Maviza
—Qoralama15 daq

Mo'minlar onalari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
15:00
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Ala aqibatu lil mutaqin. Vassalomu alayhi vasallamu ala saidina muhammad sodiqul va'adil amin. Va ala alihi va suhadiyhi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Hadichonamiz roziyalloh marhaning serratlarini o'qishligi va keyingi darsimiz.

Hadicha roziyallohu anhu rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nima xursand qilsa, shu narsaga hadicha onamiz xursand bo'lardi. Payg'ambar alayhissalom xiro g'origa chiqib, uzoq kunlar, paydarpay kunlar qolib ketishiga ham hadicha onamiz sabr qildi, rozi bo'ldi. Ayollar bor, bir kun er yo'q bo'lib qolsa, ikki kun yo'q bo'qib qolsa, uyda uzoq o'tira olmay qolsa, rashk qiladi, g'alva qiladi, erini mashaqqatga kirgizadi. Ammo hadicha onamiz rasulullohni ko'yni nimani xohlasa, shu narsaga tamomiy rozi bo'lar edi. Albatta bu mo'mina ayol uchun chiroyli bir ibrat. Modomiki payg'ambarimiz bir narsaga xursand bo'ladimi, shu narsani Hadicha onamiz albatta qilar edi. Bu Hadicha onamiz, Rasululloh mana xir og'orida uzoqroq qolib ketsa, bezovta bo'lganidan xizmatchisini yuborar edi. Xabar olib kelishlik uchun ayrim rivoyatlarda o'zi chiqib borganligi haqida ham bir xabarlar beriladi. Rasululloh nimani yaxshi ko'rsa, Hadichonimiz shuni yaxshi ko'rar edi. Nimani yomon ko'rsa, uni yomon ko'rar edi da.

Agar Alloh Taolo bir mo'min kishiga soliha ayolni bergan bo'lsa, bu Allohning bu kishiga bergan hadiyasi. Mana shu oqila, rashiyda bo'lgan ayol, Hadicha onamiz roziyallohu anhoh payg'ambarimizga juft bo'ldi. Va Allohni payg'ambariga bizga payg'ambarizga bergan in'omi hadiyasi bo'ldi. Har bitta musulmon Allohdan so'rashligi kerak. Oqila, solih, karima, rashida bo'lgan ayolga Alloh uni duch qilishligini. Chunki aytganmiz, payg'ambarlarimiz aytganlar, dunyoni hammasi o'zi bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayol debdi. Esimizdan chiqmasin yigitlar. Yigit kishini baxti to'rtta narsada. Keng hovlida, yaxshi qo'shnida, foydali markabda va soliha ayolda. Alloh taolodan so'raylik mana shunday soliha ayolni.

Izzat nazarda ta ilayh as sorotga. Va ida amartaha ato atka, va ida g'iybataha hafazatka fiy malika va nafsika. Bu soliha ayolni qanaqa belgilari bor? Qarasang, ko'zingni quvontiradi. Buyursang, itoat qiladi. Agar yo'q bo'lsang, seni molingni ham, o'zini sharafini ham himoya qiladi. Mana asarlarda keltiriladi.

Ma akromahunna illa karim. Ayollarni faqatgina karim inson hurmat qiladi. Vala ahanahunna illa la'im. Ayollarni faqat xor, pastkash kishigina xorlaydi. Chunki sendan zaifda. Zaifligini ko'rib turib, quvvatliligini bilib turib, ustida hokim ekanligini bilib turib xorlayapsanmi ayolingni? Demak sen la'im, pastkash insonsan.

Yag'libna kulla karimin va yag'libna xunna laimin. Ular ayollar. Karim kishini yengib qo'yishadi doim. Endi laim, pastkash inson doim ayollarni yengadi. Nima degani? Bu degani, oliyjanob erkak, karim sifat egasi bo'lgan erkak, xotin bilan teng bo'la olmaydi. Bo'pti deb qo'yadi.

