Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin vala aqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqov va'dil amin va ala alihi va as saihiy ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Haqiqiy najot, haqiqiy yutuq, Alloh Taolo senga yuklab qo'ygan ishni bajarganingda senga yetadi. Inson qachon katta yutuq yetadi? Alloh unga yuklagan vazifani chiroyli suratda ado qilganda. Inson Alloh unga yelkasiga nima yuklaganligini qayoqdan bilsin, agar Robbisini tanimasa. Atrofimizda dindan uzoq, ibodatdan uzoq, havoyi nafsiga qul bo'lib yurgan qancha qancha aka ukalarimiz bor. Bular o'zlarini yelkasida qanday omonat, qanday yuk borligini his qilmaydi, bilmaydi. Shuning uchun g'ofil yuribdi bular. Masalan, bir xalqni ma'lum bir ilmga muhtojligi bo'lsa, bir xalqning ichida bir ilm yo'q bo'lsa, o'ziga mamlakatga bitta ichidan bolani chiqaradi da, shuni borib besh yilmi, o'n yilmi o'qitadi. Besh yil, o'n yillik.
Shu bolani borib o'qib, shu ilmni olib, qaytib kelib xalqni ichida xizmat qilishligi uchun, xalqiga shu ilm bilan foyda keltirishligi uchung. Va bu bolani borish kelishi, yemog'i chumog'i, yotishi, kiyishi necha yil bo'lsa, xalqini hisobidan bo'ladi. Endi agar bu yigit xalqi uni yelkasiga nimani uylab jo'natganligini his qilsa, bir kunini ham bekor o'tkazmaydi. Chunki xalqimni hisobidan kun ko'ryapman bu yerda. Ertaga mendan so'raladi, ilm o'rganib borishligim kerak. Xalqimga foydam tegish kerak degan mas'uliyatini his qilsa unutmagan bo'lsa ishlaydi. Agar mana shu mas'uliyatini his qilmasa, kayf safoga berilib ketadi. Siz bilan bizni birodarlar, yelkamizda bir katta mas'uliyat bor. Chunki har bittamiz bittadan xonadonni egasi bo'ladigan bo'lsak, mana shu xonadonni qiyomat kunida Alloh Taolo bizdan hisobini so'raydi.
Bizni yelkamizdagi mas'uliyat nima edi? Mana shu oilani tarbiyasi edi. Ayolni, farzandlarni. Allohdan qo'rqadigan qilib tarbiya qilishligida, agar shuni qilmasak, xuddi boyagi bola borib o'n yil mamlakat hisobidan kun ko'rib, xalqni pulini yeb, o'qimasdan, pulni halollamasa, xoram yeganga o'xshagandek, agar siz bilan biz ham yelkamizdagi mas'uliyatni bajarmasak, farzandlarimizga allohni tanitmasak, xudda ona bolaga o'xshab qolmaymizmi?
Ko'zimizni katta ochaylik. Biz hech narsa qilayotganimiz yo'q, agar farzandlarni tarbiyasi bilan, oilalarimizni tarbiyasi bilani shug'ullanmayotgan bo'lsak. Qod aflahaman zakkaha va qod xobaman dassaaha. Darhaqiqat uni, ya'ni o'z nafsini, jonini, iymon va taqvo bilan poklagan kishi najot topdi va u jonini fisq fujur bilan ko'mib xohlagan kimsa nomurod bo'ldi. Demak, siz bilan biz nafsimizni poklagani kelganmiz. Nafsimizni poklaganikiga kelganmiz. Agar poklasak, alloh aytganday, oila tarbiyasi bilan, taqvo bilan, iymon bilan najot topamiz, ikki dunyoda. Illo xor bo'lamiz, ikki dunyoqda.
Haq bilan botir birodarlar o'rtasidagi kurash qiyomatgacha davom etadi. Mana shu haq bilan botil o'rtasidagiga kurash haqiqiy solih bandalarni qadrini yuksaltiradi, qadrini ko'taradi. Payg'ambar alayhissalom varakhatumni navfoyga jabr alayhissalom bilan ikkalasini o'rtasida bo'lgan ishni aytib berganida, varaqa aytdiki, bu dedi, Alloh Taolo musoga tushirgan nomus, ya'ni Gibril dedi. Qaniydi, yosh bo'lganimda qaniydi, qavmingiz sizni haydab chiqarganda tirik bo'lsam deb.
Payg'ambarimiz nima, ular meni haydab chiqarishadimi deb. Ha, siz keltirgan kabi narsani olib kelgan har bir kishiga albatta tajovuz qilingan. Agar sizni kunlaringizgacha yashasam, sizga yordam bergan bo'lar edim. Demak, insonni haqiqiy iymonda ekanligi, haqiqiy sabodda ekanligi, imtihon kelganda bilinadi.
Har bir zamonda, har bir makonda haq bilan botilni o'rtasida birodarlar kurash doim bo'ladi. Albatta haq tomonida kurashayotganlar ham bo'ladi, botil tomonga xizmat qilayotganlar ham boradi. Qarang, agar ahli botirlar bo'lmasa, ahli haqlar qanday yuksalar edi? Ularni, ularni saboti, rozgo'yligi, savdoligi, robbisiga bo'lgan muhabbati qayerdan bilinar edi? Faraz qilinglarda, Makkani, bir tasavvur qilib ko'ring. Birorta mushri yo'q, birorta kofir yo'q.
Tazyiq yo'q, masxara yo'q, yolg'on chiqar, yolg'onga chiqarish yo'q, xorlash, azoblash yo'q. Na hijrat bor, na badr bor, na o'g'it bor, na xandax bor. Sahobalar nima bilan yuksalardi? Mana shu sinov mashaqqatlar keldi, shu sinov mashqatlar odamlarni ajratib berar ekan. Tushuntira olyapmanmi? Demak, mana shu sinovlarni kelishligi, haq bilan botirni o'rtasidagi kurashni borligi, siz bilan bizni ichimizdagi haqiqiy sobirlarni, haqiqiy muxlislarni ajratadi.
Mashaqqatga duch kelgandan keyin, sabr qilinsa, yengilsa, shundagina siz bilan bizni sodiqligimiz, sabotimiz, ixlosimiz zohir bo'ladi. Siz bilan biz qilayotgan toatni qadrini bilamizmi? Siz bilan biz tutayotgan ro'zani qadrini bilammizmi? Siz o'qiyotgan namozingizni qadrini bildirasizmi?
Yo'q, bilmaysiz. Qachoniki uni narxini to'lamaguningizcha. Qanaqa qilib narxini to'laymiz? Faraz qiling, bir kishini harom tijoratdan katta daromadi bor. Aro zavodi bor, masalan. Yaxshi foyda tushib turadi. Allohni tanigandan keyin tavba qildi da, shart to'xtatdi. Harom tijoratni tashladi, pulini shunday tarqatib yubordi, harom pul ekan deb, kambag'al bo'lib qoldi.
Shu qilgan tavbasi uchun Alloh Taolo darrov boshqa yerdan undan ham avval, undan ham kattaroq bo'lgan mablag'ni qo'liga berib qo'ydi. Bu banda shu qilgan taovasini qadrini biladimi, bilmaydimi? Qilgan tavbasini qadriga yetadimi? Yetmaydi. Chunki kambag'al bo'lib yashab ko'rgani yo'q. Allohga solih banda bo'lishgani uchun kelgan imtihonni boshidan kechirgani yo'q!
Endi bu inson mana shu horon tijoratini qo'ygandan keyin, bir yil mashaqqatda yuradi kambag'al, ikki yil mashaqqatda yuradi. Nima uchun kambag'albo'lib qolganligini his qilsa, shunda qadriga yetadi tavbasini. Ukalar, akalar, tushunchalarimizni to'g'rilaydi. Ha bo'pti, mana namoz boshladim. Sen aytayotgan anavi sotmay qo'ydim. Ishlarni orqaga ketdi, yu deydi.
Aytuvding, Allohga tavakkal qilsang deydi. Mana orqaga ketdi ku, yuribman mana bir yildan beri bir tiyinsiz yuribman. Shu tavba deyapti. Bu nima qilish kerak edi bunga? Darrov kelishi kerak edi da. Xulosa, siz bilan biz qilayotgan toatni qadriga yetishligimiz uchun, ana shu toatni orqasidan kelayotgan mashaqqatni his qilishimiz kerak va kim uchun mashaqqat chekkanligimiz haqida fikr qilish kerak. Shunda qadriga yetamiz ekan.
Agar bir yosh yigit gunoh maqsadlardan o'zini e'tibor qilsa, ulfatlarini kayf safo majlislaridan voz kechsa, robbisini norozi qiladigan ishlardan uzoq bo'lib yursa, masjidga kelsa, darsga kelsa, tashqaridan qaraganda bu bola yoshligini bekordan o'tkazyapti da. O'ynab qol yoshligingda deydi esli akalari. Ulgaysan deydi.
Zohirida bu yigit o'zini tengqurlaridan ko'p narsalarda orqada qolib ketayotganga o'xshab ko'rinadi. Agar mana shu narsalardan o'zini man qilmasa, kimi deb mashaqqat chekkanligini his qilmasa, tog'otini qadriga yetadimi? Kim uchun shu mashaqqatlar chekilyapti? Alloh uchunmi? Alloh uchungacha mashaqqat cheksangiz, Alloh sizni hech qachon xor qilmaydi.
Qur'onga qaytamiz. Astag'firulloh. Ya ayyuha'lla dina a'manu innama'l moshirik uni najasun, fala yaqqor bo'lmas jidal harom abadamihim hada. Tushuntira olyaapman u demoqchi bo'layotganimni. Hadijonimizga nima daxli bor bular, demaysizlarmi? Hadijonamiz kim uchun mashaqqat chekkanligini his qilganligi uchun, rasulullohning xizmatida kecha yakunda o'zi turdi.
Kim uchun mashqat chekkanlikni bilganligi uchung, borib burun alloh yo'lida berib yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haj qilishigidan avvalgi yilda abubakir hajga amir bo'lib ketdi. Bu hojilar madinadan jilichligiga tavba surasidan oyatlar tushdi. Sakkizinchi yil musulmonlarni qo'liga o'tdi makka. To'qqizinchi yilgi hajda alloh taolo aytyapti ey mo'minlar, hech shak shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir. Bas, ular bu yildan so'ng masjidul haromga yaqin kelmasinlar. Demak, to'qqizinichi yil, oxirgi marta mushriklarning kelishligi, chunki arab jazirasi ta'limi mushriklar bor edi. O'ninchi yil hech kim kelmaydi.
Musulmonlar, musulmonlar alloh taoloning buyrug'iga itoat qilib, o'n ikki yilga kirgizishmadi mushriklarni. Makka musulmonlarning qo'lida, musulmon savdogarlarning biznesi o'ldi. Tijorat xira bo'lib qoldi. Allohning hukmini qilganligi uchun ishlar orqaga ketdi. Endi kim uchun bu kambag'alchilik yoki bu ziyonni ko'taryapti ular?
Oyatni qarang go'zalligini. Voy in xiftum aylatan fasavfa yu'niku mullohim insofli. Agar sizlar kambag'allikdan qo'rqsanglar, ya'ni mushriylarni kirgizmasdan ishlaringlar orqaga ketadigan bo'lsa, bilingki, yaqinda Alloh xohlasa, o'z fazli karima bilan sizlarni boy badavlat qilajak. Ha, bir yil, ikki yil tijorati o'ldi. Bir yil, ikkita yil Makkali savdogarlarning ishi orqaga ketdi, lekin Alloh Taolo ozgina vaqtdan keyin yana boy badavlat qilib qo'ydimi? Shuning uchun, xolam ishni qo'yib, ish orqaga ketgan bo'lsa, yoki halol Allohda aytganidan chiqmayman deb turib ishlar yurishmayotgan ukalar, shoshilmanglar.
Biz uchun bir yil, ikki yil uzoqqa o'xshaydi, Alloh Taolo uchun hech narsa emas. Ilm talabida yurgan ukalar, ko'zinglarni katta ochinglar. Ko'zingizni katta ochinglar, o'ylamanglar qachon bo'larkin mashina, uy, boshqa narsa. Alloh taqdir qilgan kun kalarda bo'ladi. Teng'ich tushlarini mashina minib, teng'ich tushlar dunyolat al o'tasida peshqadam bo'lib yurib, ulardan orqada qolib ketayotgan paytingizda, kim uchun shunday yurganingizni his qilib qo'ying. Agar sizlar kambag'al bo'lib qolishidan qo'rqsanglar, bilinglarki, yaqinda Alloh xohlasa, sizlarni o'z fazli karimi bilan boy badavlat qilib qo'yajak.
Biz uchun katta dars. Agar sen birodar mul'tazim musulmon bo'lsang, bir qarashda ko'p narsalardan qolib ketayotganga o'xshaysan. Ammo bu seni qilayotgan toatingning narxi. Robning huzurida seni yuksalayotganligining alomati. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ketib borarkanman ko'chada, to'satdan bir ovozni eshitdim. Yuqoriga qarasam, xiro g'orida mening oldimga kelgan farishta osmon va yer orasida turgan kursida o'tirar edi. Ba'zi qo'rqib ketdim. Uyga qaytib kelib, meni o'rab qo'yinglar, meni o'rob qo'yinglar. Dastiruniy, dastiruniy dedi.
Alloh Taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga shunday dedi: Ya ayyuha'dil muddat der. Qum fa anzer va robbaka fakab ber. Va fiyabaka fattohhir va rudza fahjur. Payg'ambarimiz to'shakka o'ranib yotar ekan, ko'rpasiga o'ranib yhotar ekan, mana shu oyatlar nozil bo'ldi. Ey liboslarga burkanib olgan zot, turingda, insonlarni oxirat azobidan ogohlantiring. Yolg'iz Parvardigoringizni ulug'lang, liboslaringizni pok tuting, butlardan yiroq bo'ling. Mana shundan keyin oyatlar endi paydarpay kelishlikni boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabror alayhissalomni asl suratida ko'rgandan keyin, o'zini Nabiy ekanligiga aniq ishonch hosil qildi. Va yelkasidagi vazifani angladi.
Gibridni ko'rdi va hidi oldi. Yelkasida qanaqa mas'uliyat borligini bildi. Biz ham bildikmi erkin bizda qanaqa mas'uliyat borligin? Alloh taolo aytadi alam nashrurahim aka sodrok vavodona anka vizrok, alladiy anqoda tohrok, varofa ana laka dikrok. Fa innama al usri yusroq, innama al usri yo'sroq. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam.
Biz sizning qalbingizni iymon va Qur'on nuri bilan keng munavvar qilib qo'ymadikmi? Va biz sizdan yelkangizni ezib turgan og'ir yukingizni olib qo'ydik. Va biz sizning zikringizni, martabangizni baland qilib qo'ydik. Bas, albatta har bir og'irlik, mashaqqat bilan birga bir yengillik ham bordir. Albatta har bir ag'irlik, mashqat bilan birgo bir yengillik hammordir.
Alloh taolo payg'ambarimizni qalbini keng munavvar qildi Qur'on bilan. Alloh taoloni payg'ambarimizga qo'ygan mas'uliyatini his qildi. Rasululloh Allohni borligini bilar edi, lekin uni rozi qilishni yo'lini bilmas edi. Siz bilan biz ham bilamiz Allohga borligini, lekin rozi qilish ni yo'lini bilamizmi? Islomga birinchi bo'lib, mutlaqo birinchi bo'ilib kirgan inson Hadicha bintuhu alayhi roziyallohu anhom. Ulamolar Hadichonamiz birinchi bo'lim Islomga kirgan inson ekanligiga ittifoq qilishgan. Ibn lasr aytadi Hadicha avvalo xalqillahi aslam bi ijmoil muslimiyni alam yetaqaddam ha rojulun vala imron. Musulmonlarning ijmosiga ko'ra, Allohning bandalari orasida Islomga birinchi bo'lib kirgan Hadicha bintuhualid roziyallohu anha dedilar. Bu haqida Qatoda, Zuhriy, Abdullohi mn Muhammad, Ibn is'hoq va boshqa ulamolar ham shu narsani aytishadi. Birodarlar, keyin Islomga yordamchilar ko'p bo'ldi.
Islom kuchga kirib, quvvatga kirib, da'vat quvvatli bo'lgandan keyin yordamchilar ko'p bo'ldi. Makka fathidan keyin qabilalar Islomga to'p to'p bo'lib kelishdi. Ammo fathdan avval iymon keltirib, Payg'ambarga yordamchi bo'lganlar bilan, fathdan keyin iymon keltirgan yordamchi bo'llarini o'rtasidagi farq katta bo'ladi. Da'vat zaif bo'lib turganda, Islomga bir yordamchilar kerak bo'lib turganday, qiyin bo'lib turgan paytda yordam berganlar bilan, Islomni ishlari yurishib ketgandan keyin yordam berganlarda farqi bo'ladi birodarlar.
Hadijonimiz roziyallohu anhoni sharafini yuksalishidan sabablardan bittasi mana shu. Birinchi bo'lib islomga kirgan, moli joni bilan rasulullohga yordamchi bo'lgan. Aquli qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.