Maviza
—Qoralama17 daq

Mo'minlar onalari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
16:55
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Marhamatullohir robbil a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqul va'adil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ummat. Assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Bismillahir rohmatir rohim. Hadichonamiz roziyallohu anhoning ser'atlarini o'qishlikdagi navbatdagi darsimiz.

Qayg'u yo'li. Sayyidul xalq, habibul haq, odam farzandlarining sayyidi bo'lgan Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamni Alloh taolo imtihonlar bilan, sinovlar bilan, mashaqqatlar bilan sinadi. O'zini eng suygan payg'ambariga, eng suygan bandasiga mana shunday sinovlarni beribdimi? Endi siz bilan bizga o'xshagan odamlarga sinov kelishi, imtihon, mashaqqot kelishi, demak oddiy ish ekan. Bu dunyoni tabiati shunaqa. Sinov uchun yaralgan bu dunyo. Siz bilan biz imtihon uchun kirganmiz. Vala asr innal insana alafi husr illalladina a manavu amilu solihati va tavo asobiyu haqqi va tavo asobis sobir. Asrga qasam deydi Alloh Taolo. Innal insana alaafi husr. Albatta inson aniq ziyonda. Dunyoga kirdimi? Ziyonga kirdi. Chunki imtihon, sinov, mashaqqat, mehnat. Kimdir bu imtihondan yaxshi chiqadi, najotga erishadi, kimdir buni aksi bo'ladi. Shuning uchun musulmon odam bu dunyoga kelar ekan, bu dunyoni hikmatini, haqiqatini, mohiyatini tushunganidan keyin, dunyoni matohi kelsa, ko'p ham xursand bo'lib ketavermaydi. Endi dunyoni matoh qo'lidan ketib qolsa, bunga qayg'urib ham boravermaydi.

Unisini ham sinov deydi, bunisini ham sinov deydimi, rozi bo'ladi. Haqiqiy mukofot, haqiqiy jazo hovlisi oxiratda birodarlar. Siz bilamiz, bu dunyoga imtihonga sinovga kelganmiz. Mana o'n yilga kelib Payg'ambarlikni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin, Rasululloh suyangan ikki kishisi vafot etdi. Abu tolib vafot etdi . Abu To'lib Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko'chada bo'ladigan ozor, aziyatlardan qalqon edi. Chunki Abu To'libni hurmatidan, uni manzuratidan hayiqib, Qurayshning hamma odamlari ham Payg'ambarimizga kelib, ozor bera olmas edi. Faqatgina sayyidlar, qavmni ulug'lari Payg'ambar bizga ozor berardi, lekin to'g'rimi to'g'ri qalang'i, hasanxodamlar Payg'ambarlarimizga jur'at qila olmas edi. Ammo Abu To'lib vafotidan keyin, Rasululloh aytadilar, menga Qurayshdan aziyat Abu To'lib vafotidan keyin yetishni boshladi. O'n yilgacha ozor, aziyat bo'lgan, ammo bularni Rasululloh aziyat demayapti. Menga Qurayshdan haqiqiy aziyat Abu To'lib vafot etgandan keyin yetdi.

Har qanday odam ham yaqin bir kishisi vafot etsa, qayg'uradi. Musulmon odam ham otasimidi, onasimidi, bir yaqini vafot etsa qayg'uradadi. Ammo bu qayg'uni yengil qiladigan bir shunday bir ish borki, shunday bir kayfiyat, holat borki, mana shu g'amini qayg'usini biroz yengillatadi. Nima edi bu? Bu vafot etgan odam mo'min bo'lib vafot etganligi. Bu jannatga borishidan umidi bor ekanligi mana shu qayg'u egasini, mashaqqatini, qayg'usinini biroz yengillashtiradi. To'g'rimi? Parvardigorning huzuriga ketdi. Solih bo'lib o'tgan bo'lsa, mashaqqa dunyosidan yengillikka o'tdi, mehnat taklifot dunyosidan mukofot hovlisiga o'tdi deydi da, mana shu narsa sizni qayg'uyingizni biroz nima qiladi? Yengillatadi. Ammo Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni Abu To'libning vafotiga bo'lgan qayg'usi juda qattiq bo'ldi. Birinchidan vafot etganiga qayg'urgan bo'lsa, ikkinchidan mushrik holda vafot etganligiga Payg'ambarimiz juda qattiq bir qayg'urdi. Chunki Rasulullohni kichkinaligidan, sakkiz yoshidan o'zini uyga olib tarbiya qilgan, himoya qilgan, mushriylarda aziyatidan bir qolqon bo'lib turib bergan, Rasulullohga shuncha xizmat qilgan kishisi, yaqin kishisi mushrik holatida vafot etdi.

