Bilan amin, va la aqibatu ilin muttaqin. Vassalatu vassalomu ala saidina Muhammad sodiqil va'dil amin va ala alihi va ashabihi ajma'in. Navbat, assalomu alaykum va rahmatullohi barakatu. Al ruhya soliha. Rost tushlar. Vahini kelishlikdan avval sodir bo'lgan alomatlardan, vahini birinchi alomatlaridan bu al ruhya solihe. Rost chin tushlar. Oysha roziyalloh har xil aytadilar, Alloh Taolo Muhammad alayhissalomga karomatni va u zot sababli insoniyatga rahmatni xohlagan vaqtida Payg'ambarimizga berilgan birinchi narsa, bu rost tushlar edi. U zot tushida nimani ko'rsa, kunduzi xuddi tushida ko'rgandek sodir bo'lar edi.
Ba'zida Alloh Taolo bandasini ikrom qilib, solih tushishlarini berib qo'yadi. Ya'ni kechqurun ko'rgan narsasi o'ngida sodir bo'ladigan bo'ladi. Bunaqa tushni tafsir qilishning hojati yo'q. Kecha ko'rganingiz tushingizda bugun shunday sodir bo'lib turibdi. Agar Alloh Taolo bir bandaga bir narsani bildirmoqchi bo'lsa, ikrom qilib tushida bildirib qo'yadimi? Yoki biror bir narsadan ogohlantirmoqchi bo'lsa, ikrom qilib, tushida bir bu narsani alomatini berib qo'tadi. Demak Alloh bir bandani yaxshi ko'rsa, unga solih tushlarni beradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar ato ibn yasorda ar ruyuya solihatu yaroha rojulus solihu avturo lahu juz un min sitatin va ar ba'inin juz an minan nubovatin.
Hozir nubovatdan, payg'ambarlikdan hech narsa qolmagan. Ammo rost tushlar ar ruyuya soliha bor. Rasululloh aytadilar, solih kishi ko'radigan yoki unga ko'rsatiladigan rost tush, numuvvatning qirq olti dan bir qismidir. Tush ba'zida birodarlar bashorat bo'ladi, xursandchilikni olib keladigan. Tush ba'zan ogohlantirishlik bo'ladi, bir musibatda kelishikdan avval. Payg'ambarimiz ko'rgan tushlarini aytib berardi hadicha onamizga, hadicha onamiz payg'ambarimni ko'ngliga taskin berar edi. Bu arruqiyasi solixa muddati olti oy davom etdi. Vahiy kelishligidan avvalgi olti oyda Payg'ambarimiz nima tush ko'rsa, kunduzi shunday sodir bo'lar edi.
Endi ayol kishi mana shu tushingizni ham yaxshilik bilan ta'bir qilib bersa yaxshida. Yaxshi tush ko'rsanglar, solih odamlarga aytinglar deyiladi. Yomon tush ko'rsaklar, hech kimga aytmanglar. Nima qilib qo'yinglar? Tushingni suvga ayt deyapti. Chop tomonidagi uch marta tupurib qo'yiladi deydi. Mana rivoyatlarda keltiriladi, kunlarni birida Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tush ko'rdilar. Tushida uyni shiftidan bitta yog'och olindi da, ana shu ochilib qolgan joydan kumushdan bo'lgan, kumushdan bo'shgan narvon tushirildi.
So'ngra ikki kishi uyga ana shu narvondan tushdi. Nabiyev sollallohu alayhi vasallam tushida baqirib, ovoz chiqarib yordam so'ramoqchi bo'ldi, ammo tili ishlamadi. Ana shu tushgan ikkita odamdan bittasi Payg'ambarimizni yonboshiga, bittasi yoniga kelib o'tirdi. Ulardan biri yonboshiga kelib o'tirgani, qo'lini payg'ambarim sollallohu alayhi vasallamning ichiga kirgizib, ikkita tomirini uzdi. Keyin yana ham kirgizib qo'lini rasululloh sollallohu allayhi vasallamning qalbini, yuragini chiqardi. Rasululloh uni qo'lini sovuqligini his qildi. Payg'ambar alayhissalomning yuragini chiqarib, qalbini chiqarib o'zini kaftiga qo'yib, ha, bu solih kishining qalbi dedi. Qalbni tozaladi, yuvdi, so'ngra qalbni o'z joyiga kiritib, ikki tomirni qaytarib o'nlashtirib qo'ydi. So'ngra u ikkisi yuqoriga ko'tarildi, narvon ham ko'tarildi. Shift o'zini holiga keldi. Bu payg'ambar ali alayhissalomni ko'rgan tushi.
Alloh taologa inson qanchalik qattiq bog'lanar ekan, qalbi shunchalik poklanadi. Alloh taolo payg'ambarimiz muhammad alayhissalomga alohida bir inoyat ko'rsatdi. Chunki qur'onda alloh taolo vastona to'kalinafsiy dedi. Mana muso alayhissalomgaga, umuman payg'ambarlarga va men seni o'zimga payg'ambarlik uchun tanladim dedi. Boshqa oyatda, fa innaka bi ayunina, zotan siz shak shubhasiz bizning ko'z o'ngimizdadirsiz dedi. Ya'ni biz o'zimiz qarab turibmiz sizga degani. Alloh taoloni payg'ambarimizga bo'lgan xos inoyati bo'ldi.
Bu rost tushlar ulamolar tomonidan irhosod deyiladi. Ya'ni payg'ambarlik kelishiga, payg'ambarligini vahiyini qabul qilib olishligiga payg'ambarlarimiz uchun tayyorgarlik edi. Agar mo'min allohga haqiqiy qalbi bilan bog'lansa, chin qalbi bilan qattiq bog'lansa, alloh bu bandani qalbini poklaydi. Nimadan poklaydi? Qalbiy kasalliklarda gina, hasad, xirs, kibr.
Inson nimaga bir odamga hasad qiladi? Nimaga odamlar davrida kibr qiladi? Chunki bu odamni qalbi kasal bo'ladi. Agar insonni qalbi sog'lom bo'ladigan bo'lsa, bunday narsalar uni qalbida bo'lmaydi. Birodarlar, sarmoya degan so'z bor. Qo'lingizdagi dastmoya, sarmoya. Inson bolasiga berilgan eng katta sarmoya nima?
Pokiza qalb. Bir insonni qalabi pokiza bo'lsa, zo'r sarmoyasi. Bu qalb bilan zo'r hayot kechirsa bo'ladi. Oxiratni diyorini sotib olsa bo'ladi. Bu sarmoya bilan. Astaytubillar, ya umalay yom farumi ma'lu valabanun illa man at alloha biqolbin salim. U kunda, deydi Alloh Taolo, qaysi kunda?
Na molu davlat va na bolachaqa foyda bermas. Mag'ar nima foyda beradi? Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina mana shu toza dillari foyda beradi. Haqiqiy foyda ko'rish qiyomat kunida bo'ladi. Haqiqiy ziyon ko'rishlik qiyomat kunida bo'ladi. Qiyomat kunidagi haqiqiy foyda kimga tegar ekan? Pokiza qalb egasiga. Alloh taolo qalblarimizni poklasin. Uni uchun Alloh taologa qattiqroq bog'lanaylik bir odam.
Banda Allohga iqbol qilar ekan, Alloh azza va jalla uni qalbini poklaydi. Payg'ambarimizga mana shu poklanishlik, poklashlik mujassad, moddiy ko'rinishda sodir bo'ldi. Mana rivoyatlarda bor eshitgansizlar, Rasululloh to'rt yashar paytida Banu Sa'd qabilasida yurgan davrida ikkita farishta kelib, ko'hligini yorib, ichidagi shaytonni ushlab olgan qora alaqani chiqarib tashlashgan edi.
In nama yuriydu lah il yudhi va ankumur ridsa ahla al bayti va tohi rakum tadhiro. Alloh taolo aytadi, ey Payg'ambar xonadonining ahli, Alloh sizlardan gunohni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi, xolos. Alloh Taolo xohlaydi, butun musulmonlarni oilasini poklanishini xohlaydi. Bu o'rinda xadicha roziyallohu anhuni payg'ambarimizga aytgan so'zni eslashimiz kerak bo'ladi. Vaqti kelib, Rasulullohning qalbiga qattiq qo'rquv kirib qolgan paytda, xursand bo'ling. Vallohi Alloh sizga hargiz yomonlik yetkazmaydi. Chunki siz falon falon falon sifatlar egasisiz deb aytdi. Demak, Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga ko'rsatilgan rost tushlar, jamoadatlarni, hayvonotlarni ovozlarini eshitishligi, ularni salom berishligi, Rasulullohga vahiy kelishligi uchun ko'rsatilgan nima edi? Tayyorgarlik edi. Tayyorgarlik edi.
Ko'krak yorilish ham mana shu tayyorgarliklarning bittasi edi. Har bitta inson bolasini qalbida qora alaqa bor. Shaytonni ulushi deyiladi. Odam bolasi borki, qalbida shaytonga joy bor. Qon tomirlarida yuradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qalbidagi mana shu alaqa olib tashlandi. Shaytonni ulushi qolmadi payg'ambarimizda.
Endi kimdir aytsa, unda men ham borib yuragim yordirib o'sha alaqani chiqarib yuborsam, menda ham shaytonni ulush qolmaydimi desa, bu bu noto'g'ri gap bo'ladi. Bu faqat payg'ambarimni sollallohu alalayhi vasallam uchun xos bo'lgan ish edi. Bu ham mana shu kukhrenni yorib tozalanishligi payg'ambarlikka bo'lgan nima edi? Tayyorgarlik edi.
Iso alayhissalom yoshligida gapirgan bir odamlar. Astayrubillah, qola inniy abdullohi ataniyal kitaba va ja'alani nabiya. Va ja'alani mubarakani aynama kuntu afsoni biz solati va zakati ma duntu hayya. Shu payt chaqaloq, iso tilga kirib dedi men allohning bandasidirman. U zot menga kitob, injil ato etdi va meni payg'ambar qildi. Yana meni qayerda bo'lsam xayr u barakotli qildi va modomiki hayot ekanman namozni ato etishni va zakotni ato etishn amr qildi. Bu kichkina yo'rgaydagi chaqaloqni gapirishligi nima deyiladi?
Nabi bo'ladigan, payg'ambar bo'ladigan kishiga ertaroq berilgan bashorat deyiladi. Bu ham tayyorgarligidir. Iso alayhissalom Maryam ona ko'tarib olib kelganda Isoni, qavmi Maryamni malomat qiladi. Shunda bir marta gapirgan, keyin gapirmagan Iso alayhissa alom to ana shu nutq qiladigan yosh ketgunicha. Demak, Iso alayhissonni gapirishligi payg'ambar bor bo'ladigan odamga ertaroq bergan bashorat edi. Rost tushlar olti oy davom etdi.
Mana shu paytda Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam xilvatni, odamlardan uzoq bo'lishligini xohlab qoldi. Alloh Taolo Payg'ambarimni qalbiga mana shu xilvatni mahvib qilib qo'ydi. Birodarlar, ora oradashi inson yolg'iz qolib turishi kerak. Chunki odamlarni orasida doim aralashib yuraverishlik kishini Allohdan uzoqlashtirib qo'yadi. Odam yolg'iz qolganda Allohga munojot qiladi. Robbasi bilan gaplashadi. Istig'for aytadi, duo qiladi, qalbi musaffo bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir necha kunlab xirog' orada qolib ketar edi.
Oriflardan biri aytadi: dushmanlarim menga nima qila oladi? Axir bo'stonim o'zimni qalbimda bo'lsa, agar yurtimdan haydab chiqarishsa, bu narsa men uchun sayohat. Chunki bo'stonim qalbimda. Agar qamab qo'yishsa, bu men uchun xilvat. Robbim bilan suhbatlashaman, robbimga munojot qilaman, chunki bo'slonim qalbimga. Agar meni qatl qilishsa, men uchun shahodat deydi. Menga hech qanday zarar qila olmaydi ular. Chunki hamma narsam o'zimni qalbimda deydi. Demak, inson uni hech kim chalg'itmasligi uchun, xayolini bo'lmasligi uchunga, ora orada yolg'iz qolib turishlik kerak. Xilvatda. Ha, odam masjidga chiqib, jamoat bilan namoz o'qishi mumkin, istig'for aytishi mumkin, Qur'on to'lov otin qilishi mumkin, ammo baribir chalg'ityapti odamichi. Kimdir gapiradi, yoki sizni xayolingizda bo'ladigan bir ko'rinishlar bo'ladi, lekin hech kim yo'q bo'lganda chi?
Robbingiz bilan yolg'iz qolganda chi, robbingizni ko'rib turgandek munojot qila olasizmi? Agar shunaqa munojot qila olmasangiz chi, buni totib ko'rgan biladi buni. Buni totib ko'targan odam biladi. Munojot nima edi? Robbingizni ko'tarib turganingda, gapirganing qanaqa bo'lar edi? Ko'rib turganingda qanday gapirarding? Shunday his qilib gapirishlik.
Odamlar bor, birodarlar. Odamlar bor. Yolg'iz tura olmaydi. Hech qachon. Doim odamlar bilan bo'lishlik kerak. Gaplashish kerak, savol javob qilish kerak, talashib tortish kerak. Yolg'iz qola olmaydi. Nima bu? Bu musibat bu. Yolg'iz tura olmaslik musibat. Chunki haqiqiy mo'min yolg'iz qolganda Robbisi bilan munojat qilgani fursat bo'ldi. Yolg'izlikni yaxshi ko'radi. Robbisi bilan bo'ladigan mo'min. Ammo yolg'iz turishda siqilib ketadigan, yolg'iz tura olmaydigan odam bu musibat ekan bu, birodarlar.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam xiro g'orida o'tirdi, nur tog'idek. Va bir necha kunlab qolib ketar edi, kechayu kunduz. Kechasi, tog'ni ustida yolg'iz o'zi qolib ketishlik. Vahima. Ammo Payg'ambarimizni Alloh bilan bo'lgan xilvati, Alloh'dan topgan unisi bu vahimani yengdi. Inshaalloh, birodarlar, Alloh siz bilan bizni umra yoki xat safari bilan ikrom qilsa, ana shu nur tog'iga chiqaylik. Chunki bizdan borgan odamlarda to'qson to'qqiz foiz uyga chiqmaydi. To'g'ri, farz emas. Vojipaz umuman hech qanaqa amal emas. Ammo Payg'ambarini yaxshi ko'rgan, Payg'ambarni hayotini o'rgangan odam bir chiqib qo'yishlik kerak.
Bu to birodarlar anchagina balatoq. Kuch quvvatga to'lgan yigit ham bir soat, yarim soat deganda zo'rg'a chiqadi. Undan tashqari Makka issiq. U Makkani jazirama issig'ida uyga chiqib borishlik nihoyatda mehnat, mashaqqa, xo'p chiqarmiz ham. Kechqurun qolib ketishlikni o'ylang. G'orda yolg'iz o'zingiz qolib kelsangiz kechasi, tog', baland joy, xilvat, hech kim yo'q, har xil hayollar odamni qo'rqitadi. Ammo Payg'ambarimizni Allohda topgan unsi mana shu vahimalarni nima qildi? Yengdi.
Payg'ambar biz mana shu g'orda o'tirarkan, Ariq surasidan beshta oyat tushdi. Va mana shu kundan boshlab buyuk Islom dinimizni ishi boshlandi. Astayu billa, iqrob ismi robbiy kalla di haloq, holaqol insana min aloq, iqro va robbuka al akrom, alladiy allama bil qalam, allama insana ma'lam ya'lam. Ey Muhammad, sollallohu alayhi vasallam. Barcha mavjudotni yaratgan zot bo'lmish Parvardigoringiz nomi bilan boshlab o'qing. U insonni lahda qondan yaratgan zotdir. O'qing, sizning parvardigoringiz insoniyatga qalamni, ya'ni yozishni, xatni o'rgatgan o'ta karamli zotdir. U zot insonga uning bilmagan narsalarni o'rgatdi. Aquli qovli ha da v astag'firullohu alayhi va alaykum. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.