Demak, karim odam xo'p deb qo'yadimi? Ha, bu degani bolni bilganingni qilaver degani emas. Fe'li kelib qoladi, injiqligi tutib qoladi, qaysarligi tutib qolgan paytda erkak kishi teng bo'lolmaydi xotin bilan. Demak, xotinlar karim insonni yengadi. Endi pastkash insonlar doim ayollarni yengadi. Erkak kishi xo'p deb qo'ysa chi, yoki sekin ko'chaga chiqib ketib qolsa, tal'a degan so'zni aytishga to'g'ri kelmaydi.

Erkaklar og'ir bo'lmaganligi uchun, erkaklar karim bo'lmaganiga uchun oilalar ko'p buzilyapti, tez buzilyapti. Tushunarli ekan ukalar? Baland bo'linglar. Kuchinglar bilan uribmas. Ana shu bobillar bergan paytda bo'pti xotin kishilar deb turib, sekin ko'chaga chiqib ketaveringlar. Ularni laim inson yengadi. Men laim bo'lib, yengishdan ko'ra, karim bo'lib, mag'lub bo'lishni yaxshi ko'raman. Bu degani xo'p deb qo'yib yuboraman deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Qur'on ramazon oyida nozil bo'ldi. Innna anzalla hufe laylatin mubarakati innna kunna mul dirin. Albatta biz uni Qur'onni bir muborak, barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat biz ogohlantiruvchi bo'ldik. Mana ramazon oyidagi muborak qadr kechasida Qur'on nozil bo'ldim. Mana shu kechada birodarlar samo amini bilan yer amini uchrashdi. Samo amini, G'ibriyla amin. Yer amini, Muhammad sodiq, Muhammad amin. Innna anzallan hufiy laylatil qodir. Va man adroka man laylatul qodir laylatul qodri xoyrun min alfi shahri. Albatta biz u Qur'onni qadr kechasidan nozil qildik. Ey Muhammad, qadr kechasi nima ekanligini siz qayerdan bilar edingiz? Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir.

Shahru ramadon alladiy umzinglar fi hilquran xudan lin nasiba bag'inati minal huda val furqon. U sanoqli kunlar ramazon oyidurki, deydi Alloh Taolo. Bu oyda odamlar uchun hidoyat bo'lib va hidoyat va furqonning ochiq oyatli bo'lib Qur'on nozil bo'ldi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabr alayhi vasallom quchoqlab mahkam qisdi uch marta. Ya'ni ey Muhammad, siz uxlayotganingiz yo'q. Siz uyg'oqsiz. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam Jabro' alayhi vasallami faqat ko'zi bilan ko'rmadi, balki jasadi bilan ham his qildi. Bu samo amini bilan yer aminining uchrashi edi. Birodarlar, dinimiz o'qi kalimasi bilan boshlangan. Dinimiz ilm dini. O'qishlik kerak, ilm o'rganishlik kerak. Chunki talab u la ilmiy fariza tun alla kunli muslimin va muslimating deganlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Erkakmi, ayolmi, musulmonmi, ilm o'rtanishlik farz. Ilm o'rganishlik farz.

Hadikjonimiz roziyallohu anho ham hamma ayollardaqa bir oddiy ayol edi. Mana o'tirib, akalar, bir yarim ming yildan keyin o'tiribmiz, shu voqealar bo'lganidan keyin. Payg'ambarimizga turmushga chiqqaniga, vahiy tushganiga bir yarim minginchi yilga yaqin vaqt o'tdi. Mana shu masjidda yig'ilib o'tirib, siz bilan biz hadichonamizni eslab zikr qilyapmiz. Nima uchun? Nima uchun qilgan ishlari, mavqiflari uchun, ko'rsatgan qahramonliklari uchun. Millionlagan ayollar dunyo kelib ketyapti. Yeyapti, ichyapti, uxlayapti, tug'yapti, baraka qilyapti. O'tib ketyapti vaqti kelib. Kim eslayapti ularni?

Biz ham vaqt soati kelib hammamiz ketamiz. Bizni kim eslaydi? Bizni nimamiz bilan eslaydi? Qilgan sog'lik amalimiz bilan, qoldirib ketgan izimiz bilan. Ayol kishi doim eri yonida turishini xohlaydi. Doim.

Ammo Hadicha onamiz, Payg'ambarimiz g'origa chiqib ketganda qarshi bo'lmas edi. Chunki boya aytib o'tdik. Hozir aytib o'tdingiz. Payg'ambarim nimani xohlasa, Hadicha onamiz shuni xohlar edi. Nimani yaxshi ko'rsa, shuni yaxshi ko'rar edi. Nimani yomon ko'rsa, eri yomon ko'rganligi uchun bu narsani yomon ko'rar edi va eriga itoat qilayotganligi bilan o'zini baxtiyor his qilar edi. Mo'mina muslima opalarimizga aytadiganimiz, ey opalar, eringizni rozi qilayotgan bo'lsangiz, xursand bo'ling. Eringiz sizdan rozi bo'layotgan bo'lsa, o'zingizni baxtiyor his qiling. Chunki sizdan robbingiz rozi bo'lyapti. Chunki sizdan robbingiz rozi olyapti. Qo'ni qo'shnilarni roziligini deb turib, erni jahlini chiqarib, mahalla ko'yidan orqada qolmang, ularni rozi qilay deb turib, erdi qahrini keltirib, undirayotgan opalar, ehtiyot bo'linglar. Chunki robbilar sizlardan norozi bo'lib turibdi. Mana shu holatda jon chiqib ketib qolmasin.

Ayol kishi yo erini Allohninng roziligi yetishiga yordam beradigan ko'makchisi bo'ladi. Yoki Allohni roziligi yetishlikdan erini to'sadigan bir mashaqqat to'siq bo'ladi. Alloh Taolo solih ayol bilan ruxsatlantirsin. Er xotin qachon saodatli hayot kechiradi? Qachonki er ham, xotin ham Robbisini tanisa. Nimaga kelganligini bilsa, nima uchun yashayotganligini bils a, oqibatda qayerga borishligidan xabardor bo'lsa, inega shu xotin eriga tikka qaramaydi.

Bor yo'g'iga inega sabr qiladi. Chunki ozgina sabr qilay, kun o'tib ketyapti ku, shunaqa tez. Umr ham o'tib ketib qolar ekan, kecha turmush qilganimizga o'n yil bo'luvdi, mana o'ttiz yil bo'libdi. Mana qirq yil bo'libti, ellik yil yashayapmiz deydi da, umr o'tib ketayotganligini his qiladi. Lekin eriga tikka qaramaydi birodarlar. Er ham, xotin ham qachon soatlik hayot kechiradi? Ikkalasi yelkasidagi vojibda nima ekanligini tushunsa.

Alloh Taolo Qur'ondan marhamat qiladi. Ista aynuvillar. Innna arodin al amanata ala samavati val ardi val jibali fa obayna in yahmin naha va ashfoqnamin ha va hamma lahal insan. Albatta biz bu omonatni, deydi Alloh Taolo. Ya'ni shariat islomiyadagi toat ibodatlarni. Osmonlarga, yerga va tog'u toshlarga ko'ndalang qilgan edik. Ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar, undan qo'rqdilar. Osmonlar, yer, tog'u tooshlar bu omonatni ko'tara olmaymiz deb qabul qilishni xohlashmadi. Chunki og'ir edi bu, qiyin edi bu. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Inson bo'yniga olib oldi. Senga ixtiyorimiz bilan bo'ying sinib, tot ibodatda bo'lamiz deb bo'yniga olib oldi. Biz bo'ynimizga olib oldik.

Har bitta odam odam bolasi ekanmi? Ana shu omonatni bo'yniga olgan. Bu nimaga omonat edi? Allohga ibodat qilish, Allohga qulchilik qilishlik haqidagi omonat edi. Ana shu omonatni bo'yniga olgani uchun odam bolasi yer yuzidagi birinchi maxluq. Ana shu omonatda bo'yniga olganni uchun Alloh Taolo osmoni yerdi odam qo'liga, odam farzandlarini qo'liga bo'yn sindirib qo'ydi.

