Bismillahir rohmanir rohimahir ro'yilloh robbil alamin. Vala aqibatu lul mutaqiy. Vassalatu vassalamu ala saidina muhammad sodiqil va'lil amin. Va ala alihi va ashabihi ajma'in. Va alayhi assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning xonadoni ulug' xonadon. Har bir musulmon oilasi uchun eng oliy misol bo'ladi. Musulmonni uyi. Unda odob bor, tarbiya bor, ibodat bor, xayriyat bor. Musulmonni uy. Musulmon bo'lmaganlarning uyi bilan musulmonning uyini o'rtasida juda katta farq bor. Va mana shu musulmonlarni xonadonlarining eng afzali va oliysi muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning xonadoni. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadicha onamizga uylandi va Hadicha onamiz roziyalloh haloloning uyida birga yashadi.
Agar ayol soliha bo'lsa, uy ayolniki bo'lsa, beminnat birga yashashlik taklif qilinsa, musulmon odam bu narsani rad qilmasligi kerak. Ha, albatta, o'g'il bolani o'zini uyi bo'lgani yaxshi. Shunga intilamiz, ammo yo'q bo'lsa, bo'lgunga qadar yashab turishlikdan man qiladigan hech narsa yo'q. Modomiki ta'na malomat bo'lmaydigan bo'lsa. Rasululloh Hadicha onamizni uyida yashadi. Shunday bo'lsa ham ikkalasi ham saodatli turmush kechirishar edi. Hadicha onamiz Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga turmushga chiqishlik bilan ulkan sharafga ega bo'ldi. Mo'minlarning onasi degan sharafga eka bo'ldi. Va Payg'ambarlarimizning birinchi ayoli degan umohatul mo'miniylarning birinchisi bo'lgan sharafga yetishdi. Alloh Taolo aytadi. Annabi yu avla bil muminina min amfusihim va azvajuhum ummaha tuxum. Payg'ambar mo'minlarga o'zlaridan ham haqdorroqdir. Uning ayollari esa ularning onalaridir. Alloh taolo aytyapti, Payg'ambarni ayollari musulmonlar uchun ona bo'ladi. Shuning uchun Hadicha onamiz, Oisha onamiz, Juvayriya onamiz deb o'zimizni onamizni aytgandek aytamiz. Payg'ambarimizning ayollari bo'lganligi uchun.
Hadicha onamiz uchun bu martaba eng ulug' martaba. Ayollarga, muslima ayollarga beriladigan eng ulug' martoba bu. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadicha onamiz bilan turmush kechirdi. Bu uy ham boshqa uylar kabi oddiy uylar. Payg'ambariymiz sollallohu alalayhi vasallam tug'yonga ketkazuvchi boylikni eng katta musibat deb hisoblardi.
Tug'yonga ketgazuvchi boyliknni rasululloh eng katta musibad deb hisoblar edi. Boylik yomon emas bu odamlar. Musulmon odam boy bo'lishlikni Alloh'dan so'rashligi kerak. Kambag'al faqir bo'lishlikdan panoh talash kerak. Ammo bu boylik uni qo'lida bo'lishligi kerak. Allohdan shunday so'rash kerakki, qo'limga bergin, qalbimga joylab qo'ymagin. Chunki agar insonni qalbiga kirib qoladigan bo'lsa dunyo, Allohni esdan chiqarib qo'yadigan bo'lmasa, bu boylik, bu dunyo insonni tug'yonga ketkazadi.
Umariddin Xattob roziyallohu anhu kunlarda birida Rasulullohning huzuriga kirganida, Rasululloh uxlab turgandilar. Shu to'shigiga solingan mayda toshlar ichida betlariga, biqinlariga shunday botib izlari chiqib qolgan edi. Rahmatan lila alaminni yotgan to'shagim yotmasi mana shunday bo'lgan. Umariddin Xattob roziyallohu anhuhu Rasulullohni bu holatini ko'rib yig'ladi.
Shunda Rasulullohi ey Umar, nima yig'laysiz dedi. Umariddin Kattob aytdi. Forsni podshohi Kesroq ipini ustida uxlayotganda, Allohning rasuli toshlar ustida uxlaydimi dedi. Payg'ambarimiz aytdilar, yo Umar, inna ha nubuva, valaysat il mulkan, va analas tu malikan, ha dihi nubuva. Evimarni. Bu nubuvvat. Bu mulk emas. Men podshoh emasman. Bu nubuvat dedi.
Demak, podshohlar mana shunday bir holatda yotgan bo'lsa, Payg'ambarimiz rahmatan lili alamin bo'lsa ham, mana shunday holatda o'ziga ixtiyor qilaverdi. Mustadi Abu Hanifadan, Ibrohim Nahaiydan. Ya Muhammad, atohibbo antakuna nabiyyan malikan, avunabiyyan abidan. Alloh Taolo so'radi Payg'ambarimizdan. Ey Muhammad, podshoh Payg'ambar bo'lishni xohlaysizmi yoki abd qul, oddiy Payg'ambar, bo'lishni xohlayapsizmi? Rasulullohda birodarlar ixtiyor bor edi. Xohlasa podshoh payg'mar bo'lardi. Dovud yoki sulaymon alayhiyning assalomlariga o'xshab. Rasululloh aytdilar: bal nabiyan abdann, ajjau ya'uman, fosberu va ashbau ya'uman, fa ashg'uru. Balki qul, oddiy payg'ambar bo'lishni xohlayman. Bir kun och qolaman, sabr qilaman, bir kun to'yaman, shukur keltiraman, dedi.
Agar bizga bunaqa ixtiyor berilsa, nimani tanlardik? Biz so'ramay aytamiz, buni ham tanlaysiz da deb. Rasulullohga ixtiyor berilib turib, Rasululloh faqirona hayotda ixtiyor qildi. Fainnama qallava kafaa xoyru minma kasura va aha. Umuman xato so'zi. Ko'p bo'lib chalg'itib qo'yadigandan ko'ra, oz bo'lib kifoya qiladigan narsa abzal.
Ko'p boib moli dunyo. Ollohdan chalg'itib ko'radigandan ko'ra bunaqa boylikdan ko'ra, oziqroq bo'lsin boylik, lekin nima qilsin? Kifoya qilsin. Boylik qulni ko'pligida emas, boylik qanoatda va Alloh bergan kunga rozi bo'lishlikda. Rozi bo'ling, boysiz. Rozi bo'lding, boysiz.
Fuqaroni hayot kechirishlik, kambag'al bo'lishlik, kishini Allohga yaqin qiladi. Dunyoni ko'p bo'lishligi uni mana shu narsadan, ibodatdan uzoq bo'lishiga sabab bo'ladi. Masalan, boy bo'lishlik, kuchli bo'lishlik qaytarilmagan islomda. Ammo bu ikkita narsa og'ir imtihon, og'ir sinov. Kamdan kam odam bu ikkita narsaga yetganda oyog'i siyg'alanmaydi. Boy bo'lganda, mansab yeganda, kuch quvvat qo'liga kelganda, kamdan kam odam sobit turadi ibodatida.
Yuzta faqir orasidan sakson ta ibodatlikni topish mumkin. Yuzta faqirni orasidan saksonta ibodatlik topish mumkin. Ammo yuzta boy orasidan o'nta haqiqiy ibodatligini topish qiyin. Yuzta faxrdan sakson ta ibodatlaringizni topish mumkin, oson. Chunki ehtiyoji borda bularda Allohga. Endi yuzta boyni ichidan o'nta realniy ibodat qiladigan topishlik, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning uyi.
Nima bilamiz u haqida? Hamma qatori uy bo'lgan, to'g'rimi? Yo'q. Bizni uyimizdaqa bo'lgan emas Payg'ambarimizga. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylari shunday bir kichkina tor bo'lganki, uyda Payg'ambariz ayol yotgan bo'lsa, namoz o'qishligini iloji olmagan. Agar Rasululloh namoz o'qishi kerak bo'lsa, sajda qilayotganda ayoli yotgan joydan surilib turishligi kerak bo'lgan.
