MMaviza
As-SalomTekshirilgan22 daq

101-DARS AS-SALAAM (3-QISM) ASMA-UL HUSNO

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
21:32
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas da inuhun astag'firuh va na'udhu billahi min sururiyan fursinavamin sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mubillala, voman yu'dulilgu falah hadiyala. Ona shadval la ilohillallohu vahdahlala sharikala. Ona shadu anna muhammadan abduhu rasuluh. Umobod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari, asmo ul husno silsila darslaridan birodarlar, robbimizning assalam ismini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Bugun uchinchi darsimiz. Alloh azza va jalla bu dunyoda bandalarni ustiga yuborayotgan musibatlari mana shu insonlarning kelajagi uchun yaxshi. Masalan, bir odam moli cho'kib ketdi.

Alhamdulillah deb taqdiriga tan berib rozi bo'lsa, oxiratga o'tib qoladi. Birovni oyog'i sindi. Yomonlik. Alhamdulillah, Alloh Taolo taqdirida rozi bo'lmasa, bu gunohlarga kafforat bo'ladi. Demak, dunyoda, birodarlar, yomonlik nisbiy bo'ladi. Yomonlik bormi? Albatta yonboshida yoki orqasida yaxshilik bo'ladi.

Ana shu nisbiy bo'lgan yomonlik ham bor ekan, bu mutloq yaxshilikning xizmatida turadi. Alloh azza va jalla bandalarni ustlariga musibat yuboradi. Nima uchun? Astaybulla. Vala nurdayqonnahum milal adabel, adana, dunal adabel, akbariy la allahum yarjiun.

Albatta biz ular o'z kufr isyonlaridan qaytishlari uchun, ularga ulug' azobdan ilgari yaqin azobni, ya'ni dunyodagi azobni topib turaveramiz. Ustiga musibat kelyapti, nima uchun? O'sha musibatdan qaytishi uchun. Hozir aytayotganimizdek bir balokaldan bir qavmni ustiga to'xtab tavba qilsa, shu tavba qilganligi foyda bo'ldi. Demak, kelgan musibat ularni foydasiga bo'ldi. Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi. Vohar al fasado fil barri val bahr.

Insonlarni ishi tufayli, insonlarning fe'li tufayli quruqlikda ham, dengizda ham fasad tarqadi. Turli ofatlar, balolar yuz berdi. Endi, mana shu gunohidan qatishliklari uchun ularga qilgan ayrim gunohlarining jazosini tot turib qo'ydi. Nimaga keldi balo? Shu gunohidan to'xtasin. Nimaga keldi balo? Shu balo bilan shu gunohi nima bo'lsin? Yuvilsin.

Agar insonlar bu ustiga kelayotgan musibatlarni shunday deb qabul qiladigan bo'lsa, u musibatlarga shikoyat qilishmas, Allohga hamdlar aytadi. Bolani tarbiya qilishlikda ota qattiqqo'l bo'ladi. Bolaga bu narsa yoqmaydi. Lekin aslida nima bo'ladi? Bolani foydasiga bo'ladi. Haligi yigirma to'qqiz nol polvon bor ku. Shu aytyapti. Men totalniy kontrol ostida yashaganman. Otam aytgan menga deyapti. Men sendan kuchlimanmi? Ha, kuchlisiz. Men sendan aqllimanmi? Ha, aqllisiz. Men seni otangmanmi? Ha. Men aytganimni qilasan.

O'sha tarbiya jarayonida otani qattiqqo'l bo'lgani, jazolagani bu bolasiga yoqmagan. Lekin unga yoqmagani bu yomon degani emas da. Unga mehribon odam nima deyapti otasi? Mehribon bo'lgan otasi unga bir jazo qo'llagan bo'lsa, bir narsadan man qilgan bo'lsa, uni foydasi uchun bo'lgan. Lillahi ilmas alul a'la bizni ustimizga kelayotgan musibatlar, bizga yoqmaydigan ishlar, bizning foydamizga. Chunki robbimiz bizga, otamizdan ham mehribonroq, onamizdan ham mehribonroq.

Eng yangi bir rusumdagi mashinani minib ketyapti ahmad. Kayf holatda, mast holatda. Perevolga chiqib ketdi. Endi mast bo'lganidan keyin nima bo'ladi? Jarga qulaydi, dabdalasi chiqadi. Endi. Mana shu bir dabdalasi chiqib ketgani, mana shu Ahmadni tushib halok bo'lganida, mashinani ishlab chiqargan zavod aybdor bo'ladimi?

