Maviza
—Qoralama16 daq

Mo'minlar onalari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
16:28
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin va la aqibatu lin muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyidina Muhammad sodiqul va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakati. Hadicha roziyalloh anhorning hayotini o'qishlikda davom etamiz. Da'vat maydonida yurgan ayollar bor. Ayollarga ilm, ta'lim, ma'rifat o'rgatayotgan ayollar bor. Bu ayollarga eng oliy namuna Hadicha bin tuhoylid roziyallohu anhoh. Biz Hadicha onamizni hayotini o'qib borar ekanmiz, ayol kishini o'rni hayotda qanchalik muhim ekanligini har safar ko'ryapmiz va bunga amin bo'lyapmiz. Chunki agar ayol kishi yelkasidagi mas'uliyatni his qilsa, besh ma'no namozini o'qisa, ro'zasini tutsa, erini rozi qilib turib, yana ahli ilmlar birdan bo'lib turib, ayollarni o'rtasida mana shu ilmni yoyishlikka harakat qiladigan bo'lsa, birodarlar, bu katta quvvat, katta kuch. Chunki ayollar jamiyatning yarmi. Balki undan ko'proq desak, adashgan bo'lmaymiz.

Ayollar bor, vafodor eriga, ayollar bor, bunaqa emas. Shunday ayollar ham bor. Erini ishlari zo'r bo'lganda, oshig'i olchi bo'lganda yonida turadi. Bunaqalar kam endi, lekin bor shunaqalar ham. Ishi orqaga ketsa erini, yoki ozgina bir kasal bo'lsa, yoki jamiyatdagi bir mavqeyi, hurmati orqaga qaytib qoladigan bo'lsa, tashlab ketadigan ayollar ham bor. Bunaqa ayollarni Alloh Taoloning huzurida hech qanday ulushi yo'q. Bularga hech qanday bir umid ham yo'q ularga, agar shunday qiladigan bo'lasan. Chunki. Va kayfati axudunahu, vaqot avzo baynakum ila bob, va xotna minkum minsaqon g'olido. Alloh Taolo aytadi, axir, bir biringiz bilan qo'shilib, er xotinga aytyapti, ular, ya'ni xotinlaringiz sizlardan qat'iy ahdipaymon ollarga olganlaridan so'ng, qanday qilib uni mahrni qaytarib olaversiz? Bu yerdagi minsaqon gholido kalimasiga e'tibor beramiz. Bir biringlarga qattiq ahdipaymon bergansizlar. Ya'ni sog' bo'lganda ham, kasalda ham billa bo'lamiz. Boy bo'lganda faqir bo'lganda, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham, kengchilikda ham, tochilikda ham billa bo'miz deb bir biringlarga va'da berdinglar. Bu va'daga kim guvoh bo'ldi? Alloh azza va jalla guvoh bo'ldi.

Demak, haqiqiy mo'mina ayol erini doim yonida turadi. Va mana shu ayol jannatga kirganda ham erini yonida turishlikka loyiq bo'ladi. Shuning uchun Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makkani fath qilganlarida, hijratning sakkizinchi yilida, musulmonlarni bayrog'ini Hadichonimizning qabrini yoniga o'rnatdi. Chunki hadichonimiz makkani fath bo'lishlik ni ko'rib ko'zi quvona olmaganida. Hech bo'lmaganda odamlar bilib qo'ysin. Payg'ambarimiz Hadichonimizni o'rniga, qabrini oldiga o'rnatdi bayroqni, ya'ni mana shu ayonni shu g'alabada hissasi katta ekanligini Payg'ambar biz saxovorga bildirib qo'ymoqchi bo'ldi. O'tib ketgan bo'lsa ham Rasululloh bu ayolini qilgan mehnatini qadrlarida.

Er xotin o'rtasida birodarlar vafo bo'lishligi kerak. Vafo bo'lishligi kerak. Agar erkak kishi men erkayman deb turib, xotinini mensimasam, sen kimsan, sen hech narsa emassan, men seni boqyapman, men seni kiydiryapman, sen nolsan deb tursa, bu kishi haqiqiy johil ekan. Chunki bu faqat johil kishidan sodir bo'ladigan so'z va fe'l. Chunki birodarlar, ayol ham erkakka o'xshab iymon keltiradi, savobli amal qiladi, yuksaladi, Alloh huzurida bularga ham bir xos makon bor. Faqat Alloh Taolo zaifa qilib berayotgan. Shuning uchun zaifa. Insof qilib aytaylik, farzandlarni kim tarbiya qiladi?

Jamiyatga mo'min, axloqli, insofli odamni kim tayyorlab beradi? Ayol kishi. Ayol kishi. Siz ko'chada yurasiz erkak kishi, bolani kim tarbiya qildi? Ayol kishi! Hadichonamiz. Aytish mumkin bo'lsa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vaziri edi. Vaziri edi. Ibn Hisshom shunday deydi: Hadicha roziyau va ohanho, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vaziri edi. Endi har qanday podshohga vazir kerak. Chunki mamlakatni ishini boshqarish deydi, bitta o'zi bu ishni uddalay olmaydi. Maslahat beradigan, buyurgan ishini yetkazib qo'yadigan, bir ishini borib turib nazorat qiladigan vazir kerak. Vazir qanchalik vafodor bo'lsa, ishiga sidqidildan yondashadigan bo'lsa, bu podshohni o'zini mamlakatini boshqarishligi zo'r ketadi. Hadicha onamiz tufayli Alloh Taolo Payg'ambarimizdan juda ko'p mashaqqatlarni ko'tardi. Aytdik ku, Hadicha onamiz borib burunini shunday to'kib berdi Payg'ambarni yo'lida, Allohni roziligini yo'lida.

Payg'ambarim ko'chadan siqilib kelganda ko'nglini ko'taradigan kim edi? Hadicha onamiz edi. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadichonamizning ko'magi juda ham katta bo'lgan. Birodarlar, hayot qiyin narsa. Hayot muammolari ko'p bo'lgan katta bir ko'cha. Erkak kishi mana shu ko'chada qiynalib mashaqqat bilan kelar ekan, agar ayolidan unisni mehrini topsa, bu mashaqqatlarni yengishligi, bularga sabr qilishiga oson bo'ladi. Agar eri xotin o'rtasida iymoniy aloqa bo'ladigan bo'lsa, bu xonadonni hayotdagi mashaqqatlar yengishi oson bo'ladi. Topkasiz ham xursand, top kemasiz ham xursand. A bersangiz ham rozi, a bermasangiz ham rozi. Bunaqa ayol ne'mat, birodarlar.

Robbana, atina, fid dunya, hasana. Parvardigorlar bizga dunyoda hasanot bergin. Va fil axiroti hasana. Oxiratda ham hasanot bergin. Dunyoni hasanoti deyildi ulamolar tomonidan. Soliha ayolida. O'g'il bola, agar senga mo'mina, soliha qiz duch kelgan bo'lsa, dunyo saodatiga erishib qolibsan.

O'g'ul bolani baxti katta narsada. Keng hovli. Yaxshi qo'shni. Foydali markab, yaxshi emas, foydali. Foydali markab soliha ayol. Dunya matau vahoyru matau hal mar'atu s soliha dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam imomi muslimdan.

Dunyo o'zi mato. Bu matoning eng afzali, yaxshisi soliha ayol dedi. Birodarlar, mana uylanmagan ukalar. Uylanmagan ukalar. Agarchi siz bilan biz o'zimizni haromdan saqlasak, ikki dunyoda Alloh Taolo siz bilan bizga o'zi kifoya qiladi ishlarimizga. Saodatli oila, saodatli turmush qurishligimiz uchun nima kerak bo'lsa, Alloh o'zi shu narsani yaratib beradi. Muhimi nima bo'laylik? O'zimizni pokiza saqlaylik.

Bu soliha ayollarni hayotini biz nima uchun o'rganamiz? Muslimalar, musulmon opa singillarimiz ibrat olishliklari uchun, o'zlariga namuna topishlik uchun. Bizgachi, mana bu aktrisalar, pevesalar, modellar, ha, hoji aka, rahmat. Reklamadagi ayollarimiz, bizni ayollarimizga ibrat.

Shuning uchun muslima opa singillarimizga aytadiganimiz, bizni musulmon ayollarimizga, opalarimizga ibrat muslima ayollar, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning ayollari. Hadichonamiz roziyalloh ham ho o'zini moli dunyosini Allohni yo'lida, Rasulullohning roziligi yo'lida, odamlarga haqni yetkazishlik, da'vat yo'lida sarf qildi. Aytdik, hadichonamiz qanchalik boy, badavlat ayol bo'lganligini. Shunday boy ayol Allohni yo'lida mol dunyosini sarf qilib berdi. Shuning uchun birodarlar, qo'lida ortiqcha davlat bor birodarlar, agar sizlarni qo'linglardagi davlatinglarni ortiqchasi Alloh rozi bo'ladigan yo'lga sarflanmasa, bu davlatinglarda sariq chaqali qiymati yo'q sizlar uchun.

Chunki to'plagan pulingizni ishlatmaysiz, ulgurmaysiz. Lekin o'lganingizda hamma pulga javob berasiz. Halol topdingiz, shubhalashdi, xoram aralashib qoldi. Topdingiz pulni. Sarflagancha sarfladingiz, qoldi, bolalarga qolib ketdi. Siz gunohni yelkasiga ko'tarib ketdingiz. Siz hisob kitobni yelkasiga ko'tarib ketdingiz. Yana qaytarib aytaman. Alloh rozi bo'ladigan joyiga sarflanmasa, qarindosh urug'lar siylanmasa, yetimlarni boshi silanmasa, xalqni ehtiyoji bo'lgan ishlarga sarflanmasa, bu pul sizlarni ziyoninglarga ishlaydi. Faraz qiling.

Bir ota yuragi kasal, operatsiya qilishligi kerak. To'rtta beshta mayda bolasi bor, balog'atga yetmagan. Bir oyda operatsiya qilmasa o'ladi. Pul yo'q. Endi otasining bemorligini bolalar ko'rib bilib turibdi. Bir oy ichida otasidan ajralib qolishiga ahli yetib turibdi. Hammasini ko'zi qayg'uga, g'am tashvishga to'lib turibdi. Najot yo'q. Qaysidir ahli davlat uchun arzimagan pul bu.

Ammo bular uchun katta pul. Shunda bir odam allohni bir marhamati bilan keldi da, operatsiyasiga kerakli pulni alloh uchun shunday berib qo'ydi. Bu ota operatsiyaga kirdi. Operatsiyadan yaxshi chiqdi, yuragi yaxshi bo'lib qoldi, tuzaldi. Endi farzandlar otasi tirik qolishligini bildi, bilasizmi qanaqa xursandchilik? Haligi pulni bergan odam keldi da, ko'rgani bolalarini atrofida xursand bo'lib, ko'zidagi quvonchni ko'rgan paytda, bergan puli necha pul bo'lsa ham, rozi bo'lmaydimi shunga?

Rozi bo'lmidimi? Aytaylarchi. Necha pul bo'lsayam? Chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eng afzal amal qaysi deb so'raganida, bir o'rinda undoq degan, bir o'rindabuqdoq degan, yana bir o'rinda bir musulmonni qalbiga xursandchilik solishlik degan. Ha, bu ortiqcha molni haq yo'lga, yetimlarga, odamlarning ehtiyojlariga sarflanmaydigan bo'lsa, qiyomat kunida bu pul kishini foydasiga emas, zarariga xizmat qiladi.

Erkak kishi ayolini o'zi tarbiya qiladi. Ayoli qanaqa bo'lsa, erkak shunaqa qilib o'zi tarbiyalab olgan. Agar erkak kishi hikmat egasi bo'lsa, ko'pam zo'r xulqli bo'lmagan xotinni hikmat yo'li bilan tarbiya qilib, saodatli hayot kechiradi. Endi agar erkak hikmat egasi bormaydigan bo'lsa, tarbiyali, salohiyatli, solihiy ayolni ham hikmatsizligi tufayli badxulq bo'lishiga sabab bo'lib qoladi.

Demak, xotinni kim tarbiya qilar ekan? Er o'zi tarbiya qilib oladi. Xotining qanaqa? Sen o'zing shunaqa qilib olgansan. Birodarlar, da'vat yo'li doim qiyinchilik, mashaqqatga duch keladi. Tanqid qiladiganlar bo'ladi, masxara qiladiganlari bo'ladi, hasadgo'ylar bo'ladi. Norozilar bo'ladi, maxfiy suratda seni oyog'ing tagiga cho'x kavlayotgan odamlar bo'ladi. Bu da'vat yo'lini sunnat'i. Doim shunaqa bo'lgan, doim shunday bo'lib keladi. Hammani rozi qilishlikni iloji yo'q. Irzo u nasi g'oyatun la tudrok. Odamlarni rozi qilish lik yetib bo'lmaydigan orzu. Shuning uchun birodarlar, hammani rozi qila olmaysizlar.

Hammani rozi qila olmay sizlar. Shunga tayyor turinglar. Muhim narsa bor, juda ham muhim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bilan hadichonamiz barcha mashaqqatli kunlarni birga kechirdi. Faqirona kunlar, qurashni aziyati, tazyiqlar, yolg'onchiga chiqarishlik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam toifdan toshbo'ron bo'lib qaytib keldi. Payg'ambarmiz hadichonamiz roziyallohu anho. Har bir kunida rasulullohga ko'makchi edi. Mana bitta narsa.

Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamning qizi ruhqoyya, onamiz usmonovnafxonga turmushga chiqqan. Rasulullohning ikkita qizi, ummikulsum bilan ruhqoyyani amakisi abu lahabda ikkita o'g'liga nikoh qilib xutba qilingan edi. Ikkala qizini taloq qilishgan edi. Payg'ambarimiz payg'ambar bo'lganidan keyin.

Toki Payg'ambarimizni yukiga yana yuk qo'shilsin, ozorga ozor, aziyatga aziyat qo'shilsa deb xutba qilinganda, hali bular qo'shilmagan edi. Talog'ini berishdi ikkita qizini. Hadijonimiz mana shu ikkita qizini talog'ini olib kelishlik mashaqqatini ham ko'tardi. Qarang, Rasulullohni ustiga qanaqa bir mashaqqatli kunlar kelgan. Usmoniddin afson roziyallohu anho ro'qoya Abu Lahadning o'g'lidan talog'ini olgandan keyin nikohlandi va birinchi bo'lib xabaristonga hijrat qildi. Rasululloh aytadilar, usmanova ro'qoya avvaluman hajara ila ar dil habasha va huma avvaluman hajara bag'da lutin. Usman va Ruhoyya Habayistonga birinchi bo'lib hijrat qilganlar.

Lut alayhissalomdan keyin birinchi marta hijrat qilgan kishi Usmonimnafon va uning ayoli. Birinchi hijratda borib, keyin qaytib kelishgan. Keyin ikkinchi hijrati Madinai Munavvaraga bo'ldi. Mana endi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Badr g'azodiga chiqib ketayotganida, Ruqoya, qizi Ruqoya qattiq kasal bo'lib qoladi. Usmonimni afvon ham Badrga chiqib ketayotsa Payg'ambarimiz bilan, siz ayolingizga qarab qoling dedi. Rasululloh buyurdi.

Rasululloh bilan birinchi bo'ladigan jihatga chiqishlikdan to'xtatib qo'ydi. Siz ayolingiz bilan qoling dedi. Payg'ambarimiz qoldirganligini dalili, Badrdan o'lja tushganda Usmonimni afvonga ham Payg'ambarimiz berdi. Demak, qol deb kim aytdi? Payg'ambarimizni buyrug'ini bajarib qoldi. Qizini oldida qoldi. Endi savol.

Bu ayolni oldida eri qoldi. Bu ayol Muhammad alayhissalomning qizi bo'lgani uchun qoldimi? Yo'q. Bir odam va'da berdi. Falon soatga, falon joyga yetib boraman. Masalan, masjiddagi darsga soat sakkiz yetib boraman, aniq boraman deb va'da berdi. Birdan o'g'li kasal bo'lib qoldi. Va'da bergan, bajarishlik kerak, ahdda turishlik kerak, lekin o'g'likasal bo'lib qolibdi. Nima qilish kerak hozir?

Qaysi bir musulmonni, otasimi, ayolimi, farzandimi, kasal bo'lib kosa, mana shu kishi qarab turishligi muhtoj bo'ladigan bo'lsa yu, ammo bu musulmon erkak tashlab chiqib ketsa, beparvo o'zini ishi bilan, bu odam Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning sunnatiga xilof ish qilibdi. Tushundinglarmi?

Bir kishi falon yerga boraman dedi, masjiddagi darsga, albatta boraman dedi. Va'da berdi, endi nima qilish kerak? Borish kerak. Birdan o'g'li kasal bo'lib qoldi. Endi nima qildi? Hamma narsadan avval o'g'lini parvarishi birinchi o'ringa chiqadi. Har bitta ish o'zini vaqtida birinchi o'rnga chiqadi. Ota, otasi kasal bo'lib qoldi. Onasi kasal bo'lib qoldi. Shu vaqtda robbing nima qilsang rozi bo'ladi? Va'dani qo'yib turasan, otingga qaraysan. Birodarlaringni qo'yib surasan, onangga qaraysan, somon o'rtaga oshingni qo'yab surasan, ayolingga qaraysan? Chunki kim? Oilasida bir kishi bemor bo'lib turib, ularni xizmatiga qolishi zarur bo'lib turib boshqa ishi bilan chiqib ketadigan bo'lsa, Muhammad alayhissalomning sunnatiga xilof ish qilgan bo'libdi. Aqlu qovli ha da va astag'firulloh alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh.

Keyingi darsni tinglashMo'minlar onalari