MMaviza
As-SalomTekshirilgan23 daq

102-DARS AS-SALAAM (4-QISM) ASMA-UL HUSNO

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
22:30
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi nahmaduhu anasta inuhu anasta g'firuh va na'udhullahi min ash g'ururiyan fusinga va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala va man yuzli luh falaha deyala. Mana shuhratulloh ilohillallohu vahda hula sharikala va mana shuhrat anna muhammadan abduhu va rasuluh. A mabod assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari, asmo ul husnloh silsila darslaridan assalom ismini o'qiyotganidek davom etamiz. Bugun to'rtinchi dars.

Musulmon inson o'zini hayotini subulusalom ustiga qurishligi lozim. Nikohlanishi, agar allohning manhachinga muvofiq bo'lsa, ko'zingni haromdan tiysang, ayolingni haqlarini ado qilsang, demak, bu seni oilaviy hayotingda saodat topishingga sabab bo'ladi. Demak, sen subulus salamdasan, salomatlik yo'lida. Farzandlaringni tarbiyasiga e'tibor berding, e'tiqodini to'g'ri qilding, axloqini tuzatding. Halol luqma yegizding. Demak, farzandlaring bilan bo'lgan muomalada saodat topasan. Farzandlar bilan bo'lagan muomalada sen subulusalomda bo'lding. Atrofingda bo'layotgan odamlar bilan qilayotgan muomalangda shariat doirasidan chiqmagan bo'lsang, demak, sen subulusalomdasan. Hamma seni yaxshi ko'radi.

Kim Allohni manhajini o'zining hayotida tatbiq qiladigan bo'lsa, uning hayoti xotirjamlikda bo'ladi. Hayotda xotirjamlik kerakmi? Allohni manhaji bilan yashab. Odamlar mana shu xotirjamlikni istab, xotirjamlik faqatgina boylikda, xotirjamligi faqatgina dunyo matohi qo'limizda ko'p bo'lishida degan falsafa bilan yashaydi da, hayotini pul topish yo'lga sarflab qo'ygan. Hayotdagi bitta yu bitta maqsadi pul topish. Bunaqa odamlarni nazarida pul bo'ldimi, demak muammo yo'q bo'ladi deb o'ylaydi. Lekin bu noto'g'ri tushuncha.

Endi Alloh kimni taqdiriga boy bo'ladi deb yozgan, kimga kambag'al. Buni biz bilmaymiz. Agar xotirjam, saodatli hayot faqat pulga bog'liq bo'lganida, taqdiriga faqir deb yozilgan insonlar majbur saodat topmasdan yashashga to'g'ri kelib qolardi. Lekin saodat, xotirjamlik pulda emas. Pulni qanchaligida ham emas.

Allohni manhajiga amal qilish deydi. Qanchalar Allohning manhaji bilan yashaysan, hayoting shunga yarasha oson ishda bo'laveradi. Pulingni qanchaligi muhim emas. Astaydi billa. Yahdiy bihillahi man itta bari du anahu subu alayhi salam. Sizlarga Alloh tarafidan nur, ochiq kitob keldiki, Alloh u sababli, ana shu nur, ana shu kitob sababli o'zining rizoligiga erishgan zotlarni najot yo'llariga hidoyat qilur. Ishingda xotirjam, oilangda xotirjam. Farzandlaringda xotirjam , qo'shnilaringdan xotirjam. Tijoratingda xotirjam, umuman hamma ishda xotirjam bo'lishni xohlaysanmi? Ha, albatta xohlaysan. Bunga qanday erishish mumkin? Bitta yo'li. Hozir aytganimizdek, Allohning manhajiga ko'ra kun ko'rasan. Hayotingni Allohning diniga muvofiq o'tkazasan. Taqvo yo'lini ushlaysan, tamom, sen xotirjamsan. Yahdibihillahi man itta baridu anahu su'bul as salam.

