Maviza
—Qoralama20 daq

Mo'minlar onalari

Abdulloh Domla · Abdulloh Domla — turli maʼruzalar

Bu qism hali tekshirilmagan (qoralama). Quyida namuna sifatida 1-qism matni ko'rsatilmoqda.
0:00
19:30
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin vala aqibatu lil muttaqin. Vassolatu vassalomu ala sayyina muhammad sodiq ul va'dil amin va ala alixiy va asradi hiy ajma'in. Ammabodo assalomu alaykum va rahmatullohi barakatuh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollari Hadicha roziyallohu anhoning seratlarini o'qishligidagi keyingi darsimiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshi qirq ga yaqinlashganida, payg'ambarlikning, nubovotning alomatlari birin ketin zohira bo'la boshladi. Birodarlar, qizlarimizni turmushga uzatamiz. O'g'illarimizni uylaymiz va hammamiz duo qilamiz. Baxtli, saodatli, tinch totuv hayot kechirsin deb. Duoni qilamiz, albatta bu matlub narsa, ammo mana shu duo qilinishligidan avval qilinishi kerak bo'lgan ishlar bor. Modomiki farzandlarimizni saodatli hayot kechirishini xohlarkanmiz, shu sabablar qilinsa va duo qilinsa, albatta, inshaalloh, saodatli oila bo'ladi. Nima edi bu narsa?

Xullas, faqatgina moddiy tomoni ta'minotiga e'tibor beriladi. Qizlarni faqat sondig'ini to'ldirishlik g'am, o'g'il bolalarga faqat uy qilib berishlik, chek qilib berishlik g'am. Ammo Allohni tanitish, iymon e'tiqodga chorlash, bularni islom iymon bilan tarbiya qilishlikka juda ko'pchilik odam e'tibor qilmaydi. Oqibatda yillab qiynalib topgan pullari, qilgan to'ylari ko'kka sovuriladi.

Er xotinni iymoni ziyodalashar ekan, bu er xotinni qilgan oilasi tinch totuv farovon bo'ladi. Agar er xotinni o'rtasida kelishmovchiliklar bo'layotgan bo'lsa, agar uyda tinchlik totuv bo'lmayotgan bo'lmasa, bilingki, ularni iymonlari zaiflashgani sabab bo'ladi. Xulosa, er xotinning imoni qanchalik quvvatli bo'lsa, oila shunchalik tinch totuv bo'ladi. Er xotinning iymoni qanchalik zaif bo'lsa, oila shunchalik zaif bo'madi, tinchlik, farovonlik bo'maydi. Iymon jamlaydi, iymonni zaifligi oilalarni buzadi.

Buzilayotgan oilalarda qaraylarda, sababini so'rasanglar baribir aylanib kelib bitta narsaga taqaladi. Iymoni zaifligi, Allohni tanimaganligi, nimaga turmush qo'yganligini bilmaganligi, o'zini yoki erini kimligini bilmaganlik. Agar oilaviy hayotni saodatli bo'lishini xohlaydigan bo'lsak, Allohga yaqin bo'laylik. Ayolimizni ham, ayollarimiz, juftlarimiz ham Allohga yaqin bo'lsin. Saodatga yetish deydi, yagona yo'li shu.

E'tibor beringlar. Pul, uy, sefi degan narsa gapirilmayapti. Allohni taniydimi? Allohdan qo'rqadimi? Allohga yaqinmi? Mana shu oila tinch totuv bo'ladi. Inshaalloh. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qirq yoshga yaqinlashganlarida nubovotning alomatlari zohira bora boshladi. Parvodgor azizavo jalloh payg'ambarlarimizni o'zi tarbiya qildi. Agar birdaniga vahiy kelganida, shart to'satdan. Tayyorgarlaysiz. Mana shu nubovotni, alomatlarni bitta bitta ko'rsatib, Payg'ambarimizni qalbini, shunga ko'niktirib olib bormasdan, shap Jibril alayhissalom vahimni olib kelganida, ehtimol Payg'ambar alayhissalomni qalbi ko'tara olmas edi buni. Lekin Alloh Taolo bosqichma bosqich Payg'ambarlarimizga vahim yuborishlikni iroda qildi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam bir qozoq hojat uchun eshikka chiqadigan bo'lsa, ko'chaga chiqadigan bo'tsa, odamlardan uzoq, uylar ko'rinmay qogacha ketib qolardi. U davrlarda birodarlar, siz bilan biz o'rganib qolgan qulayliklar uylarida bo'lmas edi.

Rasululloh qachoniki mana shu ish uchun ko'chaga chi qoladigan bo'tsa. Uylar ko'rinib qolgandek masofalarga qarab, vodiylarga yoki tog'larga qarab kirib ketar edi. Va mana shu joyga borgan paytida. Toshlar assalomu alaykum, ya Rasululloh degan ovozni chiqarardi. Rasululloh bilmaydi endi u paytda, kim salom berayotganligini. Rasululloh o'tib borsa, assalomu alayuk, ya Rasulullohni deyapti birov. U yog'ini qaradi, buyog'ini qaradi. Hech kim yo'q. Keyinchalik so'ragan payg'ambarimiz Eljibril, menga shunday bir ovoz eshitilar edi. Kim menga salom berar deganda, atrofingizdagi toshlar va daraxtlar degan. Demak mana shu narsalar payg'ambar bo'lishigining birinchi alomatlari edi. Rasululloh aytadilar innila a'rifu hajarom ka'na yu sallimu alayyi qobla an ubath innila a'rifuhli an men bir toshni bilaman. Men hali payg'ambar olib yuborilmasimdan avval menga salom berar edi. Men hozir ham o'sha toshni bilaman deydi. Inson qanchalik Allohga yaqin bo'larkan, Alloh u insonni ko'zini, qalbini ochadi. Odamlar ko'rmagan narsalarni ko'radigan bo'lib qoladi. Odamlar eshitmagan narsani eshitadi. Odamlar his qilmagan, sezmagan narsalardan sezadigan bo'lib qoldi.

Mana shu bola yaxshi odam bo'ladi, yo'q deb qo'yasiz kelajakda. Aytganingizdek bo'ladi. Shu bolang g'alatida deb qo'yadi, haqiqatdan g'alati chiqadi. Nimani alamati bu? Mo'minni farosati. Alloh taologa qanchalik yaqin bo'lsak, Alloh Taolo siz bilan bizni mana shu narsamizni ziyoda qiladi. Eslaylar. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kuyov bolasi, Usmonimni Affon roziyallohu anhu, xalifa bo'lib turgan paytida, bir majlisda o'tirar edi. Majlisga bitta odam kelib o'tirdi. Ikkita odam kelib o'rtirdi. Bir qancha odamlar kelib o'tirib bo'lganidan keyin, Usmonov Nafonov aytdiki, hozir ishinglarga ko'zida zino alomati bor odam keldi dedi. Ya'ni bitta odam keldi, ko'zi bilan zino qilib keldi hozir dedi.

Yonida turgan asxoblari, yo amir al mo'miniy, payg'ambardan keyin vahiy kelyaptimi dedi. Qayerdan bildingiz, dedi. Yo'q, dedi. Bu mo'minning farosati, dedi. Bu kamoli Allohga yaqin bo'lishlikni bir alomati. Odamlar bor, qalbi muhrlangan, ko'zi muhrlangan. O'shaning uchun mana shu harom tijoratni qilgan odam vayron bo'lib ketganligini ko'rsa ham, qalbi ko'rdi, o'zi qilaveradi orqasidan. Mana shu ichimlik harom ekanligini biladi, mana shu bir giyohvand modda insonni halok qilishligini biladi. Bilib turib kirib ketaveradi. Nimaga?

Allohdan uzoq bo'lganligi uchun Alloh Taolo uni ko'zini ko'r qilib qo'ygan. Xulosa, Allohga qanchalik yaqin bo'lsak, birodarlar, Alloh Taolo qalbimizni ochadi, ko'zimizni ochadi. Odamlar ko'rmayotgan, his qilmayotgan, sezmayotgan narsalarni sezishni boshlaymiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldiga Abu Bakr Siddiq va Hanzala roziyallohu anhumo ikkalasi kirib kelishdi. Nima uchun kirishgan edi? Hanzala roziyallohu anhub o'tirib uyida Rasulullohni oldida turgan paytdagi ruhiy holatini fikr qilib turib, uyiga kelgandan keyin ruhiy holati, bu holati o'zgarib qolayotganligini sezdida, men ikki xil bo'lib qolibman. Men munofiq bo'lib qolaman shekilli, deb ko'chaga chiqib turib, Hanzala halok bo'ldi. Hanzala halokbo'ldi deyotuvdi, Abu Bakr Siddiq kelib qoldi. E Hanzala nima ruh deyapsiz? Nimaga bunday deyapsiz? Rasulullohdan oldida turganimda boshqacha bo'laman.

Uyimga kelganimdan keyin, ko'chaga chiqqanimdan keyin yana boshqacha bo'molaman. Deganida Abu Bakr, menda ham shunaqa narsa bor dedi. Yuring Rasulullohni oldiga. Zo'r davr a? Shunday kelishdi da, yo Rasululloh. Sizni oldingizda turganimizda bir boshqacha bir kayfiyatda bo'lamiz, ruhiy holatimiz boshqacha bo'ladi. A sizni oldingizdan ketganimizdan keyin, ahllarimizni orasiga borganimizdan keyin yana boshqacha bo'molamiz dedi. Bizda ham bo'ladimi shu narsa? Yig'laysiz, Qur'on tilovatini eshitib, ma'ruzani eshitib bir boshqacha bo'llasiz, uyga borsangiz yana boshqachaga bo'molasiz.

Payg'ambarimiz bu sahobalarga nima deb javob berdi? Qarang, Abu Bakrda ham bo'larkan da bu narsa. Rasululloh aytdilar, agar sizlar mening yonimda turgan vaqtingizdagi holingizda tura olsangiz edi, meni oldimda turganinglardagi holat bilan doim yurolaganinglarda, yo'llaringizda yoki to'shaklaringizda sizlarga maloyikalar salom bergan bo'lar edi, dedi. Agar meni oldimda tug'ilgandagi holatdek yurolaganinglardada doim, ko'zinglarga farishtalar ko'rinardi, dedi. Bu degani Alloh Taolo ko'zinglarda, qalbinglarda ochib qolgan bo'lardi, agar doim shunday yurolaganinglarda. Payg'ambarimizni oldida turganda, ruhiy, iymoniy holati baland bo'lar edi. Agar shunday yurollaganda farishtalarni ko'radigan bo'lardi ekan ular.

Demak, Allohga qanchalik yaqin bo'lsak, Alloh Taolo siz bilan bizni qalbimizni va ko'zimizni ochib qo'yadi. Nabi sollallohu alayhi vasallam Madaniyat Munavvarada xutba qilar ekan. Bir xurmo daraxtiga suyanib xutba qilardi. Keyinchalik minbar qilishni endi Rasulullohga shuni ustiga chiqib xutba qilib boshladi, xurmoga suyanmay qo'ydi. Shunda shu xurmo darahtidan xuddi odam yig'lagandek ingragan ovoz eshitildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib silab, xuddi yosh bolani yupatgandek yupatib qo'ydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muborak qo'llari bilan siladi, bu daraxt yupa oldi. Yana Payg'ambar bo'lgunga qadar bo'lgan bir qancha alomatlar bor. Mana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Payg'ambar bu yil bo'lganidan keyin, bu hadis Imomi Abu Dovuddan Abdullohi Ming Ja'fi roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ansonlardan bir kishining to'sib qo'ygan yeriga kirdilar. Bog'iga kirdi. Qarasalar bir tuya turibdi. U zot tuyaga qaragan edilar, tuya ovoz chiqarib, ko'zidan yosh oqizdi. Rasululloh uning o'lkachi va qulog'i ortidan siladilar.

Va man robba ha'dal jamel, liman ha'dal jamel. Bu tuyani egasi kim? Bu tuya kimniki? Deb so'radi. Shunda ansonlardan bir yigit kelib, yo Rasululloh, menga qarashli dedi. Payg'ambarimiz bu yigitga qarab turib, afalatattaqillaha fihadhil bahima, allaka kalloh iyaha. Fa innahuu shaka ilayyi annaka, tujiavhu va tudni buhu.

Alloh seni ega qilgan bu hayvon haqida Allohdan qo'rqmaysanmi? Bu tuya och qoldirib, ko'p ishlatishingdan menga shikoyat qildi dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayvonlarni, jamoadotlarni so'zlarini eshitar edi va ularni tushunar edi. Chunki bu zot sollallohu alayhi vasallam Allohning eng yaxshi ko'rgan quli edi.

Hadisha roziyallohu alayhu Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga insonlarni ichidagi eng yaqini edi. Ham ruhan, ham jasadat. Alloh Taoloning hikmati. Hadich onamiz roziyallohu anhoh aqlli, fahm farosatli, mulohazali, chuqur fikrli, kuchli qalb egasi bo'lgan ayol edi. Agar bunaqa ayolga kimdir, qaysidir erkak duch kelgan bo'lsa, dunyo saodatiga erishib qolibdi. Chunki dunyoni o'zi hammasi matohdir dedi Rasululloh. Dunyo matohining eng afzali solih ayol dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi marta vahiy kelganida bilasizlar, Rasululloh qattiq qo'rqib ketgan. Uyiga kelib Hadijonimizga bo'lgan ishni aytib berdi. Alloh Taolo Qur'onda aytadi va min aya tihiy an xoloqalakum min afusikum az vajan li taskunu ilayha va ja'alabaynakum mavaddatan va rahmat. Uning oyatlaridan yana biri Alloh Taoloning bergan oyatlaridan, mo'jizalaridan yana biri, uning oyatlaridan yana biri, u zot sizlar hamdam bo'lishingiz uchun, o'zlaringizdan juftlarni yaratishi va o'rtalaringizda oshnolik va mehr muhabbatni paydo qilishidir. Er xotinni o'rtasida hamdamlik bo'lishligi, birdamligi bo'lishligi. Er xotin bir biriga oshno va mehr muhabbatli bo'lishligi ham Allohni bergan mo'jizalardan ekan.

Agar shu suhbat siz bilan ayolingiz o'rtasida bo'lsa, Alloh Taoloni marhamati tegib qolibdi sizga. Inson ba'zida qo'rquv kirsa, xavotirga kirib qolsa qalbi, unga tasalli beradigan bir odamga muhtoj bo'ladi. Inson nimaga bir odamga dardini aytadi? Yengillashlik uchun. G'amini ozgina to'yib oladi, u ozgina tasalli bersa, shu bilan ko'ngli ko'tarilib qoladi. Endi hadichonamiz Payg'ambarimizga odamlarni eng yaqinida edi deb aytdik.

Payg'ambarimimiz xiroda bo'lgan ishni, xiro g'orida bo'lgan ishini hadichonamizga aytib berdi. Inniy aro du'an va osmon sultan va inniy aqshan yakun bi jananun. Men bir ovozni eshityapman dedi. Men bir nurni ko'ryapman va bir ovozni ishityapman va menga bir jin tegdimikin deb qo'rqyapman dedi Payg'ambar.

Hadicha onamiz nima dedi? Bu Hadicha onamiz roziyallohu anhor, Rasulullohning jufti halol edi. Hadicha onamiz nimalari dedi? Ey Abdullohning o'g'li, dedi. Alloh Taolo bunday ishni sizga taqdir qilmaydi, dedi. Alloh sizga bunday ishni qilmaydi. Chunki siz rostgo'ysiz, omonatlarni ado qilasiz, qarindoshchilikni o'rniga qo'yasiz, dedi. Deb payg'ambarimizni ko'ngliga taskin berdi da, o'zini amakisini o'g'li varaqa imlina foln oldiga o'zi bordi avval. Varaqaga Payg'ambarimizdan eshitgan narsalarni aytib bergandan keyin, Varaqa ibn Nofil aytdi: agar u, dedi, Muhammad alayhissalom, rost gapirayotgan bo'lsa, bu uni oldiga kelgan, musoga kelgan nomus sul akbar, ya'ni Jabroil, dedi. Agar u men tiriligimda Payg'ambar bo'lib yuborilsa, unga yordam berar edim, unga iymon keltirar edim.

Koinotni yaratuvchisi birodar. Sodiq va amin bo'lgan kishiga hargiz yomonligini keltirmaydi. Mana shu joyda ozgina to'xtab o'tishimiz kerak. Nima, Hadicha onamizga vahiy kelganmidi bunaqaligini bilish? Kelajakda gapiryapti. Hadicha onamizg vahiy keldimi? Yo'q. Payg'ambarimiz payg'ambar bo'lib kelishidan avval, bu haq ma'rufmidi? Yo'q. Unda. Payg'ambarimiz omonatdor, rostgo'y, qarindoshparvar, rahmdil odamga yomonlik yetmasin.

Bunaqa bandaga Alloh yomonlik bermasligini qayerdan bildi? Kim o'rgatdi? Qayerdan xabar topdi? Javob shuki, birodarlar, javob fitrat. Alloh taolo har bitta odam bolasini tabiatiga mana shunday bir pokiza, fitratni, tabiatni joylab qo'ygan bo'ladi. Muhammad alayhissalomdek oliy insoniy sifatlar egasiga yomonliklar kelmaydi. Qanday xulosa olamiz? Agar birodarlar siz bilan biz, rostgo'y bo'lsak, insofli bo'lsak, ishonchli bo'lsak , rahmdil bo'lsak, ota onamizga mehribon bo'lsak, qo'shnilar bilan chiroyli muomalada bo'lsak, allohdan nimani kutishimiz kerak?

Fitrat aytadiki, faqat yaxshilikni kutasiz allohdan. Yaxshimisiz? Hal jazaul ixsani illal ixson. Ixsonning jazosi faqat ixson. Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilik. Birodarlar, muhammad alayhissalomni robbisi bizni ham robbimiz. Muhammad alayhi assalom yaratgan zot bizni ham yaratgan.

Koinotdagi sunnatlar o'sha o'sha, qonunlar o'sha o'shi. Muhammad alayhissalomdagi bor sifatlar agar bizda bo'ladigan bo'lsa, Alloh Taolo Payg'ambarimizni zoyi qilmagandek, bizni ham zoyi qilmaydi. Saodatli bo'lishingiz yo'q, faqat dunyo matosiga intilyapti odamlar. Ana mashhur g'arbni artistlaridan, musulmon bo'lgan artistlaridan aytadi. Hozirgi kunda odamlar deydi, o'zlari topmagan pulni, o'zlariga kerak emas narsalarga, o'zlari yomon ko'radigan odamlarga yoqish uchun sarflashyapti deydi.

Qaytarib beraymi? Hozirgi kunda odamlar o'zlari yoman ko'radigan odammlarga yoqishuchun, o'zlariga kerak emas narsalarga o'zlari topmayotgan pulni sarf qilyapti deydi. Biz ham insofli bo'laylik, ota onaga muruvvatli bo'laylik. Qarindosh urug'lar bilan aloqani zo'r qilaylik, Allohda yaxshilikni kutaylik. Chunki bunaqa bandasini Alloh Taolo hargiz zoye qilmaydi. Alloh Taolo omonatdor muxlis bandasini hech qachon xor qilmaydi. Hayotini avvalida turgan yosh birodarlarimizga aytamizki, ukalarimizga, ukalar, rozgo'y bo'laylik, omonatdor bo'laylik, insofli, muxsing itoatli bo'laylik, otamizni duosini olaylik da. Agar shunday bo'lsak, Alloh bizni xor qilmaydi. Na uylanishimizda, na tijoratimizda, na salomatchiligimizda, na kelajagimizda. Kelajagi nima bo'larkin deb g'am qilmang.

Muhimi Allohda qo'rqib, solih, itoatli, taqvodor, mo'min bo'ling, ishonib yuboring Alloh sizni zoyi qilmaydi. Chunki Muhammad alayhissalot vassalomni Alloh Taolo zoyi qilgani yo'q. Alloh Taolo qo'limda aytadi afanaji alul muslimiyni kal mujlimiyni. Axir biz musulmonlarni jinoyatchi kofir kimsalarga barobar qilavermizmi? Gunohmasiyatdan bosh chiqmayotgan yoshlarni topayotgan oqibatini taqvodor bo'lgan yosh yigitga Alloh Taolo beradimi? Hech qachon qilmaydi bunday ishni.

Afaman khani mo'minan kamankhani fasi xola ayastavun. Axir mo'min bo'lgan kishi bilan fosiq itoatsiz bo'lgan kishisi teng bo'lurmi? Yo'q, teng bo'lmaydi. Afamal va'dinah u va'dan hasana, fahvvalaqiy hikama matta'na abhumata al hayati dunya. Axir biz go'zal va'da, jannat va'da qilgan, biz unga ergashgan kishi, biz hayotda dunyo matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida mangu azobga duchor qilinguchilardan bo'lgan kimsa kabi bo'laverma.

Xulosa birodarlar, taqvodor bo'laylik, Allohni akani bilan yashaylik, ukalar, zoye bo'lmaymiz. Zoye bo'lymiz. Alloh subhanahu va taolo payg'ambar sollallohu alayhi vasallam sifatlangan sifatlar bilan siz bilan bizni ham sifatlanishimizga muvaffaqiyat bo'lsin. Aquli qobil behada va astag'firulloh alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Keyingi darsni tinglashMo'minlar onalari