Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbila alamin va la aqibatu lil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqul va'dil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari, umma xotin mo'mininglar.
Juvariya binti xolis, roziyallohu anhu. Juvayriya onamiz, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lib yuborilishidan taxminan uch yil avval tug'ilgan. Rasululloh sollallohu alalayhi vasallam bu onamizga hijratni beshinchi yoki oltinchi yilda uylangan. Demak, juvayriya onamsizni mana shu paytdagi yoshi yigirma atrofida bo'lgan. Payg'ambarim sollallohu allayhi vasallamga turmushga chiqqan paytida.
Juvayriya binti xolis bu o'zini qavmini saidini qizi edi, podshohini qizi edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qo'liga kelib, islomni qabul qildi. Payg'am barimiz sollallohu aleyhi vasallam bu onamizga uylandi. Juwariya bintixoriz onamizdan roziyalloh anho abdulloh ibn abbos, abu ayyub ansoriy, mujohid va abdulloh i bin shaddod roziyallohu manaqa ajma'inlar hadislarni rivoyat qilishgan payg'ambarimizdan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni juvayiriy binti xorisga uylanishligini qissasi.
Bu onamizga payg'ambarimiz sollallohu alalayhi vasallam banu mustalik g'azotidan keyin uylandi. Hijratni beshinchi yoki oltinchi yilida bo'lib o'tgan bu g'azot payg'ambarim sollallohu allayhi vasallam madinaga banu mustalik qabilasi hujum qilmoqchi ekanligini xabarini topdi da, eng yaxshi himoya, hujum qabilida rasululloh o'zi qo'shin bilan banu mustalig'ini ustiga yetib bordi.
Maruyas suv oldida to'qnashdi. Ikki qo'shni orasida jang bo'ldi. Bu jang ajoyibotlar jangi deyiladi. Chunki birinchi hujumda, birinchi hamlada banu mustalik saidlaridan o'n kishi qatl qilindi. Bir hujumda o'nta saida qatl qilindi. Buni ko'rib, banu mustalik qabilasi taslim bo'ldi.
Odatda kishi zaif bo'lsa, nochor bo'lsa, unga hasad qiladigan hech kim bo'lmaydi. Hech kimni ishi yo'q. Endi hasad qiladigani qachon ko'payadi? Qachonga makr hiylalar ko'payadi unga nisbatan? Xushquvvatga kirganda yoki obro' e'tiborga ega bo'lib qolgan paytda, hasadgo'ylar paydo bo'ladi, dushmanlar paydo bo'ladimi? Birodalar, ixtiloflar odamlarni o'rtasidagi kelishmovchiliklar uch xil bo'ladi. Tabiiy ixtilof. Bu sababi, bunaqa ixtilofda, ikkita ixtilof qilayotgan tomonda yetarli ma'lumot yo'q bo'ladi. Ixtilof qilib aytayotgan masalasida.
Bu ixtilofni turi shu ma'lumot yetarli bo'lgandan keyin ixtilof tugaydi. Bunacha ixtilo tabiiy ixtilo deyiladi. Ikkinchi ixtilof turi bu hasad, bag'hay, ko'ra olmaslik ixtilofi. Alloh taolo aytadi, vamoxtalafal la dinah u tul ketah ba illa min ba'dima jah umul ilmu bag'yan baynahum. Ahli kitoblar ularga islom va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq payg'ambari ekani haqida hujjat kelgandan keyin faqat o'zaro hasad adovat qilganlari sababligini talashib tortishdilar.
Demak ikkinchi ixtilofni turi bu hasad bo'ladi, ko'ra olmaslik bo'ladi. Uchinchi ixtilof turi bu maqtovli ixtilof, bu musulmonlar doirasida bo'ladigan ixtilof. Savobli ishlarda bir ikkinchisidan o'zishlik haqida. Qur'on yodlashda, hadisda, fiqhda, savobli ishlardagi musobaqalashni ixtilofi, bu maqtalgan mahmud ixtilof. Nimaga aytdik buni? Musulmonlar zaif, nochor bo'lib turgan paytda birov hasad qilmas edi musulmonlarni mavqeini. Endi qachonki beshinchi yilda xanda g'azoti bo'ldi. Qurash o'n ming kishini to'plab Madinaga hujum qildi. Rasululloh xanda qazib Madinani himoya qilishga majbur bo'ldi. Xanda g'azotini nihoyasiga aytdi, Qurash hech narsa qilolmasdan qaytib ketdi. Shunda payg'ambarimiz aytdilar: La yahzunana ba'dal yaun. Bugundan keyin bizga hech kim hujum qilmaydi, dedi. Biz endi hujum qilamiz, dedi. Mana endi islom kuch quvvatga to'ldi, hujum qilishlikka quvvati bo'ldi. Mana endi hasad qiladiganlar ham endi adadi ko'payib qoldi.
Biz hozir aytib o'tgan uchchala ixtilof, tabiiy ixtilof. Maqtarmaydi ham, yomonlanmaydi ham. Chunki haligi aytdik, ma'lumotni ozligi tufayli odamlar ixtilof qiladi bir biri bilan. Ikkinchisi, hasad. Va adolat ixtilofi. Bu yomon ixtilof. Endi uchinchisi, maqtovli ixtilof, savoblilarda, savobli ishlarda qilingan ixtilof, bu maqtalgan ixtilof deyiladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana shu Banu Mustalik g'azotiga chiqqanida birodarlar munofiqlar ham birga chiqishdi. Chunki hozir aytdik, musulmonlarni belgiga kuch to'lib qolgan edi. Musulmonlar kuch quvvatga ega bo'lib qolgan endi, endi musulmonlar bilan birga bo'lishsa munofiqlar, janglarda tushgan o'ljalarda ulushlarga ega bo'lishadi. Ungacha chiqishgan emas.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Banu Mustalik qabilasi Madinaga hujum qilishlikka tayyorgarlik ko'rayotganligidan xabar topdi va mana shu fitnani o'chog'ida uchrashini xohlab, qo'shin topdi bularni ustiga borgan edi. Mana endi g'animalar tushyapti, munofiqlar qayerda bo'ladi? G'animalar bor joyda. Musulmonlar Banu Mustalik bilan ikkala qo'shin duch kelgan to'qnashgan paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buyurdilar. Umariddin Xattob ularga qarab turib, islomni qabul qilishlikni taklif qildi. La ilaha illalloh deylar, siz bizdan, biz sizlardan bo'lamiz. Bizda qanday haq huquq ustimizda qanday mas'uliyat bo'lsa, sizlarda ham shunday bo'ladi dedi. La ilaha illaloh deylar, shu kalima bilan jonlaringlarni, mollaringlarni saqlab qolasizlar. Biz kim bo'lsangiz, sizlar ham o'sha bo'lasizlar. Garchi tili bilan aytib qo'ysa ham Payg'ambarimiz qabul qilavergan. Aytib qo'dadimi tili bilan? Hisob bo'lavergan. Ular bosh tortishdi, musulmonlar hujum qilishdi, jangni avvalida o'nta sayyida, mana hozir aytib o'tdik, jangni avvarida qatl qilindi. Musulmonlardan faqat bitta kishi shahid bo'ldi. Endi qabila to'laligicha musulmonlarni qo'liga o'lja bo'lib o'tdi.
Butun boshli qabila musulmonlarni mulkiga aylandi. Erkak ayoli, qo'y qo'zisi, tillo kumushi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga bir lutf bilan, ehson bilan muomala qilmoqchi bo'ldi. Musulmon odam uchun doim Muhammad sollallohu alalayhi vasallam ibrat namuna bo'ladi, birodar. U zotni sollallohu allayhi vasallam qalbi shafqat bilan, rahmat bilan to'lib toshgan edi. Shuning uchun Alloh ta'kidlagan edi da. Biz sizni ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam faqatgina olamlarga rahmat qilib yubordik. Va men arhusanlar aka illa rahmatan lila a'lamin. Rasululloh bu kishilarni hozir qo'lga tushgan asr bo'lib turgan kishilarni o'zini yomon ko'rmas edi, ularni kufrini, shirkini yomon ko'rar edi. Musulmon odam ham shunday bo'lishi kerak. Ro'parasida turgan odamni millati, rangi, qaysi qabiladanligi, qaysi mamlakatdanligiga qarab turib, yaxshi ko'rib, yomon ko'rmaydi. Ro'parasidagi odam kim bo'lsa ham, qaysi millat vakili, qaysi rangda bo'lsa ham musulmonmi, birodarim deb biladi. Agar kimnidir yomon ko'rsa, uni gunohi, ma'siyati uchun yomon ko'radi. Hasan i Basriy rahmatulloh alayh Basra ko'chalarida ketar ekan, odamlar bir odamni tepkalashardi yotqizishib olib. O'g'rini ushlashib olgan edi.
Rosa tepishyotgan edi. Ey tepanglar, nima qilyapsizlar degandi. E, bu o'g'ri dedi. Tepanglar uni degandi. E Hasan, siz yomon ko'rmaysizmi buni degandi. Men buni amalini yomon ko'raman, o'zini emas dedi. Shuning uchun, shuning uchun siz bilan biz bir odamni gunohi uchun yomon ko'rayotgan bo'lsak, shu gunohini tashlagandan keyin birodarimizga aylanishlik kerak. Bizda unaqami? Ha, bu baribir.
Ha. Masjidga kirgan bo'ladi, baribir nima deymiz? Baribir unga ishonch yo'q unga. Bu nimaga kiryapti? Ro'zg'ulgani uchun kiryapti yoki bo'lmasam, bir ishi bor deydi. Namoz o'qisa ham, arog'ini tashlasa ham, fahshini tashlasa, shart yaxshi ko'ra olmaymiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tarbiya qilgan sahobalar qanaqa bo'lishgan? Badr g'azotida mushriylar mag'lub bo'ldi. Musulmonlarda qo'liga yetmish kishi asr tushdi mushuliylardan. Yetmishta qorachlik kishilar, mushuliylar qatl qilindi. Shunda endi Makka bilan Madina o'rtasida asrlarni ozod qilishiga odamlar borib kelyapti. Makkadan keladi, asrlarni olib ketadi. Safonimni umayyatimni halaf va umayr ibn vahib al jumahiy, bu qarindoshlar ikkalasi, ka'bani oldida o'tirib, shu qurashdan o'lgan unuqlarini eslashdi. Utuba, Shaiba, Valid, Abuljahl, ular endi Abulhakam der edi. O'tirib, shunda Safvonimni Umayga, uni otasi ham bilgan edi Umaytimni Xalab.
O'zini qarindoshi Umayr bilan gaplashib o'tirar ekan. Umayr aytdi. Agar dedi, qarzlarim bo'lmaganida, bolalarimni maydaligi sababli ko'chada xor bo'lib ketishimni qo'rqmaganimda, bollarimni tashvishini qilmaganimda, Muhammadni borib o'ldirib kelardim dedi. Ichida alamgina kuduroti qaynab turgan Safon, sen dedi borib o'ldur Muhammadni. Agar sen o'lib ketsang, yo'q bo'lib ketsang. Qarzing meni qarzing, bollaring meni bollarim dedi. Mana shu niyat bilan Umayr ibn Vahib qilichini zaharlab, yelkasi ilib Madinaga kirdi. Umayrni xato ko'rib qolib, bu Allohni dushmani Umayr ibn Vaqib keldi dedi.
Qilichini olib, qilichini olib qilichini bog'ichini bo'yniga tashlab o'rab turib, so'dirab Rasulullohni oldiga olib keldi. Yo Rasululloh, nol Alloh dushmani Umayr kelibdi deganida, Rasululloh uni bo'shating dedi. Endi chekkaroq turing dedi. Chekkaroq turganida Payg'ambarimiz unga nimaga kelganligini so'radi. U aytdi, Rasululloh Makkada Safon bilan o'rtasida bo'lgan suhbatni aytib berdi. Ka'ban oldida o'tirmadingmi? O'tganlaringni eslamadingmi, qarzing bilan bolalarni shikoyat qilmadingmi, u bo'yniga olmadimi, hamma yog'i aytib berganida, ashxadu anna ka rasulullohda musulmon bo'ldi. Endi qarang.
Iymon keltirib chiqqandan keyin umarimni xato aytadi. Ollohga qasam. Umay, rasulullohni oldiga kirganda, to'ng'iz undan ko'ra menga sevimliroq edi. Endi u menga ayrim farzandlarimdan ko'ra yaqinroq dedi. Alloh uchun yaxshi ko'rgan bo'lar, alloh uchun yomon ko'rgan bo'tlar. Rangi uchun, millati uchun, qabilasi uchun, boshqa bir odamligi uchun emas, din uchun yaxshiy ko'rgan, din uchun yomon korgan. Bizda ham shu sifat bo'lishlik kerak bir odamlar.
Musulmon odam bir odamni shaxsiyati uchun yomon kurmaydi. Uni qilgan gunohi ma'siyati uchun yaxlit ko'radi. Demak, bu musulmonni adovati birodarlar kofirni kofir bo'lgani uchun, munofiqni nifoqi uchun, osiyni ma'siyati uchun, huzur halovatga berib, isrofga kirib ketgan kishini shu isrofi uchun yomon ko'radi. Qachonki bu ishlarni tark qilsa, dindagi birodarga aylanadi.
Agar banda Allohga qaytsa, mana shu gunohlarni qilayotgan banda, nido qiluvchi osmondan turib nido qilar ekan. Ey! Haloyiq falonchini muborakbod etinglar. U Alloh bilan kelishib oldi. Gunohlardan qaytdi, tavba qildi, Alloh uni kechirdi. Alloh Taolo bandasini kechirgan bo'lsa, banda his qilar ekan shu narsani. His qilar ekan. Alloh Taolo uni qalbiga kechirgani haqida bir hisni, tuyg'uni yuboradi, paydo qilib qo'yadi. Shunda banda bilan Allohning o'rtasida uns paydo bo'ladi. Alloh deganda ko'ziga yosh keladi. Masjidga kirganda qalbi yumshoq edi. Bo'ladi yu bo'ynidan baribir olib kelasiz biror masjidga. Boyagi gunohdan tavba qilgan ishlariga o'kinish bo'lmagani uchun qanday kirgan bo'lsa, shunday chiqib ketaveradi. Ammo haqiqiy tavba qilgan odam Ibn Hishom rivoyat qiladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Banu Mustalik g'azotidan qaytdi. Mana asrlar musulmonlarni qo'liga o'tdi, musulmonlarnini mulkiga aylandi ular. Qo'l cho'ri bo'lib musulmonlarniki qo'liga o'qib qolishdi. Juvayra binti Xolis mana shu qabilaning podshohsini qizi qo'shin orasida musulmonlarnikini qo'lida hali hech kimga taqsim qilib berilgan emas.
Bir ansoreyda qo'liga topshirishdi Juvayra onamizni. Endi podshohni qizi bo'lganligi uchun ehtiyot qilishlik unga topshirildi. Hali g'animalar taqsim qilinmagan. Rivoyatlar har xil keladi. Abu Xoris ibn Zirod qizi Zaynabni ozod qilishlik uchun fidoni olib keldi. Aqiq degan joyga yetib kelib, tilik qolganlari, omon qolganlari ham bor edi.
Aqiq tegan joyga yetib keganida, qizini ajratib ketishlik uchun tuyalari bilan kelgan edi. Qarab turib haligi bir to'p tuyani Payg'ambarimizga olib borib berishlik kerak, qizini ozod qilishlik uchun ikkita tuya yoqib qoldi. Shunday oldida bir tog'doras gapirib yukutib qo'ydi. Madinaga kirib turib, ey Muhammad, meni qizim sizlarda qo'linglarda ekan. Bu qizimni ozod qilishingiz uchun beriladigan fido dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haligi ajratib qo'ygan ikkita tugang qani dedi.
Abulxolis ashxadu annaka rasululloh dedi. Chunki bu narsani faqat o'zi bilar edi. Faqat Alloh xabar berishi mumkin edi. Shu sabab uni otasi islomga kirdi. Uni islomi tufayli ikkita o'g'li va qavmidan bo'lgan bir qancha billa kelgan kishilar ham iymonga kelishi. Ibn is'hoq rivoyat qiladi. Oysha onamiz roziyallohu anhodan, Rasululloh Banu Mustalik g'azodan tushgan o'lchalarni, o'ljalarni taqsim qilib berdi. Juvayriya binti Xoris, podshohni qizi, Xor ismli qaysi ismli kishini nasibasiga tushdi.
Juvayriya onamiz podshohni qiz, mana shu Xor ismli, qaysi bilan kelishib oldi. Men senga falon miqdorda mol topib beraman, meni ozod qilasan. Bu sahobiy rozi bo'ldi. Chunki bu qavmini sayyidi, podshohni xizi, qadr qiymati, karomati baland. Demak, Juvayriya binti Xoris mana muncha molni olib kelib beradi. Uni sayyidi uni ozod qilib yuboradi. Juvayriya binti Xoris mana shu ishda Payg'ambarimizdan yordam so'ramoqchi bo'ldi. Oysha onamizga murojaat qildi. Rasululloh menga yordam bersin.
Oysha onamiz rivoyat qiladi. Men yo Rasululloh, Juvariya binti Xoris keldi. U qavmini sayyidi, podshohsining qizi ekan. Kelib o'zini ishida, o'zini ozod qilishlikda sizdan yordam so'rayapti dedi. Ya'ni bu Juvariya binti Xorizdi, otasi Madinaga hujum qilishlik uchun qo'shin tayinlab turgan odam edi.
Ashaddiy dushmanlardan bittasining qizi, kelib menga yordam qiling deb turibdi. Bu ikkinchi rivoyat. Rasululloh rovi rohim bo'lgan zot. Qo'lchilikdan chiqarib, kalomatini saqlab, yordam bermoqchi bo'ldi. Payg'ambarimiz mana shunday ishni yana bitta ayolga ham qilgan edi. Adiy ibn Xotamid toini singlisi. Musulmonlar Toy qabilasiga qo'shin bilan borib, ularni ishg'ol qilganlarida, Adiy qo'shimkagacha qochib ketadi. Toy qabilasida musulmonlar asirlanib olib qaytib keladi, asirlar ichida mana shu Adiy ibn Xatamning toini singlisi ham bo'ladi.
Adiy ibn Xotim Toy qabilasining podshohsi. Endi singlisi Madinaga keldi, asir bo'lib masjidda oldiga asirlarga qo'shib qo'yildi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam asirlarda oldin o'tib ketayotganida mana shunga qarab Adiyning singlisi turib turib, ey Muhammad, men qavmimning sayyidini qizi falonchiman, Hotamat Toyining qiziman. Otam vafot etdi. Vofid, menga qarab turish kerak bo'lgan odam, g'oyib bo'ldi. Menga rahm qiling, menga ikrom ko'rsating dedi. Payg'ambarimiz qarab, vofid kim dedi? Adiy ibn Xotim, akam dedi. Alloh va Rasulidan qochib ketgan qochoqmi dedi. Dedi da, o'tib ketaverdi.
Adiyning singlisi iloji yo'q indamay o'tirdi. Ertasi kuni yana shu manzara bo'ldi. Payg'ambarimiz o'tib ketayotganda turib yana iltimos qildi. Ey Muhammad, menga yaxshilik qiling. Men qavmimni saidini qiziman. Vafid g'oyib bo'ldi, otam o'ldi, menga rahm qiling dedi. Vafidga endi Payg'ambarimiz ikkinchi marta so'radi. Adibni xotin akam dedi. Ha, allohu ar rasulullohun qochib ketgan qochoqmi dedi, ham o'tib ketaverdi. Uchinchi kuni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'tib ketaykanida, endi turmadi.
Shunda Payg'ambarimizni orqasida kelayotgan odam Adiyning singlingizga bir ishora qildi. Turib gapiring degandaqa. Bu Ali roziyallohan xo'ydi. Turib, boyagi gapini aytganda Payg'ambarimni senga ikrom ko'rsatamiz dedi da, ozod qilib, Toy qabilasiga jo'natib yubordi. Qarang, Payg'ambar imtihon Solihullohu alayhi vasallam o'zini dushmanlari bilan bir marta, ikki marta gaplashardi da, qalbini ulfat qilib olar edi. Aytdik ku, Rasulullohni qalbi rahmatga, shafqatga to'lgan zot edi. Juvali binti Xorazm Payg'ambarimizga shunday talab bilan keldi. Menga yordam bering dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, bundan ko'ra yaxshiroq narsani taklif qilsam chi dedi.
Juvaliga nima udob deb, Islomni arz qilishini agar qabul qilsa, unga uylanishligini aytdi. Rahmatan lil aminni jufti bo'ladi. Ummonxotin mo'minlar qatorida bo'ladi. Qiyomatgacha ismi zikr qilinadigan pokiza, tohira ayollar qatoriga qo'shiladi. Nima dedi? Rozi bo'ldi. Payg'ambarimiz ozod qilib, uyiladi. Keyin, hali qabilasi asrda turibdi hammasi. Keyin jura'iyli onamizdan so'rashgan, o'zi qavming mag'lub bo'lib, hammasi asr bo'lib turganda, nimaga buncha tez islomda qabul qilib yubording dedi. Juvariye onamiz javob berdi. Mana shu hodisadan uch kun avval tush ko'rgan edim. Musulmonlar Banu Mustalik bilan jang qilishdan avval uch kun burun tush ko'rga edim. Tushimda to'lin oy, Badr oyi, to'lin Badr oyi Madinadan chiqib, u tushib kelib, meni qo'limga tushgan edi dedi. Mana shu ishdan keyin, shu oy Muhammad alayhissalom ekan deb ta'vir qildim dedi. Alloh Taolo ishora qilgan edi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Juvoiriya binti Xolisni sharafli, karima ekanini, axloq egasi ekanini ko'rib, islomda arz qildi, taklif qildi.
U qabul qildi, Payg'ambarimiz unga uylandi. Musulmonlar Payg'ambarlarimiz Juvoiriya onamizga uylangani eshitib turib, ey, bu Payg'ambarlimizni quda tarafi yu bu. Ular qayerda hozir? Payg'ambarimizni qaynota urug'i hammasi asr bo'lib qolibdi yu. Ey ozod qilinglar bularni deb turib, hamma asrlarni Banu Mustalik g'azodan tushgan butun boshli qabilani ozod qilib yuborishdi.
Rasulullohni qarindoshlari bizni qo'limizda asr bo'lib turadimi? Ozod qiling lar deyishdi. Shuning uchun aytilinadi. Alloh juvayirga sababli Banu Mustalik qabilasidan yuzta oilani ozod qildi. Biron bir ayol o'z qavmiga Juvayriya binti Xoris, o'z qavhmiga barakotli bo'lgandek barakotli bo'mgan emas. Mana shu onamizni islomi tufayli qabila ozod bo'masam yo'q bo'lib ketishga keluvdi qabila.
Yana bir oyatda Imom Zahabini Siyratul A'lamu Nubaro kitobida Rasulullohni qo'lida turgan Juvayriya bin ti Xorisni asr bo'lib turgan, otasi kelib, ajratvosligi uchun mol taklif qildi. Mana buni fidosida berganida Payg'ambarimiz, agar men uni o'ziga ixtiyoq deb bersam, qizingga ixtiyoqni bersam, men bilan qolish yo ketishlik. Agar ixtiyoqda bersam, yaxshilik qilgan bo'lamanmi qizingga dedi. Ha, yaxshilikni qilgan bo'lasan da, chunki kim asr bo'lib qolishligini xohlaydi.
Shunda Juvayriya onamizga ixtiyor berilganida, Alloh va Rasulini tanlaganida. Birodarlar, ayol kishining vazifasi Allohning farz ibodatlarini bajarganidan keyin, besh vaqt namozini o'qib, ro'zasini tutib, o'zini pokiza saqlagandan keyingi birinchi ishi erini xizmatida bo'lishlik. Farzandlarini tarbiyasida qoyim bo'lishlik. Juvariya bintixoriz onamiz roziyallohu anho mana shu masalada musulmonlarga, muslima ayollarga ibrat, namuna bo'ladigan ibodatli, ishtixotli ayol bo'lgan edi.
Bu Juvayriya binti Xoriz onamizning qissasi. Payg'ambarimiz bekorga aytmagan edi da. Albatta Alloh menga asxoblarini tanlab berdi. Demak, asxoblarini to'lab bergan edik, Payg'ambarimga ayollarni ham Alloh Taolo tanlab berdi. Chunki aytdik, payg'am barimizning ayollari rasulullohni uydagi ishlarini ko'chaga olib chiqish kerak bo'lgan ayollar edi. Rasulullohdan eshitgan, o'rgangan ilmni ummatga tarqatishlik kerak edi. Shuning uchun bu ayollarni ham Alloh Taolo tollab berdi Payg'ambarimizga. Xuddi sahobalarni tollab bergani singari.
Ju'ayra binti Xoris roziyallohu anha zikrda, ro'zada, ibodatda ishtixotli edi. Sahih Buxoriyning ro'za kitobida Ju'ayra onamizdan shunday hadis rivoyat qilinadi. Anna nabiyya sollallohu alayhi vasallam a, dahala alayhay yavmal juma'ati. Juma kunida Payg'ambarimiz Ju'ayriya onamizni huzuriga kirdi. Vahiya soimatun. Faqola asumti ams, qolatla. Qola to'riydina antasumi g'odan, qolatla! Qola faftuniy. Juma kuni kirdi payg'ambarimiz juvayriya onaimizni oldiga, juvayriyaonamiz ro'zadorada. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kecha ro'za tutdingizmi dedi. Jubayron. Onamiz yo'q dedi.
Ertaga tutasizmi dedi. Yo'q dedi. Unda iftor qiling dedi. Ro'zangizni ochib oling dedi. Chunki jum'ani alohida o'zini ro'zi tutib bo'lmaydi. Agar ularni tutayotgan ro'za bo'lsa, bo'laveradi. Payda pay, masalan, payshanba, juma, shanba, yakshanba bo'lib ketadigan bo'lsa, boraveradi. Ammo juma kunini xos o'zini ro'da tutishi mumkin emas. Ya'ni bu onamiz ro'zada, ro'za tutishlikka qanchalik xaris bo'lganligiga bu dalil bo'ladi. Birodarlar, nimaga juma kuni tutilmaydi? Chunki bu Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ko'rsatmasi. Bu shariat. Bu shariat. Juma biz uchun xos kun. Juma kuni biz uchun birodarlar bayram kun. Biz uchun bayram. Sayyidul ayyom va hajjul, hamma biladi buni. Jumaga kelganki odam bu jumlani biladi. Kunlarning sayidi miskinlarning hajji. Mana shu kunni birodarlar bayram qilishlik kerak. Shuning uchun uy ichlarida ham uy supurish, uy tozalash, kir yuvish, shunga o'xshagan uyda katta ishlarini qilishlik durust emas. Bu kunni bir bayramdek o'tkazishlik kerak bo'ladi. Musulmon kishi ham mana shu kuni uyda o'tirishligi yaxshi bo'ladi. Oilasini huzurida, oila a'zolarini o'rtasida chiroyli amal bo'ladi. Chunki juma kuni qanaqa kun bizga? Bayram kuni, xos kun, dam olish kuni.
Endi bu degani juma kuni yotish kerak ekan deb tushunmanglar. Haligi ayollarni uy ichida haligi katta hashar ishlar boshlanmagani ma'qul bo'ladi. Har qancha ko'chada qiladigan ishlari bo'lsa qilib, juma kunida oila a'zolari bilan o'tirishlik, mana shu kunda bayram ekanligini, fazilatini gapirishlik, mana bu ish bo'ladi. Birodarlar, bu sahobiya ayollarni, ummon xotin, mo'miniylarning hayotini nimaga o'rganyapmiz? Bir eshitib shunaqa bo'lgan ekan deb qo'yish uchun emas.
Bizni musulmon ajdodlarimiz qanday bo'lganligini bilishlik. Ayollarimiz kimga o'xshashi kerak? Ularga ibrat navoni qilib berishlik. Payg'ambarimiz aytganlar, ad debu avlodahkum ala xudbi nabiyikum va xudbi alibaytihi. Bollaringizda, farzandlaringizda, payg'ambarlarimizga bo'lgan muhabbatni o'rgatinglar.
Payg'ambarimiz oilasiga muhabbatni o'tkazinglar. Biz farzandlarimizni Payg'ambarimizni yaxshi ko'rishiga o'rgatishimiz kerak. Payg'ambarimizning oilasini yaxshi ko'rishiga o'rgatishimiz kerak, Payg'ambarimizning buyrug'i. Qanday qilib erga tushamiz? Qanday bir buni uddasidan chiqaramiz? Qanday qilsak shu muhabbatni jalolaymiz? Payg'ambar alayhissalomning hayotidan lavhalarni gapirib berish kerak. Mo'mino onalarimizning hayotida bo'lgan ishni gapirib berishimiz kerak va ularga qanday xulosa olamiz? Shu narsani tushuntirishlik kerak.
Chunki o'g'il otaga qarab dunyoni taniydi. Qiz onaga qarab dunyoni taniydi. Otani g'ami qanaqa? Bola shuni bolasi. Ena qanaqa? Televizortaydami? Qiz ham shunaqa bo'ladi. Agar birodarlar mana shu buyuk insonlarimizni, ajdodlarimizni, buyuk insonlarni tarixini o'rganib, ibrat qilib bolalarga bermasak, bolalar boshqa yerdan ibrat olyapti.
Bizga na millati, na dini, na xulqi, umuman to'g'ri kelmaydigan odamlarni ibrat qilib berishyapti. Va biz ibrat qilib bermasak, o'zlari ibratini topib olishyapti. Farzand hayotini avvalida kimlarga o'xshash kerakligini bilib olishlik kerak. Kimlardan uzoq bo'lishlik kerak, kimdan ehtiyot bo'lishlik keraks, bundan xabardor bo'lishlik kerik. Qizlarimiz Allohnı tanishda, uni toatida, uni muhabbatiga intilishda peshqadam bo'lgan ayollar. Erlarning xizmati, ularni mehrini qozonishda peshqadam bo'lgan ayollar, farzandlar tarbiyasida oliy namuna bo'lgan bu ulug' sahobiyalarni hayotini o'qib, o'rgatib, bundan xabardor qilishlik kerak. Alloh subhanah va taolo barchalarimizni qizlarimizni, ayollarimizni mana shu mahatul mo'mininglar amallarini qilishlikka muvaffaq qilishini so'raymiz. Aqul qovli ha da vastag'firullohi va alayhi va barakuhm. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.