangiz halolmi, halol. Ibodatdami, ibodatda. To'g'rimi, to'g'ri. Mehnat qilyaptimi, qilyapti. Siz buni o'rniga aytingki, bolam, sabr qil. Sen to'g'ri yo'ldasan. Inshaalloh, yozilgan vaqtida bo'ladi. Haromga yurma, kuningga rozi bo'l. Biz seni hislamaymiz deb, siz uni qo'llab quvvatlang, podderzhka qiling uni. Yorasanmi? Qachon to'maydigan kelasan?

Siz bilan bizni hayotimizdagi muhim o'rinni egallab turgan ijtimoiy tarmoqlar. Bu ijtimoiy tomonlarda bir yo'li yomon yoki bir yo'li yaxshi deb bo'lmaydi. Ijtimoiy ta'limlar bolta yoki pichoqqa o'xshagan bir asbob bo'lib qoldi. Uni yaxshilikka ishlatsangiz ham bo'ladi, yomonlikka ishlatsangiz ham. Lekin ko'proq holatlarda mana shu ijtimoiy tanlov, odamlarni mana shu dunyoga bo'lgan hirsini, yoshlarni shoshqaloqligini kuchaytirib yuboryapti.

Birov ijtimoiy tarmog'iga o'zini sahifasiga qo'yadi. Yigirma to'rt yoshimda birinchi bir million dollarimni topdim deydi. Ding, video, uyi surding, mashinasi ding, hashamatiling, biznes o'tiradi, qarab turib haligi o'ttiz ga kirgan odam, ha bizda o'ttiz ga kirsak ham hech narsa yo'q deydi. Qo'lidagi eski telefoniga qaraydi.

Oddiyroq uyiga qaraydi, oddiyroq ishiga qaraydi, ozgina maoshiga qaraydi da. Dunyo matohida o'zidan balandroq bo'lgan odamga qaraydi da, shu onda Alloh Taoloni unga berib qo'ygan ko'pdan ko'p ne'matlari ko'zida qadri qiymatsiz bo'lib qoladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, dunyo ishlarida, dunyo matohida, o'zinglardan balandga emas, o'zinglardan pastga qaranglar.

Mana shu narsalar menda ham tezroq bo'lishi kerak deydi da, mana shu kasal qalbiga kallasiga kiradi. Mana endi noto'g'ri qadamlarda qo'yishni boshlaydi. Shoshqaloqlik, o'zi asli insonni tabiatida bor narsa. Alloh Taolo aytyapti, astaydibilla. Xuliqal insonu mina ajal. Inson shoshqaloq qilib yaratilgan. Shoshqalo'lik hammamizda bor. Kimda kuchliroq, kimda kuchsizroq, lekin hammada bor. Tushuninglar. Hamma shoshadi. Aytdim ku. Hozirgilar shoshqaloq bo'lgandek, avvalgilar ham shoshqaloq bu ham.

Ha o'sha bizni tabiatimizda bor bu narsa. Hammamizda bor shoshqaloqlik. Faqat kattalar nima uchun shoshqaloq emas desa, shoshqaloq qilib, odamni yeb bo'lgan bo'lar. Shoshmay tur deydi. Shoshmay tur deydi. Nimaga desa, bular hayot bularga dars berib qo'ydi. Biz mana shu yoshlarga shuni aytmoqchimiz. Ustaga shogird bo'lib tushgan, hunarni chorochilpa olib, ustani rozi qilmasdan chiqib ketib, baraka topib olganlar o'shancha.

Inson shoshqaloq qilib yaratilgan. Demak, insonni tabiatidagi bu shoshqaloqlik bugun paydo bo'lgani yo'q, kecha paydo bo'lg'ani yo'q. Bu shoshqaloqlik internet bilan paydo bo'lgani yo'q. Smartfon bilan paydo bo'maydi yo'q. Avval ham shoshqalog'idi odam. Qadimda ham odamlar tezroq badavlat bo'lishni xohlardi. Qadimda endi odamlar birovni otini, uyini, boyligini havas qilar edi. Ular ham shoshilar edi.

Ammo avvalgilarning shoshqaloqligi bilan hozirgilarning shosh qaloqligini o'rtasida farq bor. Hozirgilarni shoshqaloqligini kuchaytirib yuboradigan bitta omil bor. U omil avvalgilarda yo'q edi. U nima? Yigirma to'rt soat sizni mana shu shoshqaloqlikizni kuchaytirib turadigan ommaviy axborot vositalari. Qo'lingizdagi telefon, internet, ijtimoiy tarmoq. Avvallari bir boyni, boyligini havas qilish uchun, ko'rish uchun uyiga o'zingizdan chiqar edingiz. Birovni qimmat ulovini otini ko'rish uchun ko'chada yurishingiz kerak edi. Hozirmi? Mingta boyni hayotini yotgan joyingizda ko'rasiz. Ko'chaga chiqishlikni hojati yo'q birovlarni boyligini havas qilib, shoshilish uchun. Dubaydagi mashinasini ham, Istanbuldagi uyini ham, Amerikadagi biznesini ham, Shvetsariyadagi sayohatini ham o'tirib ko'rib qo'yasiz.

Va menda qachon bo'ladi bu narsalar deysiz? Inson yaratilishidan shoshqaloq ekan. Bu shoshqaloq nafs eski narsa ekan a? Lekin bu eski shoshqaloq nars yangi muhitga tushib qoldi. Bu muhit uni bugun darrov, tezroq, ko'proq deb shoshilishlikka olib borib qo'yapti.

Ko'zingni cho'zma. Istadvelar. Vala tamuddan na aynayka ila ma'mata anabihiy azvajam minhum zahrat al hayati dunya linafdinahum fi vorizqu robbiki xoyrun va abu qo. Ulardan ayrim toifalarini, deydi Alloh Taolo, sinash uchun biz bahramand qilgan dunyo hayotining ziynatiga ko'zlaringni cho'zma.

Chunki, qarang, Alloh Taolo qarama demadi. Inson qaraydi, ko'radi va hokazo, uni man qila olmaydi. Lekin ko'zingni qadavoma, ko'zingni cho'zma, qalbingni bog'lay olma. Muammo ko'zni cho'zishda. Qalbni ana shu narsaga bog'lab olishda. O'zingni hayotingni, o'zingni qadri qiymatingni shu dunyo matohi bilan o'lchashni boshlaganingda. O'zing qo'lingda dunyo bo'lmagandan keyin, past sanay boshlaganingda! Yana bitta qaytarib beraymi? Muammo ko'zni cho'zishda. Muammo qalbni ana shu dunyo matohiga bog'lab qo'yishda. Muammoni o'zingni mana shu dunyo matohni bilan o'lchashingda qadringni. Muammo meni qo'limda hech narsa yo'q, demak men hech kim emasman deyishni boshlaganingda.

Avval ko'z qaraydi, qalb taqqoslaydi, keyin nafs xohlaydi, keyin inson norozi bo'ladi. Qarang, Alloh Taolo bir bandani rizqini keng qilgan bo'lsa, biz bittasinikini tangroq qildi. Nima, Alloh qodir emasmidi hammani bir xil boy qilib qo'yishga? Qodir edi. Nimaga unda bor, nimaga menda yo'q? Mana shu taqdirga norozilik. Alloh Taolo aytadi, istadibilla, nax nu qolsam na bayna hun maishatah hun fil hayatid dunya, varofa'na abaduhun favqa ba'din darajat. Ularning hayoti dunyodagi maishat tirikchiliklarini ham, ularning o'rtalarida biz o'zimiz taqsimlaganmiz. Uni boy qilgan, seni faqir qilgan kim?

Endi unda bor, menda yo'q deydimi? Qanday qilib bo'lsa ham tezroq topishim kerak degan fikr paydo bo'ladi. Halol yo'l uzoq bo'lib ko'rinadi. Sabr og'ir bo'lib ko'rinadi. Mehnat sekin ko'rina boshlaydi. Shuning uchun haromning eshigi noto'g'ri o'lchov, noto'g'ri tushuncha, noto'g'ri qarash sababli ochiladi. Tushunarlimi?

Jobrim Abdulloh roziyallohu anhudan. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ayyuhannas, ittaqullohu ajmiluf ittalab. Ey odamlar, Alloh'dan qo'rqinglar va rizq talab qilishda go'zal yo'l tutinglar. Fa inna nafsam lan tamota xatta tastofiya rizxo ha va in abitua anha. Chunki hech bir jon o'z rizqini to'liq olmagunicha o'lmaydi, garchi rizqi kech kelayotgan bo'lsa ham.

Rizqi kechkayotgan bo'lmasa ham, shu kechkayotgan rizqni olmay turib o'lmaydi. Fattaqulloha va ajmiluhi to'lab, hud'u man halla va da'u man haruma. Bas, Allohdan qo'rqinglar, rizq talab qilishda go'zal yo'lni tutinglar, halolini olinglar, haromini tark etinglar. Ibn Mojjiddin. Mana, mana shu hadis shoshqaloq yoshlarga kerak bo'lgan to'g'ri tushunchani beradi. Nima edi u tushuncha? Rizqning kechkishi haromga kirish uchun ruxsatni bermaydi. Hozir yurib ketmayaptimi ishing? Hozir qo'lingga katta pul kelmayaptimi? Bu degani haromni ishni qilaver degani emas. Rizqning kechikishligi haromga kirish uchu ruxsat emas.

Alloh aziz va jalobachalarimizni mana shu kasbiy korda halol bo'lishlikka, rizq talabidan shoshilmasdan yashashligimizni o'zi tavsiya bergan bo'lsin. Aqulu qovli hada va astag'firulloh ili valakum. Innallohu va malakatu hyu sollu ala ala nabi ya yuhalladin a'manu sollu alayhi vasalli mutaslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashEy yoshlar shoshilmanglar (2026)