Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdiliillahi nahmaduhu anasta'inuhu anasta'g'firuh va na'udh billahi min ash sururiyan fusinga va min sayyihati amalina man yahdihillah hufala mubillala va man yuguril hufala hadiyaluh. Mana shuhratulloh ilohillallohu vahdahlah sharikala. Mana shuhrati anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.
Bismillahir rohmanir rohing. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan al quddus ismini suhbat qilayotgan edik, davom etamiz. Alloh taoloning go'uzal ismlaridanal quddus. Insonni bu dunyoga kelishidagi asosiy maqsad allohga ibodat qilish va uni qulchiligi. Robbimiz subhanah va taolo marhamat qiladi. Astaidu billa, voma xola qutul jinna val insa illa li abudun. Men jin va inson toifasini menga ibodat qilishlari uchun yaratdim. Bizni dunyoga kelishdagi maqsadimiz ibodat.
Al Quddus o'zining avliyolarni, qalblarini poklaydi deb aytdi. Odamlar ko'pchilik o'rganib qolgan, odatlanib qolgan sifatlardan ham poklaydi. Millionlagan odamlar bor. Dunyoga keldi, ulg'aydi, yedi, ishdi, uylandi, uxladi, o'ynab kuldi, keyin ketaverdi. Uni kelganini ham birov bilmadi, ketganini ham sezmadi. O'zidan keyin hech narsa qoldirmadi. Na xalqiga, na ummatiga, na vataniga bironta xizmat qildi. Faqat o'zini deb yashab ketdi. Mana shu inson ham qalbi poklanmagan inson bo'ladi. Chunki nimadir qoldirishingiz kerak o'zidan keyin. Hech bo'lmasa Allohni tanigan to'rtta farzandni qoldirib keting.
Alloh taolo siz bilan bizni bu dunyoga keltirdimi? Kimdir bo'laylik. Nimadir bo'laylik. Bizdan keyin xalqimizga, mamlakatimiz, yurtimizga, vatanimizga bir narsa qolsin bizdan ham. Chunki innallohu vitrun yuhayb bo'lib o'tirar deganlar Payg'ambarimiz. Innallohu vit run yuhayb bo'tir vit ro. Alloh vitrdir, tog'dir. Vitrni yaxshi ko'radi. Ya'ni tog' degani misli yo'q.
Siz ham bir shu odam bo'lingki, sizdaqasi bo'lmasin. Bu degani peshqadamlikni yaxshi ko'taradi Alloh. Payg'ambarimiz yaxshi ko'ringanlar peshqadamligini. Odamlarni eng zo'ri bo'lishiga intilishimiz kerak. Nimadir taqdim qilish kerak, xalqqa, mamlakatga, yurtga, ummatga. Payg'ambarimiz aytadilar. Man asbaha falam miyahdamma biy amr il muslimiyni falaysa minhum. Kim tong ottirsa yu.
Unda musulmonlarni g'ami bo'lmasa, u ulardan emas. Faqat o'zi, faqat o'zini g'ami. Xalqini immatini, mahallasini nima qilmaydi? O'ylamaydi. Mana shu masalada har qanday mahallada ham boy bor, o'rtahol bor, kambag'al bor. O'sha mahallani yo'li bor, ariqlari bor tuzatilishi kerak bo'lgan. O'sha mahallasida boyni borligi shu problemalarni yo'qligida ko'rinadi.
Endi shunaqa uyni solib qo'ygan varanatov eshigini tayyor luja bo'lib yotibdi ko'cha tomondan. Asbob olib qo'y. Yo'q, u faqat o'zini uchastkasi, olti sotigini ichini taqobod qiladi da. Haligi hashamatli uyni otdelkasiga boyagi loy ko'cha vobshim aytmaydi da. Ha boy akalar, bir o'ylab ko'ringlarda shuni. Nimadir qilish kerak hayotda.
Nimadir qoldirish kerak. Vo axsin kama axsanallohi ilik deyaptimi? O'tiribsizlar da, menga emas bo'lib. Demak qalbingga Alloh muhabbat solmadi. Sen qilmayapsanmas, Alloh seni qildirmayapti. Berdik, qoldi bizga. O'tkazdik, yutdik. Qiyomatda olamiz buni ajrini.
Demak, kim tong ottirsa yu, qalbida musulmonlar haqida g'am bo'lmasa, yurt haqida, eli haqida, dini haqida, ummat haqida g'ami bo'lmasa, u odam u musulmonlardan mast deyaptilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Bu g'amni, ummatni g'amini, qalbini alloh poklagan bandalar qiladi. Boshqalar emas.
Yedik, ichdik, dam oldik, uxladik, turdik, yedik, ishladik, uxlad ik, dam oldik, bir xil rejim. Oliyroq maqsad yo'q. Dunyoga nimaga kelganini bilmaydi. Vaholanki, ibodat shunga kelgan edi. Ibodat nima edi o'zi? Ibodat, ta'rifini qarang. Vala ibodatu to atun tavo etun, ma'mzujatun bin muhabbating qalbiyating, asasiha ma'rifatun yaqiniyya, tafvih ila saadating abadiyya. Qarang, ibodat. Abadiy saodatga olib boruvchi, aniq ilmga asoslangan, qalbning muhabbati bilan aralashgan ixtiyoriy bo'yin surish ibodat deyiladi.
Qarang. Yana bir marta. Abadiy savdoga olib boradi. Aniq ilmga as oslangan bo'ladi. Qalbni muhabbati bil an aralashgan bo'ladi, ixtiyoriy bo'tadi. Muhabbat bilan qilingan ixtiyoringiz bilan qilingan, rozilik bilan qilingan ibodatingiz insoningizni saodatga olib boradi.
Shaytonni qo'lidagi oxirgi ikkita kartasi. Ikkita fitnasi, ikkita hiylasi. Al quddus bo'lgan robbimiz obidlarning qalblarini ayblardan, shubhalardan, gumonlardan poklaydi. Qabih ayblar bandani Alloh'dan uzoqlashtiradi. Gunohlar Allohga to'sadi.
Shayton insonni vasvasa qilib, tupurga chaqiradi. Kofir bo'lishiga chaqiradi. Lekin uni vasvasasiga tushmasdan, imonda turadi. Imonda turibdi. Birinchi vasvasasi o'tmadi. Endi ikkinchi vasvasasini ishga soladi. Imonda tug'ilgan mo'minni shirkka chaqiradi, bu mo'min uni vasvasasiga uchmaydi da, tavhidda sobit turadi. Shayton endi uchinchi vasvasaga o'tadi. Kufrga chaqirdi, o'tmadi. Shirkka chaqirdi, o'lmadi. Endi uchinchisi. Kabiralarga chaqiradi.
Gunoh kabiralarga. Zino, o'g'irlik, sutxo'rlik. Endi u gunohi kabiralarda ham sobit turdi, quloq solmadi. Endi to'rtinchi fitnasini boshlaydi. Sag'iralarga chaqiradi. Mayda gunohlarga. Agar taqvoda turganini ko'rsa shayton, keyingi oxirgi ikkita kartasi, ikkita hiylasi qoladi. Qarang, kufrga chaqirdi, bo'lmadi. Shirkka chaqirdi, bo'madi.
Kabiraga chaqirdi, bo'lladi. Sag'iraga chaqirdi bo'madi. Endi ikkita kartasi qoldi. Ikkita hiylasi qoldi. Bu ancha kuchli karta. Birinchisi, musulmonlarni orasiga fitna solish, hasad, xusumat, tuxumatlarga chaqiradi. Agar bu ishi ham foyda bermasa, ikkinchisiga o'tadi. Muboh amallari bilan ovora qilib qo'yadi.
Hayotini o'zi uchun kerak bo'lmagan narsalar bilan band qila oladigan qilib olib qo'yadi. Mana bu qarang da, oxirgi ikkita kartani birinchisi musulmonlarni orasiga fitna solish xusumat, hasadgina kudaveradi deyapti. Hozirgi kunda musulmonlarno orasida yoyilib qolgan muammolardan bittasi mana shu.
Bu fitnasi, bu hiylasi ham foyda bermagandan keyin, ikkinchi kartasi. Muboh amallari bilan ovora qilib qo'yadi shayton. Kalitsaner bo'lib qoladi. Nimalarni kalitsa qiladi? Sigaretni pachkasini yig'adi, marka, pivani, piva demaylik u, napit keladi nimalari? Probkalari, hayotida unga kerak bo'lmagan, foydasi bo'lmagan narsalar bilan ovora qib qo'yadi.
Yana ana shu ishlardan misol, bironta futbol klubga fanat bo'lib qoladi. Tinimsiz birin ketin seriallarni ko'radigan bo'lib qolad. Foydasi bormidi uni? Serialni kutadi keyingi seriyasini. Futbolni kutadi kelingi otvetniy matchini. Hayoti nima bo'lib qolgan? Futbol, serial, televizor, telefon bo'lib qolgandi. Natija qanaqa bo'ladi? To'satdan o'lim keladi, to'satdan ajal keladi.
Bir rolikni ko'rsatishdi. O'sha bir xitoy tomon bo'lsa kerak. Bir odam sartarosh stolida o'tiribdi, oldiga latan to'siq bo'lgan, sochini olyapti sartarosh. Sartaroshni orqasida hali ichkariga qo'ygan kameradan zapis bo'lib qolgan. Haligi sartaroshni o'rtog'i telefon ushlab turibdi. Bir payt haligi telefon o'ynayotgan, shunday tv qaradi da, bunday bunday qilib bir narsani haydaganday bo'ldim. A ramada, pashamada. Keyin o'rnida turib aylanib qoldi. Aylanib haydab, haydab, haydagib aylanyapsa, haligi stolda o'tirgan bilan sartarosh qarab kulyapti. Nima bo'lyapsan deyapti da.
Bir payt shoppa tuyg'ulib tushdi da, ptir ptir ptiri qilib qoldi. Ikkalasi turib qo'lidan ushig'i, ajal kelib qoldi. Kutilmaganda ajal keldi. Kutilmaganda o'lim keldi. Shuning uchun birodar, shaytonni eng oxirgi va eng kuchli fitnasi seni, sen uchun dunyoyingga ham, dininga ham foydasi bo'lmagan narsalar bilan ovora qilib qo'yishi.
Al quddus oriflarning qalblarini o'zidan boshqa, hamma narsadan poklaydi. Oriflar faqatgina qalblari Alloh bilan band bo'ladi. Xulosa, Allohda qo'rqqan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilgan, Qur'onga amal qilgan mo'min hech qachon mag'zun bo'lmaydi. Astaydu billah, famanitda ba hudaya falay yadil lu valay yashqo.
Mening hidoyatimga kim ergashsa, yo'ldan ozmaydi va baxtsiz bo'lmaydi. Bu Robbila alaminning so'zi. Bu dunyoda kim adashmaydi? Kim baxtsiz bo'maydi? Allohni yo'li ergashsa. Astabi la, fa man tabia hudaya, falahaufun alayhim va lahum yahzanun. Bas, kim mening hidoyatimga ergashsa, ularga hech qanday xavfo xatar yo'q va ular mavzun bo'lmaydilar. Mana, Alloh subhanahu va taolo dunyoda kim baxtsiz bo'lmaydi, kim mahzun bo'lmaydi? Kim saodatli bo'ladi? Kim xotirjam yashaydi? Aytib qo'yibdi. Meni hidoyatimga ergashganlar. Mana bir qancha oyatlar o'qiymiz. Mana shu dunyoda saodat topishni mana shu oyatlardan bilib olamiz, yo'lini. Astayduvilla, mana amila solihan min zakarin av unsa, vohivo mo'minun fala nuhiy yana hu hay'atan toyiba. Erkakmi, ayolmi? Kimda kim? Mo'min bo'lgan holida, biron yaxshi amal qilsa, demak, erkakmi, ayoli farqi yo'q. Mo'minmi? Mo'min. Yaxshi amal qursa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz.
Bu dunyodagi sekinatli, osoyishtalik, pokiza hayot faqat mo'minlarniki bo'ladi. Agar ular iymonida sobit bo'lsa, solih amallarini qilishda doimiy bo'ladigan bo'lsa. Diniga amal qilgan mo'minni Alloh Subhanahu va Ta'alo albatta saqlaydi. Qur'on o'qiydigan mo'min mana bu oyatni o'qirgan hech qachon tushkunlikka tushmaydi. Astadbirillah, innalloha yuda fi vo an ila dina amanu. Albatta Alloh iymon keltirgan zotlarni mudofaa qilur.
Hayotda g'arbga, sharqqa quloq solsang, tashqaridan kelayotgan xabarlardan qalbing qo'rquvdan yorilib ketgudek bo'ladi. Endi anaqa bo'larmish, endi manaqa bo'lar mish, falon ish manaqa bo'libdi, endi buni natijasi bunday bo'larmish. Lekin oyatni o'qir ekan, mo'minni qalbi xotirjam bo'ladi. Nima deyapti Alloh? Albatta Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qiladi. Alloh o'zi himoya qiladi.
Qur'on o'qiydigan mo'min mana bu oyatni o'qirgan hech qachon mahzun bo'lmaydi. Astag'firulloh. Innalladina qoluv robbunallohu sunmas taqomu. Tatanas zalo alayh mulmala ekan. Alla tahofu va la tahzanu va abashiru bil jannatillatiy kundum tuadum. Albatta parvardigorimiz Allohdir deb, so'ngra to'g'ri ustuvor bo'lgan zotlarning oldilariga o'lim paytida farishtalar tushib aytishadi.
Ya'ni inson dunyodan uzilib, oxirat hovlisiga o'tar ekan, albatta o'lim oldida qo'rquv bo'ladi qalbida. Endi robbim Alloh deb, va mana shu sizda mustaqil turgan mo'min o'layotganda, Alloh Taolo aytyapti uni holati qanday bo'lishini. Birodarlar, hammamizni oldimizda turibdi shu o'lim. Lekin taassuf, hech kim o'ylagisi kelmaydi buni. Sakson ga kirgan odam ham, o'n sakkiz ga kirgan odam am. Nazaridan uzoq hali. Bo'pti anavi yoshlar u, ha men hali yoshman, hali o'lishimga deyishi mumkin. Lekin bitta oyog'i yo'lga osilib qolgan, yetmish ga, sakson ga, to'qson ga kirgan odamam.
Ehtimol ertaga kelar. Ehtimol indin, ehtimol besh minutdan keyin kelar. Qayoqdan bilasan? Mana endi mana shunday bir xatarli insonni qalbi qo'rquvga to'lib turadigan joyda Alloh Taolo aytyapti robbim Alloh deb, shu so'zni ustida ustuvo turgan odamlar o'lim soatida ularning oldilariga farishtalar tushib aytishadiki, alla tahofu va la tahzamu. Qo'rqmanglar. G'amgin bo'lmanglar, mahzun bo'lmangllar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar. Mana endi qo'rquv ketdi. Kimga? Robbim Alloh deb mustaqim bo'lganlarga. Oyatni davomini qarang. Nax nu avliya ukun fil hayati dunya va fil axiyro. Biz deydi farishtalar mana shu oyatda. Bizlar hayotat dunyoda ham, oxiratda ham sizlarning do'stlaringizdirmiz. Mana endi boyagi mo'min iymonida sobit turgan, mustaqil turgan mo'min o'limni, ajalni xotirjamlik bilan kutib oladi.
Birodarlar, shuning uchun Qur'onni o'qigan, Allohdaan qo'rqqan mo'min bilan osiy, fosiq odam hech qachon teng bo'lmaydi. Agar Alloh sen bilan birga bo'lsa, senga kimni kuchi yetadi? Agar Alloh sen bilan birga bo'lsa, kim senga zarar yetkaza oladi? Agar Alloh senga qarshi bo'lsa chi, kimni foydasi tegadi senga? Shuning uchun aytamiz, ey Robbim, seni topgan banda nimani yo'qotibdi?
Seni topmagan banda nimaga erishibdi? Allohni topgan odam hamma yoqda topdi. Hamma yaxshilikka erishdi. Allohni tanimagan, Allohni topmagan banda, dunyoni hammasi uni qo'lida bo'lsa ham, qo'lida hech narsa yo'q deyiladi. Qur'onni o'qiydigan mo'min mana bu oyatni o'qir ekan, mahjum bo'maydi. Istaydu billah. Afamankana, mo'minankamankana, fasiho la yastavun. Axir mo'min bo'lgan kishi bilan fosiq, itoatsiz bo'lgan kshi teng bo'lurmi? Yo'q, barobar bo'lmaslar.
Iymonida sobit, halondan taqvo qilgan, namozga yugurgan, ozgina shubhali narsadan ehtiyot bo'lgan mo'min, yana uni ro'parasida boshqa odam bor. Hech qanday chegara yo'q, hech qanday bir uni cheklaydigan chizig'i yo'q. Xohlaganini qiladi. Bular hech qachon teng bo'lmaydi. Qur'on o'qigan mo'min mana bu oyatni o'qirkan, mahzun bo'lmaydi. Istaydu billah, afanaji alul muslimi nakal mujrimin, malakum, kayfata hukmum. Axir biz musulmonlarni jinoyatchi kofi kimsalarga barobar qilavermizmi?
Ey mushriylar, sizlarga nima bo'ldiki, qanaqa hukm chiqaryapsizlar? Bu dunyoda mushrik ham, mo'min ham, fosiq ham, taqvodor ham bir xil yashayotganga o'xshab ko'rinadi. Yo'q. Alloh taoloning nazdida ular bir xil emas, hech qachon. Qur'on o'qiydigan mo'min mana bu oyatni o'qir ekan, hech qachonga ma'lum bo'lmaydi. Astadbirillah. Ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va aman tum. Alloh taolo aytyapti. Agar shukur qilib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin.
Azob kelyaptimi? Demak, iymoningizda yoki shukringizda bir kamchilik bor. Agar shukur keltirsanglar, mo'min bo'lsanglar, men nima qilaman sizlarni azoblab deyapti. O'z o'zidan ma'lum bo'ladi oyatni siyohidan, bizni ustimizga, bizga yoqmayotgan nima ishlar kelyapti? Ishimiz yurishmayaptimi? Kasallikdan boshimiz chiqmayaptimi? Farzandlarimiz itoatsizmi? Ayollarimizda vafo yo'qmi? Mashinamiz buzilaveryaptimi? Bizga yoqmaydigan nima ish kelyapti? Alloh taolo aytyapti. Agar shukur keltirib mo'min bo'lsang, men nima qilaman azoblab seni? Allohga kerak emas. Bu bizni o'zimizni iymonimizda, amallarimizda nuqson borligi uchun Alloh taolo tomonidan bizga mana shunday sinovlar, mashaqqatlar keladi.
Alloh taoloni ushbu oyatini o'qigan mo'min hech qachon mahzun bo'lmaydi. Astaydubillah. Afaman va adinah u va'dan hasanan fahvvalaqiy. Kamammatta'ana hukumat al hay'atid dunya, summa huva yavmal qiyamati minal muhiddoriyin. Axir biz go'zal va'da, ya'ni jannat va'da qilgan bas unga erishgan kishi. Biz hayotda dunyo matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida mangu azobga duchal qilinuvchilar bo'lgan kimsa kabi bo'lurmi? Hech qachon bir xil bo'lmaydi.
Alloh bir bandani mag'firat qildi, mo'minmandan jannatga kirgizdi. Ehtimol bu banda jannatga Allohning rahmati bilan kirgan banda dunyoda bironta bir yengillik ko'rmagandir. Bironta bir yengil kun ko'rmagandir. Lekin jannatga bir marta solib chiqarilganida, o'n to'rt kechalik, Badri kechasidagi oylik yashnab chiqadi yuzi. Ey banda deyiladi, hayotda dunyoda biror yomon kun ko'rganmisan? O'zi hayoti mashaqqatda o'tgan. U banda bir marta jannatga kirgizib chiqarilgandan keyin, yo'q Parvardigor, men biron yomon kun ko'lmaganman deydi.
Endi ikkinchi odam ming yil yashagan bo'lsin, Fir'avindaqa bir zo'r maishatda, huzur halovatda yashagan bo'lishi mumkin. Zo'r kun kechirgan. Endi uni Alloh Taolo jahannamga bir marta solib chiqaradi. Xuddi bir ko'mirdek qorayib chiqadi. So'raladi hayotda biron kun yaxshilik ko'rganmisan? Yengillik ko'rganmusan bir kundasan desa, bo'lmasa ming yil yasha yengil kundan.
Jahannamdagi azobni qattiqligidan chiqib aytadiki, Parvardigor, biron bir yaxshilik kun ko'rgan emasman. Shuning uchun uch to'rt kunlik dunyoni mashaqqatini deb, iymondan, e'tiqoddan, amaldan yuz o'gir ekanlar, Jahannamga bir marta solib chiqarilganda, bu dunyoda ko'rgan yengillarni hammasini esdan chiqarib yuboradi. Shuning uchunga ozgina sabr qilaylik.
Ozgina sabir qilaylik, o'tib ketadi bu dunyo ham. Ha, hozirgi kunda kofirlarni qo'li baland yer yuzida. Mo'minlar zulm ko'rgan, musulmonlarni qoni har yerda daryo bo'lib oqib yotibdi. Yana o'zini yurtida vayron bo'lib turib, musulmonlar yana qora otliq bo'lib turibdi. Ozgina sabr qilaylik. O'tib ketadi. O'zi asli musulmonlarn mana shunday holatga tushib qolishigini sababi, dinidan uzoq bo'lib ketganligi. Diniga qaytsin. Amal qilsin, Allohdaan qo'rqib yashasin, bu ummatni Alloh yana ko'taradi.
Toat ibodatni yonida hech qachon hasrat nadomat bo'lmaydi. Taqvoni oldida zarar, ziyon bo'lmaydi! Qaytaramiz. Toatning oldida hasrat nadomat bo'lmaydi. Taqvonni oldida zarar,ziyon bo'maydi. Endi, ma'siyatni yonida hech qachon foyda bo'lmaydi. Gunoh fiskufujurni yonida hech qachon yutuq bo'lmaydi'.
Aytyapmiz ku, bir inson fizku fujuri bilan zo'r yashagan bo'lsa ming yil, oxiri jahannada kirib abadiy qolib ketadimi? Nimasi yutuq buni? Endi iymon e'tiqodi bilan, taqvo bilan yashadi bir odam dunyoda. Qiyinchilik, mehnat, mashaqqat. Lekin Alloh Taolo alal oqibat jannatga kirgizsa, u mashaqqatlar nima bo'ladi? Shuning uchun toat ibodatni oldida hasrat nadomat ziyon bo'lmaydi. Ma'siyat fisqu fuchur deyonida hech qachon yutuq muvaffaqiyat bo'lmaydi. Al Quddus. Har qanday ayb nuqsondan pok bo'lgan zon.
Al Quddus ismi bilan bizni aloqamiz. Biz Alloh Taoloni mana shu go'zal ismlarni o'qib o'rganar ekanmiz. Har bir ismini o'qib o'rganib, u ismdan o'zimizga ulush olishimiz kerak. Alloh Taolo ar rohim, mehribon rahmli ekanmi? Biz ham mehribon rahimli bo'laylik. Alloh Taolo al javvat, saxovatli zot ekanmi? Bizda ham shu sifat bo'lsin. Alloh taolo ali adil, adolatli zot e kanmi? Bizda ham adolat bo'lsin. Allohning go'zal ismlarini o'qib o'rganib, Allohni taniganimiz sari shu ismlardan o'zimizga ulush olishimiz kerak. Al Quddus har qanday aybdan pok ekanmi? Biz ham qalblarimizni har qanday shunga o'xshagan gunoh ma'siyatlardan, fiz qilib hujjatlardan poklashligimiz kerak. Sen Al Quddus ismidan o'zingga ulush olganmisan? Ha deyish uchun qalbingizni Allohga yoqmaydigan narsalardan poklashligingiz kerak.
Al Quddus harom bo'lgan shahvatlardan mo'minlarning qalblarini poklaydi. Qaytaramiz. Al Quddus bo'lgan Robbimiz mo'minlarning kalblarini harom shahvatlardan poklaydi. Odam bolasi borki, Alloh Taolo uni tabiatiga havoyi xohishni joylab qo'ygan. Shahvat bor, mayl bor, xohish istaklar bor. Odam bormi? Demak, mana shu xohish istakalar bor. Endi, islom dini mahrumlik dini emas.
Insonda mana shu xohsh, mayl istaklarni qondirishlikni halol yo'lini ko'rsatgan. Insonni tabiatida borgan xohish, mayl, shahvat istaklarni qondirishni ikki xil yo'li bor. Halol yo'li bor, harom yo'li bor. Ayolga nisbatan erkak kishida xohish bor, shahvat bor, intilish bor. Uni qondirishda ham ikki xil yo'lli bor. Harom yo'li zino, halol yo'li nikoh.
Poklikda, iffatda, o'zini sharafini saqlagan holda, ana shu shahvatini qondirishi mumkin. Faman azallu min man itta ba havohu beg'oyni huda minalloh. Alloh tomonidan hidoyatlanmagan holda, o'z havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ko'ra, yo'ldan ozganroq kim bor?
O'sha boyagi shahvatini qoldirishni ikkita yo'li bor ekan. Agar Alloh tomonidan bo'lgan hidoyat bilan qondirsa, halol bo'ladi. Agar havoyi narsini xohishiga qarab yuradigan bo'lsa, harom bo'ladi. O'zini xohishi, havosiga ergashlikdan ko'ra, shariatni yo'lini tanlagani uchun hech qanaqa muammo yo'q. Ayolni xohladingmi? Zinodan uzoq bo'l. Nikohlang. O'sha shahvating qoniveradi. O'sha rag'bating xohishing qondirilaveradi. Boylik.
Boylik, inson xohlaydi uni. Bu yomon narsa emas. Faqat u boylikni halol yo'l bilan topsin, haromdan taqvo qilsin, birovni haqqini yemasin, tamom. Boyligiga Alloh baraka beraveradi. Alloh Taoloni Al Quddus ismini tanigan mo'min banda o'zining mana shu xohishlarini qondirishlikda shaytonga ergashib keta olmaydi. Uni shariat degan doirasi bor, shariat degan ramkasi bor. Shundan chiqib ketmaydi. Ana shu xohishlarini, shahvatlarini, shariatni ramkasida turib qondirarkan, Allohni rizosiga erishaveradi. Chunki islom dini birodarlar mahrumdek din emas.
Yana qaytarib aytamiz. Chiroyli uy solish, yaxshi mashina minish, chiroyli kiyinish harom emas. Bu Alloh Taolo o'zini mo'min bandalariga chiqarib qo'ygan xolis ne'matlari. Mana shu narsalarni maqsad qilib olish noto'g'ri. Maqsad pul, maqsad boylik, endi unga olib boradigan har qanday yo'l unga bo'laveradi. Bu noto'g'r. Bu noto'gar.
Agar insonni tabiatidagi mana shu joylab qo'yilgan havoyi xohish, shahvat, mayllar, istaklar halol yo'l bilan qondirilsa, inson baxtli bo'ladi. Agar buni aksi bo'lsa, harom balon qoldiradigan bo'lsa, ikki dunyoda xor bo'ladi. Yoshi to'qson dan o'tgan bir oqsoqol olim, qomati kelishgan, beli bukilmagan, ko'zlari o'tkir, tishlari o'rnida so'rashdi.
Qanday qilib erishdingiz bu narsaga? Bu olim nima dedi? Ey bolam, bu a'zolarni Alloh bizga omonat qilib qo'ygan edi. Biz bu a'zolarimizni yoshligimizda haromdan saqlovdik, Alloh bizga mana shu a'zolarimizda qariganimizda saqlab berdi. Shuning uchun aytilinadi, men Aysha Taqiyyan, Aysha Qoviyyan. Kim taqvoda yashasa, quvvatli bo'lib yashaydi.
Mo'minning sharafi uning qiyomi layli bilan. Mo'minning sharifi azizligi odamlardan behojatligi bilan. Odamlarni qo'liga qaramaydi. Odamlardan umid qilmaydi, chunki qalbida faqat Allohga bo'lgan muhabbat bor. Ta'ma faqat Allohda. Odamlardan ta'ma qilmaydi. Odamlardan kutmaydi, faqat Allohda kutadi. O'shaning uchun izzat nafsi baland uni.
Al Quddus ismini, robbisining Al Quddus ismini tanigan mo'min o'zini nafsini shahvatlarga qul bo'lishidan poklaydi. Molini haromdan poklaydi. Vaqtini bekorchilikdan poklaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohu yo haybu ma'ali al umr. Va ashrafaha va yak roh u safasifaha. Albatta Alloh ishlarning oliylarini va sharaflilarini yaxshi ko'radi, ularning razil pastlarini yomon ko'radi.
Al Quddus bo'lgan Robbimiz o'zini yaxshi ko'targan bandalarini g'aflatdan poklaydi. Nafsini shubhalardan tozalaydi. Al Quddus bu Robbimizni tanigan banda boyni oldida ham, mansabdorni oldida ham o'zini xor qilib qo'ymaydi. Payg'ambarimiz aytganlar, man jalasa ila g'oniyeyin fatado da ala hu dha haba sulusa dinihi.
Kim bir boy bilan o'tirsa, asarlarda keltiriladi. Kim bir boy bilon o'tirsa, ana shu boyni oldida o'zini xor tutsa, hokisor tutsa, bu odamning dinini uchdan ikki qismi ketdi. Faqat boy bo'lgani uchun. Bironta bir solih amali yo'q, ibodati yo'q, taqvosi yo'q. Bu boyligi bilan odamlarga foydasi teggan joyi yo'q. Prosta boy. Shunchaki boy. O'shani oldida egilayaptimi? O'zini xor qilib nafsini? Bu odamni dinini uchdan ikki qismi ketdi deyiladi.
Al Quddus bo'lgan Robbini tanigan banda dunyoda qo'lidan ketib qolgan uch to'rt chaqa, dunyoni matosi uchun siqilib, g'am qilmaydi. Ollohni taniganidan keyin musulmon banda bu dunyoni matohi uchun siqilib bo'g'ilmaydi. Chunki Ollohni topdi. Endi bu dunyoni matohni u uchun juda ham katta qiymatga ega emas.
Har bitta banda o'zini nafsini poklashligi lozim. Shuning uchun aytiladi, Allohdan qo'rqib, haromdan ehtiyot bo'l, tavobiynlardan bo'lasan, tavba qiluvchilardan. Ortiqcha narsalardan o'zimizni tiyishimiz kerak. Agar shunday qilsak, o'zimizni tiysak, qiyin hisob kitobdan omon bo'lamiz. Chunki agar yaxshilab o'ylanib ko'rsak, bizni atrofimizda biz uchun zarur bo'lgan ortiqcha narsa ko'payib ketgan.
Darsimizni boshida aytdik ku, al quddus bo'lgan robbimiz o'zini yaxshi ko'rgan mo'min bandalarini, qalblarini shunga o'xshagan, arzimagan narsalardan poylab qo'yadi. Payg'ambarimiz aytadilar, men asbaha ming kun aminam fi sirbihi, muaffa fi jasadihi, va inda hu quta yalmihi ka annama hizzatlahut dunya.
Payg'ambarimiz aytyaptilar, sizlardan kim qalbi xotirjam bo'lib, badan ofiyatda bo'lib, bir kunlik tomi bor bo'lib tong ottirgan bo'lsa, go'yoki dunyo u uchun keng bo'libdi. Mana shu narsalar bo'lsa, butun dunyo uni qo'lida ekan. Deyarli hammamizda bu narsa bor. Boshimizda tomimiz bor, tanimizda ofiyatimiz bor, yurtimizda tinchligimiz bor, bir kunlik ovqatimiz bor.
Rasululloh aytyaptilar, dunyoni hammasi shu odamni qo'lida jamlangan. Lekin bu narsani ko'rishni bilmaymiz. Mana shu narsa bilan o'zimizni saodat iqtisod qilishni bilmaymiz. Chunki qalbimizda kerak emas narsalar ko'payib ketgan. Demak, birodarlar, alloh taoloning al quddus ismini o'qirganmiz. Biz o'zimizga ulush nasib olishimiz kerak.
Bu ismni oladigan ulushimiz qanaqa bo'ladi? O'zimizni qalbimizni Allohdan boshqa har qanday narsadan poklashlik va uni o'ziga iqbol qilishlik. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati huyun saluni alannabi. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va sallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.