Dunyoda odam borki, qaysi zamonda, qaysi makonda yashamasin, millati, rangi qanaqa bo'lmasin, hammasi biz aytayotgan xotirjamligini, omonligini istagan. Bunga yetadigan yo'l faqatgina iymon, taqvo va solih amal. Alloh azza va jalla Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga mana Xudoybiya sulhi bitilganidan keyin, Fath surasini nozil qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudeybiya bilan o'n yil tinchlik sulhiga qo'l qo'yib, jildilar xudoyberdan Madinaga qarab. Musulmonlarga bu sulh yoqmadi. Chunki bu sulhni bandlariga qarasangiz, zohirida hamma foyda mushriklarga qolib ketdi. Musulmonlar faqat zarar bilan ketganga o'xshadi.

Hatto Umroni Xattob roziyallohu anhudek ulug' sohiba ham kelib, o'zini noroziligini bildirdi. Bu sulhdan. Zohirida musulmonlarning zarariga bo'lib ko'ringan sulh bitildi. Endi Rasululloh qaytib ketayotganida, astaydu billah, inna fatahna alaka fatham mubina oyatini nozil qildi. Biz sizga ochiq ravshan fath, g'alaba ato etdik.

Zohiridan musulmonlarga zarar bo'lib, musulmonlarning mag'lubiyati bo'lib ko'ringan ishni Alloh Taolo hakimzod orqasida qanaqa foydalar borligini biladigan zot g'alaba edi deyapti. E'tibor bering. Ey Muhammad alayhissalom, siz urushganingiz uchun g'alabaga erishdingiz emas, Hudeybiya bilan tinchlik sulhiga kelishganingiz uchunga g'alabaga yerishdingiz. Yana qaytarib aytamiz. Alloh shunday bo'lishini vahiy qildi. Rasululloh zohirida musulmonlarga zarar bo'lib ko'rinsa ham, qurish bilan tinchlik sohaga kelishdi va buni orqasida Alloh Taolo g'alaba kelganligini aytyapti. Shuning uchun shariatni hukmlarga amal qilib, ba'zi bir o'rinda pulingizdan ajraganga o'xshab qolasiz.

Domladan maslahat so'rasangiz, bu ishda bunday bunday qilsangiz to'g'ri bo'ladi, dedi. Zohirada qarasangiz narigi tomoni yutib ketib, siz yutuzganga o'xshaysiz. Siz birodar shariatni hukmini mahkam ushlavering, sizga yoqadimi, yoqmaydimi, sizga foydami, zararmi bo'lib ko'rinyapti, farqi yo'q. Shariatni ushlagan odam yutkazmaydi.

Mana shu biz istayotgan osoyishtalik, xotirjamlik, barakat shariat hukmini ushlashlikda bo'ladi. Aqlingiz olmaydi shariat hukmini. Aqlingizni olishingiz shart emas shu yerda. Mana bunday, mana bunday deyilgan shariatda deyildimi, qilib qo'yib yuboring da. Bugun tushunmasa ertaga, ertaga bo'lmasa indinga tushunasiz. Biz Alloh Taolo bizni Subulusalamga, salomatlik yo'liga da'vat qilayotganligini aytyapmiz. Inson bu dunyoda salomat bo'lishi uchun, xotirjam bo'lishi uchu osoyishta hayot kechirib, baraka topishi uchun Allohning manhajini ushlashlik kerak. Assalom bo'lgan Robbimiz bizni Subulusalomga da'vat qiladi.

Bu borlig'idagi hamma narsa Alloh Taoloning borligi va qudratiga dalolat qiladigan oyat alomatlaridir. Allohni go'zal ismlari bor. Alloh Taoloning zotiga, sifatlariga va fe'llariga dalolat qiladi u ismlar. Yana bu ismlarning ta'rifi bor hamda amaliy tadbiqi bor. Alloh Taolo Ar Rohing bo'lgan zot ekanmi? Ar Rohing bo'gan zotni amaliy tadbiqi hayotimizda, shu ismdan o'zimizga ulush olib, biz ham rahmli bo'lishimiz. Alloh Taolo Al Javot, Al Karim bo'lgan zon. O'qidik, eshitdik, o'rgandik. Endi hayotimizga tatbiq qilishimiz kerak. Amaliy ko'rinishi nima? Bizni ham saxovatli bo'lishimiz. Bu faqat eshitib bir o'tkazib qo'yadigan qo'rquv ma'lumotlar emas.

Assalom, Alloh Taoloning ismidan, Alloh Taoloning sifatlaridan. Alloh bandalariga omonlik, salomatlik beradi. Bu usum yana Alloh Taoloning fe'liga ham dalolat qiladi. Har bir narsa Alloh Taoloning qudratiga dalolat qilib turibdi. Birinchidan, Alloh bizga salomatlik beradi, chunki u Assalom bo'lgan zot.

Insonni uyqusida, uxlayotgan holatida jasadini to'ntarilib turishi. Inson uxlaydi, aqli o'chadi. Ellik kilo, yuz kilolik vazni bor. Ana shu vazni bilan bir tomonini bosib yotadi da, ana shu bosilib turgan tomonga qon kelishi ozayadi. Qon kelmay qo'yadi. Agar shu holatda qolib kelsa, aytdi mengacha, bir talofatga uchrashi aniq. Shunaqa bo'lmasligi uchun Alloh Subhanahu va Taolo bu insonni uxlayotgan holatda bir yonboshidan ikkinchi yonboshiga ag'darilib turadigan qilib qo'ygan va aql o'chgan holatda.

Endi mana shu ag'darilishi birodarlar avtomatik tarzda bo'ladi. Ezilgan tomon, miyaga xabar yuboradi, signal, ezilib ketdik. Qon kelmay qoldi deydi. Miya sizni uyg'otmagan holda, miyani bir qismi uyg'oq bo'ladi. Jasadga buyruq beradi, jasad to'ntariladi. Qarang da, bir kechada yigirma marta, o'ttiz martagacha to'ntariladi inson. Lekin uyg'onadimi? Yo'g'a? Mana g'or egalari haqida Alloh Taolo aytadi. Uch yuz to'qqiz yil uxlashdi. Uch yuz o'n to'qqiz g'orni uxlashdi, chirib ketmadi. Ular haqida Alloh Taolo aytadi. Astaydu billah, vo nuqonli muhim g'a'tal yaminiy va'da tashshimal. Biz ularni o'ng, so'l tomonga aylantirib turibmiz.

Qarang, bandani salomat bo'lishini xohlagan, assalom bo'lgan Robbimiz bizni jasadimizga shunday xususiyatni berdi, ontarilib to'ntarilamiz. Agar boyagi g'or egalari mana shunday ontarilib to'n tarilib turmaganida uch yuz to'qqiz yil uxlashib, ikki oy, uch oyda chirib ketgan bo'lar edi. Shuning uchun uyqusida insonni ag'darilib to'ntarilib turishi assalom bo'lgan ismning amaliy tadbiqi.

Ikkinchisi, uxlayotgan insonni o'zini og'zidagi so'lagini, tupurgisini yutishi. Inson uxlar ekan, og'zida tupurgi so'lak to'planadi. Ko'payib ketgandan keyin, miyaga xabar ketadi og'izdan. So'lak ko'payib ketdi deb. Miya buyruq qiladi, so'raydi yutasiz.

Sezasizmi shuni? Ha, sezasiz. Tomog'ingiz og'rib qolgan paytda uxlab qolib, yutinganda bilasizmi? Uyg'onib ketasiz da. Tomog'dagi klapani ishga tushadi. Yutinganda, tomog'dagi klapani ishga tushadida, yutinganda haligi klapani ochilib turib, tupurugini o'tkazib yuboradi. Tupurugiga o'tib ketishiga klapani yopib, yana havo o'pkaga o'taveradi. Kim shunday qildi? Assalom bo'lgan robbimiz.

Uchinchisi. Insonni yuragini ishlashi uni ixtiyorida emas, uni nazoratida emas. Oyoq qo'limizni kontrol qilamiz, ko'zimizni kontrol qilammiz, tilimizni kontrol qilyapmiz. Ammo yurak bizni kontrolimizda emas. Yurak bizni nazoratimizda emas. Agar insonni o'zini ixtiyoriga topshirib qo'yilsa, nima bo'lardi?

Inson uxlardi, oyoq qo'li ishlamay qolgandaqa, yuragi ham ishlamasdi, o'lar edi. Lekin yurakni ushlab ishlashligini alloh taolo insonni ixtiyoridan tashqariga chiqarib qo'ydi. Uxladi, yurak to'xtardi, o'lar edu. O'pka ham shunday ishni qiladi. Uxlab yuborasiz, o'z ishini bajarib yuboradi. Agar yana qaytarib aytamiz, o'pkangizni ishlatishingiz ham, qo'lingizni oyog'ingizni ishlatgandaqa, sizni kontrolingizda bo'lganida, aqlingiz o'chdi, oyoq qo'l to'xtagandek, o'pkani to'xtardi, o'lardingiz. Lekin alloh azza va jalla mana shu miyamizni bir qismini shu a'zolarni boshqarishingiz uchun o'chirmas ekan. Bizni ongimiz o'chadi, uxlaymiz, lekin bir qismi bizning salomatligimiz uchun ishlab turadi.

O'ylab ham o'tirmaymiz a. Vo in tauddu niyomatalloh ila tuh suha. Alloh taoloning bergan ne'matlarini sanasanglar, tugata olmaysizlar. Shukrini ado qilishlik haqida gap yo'q hali. Sanasangiz tugata olmaysiz. Sanab adog'iga yeta olmaysiz. Endi qanday qilib shukrini adoq qilishga quvvatingiz bo'lsin?

Birodalar, Alloh azza va jalalining assalom ismini amaliy tadbiqi mana shu. Aytaman uyg'ondik. Normalniy uyg'onishimiz kerak edi. Nafas olyapmiz. Ha, normalniy. Hojatga kirdik, katta kichigidan bo'shandi. Normalniy bo'lishi kerak edi. Ne'matlar shunaqa ustimizda ko'p va doimiy turganligidan, uni ne'matligi ham esimizdan chiqib qoladi.

Qani garantiya aytaman uyg'onishingizga birinchisi. Uyg'ondingizmi? Alhamdulillah deng. Shart o'rningizdan turdingiz, oyoq qo'lingiz ishlayapti, alhamdulillah dengi. Hojatxonaga borib turib bemalol ichganingizni chiqardingizmi? Alhumdulillah deng, birodar. Bu ne'mat qanaqa ne'mat ekanligini shu narsadan ajralib qolganlardan so'rang da. Bavul qila olmaydigan holat bo'lib qoladi, prostatasi ishib ketib. Uch kun, to'rt kun bavul qila olmaydi. Oxiri o'sha trubasini tiqib, cdni chiqarib olgandan keyin shunaqa rohatlanadi.

O'ylanib ham qo'ymaymiz a. Uyg'ondik, yurtimiz tinch. Ne'matligini bilamizmi buni? Ononim kam, ma'nonim kam, pulim yo'q, ishim yurishmayapti. E nomard, bir piyola suvni ichi ekkanligi ne'mat bo'lsa, chiqib ketishligi undan kam bo'lmagan ne'mat. Nima demadingiz? Yana oshmi?

Har kuni oshmi? Besh yildan beri bitta mashinani minib yuribman. O. Besh yil optim almashtirmaganingizga, musibatni qarang. Siz oyog'ingizda yurganingizga shukur qilmaysizmi? Benzin qimmatlab ketdi ikki so'mga. Ha nomard bor ekan u ikki so'm qimmat bo'lsa ham. A? Yo'qda, biz innal inson ali robbiyhi lakanudu. Inson robbisiga noshukur, nonkur. Vo innahua ala dalika la shahid. Yana bunga o'zi nima? Guvoh. Guvohmiz a noshukurligimizga? Noshukur bo'lmaylik birodarlar.

To'rtinchisi. Insonni jasadida, tanasida shunday bir himoyalangan a'zolar bor. Mana orqa miya deyiladi, spinniy moskva. Umurtqani ichida joylashgan. Yurak qayerga joylashgan? Eng mustahkam qal'ani ichiga. Ayolni bachadoni mustahkam qo'rg'onlangan. Miya qayerga joyloshgan?

Mustahkam qo'reg'onni ichiga. Ikkita ko'zingiz qayerga joylshgan? Qarang da, Alloh Taolo shunaqa bir muhim bo'lgan a'zolarni, nozik bo'lgan a'sholarni jasadimizni ichidagi eng mustahkam joyga joylashtirib qo'ygan. Voy birodarlar, insonni jasadinichi, hali hanuzgacha insoniyat shuncha ilm fani bilan ichidagi mo'jizalarni o'rganib tugatgani yo'q hali. Va tugata olmaydi ham. Chunki insonni jasadi kimning san'atini mahsuli? Alloh subhanahu va taolo.

Assalom bo'lgan Alloh subhanahu vato aloh mana shu a'zolarimizni tinch, salomat bo'lishini xohlagan. Shuning uchun bularni hammasini mustahkam qo'rg'onni ichiga joylashtirib qo'ygan. Kim yaratdi bularni? Alloh subhanah va taolo. Biz hozir Assalom bo'lgan robbimiz bizni salomatligimizni qanchalar himoyalab qo'yganligini dalillarini ko'ryapmiz.

Beshinchisi, ko'zni sovuqdan himoyalanishi. Ko'zni muzlab qolmasligi. Mana ko'zimizda nam bor, suyuqlik bor. Bu nam suyuqlik sovuqqa chiqqanda muzlab qolishligi kerak. Masalan, shu Shimoliy qutbga yoki Arktikaga borgan odam, qanaqa kiyinadi, ko'rasiz, ko'rganmisiz? Imkon boricha issiq kiyinadi. Boshiga qalin shapka kiyadi, qo'lqoplarni taqadi, issiq ton, hamma a'zolarini to'sishi mumkin, yopib olishi, lekin ko'zni yopishi mumkin emas da.

Endi Alloh azza va jala mana shu ko'zni muzlamaydigan qilib qo'ygan. Ellik gradus, oltmish gradus sovuq. Havo pasayib ketadi. Ko'z muzlab qolishi kerak, ammo bunday bo'lmaydi. Nima uchun? Robbimiz shunday bo'lishini xohladi. Bilasizmi, hammomga kirib, parxonaga kirib, qattiq nafas olsangiz, nafas sekin o'tadi.

Va issiq uydan muzdek yigirma o'ttiz gradus sovuqqa chiqqaningizda ham xuddi shu effekt bo'ladi. Nafas olsangiz, qisilib o'tadi. Nima uchun? Ana shu burunni ichida shunday bir parcha go'shti bo'lar ekan. O'pkaga issiq yoki sovuq o'tib ketmasligi uchun, shu boyagi go'sht ishib qaytar ekan.

Issiq havoda olganingizda oltmish gradus, yetmish gradus, o'pkasiz kuyib qolmasligi uchun, haligi go'sht ishib turib, havoda qisib, kerakli temperatura bilan o'tkazar ekan. Endi ellik gradus sovuqqa chiqqanda, shu sovuq o'pkasizni muzlatib qo'ymasligi uchunga qattiq nafas qilsangiz, go'sht ishib deb turib, qisib, yetarli issiq qilib o'tkazar ekin. Shunaqa a'zoyilar bor, bilasizlarmi?

Bu baribir odamlar Alloh Subhanahu va Taoloning assalom ismining amaliy tabiiy qilgan. Oltinchisi, yangi tug'ilgan chaqaloqdagi so'rish emish xususiyati. Mana bola tug'ildi. Onasini ko'hligini shunday og'ziga tushishiga emadi, so'radi. Kim o'rgatdi unga shu xususiyatni?

Emishlikni ilhomini kim berdi? Agar yer yuzidagi hamma tabiblar yig'ilib kelsa ham, tug'ilgan chaqaloqqa mana shu narsani o'rgata oladimi? O'ylab ham qo'ymaymiz a? Tug'ildi, shu emishlik xususiyati yo'q bo'lsa, ochidan o'ladi. Statistikada bor ekan, besh yuz mingta boladan bitta bolada shu emishlik, xususiyati bo'lmay qolar ekan va o'lar ekan hech qanchaga bormasdan.

Voy, farzand ko'r ekanlar. Siz o'ylab ham qo'ymaysiz a bolangiz tug'ilgandan keyin sut emish emasligi, muammo bo'lishi mumkinligini. Sut emishligi muammo bo'lishi mumkinligini o'ylab ham ko'rmaymiz. To'g'rimi? Ne'matmi? Mana shu refleksni kim ato qildi? Alloh taolo. Birodalar, maxluqotlariga qarab turib, ular haqida fikr qilib, Allohni tanib, uni qudratiga tan berishligimiz kerak. Shuning uchun innama yaxshi alloha min aybadixi al ulama deydi alloh taolo qur'onda. Allohdan bandalar orasida olim bo'lganlari ko'proq qo'rqadi. Bilganlar bilan bilmaganlar hech qachon teng bo'lmaydi.

Ilmdan ko'ra martabaliroq narsa yo'q. Biron narsa ilmdan oliy bo'la olmaydi. Yer yuzida hayotimizda qanaqa muammo bor bo'lmasin, buni sababi bitta. Allohni manhajadan chiqib ketganligimiz. Allohni manhajadan chiqishlik, bu johillik sababli bo'ladi. Allohni tanisangiz, unga qul bo'lishlik, siz bilan bizni dunyoda saodatlik qilishigini tushunasiz. Ilmsizligimiz allohni manhajakdan chiqib ketishimizga sabab bo'lyapti.

Inson dushmani ham unga qila olmaydigan yomonlikni o'ziga qilib oladi mana shu johilligi sababli. Shuning uchun hikmatda aytilinadi, agar dunyoni istasang, ilmni o'zingga lozim tut. Agar oxiratni istasang, ilimni o'zingga lazim tut. Agardikkalasini teng xohlasang, ilmni hozir o'zingga lazzat tut.

Agar boringni ilmga bersang, ilm senga o'zini ozgina bir qismini beradi. Agar sen ilmga ozgina bir kismingni bersang, ilm sanga hech narsasini bermaydi. Vo allamaka, ma alam takun ta'lam, va ka nafot lullohi alayka ziyma. Allohning sizga qilgan fazli mahammati ulug' bo'ldi. Chunki sizga bilmagan narsangizni ta'limini berdi.

Agar birodarlar biz ilm o'rgansak, mana shu ilm sababli Alloh Subhanahu va Taoloni tanisak, uning go'zal ismlarini o'rgansang, o'zgaramiz. Faqat ijobiy tomonga o'zgaramimiz. Hayotimiz faqat yaxshi tomonga o'rgaradi. Avvalo sen ilm tufayli Allohni taniding, taniganingdan keyin yaxshi ko'rding. Yaxshi ko'rgandan keyin itoat qilding, itoat qilganingdan keyin ikki dunyoni savdodiga erishasan. Alloh azza va jallaning assalom ismini birodarlar o'qib o'rganib, undan ulush nasiba olib, hayotimizni tadbiq qilishimizga o'zi tavfiq bergan bo'lsin.

Aqulu qovli ha'da va astag'firullohi li valakum. Innallohi va malaka tahui sallu va ala labiy. Ya ayyu halladina, amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish