Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil alamin va la aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqul va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Al mabod, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatu. Bismillahir rohmatir rohim. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari umma xotin mo'minin roziyallohu anhunna ajma'in. Ular haqidagi navbatdagi darsimiz. Bugun inshaalloh, rasulullohning ayollaridan yana biri zaynab bintul jaxsh roziyallohu anho haqida suhbat qilgan bo'lamiz. Umul mo'minin zaynab bntul jaxsh rozeyallohu anhu. Bu onamiz, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ammasini qizi edi. Ammasi umaymaning qizi edi. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallamning hammasini qizi.
Payg'ambarimiz payg'ambar bo'lib yuborilishidan o'n yetti yil avval tug'ilgan edi. Payg'ambarimiz, payg'ambar bo'lganlarida Zaynab binti Jahsh roziyallohu anha o'n yetti yoshda edi. Bu onamiz birinchilardan bo'lib islomga kirdi va birinchilardan bo'lib hijrat qilgan kishilardan edi. Bu ayol, bu ulug' sahobiya Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zavlari mutaxaralari, umumiy mo'minlardan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqqunga qadar Zayd ibn Xorisa roziyallohu anhoning ayoli edi. Mana arab tilida ma'lo degan kalima bor. Bu nodir kalimalardan. Ma'lo degan so'z o'zini xo'jayiniga nisbatan ham aytilinadi. Ma'lo degan so'z o'ziniki quliga nisbatan ham ayta olinadi. Alloh taologa ey mavloim deyiladi. Allohga ham ishlatilinadi, ey mavloim deb. Endi shu odam quliga ham, ey mavloim deb aytadi. Demak, mavlo kalimasini bir biriga qarama qarshi ikki xil ma'nosi bor. Mavlo deganda sayyid, xo'jayin ham tushuniladi, qul, xizmatkor ham tushunilad.
Zaydiddinni xorisa roziyallohu anhu payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning mavlosi edi. Zaydiddinning xorisa zaynab binti jaxshni taloq qilganidan keyin payg'ambarimiz bu ayolga uylandi. Alloh taolo qur'onda oyatlar nozil qildi. Rasulullohga zaynab onamizga uylanishlikka buyurdi. Shundan keyin uylandi. Va rasulullohni ayollarini ichida faqat zaynab binti jaxshga alloh taolo uylaning deb buyurdi. Ya'ni samo vahiysi bilan, allohning amri bilan payg'ambarimiz bu onamizga nikohlandi. Astaydulloh, falamman qozo zaydun minha vatoro zavvojinakaha. Biz qachonki zayd undan, ya'ni zaynabdan hojatini ado qilgach, talog'ini belgach, biz sizni unga uylantirdik. Demak, kim uylantirdi payg'ambarimizni zaynab onamizga? Alloh Taolo uylantirdi. Payg'ambarimizni Sollallohu alayhi vasallam Zaynab onamizga uylanganida, Zaynab onamiz yoshi o'ttiz beshta edi. Rasulullohning vafotidan keyin birinchi vafot etgan zavjalari ham mana shu ayni Zaynab onamiz bo'ladi.
Nima uchun Alloh Taolo Payg'ambarimizni Zaynab onamizga uylanishga buyurdi? Vaholanki, Zaydini xorisa Rasulullohni maulosi o'ziga o'g'il qilib olgan bolasi edi. Buni tarixi quyidagicha. Zaynab onamizni Zayd talaq qilishligini tarixi sedad kitoblarida shunday keltiriladi. Alloh Taolo Qur'onda aytadi. Va iftaqululillatiy an'anallohu alayhi va an'an ta alayhi amsik alayka zavjak va taqillat va tuh fiy fiy nafsika man allohu mubidiyhi va taqshannasa va allohu ahakqun taqsha falamma qodo zaydun minha botoro zavvajna akaha.
Ey Muhammad, Sollallohu alaykum assalom. Eslang. Siz. Alloh inon marhamat qilgan va siz qullikdan ozod qilib, uni o'g'il qilib olishlik bilan inon qilgan kishiga juftingni o'z huzuringda ushlagin, uni taloq qilishlikdan shoshilma, allohdan qo'rqin deb, alloh oshkor qilguvchi bo'lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz. Va allohdan qo'rqishingiz haqroq bo'lgan holda siz odamlarni tana malomatlaridan qo'rqqan edingiz. Va qachonki zayd undan hojatini ado qilgach, biz sizni unga uylantirdik. Demak, zaynab bint ajashga allohning amri bilan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylandi. Tabanniy odati, tabanniy urfi shu oyat bilan bekor bo'ldi. Mana shu oyatlar tabanniy oyatlari deyiladi. Tabanniy nima?
