Alhamdulillahi robbila amin va la haqiba tulil muttaqin. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqul va'adil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Ammabot, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bugun allohni fazli marhamati bilan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollaridan um mul mo'minin. Uzoq umr ko'rgan muhojira. Sahobiyalarning orasidagi faqihalaridan sanalgan. Tohira hind binti abiumaya ummu salama roziyallohu anhom haqida suhbat qilamiz.
Ummu salama kim edi? Rasululloh bu onamizga qachon uylandi? Ummu salama onamizning yoshi nechada edi? Qachon vafot etdi? Ummu salama onaimiz roziyallohi anhom ummu salama hind binti abiy umayya, ibn mug'ira, ibn abdulloh ibn amr, ibn mahzun, ibn yoqizo, ibn murra, roziyallohu anho. Ummu Salama onamiz roziyalloh anha Sayfulloh bo'lgan Xolid ibn Valid va Abu Jahl ibn Hishomlarning amakisining qizi edi. Ummu salom onamiz payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga turmushga chiqishlikdan avval abu salama abdulloh ibn abdul asad al mazumiyni nikohida bo'lgan edi. Birinchi eri. Abu Salama Abdulloh ibn Asad. Abu Salama solih inson bo'lgan edi. Payg'ambarim sollallohu alayhi vasallam Ummu Salom onamizga hijratning to'rtinchi yili uylandi. Mana shu vaqtda Ummu Salomon onamizning yoshi o'ttiz beshta edi. Ummu Salomon onamimiz go'zal, sharafli va aqlli ayollar tan edi. Taxminan nubovotdan o'n yetti yil avval dunyoga kelgan edi Ummu Salomon onimiz.
Hijri oltmish birinchi yilda vafot etdi. Ummu Salomon onaimiz vafot etganda yoshi to'qson bir da edi. Payg'ambarimizning ayollarini ichida eng uzoq umr ko'rgan onamiz, Hind binti Abiy Umayya. Albatta, Allohning marhamati edi, Ummi Salomu onamiz uchun, bunday bir uzoq umr ko'rishlik. Kishini uzoq umr ko'rish, moli davlatli bo'lishi, ro'ji aql egasi bo'lishi, albatta bular dunyoning saodatidan, dunyoning kengligidan, Allohning bergan rahmatidan.
Bu dunyoda xayriyatlaridan so'z ochishlikdan avval bir narsani bilishimiz kerak, birodarlar. Inson dunyoda mana shu ne'matlardan qancha oldi, qancha olmadi, boymi, kambag'almi, farqsiz, hamma imtihonga duch keladi. Alloh bir bandaga bir narsani berib sinaydi, yana bittasiga shu narsani bermay sinaydi. Bir bandani boylik bilan sinasa, bir bandani kambag'allik bilan sinaydi. Demak, boylik ham, kambag'allikka ham sinov deb qaraymiz.
Bandaga Alloh berib sinaydi, bermay sinaydi. Go'zal ayollar bo'ladi. Husni jamoli nihoyatda bir ortiq darajada bo'lgan go'zal ayol bor. Ular mana shu go'zalligiga yarasha sinovga duch keladi. Endi husni bunchalik chiroyli bo'lmagan ayollar bor, bularga keladigan imtihon ham shunga yarasha. Katta boylik, moli davlat egasi bo'lgan kishilar bor. Ularga imtihon shu boylikga yarasha keladi. Kambag'al odam. Shuning uchun Alloh Taolo bir yillarda, ikkinchi yillardan afzal qilib qo'ygan narsalarni orzu qilmanglar deydi. Hamma boy badavlat bo'lishlikni xohlaydi. Ha, albatta, boy badavlat bo'shlik yaxshi. Payg'ambarimiz Allohumma inniy audhu biki minal kufri faqir deb duo qilganlar. Kofir bo'lib qolishlikdan, faqir bo'lib qolaishlikdan panoh so'ragan. Kambag'al bo'lishingni hech kim orzu qilmaydi, ammo Alloh sizga bermagan shu davlatni bersa, ana shu boylik degan sinovidan o'ta olasizmi?
Shuni yukini, mashaqqatini ko'tara olasizmi? Bilmaysiz. Shuning uchun nima deb so'rang? Meni boy qilgin deb so'rang emas. Meni boy qilib qo'yginmas. Robbana atina fiddunia hasanading. Parvardigorot dunyoda ham, oxiratda ham menga ham yaxshilikni ber deganding, agar sizga boylik kelishiga yaxshilik bo'lsa, Alloh beradi. Agar kelishing yomon bo'lsa, bermaydi. Shunda har qanday holatda ham hayotingizda nima bo'lasiz? Rozi bo'laverasiz. Kuchli, quvvatli odamlar bor. Boy baland, belida quvvati bor, bir o'nta odamga kuch yetadi, imtihon shunga yarasha bo'ladi. Endi jismonan nimjonroq, quvvatuzroq odamlar bor, imtihon, shunga yarasha boladi. Endi boyagi kuch quvvat olgan, gavdali bo'lgan, quvvatli bo'lgan odam o'zidan zaiflarga kuchini ko'rsatib, zulm qilayotganda, demak o'ta olmayapti imtihondan.
O'ta olmayaptida. Shuning uchun sizga ham shunaqa narsani berib qo'ysa, chidolarmidingiz? Uni bilmaysiz. Demak bizga birodarlar, berilgan narsa ustida ham imtihon keladi ustimizga. Berilmagan narsa ustida ham iltimos keladi. Bu inson birodarlar, hayot judayam qisqa. Hayot judayam qusqa. Ko'zni bir ochib yumish o'tib ketyapti. Ko'ringlar birodarlar, ramazon tugadi. Ramazonga bir oy qoldi deyotgandik, o'n besh kun qoldi devdik, birinchi ramazon devdik, beshinchi ramazon devdiki, mana ramazon o'tganiga qancha bo'ldi? Bir oy bo'ldi ya. Endi qarab turinglar. Haj pashdagacha yana ramazon kelyapti deymiz, inshaalloh.
Kuch quvvatli imtihonidan o'tgan odam jannatga kiradi. Zaiflik, quvvatsizlik imtihondan o'ta olmagan odam jahannamga kiradi. Boyi badavlatlik imtihonidan o'tgan odam jannatga kiradi. Endi faqir bo'lib yashab, shu kunini imtihonidan uza olmagan faqir ham jahannamga keladi. Demak birodarlar, har bitta inson hayotida imtihonga duch keladi. Ikki xil bo'ladi imtihon. Sizga berilgan narsalarni ustidagi imtihon va sizga berilmagan narsalarni usting imtihon. Ummu salom onamiz roziyallohu anho bu kishining, bu onamizning otasi arablarning ichidagi eng saxovatpesha kishilardan bo'lgan. Otasini zodur rokiyb deyishar edi. Bu odam safarga chiqadigan bo'lsa, yonidagi hamrohlarini hamma iqim chiqimlarni o'zini zimmasiga olardi. Nechta bo'lmasin, kim bo'lmasin. Albatta bu saxovatpesha bo'lishlik hamma zamon, hamma makonda maqtalgan, hurmatli sifatlardan bo'lgan. Saxovatpesha olishlik.
U musulmonamiz Allohni yo'lida ikki marta hijrat qildi. Bir marta Havashistonga, bir marta Madinai Munavvarga. Nima uchun hijrat qildi bu onamiz? Chunki Makkadagi kofirlar iymonidan, islomidan qaytishini talab qilgan edi. Kufrga majbur qilish degan edi. Shuning uchun hijratni qilgan edi . U musalama onamiz roziyalloh anho Banu Ma'zum urug'idan hijrat qilgan birinchi insonlardan edi. Alloh Taolo aytadi muhojirlar haqida. Astaydu billah. Falladina hajaru va uxriju min diyarihim va uzu fiy sabili va qotaluv va qutiluv. La ukaffiron na anhum sayy'atihim va la udh ila na hun jannatin tajri min tahdi hal anhar. Savoban min indillah. Vallohu aynnahu husnus savobi.
Bas, vatanlaridan hijrat qilgan, diyorlaridan quvilgan, mening yo'limda aziyatlar chekkan. Va mening yo'limda jang qilib, qatl etilgan zotlarning qilgan gunohlarini o'chirgayman. Va ularni Alloh huzuridan savob mukofot qilib, taglaridan daryolar oqib turadigan bog'larga kiriturman. Va eng go'zal savob mukofot Allohning huzuridandir. Ummu Salom onamiz, birodarlar, sharafli, nasl nasabli, hurmatli bo'lgan oilani qizi edi. Uylanadigan yigitlarga aytilinadigan narsa.
Sen xaridor bo'layotgan qiz, sen faqat qizni o'ziga xaridor borma, birodar. Sen mana shu qizni tarbiya qilgan oilasiga xaridor bor. Onasini ko'rib, qaysi xonadonda ulg'aydi? Qanday muhitda o'sdi? Kim tarbiya qildi? Qaysi tushuncha bilan o'sdi, qaysi fikr bilan o'g'aydi, atrofida kimlar bo'lgan edi, mana shu juda ham muhim narsa.
Akalar, imom bo'lganimiz vajkadan ko'p savollar bilan keladi. Qarab tursanglar, yaqin o'n yilda buyog'ida ajrashlik nihoyatda ko'payib ketdi. Imom bo'lmay turib ham eshigar edik, lekin imom bo'lgunimizdan keyin ko'proq xabardor bo'lyapmiz. Yaqin besh yilda buyog'ida yana ham ko'payib ketdi. Olti oy, yetti oy, bir yilga qolmay ajratib yuboryapti.
Nimaga shunaqa bo'lyapti? Nimaga shunaq bo'lyapti. Xaridor bo'lganda qudasini faqat yaxshi tomonini gapiradi, manaqa ekan qizi, manaqa bo'lgan ekan, otasi manaqa ish qilib, faqat maqtaydi, bilasizlar. Narigi tomon ham aytadi, o'g'il kuyov bola manaqa ekan, manaqa e kan, manaqa eakan deydi. Endi ajrashib ketgandan keyin quloq solinglar da. Bitta ko'zini ko'rib ko'rgan, endi ajratgandan keyin ikkinchi ko'zini ochsa faqat yomonini ko'radi. Ajratgani shoshilib ketyapti bolalar, qizlar.
Ota onalar yosh. Endi aytaychi, hoji akalar, masalan mana shu oqsoqollarimiz mashaqqat, qiyinchilikni ko'rganligi uchun bularni qizlari olazlab kelsa olib borib o'tkazib qo'yib, hayotida bo'lgan ishni aytib, sabrga chaqira oladigan. Hozirgi qiz berayotganlar necha yoshda hozirda o'rtacha? Shu qirq bilan ellik ni orasidan qarasangiz, o'sha mashaqqatni ko'rmagan da ular.
Qiziga kuyov bola bitta qattiq gapirib qo'ysa, qaynasi bitta qiliq qilib qo'ysa shart kelib olyapti. Endi nima ko'p? Ersiz yurgan qizlar, juvonlar ko'p. Qayerga qarab ketyapti bular? O'zlari biladi. Shuning uchun uylanadigan ukalar, ha, ham chiroyli bo'lsa, sizlarga yoqadigan narsa. Ham boy bo'lsa, bu ham yoqadi. Ham nasr nasadli bo'lsa, ham dindor bo'lsa, qani bunaqa qiz? Lekin birinchi o'ringa dunyosini qo'yib olmanglar. Tagi tugli odamlarni qizi ekan deydi. Hm?
Bu aytishim kerak buni. Tagi tugli olamlar ekan deydi. Nima degani shu? Qalagi toza degan. Nima degan shu qalagi toza? Hoji aka? Bizchi birodarlar, biz birodarlar mana o'lchovni to'g'ri qilib olaylik. Metrimiz o'sha yuz sm to'g'ri bo'lsa, hayotdagi hamma hisobimiz to'g'ri chiqadi. Agar metr noto'g'ri bo'lsa, hisob chiqmagandek, tushunchalarni tuzatmagunimizcha hayotimiz farovon bo'lmaydi. Nimaga ajrashib ketyapti mana shu yangi kelin kuyovlar? Chunki o'lchov noto'g'ri edi. Palaga tozalganmi degani?
Nima degani palaga tozal? Tagi tuglik, odamlar ekan deydi. Mana bitta shu agar mana shu juma ma'ruzasidan keyin bitta narsa shuni tushunib qolsak, zo'r. Katta narsa o'rgangan bo'lamiz. Tagi tugli degani, avvalambor dindor, halol tijorat qilgan, bolalarga tarbiya bergan, axloqli odamlar deyiladi.
Dindor, halollikdan tarbiya qilgan axloqli odams. Qarang, mushriy bo'lgan Ummu Salom onamizni otasi, qarang saxovat peshaligini. Axloqli bo'lgan ekan. Innama bo'i fil li utan mima ma karimal axloq degan Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. Men go'zal xulqlarni kamoliga yetkazishlik uchun yuborildim deyapti. Men kelguncha go'zal xullq yo'q edi demayapti Payg'ambar biz. Demak bo'lgan. Shularni Payg'ambarlarimiz mukammal, komil qilishlikka kelgan. Namoz o'qigan, Qur'on o'qigan, darsxona ko'rgan ukalarimizni ham jahli chiqqandagi fe'l atvallarini ko'ramiz.
Uch to'rt so'mni ustida kelisha olmay qolgan paytda axloqni ko'rsatadi qanaqaligini. Safarga chiqqanda, pul muomala qilganda ko'rsatyapmiz. Tagi tugli degani birodarlar avvalambor Allohda tanigan, halol, tarbiya qilgan bolalarini va axloqi joyida bo'lgan odamlar. Bor shunaqa odamlar dindan xabari yo'q, lekin axloqi joyida, o'zini tutishni biladi.
Rosa yomon edi bir yil qudalar bir birini. Keyin yarashib ketib yuboradi yana, haligi gapirib qo'ygan gaplariga yomon xijolat oladi. Shuning uchun mabodo kimda shunaqa muammo bo'lsa, yomonlamay turgan quda tarafda. Shunaqa ehtimoli ham bor. Lekin hozirgi aytgan narsa, o'g'il bolalar tagi tuglik, nasr nasablik, palagi toza bo'lgan joydan olaylik, garchi puli yo'q bo'lsa ham oilani.
Birodarlar, Ummu Salom a'lamimiz hijrat qildi. U davrdagi hijrat bilan, u davrdagi safar bilan hozirgi safarni farqi bor. Tan olinglar, mashina bor, samolyot bor, poyezd bor. Besh olti soatdan ancha masofani bosib qo'yamiz. Ammo u davrlarda birodarlar safar xatarli, mashaqqatli ish hisoblangan. Masalan o'sha davrda Madinay Munavvaradan Basriga qarab biroz safar qilmoqchi bo'lsa, ikki oylab qolib ketar edi yo'lda. Kun bor, tun bor, yomg'ir bor, shamol bor, yirtqich hayvon bor, qaroqchilar bor, sahro bor, issiq bor. O'ylanglar, oylab yurishniydi.
Endi u davrda Allohni roziligi uchun safar qilgan bu mo'mina ayol bilan hozirgi davrda ibodat uchun safar qilayotgan ayonni safari bir xil bo'lmaydi. Ibn Hasham aytadi, musulmonlar orasida Banu Mahzun urug'idan birinchi bo'lib Habasistonga hijrat qilganlar Abu Salama va uning ayoli Ummu Salama edilar. Habasistonda ularning farzandi Zaynab binti Abu Salama dunyoga keldi.
U muslimonamiz o'zini Habasistonga hijrat qilishligini hikoya qilib beradi. Musulmonlar, bilasizlar, birinchi hijrati Habasistonga bo'lgan. Ular Nadjoshiyni oldiga kelishdi, hadyalarni berishdi. Nadjoshiy qabul qildi, musulmonlar omonlikda Habasistonda ibodatlarni qilishlikni boshladi. Albatta, Qurish musulmonlarni Habasistonda ekanligini bilar edi. Ularni qaytarib olib kelishligi uchun ikki kishini jo'natishdi. Bu siyrat darslaridan mashhur o'qilgan, aytilgan darslar, bunga tafsilotiga berilib o'tirmaymiz.
Qorashning bu ikki elchisi har qancha urinmasin, Nadjoshi musulmonlarni Qorashga qaytarib bermadi. Chunki Ja'far ibn Abit olib roziyallohu anhu ularga tilovat qilib bergan oyatlarni ta'siridan Nadjoshi ham, yonidagi bitiriqlari ham ta'sirlandi, yig'lab, soqollari ho'l bo'ldi. Mana musulmonlar Makkada La ilaha illalloh deb qo'ygani uchun Habashistonga ketishlikka majbur bo'lishdi.
Haq kalimani aytgani uchun yurtidan quvilishdi. Gohida kishi iymonida, islomida, e'tiqodida sobit tursa, qiyinchiliklarga duch keladi. Nima uchun? Axir Allohni aytganini qilsa, mashaqqatga qolishi kerakmi? Axir bular Allohni toati deydi yu. Masalan, bir odam aroq savdosini qilardi yoki boshqa bir harom tijoratni qilardi.
Eshitdi, o'qidi, qarasa, qilayotgan ishi Allohga xush kelmas ekan. To'xtatdi harom tijorati. Tavba qildi, yig'ishdi bu tijoratni. Birdan daromad yo'q bo'lib ketdi. Chunki haromni orqasidan yaxshi pul kelyotgandi, shart to'xtab qoldi. Allohni aytganini qilib, haromdan uzoq bo'lsa, boshqa tomondan ishi yurishib ketmasdan nima bo'ldi?
Orqaga ketdi. Bo'ladi yu shu narsa. Bo'ladi ku. Odamlar shu bir harom ishni qilsa, harom ishni shart to'xtatib qo'ysalar orqasidan katta bir daromad, katta bir mablag' kelishligini kutishadi. Shoshib ketadi. Mana bo'lmayapti yu deydi. Mana xo'p tashladim, protsentga pul olmadim, mana mana bu ishni qo'ydim, sen aytganday qoshina, bo'lmayaptu yu deydi. Yo'q. Aynan mana bo'lmayapti yu deydi.
Nima deymiz? Nima deymiz shu odamni? Zarar ko'radi, foydadan qoladi. Nima uchun Alloh Taolo itoatga egilgan, Allohning hukmiga bo'yingi singan odamni bu narsa bilan, bu narsa bilan bir imtihonga solib, qiyinchilikka soladi? Nimaga? Javob juda ham oddiy birodar. Biz. Qaysi hovlidamiz?
Imtihon hovlisidamiz. Mashaqqat mehnat hovlisidamimiz. Alloh Taolo Allohning toatini, narxini to'lashimizni xohlaydi. Biz bergan narx qanchalik qimmat, qanchalik og'ir bo'lsa, qiyomatda manzilatimiz, darajamiz shunchalik balataveradi. Ana shu insonlarni bergan narxiga, to'lagan puliga, qilgan xizmatiga yarasha jannatdagi darajasi belgilangan.
Arog'ini tark qilganligi uchun savdosini shart Alloh Taolo boshqa tomondan boy qilib qo'yishing mumkin edi ishini yulgizib. Ammo unda bu odam toatning narxini to'lamagan bo'lar edi. Diqqat qiling. Ramazonda ro'za tutasiz, issiq kunlarda tutasiz, chanqaysiz. Chanqayapsiz. Yana bitta odam boshqa yerda u ro'za tutmaydi, suv yo'qligidan u ham chanqayapti. U ham suvsizlikdan qiynalanyapti, ro'za tutgan odam ham suvsizlikda qiynalanyapdi.
Qaysinisini qiyinchiligi uni ruhiga, qalbiga xotirjamlik, xursandchilik beradi? Nima uchun? Kim uchun qiynalanyapsiz? Yana yana nimasi zo'r? Suv bor oldida. Narigi shart ichib yuborar edi bo'lsa. Bu ham chanqayapti, bu ham chanqaydi. Ammo kim uchun mashaqqat chekay ekani, nima uchun qiynalgan ekanligini fikr qilib his qilsa, Allohni huzurida, manzilatim ko'tarilayapti shu narsa bilan, Alloh meni shuning uchun yaxshi ko'ryapti deydi da, boyagi chanqashligi huzur bag'ishlamaydimi?
Endi qarang, harom tijoratni qo'ygan odam, Allohni itoatini oluvdi, qiyinchilikka qoldi. Bir fikr qilib ko'rsin da. Kim uchun mashqqat chekyapti? Nima uchun? Mana shu narsa uni narxini, Allohni huzuridagi manzillatini ko'taradi. Birodarlar, sahobalarga nimaga bu mashaqqatlar yetdi? Nimaga o'zini yuzida turib azobga qolishdi? Nimaga chiqib ketishga majbur bo'ldi? Alloh qodirmasmidi Abu Jahlda shart yo'q qilib qo'yishga? Abu Lahabda shunday shol qilib uyga o'tkazib qo'yishiga qodirmasmidi? Nimaga Alloh Taolo kofirlarga musulmonlarni azoblashlikka imkon berdi?
Kishi mustaqil bo'lganligi uchun mashaqqatga duch keladi. Ona ishni qilib bo'lmaydi, mana ishni qilib qilib bo'lmadi, mana tijoratxonani, mana joyga borib o'tirib bo'lmaydi ishsiz qoladi. Cho'ntagida bir tiyin pulsiz qolgan kunlari bo'ladi. Axir Allohga tavakkal qilsang, seni hamma muammoying meni zimmamga demaganmidi Parvardiganimiz? Nimaga yo'q? Nimaga ish yurishmayapti? Birodarlar, bularni javobi bitta. Bu imtihon baribir. I lekin bu imtihon uzoq. Davom etmaydi.
Bu imtihon uzoq davom etmaydi. Lekin shu imtihonga duch kelmay ilojimiz yo'q. Yubitalal maro ala qodari dinih degan payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kishi, iymonidagi salobat, iymonidagi quvvatga yarasha imtihonga dunyoga duch keladi. Iymoni qanchalik quvvatli, salobatli bo'lsa, imtihon shunga yarasha bo'ladi. Agar boshqacha bo'lsa, iltihon ham boshqacha keladi. Sizni ishingiz yurishmayotganligi yana sizga imtihon bo'lyaptimi? Demak shunga loyiqsiz. Kimga Alloh Taolo dard berdi? Demak shungga loyiq. Bu bari nima? Sinov, imtihon.
Alif la ammim, axasiba na san yutraqu an yaquli amanna vahum la yuftanun. Alloh Taolo aytadi, alif la ammum, odamlar iymon keltirdik deyishlari bilangina imtihon qilinmagan hollarida tashlab qo'yilishlarini o'yladilarmi? Valaqoduf fatannan ladina min qoblihim falaya alaman nallohu la dinah sodoqu valaya alaman nal kadibin. Bu imtihon, sinov nima uchun? Faraz qiling, ikkita odam bir xil ariq tijoratini tashladi. Ikkalasi ham qiynalanyapti.
Qaysinisi iymonida tavbasida sodiq, bilasizmi? Mana shu mashaqqatni oxirigacha sabr qilganlari. Kimnidir sabr qilmaydi da, shart emas, shu yuqorida tijoratiga qaytib oladi. Holbuki biz ulardan avvalgi iymon keltirgan barcha kishilarni imtihon qilgan edik ku. Bas shu imtihon vositasida Alloh, albatta, rost so'zlagan kishilarni ham, yolg'onchi kimsalarni ham aniq bilur. Shu mashaqqi keladi, ishing yurishmaganda ham, kambag'al bo'lib ketganingda ham ibodatingdan qolmadingmi? Och qolib ketsang ham xoram narsaga qo'lingni urmadingmi? Demak sen sinovdan o'tding. Seni manzilating ko'tariladi Allohning huzurida. Shuning uchun ishing yurishmayotgan ukalar, qazini uzolmayotgan birodarlar, bularni bari nima ekan? Sinov ekan. Sinov abadiy bo'lmaydi. U sinov bir kunlik, o'n kunlik, besh kunlik tugaydi. Faqat mana shu sinovda oyoqlarimiz toyilib ketmasin.
Bu yerda o'tirganlarda so'rasang, ishing yurishyapti deganidan ishing yurishmayapti degani ko'proq. Ha bu yog'im besh degandan ko'ra, ha bu yog'im uchta ekani ko'proq. Lekin esimizdan chiqmasin, qanaqa kun bo'lmasa nima bu? Sinov. Shuning uchun birodarlar, mana shu imtihonda turgan paytimizda sabr qilaylik. O'zimizni jannatda manzilatimizni yuqori qiladigan amaldan o'zimizni mahrum qilolmaylik va bir birimizga sabrni vasiyat qilaylik. Hammanglar bilgan sura. Vala asr innal insa nalafi husr. Asrga qasam, odam bolasi borki ziyonda, faqat to'rtta sifat aytilinadi. Iymon keltirgan, soliq amal qilgan, bir birini haqqavasiyat qilgan va sabr qilgan. Sabr qilishimiz kerak.
Chunki inson o'sha bir yil, yarim yil ishiga tushmay yurar, keyin ishi yurishib ketadi. Ishi yurishilib ketadi. Ana shu mashaqqatli kunlarda yetayotgan moddiy va ma'naviy aziyatlarga sabr qilarkan, manzilati yuqori bo'ladi. Mana darsimizni mana shu fikrimizni quvvatlaydigan bir oyatni o'qiymiz. Xususan ish yurish, yurishmasligiga taalluqli narsa. Bir odam bo'ladi, shu ishxona ochadi, u qiladi, bu qiladi, bo'lmaydi. May qilaveradi, u qiladimi, bu qiladimi, bo'lmaydimi, harakatni qiladi, bo'maydi. E, domla, qanaqa bu? Axir men duoni o'rgatganingizda aytgan edingiz ku. Allohimma inni avzubi kemin alhammin. Va al hasan. Shu duoda Abu Umoma aytganda o'pib ketgan ekan hamma yog'i. Nima meniki bo'lavermayapti deganda diqqat qilib turinglar. Shunaqa fikr bo'lsa, quloq solinglar.
Musulmonlar makka imi karimani sakkizinchi hijriy yilda fath qilishdi. Sakkizinchi yildan boshlab Makka musulmonlarni qo'lida. To'qqizinchi yilgi haj mavsumiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuni amir qilib yubordim. Madinadan musulmonlar haj qilishlik uchun chiqib ketganlarida Tavba surasidan bir qancha oyatlar nozil bo'ldi. Nima haqida gaplashyapmiz o'zi?
Ishlarga o'tib ketdik ku. Tijoratga, tirikchilikka o'tib ketdikku. Nimaga o'tib ketdiz? Bilasizlarmi nima demoqchiman oxirida bu darsda? Mana shu sahobiyalar, sahobalar ikki martadan yurtidan hijrat qilib, mashaqqat mehnatlarini ko'taruvdi. Alloh taolo berdi ularga, dunyoni o'zida ham. Rasululloh tirik davrida ham berdi ularga. Rasululloh vafot etgandan keyin ham beraverdi Alloh taolo dunyo xayriyatlarini. Nima uchun?
Sabr qilishuvdi. Sabr qilishuvi. Hajga qaytamiz. Abu Bakr Siddiq chiqib ketdi, Makka Mukarramaga qarab. Tavba so'rasdan bir qancha oyatlar tushdi, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Ali ibn Abit olib orqali jo'natdi. Ana shu tushgan, tezda tushgan oyatlarda hajga taalluqli bo'lgan hukmlar bor edi va quyidagi oyat ham bor edi. Astay debillar innomal mushrikuna najason, fala yaqqorobul masjid al haromabada amihim hada va inxiftum aylatan. Ey mo'minlar, hech shak shubhasiz, mushriklar najasdir, nopok kimsalardir. Bas ular bu yildan so'ng majidul haromga yaqin kelmasinlar.
Agar sizlar kambag'allikdan qo'rqsangizlar, bilingki, yaqinda Alloh xohlasa, o'z fazli karami bilan sizlarni boyi badavlat qilajak. Albatta Alloh bilim va hikmat sohibidir. Demak, mushriylarni Makkaga haj qilgani kelishi bor edi, kelishar edi. Sakkizinchi yilgi hajda mushriylar bilan musulmonlar aralashib haj qilishdi. To'qqizinchi yilgihaj mavsumida ham abubakir amir bo'lgan paytda makka musulmonlarda qo'lida turgan paytda, mushriylar yana kelishdi. Bu oxirgi kelishi edi.
Endi bu yildan keyin mushriklar Makkaga kirmasin deb Alloh Taolo buyurdi. Va haqiqatdan keyingi yili mishriklar haj qilgani kelmadi. Kimni ishlari o'ldi? Savdogarlarni. Chunki agar Makkaga haj qilgan kelayotganlarning yarmi musulmonlar, yarmi mishriklar bo'layotgan bo'lsa, mana shu oyatga musulmonlar itoat qilib, mishriklarni kirgizishmadi, Makkani ziyoratchilarini teng yarmi, misol uchun, nima bo'lib ketdi? Yo'q bo'lib ketdi. Kimni ishi o'ldi? Savdolaganlarni ishi o'ldir. Bir yil, ikki yil ular mana shunday tijorat orqaga ketdi. Alloh Taolo nima dedi Qur'onda?
Vo in xiftum anglatan. Vo in xiftum a anglatan. Agar sizlar kambag'allikdan qo'rqsangizlar, ya'ni mushriklar haj mavsumida makiga keltiradigan oziq ovqat yoki ular olib ketadigan tijorat mollari oziyib ketganligi uchun kambag'al bo'lib qolishidan qo'rqsanglar, vo in xiftumi aylatan fasavfa yu'niku mullohu min favlihi. Agar sizlar kambag'allikdan qo'rqsamizlar, bilingki, yaqinda Alloh xohlasa, o'z fazli karami bilan sizlarni boyi badavlat qilajak. Albatta Alloh bilim va hikmat sohibidir. Tushunarlimi? Allohni hukmini tatbiq qilishuvdi, bir yil, ikki yil qiyinchilik, mashaqqat bo'ldi, tijoratlar orqaga ketdi. Ammo nima qildi musulmonlar? Sabr qilib, itoat qildi. Keyin boy bo'lib ketishdi. Kim Alloh taolo berdi? Qarang, Alloh bilim va hikmat sohibi. Nima uchun shunday qilayotganligini Alloh biladi. Va bu ishni hikmatini nima ekanligini ham kim biladi? Alloh biladi. Shuning uchun suv sotadigan do'koningizdagi aroqlarni yo'q qilib, tijoratingiz reski tushib ketsa, jinda sabr qiling. Bir yil, ikki yil Alloh joyiga yetkazib qo'yadi. Chunki rizqingiz bor da.
Siz yurgizayotgan kafeda, siz yurgizayotganda oshxonada aroq sottirmay qo'ysangiz, klientlaringizni o'n besh foizni kimga qo'yadigan bo'lsa, sabr qiling. Chunki Alloh Taolo bilim va hikmat sohibi. Sahobalar itoat qilishdi, mushriklarni kirgizishmadi, vaqt o'tdi, Alloh Taolo albatta berdi. Agar sen birodar istiqomating, sog'lom aqiding, to oting sababli qiyinchilik, mashaqqatga duch kelayotgan bo'lsang, demak, Parvardigoringni nazdida oxiratdagi martabangni yuksalishini narxini to'labsan. Xotirjam bo'l, birodar. Mashaqqatda qolib ketaman deb g'am qilma. Alloh beradi. Bir yil bo'lmasa, keyingi yil bo'lsa, undan keyingi yil beradi. Chunki Alloh Taolo duo qilinglar, ijobat qilaman degan. Demak, sahoba ikromlar avval Xabarsistonga keyin Madinayi Munavvaraga hijrat qilishdi. Da'vat mashaqqatlarini, toat mashaqqatlarni ko'tarishdi. Shundan keyin sahobalarga Alloh Taolo Payg'ambarimiz bor paytida ham berdi. Payg'ambarimiz vafot etgandan keyin ham berdi.
Aqul u qovli ha'da, va astag'firulloh alayhi va alakum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.