Mana shu narsaga Payg'ambarimiz juda qattiq achinar edi. Rasululloh amakisining islomga kirishiga juda xaris bo'lgan edi. Hatto mana shu o'lim soati yetib, oxirgi lahzalari qolganida dunyoda Rasululloh Abu To'libning huzurida turar edi. Muttafakkuna alik Said ibn Musayyib otasidan rivoyat qiladi. U kishi aytadilar Abu To'libga o'lim soatlari yaqinlashganida uning huzuriga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keldi. U yerda Abu Jahl ham bor edi.

Rasululloh Abu To'libga, ey amaki, la ilaha illalloh deng. Ana shu kalima bilan Allohnin huzurida sizni foydangizga guvohlikka o'taman. Hatto mana shu oxirgi holatida bo'lsa ham aytib qolsa, bitta kalimani rasululloh men shafodimga olaman, allohni huzuriga, sizni foydang sizga guvohlikka otaman deb turibdi. Abu Jahl esa, ey Abu To'lib, Abdulmutolibni millatidan, ya'ni dinidan yuz o'girasanmi? Dedi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kalima keltirishiga xaris bo'lib gapini qaytarib yubordi, ammo Abu Jahli ham to'xtamadi. Abu Tolibni oxirgi aytgan so'zi shu yerdagilarga. Abdulmutolibning dinida qolganligi edi. Shu so'zni aytdi, kalimani qaytarmadi, mushrik holida vafot etdi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayh va sallam mana shunda ham aytdilarki, Allohga qasam. Modomiki agar Alloh qaytarmasa meni, senga istig'for aytaman dedi. Modomiki Alloh tomonidan istig'for aymang amakingizga degan buyruq kelmagunicha, sizga gunohingizga istig'for aylaman dedi. Alloh Taolo Qur'onda oyatlar nozil qildi. Mushrikka istig'for aynib bo'lmasligi haqida.

Na kan ali nabiyn, valladina a manu an yastag'firu li l mushrikin, va la vkanu li l qurba, min ba'di ma tabayyanalahum annahum as habul jahim. Na Payg'ambar, va na bu mo'minlar, agar mushriklar qarindoshlari bo'lsa ham, ularning do'zax egalari ekanliklari aniq ma'lum bo'lganidan keyin, u mushriklar uchun mag'firat so'rashlari joiz emasdir. Demak, mushrik holda o'tgan odamni haqqiga istig'for aytib bo'lmaydi. Payg'ambarimizga mana endi kurashdan haqiqiy aziyatlar yetishlikni boshladi.

Ko'ring, har bir odam o'zini e'tiqodiga o'zi javob beradi. Agar Payg'ambarni bolasi bo'lsa ham, otasi hech narsa qilib bera olmaydi. Payg'ambarni amakisi bo'lsa ham Payg'ambar hech narsa qilib bera olmaydi. Har bitta odam aqidasi uchun yolg'iz o'zi javobi beradi. Shuning uchun aqida masalasini aniq, ravshan, tiniq o'rganib, e'tiqodlarimizni, aqidalarimizni to'g'rilab olishimiz kerak.

Payg'ambarimiz Qurayshni yangi Islomga da'vat qilishni boshlaganida o'zini urug'ini yiqqan edi. Aytgan edi ey Quraysh jamoasi yoki shunga o'xshash so'z, o'zinglarni Jahannam o'tidan qutqarib olinglar. Sizlar uchun Allohni huzurida biror narsa qilib bera olmayman. Ey Banu Abdumannof, o'zinglarni Jahannamdan qutqarib olinglar. Allohni huzuriga borganda sizlarga bir narsa qilib bera olmayman. Ey Abbosiddin Abdulmutto'lip, amakisi. O'zingizni Do'zaxdan saqlab oling. Allohni oldiga borganda hech narsa qilib bera olmayman. Ey Sofiya bint Abdulmutto'lib, Rasulullohning ammasi. O'zingizni jahannamdan saqlab oling. Qiyomat kunida men hech narsa qilib bera olmayman. Ey Fotima bint Muhammad, o'zining qizi, eng yaxshi ko'rgan qizi.

O'zingizni jahannam o'zidan qutqarib oling, qiyomatda men hech narsa qilib bera olmayman dedi. Otasi Payg'ambar bo'lgan Fotima binti Muhammadga roziyallohu anha, o'zing uchun o'zing ishlab qol, qiyomatda menga senga foyda bera olmayman deb turibdi. Ko'zimizni katta ochaylik. Ko'zimizni katta ochaylik! Abu To'lib vafot etdi. Rivoyatlar har xil uch kun deyiladi, bir oy deyiladi, ikki oy deyiladi. Muhimi, Abu To'libning vafotidan hech qancha vaqt o'tmasdan Hadicha onamiz vafot etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uydagi ko'makchisi. G'am tashvishlarini shunday bo'lib yelkasiga oladigan, u zotini ko'nglini ko'taradigan, borib burdini alloh va rasulning yo'lida sarf qilib qo'ygan eng suyukli birinchi ayoli, mo'minlarning birinchi onalari hadicha bint u huvalid vafot etdi . Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning qalbiga qattiq qayg'u kirdi. Savol.

Yaqini o'tdi, bir musibat keldi, mo'minni qalbiga qayg'u kirdi. G'amga kirdi, siqilishga kirdi. Shu gunohmi? Sabrga teskari ishmasmi shu? Yo'q, birodarlar. Bu sabrga zidmas. Bu tabiiy holat. Insonni tabiati, insonni fitrati. Alloh taolo siz bilan bizni qalbimizga qayg'u kirganiga hisob kitob qilmaydi. Bu narsa uchun siz bilan bizni jazolamaydi. Ammo mana shu g'am qayg'u kelgan paytda, tilimizdan chiqqan so'zga, tavhidga zid bo'lgan tilimizdan chiqgan so'zga hisob kitob qildi. Allohning taqdiriga norozi ekanligimizni izhor qilayotgan so'zimizga hisob kitob quladi. Lekin siqilganiga, qalbiga g'am qayga kelganiga, ko'zi yoshlanganiga hisob kitob qurilmaydi. Bu tabiiy holat. Yig'lama. Yig'lama. Allohni taqdiriga norozimisan? Yig'lama. Bardam bo'l deydi yonidagi anaqalari. Enasi o'ldi uni. Otasi o'ldi, yig'laydi u. Bolasi o'ldi yig'laydi. Yig'laganga gunohkor bo'lmaydi. Faqat hozir aytdik, tiliga javobgar bo'ladi. Sochini yulib, betini shilib, kiyimlarni yirtib, qaysi qilgan gunohim uchun seni o'rniga mana shu qilgan qilig'ingga javob berasan Allohni huzuriga.

Demak, yig'lash mumkin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o'g'illari Ibrohim kichkinalik paytida vafot etdi. Shunda Rasululloh vafot etgan o'g'ilni qo'liga olib, hidlab, ko'ziga yosh keldi. O'g'il farzandlari turmagan Payg'ambarimizni bilasizlar. Payg'ambarlarimiz aytdilar innala aynatad ma'ruf val qolba yahzanu vala naqulu illa man yurdi robbana va innala bifiroqika ya ibrohim la mahzunun albatta ko'z yoshlanadi, dedi Payg'ambarimiz, o'g'lini ushlab turib. Qalb qayg'uradi, ammo biz faqat Robbimizni rozi qiladigan so'zni aytamiz. Ey Ibrohim, sendan ajralishlikdan biz qayg'udamiz, dedi. Tushunarli ekan? Demak, g'am bo'lishligi, musulmonda qalbiga qayg'u kirishi, ko'zini yoshlanishligi, bu u uchun gunoh, ayb hisoblanmaydi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam moshiriylardan juda ko'p og'zor aziyatini eshitib, uyiga kirarkan, hadishonimiz xursandchilik bilan kutib olar edi. Tabassum bilan kutibolar edi. U zotni ko'nglini ko'taradigan so'zlarni topib gapirar edi. Shu bilan payg'ambarimizni bir qis g'amini, bir qismini olar edi. Uyiga kirib payg'ambariz rohatlanardi, huzulanardi. Haqiqatan alloh taolo hadicha onamizni payg'ambarimizga birodarlar taskin, orom o'rni qilib bergan edi. Mana shunday ayollarga allohning rahmati bo'lsin. Erini, ko'chadagi g'am tashvishlarini, yengishlikka yordam beradigan ayollarga allohining rahmati bo'ilsin. Kimda shunaqa ayol bor bo'lsa, alloh shu bandasini erkalatib qo'yibdi.

Uyiga kirganda ham tinchlik huzur halovati bo'lmaydigan erkaklar bor. Alloh insof bersin bunaqa ayollarga. Alloh insof bersin. Hadicha onamiz roziyallohu anhoh qiyomatgacha keladigan muslima ayollarga ibrat bo'ladi. Chunki kamol topgan to'rtta ayolni bittasi hadicha bintuhualid roziyallohuhu anhoh edi.

Tasavvur qiling, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam rosa siqilib, aziyatlarni eshitib, qorash islomni qabul qilmayotganligidan siqilib uyga kirganda tabassum bilan kutib oladi hadichonamizni. Men endi yo'q hadichonamiz. Shirin so'zlar bilan, samimiy tabassum bilan qarshi oladi. Mana shu narsa sababli juda ko'p g'ami ko'tarilardi Payg'ambarimizni. Shuning uchun birodarlar, uydagi ayollarimizni qadrini bilaylik. Uydagi ayollarimizni qadriga yetaylik, o'rnini bilaylik. Chunki hayotdagi katta muammolarimizni, ko'p muammolarimizni yengishlikka mana shu ayollarimiz bizga ko'makchi bo'ladi.

Mana endi rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayoli hadichonimiz vafot etdi. U zotni kelishini xursandchilik bilan kutib oladigan, u zotni qalbiga yoqadigan so'zlarni aytadigan, qalbiga taskin beruvchi so'zlarni topib aytadigan, farzandlar tug'ib bergan o'zining birinchi ayoli endi yo'q. Endi ko'chadan keladi uyga. Ana shu tanish yuzni istaydi, yo'q. Ana shu qulog'iga yoqadigan shirin so'zni aytadigan ovozni istaydi, endi yo'q, siyrat kitoblarda keltiriladi. Hadicha onamiz roziyallohu anho dunyodan ketadigan lahzalari yaqin bo'lganda, mana shu solihayol oxirgi marta rasulullohga qarab tabassum qildi.

Oxirgi marta. Yigirma besh yil turmush qilgan bo'lsa, yigirma besht yil rasulullohni xizmatida o'zi turdi. Bor burdini, mol mulkini alloh va rasulini yo'lida, haqni odamlarga tarqatish yo'lida sarf qilib berdi. Mana endi dunyodan ketadigan lahzalar keldi. Oxirgi lahzalar.

Mana shu lahzada ham payg'ambarimizga qarab tabassum qildi. Mana shu tabassum haqida aytilinadi. Ehtimol, Hadicha roziyallohu anho Rasulullohni ko'nglini oxirgi marta ko'tarmoqchi bo'lgan edi. Go'yoki dunyoda qolgan oxirgi lahzalarni ham Rasulullohni xizmati uchun, ko'ngli uchun sarflamoqchi bo'lgan bo'ldi endi. Oxirgi lahzalarni ham Rasulullohni quvontirish uchun sarflayotgan edi.

Ehtimol, Hadicha onamiz Jannatda u onamizga tayinlangan qasrni ko'rib turib, tabassum qilgandir. Chunki birodarlar, har bir mo'min dunyodan chiqib ketarkan, o'lim lahzalari kelganda, unga Jannatda beriladigan maqomi, Jannatni oladigan joyi ko'rsatiladi. Shunda u uchun o'lim eng shirin narsa egallanib qoladi. Payg'ambarimiz aytganlar, kim Allohni ko'rishini xohlasa, Alloh uni ko'rishni xohlaydi. Kim Allohni ko'tarishni xohlamasa, Alloh ham uni ko'rishini qohlamaydi. Shunda sahobalar, Rasul, o'lim bor o'rtada. O'limni hech kimimiz yaxshi ko'rmaymiz, o'limni hammamiz yomon ko'ramiz. Bu Allohni ko'rishni xohlamayotganligimiz emasmi deganida Payg'ambarimiz unday emas dedilar. Mo'min kishini dunyodan chiqib, oxiratga o'tadigan vaqt soati kelganda, unga Jannatdagi maqomi, Jannatdagi martabasi ko'rsatilinadi. Shunda mo'min uchun dunyodagi eng sevimli narsa o'lim bo'lib qoladi. Chunki shu o'limni totsa joyiga boradi. Ehtimol Hadicha onamizga va'da qilingan, ichi g'ovak bo'lgan, katta gavhar toshdan qilingan qasrni ko'rgan paytda ko'zi quvongandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eng suyukli ayoli, Hadicha bintuhu alayhi roziyallohu anhun.

Birodarlar, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhi salom kelib aytgan edi. Imom Buxoriydan, Abu Hurayra'dan. Yo Rasululloh, ana, Hadija kelmoqda. Uning qo'lida bir idish bor. Ana shu idishda yo taom bor, yo sharob bor. U oldingizga kelganida, unga robbisidan va mendan salom ayting. Va jannatdagi ichi g'ovak marvaratdan qurilgan, unda na shovqin, na mashaqqat bo'lmagan bir uy bashoratini bering.

Ehtimol Hadichonimiz shu uyni, shu qasrini ko'rib turib tabassum qilgandir. Alloh subhanah va taolo barchalarimizni mana shunday bir buyuk insonlarni hayotini o'qib o'rganib, ibratlanishlikni, muslima opalarimiz, singillarimiz, bulardan o'zlariga ibrat namuna olishligini tavfiqini bergan bo'lsin. Aqlu qovli ha da va astag'firulloh ili valakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashMo'minlar onalari