Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdulillahi nahmaduhu va nastainuhu va nastofiruh. Va na'udh villahi min sururiyam fusinga. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudiralalar va man yug'dililgu falah hadiyalar. Va nashxadvalloh ilohi illallohu vahidahular sharikalar. Va nashqadah anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, silsilasidan birodarlar, robbimizning assalam ismini dars qilib boshlaganidek, davom etkazamiz. Bugun ikkinchi dars.
Robbimiz subhanahu va taolo assalam bo'lgan zon. Assalam degani, salomatlik degani. Omonlik degani, xotirjamlik degani, osoyishtalik degani. Alloh azza va jala Qur'onda shunday marhamat qiladi. Astayiduvilla innalladina qoluu robbunallohu fin mas taqomuu tatanas zalo alayhimul malaaika. Albatta, parvardigorimiz Allohdur deb, so'ngra to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib aytishadi. Qo'rqmanglar, g'amgin bo'lmanglar, sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Bizlar hayotda dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do'stlaringizmiz. Ya'ni bu robbim Allohdur deb mustaqil bo'lgan bandalarni Alloh taolo salomat qiladi, ikki dunyoda.
Alloh bilan muomalangda salomat bo'lasan. Bundan ortiq qanaqa marta bo'lib bo'lishi mumkin? Bundan ortiq, qanday bir maqom bor? His qilasan, robbin seni yaxshi ko'radi. Himoya qiladi, yordam beradi, saqlaydi seni do'sting. Mana shularni bari seni ustingda haq bo'ladi. Agar Allohning dinini man hajil mahkam ushlaydigan bo'lsang, uyingda salomatsan, oila a'zolaring bilan bo'lgan muomalada salomatsan. Ishingda salomatsan. Safaringda, hazaringda, yurish turishingda salomatsan! Aziyat yetkazmaysan, ato qilasan. Shuning uchun odamlar seni yaxshi ko'radi. Salomatsan, xotirjam uxlaysan, xotirjam uyg'onasan. Xotirjam ko'chada yurasan. Xavotiring yo'q. Bularni bariga sabab nima edi? Allohdan taqvo qilish, Allohni manhajida turish. Chunki o'tgan darsimizda aytdik, inson Allohning manhajida turarkan, albatta salomat bo'ladi. Chunki Allohni manhajida turish insonning tabiatida bor narsa. Agar o'zining tabiatiga teskari yuradigan bo'lsa, tabiatiga zid bo'lgan yo'lga qadam qo'yadigan bo'lsa, ya'ni Allohni manhajidan chiqib kelsa, bu odam albatta shaqovat egasi bo'ladi.
Kim Allohni manhaji bilan yashasa, nafsi bilan oromda, Robbisi bilan bo'lgan muomalada omonda, atrofidagilar bilan bo'lgan muomalada ham omonda bo'ladi. Nimaga omonda bu mo'min? Chunki u biladi. Nimani biladi? Nima o'ziniki va nima o'zinikimas? Nima o'yiniki, nima birovniki? Shuning uchun o'zinikini olib, o'ziniki emas deb tark qiladimi? Odamlarning haqlarini rioya qiladimi? Shuning uchungi uni hamma bilan bo'lgan muomalasi muvaffaqiyatli. Jamiyatda hurmat e'tiborli.
Musulmon odam mana shu uchala taraf bilan salomatda bo'ladi. Robbisi bilan bo'lganda muomalada. Nafsi bilan bo'lgan muomalada va odamlar bilan bo'lgan muomala. Mana shu uchta doira. Mana shu uchta taraf bilan muomala qilamiz. Nafsimiz bilan, Robbimiz bilan va odamlar bilan. Robbimiz Subhanahu va Taolo bizga tavsiyali dasturni berdi, shariatni berdi. Shariat islomiya siz bilan bizni hayotimizda uchrashi mumkin bo'lgan har qanday savolning javobini beradi. Paydo bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday muammoning yechimini beradi. Bu yechim shunaqa yechimki, uni qabul qilganingizdan keyin bu muammo qaytib paydo bo'lmaydi.
Odamlar o'zlari ham hayotda chiqayotgan muammolarga yechimni qo'yishyapti, aqllardan kelib chiqib. Haligi muammo da, bu odamlar qo'ygan yechim, yechganga o'xshab ko'rinyapti bir muddat, ozgina vaqt o'tgandan keyin muammo yana turibdi. Ammo shariat bergan yechim esa, agar unga amal qilinsa, shu muammoni taklif bilan yo'q qiladi.
Shuning uchun aytamiz, shariat islomiyadan biz oladigan eng ulug' foyda salomatlik. Shu so'zimizga e'tibor berib qo'yinglar. Darsimizni asosiy nuqtalaridan bittasi. Shariat islomiadan biz oladigan eng katta ulug' foyda salomatlik. Qalbimiz ham salomat, nafsimiz ham salomat, jasadimiz ham salomat, jamiyatimiz ham salomat.
Mana qarang da. Biz ham shu xotirjamlikni, salomatlikni deb yuribmiz ko'chadan. Salomat bo'lishimiz, xotirjam bo'lishimiz uchun pul kerak deb tirikchilik bola chaqada yuribmiz. Mana shu ko'chada xatti harakat qilib yurishimizdan ko'zlagan ayni maqsadimiz ham xotirjamlik va salomatlik. Shundaymi? Ha, shunday. Endi ana shu narsaga yetish uchun faqatgina pul topish kerak deb o'ylayapmiz.
Boy bo'lsam, katta daromadim bo'lsa, xotirjam bolaman, salomat bo'laman deb o'ylayopmiz. Mana shu fikr juda ko'pchilik musulmonlarni kallasiga kirib qolgan. Faqat puling ko'p bo'lsa, xotirjam, salomat yashaysan degan tushuncha, bu dinsizlarni tushunchasi. Allohni tanimaganlarni tushunchasi. Xo'p, mana shu tasavvur bilan yashayotgan odam, albatta dunyoda salomat bo'lmaydi. Xotirjam bo'lmaydi, chunki salomatlik bilan xotirjamlik Allohni dinini ushlashlikda, taqvoda edi.
Xo'p, faqat pul topsam zo'r bo'ladi hayotim, salomat bo'laman, omon, xotirjam bo'laman degan g'arb odami. Qarang da. O'sha pulni topgani ham baxtsiz, topmagani ham baxtsiz. Ammo biz aytayotgan shariatni mahkam ushlab, shariat manhaji bilan yashayotgan taqvodor mo'minlarni qarang da. Agar biz aytayotgan shartlar unda topilsa, taqvo, manhajda turish, boyi ham, kambag'ali ham saodatlik, salomat va xotirjam.
Pul bo'lsa, changalda sho'rva. Musulmonlarning tasavvuri ekanmi bu? Musulmonlarning falsafasi ekanmi? Muammo mana shu ikkita narsada. O'lchov va tushunchadan. Shunday muammolar bor, dunyoni hamma pulini sarflash ham hal qila olmaysiz.
Pul hal qila olmagan muammoni katta pul hal qiladi. Bor a? O'shaning uchun hayotdagi bitta maqsadi katta pul topish. Topa olmaydi. Topa olmaydi da. O'sha katta pul topganga qarang da, yana ham kattaroq pul topay deydi. Ana Steve Jobsdagi yuz marta qaytardik. Yetti yarim milliard dollarni topib qo'yib, yetti yarim milliard dollarni topib qurib, oshqozon osti, bezini, saratoni, raki bilan o'lib ketaverdi.
Ancha muncha davlatni sotib olishga puli yetadigan, butun yer yuzidagi tabobatni sotib olingga qodir bo'lgan odam ketaverdi indamasdan. Xulosa. Dunyoda xotirjam, salomat bo'lishni xohlasangiz, omon bo'lishni xohlaysangiz, saodat topishni xohlasangz, Allohni manhachidan chiqding, taqvoni mahkam tuting.
Mana endi birodarlar tushunyapsizlarmi muammo nimada? Muammo iqtisodimizni orqada qolib ketayotgani, muammo ko'chalarimizni changligi, muammo ishni yo'qligi, muammo maoshlarni ozligida emas, muammo o'lchov tushunchada. Muammo shariatdan uzoqligimizda.
Manhashiga qaytamiz. Taqvoni ushlaymiz, bu muammolar inshaalloh hal bo'ladi. Kim Allohda taqvo qilsa, Alloh uni u uchun tayinlab qo'ygan jannatga kiritadi. Alloh siz bilan bizni subulusalamga salomatlik yo'liga chaqiradi. Siz bilan bizni dorussalom, salomatlik, omonlik hovlisiga, jannatga da'vat qiladi.
Uylanayotgan paytda inson juft tanlashda Allohda taqvo qilsa, taqvo bilan tanlasa, shu ayoli bilan bo'lgan muomalasida salomat bo'ladi. Inson kasb tanlashda, hunar tanlashda, Allohda taqvo qilib, Allohni manhaji bilan tanlaydigan bo'lsa, mana shu qilayotgan kasbi korida salomatda bo'ladi.
Inson qilayotgan tijoratida Allohni manhaj bilan bo'ladigan bo'lsa. Tijoratida baraka topadi. Bankrot bo'lmaydi. Va nihoyat Alloh Taolo siz bilan bizni dorussalomga, jannatga da'vat qiladi. Siz bilan bizni oldimizda uchta doira bor, uchta maydon bor. Ko'riladigan narsalar maydoni, doirasi, eshitiladigan narsalarning doirasi maydoni va aql bilan idrok qilinadigan narsalar doirasi maydoniy bor.
Qarang. Ko'riladigon narsalarning doirasidan ko'ra, eshitiladigon narsalarni doirasi kengroq. Nima degani? Siz o'nta shaharni ko'rgansiz hayotingizda, ko'zingiz bilan. Lekin yuzta shahar haqida eshitgansiz. Demak, ko'rgan narsangizni doirasidan ko'ra, eshitgan narsangizning doirasi nima ekan? Kengroq ekan.
Biz uchun Alloh Taolo tayyorlab qo'ygan jannat abadul abad, mangu. Oltmish yil, sakson yil, hali boring yuz yil deb mana shu dunyodagi hayotni halovatini deb, abadiy hayotdan voz kechgan odamni ishi, albatta aqlli odamni ishi emas. Ha mayli boring bir inson yuz yil yashasin.
Shu yuz yili huzur halovatda bo'ladi degani emas da bu. Pul yo'q bo'lishi mumkin, sog'liq yo'q bo'lishi mumkin, muammolar bo'lishi mumkin. Yuz yil yasha ganda ham hayoti hammasi komfortniy bo'lmaydi. Albatta muammo chiqadi. Ha boring o'sha komfortni ham bo'lsin. Puli ham bor, tinchligi ham, ham yog'i bor. Yoshingiz sakson dan o'tgandan keyin uni jasadi organizmi eskiradimi? Ko'zi xiralashadimi? Tishni to'kiladimi? Pul o'shancha, lekin baribir muammo bo'lyaptimi?
Endi Alloh Taolo siz bilan bizni fikr qilishga chaqiryapti. Yetmish yil, sakson yil boring, ming yil yashang, baribir bu kuni o'rasiz. Alloh bizni nimaga da'vat qilyapti? Darush salam, salomatlik hovlisiga, jannatga. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, robbisidan hadis hudusini rivoyat qilib, a'adad turi ibadiya solihina ma la aynun roat, va la udunun samiyat, va la xotara ala qol bebashar. Oldimizda turgan narsa, ko'riladigan narsa, eshitiladigan narsa va fikr qilinadigan narsa deyildi. Endi jannatni Alloh ham aytyapti. Solih bandalarimga shunday bir jannatni tayyorlab qo'ydim. Solih bandalaramga shunday narsalarni tayyorlab qo'dimki, uni ko'z ko'rgan emas, quloq eshitgan emas va insonni aqli bovar qilmaydi.
Ha domla eshityapmiz ku. Anhor, mevalar, xurlar, ko'rmasa ham eshityapmiz ku. Birodar, u jannatdagi narsani alloh taolo aql bovar qilmaydi deyapti. Senga bu so'zlar bilan jannatni xabarini berdi, sen tasavvur qiladigan so'zlar bil an eshitish deganda quloqni tasavvur qilyapsan. Meva desa bir dunyodagi narsaga o'xshatyapsan, lekin haqiqati qanaqa ekanligini borganda ko'ramiz.
Buni misolimni avvalambor aytganman. Ikki yashar bolangiz o'mir olib ketyapti. Qaynoq, chaynakka qarab. Nima deysiz? Kuyasan, joning qiynlanadi bolam, qo'y, unaqa qilma deysizmi? Demaysiz. Nima deys siz? Papa deysiz. Chunki u bola o'sha papa deganinglarni idrok qiladi da. Endi o'ttiz ga kirgan odamga papa da endi, kuladi.
Lillah ilmas alul a'la jannatdagi narsani Alloh Taolo bizga tushuntirish uchun, biz idrok qila oladigan so'zlar bilan aytyapti, lekin haqiqati qanaqaligini borganda ko'ramiz. Inshaalloh ko'ramiz biladachi birodar. Umidimiz bor. Shuning uchun ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan, insonni aqli bovar qilmaydigan narsalar bor. Bo'ldi, ishonamiz. Demak, aqlimiz har qancha harakat qilmaylik, bovar qilmas ekan. Birodalar, o'sha yoqqa harakat qilishlik aqlli odamni ishi emasmi?
Keyingi mavzuyimiz. Assalom bo'lgan robbimiz Subhanahu va Taoloning hamma ishlarida faqat yaxshilik bor. Allohning ishlarini birontasida yomonlik yo'q. Hatto odamlarni ko'ziga yomon bo'lib ko'rinayotgan ishlar bor. Alloh Taoloning ishlari. Odamlarga yomon bo'lib ko'rinayotgan shu ishlarda ham faqat yaxshilik bor. Insonlarni aqli ojizlik uchun, uni hikmatini tushunmaganligi uchun yomonlik deb o'ylaydi.
Assalom ismi birodar bizni salomat bo'lishlikka chorlaydi. Assalom ismni bizni suvul salom, salomatlik yo'liga chorlaydi. Assalom ismi siz bilan bizni dorussalomga, jannatga chorlaydi. Yer yuzini qarasangiz, zulm ko'payganligini ko'rasiz.
Qatl, qahr, faqirlik, kasallik, qo'rquv, xorlikda yashayapti inson zoti. Ana shu musibatlardan qutilishlikni eng ishonchli yo'li, assalom bo'lgan Alloh Subhanahu va Taoloning diniga qaytish bilan bo'ladi. Bu balolardan salomat bo'lish, assalom bo'lgan Allohning manhajiga qaytishlik bilan bo'lardi. Mana aytdik, Alloh Taolo assalam. Salomatlik Allohdan bo'ladi. Omonlik Allohdan bo'lladi. Osoyishtalik, xotirjamlik Alloh tomonidan bo'ladi.
Va aytdik,alloh taoloning bironta ishida yomonlik yo'q. Albatta, sizni ko'zingizga yonbop bo'lib ko'rilgan ixtiyom orqasida yaxshilik turadi. Mutloq yomonlik, nisbiy yomonlik. Yomonlik ikki xil bo'ladi. Mutloq yo'q yomonlik, nuisbiy yomonlig.
Mutloq yomoni nima? U shunaqa yomonlikki, hech qanaqa yaxshi tomoni yo'q. Nisbiy yomonlik, bir tomoni yomonlik bo'lsa, qolgan beshta tomoni yaxshilik bo'ladi. Mutloq yomonlik bo'lishi mumkin emas. Chunki mutloq yomonligini bor bo'lishi Alloh Taoloning borligiga zid. Yomonlik mutloq bo'lmaydi, u nisbiy bo'ladi. Endi mana shu nisbiy bo'shgan yomonlik mutlo q yaxshilikni xizmatida turadi. Mana aytdik, mutloq yomonlik bo'lmaydi. Mumkin emas bunaqa bo'lishi. Har qanaqa yomonlikni orqasida yaxshi tomoni bor.
Bir biriga teskari aks narsalar bor va bir biriga qarama qarshi zid narsalar bor. Bir biriga tezkari narsalar bor va b biriga zid narsalar kor. Masalan, bir biriga teskarni aks narsalar. Oq bilan qora. Bir vaqtni o'zida oq ham, qora ham bor bo'lishi mumkin. Masalan, devorni yarmi oq, yarmi qora. Yarmi qora. Demak, bir biriga teskari narsalar bir vaqtni uzida bir joyda bo'lishi mumkun.
Biri ikkinchisini yo'q bo'lishini taqozo qilmaydi, talab qilmaydi. Tushundingiz a? Doskani yarmi oq va yarmi qora. Bir va qitni uzida ikkalasi bor, bir joyda. Biri ikkinchisini yo'q bo'lishini taqozo qilmaydi. Bu bir biriga teskari narsalar. Endi bir biriga zid, qarama qarshi narsalar bor. Ular bir vaqtda birga bo'la olmaydi. Bir joyda birla bo'la olmaydi da. Masalan, yorug'lik bilan zulmat.
Tiriklik bilan o'lim. Bir odam ham tirik, ham o'lik bo'la olmaydi, ili ili bo'ladi. Bular bir biriga zid narsalar. Bir biri bilan bir vaqtda jamlana olmaydi. Ularni bittasini borligi, ikkinchisini yo'qligini taqozo qiladi. Ana shu bir biriga zid bo'lgan narsalardan bittasi, Alloh Taoloning borligi bilan mutloq yomonligini bor bo'lishi.
Demak, Allohni borligi bilan, mutloq yomonlik jam bo'lishi mumkin emas. Alloh bormi? Demak mutloq yomonlik bo'lmaydi. Dalil? Astaydubillah. Quli ilahumma malikal mulkiy tu'til mulka man tashaa, u va tanzi ul mulka min man tashaa, va to'oyiz zuman tashaa, uva turdil luman tashaa, bu biyadikal xoin.
Oliy imron surasi yigirma oltinchi oy. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilaversan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olaversan. Istagan kishingni aziz qilaversan va istogan kishingni xor qilaversan, biyadikal xoyr. Bor yaxshilik, yolg'iz seni qo'lingda.
Qarang, mulkni berasan, olasan. Aziz qilasan, xor qilasan. Endi shu siyohda ketsa, yaxshilik ham, yomonlik ham seni qo'lingda deyilishi kerak edi. Yaxshilik seni qo'lingida deyilyapti. Yaxshilik ham, yomonlik hammi deyilmayapti. Birodarlar, mulkni berilishi, boy bo'lishingiz albatta yaxshilik. Ammo gohida olib qo'ygani yaxshi bo'ladi.
Qanaqa qilib? Olib qo'ygani qanday qilib yaxshilik bo'lishi mumkin? Ollohga seni yaqin qilyapti nima? Berishimi, olib qo'ya ishimi? Agar berishi seni Ollohga yaqin qilayotgan bo'lsa, berishi yaxshi. Olib qo'yi ishi seni qo'lingdan, seni Ollohga yaxin qilayotkan bo'lsa, olib qo'shishi yaxshi. Mana misol. Borib urdingiz, olib qo',ydi. Nima yaxshilik bor bunda deysiz? Olloh deyishni boshlaysiz.
Ollohni unutib qo'ydingiz, olib qo'ydi. Olib qo'ydi, Alloh deyishni boshladingiz. Demak mana yaxshi tomoni. Azizlik ham yaxshi, ammo gohida xor qilib qo'ygani ham yaxshi. Shu ikkala holat, azizlik, xorlik. Qaysinisi seni Allohga yaqin qilyapti? O'shanisi yaxshi, yaxshi bo'laveradi. Aziz qilganda Allohga yaqinsanmi? Azizlik yaxshi. Endi xor qilib qo'yganda Allohga qaytyapsanmi? Demak, xor qilib qolgani ham yaxshi.
Kambag'allik yomon, xorlik yomon, ammo buni orqasida sizni Allohga qaytishingiz turibdi. Demak, bu ham qanaqa yomonlik ekan? Nisbiy yomonlik ekan. Shuning uchun bizni ustimizga qanaqa kun kelmasin, albatta bu yaxshilik. Ayniqsa mo'min bandani ustiga kelgan ish.
Ma'qulmi? Hadis xuddi siybor. Ajoyib. Agar bandalarim deydi Alloh Taolo. Men aytganday bo'lishganida, ularga kechqurun yomg'irni yog'dirar edim. Kunduzni quyoshni chiqarib qo'yar edim va ularni qalblarini momog'i guldireyni ovozi bilan qo'rqitmas edim.
Alloh shu darajada bizni yaxshi ko'radi, agar senlar, bandalar, men aytganday bo'lishganingda, yomg'ir bilan bezovta qilmasdan, uxlayotganingda yomg'ir yog'dirib qo'yar edim. Yomg'ir yoqqandan keyin havo toza bo'ladi, tabiat bir gullab yashnaydi. Ertalab turganda quyoshni chiqarib qo'yardim. Yomg'irni xavotirini ham solmas edim, momoguldirni ham xavotirini solmas edim.
Alloh shunday muomala qilishni xohlaydi biz bilan. Biz gunoh ma'siyatga botib ketganmiz, shuning uchun ustimizga musibatlar keladi. Va men asobaku min musib oyati. Sho'ro so'rasin. Ustinglarga nima musibat kelmasin, o'zinglar qilgan ish tufayli keladi deyapti Alloh. Endi shu musibatni berdimi? Bu ham yaxshi biz uchun. Nima uchun?
Allohga qaytamiz. Tovba qilamiz, gunohlarimizga kafolat bo'ladi. Demak, mutloq yomonlik bo'lmaydi. Bu yomonlik nisbiy bo'ladi. Mutloq yomonligi bor bo'lishi bilan Allohni borligi bir biriga zid narsa. Modomiga Alloh bormi? Demak, mutloq yomonlik bo'lishi mumkin emas.
Asarlarda keltiriladi. Imom Daylamiy rivoyat qilgan Ibn Umardan Alloh Taolo aytadi. Albatta bu dunyo tekkislik emas, egrilik dunyosi. Dunyo bilgan kimsa uchun qayg'u hovlisi, xursandchilik hovlisi emas. Kim buni anglagan bo'lsa, kengchilik uchun xursand bo'lmaydi, shiddati uchun mahzun bo'lmaydi. Ogoh bo'linglar. Albatta Alloh dunyoni imtihon hovlisi qilib yaratgan. Oxiratni esa mukofot hovlisi qilib beratgan. Dunyo balolarini oxiratning atolariga sabab qildi. Oxirat atolarini dunyo balolariga evaz qildi.
Bas, ato qilish uchun avval olib qo'yadi, mukofotlash uchun avval balolab qo'yadi. Aquli qovli ha davos tafirullohu li va lakum. Innallohu va malakatu xushson luna ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.