Nechchiga necha degani bu uy? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yotgan, yo eshitgan uyini qo'li nimadir qisqa bo'sh chiqqiga qo'li tekkan. Aytaylarchi, qaysi ichimizdagi faqirni uy uchun anaqa? Rasululloh sallallohu alayhu vasallam mana shunday bir faqironni hayot kechirgan. Sayyidul olominning uyi shunday bo'lishligi kerakmi? Qarang, savol bering da o'zingizga. Alloh taolo payg'ambarimizga dunyoni bermadi. Shu bilan xor qildimi?
Hozirgi tushuncha bilan aytaylarchi, hozirgi tshunchalar bilan. Puli yo'qmi? Demak Alloh xor qilibdi uni. Yo men qo'shib aytib yuboryapmanmi o'zimni? Hozirgi shu tushunchalar shunaqami? Xudo berganda bungachi? Muncha manaqasi bor, muncha puli bor. Birodarlar, Alloh bergani pul bilan bo'lmaydi. Imon bilan, e'tiqod bilan bo'ladi. Ha, pul ham yaxshi, lekin pul Alloh uni aziz qilganligining birinchi belgisi emas. Ham musulmon, ham kuchli, quvvatli, boy badavlat bo'lgani yaxshi. Lekin maqsad bu pul emas, quvvat emas. Yana qaytarib beraman savolni. Alloh Payg'ambarimizga dunyo matosini bermagan paytda xor qildimi?
Yo izzat ikrom qildimi? Agar kimdir xor qildi desa, bu odam yolg'on gapirgan bo'ladi. Bilmay gapirgan bo'lar. Kimgadir Alloh Taolo dunyoni bermay aziz qiladi. Yana kimlarnidir Alloh Taolo dunyoni qo'liga berib qo'yib turib xor qiladi. Kimnidir faqirlik bilan aziz qiladi, kimnidir boylik bilan xor qiladi? Innama uti tuhu ala ilmini inni dedi. Kim? Qorin. Men dedi bu narsalarga dedi, boyligini ko'rsatib turib. O'zimni ilmim bilan yetishdim. Mana shu narsa bilan aziz deb bildi o'zini. Alloh Taolo yerga yuttirib yubordimi boyligini ham, xolisini ham, o'zini ham?
Demak, kambag'allik jazo emas, boylik mukofot emas. Hadicha roziyallohu anho o'zida nimaki bor bo'lsa, Payg'ambarimiz Payg'ambar bo'lganidan keyin, Alloh va Rasul yo'liga shunday tashlab qo'ydi. Rasululloh payg'ambar buygandan keyin, vahini qabul qilgandan keyin, hadichonamiz aytganki, yo rasululloh, menda nima bo'lsa, alloh va rasuli yo'lida dedi, fido dedi.
Bu nima degani? Demak, payg'ambir bo'lgunga qadar yana o'n besh yil bor. Shu o'n besh yilda payg'ambarimiz o'zini mehnati bilan boqqan o'zini. Xotinini hisobidan yashagan emas g'arbda. Bu shaxshunoslar aytganidek. Payg'ambar bo'lgandan keyin endi dunyo ishini qo'ying. Bozorga chiqmang, tijorat qilmang. Meni nimam bo'lsa alloh uchun fido degan edi. Demak o'n besh yo payg'ambarim nima qilgan ekan? Tirikchiligini o'zi o'tkazgan ekan. Xotininihisobidan kun kechirmagan ekan.
Alam ya jidaka ayyati iman faa ava. Va vajadaka donlan fahada. Va vajadaka aylan fahuna. Ey Muhammad. Sollallohu alayhi vasallam. Parvardigoringiz sizni yetim holda topgach, boshpana bermadimi? U zot sizni jo'mroq, g'ofil holda topib, haq yo'lga hidoyat qilib qo'ydi ku. U zot sizni kambag'al holda topib, boy qilib qo'ydi ku.
Bu sharifa, boy, ayol. Mo'minlarga ona bo'lishlik baxtiga muyassar bo'ldi. Sayyidul mursalining ayoli, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o'zini borib burunini berishlik sharafiga baxtiga erishdi. Rasulullohni da'vatiga hadichonamiz moli bilan yordamchi bo'lgan. Qancha savol bo'ldi ekan a?
Bir masjidda svetini mendan deb qo'ysa bo'ladi. Bir masjidni isitish mena deb qo'ygan bo'lsa, yoki bir masjidga gilom solib berib qo'ygan qolsa, qancha ajr bo'lib ketdi deymiz. A bu ayol kimga? Kimga madadkor, kimga yordamchi bo'lyapti? Bir fikr qilib ko'ringlarda. Muhammad alayhissalomga yordamchi olyapti, birodarlar. Qaniyin ekan u ayol hozir deng.
Agar uka tolib ilm bo'lsa, aka unga inqil qilayotgan bo'lsa. Besh yil yoki to'rt yil bir universitetmidi, jomemidi, madrasamidi o'qidi uka? Aka to'rt besh yil uni ta'minotini o'zini zimmasiga oldi. Uka bir ilmli odam bo'lib yetishdi. Aytingchi. Ukaga beriladigan ilm orqali beriladigan ajr, mana shu ajrdan akaga ham beriladimi?
A? Chunki haqiqiy qahramon shu aka. Besh yil ukasini o'qitibdi. Besh yil keyingi kechagi yo'l kirasiz, qorni kitobi, bordi kelsin zimmasiga olibdi. Bu bola topgan savobdan qancha bo'lsa, akasiga ham shuncha beriladi. Bir birolarimiz aytgan edi, men tibbiyot fakultetida o'qiyman, medfakda. Kim to'laydi, akam bor. Akam ko'taradi hamma sarf xarajatini, hunar qiladi. Mehnati bilan topgan pulidan ukasiga sarflayapti. Aytingchi, shu akaning ishi qahramonlikmi, qahramonlik emasmi?
O'qitmaganda bo'lamidi? Bo'lmas edi. Xuddi shunga o'xshaganday birodarlar, Alloh Taolo rozi bo'ladigan ishga, bir odam xizmat qilayotgan bo'lsa, shunga kelib ko'makchi bo'lishlik, uni topayotgan ajraga sherik bo'lishlik degani. Man lam ya shukuriy, na salam ya shukuriy la. Odamlarga rahmat deyolmagan, odamlarni yaxshiligini ko'rolmagan, bilmagan odam Allohga ham shukur keltira olmaydi. Odamlarga shukur keltirolmagan odam Allohni ham shukur keldira olmaydi.
Qancha qancha talaba ilmida yurgan o'quvchi bolalar bor. Kambag'alniy bolasi. Zo'r zehnli bolalar. O'sha o'qiyotgan o'qishida bir kontraktini to'lolmaydi. Kitobiga pul yo'q, yo'l kirasiga bir imkoniyat yo'q. Qaysidir bir savdogar, bir boy musulmon shuni o'zini zimmasiga olsa, mana shu tolibda o'qishiga yordam bersa, dinda olim bo'lsa, qandasada olim bo'lmasa, tabobatda olim bo'lmalar, bir sohani kuchli bir mutaxassisi bo'lib yetishsa, shu odam ummatiga, xalqiga xizmat qilsa, topgan savobidan unga yordam bergan savdogarga ham ajr bormi?
Qolib ketadi, birodarlar. Topganimizni yarmini ham ishlatib yurmaymiz. Qolib ketadi. Qolib ketadi. Endi o'shandan qanchasini o'zimiz bilan olib ketib qolamiz? Masalan, shu binoni o'zini olaylik. Kimdir shu binoni olib turib, masjid qilib berdi. Kimdir ta'mir qildi, kimdir ta'mirga hissasini qo'shdi, kimdir jihozlashga yordam berdi. Mana hozir ko'rib turibsizlar, keng, yorug', qulay, yumshoq masjidda o'tiribmiz. Tartibli, toza, bir chiroyli xona. Va mana shu yerda o'tirgan har bittamiz men jannatiyman deb o'tiribmimiz. Jannat merigida o'tiribm biz. Chunki o'ttiz kun ro'za tutyapman, o'ttiz kun xatmada turibman, meni haqqim bor jannatida turibmiz. Mana shu ishni ustida xizmatda turganlar, mana shu ishni orqasida turganlarda har bittasiga siz bilan bizni qilayotgan ishimizda nima bor?
Masjidimizni mana shunday holatga kelishiga hissasini qo'shgan har bitta odamga shu yerda qilinadigan har bitta savobdan ulush bor, ajr bor. Birodarlar, Alloh karimzod. Kimdir masala qiladi. Kimdir imomlikka o'tadi. Kimdir Qur'onni tilovat qilib beradi. Kimdir ilm tarqatadi. Yana kimdir quloq tutadi.
Odamlar bir birlarini haqqini tanimasligi mumkin. Bir ikkinchisini haqqini ado qila olmasligi mumkin. Lekin Alloh Taolo hech kimni haqqini unutmaydi. Yana biz, biz shu yerda o'tirganlarda shuncha ajr bor. Yana siz bilan biz o'tib ketgandan keyin, bu masjidda qancha xayrli ish bo'lsa, shu masjidni xizmatida turgan odamlarga ajr bor. Ular o'lib ketganidan keyin ham.
Hadichonimiz kimga yordamchi bo'libdi? Muhammad Ali. Savobi qancha bo'ldi ekan a? Savobi qancha bo'ldi ekan a. Demak, Allohni roziligi uchun bo'layotgan ishlarda har bittamiz hissamizni qo'shaylik. Kim bor puli bilan? Kim bor hunari bilan? Kim bor maslahati bilan? Kim bor oyoq qo'li bilan? Oyoq qo'lli bilan. Shunga ham yaramaymizmi?
Yana kim uchun qilamiz bu narsani, yigitlar? Aytaylarchi? Albatta, katta bir jangda bir taraf yengsa, shu yenggan qo'shinni qo'mondoni aytilinadi. Falonchi qo'mondon yengdi deydi. Shu to'g'rimi? Yo'q. Jangda askarlar yengadi. Askarlar qurbon bo'lolgan ham shu askarlar bo'ladi. Loy kechadigan, qon kechadigan askarlar bor, lekin hech kim tanimaydi ularni. Sharaf kimga ketadi? Qo'mondonga ketadi. Musulmon odam mana shuni bir katta xayrli ishga hissasini qo'shgan bo'lsa, birov bilmaydi da uni. Uni otini aytmayapti hech kim. Domlani tanigandan qilib, qorini tanigandan hech kim tanimayapti da. U hech kim bilmaydi da ularni qilayotgan xizmatini.
Agar birodarlar inson o'zini tanisa kimligini, nima uchun ish qilayotganligini tushunsa, biroqlar tanishi tanimasligini ahamiyati yo'q unga. Aksincha, hech kim tanimasa xursand bo'ladi. Ixlosiga putur yetmaydi da. Umarun Xattob roziyallohu anhuning huzuriga xalifa bo'lib turganida Nahavon ma'rakasidan elchi keldi. Forsga bo'lgan musulmonlarni yurishlarida mana shu Nahavon ma'rikasi bir juda bir katta janglardan bittasi bo'lgan. Elchi keldi da, juda ko'p musulmonlar shahid bo'lishdi dedi. Umarun Xattob kimlar edi ular dedi. Elchi, siz tanimaysiz ularni dedi.
Umariddin Xattob yig'ladi. So'ngra, men bilmaganim bilan dedi, Alloh ularni biladi dedi. Demak, birodarlar, demak, birodalar, Alloh rozi bo'ladigan ishga hissamizni qo'shib qolaylik, bu biz uchun kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kuni masjidga kirganlarida, masjid chiroqlar ilinib, yorug' bo'lib qolgan edi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko'rdi da, kim buni yorib qildi? Kim yoribdi masjidni deb so'radilar. Shunda odamlar Ta'mimuddariy deyishdi. Payg'ambarimiz u kishiga qarab turib, navo'r allohu qalbaka, kamma navvortal masjid dedi. Masjidni munavvar qilganingizdek, Alloh sizni qalbingizni munavvar qilsin dedi.
Masjidni xizmatida, da'vatni xizmatida ilmni, dinni xizmati turgan, siz bilan biz tanimaydigan aka ukalarimiz ko'p. Ularga bizni tanishimiz, ularda atayin aytib duo qilishimizni hojati yo'q. Chunki kim uchun qilyapti ular? Alloh uchun qilyapdi. Shuni o'zi ularga kifoya qiladi. Alloh subhanahu va taolo har bittamizni qilayotgan amallarimizni xolis o'zini roziligi uchun bo'lishingini tavfiya qilib bergan bo'lsin. Aqli xoli ha dasturullohu alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.