Siz bilan bizni yurtlarimizda ham bu yoyilgan narsa va urf bo'lib ketgan narsa. Ammo mana shu narsa shariatimizga xilof, birodarlar. Tabanniy, bir kishi, bir bolani boqib oladi, o'ziniki bo'lmagan. Boqib olib, o'zimni o'g'lim deyishligi, o'zimning qizim deyishligi. Bu kishi bir bolani boqib olib, o'ziga nisbatlab olar edi. Vaholanki bu bola o'zini bolasi emas. Mana shu bola katta yeganda, shu boqib olgan odamda bolalariga nomahram bo'ladi. Agar sut emishlik muddatigacha bo'lgan bo'lmasa. Agar boqib olingan bola go'dak bola bo'lib, sut davrida shu erkakni ayolini emgan bo'lsa, uni bolalariga emikdosh aka singil bo'ladi, mahram bo'laveradi. Illo, sut yoshdan o'tgan bo'lsa, emmagan bo'lsa, katta bo'lganda, balog'atga yetganda bu boqilgan qiz yoki o'g'il nomahram bo'ladi.
Bashariy fitratga ko'ra, pokiza bashariy fitratka ko'ra, aka hech qachon singlisini xohlamaydi. Sog'lom fitratli kishi, ota hech qachon qizini xohlamaydi . Ammo kichkinaligidan bir qizni boqib olib, mana shu qiz balog'atga yetgan paytda, bu qizni, bu baho olgan erkak ham, uni o'zini o'g'li ham xohlashi mumkin. Bu qiz bu otaga ham, bu o'g'liga ham mushtaho bo'ladi. Chunki sut bilan ham yoki qon bilan ham bir emas.
Haqiqiy aka singil bir birini qoni bir bo'lganligi uchun bir birini ishtaho qilmaydi. Ammo qoni ham boshqa. Sut ham emishmagan aka singil, agar aka singil deyishi mumkin bo'lsa, bular balog'atga yetganda bunaqa sutdan ham bir bo'lmagan, sut emish orqali bir bo'lmangan, yoki qon orqali bir bo'lmagan bir o'g'il bilan qiz balog'atga etganda xilvatda yolg'iz qolish kerak emas bular.
Johiliyatda agar bir bolani kishi tabanniy qilib o'zimniki deb e'lon qilsa, o'zini o'g'liday bo'lib qolar edi. Endi ana shu paytda keng yoyilgan odatni yo'q qilishlik uchun alloh taolo payg'ambarimizga zaydimni xolisani ayoli zaynab binti jahsh talog'ini olib, iddasi chiqqandan keyin payg'ambarimga uylanishlikni amr qildi.
Bu u davr uchun juda bir og'ir holat edi. Chunki, chunki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadicha onamizga uylanganida, Zayd kichkina bola edi. Hadicha onamizni xizmatini qilib yuradigan qul edi. Payg'ambarimizga turmushga chiqqandan keyin Hadicha onamiz Zaydni Rasulullohga hadya qildi. Endi Rasulullohni qo'lidagi xizmatkor bolasi quli bo'lib yuribdi.
Zaydni otasi istab yurar edi, chunki arab qabilalari bir biriga tez tez hujum qilib, biri ikkinchisini molini, bola chaqasini shu talon taroj qilib, qul qilib, cho'ri qilib sotib yurar edi. Zayd ham mana shu qabilida qo'l bozoriga borib sotilib qolgan bo'ladi. Qo'ldan qo'lga o'tib, Hadicha onamizda turuvdi, endi Rasulullohga o'tdi. Zaydni otasi bolasini istab yurar ekan, oxiri Makkada Muhammad ismli odamni qo'lida ekanligini topdi.
Ma'lum bir mablag'ni olib, o'zini ukasi bilan Makkaga kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni topdi. Bu hali Rasululloh hali payg'ambar bo'lmagan payt. Kelib, ey Abdulmutolibni o'g'li, ey o'z qavmini saidini o'g'li. Sizlar haram ahlidansizlar. Mashaqqat egalariga yordam berasizlar. Sizni qo'lingizdagi o'g'limizni sizdan so'rab keldik. Bizga yaxshilik qiling. Mana bu fidosini olib qaytarib bering dedi. O'g'lini ozod qilgan ota pul ko'tarib keldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rauf rohim bo'lgan zot. Birodalar, hali payg'ambar bo'lgani yo'q Rasululloh.
Zaytni chaqirib kelinglar dedi. Ixtiyorni o'ziga beringlar, dedi. Agar sizlarni xohlasa, pul olmayman, ketaveradi sizlar bilan. Agar men bilan qolishini tanlasa, meni tanlagan odamni qo'yib, pulini olmayman sizlardan hech qachon, dedi. Yer yuzida birodarlar bironta bir bola, agar u qul bo'lib turgan bo'lsa, ota onang bilan ketib, ozod bo'lib yashaysanmi?
Yoki qul bo'lib qolasanmi deb so'rasa, hech qachon qulniydi, faollamaydi. Qanday qilib qulniydi, fanlashi mumkin? Zaydni chaqirib kelishdi. Rasulullohning qo'lida bir necha yil qul xizmatkor bo'lib yurdi. Mana endi otasi, amakisi kelib, ozod qilaman deb turibdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, ey Zayd, bu ikki kishini taniysizmi? Dedi. Ha, mana bu otam, mana bu amakim, dedi.
Payg'ambarimiz aytdi, zaytga meni kimligimni bilasiz, bularni ham taniyapsiz. Xohlang meni tanlab, men bilan qoling. Xohlang, otingizni tanlab, ular bilan keting dedi. Shunda zaydimni xorisa roziyallohu anh nima dedi? Bu endi kichkina bola. Shunda zayd, sizni qo'yib hech kimni tanlamayman. Siz men uchun ham ota, ham amakim o'rnidasiz dedi. Rasulullohni go'zal axloqini ko'ring, qulga qilgan muomalasi bu qulni asr qilib qo'yyapti qalbini. Qul bo'lib qolishlikka rozi olyapti. Faqat payg'ambarimizni oldidan ketmasa bo'ldi. Yana qaytarib aytamiz, hali payg'ambar bo'lgani yo'q rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Va innakal ala hulqin adin. Rasulullohni yonida turgan quli, birodarlar ketishni xohlamayapti. Odamlar bor, xo'jayinni oldida zo'rg'a turadi.
Odamlar bor. Iloji yo'q, zo'rg'o turadi, chunki tirikchilik qilishlik kerak shuni qo'lidan. Bu qanaqa rahbarlar ekan? Musulmon odamga, musulmon rahbarga kim ibrat bo'lar ekan? Sizni mansabingiz uchun hurmat qilayotganlar, sizni unvoningiz uchun huramat qilayotganilar, sizni pulingiz uchun urmat qilayotkanlar mana shu narsalardan mahrum bo'lsangiz ikki pulga olmaydi. Agar shu narsa uchun hurmat qurayotgan bo'lsa. Agar ularni qalbini haqiqiy kasb qilgan bo'lsangiz, haqiqiy muhabbatiga erishgan bo'lsangz, pulingiz bo'lsa ham, kasal bo'lsangiz ham, sog' bo'lsangiz sizni hurmat qiladi. Nima demadingiz? Demak, insondagi eng asosiy narsa nima ekan? Pulmi? Yo'q. Qul, qul. Ketasanmi desa, yo'q, qul bo'lib qolaveraman. Faqat siz bilan qolsam bo'ldi deyapti.
Shunda Zaydning otasi yorilib ketgudek bo'lib, ey bola dedi. Voy senga voy bo'lsin dedi. Hurlikni, ota onangni, oilangni qo'yib, qul bo'lishini tanlaysanmi dedi. Zayd aytdi, men bu insondan shunday bir zo'r muomalani ko'rdimki, ota onam ham bunaqa muomala qila olmaydimi? Hozir odamlar bolalariga qulga qilganday muomalani qiladi.
Chunki farzandlarim ota onalariga qulga, said muomala qilganday qiladigan bo'lib qolgan muomalasini. Zaydumiddin xorisa roziyallohu anhu xadichonamiz bergandan keyin payg'ambarimizni qo'lida qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng mehribon, rahmdil bo'lgan zot qulni qul bo'lib qolishligini xohlarmidi? Ketaman deyman da, chunki ket desa yana zulm bo'ladi, chunki qolishni xohlayapti. Mana v bir da qarang da, ixtiyor deb. Qola qol, xola ket deyapti. Agar qol men bilan desa, ehtimol qolgisi kelmay ekandir. Agar ket ota enang bilan desa,ehtimol qolgan kelay ekandir. Ixtiyorni qarang.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni Zaydga bo'lgan shafqati, mehri, muhabbati shunday qattiq ediki, Zayd qo'l bo'lib qolishlik ixtiyor qilyapti Rasulullohni qo'lida. Payg'ambarmiz bu vafoni ko'rib, nima javob qildi? Yetaladi Zaydni. Ka'bani oldiga olib keldi. Otasi amakisi erchib keldi. Hammaga eshittirib, ey qavm, eshitinglar. Zaydni men ozod qildim. U mening o'g'lim. Men unga vorisman, u menga vorisda. Men unga merosxo'rman, u menga merosxo'r dedi.
Shu kundan boshlab Zaydimni xorisa emas, Zaydimni Muhammad deb chaqirisha olgan bo'lishdi. Buni ko'rgan otasi bilan amakisi ko'ngli taskin topib, orqasiga qaytib ketdi. Islom keldi. Tabanniy oyatlari nozil bo'ldi. Bu ota o'g'illik bekor qilindi. Chunki meni o'g'lim deb qo'ygandan keyin o'zini o'g'lidaqa bo'lib qolar edi. Bu o'g'lini ayoliga uylanishiga mumkin bo'lmas edi. Shariatimiz ham shunaqa. Ota o'g'lining xotiniga uylanishi mumkin emas. O'g'il otaning xotiniga uylanishi mumkin emas. U davrda xuddi shunday hukm edi. Faqat boqib olingan bola o'zini bolasi deyilgani uchun mumkin emas edi uylanishlik.
Islom keldi. Bu hukmni bekor qildi, bu odatni bekor qild, falamma, qodo, zaydun, minha, votoro, zavvavajina aka ha. Basqachoniki zayd undan hojatini ado qilgach, zaynabni taloq qilgach, iddasi chiqqandan keyin, biz sizni unga uylantirdik. Qur'onda birodarlar faqatgina sahobalarni orasida zaydumni xorisani ismi aytilingan. Na Abu Bakrda, na Umarni, na Usmon, na Ali roziyallohu anhum ajma'in, birortasini ismi aytilmagan. Faqatgina zaydumni xorisaning ismini Alloh Taolo Qur'onda zikr qildi.
Zaydumni xorisani Zaynab binti Jaxshga uylanishlik va uni taloq qilishlik qissasi. Bu qanday bo'lgan edi? Bu qissani Zaynab onamiz o'zi hikoya qilib aytadi. Menga qurishdan bir qancha kishilardan sovchi keldi. Maslahat so'ragani opasini jo'natdi. Payg'ambarimizga kelib, Zaynabni opasi maslahat so'rganida, Rasululloh nima dedi? Allohni kitobini, Payg'ambarini sunnatini Zaynabga o'rgatadigan kishiga tegmaydimi singling dedi.
Opasi kimga dedi? Zaydilni xolisiga dedi. Opasi qattiq g'azablanib ketdi. Yo Rasululloh dedi. Ammoingizni qizini dedi. Mavloyingizga nikohlab berasizmi dedi. Endi qullikdan chiqqan qora bo'lgan Zaydomni xolisona rangi. Qora qo'lga nikohlab berasmizmi o'zingizni ammoingizni qizinini? Bir biriga teng emas. Johili davr bo'lib o'lchov bilan o'lchansa, bir biriga teng emass. Zaynab roziyallohu anhoh, qorashdan, Abdulmutolibning urug'idan Makkada yashaydi. Qorash qabilasi arablarning eng ulug' kuchli qabilalaridan, yana Payg'ambarimizni ammasini qizi. Qanday qilib bir qora qo'lga nima qiladi? Nikohlab beradi. Birodarlar, bu oq, qora, xur, qo'l, qizil, sariq, bu johillik o'lchovlar. Johillik o'tish ovlar.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan paytda, Bilor roziyallohi anhuni kutib olishlik kerak bo'lgandi. Kunduz sig'ida o'zi chiqib Bilonni kutib oldi, qora bo'lsa ham. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Bilonni ozod qilar ekan qo'ltig'idan ushlab, bu meni birodarim, bu meni ukam dedi. Shuning uchun sahobalar Abu Bakr haqida gapirsa, aytishardi: Saiduna, huva saiduna va a'toqa saidana. Abu Bakr bizni saidimiz, saidimizni ozod qildi derdi. Kimni ozod qilib? Bilonni. Rasulullohni oldida sahobalar boyi kambag'ali bor edi. Oqa qorasi bor edi, lekin ularni o'lchovi iymon bo'lganligi uchun bir ikkinchisidan xijolat bo'lmas edi. Kiyimini eskiligidan, boyligini yo'qligidan, bo'yni qisinmasdi, chunki o'lchov nima edi? Iymon edi. Mana birodarlar islom. Zaynabni opasi norozi bo'lib, shu qora qo'lga nikohlab berasizmi ammezni qizini deyapti.
Opasi kelib Zaynabga Rasulullohni so'zini yetkazganida, Zaynab binti Jaxshi aytadi. Opamni g'azabidan ko'ra g'azabim qattiqroq bo'ldi. Shunda Alloh Taolo oyatni hosil qildi. Diqqat qilinglar. Siz bilan bizga ham juda bir muhim bo'lgan ma'nolar. Va man ka'nali mu'mining vala mu'minating i da qodallohu rasuluhu amron an yakunalahumul xiyaratu min amrihim.
Alloh va uning Payg'ambari bir ishni hukm qilgan, buyurgan vaqtida, biron mo'min va mo'mina uchun Allohni hukmini qo'shib, o'z ishlaridan ixtiyor qilishi joiz emasdir. Alloh buyurdi, Alloh Taolo qaytardi. Mo'min, mo'mina bo'lsangiz, quloq tutib bo'yin so'nishligingiz kerak. Fikringiz bildirilmaydi bu yerda.
Agar Alloh halol deb qolgan narsada fikringizni bildirayotgan bo'lsangiz, musulmonmassiz. Alloh harom deb hukm qilib qo'ygan joyda, Payg'ambar hukm qilib bo'lgan joyda fikringiz, munosabatingiz, odamlarni raisini qiziqtirayotgan bo'lsa, siz musulmonmassiz'. Mana, men Zaynabni Zaydga uylab qo'yaman desa, Zaynab vintij yaxshini achchiqqa kelyapti. Qora qo'lga beradimi meni? Payg'ambar huquq qilsa, bir muslim ayol quloq solishni xohlamayapti. Alloh taolo nima dedi? Alloh va Payg'ambari biror hukmni hukm qilgan paytda musulmon odam uchun hech qanday ixtiyor qilmasligi kerak. Araf harommi gap tamom, yig'ishtiring.
Besh mahal namoz o'qishlik kerakmi, yig'ishdiring gapni. Farzda, haromda savol berilmaydi. Toqati, sharoitiga qaralmaydi. U nafl amallarida toqatiga qaraladi. Sharoitiga qaratiladi, ammo farz qoronda. Shuning uchun birodarlar, iymonni darajasi bor. Jannatni yannomasi bor. Ana shu iymonni darajasiga qarab turib, jannatni yinnoma belgilanadi, daraja belgilanadi.
Alloh va Rasululloh hukm qilgan ishni ustida bahsga yo'l ochadigan bo'lsangiz, musulmon emassiz. Shariatning hukmi aniq bo'lgan ish, qur'on oyati bilan haromlik yoki halolligi sobit bo'lgan ishi ustida so'z yurutib bahs qilsangiz, musulmonmassiz. Bu oyatlarni eshitganidan keyin Zaynab binti Jahsh Rasulullohu akkausrovingiz alayhi vasallamga odam yuborib, yo Rasululloh, men Alloh va Payg'ambarni hukmiga quloq solaman. Men istig'for aytaman dedi. Alloh va Rasuliga itoat qilaman dedi. Shunda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallami Zaydga nikohlab berdi. Yo Rasululloh xohlagan ishingizni qiling, men roziman dedi. Shunda zayna binti jaxshni zaydumni xorisaga payg'ambarimiz nikohlab berdi . Shunday qilib, Qurashni eng ulug' oilalardan bo'lgan, Abdulmutolibning nabiralaridan bo'lgan Zayna bintijahsh qora quldan chiqqan Zaydumni Xorisaga xotin bo'ldi. Endi ayol kishi.
Zaynab binti Jahsh ham birodarlar odam, ma'suma emas. Bu qora odamni xotini bo'lishlikni ko'tara olmadi. Rasulullohga qarindosh bo'lgani uchun, Rasululloh nikohlab qo'ygani uchun Zaydini xohisa Zaynab onamiz bilan yashashni xohladi. Zaynab bilan yashashdi, xohladi. Ammo zaynab bintijahsh zayd bilan yashashini xohlamadi. Qiyin da birodarlar, qiyin. Xohlamay tursa ayol kishi siz bilan yashash deydi.
Rasulullohni oldiga kelib, Zayp Zaynabni taloq qilmoqchi ekanligini aytdi. Payg'ambarimiz unga juftingni o'z huzuringda ushlagin, ya'ni taloq qilib ishga shoshilma, Allohda qo'rqin dedi. Lekin baribir bu ish oxirida taloq bilan nihoyasiga yetdi. Zaynab Zaydumni xorisa tomonidan taloq qilindi. Mana endi iddasi chiqdi. Rasulullohga Alloh Taolo Zaynabga uylaning deb amr qildi.
Astoydubilla irtaqululillatiy an amallohu alayhi va an amta alayhi amsik alayka zavjak va taqillat. Mana shu oyat nozil bo'ldi oxirida falamma qozo zaydun minha vatoro zavvojna akaha. Ey Muhammad, mana endi oyatni o'qisak to'liq tushunamiz endi. Ey Muhammad, eslang. Siz Alloh in'om marhamat qilgan va siz in'om qilgan kishi Zaydga, juftingni o'z huzuringda ushlagin, Allohda qo'rqgin deb Alloh oshkor qilguvchi bo'lgan narsani ichingizga yashirgan edingiz. Va Allohda qo'rqishingiz haqroq bo'lgan holda, siz odamlarning ta'na qilishlaridan qo'rqqan edingiz, basqachon Zayd undan hojatini ado qilgach, biz sizni unga uylantirdik.
Alloh Taolo buyurdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Zaydumni Xorisani ayoli, Zaynab binti Jahshni iddasi tugaganda uylandi. Bu Allohni buyrug'i edi, birodarlar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni malomat qiladigan, u zotga ayb qo'yadigan dinimizni dushmanlari o'zini o'g'lini xotiniga uylandi deb malomat qilishadi. Mana biz oyatlarni o'qidik, u davrdagi johiliy odatlarni ko'rdik, hech qachon o'zini o'shani o'g'li bo'lmas edi.
Demak, boqib olgan odam, boqilgan bolasi hech qachon ham o'zini haqiqiy o'g'li bilib qolmaydi. Ha, yetimni boqishlik savobi ish. Unga ko'mak ko'rsatishlik, albatta ulug' mukofotlar, ajralar olinadigan ish. Ammo balog'atga yetganda o'zini farzandlaridan ajratishlik kerak buni. Ayollar aytib qoladi yu, bu o'zi o'zimni o'g'lim deb bo'lib qolgan deydi. Bu o'zimni ukam deb bo'lib qoldi, hech qachon ukangni bo'lmaydi. Chunki bu seni ish taqo qiladi. Seni xohlaydi. Sen bilan yolg'iz qoladigan bo'lsa, bu yigitni, bu erkakni oyog'i toyilib ketishi mumkin. Sen tufayli jahannam garovona bo'lishi mumkin. Sen tufest haromga qo'l urib qo'yishi mumkin. O'zi singlimday bo'lib qolgan deydi. Yo'q. Qiyomat. Qiyomatlik nima deydi? Qiyomatlik opam. Haligi chiroyli gap bu.
Mana shu so'zga usta chustriy bo'ladi gap, bekor gap. Bekor gap. Agar seni o'zingni ukangdagi o'g'lingdek bo'lib qoladigan bo'lsa, Zaydiddinni Xorazmi Payg'ambarimizga o'g'ildagida haqiqatda. Shunday yaxshi ko'rgan ediki, qulchilikda qolishlikka ham rozi bo'lg'udi. Ammo bu narsa hech qachon haqiqatga aylanmaydi. Voma ja ala adayyakum abanakum. Alloh nima dedi? Asranda bolalaringizni o'z bolalaringiz qilgan emasdir. Boqib olingan bola boqib olinggan. O'zini bolasiday bo'lmaydi. Bu Allohning hukmi, urf odatlar, odamlar ko'nikib, o'zlari qilib yurgan ishlari, u o'zlari o'ylab topgan narsalari. Bu yerda kimning hukmi turibdi? Oyatda aytdi ku. Alloh va Payg'ambar hukm qilganda, musulmon bo'ladigan bo'lsang, senga gapirishlikka, so'z, fikr aytishlikka, hech qanday o'rin qolmasligi kerak.
Agar yetim bola topib olsa chi, tashlab ketgan. Otasi ham, onasi ham notanish. Nima deb chaqiramiz? Dindagi birodarimiz bo'lib qolaveradi birodarlar. Bu boqib olgan bolaga albatta ajr olinadi. Qiyomat kunida Payg'ambarimiz bilan yaqin turadi bunday odam, yetimni boshini silagani uchun. Lekin balog'at ketganda ajratib qo'yishlik kerak. Modomiki sut emizmagan bo'lsa emas.
Tabaqodimning safida keltirilgan xabar, Zaynab bint Ajash haqida oyat nozil bo'ldi. Zaynab binti Jahshga uylanish haqida oyat nozil bo'ldi. Payg'ambarimizga shu oyat Oishonamizni oldida Payg'ambarimni suhbatlashib o'tirgan nozil bo'lgan edi. Rasululloh vahiy qabul qilib bo'lgandan keyin tabassum qildi. So'ngra kim Zaynab bint Jahshga borib, unga xushxabarni yetkazadi dedi. Dedi da, va it taqululillah di an amallohu alayhi oyatini o'qib berdi. Ey Muhammad, eslang, mana shu oyatni o'qib ber.
Osh onamiz indamay qoldi. Chunki yana bitta kundosh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollarini orasida yagona ayol samo vahisi bilan nikohlangan yagona ayol Zaynab binti Jaxsh roziyallohu anhu bo'ldi. Shuning uchun Zaynab onamiz boshqa ayollariga faxrlanib, sizlarni hammanglarda, o'zinglarni oilanglarda nikohlab bergan Payg'ambar bizga. Meni Alloh nikohlab berganda faxrlanardi. Haqiqatdan bu ulkan sharaf edi. O'sha onamiz aytadilar, Zaynab binti Jahshni Alloh Taolo rahmat qilsin. Dunyoda hech kim yetmagan sharafga yetdi. Hammamizni ahllarimiz nikohladi, faqat uni Alloh Taolo nikohladi dedi. Bu oyatdan qanday xulosa olamiz?
Bir chini suv turibdi. U suv. Agar shuni sut desangiz, sut bo'lib qoladimi? Xuddi shunga o'xshagandek o'zingizniki bo'lmagan bolani o'zimniki deydigan bo'lsangiz, o'zingiznika bo'lib qolmaydi. Chunki oyat mana shu narsani siz bilan bizga ta'lim berdi. Udr rovhum li aba ihim. Alloh Taolo aytdi, ularni o'z otalari ismi bilan chaqiringlar. Mana shu oyat tushgandan keyin Zaydumni Muhammad emas, Zaydumni Xorasa deb qaytadan o'zini eski ismi bilan chaqurishdi.
Shuning uchun bola boqmoqchi bo'lgan odamlar mana shuni ilmdan xabardor bo'lishligi kerak. Sut emay ekan yoshda bo'lsa, no'ni aytaman, ma'qul bo'ladi. Agar bir marta emizib qo'ysa, emekdosh aka singil bo'lib qoladi, mahram bo'ladi. Bu yoqdagi farzandlariga. Ularni o'z otalari ismi bilan chaqiringlar. Shu Alloh nazdida to'g'riroqdir. Endi agar ularning otalarini bilmasangizlar, u holda ular sizning diniy birodarlaringiz va do'stlaringizdir. Ya'ni u holda birodarim falonchi yoki do'stim falonchi deb chaqiringlar. Lekin boqib olgan otasini nomi bilan chaqirmanglar.
Payg'ambarimizga yana mashaqqat bo'ldi. Yana sinov bo'ldi, yana imtihon bo'ldi. Chunki odatda odamlar o'rganib qolgan narsani endi bu tushunchalarda, bu me'yorlarda o'zgartirishlik kerak. Masalan, bir odam ko'chada yalang'och yursa, hamma kiyim bilan yuradi. Bu urf, bu odat. Hech kim yalang'och urmaydi. Endi shu odam hammani qilayotgan ishiga, urfiga teskari qilib, yalang'och yo'l bersa, ma'lumotga qoladimi? Chunki hammani o'rganib qolgan urfiga teskari ish qildi. Mana endi payg'ambarimiz boqib olgan bola ham o'ziniki bo'ladi, uni xotiniga uylanib bo'lmaydi degan johili o'lchovni yo'q qilishlik uchun o'zi ko'rsatib berish kerak edi. Yana odamlarda malomat yo'qoldi payg'ambaringiz. Musulmonlar shunday qabul qilishdi taslim bo'lib, ammo din dushmanlari rasulullohni sha'niga mana shunday tuhmat toshlarini aytishdi, otishdi.
Alloh taolo aytadi, ma ka'na muhammadun aba ahadim mir rejalikum, va lekin rasululloh va hotama nabiyeen va ka'na allohu bikullu ishshayna aliyman. Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, biron erkak kishining otasi masdir. Balki u allohning payg'ambari va payg'ambarlarning so'nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo'lgan zotdir.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uchta o'g'il farzandi bo'lgan. Lekin uchalasi ham yoshligida vafot etib ketgan. Nima alloh taolo qizg'andimi o'g'ilfarzandi payg'ambarimizdan? Yo'q, birodarlar. Albatta, bu hikmat bilan bo'ldi. Albatta, u hikmat uchun bo'ldi. Toki hech qaysi bir erkak men Payg'ambarni urug'idanman, men Payg'ambarning vorisiman demasin. Payg'ambar meni otam demasin. Toki talashib, tortishib, xusumat bo'lmasin, odamlarga noto'g'ri ibrat bo'lib qolmasin. Chunki zurriyotdan ketgan agar o'g'il bola bo'lsa faraz qilinglar. Ko'payib ko'payib ketib turib, hozirgi zamonga agar yoshlarni singari bir ayniydigan bo'lsa ana deydi. Xorakani o'g'li deydi yu.
Tushunarlimi? Avvalambor Alloh bilgan hikmat. Lekin mana shunga o'xshagan noto'g'ri ibrat bo'lmasligi uchun, ana Payg'ambar demasligi uchun Alloh Taolo, yana o'zi bilgan hikmat uchun biz bilmagan o'g'il farzandlarni olib qo'ydi. Muhammad alayhissalomni otasi ham, onasi ham Rasululloh kichkinaligida vafot etdi. Otasi Rasululloh tug'ilmay o'tdi. Onasi olti yasharda o'tdi. Agar ota onasi tirik bo'lib turib, Payg'ambarimiz shunday inson bo'lib ketganda, otasi aytar edi meni bolamda bu, men tarbiya qilganman. Meni tarbiyamda dermidi? Der edi. Agar onasi tirik bo'tib, Rasululloh shunday maqomga ko'tarilsa, nima der edi? Men tarbiya qiganman dermidi? Alloh taolo ikkalasini ham olib qo'ydi. Nima uchun? E Muhammad sollallohu alayhi vasallam, sizni men tarbiya qilganman, deyishligi uchun.
Alam yajidika ayatiman faava. Vo vajadaka do'allan fahada. Sizni yetim holda olib, panohimizga olmadingmi? Adashgan holda topib hidoyat qilmadingmi? Demak, Alloh taolo o'ziga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni tanlab oldi. Dalil vastona atuka linafsi. Va men sizni o'zimga payg'ambarlik uchun tanladim. Demak, Payg'ambarimiz Saidul xalq afzalul ambiyavval mursalim bo'lishligi uchun Alloh taolo taolo bo'ldi. Mana endi shu hodisadan keyin Zaydumni Muhammad demay qo'ydi, hech kim Zaydni, Zaydumni Xorisa bo'ldi.
Rasululloh sallalloh o'g'il farzandlar yoshligida o'tib ketdi, ammo qizlari, barchalari tirik bo'ldi payg'ambar bo'lganida, payg'ambarimiz. Barchalari muslima bo'ldi. Rasululloh uchta qizini ko'mdi. Zaynab, Ruhoyi, Umuki usulda. Payg'ambarlarimizdan keyin qolgan bitta farzandi Fatiham onamiz roziyallohu alayhi va Xonamiz. Lekin bu onamiz ham uzoqqa bormadi, Rasulullohning vafotidan keyin u onamiz ham vafot etdi.
Serat ulamolari aytadi, tabanniy odatini bekor qilishlik uchun Alloh Taolo Muhammad alayhissalomni Zaynab bint Ajjaxshga uylanishga buyurdi. Otalar o'zlarini o'g'illarini ayollarga uylanishlik harom. Mana shu hukm bilan boqib olingan bola otaga o'zini haqiqiy bolasi bo'lmasligiga bir dalil bo'ldi. Rasululloh Zaynab bnt Ajjaxsh onamizga uylandi, valiyema qilib berdi. Qo'y so'ydi, anasuvni molikni jo'natdi. Odamlar guruh guruh bo'lib payg'ambarimizni uyiga kirib o'tirishdi. Yeb ichib, valiyman qilib chiqib ketishdi. Endi bir top odam kirdi da, uzoqroq o'tirib qolishdi Payg'ambarlar assalomu alayhi vas salam uyida. Qur'on birodarlar bizga katta kichik har bitta narsani ta'lim beradi. Sunnat bizga har bitta narsaning ta'limini beradi. Rasulullohni uyiga kirib qolishiga qanaqa sharaf? Rasulullohni uyida bitta dasturxonda o'tirishingiz qanaqa sharaf? Endi bu sohibalar chiqib kelib kelmasdan o'tirishgan da, birodarlar.
Payg'ambarimiz xarajga kirgan. Odob axloqni cho'qqisi bo'lgan, ibrati bo'lgan, Rasulullohga mol olib kelgan. Endi eng yaqin birodaringizmi, qaynotangizmi, kuyov bolangizmi, mololanadi u. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni uyiga kirib, ovqatlangan ayrim sohibalar o'tirishib oldi. Shu masalada oyat tushdi. Demak, kichkina masala emas bu. Astayu billah, ya ayyu halladina amanu la tadhulu buyutan nabiyi illa yu'tan alakom. Ila to amin g'oyri nadirina inahu.
Ey mo'minlar, payg'ambarning uylariga faqat sizlarni biron taomga chaqirilsagina kiringlar. O'shanda ham uning pishishiga ko'z tutib turguchi bo'lmanglar. Va lekin ida duoiytum fadoxulu fada toimtum fantashiru va la musta'nisinali hadif innna dhalikum ka nayudin nabi. Balki chaqirilgan paytingizda kirib, taomlangach tarqalinglar va biron gapga berilgan holingizda u yerda qolib ketmanglar. Chunki bu ishlaringiz payg'ambarga ozor berur.
Xususan, kasal ko'rgani borgan odam o'tirib ovqat ichadi o'shalar. Balnitsadan tushdi, operatsiya bo'ldi yoki boshqa betob bo'ldi, keladi da, o'tirib haligi kasalni ezadi o'zi kelganlar. Ko'chadagi narx navoni gapiradi, problemni gapiradi. Bitta ovqat ichmasdan chiqib ketsa nima bo'ladi, hoji aka? Uyda egasi? Xafa bo'ladi. Bitta ov qat ish bilan chiqib ketasizlarmi? Chiqib ketadi. Chiqib ketadi, chiqib ketadi! Kasalni oldiga keldimi? O'tirdi. Holini so'radi, dardini aytdi, yengilladi. Ular olib chiqib ketishi kerak.
Besh daqiqa o'tirdi, olti daqiqa o'zi ja bo'lsa o'n daqiqa bir oyatdan, hadisdan aytib, gunohlari yuvilishiga umidvor qilib, savoddan bir umidvor qilib chiqib ketasan. Ba'zida inson gapga berilib qoladi, ammo gaplashib o'tirgan odam malollanib qolishi bor. Shuning uchun musulmon odam hushyor bo'lishligi kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uylari tor, Rasululloh xijolatda, Zaynab onamiz tor uyda ishlaydi, u ham xijolatda. Demak, uyga kirgan odam iloji boricha uy egalarini mashaqqatga, xarajatga kirgizmasdan chiqib ketishlikka xarist bo'lishlik kerak bo'ladi. Bu qiztadan qanday xulosa olamiz? Odamlarni, bu odam meni o'zimni ukamdek bo'lib qolgan, bu qiz meni singnimdek bo'lib bo'lgan degan gaplari bekor gap. Hech qachon bu begona erkak senga uka bo'lmaydi. Begona ayol senga singil bo'lmaydi. Bu Alloh man qilgan ishlardan. Aqlu qovli ha davos ta'firulloh li va lakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.