Qabul qildim deydi erkak kishi. Omonatmi? Falonchini o'g'li falonchi, falonchini qizi falonchini qabul qildingizmi desa, qabul qildi. Omonatmi shu? Qabul qildingizmi? Xo'p, falonchini qizi, falonchi, falonchini o'g'li falonchiga o'zingizni bag'ishladingizmi? Bag'ishladim. Omonatmi bu? Qanaqa omonat? Qanaqa oborotni bo'yniga olyapti?

Nima, kayfiyati qanaqa bu ayolni omonatini? A bu yerda erkak kishiniki tushunarli, yediradi, ichiradi, tom qilib beradi, xullas shu. Eriga itoat qilishlik haqidagi omonat edi. Shu erimni rozi qilaman men degan omonat edi da. Agar bu muslimalar erga teyapti, mana shu omonatni yelkasiga olayotganligini his qilsa, umrini oxirigacha shu ish bilan mashg'ul bo'ladi. Ko'chadagilarni ko'chadagilar roziligini istamaydi.

Demak omonat bor ekan erkakda ham, ayolda ham. Xatta rasulullohi sollallohu alayhi vasallam fil ardi arba'ta xututin. Qoli atadrunna ma'hada. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yerga shunday chiziq chizdi da, to'rtta, to'rtta chiziqda chizib turib, bu nima bilasizlarmi dedi. Sahobalar allohu va rasuluhu alam, alloh va rasuluh bilan uchroq deyishdi. Shunday payg'ambarimiz aytdilar. Jannat ayollarining afzallari, Hadicha binti Xuvaylid. Fotima binti Muhammad, Osiyo binti Muzahim va Maryam binti Imron roziyallohu anhun najmaiyni. Mana jannat ayollarining saidalari, yer yuzida kamol topgan to'rtta ayol. Habicha onamiz, Fotima onamiz, Osiyo Muzahimning qizi hamda Maryam bintiy Imron.

Er xotin bir birini to'ldiradi. Bu Alloh Taoloning xohishi, maxluqotlardagi sunnati. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam birinchi marta gibrid bilan uchrashib, qattiq qo'rqib, qalbi xavotirga to'liq, titrab uyga kirganida, Hadichonimizga bo'lgan ishni aytib berdi. Kirishiga payg'ambarimizdan nima bo'ldi, nima bo'ldida vahima qilmadi. Ba'zida jim turishlik, birodarlar, kamolot hisoblanadi. Ba'zada kerak bo'lmaganda gapirishlik, nuqson bo'ladi. Rasululloh o'ziga kelib olgunicha hadichonamni savolga tutmadi, teq qo'ydi. Zammeluniy, zammeluniy, meni o'rab qo'yinglar dedi. O'rab qo'sydi payg'ambarimiz. O'ziga kelganidan keyin so'radi. So'ngra eshitganidan keyin payg'ambar alayhissalomni qalbiga taskin beradigan so'zlarni aytdi.

U zot, sizlar hamdam bo'lishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratishi va o'rtalaringizda oshinolik va mehr muhabbatni paydo qilishi uning oyatlaridan bir oyatdir. Demak, er xotin, bir biri bilan nikohlanarkan, bular bir biriga hamdard, hamdam bo'ladi, hamda oshinollik, mehr muhabbat paydo bo'ladi. Turmush qurishdan maqsad shu. Turmush quriishdan maqsadi shu. Erkak kishini kuchaytmaydigan ishlar bor. Mana shu kamchiligini xotin to'ldiradi. Endi xotin ko'chaga chiqib erkak qiladigan ishni qilolmaydi. Ko'chani mehnat mashaqqatiga bardosh berolmaydi. Erkak kishi mana shu tomonni to'ldiradi. Demak, ayol bilan erkak bir bir nima qiladi? To'ldiradi, bir ikkinchisini kamchiligini to'ldiradi va qul qovli ha da va astag'firulloh alayhi valakum, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashMo'minlar onalari