MMaviza
Al-QuddusTekshirilgan24 daq

105-DARS AL-QUDDUUS (3/4) ASMO-UL HUSNO

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
24:13
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdiliillahi nahamaduhu anasta'inuhu anasta'g'firuh va na'udh billahi min ash sururiyan fusinga va min sayyi'ati amalina man yahdihillah hufala mubillala va man yuguril hufala hadiyaluh. Mana shuhratulloh ilohillallohu vahdahlohu la sharikala. Mana shuhrati anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatu.

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan al quddus ismini suhbat qilayotganidek davom etamiz. Alloh taoloning go'uzal ismlaridanal quddus. Al quddus ismi alloh taoloning zotiga dalolat qiladi, alloh taoloning sifatiga dalolat qildi, alloh taoluning fe'liga dalolat qilad. Al quddus pok. Har qanday nuqson, aybi kamchilikdan pok. Zotida pok, sifatlarida pok, fe'l ishlarida. Bironta kamchilik yo'q, muqaddas pok.

Agar biz o'zimizdan zaifroq bo'lgan odamlarga yordam bersak, Alloh bizga bizdan ko'ra quvvatliroq bo'laganlar ustidan yordam beradi. Agar biz o'zimizdan zaif bo'lganlarga yordam bersak, Alloh bizga yordam beradi. Kimlarni ustidan? Bizdan ko'ra kuchliroq bo'lganlarni ustidan.

Alloh Taolo bandalarni orasida o'zi xohlagan bandasini ulug' qilib qo'yadi. O'zini hikmatiga ko'ra. Avvalgi darslarimizda aytganmiz, Alloh Taolo ega bo'lgan zot, xoja. Va kimlarnidir ham nimalargadir ega qildirib qo'ya oladi. O'zi ega va boshqalarni ham ega qilib qo'ya olad. Xuddi shunga o'xshagandek, Alloh Taolo o'zi yuksak oliyzod, ya'ni o'zi xohlagan bandalarni oliy yuksak qilib qo'yay oladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohu ta'ala la yo'qaddisi ummatan la yutun abdoyif va minhum haqqohu.

O'zlarini oralaridagi zaif insonlarini haqlarini, kuchlilaridan olib bermagan qavmni Alloh yuksaltirmaydi. Oralaridagi za if odamlarning haqlarini kuchli insonlardan olib bermagan qovmni alloh yuchsaltirmaydi. Zaiflar xor qilinarkan, ularga yordam berilmas ekan, bu qavm yuksalmaydi.

Esimizdan chiqmasin. Alloh Taolo ala atil bo'lgan zot, odil. Adolat nima? Haqdorni haqqini berishlik. Zulm nima? Haqqdorni ha qini bermaslik. Ulamolar aytadi, qaysi bir qavmda adolat hokim bo'lsa, Alloh shu qavmni ko'taradi. Garchi musulmon bo'lmasa ham bular.

Agar musulmon qavm, musulmonlarni orasida adolat qoyim bo'lmasa, Alloh bularni ko'tarmaydi. Bular musulmon bo'lsa ham. Tushunarlimi? Dunyo maydonida rivojlanishligini sharti adolat. Adolatni qoyim qilsa, shu millat, shu xalq ko'tarilaveradi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshqa ahdislarda aytadilar, sizlardan avvalgi o'tgan qavmlarni nima halokat qilgan edi? Nima sababdan vayron bo'lib ketgan edi ular?

Oralaridagi sharif kishi o'g'irlik qilsa, uni qo'yib yuborishar edi. Agar oralaridagi zaif bo'lgan kimsa o'g'irli qilsa, uni ustida xadni, jazoni qo'llashar edi. Ana shuning uchun ular halok bo'ldi, vayron bo'ldi. Adolatni qoyim qilishmadi. Rasululloh aytadilar shu xatisni davomida, allohga qasamki, agar Fotima bint Muhammad sollallohu alayhi vasallam o'g'irlik qilsa, albatta qo'lini kesaman.

Ya'ni meni suyukli qizim, Fotima qizim o'g'irli qilsa, qo'lini kestiraman emas, o'zim kesaman deyaptilar. Adolatni shunday qoyim qilamanki, meni qizimligiga qaramayman. Ishxonangiz o'sishini xohlaysizmi? Adolat bilan muomala qiling ishchilaringizga. Ikkita odam bir xil oylik oladi, bittasi ko'proq ishlaydi, bittasi ozroq ishlaydi. Adolatdanmi shu?

Boshqa hadislarda Payg'ambarimiz aytadilar, innama tun saruna vidu afa ikkum. Albatta sizlarga yordam beriladi, oralaringizdagi zaiflaringiz sababli. Albatta sizalarga oralaringizdagi zayiflaringiz sababi dan yordam berilad. Oming deb turganlarni ichida zaiflar bor, kasal odam bor, qari odam bor, yosh bola bor, kambag'al bor, muhtoj bor. Zaif deymiz u odamlarni. Shularni omin deb turishi bilan ijobat bo'lar ekan duolarimiz.

Yana bir oyatda innama turzaquna va ton saruna bi rovaykum deganlar Rasululloh. Albatta sizlar oralaringizdagi zaiflar sababli rizqlanasizlar va yordamga ega bo'lasizlar. Bu hadisda birodarlar ikkita ma'no bor. Ya'ni ikkita xulosa bor. Birinchisi, agar biz zaiflarga yordam bersak, ummat quvvatli bo'ladi, birdan bo'ladi. Birdan bo'lsa, quvvatli bo'lsa, bu yorib o'tib bo'lmaydigan bir to'siq devorga aylanadi. Endi buni aksi bo'lsa chi?

Faqirlar xorlansa, zaiflarni haqlari poymol qilinsa, ummat faqir bo'ladi, tarqo bo'ladi, mazlum bo'ladi. Har tomondan boshqa ummatlar, xalqlar kelib, xohlagan ishini qilib ketaveradi. Ikkinchi ma'nosi, agar biz oramizdagi zaiflarga yordam berib, haqlarni undirib bersak, kuchlilardan, bizga mukofot bor. Qanaqa mukofot?

Al jazo u minjin sil amal. Mukofot qilingan amalni jinsidan bo'ladi. Agar ochga taom bersak, yalang'ochga kiyim bersak, mazlumga adolat qilsak, johilga ilm bersak, ojizga yordam bersak, bizga nima bor? Biz qanday yordam bergan bo'lsak, endi u yordam bizga Alloh tomonidan keladi.

Menda katta pul bor dedi. To'rt yashar bola. Necha pul bo'lishi mumkin u katta pul? Yuz so'm. Ming so'm. Endi menda katta pul bor deb turib, ministr aytdi. Davlatni ministri. U qancha bo'lishi mumkun? Ha, ana. Bizga Alloh tomonidan yordam keladi, degan paytimizda yordamni qanaqaligini ham bir tasavvur qilib qo'yinglar.

Tuzalmayotgan dardingizni Alloh shifosini berib qo'yadi. Yechilmayotgan muammoyingizni Alloh Taolo hal qilib qo'yadi. Siz kutmagan tomondan marhamatini ko'rsatib qo'yadi da. Shuning uchun biz adolat qilsak, mazlumlarda haqqini undirib bersak zolimlardan, Alloh bizga ham yordam beradi. Allohni yordami qanaqa bo'lishini siz tasavvur ham qila olmaysiz. Ma'qulmi?

Demak, kim zaiflarga yordam bersa, shu sababli shu amali sababli Allohning yordamiga ega bo'ladi. O'zlarini oralaridagi zaif insonlarning haqqini, kuchlilardan olib bermaydigan qavmni Alloh ko'tarmaydi, yuksaltirmaydi. Ana, G'asson amirlaridan, bu qismni ko'p aytganmiz. G'asson arablarining amirlaridan, podderjoklardan bo'lgan Jabalak kelib, Umarun Xattob davrida musulmon bo'ldi.

Ka'bani tavof qilar ekan, bir sahroi yigit etagini bosib oldi. Qarasa, bir sahroi yegit, kambag'al, notavon. Bir urib burnini pachavlab qo'ydi. Kalima keltirdi, musulmon bo'ldi, lekin qalbi hali ham johilikda uni. O'lchov tushunchalari. Haligi yigit O'marun Xattorovni oldiga kelib shikoyat qildi. Mana zaifni kuchli urib burnini pachaqladi.

Amiral Mo'miniyning Umariddin Xattop jabalani chaqirdi, so'radi. Urdingmi? Urdim. Nimaga urding? Haqqimni oldim. Beadabli qiluvdi, adabini berdim dedi. Umariddin Xatto aytdi, Mog'donbekka tirnoqlaringni orasida uning qoni turar ekan, rozi qilasan. Bo'lmasam, burningni pachaqlayman, dedi. Ana adolat. Jabal aytdi: "Ey amir", dedi. Qanday qilib, dedi? Axir u yalang'oyoq bo'lsa, men toji arsh bo'lsam, qanday qilib osmondagi yulduzni yerga sajda qilishligiga, egilishiga rozi bo'lasiz, dedi.

Umariddin xattop: "Oho, johilliyatni injiqligi yu kibrni shamolimi?", dedi. Ha, biz bu narsalarni ko'mganmiz. Ustiga yangi ustunlarni o'rnatganmiz. Unda xurlar va qullar barobar bo'ladi, dedi. Jabbala aytdi: "Men sizni oldingizga kelib, huzuringizda aziz quvvatli bo'laman deb o'ylagan edim." Agar bunaqa qiladigan bo'lsangiz, diningizdan chiqib ketaman men, dedi.

Umar uni qattiq opa aytdi: "Unday bo'lsa, murtad bo'lding deb bo'yniga qilich uraman", dedi. Adolatni qoyim qilib qo'ydi. Shuning uchun Umar odil deyiladi. Shuning uchun u kishining davrida Fors va Rum saltanatlari musulmonlar oldida tizish o'qitdi. Chunki adolat xoin bo'lgan edi. O'zlarini oralaridagi zaif insonlarning haqlarini kuchlilardan olib bermaydigan qavmni Alloh yuksaltirmaydi, ko'tarmaydi.

Hech kimni ko'ziga ko'rinmaydigan, hech kimni hisobiga kirmaydigan, hech kimni e'tiborida bo'lmagan zaiflar. Agar sen ularga yordam bersang, ko'mak bersang, taom bersang, senga Allohning madad va ko'magiga keladi. Chunki al jazau min jinsil amal. Chunki mukofot amalning jinsidan bo'ladi.

Al quddus. Alloh subhanahu va taolo pok. Biron narsaga muhtoj bo'lishligidan pok. Alloh Taolo biron narsaga muhtoj bo'lishlik aybidan pok. Zamondan ham behojat, makondan ham behochat. Allohni osmonda deb bo'lmaydi. Osmonda desangiz, demak bir joyda deyotgan bo'lasiz. Bir joyda bo'lish Allohga yarashmaydi. Chunki bir joylarni ham Alloh yaratgan. Alloh borligida u bir joylar yo'q edi.

Kan Alloh, valamakan, vahua an alamakan. Ali ibn Abiturotning so'zi. Alloh bor edi, makonlar yo'q edi. Alloh bor edi, makonlar yo'q edi. Alloh makonlarni yaratdi. Hozir Alloh shu makonlarni ya'natmay turib, qayerda bo'lgan bo'lsa, o'shadami?

Yana qayerda deb qo'yyapmiz u? Alloh Taolo makonlarni yaratmasdan turib avval qanday bo'lgan bo'lsa, hozir ham shunday. Qarang, qayerda demadik a? Chunki qayerda deb bo'lmaydi. Al Quddus bo'lgan Robbimiz hech kimga muhtoj emas, hech narsaga muhtoj emas. Chunki bir narsaga muhtoz bo'lishlik, bu nuqson, bu kamchilik.

Alloh Taolo Al Quddus pok bo'lgan zot. Uni zoti har qanday hojatlardan, ehtiyojlardan pok. Uning sifatlari hammasi ofatlardan pok. Ya'ni Alloh Taoloning bironta sifati nuqsonga uchramaydi, ofatga uchramaydi. Bizchi? Biz yo'q edik o'zimizni oldida, paydo bo'ldik. Biz jasadga muhtojimiz, havoga muhtojimiz, ovqatga, suvga. Va bizdagi sifatlar ofatga duchor bo'ladi, nuqsonga.

Qomatimiz ketadi, qiyshayamiz. Ko'zimiz ko'rmay qo'yadi, ko'rish nuqsonga uchradi. Tishlarimiz nuqsonga uchiraydi. Tushunarli a? Biz birodarlar zamonga va makonga muhtojmiz. Zamon bizni yo'q qiladi. Umariddin abdulaziz aytadi, kun va tun doim seni ustingda ishlaydi. Ya'ni seni tugatadi. Kun o'tdi, tun o'tdimi, bir kuning ketdi. Bir sutkang ketdi. Seni hayotingni bir qismi ketdi.

Kun va tun doim seni ustingda ichlaydi, bas, sen ham ular ustida yoki ichida ishlab qolgin. Zamon bizni tugatadi, birodarlar. Vaqt o'tishi bizni yo'q qiladi. Inson nima? Nozik ta'riflardan bittasi, inson bir necha kun xolos. Bir necha yil xolos.

Insoni bir kuni ketdimi? Demak, bir qismi ketdi. Hayotini bir qismi ketdida, insonni o'zi bir qismi ketdim. Qum soatni ko'rgansizlar a? To'ntarib qo'yasiz, qum tomonini tepaga o'tkazib, bitta bitta tushib turadi. Ana shu bitta bitta donasi tushib turadi, tepadan qisqarib boraveradi. Tugagandan keyin pastga o'tadi. Inson ham shunaqa qum soatga o'xshaydi. Har bitta o'tgan kunimiz bizni tugatyapti.

Shuning uchun tonggi otgan kun aytadi. Ey odam, bolasi, men yangi maxluqman. Seni amalingga guvohman. Bas, mendan foydalanib qolgin, chunki men qiyomatgacha qaytmayman. Mana kechagi kunimiz. O'tdi. Yo bizni foydamizga guvohlik beradi, yo zararimizga. U kundan biz olib qoldik bir narsani qiyomatga, foydali narsani. Yoki o'tkazib yubordik. Yoki zarar narsani olib qo'ydik qiyomat kuniga.

Al Quddus. Har qanday ayb u nuqsondan pok. Zamon va makondan ham pok. Al Quddus, uni tasavvur qilishdan aqllar ojizdir. Aql nima o'zi? Aql Allohni tanitadigan narsa. Aql Allohni sanitadigan narsa! Alloh qanday narsa?

Aqlga sig'maydigan narsa. Allohni narsa deyish mumkinmi? Mumkin. Chunki Alloh Taolo o'zi aytadi Qur'onda: lay saka mifrihi shayun. Allohga o'xshash biron narsa yo'q. Imom azam Fixur akbarda aytadi: Allohni narsa deymiz, orqasidan darrov boshqa narsalarga o'xshamagan narsa deymiz. Chunki biz narsa deganda shaklni, vaznni, rangni, hidni, ta'mni tushunamizmi? Unaqa narsa emas Alloh. Shuning uchun aytamiz: Alloh narsa, lekin boshqa narsa, larga o'xshammagan narsa.

Allohning zotini idrok qila olmasligingni idrok qilishing Allohning zotini idrok qilishingdir. Alloh haqida hayolingga qanday tasavvur o'y fikr kelmasin, Alloh uning xilofida. Men tasavvurimga sig'dira olmayman ekan Allohni qanaqaligini dedingizmi? Demak Allohni tanibsiz.

Eng ahmoq inson kim? Qaysi insonni ahmoq deymiz? O'zini hisob kitobiga Alloh Taoloni qo'shilmagan inson eng ahmoq inson. Bir biznesmen odam bor, tasavvur qiling. Hamma ishi puxta. Hamma narsani reja bilan qiladi, plan bilan qiladi. Hamma narsaning hisob kitobini oladi. Yuki kelguchi bo'lgan ob havoni hisobini oladi. Narx navoni hisobini oladi. Vaqtni hisobini oladi. Qonun, qoidalar, siyosat, yo'ldagi xatar, tamojniy nalo xullas, o'sha yuk kelib bu yerda daromad qilguncha hisoblanishi kerak bo'lgan hamma hisob kitobni qo'shadi hisobiga. Ammo uning mana shu rashshyodlarida kim yo'q? Alloh taolo yo'q. Allohni xohishi yo'q. Hamma narsani qilib aytib turib, hamma sharoitni qilib bo'lib turib, inshaalloh moy kuni keladi yukimiz, demaydi da, javob deydi. Birinchi noyabr kuni qo'lingizga molingizni olasiz deydi. Yoki ustalar, javob, juma kuni mashinangizni olib chiqib ketasiz deydi. Agar mana shu savdogar bilan mana shu usta, inshaalloh demasa, Allohni o'zining hisob kitoblariga qo'shmasa, eng ahmoq odam bo'ladi.

Shu kungacha nima sodir bo'lgan bo'lsa, Alloh shuni xohlagan edi. Va Alloh nimani xohlasa, buni buyog'iga ham bo'ladi. Alloh taoloning irodasi mutloq hukumatga bog'liq, mutloq hukorit esa, mutloq yaxshilikka bog'liq. Mana shu haqiqatni tushungan mo'minni qalbi doim xotirjam bo'ladi. Kim aytgani bo'ladi deydi? Allohni aytgani bo'ladi deydi. Odamlar bir xabarni olib keladi, eshitishib olib, qo'rqib ketishadi. Yana bir xabarni opkelib eshitishadi, uni eshitib turib xursand bo'lib ketishadi. Mo'min nima deydi?

Allohni aytgan bo'ladi deyd. Allohni xohishi bo'ladi dey. Va vaqt o'tishi bilan mo'min ana shu hikmatlarni ko'radi. Tahdid allohdan o'ziga ilohini yo'q deb bilishing. Ta'hid borliqda faqat allohni xohishigina bo'ladi deb bilishing.

Al quddus. Al quddus bo'lgan robbimiz solih bandalarini, yaxshilarning, abrorlarning qalbarini ma'siyatlardan poklaydi. Mo'minlarni qalblarini poklaydi. Yomonlarni esa peshonasidan ushaydi. Innabotu sharaf bekalasha deydi. Shak shubhasiz, ey Muhammad alayhissalom, Parvardigoringizning ushlashi azobi qattiqdir. Shuning uchun, qaysi bir odam o'zini rejalariga, maqsadlariga, planlariga, hisobiga Allohni qo'shmas ekan, bu odam eng ahmoq odam bo'ladi. Chunki hamma va har narsa Alloh Taoloning qabzasida turadi. Har kimsa va har narsa Alloh Taoloning qabzasida turadi, xohlagan lahzasida o'zgartirib qo'yishi mumkin. Shuning uchun Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam shunday deb duo qiladilar. Allohumma inniy audubika min fuji ati niqmatik va tahavvau lo afiatik va jamiyat sohatik. Parvardigor, to'satdan keladigan jazoyingdan panoh tilayman. To'satdan ofiyatingni yomon tomonga o'zgarishidan panoh tilayman. Seni hamma g'azabingdan panoh tilayman'.

Ya'ni to'satdan Alloh Taolo o'zi xohlagan tomonga o'rgatib qo'yishi mumkin. Esimizdan chiqmasin. Ya'u malaa ya'un fau ma'lu vala banun illa man at alloha biqol bin salim. Qiyomat qanaqa kun? U kunda na molu davlat va na bolachaqqa foyda bermaydi. Magar Alloh huzuriga sog'lom qalb bilan kelgan kishilargagina foyda berur. Sog'lom qalb.

Qanaqa bo'ladi? U shunaqa qalbki, Alloh uni poklab qo'ygan. Alloh azza va jala al quddus bo'lgan robbimiz o'zi poklab qo'ygandi. Aytdik ku boyagi ehsonni qilolmaysiz Alloh qalbimizga saxovat solmasa. Iliqlik solmasa, muhabbat solmasa, bir so'm sadaqa qila olmaysiz. Demak Alloh poklab sizni qalbingizni. Ana shu baxillik degan kasalni.

Alloh poklagan qalblargina pokiza qalb bo'ladi. Shuning uchun insonni eng katta yutug'i nima? Alloh taoloning ro'barosiga borganda qalbini sog'lom bo'lishligi. Alloh bizni qachon qalbimizni poklaydi? Nima qilsak? Ollohni o'ziga iqbol qilsak.

Alloh poklaydi va shu bizning yutug'imiz bo'ladi. Qalbimiz alloh poklaganligini qayerdan bilamiz? Qalbimizning pok qalb ekanligini alomatlari bormi? Bor. Agar qalbingiz alloh rozi bo'lmaydigan narsalarni ko'rganda, norozi bo'lsa, qalbingiz allohni kaloniga zid bo'lgan narsani tasdiqlamasa, qalbingiz allohniy hukmiga itoat qilsa, qalbingiz ollohdan boshqani demasa, demak sizni qalbingiz ollohni poklagan qalblardan ekan.

Shunday bir qalblar borki, allohni olovularni poklaydi, yuksalib osmonga yetadi ular. Shunday bir yuraklar, qalblar bormi, pastlab yerga qulaydi. Shunday bir ulug' qalblar bo'ladi, bunaqa ulug' qal'b egalarini ko'zida dunyoni har qancha katta narsasi arzimagan narsa bo'lib qoladi. Va shunday bir pastlab qulagan qalblar bo'lladi, dunyoni arzimagan narsasi ular uchun buyuk bo'lib ko'rinadi.

Shu yerda bizni o'zimizga tegishli bo'lgan bitta narsa bor. Odamlarni juda ko'pchiligi boshiga ko'tarib olgan muammolari bor. Arzimagan narsa o'zi, lekin muammo qilib boshiga kiyib olgan. Nima? Seni palonchi anday dedi. Seni palonchi bunday dedi. Endi quvolab yurib borib, adovini berib, o'rniga qo'yib qo'yasiz.

Pokiza xalq egasi nima qiladi? Seni palonchi unday debdi, bunday debdi desa, ha mayli deydi. Ketib yuboradi. Bunaqa mayda narsalar bilan ovora bo'lmaydi. Chunki bunaqa pokiza qalb egalari shunaqa bir katta ulug' maqsadlarni oldiga qo'ygan, u maqsadlardagi bu narsalar nima bo'ladi, mayda bo'lib qoladi. Unaqa mayda chuyda narsaga vaqti ham yo'q, toqati ham, xohishi ham yo'q, chunki bu yoqda kattaroq ishi bor.

Siz rosa g'iybat qiladigan odam bo'lsa, bir hadya jo'natib yuborishingiz kerak unga. Bir ikki kilo go'sht, bir to'rtta nonni jo'natib yuriting. Nimaga? Bechora hiylani yurib topgan savoblarini sizni g'iybat qilib, gunohlaringizni to'kib, o'zini savoblaridan bergan bo'lsa, siz ham yaxshilikka yaxshilik bilan javob bering. Yo'q, biz adab cho'pini berib qo'yishimiz kerak. Topib telefonini, o'rniga qo'yib, nima qilamiz?

Insonni bu dunyoga kelishidagi asosiy maqsad Allohga ibodat qilish va Uni qulchiligi. Robbimiz Subhanah va Taolo marhamat qiladi. Astaydu billah. Voma xola qutul jinna val insa illa li abudun. Men jin va inson toifasini menga ibodat qilishlari uchun yaratdim. Bizni dunyoga kelishdagi maqsadimiz ibodat.

Aqulu qavli hada va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati hu yusalluni ala nabiy. Ya yo'qalladiyna amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish