Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilan amin. Va la aqibatu li muttaqin. Vassolatu vassalamu ala sayyidinam muhammad sodiqul va'dil amin. Va ala alixiy va ashabixiy ajma'in. Inna ba'd. Assalomu alaykum. Rahmatullohi barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari umma xotin umininglar haqidagi darsimizning navbatdagisi.
Ummu habiba romla bint abdusufiyon roziyallohu anhu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjalaridan yana biri umma habiba, romla bint abu sufiyon. Bu onamiz birinchilardan bo'lib islomga kirdi. Eri Ubaydulloh ibn Jaxsh bilan Havastonga hijrat qildi. Romla bint Abbu Sufiyonning musulmonlarni orasidagi hurmati, makonati ulug' edi. Shuning uchun Umma Habiba onamizni inisi Muoviyat ibni Abu Sufiyonga mo'minlarga qarab aytishardi, sen mo'minlarni tog'asisan. Chunki opasi Ummi Habiba mo'minlarning onasi bo'lgandan keyin, endi bu kim bo'ladi? Mo'minlarniy tog'asi bo'ladi.
Birodarlar, ayol kishi Alloh Taoloning huzurida oliy bir manzilatlarga, maqomlarga yetishligi mumkin. Uni ayol bo'lishligi mana shu narsadan to'sib qololmaydi. Minglagan erkaklardan manzilatda fazilatda yuksak bo'lishi mumkin. Bu ayni haqiqat. Endi ayolni endi hech qachon erkak kishi shunaqa bo'lmaydi. U past bo'ladi degan o'lchov bu johili o'lchov bo'ladi. Chunki shunday bir sahobiy ayollar bo'lganki, bular qilgan ishni erkaklar qila olmagan kerak bo'lsa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalari bilan o'g'it g'azoddan qaytar ekan, ana shu sahobiy ayollardan biri otasini o'lgani xabari keldi. Bilasizlar, bu Uhud g'azotida musulmonlar mag'lub bo'lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlari shirinib, tishlari singan. Shayton Muhammad o'ldi deb baqirgan edi. Mana shu xabar tarqagan edi. Vaholanki yolg'on edi bu. Ana shu muslimalardan, sahobiyalardan bo'lgan ayol musulmonlar jang maydonidan qaytib kelar ekan, Rasululloh tinchmi deb so'radi.
Otasini o'lgani xabari keldi. Bu ayolni so'zi nima bo'ldi? Rasululloh tinchmi? Innisini vafot etgani xabari keladi. Rasululloh tinchmi deb so'radi yana. O'g'lini o'lganini xabari keldi. Rasululloh tinchni deb so'radi. Qarang birodarlar, qanaqa musibat ustiga musibat kelyapti, lekin Alloh va Rasuliga bo'lgan muhabbatni balandligidan mana shu yaqinlari o'lsa ham, Rasululloh tindimi deb turibdi. Eri o'ldi. Shunda ham bergan savoli, erini o'lgani xabari kelganda ham Rasululloh tinchmi dedi. Bu qanaqa ayollar bo'lgan ekan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o'zini sog' salomat ekanini ko'rib, joni tinch edi. Payg'ambarimizni oldiga kelib turib, yo Rasululloh, siz omon bo'lsangiz bo'ldi. Boshqa hamma musibatlar hech narsa emas dedi. Bu qanaquq ayollar bo'lkan ekan? Shuning uchun aytyapmiz, ayol kishi Alloh Taoloning huzurida manzilati oliy bo'lishligi mumkin. Bu ayni haqiqat. Agar ayol kishi Robbini tanisa, hukmida qoyim bo'lsa, Alloh Taolo bu ayolga yuklagan vojiblarni chiroyli suratda ado qiladigan bo'lsa, albatta erkaklarda o'zib ketadi. Birodalar, har bir ayol qahramon bo'lishi mumkin. Har bir ayol jannatni sakkizta eshigidan kirishiga imkoniyat topishi mumkin.
Har bitta ayol erkaklardan o'zib ketishi mumkin. Chunki hadisda aytildi yu, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jannatni halqasini birinchi bo'lib men ushlayman dedi. Shunda bir ayol kelib tortishib, mendan avval kelishini xohlaydi. Payg'ambarimiz aytadilar, men aytdim, ey gibrid, bu kim? Jabr alayhissalom javob berdi. Eri o'lib, farzandlari bilan qolgan va shu bolalarni deb turmush qurishni tarqalgan ayol dedi. Rasululloh bilan jannatga kim birinchi keladi tortishyapti? Bu hadis jome'us haqqidan, anasi roziyallohu anhunar rivoyat qilinadi. Demak, ayol kishi, Alloh unga yuklatgan vazifalarni chiroyli ado qiladigan bo'lsa, albatta erkelardan o'tib ketadi. Albatta ancha muncha erkelardan o'tilib ketadi.
Demak birodarlar, ayol kishi ham erkak kishini singari taklifotlarda, yelkasiga qo'yilgan vazifalar, mas'uliyatlarda erkaklar bilan barobar bo'ladi. Albatta endi ayollarga o'ziga xos vazifalar beriladi islomda, erkaklarga o'ziga hozir. Ammo hozirgi kunga kelib turib, birodarlar, turmushni qarasanglar, erkak bilan ayolni farqi qolmaganga o'xshaydi, ayrim holatlarda. Erkak qiladigan ishni ayollar qilib yurganini ko'rasiz ko'chalarda. Ayol qilish kerak bo'lgan ishlarni erkaklar qilib o'tirganini ko'rasiz.
Qayerda? Uylarda. Birodarlar, ayol, ayol u muqaddas. Ayolni o'rni muqaddas. Chunki u ona, u xotin, farzandlarini tarbiyasini qiladigan ona, singil maqomida turadi. Endichi, hozirga kelib birodarlar, hayol kishi tovar bo'lib qolgan.
Ya'ni tijorat mollarini o'tkazishlik uchun asbob bo'lib qolgan. Ya'ni, har qanday sotmoqchi bo'lgan narsangizni ustiga yarim yalang'och ayolning suratini qo'ymasangiz, sotilmaydi. Qo'ying shunaqa suratni, notoist nima qiladi? Ajoyib da, pechkani ko'rsatsam bitta ishdan o'stirish kerak. Zontingiz sotish kerak bo'lsa, bitta ishdan olish kerak. E'tibor beringlarda, ko'zimiz o'lib bo'ldi. Ko'zimiz o'shani o'rganib bo'ldi. Bu narsani ma'siyatligini qabul qilmang. Surat yo'q ekanmi ichida hech qanaqa.
Ayollarda birodarlar ana shu o'zlarini tijorat mollarini o'tadigan asbobga aylantirib oldi odamlar. Ayolni ishi bo'lmas edi, ayolni uni bo'lmas edim. Musulmonlarga Makkada aziyat kuchayib ketganidan keyin, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Habasistonga hijrat qilishlikka ruxsat berdi. Xohlasanglar, hijrat qilinglar. Dinini saqlab qolishlik uchun yurtini tashlab chiqib ketganlar qatorida Romli bin Tabusufyon o'zini eri Ubaydulloh ibn Jaxsh bilan bor edi. Bu ikkalasi Habasistonga hijrat qildi. Murodalar, biz musulmonlar orasida yashaymiz.
Masjidlar ochiq, namoz o'qishni hech kim qarshilik qilmaydi. Uyingda o'qiysanmi, masjidda o'qiysa, o'quvur. Darslar qoyim, kutubalar doimiy bo'lib turibdi, islomiy kitoblar serob. Ammo birodarlar, shukrni ado qilyapmizmi? Xohlaganingcha o'qi, xohlaganingcha amal qil, xohlaganing cha ibodat qil. Ammo sahobalarga qanaqa bo'lgan? Namoz o'qiganligi uchun o'ldirilgan ular. Dinlarni saqlab qolishligi uchun yurtini tashlab chiqib ketishlikka, Havastonga hijrat qilishlikka majbur bo'lgan. Ular islom yukini ko'targan. Ular ishlomni ko'targan, bizni islom ko'taryapti.
Romli bin tabusufiyon mashaqqat, mana shu hijratda yo'l bo'ladigan hijrat mashaqqatlarini hammasini ko'tardi. Aybi robbim alloh deb qo'ygan edi bu musulmonlarni. Diniga bemalol amal qilishlik uchun yurtini tashlab chiqib ketishlikka majbur bo'lishdi. Mana shunday bir hijrat qilib, yurtidan ajralib, musibat chekib turgan umma habibaga yana bitta musibat keldi. Eri ubaydulloh ibn jahsh murtad bo'lib ketdi. Qabristonga borganida nasroniy diniga o'tib ketdi. Odamlar islomga kirib, islom dini odamlar bilan ko'payib, to'p to'p odamlar islomga kirib turgan paytda, mana shu havastonda podshohi nadjojiy islomga kirilib turgan paytda murtad bo'ldi. Aroqxo'rlikka belib ketdi. Mana shuni oqibatida o'ldi. Birodarlar, ayol kishi uchun eng yaqin inson bu uning eri.
Romlani, Romla bint Abdusofiyonni eri dindan qaytdi. Aroqxo'rlikka o'tib ketdi, bu albatta katta musibat edi. Ibn Sa'd, Ibn Umar ibn Sa'dil Umaviydan rivoyat qiladi. Umma Habiba onamiz aytadi. Tushumda erim Ubaydullohni juda xunuk ko'rinishda ko'rib qo'rqib ketdim. Uyg'onib qarasam, dinidan qaytib ketibdi. Unga tushumni aytib berdim. Ammo u bunga parvo qilmay aroqqa berilib ketdi. Aroqxo'rlik sababli o'ldi. Shundan keyinlar tushumda bir keluvchi kelib menga ey mo'minlarning onasi deb xitob qildi. Ko'ring birodarlar, eri o'ldi, murtad bo'lib o'ldi, tushida kelayotgan bashorat beryaptiki, siz Muhammad alayhissalomning ayoli bo'lasiz.
Iddam tugashi bilan deydi Umma Habiba onamiz, Najjoshiyning elchisi meni oldimga kirishlikka izni so'radi. Musulmonlar qabristonda, Najjoshiyni himoyasini ostida Umma Habibani iddasi tugadi, Najjoshidan elchiga kirishlikka ruxsat so'radi. Bir joriya kirdi, kirib podshoh sizga, sizni nikohingizda vakil bo'ladigan kishini tayinlashingizni aytdi. Sizni nikoh xutbasizda sizni vakilingiz bo'ladigan odamni tayinlaysiz ekan dedi. Men Xolidimni Said ibn Osibni Umayyoni vakil qilib tayinladim. Joriyaga suyunchiga ikkita kumush buyragi uyini hadya qildim. Kech kirganda Najjoshi ana shu joydagi musulmonlarni, Ja'fariddin Abitolib va boshqa musulmonlarnni uni huzurida hozir bo'lishlikka buyurdi. Yig'ildi musulmonlar, Najjoshi nikoh xutbasini o'qidi. Rasulullohni uylab qo'yyapti kim? Najjoshi. Ollohga hamd aytdi, shahodat keltirdi, so'ngra, ammo va'd, albatta Rasululloh menga maktub yozib, u zotni Ummahabibaga nikohlab berishimni aytibdi. Bas men ijobat qildim, dedi.
Ummahabibaning mahriga to'rt yuz dinorni tayin qilib, ularni yerga to'kdi. So'ngra ummahabiba onamizning vakili Xolidimni Said xutuba qilib shunday dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chaqirgan narsaga men ham ijobat qildum, ummahabibani Rasulullohga nikohlab berdim deb dinolarni oldi. Najoshi ularga taom qilib berdi, valima qilib berdi.
Agar banda Allohni roziligi uchun bir narsani tark qilsa, albatta, albatta dunyo yo oxiratda Alloh bu bandaga u tark qilgan narsasidan yaxshirog'ini beradi. Bir yigit uylanishniki puli yo'q, hech qanday najot ham yo'q, umid ham yo'q yurgan paytda zinoga ochiladi. Ammo Alloh uchun mana shu nafsini tiyadi. Zinodan o'zini ehtiyot qiladi, nafsidan kechadi. Mana shu qilgan ish uchun Alloh Taolo shunday bir joydan bir yo'lini berib qo'yadi, bitta odam sabab bo'lib qoladi, xotinlik ham bo'ladi. Uylik ham bo'ladi, ishlik ham, qullik ham bo'lardi. Nima uchun beriladi unga? Nafsini tiyganligi uchun, nafsini sindirganligi uchunga, Alloh uchun nimadandir kechganligi uchuncha. Eslaylik. Payg'ambarlar tarixidan Muniya alayhissalom madiyanga keldi.
Ikkita qizni boshqa odamlar qo'ylarni sug'orayotganda, qo'ylarni qo'shmasdan chekkada turganligini ko'rdi. Qorni och. Oyog'lari shilinib ketgan. Yurtidan quvg'inga uchrab qaytgan. Haligi ikkovi qizlarni qarasa, qo'ylaringni sug'ora olmayapti, erkaklarga aralashmayasizlar. Sekin bordi da, haligi ikkala qizni qo'yini sug'orib, olib borib qaytarib topshirdi, omonatdonlik qildi. So'ngra daraxt tog'iga borib duo qildi.
Robbiy innilima anzalta ilayya min xoyrin faqir. Savobli ishni qilib qo'ydi. Birorta qo'ydi shunday olib qolishi mumkin o'g'ilni qilib. Nafsidan kechdi, qiyin bo'lsa ham savob ish qildi. Farhodikoro, sen menga tushiradigan xayriyatingga men muhtojman dedi. Atina aytgani yo'q u muhtojlik nimaligini. Uyda moda, pulda moda, hech narsa da moda. Sen menga nima yaxshilikni tushirsin, shu menga muhtojman, shunga muhtojman. Shu narsa menga kerak degan edi.
Seni menga tushiradigan xayriyatingga muhtojman degan edi. Mukofot qanaqa bo'ldi? Payg'ambarga kuyov bo'ldimi? O'n yil mehriga ishlab berasan dedi. Uyli bo'ldimi? Uy ham bor. Joy ham bor. Xotin ham bor. Payg'ambariga kuyov bo'lishlik bor. Shuning uchun ukalar, harom ishdan o'zimizni tiyib voz kechaylik. Nafsimizni tiyib bir narsadan voz kechaylik da Alloh uchun. Alloh voz kechganimizdan yaxshiroq narsani albatta beradi. Eri murtad bo'lib ketdi, kofir bo'lib ketdi. Dindan qaytgani yo'q. Dinida sobiq turuvdi. Qanaqa kuyovni berdi Alloh Taolo umuman Habiba onamizga? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek. Yo'q.
Umma Habibaga mana mahrum qurib berildi. Undan ellik dinorni olib, Nadjoshini haligi xabar olib kelgan joriyasiga berdi. Oldi, keyin qaytarib olib kelib berdi hamma yoqni. Chunki Nadjoshiga borib turib aytdi da, so'yinchisiga ikkita kumush bilagizuv beruvdi. Keyin nikohdan keyin ellik dinor berdi deganida, Nadjosh urishib bergan edi. Avval olganlaringni ham, keyin olganlaringni hammasini qaytarib berasan. So'ngra mana shu joriy keldi, qaytarib berdi, so'ngra ertasiga xushbo'ylarni, atirlarni olib kelib berdi. Umma Habiba onamiz qabul qildi va mana shu xushbo'ylar bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yo'liqdi.
Endi Umma Habiba Romli bin Tabri so'fiyoning otasi, mana Payg'ambarimizning ayoliga aylandi bu onamiz. Otasi Makkadagi Qurashning eng katta saidi, mushrik. Qizi Habasistonda turib, o'n uch yil yurgan Habasistonda birodarlar. O'n uch u yil. Rasulullohga tekkanligini eshitib turib, Abu Sofiyon nima dedi? Rasulullohning eng ashaddiy dushmani.
U dedi, Muhammad alayhissalomni, malomat qilinmaydigan va talab qilinmaydigan kishi dedi. Dushmanini Payg'ambarimizga berayotgan tarixini ko'ring. Payg'ambar alayhissalomni axloqi naqadar go'zal birodarlar, hatto dushmanlari yigirma yil dushmanlik qilgan Abu Sufiyon Rasululloh haqida mana shunday bir chiroyli so'z aytyapti. Albatta u karim odam bunday kishini talabi qaytarilmaydi dedi. Agar dinimizni dushmanlari va ana shu payt davrdagi qurash mushriklari Payg'ambarimizni hayotidan birorta ayb topa olganida, albatta buni dunyoga jar solgan bo'lishar edi. Ammo Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam sodiqul amin bo'lgan zot edi. Bu sifat u zotga hali Payg'ambar bo'lmasdan turib, Qur'ish tarafidan berilgan edi.
Payg'ambarimiz sodiqul amin edi. Eslanglar hijrat qilgan kechasini. Rasulullohni Qur'ish mushriklari sehrgar deyishdi, da'vatiga to'sqinchilik qilish uchun. Jinni deyishdi, majnun deyishdi, kazzob deyishdi, deb turib, qimmatbaho omonatlari bo'lsa, birorta qo'yadigan joyi bo'lmasa, ishlanishli joy, shunaqa deb Payg'ambarimiz bilan kunduz urishib turib, kech payt boyagi omonatlanib kelib berishadi. Turib tursin senda Muhammad deb. Mana endi Rasululloh hijrat qilib chiqib ketayotganda, ana shu omonatlar turibdi.
Axloqni qarang go'zalligini. Nima qildi? Bir kuydiray senlarda dedimi? Shuncha o'n uch yillik dushmanlik qilishganiga bir adabini beray senlarda dedimi. Biz yezishlik xoram deymiz, yezish mumkin emas edi, ariq qirqitib yuborishimiz mumkin. Na senga ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam alayhibna abit olibga har bitta omonatni ko'rsatgan. Mana bu falonchin aka, mana bu falonchinaka, men ketgandan keyin yetkazib berasan deb. Axloqni qaranglar, birodarlar.
Bu qaysi kurash edi? Payg'ambarimizni o'ldirishlikka dorun nadvat yig'ilgan kurashni omonatlari edi birodarlar. Ana o'rganaylik biz. Ana o'rgandaylik. Umma Habiba Ramlah bint Abu Sufyon. O'n uch yil, o'n uch yil Xabashistonda muhojir bo'lib turishdi. Ular o'zlarini yeridan uzoqda, Xabashiston yerida o'n uchinchi yil yashashdi. Aybi nima edi bularni? Robbim Alloh deb qo'ygani uchun yurtidan haydalganda bular.
Xabashiston muhojirlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzuriga, Madinaga Ja'fariddin Abdutoli boshligida qaytib kelishdi. Ular bilan birga, mana endi mo'minlarning onasi umma habiba romma bin tabibusufyon ham bor edi. Ular Makkadan dinini saqlashlik uchun shirkdan qochib ketishgan edi. Endi esa islomni ishi yuksalgan birodarlar. Zulm yo'q, tajovuz yo'q, qo'rqmasdan ibodat qilishadi. Madinay munavvaraga Rasulullohni oldiga kelishdi.
Bu paytda Rasululloh Haybar g'azotini yengib, yahudiylarni ustida g'olib bo'lib, juda katta o'ljalarga ega bo'lib turgan paytda, o'ljalar taqsim qilinayotgan paytda, Ja'fariddin abidov olib, Habash muhojirlari bilan Rasulullohni oliga keldi. Shunda Payg'ambarimiz aytdilar va allohi la adri bi ai hima ana asar abiy fatihiy haybar, ambiqudumi jahfar. Va allohi qaysinisi bilan ko'proq xursand bo'lishni bilmayapman. Haybarni fath bo'lganigami yoki Jahfarni kelganigami?
Mana Havashiston muhojirlari kelganda Payg'ambarimiz Haybar o'lchalari, o'ljalaridan ularga ham ulush berdi. Bu o'rinda bir ishora bor. Bu narsaga bir e'tibor qilishimiz kerak. Abu muso as shari roziyallohuda rivoyat qilinadi. Odamlar bizga sizlardan hijrat sababli o'zib ketdik deyishar edi. Makkadan Madinaga hijrat qilgan muhojirlar, Qabachiston muhojirlariga sizlardan biz o'zib ketganmiz. Chunki biz Rasululloh bilan birga hijrat qilganmiz deyishar edik. Qobachistonga hijrat qilgan ayollardan Asmo bint Umays.
Umariddin xattobni qiziq hafsonamizni uyiga kirganida, ikkalasi turganida umariddin xattoxon kirib keldi. Umariddin xattiob asmo bin tumaysga qarab, hafsonamizdan so'radi, kim bu dedi. Asmo bint Umays dedi. Havasdan muhojirlardanmi dedi. Ha deb javob berdi Asmo bint Umays. Shunda umariddin xattoob asmoga biz sizlardan hijrat sababli o'zib ketdik. Shuning uchun biz sizlardan ko'ra Rasulullohga haqliroqmiz dedi. Sizlardan ko'ra yaqinroqmiz Rasulullohga. Rasululloh bilan hijrat qilganmiz dedi. Sizlar ketib qolgansizlar dedi.
Asmo bint Umays g'azablanib aytdiki, vallohi dedi. Valloh, unaqa emas, dedi. Sizlar Rasululloh bilan birga edinglar. U zot sizlarni to'ydirdi. Johillaringizni yo'l ko'rsatdi. Biz esa Rasulullohdan uzoq yerda, nafrat va adovat yerida edik. Bularni hammasi Alloh va Rasul uchun bo'lgan edi. To sizni so'zingizni Rasulullohga yetkazmagunimcha, ovqat ham yemayman, suv ham ichmayman. Agar siz aytgan gapni Rasululloh tasdiqlasa, sizlar bizdan afzal bo'lsanglar, Rasululloh huzurida qabul qilaman.
Siz aytgan so'zga qo'shmayman ham, kamaytirmayman ham. Rasulullohga shunday olib borib yetkazaman. Siz nima dedingiz? Sizlardan hijrat sababli o'zib ketdik, dedingiz. Rasulullohka borib menga aytgan so'zingizni yetkazaman. Agar sizni so'zingizni tasdiqlasa, uni qabul qilaman. Agar tasdiqlamasa, ziyoda qilmasdan kelib sizga yetkazaman dedi. Ya'ni, kim rasulullohga yaqinroq? Kim rasulullohka haqliroq? Sizlar ketib qolib qutilgansizlar. Biz rasululloh bilan turdik, Madinaga birla hijrat qildik. Biz yaqinroqmisizlardan rasulullohga deydi.
Asmo bin To'mays rasulullohni oldiga kelib, yo rasululloh, umarimni hatto falon falon deyapti dedi. Rasululloh, siz nima dedingiz dedi. A men falon falon deb javob berdim dedi. Payg'ambarimiz aytdilar. La iso biya haq bi ming kun. Valahualiyos habihiy hijratun vahida, valakum an tum ahlu safi'ati hijratan.
Sizlardan ko'ra u menga haqliroq emas. Uni va uning asxoblarini bittagina hijrati bor. Ammo sizlar esa safiyni egalari ikkita hijratingiz bor dedi. Chunki ular Habasistonga qilgan hijrati bitta hijrat bo'ldi. Habasistondan Madinaga qilgan hijrat i ikkita hijrat bo'ldim. Demak, Umma Habiba onamiz ikkita hijrat sohibasi hisoblanadi.
Umma Habiba onamiz Madinaga keldi. Rasululloh xursandchilik bilan kutib oldi va o'zining ayollarini qatorida masjidga yopishtirib qurilgan hujralarni birga joylashtirdi. Madina ayollari ham bu pokiza onamizni kelishligini xursandchilik bildan kutib olishdi. Bayram qilishdi. Bu muborak nikoh bilan muborakbod qilishdi. Tabriklar, taxiyalar aytishdi. So'ngra Umma Habiba onamizning qarindoshi Usmonovna Affon jonliq so'yib valima qilib berdi. Chunki usmonovnaffon ham banu umayyadan, romla bint abu sofiyon ham banu umoyyadan bo'lgan, abu sofiyoning qizi edi.
Payg'ambarimizning boshqa ayollari Romla onamizni yaxshilik bilan kutib olishdi. Umma Habibaga Payg'ambarimiz uylanishidan avval, bir necha kun avval Sofiya bint Hayyaibni Axtabga uylangan edi. Ana shu Haybar podshohlaridan bo'lgan Hayayni qizi, Sofiya onamiz, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kalima keltirib, erga tekkan edi. Demak, bir qisqa vaqtni ichida Payg'ambarimizni qo'lida ikkita xotin bo'ldi. Sofiya bint Hayayrni Axtab va Umma Habiba Romla bint Abu Sufiyon.
Oshi onamiz yaxshi kutib oldi Umma Habiba onamizni. Chunki Umma Habibani ko'rgan vaqtida nimagadir g'ayrulda kelmagan edi. Mana shu paytda Umma Habibani yoshi qirq ga yetgan edi. Shunday qilib umma habiba habistondagi mehnat mashaqqatlardan keyin tinch osuda rasulullohni uyida yashashni boshladi. Oltinchi yilning oxirlarida musulmonlar kurash bilan tinchlik sulhiga kelishishdi. O'n yil urushmaslikka kelishishdi. Mana shu sulhda musulmonlar va kurash bir qancha shartlarga kelishishdi. Ana shu shartlardan bittasi rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan sohayli ibn amr turib, shu sulhni tuzayotganda, shu sulhga guvoh bo'lgan qabilalarning kishilari bor edi. Banu bakr qabilasidan kishilar turgan edi, xizo qabilasidan bo'lgan kishilar.
Sulhni shartlaridan bittasi, qaysi qabila mana shu kelishayotgan qaysi tarafga o'tsa, bu ixtiyori. Shunda xo'zoq qabilasi muhammad alayhissalomning xilfiga o'tadi, ittifoqchilarga aylanadi. Banu bakr qabilasi qurish ittifoqchilari bo'ladi. Endi, agar xo'zoq banu bakrga, bakr qabilasiga hujum qilsa, musulmonlar qurishga hujum qildi. Sulhni musulmonlar buzdi bo'ladi. Agar bakr qabilasi xo'zoqga hujum qilsada, sulhni qurish buzdi bo'ldi. Chunki kelishgan ikki tomon o'zining ittifoqdoshlarini ishiga javobgar bo'lar edi.
Mana shu sulh munosabati bilan eskitdan davom etib kelayotgan xuzo bilan bakr o'rtasidagi adovat to'xtab qoldi. Bu ikkala qabila doim bir biri bilan urushar edi, doim bakr qabilasi mag'lub bo'lar edi, o'chini ololmay yurar edi. Mana endi tinchlik quzoqlik kishilar ham qilich ko'tarmay qo'ygan. Xotirjamlik haram hududida turishganida, bakr qabilasidan bo'lgan kishilar qurayshlik odamlarni yordamida ulardan bir qanchalarni qatl qiladi. Sulh buzildi. O'n yilga tuzilgan sulh ikki yilda buzildi. Mana endi rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu xabar yetmasidan turib, quraysh bir odamni jo'natib, xabar yetmasdan turib sulhni yangilab qo'ysak, muhammad hech narsa qila olmay qoladi degan ma'noda abu sufiyon ibn xalqni jo'natishdi. Sulhni yangil a, muddatni cho'zib kel. Lekin uni o'ylagan ishi bo'lmadi. Chunki rasulullohga xabar yetib bo'lgan edi. Abu sufiyon keldi, payg'ambarimizdan sulhni yangilaylik, muddatni chozaylik deb so'ragan edi, payg'amarmiz qabul qilmadi. Abu bakrga bordi, umariddin xattobga bordi, ali ibn abiturabga bordi, hech kim foydasi tegmadi. Shunda o'zini qizini uyiga kirdi.
Umma Habiba Romla binti Abu So'fiyon, Payg'ambarimizning ayoli. O'zini qizi uyiga shunday kirganida, Umma Habiba otasini ko'rib turib, to'satdan kelib qolganida nima qilishini bilmay qoldi. Chunki o'n besh yil deganda endi ko'ryapti otasini. Ota ham o'n besh yil deganda endi ko'llayapti qizini. Qizini sarosimaga tushib qolganini ko'rib tushundi Abu So'fiyon. Chunki o'n besh yil o'rtada uzilish bor.
Shunda indamasdan, yerda turgan to'shakka o'tirmoqchi bo'lganida, Umma Habiba onamiz yugurib borib turib to'shak tagidan tortib oldi. Shunda Abu So'fiyon qiziga qarab turib, bu to'shak menga munosib emasligi uchun tortib oldingizmi? Yo men bu to'shakka loyiq emasligim uchun tortib oldingizmi dedi.
Ya'ni meni qadrim balandligi uchun bu sizga yarashmay deyapsizmi? Yo to'shakda qadringiz uchun balandmikin, menga o'tirishlikka loyiq ko'rmayapsiz dedi. Umuman Habiba nima dedi? Bu Rasulullohni to'shagi dedi. Siz mushrik najassiz dedi. Abu Sofiyaning qizidan bu gapni eshitib turib, qizidan ham bir foyda chiqmasligini bilib, mendan keyin sizga yomonlik yetibdi, dedi da, noumid holda chiqib ketdi.
Mana shu holat Umma Habiba uchun juda qiyin holat edi. Chunki Payg'ambarimizni boshqa ayollari qarab turishibdi. Otasi keldi, mushrik. Nima qiladi? Mushrik bo'lgan otasiga yaxshilik qiladimi? Qanday ish tutadi? Umma Habiba bu holatdan chiroyli suratda chiqib ketdi .endi mushrik otasini haqqiga duo qilishidan boshqa ish qo'lidan kelmasdi umuman Habibonimizni.
Makka fath sodir bo'ldi. Abu sofiyon ibn harb makkani tashqarisiga chiqib, musulmon qo'shiniga to'g'ri keldi da, qurashlilardan birinchi bo'lib kalima keltirib oldi. Mana endi Makka fath bo'ldi, Abu Sofiyonni Islomga kirdi. Abbosim Nodir Mutolib aytadi: Yo Rasululloh, Abu Sofiyon faxrni yaxshi ko'radigan odam, bir narsa berib qo'ying bunga, dedi. Rasululloh aytdilar: Men dahalada Abiy Sofiyan, fahva, amin. Kim Abu Sofiyonda uyga kirib berkinsa, bas u omonda, chunki qo'shin kiradi Makkaga. Kim o'zini uyiga kirib ichkaridan eshikni bekitib olsa, u omonda.
Kim haramga kirib berkins a, haramga kirib olsa, u omon da dedi. Rasululloh uni manziliyatini joyiga qo'yib qo'ydi. Qaranglarda, yangi Islomga kirdi. Majburan kalima aytdi. Lekin Qurishni birodarlar saidi bu. O'ziga yarasha muomala qilishlik kerak. O'rganaylik. O'rganalaylik Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sunnatini. Odamlarda tutgan mavqeyiga qarab muomala qilinishlik ham nima ekan? Ayni sunnat ekan.
Makka fath bo'lganidan, otasini islomga kirganigidan xabar topib, Umma Habiba onamiz juda qattiq xursand bo'ldi. Chunki bu onamizni orzusi amalga oshdi. Makka musulmon bo'ldi, qavmi, Quraysh qabirasi musulmon bo'lib va otasi musulmon bo'di. Ibn Sa'd, Romli bin Abu Sufiyonni vafoti haqida shunday deydi. Qirq to'rt hijriy yilda Umma Habiba onimiz vafot etgan. Qirq to'tinchi yildan. Rasulullohdan keyin yana o'ttiz yilga yaqin umr ko'ryapti. Umri oxirlab qolganda vafoti arafasida Umma Habiba onamiz Oysha onamizni chaqirtirib, oramizda kundoshlar orasida bo'ladigan narsalar bo'lgan edi.
Mana shu narsalar uchun men sizdan kechirim so'rayman dedi. Oysha onamiz kechirdi. Shunda Umma Habiba meni xursand qildingiz, Alloh sizni xursand qilsin dedi. Xuddi shunga o'xshaganday Payg'ambarimizning o'sha davrda tirik bo'lgan boshqa ayollardan ham kechirim so'radi. Umma Habiba romlabin tabusufiyon qirq to'rtinchi hijriy yilda vafot etdi va Baqiyga dafn qilindi. Birodalar, ichingizda hajga borganlar bor. Umraga borganlar bor, Payg'ambarimizni sollallohu alayhi vasallamning masjidlarini ro'parasida Baqiy qabristoni bor. Ko'zimiz tushgan. Bir eslangizda, kirganingizda yoki tashqarisidan ko'rganingizda. Kimlar yotibdi u yerda?
Oysha onamiz yotibdi. Rasulullohning boshqa ayollar yotishibdi. Rasulullohni sahobalari, usmonun affonlar, har bittasi qahramon bo'lgan buyuk insonlar. Chunki u asr birodarlar saodat asri edi. Ulug' insonlar yashagan asr edi. Birodarlar har bir asrda qahramonlar bo'ladi. Mana shu qahramonlar o'zini ishini ko'rsatishligi uchun eshiklar ochiq bo'ladi. Chunki birodarlar, sahobalarda ilohi bizni ham ilohimiz.
Sahobalarda kitobi bizni ham kitobimiz. Sahobalarning payg'ambari bizni ham payg'ambarimiz. Har birimiz o'zimizni davrimizda bir qahramon bo'lish imkoniyatimiz bor. Chunki qo'limizda Qur'on bor, sunnat bor, shariat bor. Allohni do'stlarini maqomiga yetishimiz imkoniyatimiz borda. Faqat bitta narsa talab qilinadi. Alloh va Rasulullohni hamma narsadan ustun ko'rishimiz kerak. O'zimizdan ham, otamizdan ham, bolamizdan ham, hatto o'zimizni havoyi nafsimizdan ham. Qarang, Rasulullohni o'tiradigan to'shagiga otasi kelib o'tiraman desa, Rasulullohni to'shagini shunaqa yaxshi ko'radiki, olib qo'yyapti, otasidan ustun ko'ryapti. Nima uchun? Otasi mushrik edi da. Otasi musulmon emas edi da. Shuning uchun birodarlar, fosiq, dindan uzoq, itoatdan chiqqan odamlarda do'st tutayotganimiz, iymondagi nuqsonimizni borligini belgisi. Qaytarib aytaman, dindan uzuq, itoatsiz, fosiq odamlar bilan do'st tutayayotganimiz, bizni iymonimizdagi nuqson hisoblanadi. Kimlarni do'st tutyapmiz? Aksincha, toatdagi, taqvodagi, dinda xizmatidagi, ummatda xizmatdagi odamlar bilan dostup bo'lishimiz, iymonimiz alomati. Kishi do'stini dinida bo'ladi.
Kishi kimni do'sti ekaniga qarab qo'ysin degan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Kim boy odamni oldida o'tirib, uni boy bo'lgani uchun, unga o'zini xor tutsa, bas dinining uchdan biri ketdi. Kim boy odamning oldida o'tirib, uni boy bo'lgani uchun unga o'zini xor qilsa, bas uning dinini uchdan biri ketdi.
Boy yomon demayapmiz a? Boy musulmon boy ham bor, musulmon emas boy ham bor. Faqat uni puldorligi uchun haligini oldida o'zini hokisor tutayotgan bo'lsangiz, boyligi uchun da, dini uchun, taqvosi, ilmi uchun emas, ummatga keltirayotgan foydasi uchun emas. Puli borligi uchunlar o'zingizni oldida xokisor tutyapsizmi? Diningizni uchdan biri ketdi, birodar. Istig'for ayting.
Aqol u qovli ha da v astag'firulloh ili va lakom. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.