Yo'q. Kim aybdor? Mast bo'lgan Ahmadni o'zi. Chunki ana shu mashinani minishlik qonun qoidalariga rioya qilmadimi? Tamom, yomonlik o'zi sababli keldi. Shuning uchun yomonlik zavoddan bo'lmaydi. Yomonlik mashinani ishlatishlikda yo'lga qo'yilgan xatoda, yo'l qo'yiladigan xatoda. Masalan, tuz yaxshi narsami, yomon narsami? Yaxshi narsa.

Shakar ham yaxshi narsa! Mana bu kir yuvish kukuni ham yaxshi narsamiz. O'zbekcha aytganda stiralniy parashok. Endi ovqatga, tuzni o'rniga, ana shu kir yuvish kuchini solsangiz, nima bo'ladi? Ovqatni yeb bo'lmaydi. Endi shu bilan mana shu kir yuvish kukuni yomon bo'lib qoladimi? Yo'q. Qiyom yo holva tayyorlayapmiz. Shakarni o'rniga tuz soldik. Bu holva yoki qiyom bo'ladimi? Yo'q? Endi shu bilani endi tuz yomon bo'lib oladimi? Shakar ham yaxshi narsa, tuz ham yaxshi nars. Faqat uni iste'mol qilish, ishlatishlik xato bo'lganligi uchun yomon narsaga aylanib qolyapti. Misol tushunarlimi? Shuning uchun vashsharru laysi ilayk, Parvardigor, yomonlik sendan emas. Yomonlik o'zimizdan, qilgan fe'limizni natijasi.

Alloh Taolo assalom bo'lgan zot. Siz bilan bizga salomatlik, xotirjamlik, osoyishtalik, omonlikni beradi. Osoyishtaliks, salomatlik, omonlikning manbai asli Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi. Mana mashinaga matol qo'yiladi. Nima uchun? Harakatlanish uchun. Endi shu mashinaga tormoz ham qo'yiladi. Nima uchun? To'xtatish uchun. Qarang. Bitta mashinada ham harakatga keltira oladigan qismi bor, ham to'xtatadigan qismi ham bor. Bir biriga qarama qarshi ikkita narsa.

Nima uchun qo'yildi bu narsa? Inson salomatligi uchun. Yursa uzoq, yaqin bo'ladi, to'xtasa salomat bo'ladi. Demak, motor ham bo'lishi kerak, tormoz ham bo'lishi kerak. Billahi ila sal ala inson dunyo, qarang, inson salomat bo'lish uchun mashinada motor ham bor, tormoz ham bor. Bir biriga qarama qarshi narsa. Endi inson hayotda salomat bo'lishligi uchun, birodarlar, unga yaxshilik ham kerak, yomonlik ham kerak.

Nima demadingiz? Qancha qancha odamlar bor, ehtimol oramizda o'tiribdi shunaqalar. Boshiga tushgan bir musibat tufayli namozga yiqilgan. Molidan ajragan, sog'ligidan ajragan, ustiga bir musibat kelganda, shu musibat uni Alloh deb masjidga kelishiga sabab bo'lgan. Demak, shu yomonlik uchun nima bo'ldi? Yaxshilik bo'ldi.

Bankrot bo'ldi, moliga talofat yetdi. Shu bilan harom puldan ham qutildi, harom tijoratdan ham qutildi. Taqdirga rozi bo'luvdi, qilgan gunohlariga nima bo'ldi bu? Kafforat bo'ldi. Demak, ustimizga kelayotgan yomonlik, u mutloq yomonlik emas. U nisbiy yomonlik. Bir tomoninglar yomonlik, qolgan tomoni foyda. Va mana shu nisbiy yomoni mutloq yaxshilikning xizmatida turadi.

Ikki ma'no. Assalom. Assalom bo'lgan robbimiz. Siz bilan bizni subulusalom salomatlik yo'liga boshlaydi. Alloh azza va jalla bir bandasini ustiga yuborgan musibatlarini hikmatini nima ekanligini qiyomat kunida fosh qilib beradi. Nima uchun bu musibat keldi ustiga? Va mana shu musibat kelganligi unga nima foydasi bor edi? Qiyomatda shuni hikmatini Alloh Taolo ko'rsatib qo'yganida, banda shu dunyoda uni ustiga kelgan musibatlar aslida Allohning rahmati ekanligini, rahmati bo'lganligini tushunadi.

Kaf surasiga murojaat qilmaymizmi? Muso va hizr alayhi massalam kemaga chiqishdi. Teshib qo'ydi Hizr alayhissalom. Keyin hikmatini aytdi. Kemachi yomon bo'ldi, zarar bo'ldi deb turuvdi. Lekin sohil dengizni narigi sohiliga borsa, uni kemasi teshik bo'lganligi uchun, uni kemasini musodara qilishmadi. Boshqa kemalarni musodara qilyotuvdi. Shu dunyoda hikmatini ko'rib turib, qalbi erib ketdi.

Yoki ana shu balog'atga yetib yetmagan bolani Qizil alayhissalom o'ldirib qo'ydi. Nimaga o'ldirding? Hayron bo'ldi Muso alayhissalom. Ota onasi ham musibat deb bildi buni. Haqiqatdan bir qaraganda musibat. Osonmi o'n besh ga kirgan, o'n to'rt ga kirgan bolangizni o'ldirib qo'ysa biroq? Lekin qiyomatga borganda hikmat ko'rinadi. Muso alayhissalomga aytdi, Qizrali alayhissalom. Bu bola katta bo'lsa, kufr tug'yonga kirib, ota onasiga ham kofir qilib tashlardi dedi. Mana endi ota ona qiyomatga borganida, bolasini o'lganligi shu musibat o'zini foydasi ekanligini bilgandan keyin qalbi erib ketadi.

Rodalar, assalom bo'lgan robbimiz bizni salomatning yo'liga da'vat qiladi. Insonni jasaddagi suyak. Insonni qaddi qomati, bo'yi basti shu suyagi bilan shakllanadi. Bu suyak ma'lum bir vaqtgacha o'sadi da, keyin to'xtaydi. Kim to'xtatdi uni? Ana shu suyakni yaratgan Parvardigor Alloh. Agar shu suyakda o'sishi to'xtamay qolsa nima bo'ladi?

Yoki o'smay qo'ysa chi, unda nima bo'ladi? Ana shu kerak joyigacha o'stirib to'xtatib qo'ygan, assalom bo'lgan Robbimiz birodarlar. Ana shu kerakjoyigacha svek o'sadi da, suveyni o'stiradigan hujayralar uxlaydi. Qirq yil, ellik yil uxlaydi. Ko'ring, mana shu qirq ga, ellik ga, oltmish ga kirgan odamni a'zosida biron suveysi sinsa, boyagi uxlatib qo'yilgan hujayralar uyg'onadi da, singan suvetni bir biriga tutashtiradi.

Bir o'ylab ko'rganmizmi shu narsani? Travmatologning ishi nima? Rentgen qiladi, ko'radi, shunday shunday suvet olib kelib turib, bir biriga yopishtirib, kelib siqib qo'yadi. Suvetni bir biringa tutashib ketishi, unutib ketishi kimning ishi? Kimning san'ati? Ha, endi tasavvur qiling, odamlar o'zini yasagan drelda oling, propiratorda oling. Sinib qoldi yoki ikkiga bo'linib ketdi. Nima qilasiz? Boy ikkov singan joyni bir biriga olib kelib, bunday gapishtirib, baylab qo'y. Ertaman yaxshi bo'lib qoladi deysizmi?

Allohni ma'rifatiga olib boradigan eng yaqin yo'l birodarlar, bu koinot haqida tafakkur qilish. Mana suvey haqida ozgina tafakkur qildik. Subhanalloh deyapmizmi? Allohno san'atiga lol qolib, yoqamiz deyapmiz mi? Ollohni tanishlikka olib boradigan eng yaqin yo'l birodarlari, koinot haqida, borlar haqida tafakkur qilishlik.

Demak, menda uchun bu dunyoda salomatlik degan narsa beriladigan bo'lsa, bu salomatlik deganda nimani tushunamiz, hammasi? Bularni hammasi alloh tomonidan bo'ladi. Va Alloh Taolo haqiqiy salomatlikka da'vat qiladi. Mana bizdagi immunitet. Kasalliklarga qarshi kurashadigan ishimizdagi quvvat. Bu ichimizdagi immunitet bitta bir qo'shinga, armiyaga o'xshaydi. Bu qo'shinni razvedka qismi bor, qurol ishlab chiqaradigan qismi bor, jangovar qismi bor, xizmat qismi bor, himoya hujum qismi bor. Endi mana shu tizimni birodarlar Alloh Taolo yaratib, bizni xavfsizligimiz, salomatchiligimiz uchun kasalliklarga qarshi turish uchun siz bilan bizni jasadimizga joylashtirib qo'ygan.

Misollar juda ko'p. Shundan bittasi. Ikkita buyragimiz bor. Ikkita buyregimiz bor, pochka. Ana shu ikkala buyragimiz bizni qonimizni tozalab turadi. Bizni ehtiyojimizdan yigirma barobar ko'proq xizmatni qiladi. Tushunarlimi? Bizga tozalanish kerak bo'lgan miqdordan yigirma barobar ko'proq xizmat qiladi. Uni mana shunday ko'p ishlab, katta xizmat qiladigan qilib bo'lgan kim? Alloh taolo. Nima uchun bu? Bizni salomatchiligimiz uchun. Biz Alloh Taoloni mana shu Assalom ismini o'rganar ekanmiz. Alloh bizni yaxshi ko'rayotganligini his qilamiz, tushunamiz. Bizda qanaqa salomatlik bo'lsa, Assalom bo'lgan Robbimizdan ekan.

Assalom bo'lgandan Alloh Subhanahu va Taolo bizni salomni fosh qilishga, bir birimizga salom berishlikka da'vat qildi. Bizni Subulusalomga chaqirdi. Bizni Dorusalomga chaqirdi. Alloh taoloning assalom ismi. Bu ismni, birodarlar, amaliy tadbiqi bor. Ya'ni bu ismdan oladigan xulosamizni amaliy ko'rinishi bor. Nima u? Hamma yaxshilik, hamma salomatlik, tinchlik, osoyishtalik, omonlik Allohdan ekanmi? Mo'min mana shu ismdan o'ziga ulush oladi da, o'zini atrofidagilarga mana shu salomatlik manbai bo'ladi.

Assalom ismini o'rgandik, undan oladigan ulushimiz nima? Atrofimizdagi odamlar ham, hayvonlar ham, butun jonivorlar bizdan salomat bo'ladi. Shunda siz assalom ismidan o'zingizga ulush olgan bo'lasiz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: al muslimu man salimal muslimu na milli sanihi va yadihi. Haqiqiy musulmon kim? U shunaqa odamki, musulmonlar uning tilidan ham, qo'lidan ham omonda. Sizdan xotirjam. Sizdan xavotir yo'q. Sizdan qo'rqmaydi. Ustundan yozib bermasmikin, sirini sotib qo'ymasmikin, mashinani mablag'ini teshib qo'ymas mikin, paynoni to'sib qo'y emasmikin.

Bu hadisni eshitib turib, kallamizga birinchi keladi degan fikr nima? A demak, musulmon atrofdagilarga ozor bermas ekan. Birinchi xulosa shu. Lekin bu hadisni ma'nosi bundan ko'ra chuqurroq. Agar bir musulmon ikkinchi musulmonga ozor bersa, menga falonchi aziyat berdi deyiladi. Ammo musulmon odam, musulmon bo'lmagan odamga aziyat yetkazsa, menga kim ozor yetkazdi deydi? Musulmonlar deydi.

Musulmonga musulmon aziyat yetksa, menga ahmad zarar yetkazdi deyd. Ammo Ahmad bir g'ayridinga zarar yetkazib qo'yadigan bo'lsa, menga musulmonlar yomonlik qilishdi deydi. Shuning uchun har bitta musulmon, odam o'zini Islomni elchisida bilishligi kerak. Payg'ambarimiz aytadilar, an ta'la sug'urotin min sug'oril islam, falay yutiyanna min qibalik.

Sen dedilar Rasululloh, Islomning chegaralaridan birida turibsan. Ya'ni chegarani qo'riqlab turgan odamsan. Dushman sen tomoningdan kirib kelmasin. Seni fe'ling, atvoring, harakating, so'zing, qilig'ing natijasida musulmonlar va Islom yomon bo'lib ko'rinmasin. Bu ayniqsa g'ayridinlarni yurtida yashayotgan musulmonlarga tegishli narsa. Ana musulmonlarni ahvoli deydi. Ana shu falonchini aybi deyilmaydi, falonchi Ahmadni aybi demaydi. Musulmonlarnini aybi deydi. Ana shunday musulmon bo'lmaganlar bilan qilayotgan muomalamizda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Tilimizdan, bosar tusar ishimizdan, muomalamizdan ular aziyat ko'rmasligi kerak. Chunki senga qarab turib ular Islomga baho beradi.

Shuning uchun aytyapmiz da, har bitta musulmon o'zini Islom va musulmonlarning elchisi deb bilish kerak. Elchi. Bir davlatda ikkinchi davlatga elchi boradi. Mana shu borgan elchi o'zining mamlakatini nima bo'ladi? O'zini davlatini vakili bo'lib turadi. O'zini so'zida, fe'lida, muomalasida qilgan xatosida uni mamlakatini xatosi deb e'tibor qilinadi. Shuning uchun elchi bo'lgan odam juda ham ilm ma'rifatli, odob axloqli, esli hushli odam bo'lishligi kerak. Esipas, unaqa bir cholot dumbul odamni hech kim elchi qilib yubormaydi. Xuddi shunga o'xshagandek, sodiq musulmon biladi nimani? Men tufaylik g'ayridinlar Islomga yomon ko'zi bilan qaramasin.

Agar musulmonlar ana shu g'ayridinlarni orasida yasharkan, islomiga to'liq amal qilsa, axloqi go'zal bo'lsa, muomalasi go'zal bo'lsa, ahlida turib, chiroyli xulq bilan tanilsa, ana shu g'ayridinlarni islomga bo'lgan munosabati o'zgarar edi. Ha, endi u g'ayridinlarda yuribdi yashayotgan musulmonlarda hammasini bir xil yomon demaymiz. Ular ichida diniga amal qilayotganlar ham bor. Lekin aksar holatlarda bunaqa emas.

Aytyapmiz, kamdan kam holatda musulmon odam g'ayridinlarga nisbatan xato qilsa, falonchini xatosi deyiladi. Lekin aksor holatda musulmonda ahvoli shu deydi. Agar da'vatchilardan, doilardan birontasi bir xato yo'l qo'yadigan bo'lsa, ana deydi, domlalaring deydi. Ana deydi, da'vatchilaring deydi. Xato qilgan odam bitta, aybdor mingta.

Demak, Rasululloh aytdilar, musulmonlar uning tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan kishi haqiqiy musulmonmi? Demak, hadisni birinchi ma'nosi, atrofidagilarga aziyat bermaydi, bu hadisni birinchi ma'nosini. Chuqurroq qaraydigan bo'lsangiz, siz tufayli islomga gap so'z tegmasligi kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, vallohi la yumin. Vallohi la ya'umin. Vallohu la ya'umin. Allohga qasam, mo'min bo'lmaydi. Allohga q asam, mo'min mo'min bo'lolmaydi. Allohgaga q asam, mo'sin mo'min bo'maydi dedilar. Man yo rasululloh. Kim yo rasululloh?

Qola alladiy la ya'manu jaruhu bavoyi qahhu. Kim haqiqiy musulmon bo'lmaydi? Ozorlaridan qo'shnisi xotirjam bo'lmaydigan kimsan? Deb javob berdilar rasululloh. Imom Buxoriy rivoyat. Qo'shningiz sizdan xotirjam emasmi? Qo'shningiz sizdan cho'chib xavotir olib turadimi? Rasululloh bu odamni mo'min bo'lmaydi deb aytyaptilar, uch marta, qasam ichib.

Demak, sen birodar Allohnin assalom ismiga iymon keltirding. Bu ismdan o'zingga ulush nasiba olishing kerak. U ulush nasiba qanaqa bo'ladi? Atrofingdagilar sendan tamomiy xotirjam bo'lishi kerak. Eng yomon odam kim? U shunaqa odamki, odamlar buning yomonligidan qo'rqib turishadi. Asarlarda keltiriladi sharru ku manuttaqo hunnasu mahofata sharixiy. Oranglardagi eng yomon odaminglar, ichinglardagi eng yomoninglar odamlar uning yomonligidan xavotirda turadiganidir.

Shunaqa odamlar bor atrofimizda, haligi odam bilan yaxshi muomala qilishga majburmiz. Xohlamaymiz, lekin majburmiz. Chunki yaxshi muomala qilmasangiz, undan sizga yomonlik yetib qolishi mumkin. Mana shu odamlar eng yomon odam bo'ladi. Bor a? Bor a? Lekin o'sha sizga yomonlik ketkazadigan holatdan ketgandan keyinmi, qarab ham qo'ymaysiz u tomonga. Chunki qo'rqqaningizdan, yomonligidan, nima qilyotgan edingiz? Assalomu alaykum deb yaxshi muomalalar qilyotgan ediz.

Haqiqiy mo'min bunaqa bo'lmaydi. Chinakam iymon egasi bo'lgan haqiqiy mo'min bu atrofidagilar uchun omonlik maslari bo'ladi. Atrofidaglar undan tamomiy xotirjam bo'ladi. Undan bironta bir yomonlik kelishini xavotirni qilishmaydi. Chunki u assalam bo'lgan robbisini taniydi va assalam ismidan o'ziga ulush nasib olgan bo'ladi.

Alloh azza va jalla o'zini mana shu go'zal ismi assalam dan ulush nasiba olib, atrofimizdeklar bizdan xotirjam bo'lishiga tavfiq bergan bo'lsin. Aquli quvli hada va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hushsaluni ala nabiy. Ya yuha la dina aman u sollallohu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish