Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta'inuhu anasta'g'firuh va na'udhubillahi min surur yonfusingna va min sayy'atih amalina man yahdihillahi falah muzillala va man yuzli ilhu falah hadiyala. Va nashxadval la ilaha illallohu va hidahul la sharikala va nashxad anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lixu va barakatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlari, asmonu xusno silsila darslaridan birodarlar bugun robbimizning al xollar ismini suhbat qilgan bo'lamiz.
Mutloq zikr qilingan bu ism madh va shanoni ifoda qiladi. Astaydubillah, innou robbaka huvol xolla quli alim. Albatta parvardigoringizning o'zigina yaratguvchi bilguvchidir. Demak, Alloh Taoloning al xola ismi Qur'onda vorik bo'lgan. Boshqa oyatda Alloh Taolo shunday marhamat qiladi. Astoydubillah, avvalay salladiy xolaqossamavati val ardobe qodiriyni ala an yaxluqa miflahum bala voh vol xonlaqul alim. Niyosini so'rasin. Osmonlar va yerni yaratgan zot yana ularning o'xshashini yaratishga qodir emasmi? Yo'q, albatta qodirdir. Uning o'zigina yaratguvchi va bilguvchidir. Demak, al xonlaq yaratguvchi. Alloh taoloning al xoliq ismi ham bor, al xollaq ismi ham bor.
Al xollaq, adad va navni yaratuvchi. Lug'aviy siyoh bo'yicha al xollaq ist ismi, ismi foyl. Ismi foylining mubolag'asi. Masalan, al g'ofir degan ismi bor alloh taoloni, yana al g'ofir deb ismi ham bor. Xuddi al xoliq, al xolla'q degandaqa al g'ofir, al g'offar.
Alloh taoloning ismidagi, ismlaridagi mubolag'a nimani bildiradi? Adadni sanoqni bildiradi, kayfiyatni, sifatni bildiradi, hamda nav turini bildiradi. Masalan, al g'ofir bo'lsa, bitta gunohni kechiradi. Bitta gunohing bo'lsa, al g'ofur bo'lgan Alloh uni kechiradi. Endi, yana bir odamni yuz mingta gunohi bor bo'lsa, gunohi har qancha ko'p bo'lmasin, ularni al g'ofir sifati bilan kechiradi. Al g'ofir bitta gunohini kechiradi, al g'ofir son salonsiz gunohlarni kechiradi. Demak, mubolag'ani, adadni, sifatni bildiradi. Alloh Taolo al xallaq bo'lgan zot. O'zi xohlagan narsani yaratadi, adab ma'nosida. Istadibillah, in yasha yudihi bukum ayyuha nasu va ya'tib bi a xoriyb va ka'na allohu ala kull shay in qodiro. Agar xohlasa, ey odamlar, sizlarni hammanglarni ketkazadi va boshqalarni keltiradi. Alloh xohlaganini yaratadi. Alloh bunga qodir bo'lgan zotdir.
Now, turnni bildiradi. Va tarol jiba ala tahsa buha jami datan vahiya tamuru marros sahab. Siz tog'larni ko'rib, tek qotib turibdi deb o'ylaysiz. Holbuki ular ham xuddi bulutlar yurgandek yuradilar. Bu barcha narsani puxta qilgan Zot, Allohning hunaridir. Albatta U Zot sizlar qilayotgan barcha ishlaringizdan ogohdir. Demak, Alloh Taolo alxonla o'zi xohlagan narsani yaratadi va yaratgan narsasini puxta qilib yaratadi.
Al Xollaq yaratishi komil, tasarrufi komil bo'lgan Zot. Biz Al Xollaq ismini tushunib olishimiz uchun avval Al Xoliq ismini ko'rib chiqishimiz kerak bo'ladi. Al Xoliq. Alloh hamma narsani yaratdi, hech narsadan yaratdi.
Yaratish bu yo'g'idan bor qilish degani. Alloh taolo nimani paydo qilib yaratgan bo'lsa, bu narsalar yo'q edi. Biron materialdan, g'ishtdan, toshdan yoki bo'lmasam shishadan yasagani yo'q. Bor narsalarni yo'qlikdan yaratdi. Va Alloh taolo o'zining mana shu ismini inson zoti zikr qilishiga ruxsat berdi. Fata barakallohu ahsanul holiqiy. Bas, eng go'zal yaratuvchi, ya'ni yo'g'idan bor qiladigan Alloh barakotli buyukdir. Bizda mana shu yaratish degan so'zni odamlar yaxshi tushunmaganligidan noto'g'ri foydalanadi. Biz deydi, bizni agronomlar, bizni genetikdagilarimiz paxtani vilka, chidamli manaqa navini yaratishdi deydi. Mana hozir aytdik, yaratish degani yo'qdan paydo qilishlikka ishlatilinadi.
Inson hech qachon yarata olmaydi. Inson yasa edi. Yaratish yo'qdan bor qilishmi? Bu ish insonni qo'lidan kelmaydi. Inson bir narsani bir narsaga qo'shadi, bir narsani bir nasoga uradi, shundan bir narsa chiqadi. Bu yasash deyiladi. Alloh taolo bir narsani yaratdi, yo'qdan yaratdi va avval mana shu yaratgan narsasini misli o'xshashi bo'lmagan. Endi insonchi? Masalan, motor yasadi deylik. Yasadi, yaratmadi. Yasadi. Temirni olib kelib, plastmassaga, plastmassani, alyuminga, xullas, yasadi. Va mana shu yasagan narsasining avval o'xshashi bor. Misli bor. Ya'ni avval karboratorniy dvigatel bor edi, keyin inyektorniy dvigatl chiqdi. Ana.
Bu yerda karburator bilan inyektor farq qilyapti, lekin tagi noto'g'ri edi. Qaytarib aytamiz, yaratish bu yo'g'dan bor qilish. Yaratish avval misli bo'lmagan narsani paydo qilish. Yaratish faqat Allohga xos. Al Xoliq bo'lgan Allohga xos. Lekin inson yasa edi. Bor narsani bor narsaga qo'shib yasaydi va yasagan narsasini avval misli o'xshashi bo'ladi.
Yagona yaratuvchi bu Al Xoliq bo'lgan Alloh Subhanahu va Taolo. Ahsanul Xoliqin. Yaratuvchilarning eng go'zali. Yaratuvchlar deyapti ku hayotda. Allohdan boshqa ham yaratuvchi bormikan degan ma'no kelib qoladi. Bu, bu noto'g'ri tushuncha. Bu yerda yaratuvchilar degani majoz.
Majoz bilan haqiqatni farqi, majoz siz eshitgan so'zning ustidagi ma'nosi olinmaydi, orqasidagi ma'no olinadi. Masalan, siz bizni quyoshimizsiz, shef deydi. Ustidagi ma'no u optog'daqa bo'lishi kerak. Biz sizni orqangizdan kun ko'rib yuribmiz, xo'jayin deydi. Majoz.
Subhanallohi aqsanul xoliqin. Alloh yaratuvchilarning eng go'zali deganda, yaratuvchilar deyapti yu. Demak allohdan boshqasi ham bormikin desa, aytamiz bu yerdagi yaratuvchilar majoziy ma'noda. Yaratuvchi bitta bo'ladi. U kim? Al xoliq bo'lgan Alloh subhanahu va taolo. Qarang, Alloh azza va jallaning san'atini. Insonga tuxumdek hajmi keladigan ikkita buyrakni ato qilib qo'ydi. Ana shu ikkita buyrak kecha kunduz tinimsiz ishlaydi. Eshitmaysiz ham ovozini. Samolyotda bo'lasizmi, poyezdda bo'lasiz, uxlaysizmi, sizni hech qanaqa bezovta qilmasdan ishlaydi. Sizni qoningizni tozalab berib turadi, buni sezmaysiz. Sizni ehtiyot qiladi, sizni sog'lom bo'lishligingizni ta'minlaydi. Endi, endi inson ham ana shu buyreklarni sun'isini, iskusstvenniy pochka yasagan bizni tilda. Katta stolda keladi.
Ana shu buyrekni ishini qilib beradi haligi iskusstvenniyy pochka. Haftasiga bir marta, ikki marta borib stolda yotasiz, yetti soat, sakkiz soat, haligi iskusstvedniy pochkaga sizni ulab qo'yadi, qoningizni tozalab beradi. Yana buzilib ham turadi u iskusstvenniy pochka. Bu inson yasagan buyrak, sun'iy va Alloh Taolo yaratib qo'ygan buyrak.
Alloh Taoloni san'atini, Alloh Taoloni qudratini tasavvur qilishimiz uchun Alloh yaratib qo'shgan narsalarni biz o'zimiz yasagan narsaga taqqoslab ko'raylik. Mana, tasvirga olish apparatlari, kameralar. O'n mega piksel, o'ttiz mega piksel, har qancha yangi bo'lmasin, har qancha zo'r bo'lmasin. Birontasi insonni ko'zini yoniga ham kela olmaydi.
D deydi. K deydi. K deydimi? Ha, hozir izobrajeniyalar beryapti. Lekin hech qaysi insonni ko'zi unaqa bo'la olmaydi. Fata barakallohu ahsanul holi qiyin. Bas, eng go'zal yaratuvchi Alloh barakotli buyukdir. Alloh azza va jalla o'zining zoti ilohiyasini, zoti oliysini bizga tanitish uchun o'zining san'atini yaratgan maxluqotlarini bandalarni yasagan narsalarga taqqoslashlikka izn berdi, solishtirishga.
Bir narsani ikkinchi narsadan afzalligi, yaxshiligini bilish uchun taqqoslashiimiz kerak. Masalan, oldimizda ikkita mashina turibdi. Qaysinisi yaxshi? Taqqoslanishni boshlaymiz. Birini uni u narsasi, bu narsasi bor, falon falon narsasi bor, mana bu xususiyati bor, hokazo. Taqqoslash nihoyasini aytgandan keyin aytamiz, mana bu mashina mana bundan yaxshi ekan deymiz. Demak, taqqoslab tamom bo'lgandan keyin aniq bo'ladi. Siz Alloh Taoloni yaratgan narsasini o'zingiz yasagan narsa bilan taqqoslaganingizda bilasiz o'zingizni ojizligingizni. Insonni pastligini, ojizligini, notavonligini. Va Alloh Taoloning qudratini, san'atiga qoyil qolasiz.
Alloh Alloh, banda banda. Alloh Alloh bo'lganidan keyin uning san'ati ham o'ziga yarasha bo'ladi. Banda, banda ojiz bo'lgandan keyin uni yasagan narsasi ham, uni san'ati ham o'sha yarasha bo'lardi. Alloh Taolo yaratgan maxluqotlarni biz o'zimiz yasagan narsalarga solishtiramiz. Nima uchun? Aqllar qanoat qilishi uchun, qalblar taskin topishi uchun, Allohning azamati oldida taslim bo'lishimiz uchun.
Hisob kitob qilish. Alloh azza va jall aytadi, astaydu billah summa ruddu ila allohi mavla humul haq ala ala hul hukm vahua asra ul hasibi. So'ngra bandalar haqiqiy hojalari Allohga qaytarilurlar. Hammamiz o'lib, Allohni huzuriga boramiz qiyomatda. Ogoh bo'lingiz kim? Hukm qilish uning o'zigagina xosdir va u juda tez hisob kitob qilguvchidir.
Juda tez his ob kitob qiladi. Sizni qo'lingizga mancha narsani manchaga qo'sh, manchadan ayri deb qo'lingizga qog'oz bilan qalam bersa, o ikki soat qilasiz. Endi ana shu hisob kitobni kalkulyatorga soladigan bo'lsangiz, bir pastda bitadi. Demak, yozib qog'ozga qalam bilan hisoblashdan ko'ra, kalkulyator bilan hisoblanishda nima bo'ladi? Tezroq bo'ladi.
Vo, yomon tez hisob kitob bo'ldimi a? Lekin qiyomat bo'lganda birodarlar, yer yuziga qancha triliyat, triliyat odam keladi, hammasini Alloh Taolo hisob kitobini bir lahzada qilib qo'yadi. O'ylab ko'ring da. O'ylab qo'ring da. O o'zi bittadan familiyasini aytsa necha million yil ketadi u odamlarni? Yo'q, birdaniga hisoblab qo'yadi Alloh Taolo. Shuning uchun allohning hisob kitob qilishi bilan bandalarning hisob kitob qilib haqida bir fikr qilib ko'ring. Aqlingiz lol qoladi.
Al vahidud dayyan bo'lgan, al xollarq bo'lgan allohni san'atiga nazar soling. Bir dona atirgulni ko'z oldingizga keltiring. Shaklini qarang, chiroyliligini. Rangini qarang, hidini qarang, nafisligini qarang. Aqlingiz lol qoldi a? Endi inson o'zi yasab qo'ygan plastmassa gullarni ko'z oldingiga keltiring.
Olib kelib qo'yadi, ko'zingizga bir lop pat o'tdek ko'rinadi, uch kundan keyin zerikasiz. Haligi atirgul'dan shirin hid chiqsa, bundan radiatsiya chiqadi. Viskusstvenniy da. Odam bolasi. Odam bolasi yasagan robotni eng oxirgisi. Siz bilan gaplasha olar ekan. Savolingizga javob berar ekan desa, vo deymiz. Boshqa narsaga aramaydi u.
A kim noto'g'ri turib qolsa, bo'ldi, to'xtadi. Bitta vazifani chiroyli bajarib qo'ysa, qoyil qolyapsiz a? Endi Alloh azza va jalla yaratgan san'atiga qaramaysizmi? Farzandingizni qarang. Tug'ilganda qanaqa edi? Sekin sekinlik bilan rivojlanishiga qarab ketdi. Tirik, o'sadi, aqli to'lib boradi, komilniga qarab yuradi, his tuyg'usi bor, o'qiydi, o'rganadi, yeydi, uxlaydi, harakatlanadi. Sizni yasagan robotingizni qarang u, Alloh taolo yaratib qo'ygan odam bolasini qarang. Fata barakallohu axsanul xoli qiyin. Bas, eng go'zal yaratuvchi Alloh barakotli buyukdir. Stanok yasaymiz. Hozir shunaqa stanoklar yasalgan, inson umuman ishtirok etmayapti. Katta jihoz. Mana qarasalar internetda turibdi. Programmani berib qo'ysa, o'sha temirda qistirib qo'ysangiz, necha xil rezaga kerak bo'lsa, hammasini olib kelay qilyapti da, shunday detalni chiqarib beryapti oldingizga. Inson ishtirok etmayapti.
Uni ko'rib turib, subhanalloh deysiz. Endi ana shu robot tug'ib ko'payadimi? Buzilib qolsa, o'zini tuzata oladimi? Lekin o'sha bir detalni temirdan yasab berganga qoyil qolyapmiz. Birodarlar, Alloh Taoloni san'ati bilan maxluqotlarni san'atini taqqoslab ko'ring. Alloh Taolo erkakda ayolni yaratdi, o'rtasiga uns mehrni soldi, bir biriga moyillikni paydo qildi. Ana shu moyillik tufeli zo'riyot dunyoga keladi. Shu bilan uni nasli davom etadi. Agar inson mana shu narsalar haqida do'ppisini nimalarga qo'yib qo'yib, o'ylanib ko'radigan bo'lsa, Subhanalloh deyishdan boshqacha orasi qolmaydi.
Alloh Taoloning puxta san'ati. Alloh Taolo har bitta narsani juftlik nizomi bilan yaratdi. O'simliklar. Va ming kunlik samaroti ja ala fiha zavjayni snayin. U, Alloh, har mevani ikkitadan juf juf, ya'ni erkak urg'oqchi qilib yaratdi.
Odam bolasi yeydigan asosiy ozuqa bu non. Bug'doy, uning asosi. Millionlagan, millionlagan tonna bug'doyni Alloh Taolo yaratib beradi. Tasavvur qiling, shu bug'doy bo'lmasa nima qilamiz? O'sha bug'doydan bir dona ham qolmasa, qayerdan topamiz? Muammo. Qayerdan olardik uni? Qarang Alloh Taoloning qudratini, san'atini. Torvuz, qovun, oshqovoq katta katta dona dona bo'lib pishadi. Katta katta bo'lgani uchun terish oson uni. Endi tasavvur qiling, bug'doy ham shu oshqovo qovun yoki qovunga o'xshab dona dona bo'lib o'sganida.
Uni bir qop yig'ish uchun bilasizmi qancha mehnat qilar edik? Endi Alloh bizni qiynalmasligimiz uchun yuzta dona joylab qo'ygan bitta boshoqni. Beshtasini olib turib bitta o'rasiz, besh yuzta don turibdi qo'lingizda. Baliq. Qornida tuxumi bor. Har bitta tuxumi bittadan baliq degani. Bitta baliqda nechta minglagan baliq paydo bo'ladi. Bular ham Alloh Taoloning bizga bergan atasi. Shuning uchun darsimizda aytdik, agar odam bolasi o'zi yasagan narsalar bilan Alloh yaratgan narsalarni taqqoslaydigan bo'lsa, bular haqida insof bilan tafakkur qilsa, Allohni buyukligini tan olmasdan boshqa iloji qolmaydi.
Alloh Taolo hamma narsani yo'g'idan bor qildi. Va bu paydo qilgan narsaning avval misli o'xshashi bo'lmagan edi. Odam bo'lsa bir narsani bir narsadan yasadi va yasagan bu yangi narsasining avval misli bor edi. Suv ostida yurishlikka bizga yordam beradigan jihozlar.
Baliqlardan taqlid. Uchish asboblari. Qushlarga taqlid. Birodarlar, qushlar mavzusi alohida mavzuda, katta mavzu. Minglagan kilometrni qushlar gala gala bola bosib o'tadi, qishlagani, yozlagani uchadi, adashib qolmaydi a? Kim ularga bu ilhomni berdi? Kim? Shuning uchun Alloh azza va jalloh o'zining puxta san'atini bandalarning san'atiga, yasagan narsalarga taqqoslashni buyurdi. Bitta misol. Inson tishi.
Agar uni sug'urish kerak bo'lsa, qanaqa mashaqqat qiyinchilik bilan sug'uradi. Ukol qiladi, eng kamida. Ukol qilgandan keyin sezmaysiz, ammo ukolni sayganda ham, ukolni sayginda joningiz og'riydimi? Og'riydi. Lekin Alloh Taoloni san'atini ko'ringki, yosh bolani tishi tushib ketishi kerak bo'lgan paytda, hech qanaqa og'riqni sezmaydi. Subhanalloh. Haligi tishi, tishlarini orasiga tushib qolganda biladi. Yoki qo'liga uzilib tushganda ko'radi. Alloh Taolo tishni sug'urib qo'yishini ko'ring va odam bolasini tishni sug'irishini ko'ring.
Alloh Taoloning qonunlari, boborliqqa qo'ygan qonunlari odob berish, tarbiyalash qonunlari deyiladi. Odob berish, tabiiylash qonunlar deyiladi. Ojizlik qonunlar emas. Al xollar puxta san'at egasi bo'lgan zot. Alxonlaq. Ishi mukammal, komil, kamchiliksiz. Suv muammosi deb qo'rqitishadi. Oziq ovqat muammosi deb qurqitishadi, birodarlar. Suvni xazinasi ham, oziq ovqotni xazinasi hamm, bitmas tuganmas xazina Alloh Taoloning huzurida.
Nimaki bo'lsa, suvmi, ovqatmi, tillami, yomg'irmi, don dunmi, nimaki bo'lsa, ana shu narsalarning hammasini xazinasi bizni huzurimizda deydi. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan, miqdor bilan tushurib turamiz. Vo im min sha il illa illa na xoza in hu, vo ma nuna zil hu illa bi qadar ma'lum. Sizlarning rizq ro'zingiz bo'lmish, har bir narsaning asli manbai bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni aniq o'lchov bilan sizlarga tushuribmiz. Hamma narsaning xazinasi Allohni huzuridan. Xohlagan joyiga Alloh Taolo xohlagancha tushuradi. Shuning uchun aytyapmiz da, suv muammosi, oziq ovqat muammosi, bunaqa g'amni Allohda tanimaganlar qiladi. Alloh Taolo bir yurtga suvni kamroq qilib beryapti. Bir yurtda bir qandaydir yetishmovchilik, ocharchilik bo'lyapti. Bu degani Alloh ularga ovqat bilan suvni berishlikka ojiz ekan degan ma'no emas. Bu degani Alloh ularga mana shu rizqni toraytirishligi bilan, suvni kamaytirishligi bil an odob beryapti. Ularni tarbiyalayapti.
Robbimiz Qur'onda shunday marhamat qiladi. Asta alabiyla. Vo allaviy istakomu ala to'liqoti la asqoynahumman g'odaqo linafdi nahum fiy. Albatta, agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor turganlarida, ya'ni haq yo'lda, haq dinda turishganida, iymonda, taqvoda, solih amalda turishganlarida, albatta biz ularni imtihon qilish uchun mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edik.
Ya'ni taqvoni, imonda bo'ladigan bo'lsa, Alloh Taolo serobchilikni berishini aytyapti. Boshqa oyatda. Astaydu billah. Valav anna ahla al qura'a manavattahav la fataqna alayhim barakati minas sama i wal avt. Bir yurtda ocharchilik, bir yurtda qurg'oqchilik, bir yurtni urish janjal.
Alloh Taolo bu narsalarni tinchib tekshirib qo'yishiga qodirmi? Albatta qodir. U qudrati yetmaganidan suv yetmayapti bir joyga. Alloh qudrati yetmagani uchun ocharchilik bo'lyapti emas. Alloh bandalariga tarbiya beradi shu bilan. Ishingiz yurishmayapti, kasaldan boshingiz chiqmayapti, muammodan boshingiz chi qmayaptimi? Alloh bu narsalardan sizni chiqarib qo'yishingizga qodir. Lekin sizga ta'lim tarbiya bu. Oyatni qarang. Agar deydi Alloh Taolo, u qishloqlarning ahli iymon keltirib, taqvodor bo'lganlarida edi, mana shart yana, iymon va taqvo bo'lsa u qishloq ahlida, yoki shahar ahlida, yo davlat ahlida, albatta biz ularga osmon u yerdan barakot darvozalarini ochib qo'ygan bo'lar edik.
Qaytarib aytamiz. Alloh Taolo bir joyda qurg'oqchilik bo'layotgan bo'lsa, suv yuz berolmayotganligi uchun bo'lmayapti qurg'o qchilik. Bir yurtda ocharchilik bo'layotgan bo'lsa, Alloh qoldirmasligi uchun ocharchilik bo'lmayapti u yerda. Balki bandalarni Alloh Taolo shu bilan tarbiyalayapti, ularning adabini beryapti. Birodarlar, suv muammosi deyishadi.
Fazoda shunaqa bulutlar bor ekanki, ular mana shu yer yuzidagi suv havzalarini, okeanlarni, dengizlarni shirin mazali chuchuk suv bilan bir kechada oltmish marta to'ldirib qo'yish imkoniyatiga ega ekan. Bir kechada yer yuzidagi hamma suv havzalarin bir marta to'ldidirish emas, oltmish martada to'ldirib ko'ra olar ekan. Bu Allohni qudratidagi narsa. Yuqorida oyatda o'qidik ku. Nimaki bor bo'lsa, xazinasi bizni huzurimizda deyapti. Endi birodarlar Alloh ato qilishni boshlasa chi, aqllarini lol qoldirib qo'yadi. Dahshatga solib qo'yad. Yoqangizni ushlab, og'zi ochib turasiz. Agar Alloh berishni boshlasak. Chunki rizqni beradigan Alloh, suv ham Uni qo'lida, yomg'ir ham Uni qo'qlida, ob havo ham Uni qo'rida.
Demak, Alloh Taoloning qonunlari ojizlik qonunlari emas. Bu odob berish, tarbiyalash qonunlari. Hargiz ojizlik qonunlari emas. Mana tabiat qonunlari deymiz. Suv pastga qarab oqadi. O'tni yoqsang sutni osmonga ko'tariladi. Yer ma'lum bir tezlikda bir xil aylanib turadi. Bu tabiat qonunlari. Gazsumo moddalar bor, suyuqliklar bor, qattiq jismlar bor. Bularning hammasini ustida Alloh Taoloning chizib qo'ygan, sobit o'rnatib qo'yilgan qonunlari turadi, o'zgarmaydi. Tabiat qonunlari o'zgarmaydi. Ammo ikkita narsa bor, bu ikkita narsaning qonuni o'zgaradi.
Tabiat qonunlari, o'zgarmas qonunlarni o'zgarmagan turishligi yer yuzida hayot davom etishini ta'minlaydi. Ya'ni temir musulmon yurtida ham temir, kopir yurtida ham tebrligicha turadi. Sement, mana qurigandan keyin betonimiz, musulmon quydimi uni, kopir quydimi, farqi yo'q, turadi. Agar temir bilan sementni, sementni qonuni, xususiyati, odamlarning shellariga qarab o'zgaradigan bo'lganida, kofir yurtlarida qurib qo'yilgan imorat, ular kofir bo'lganligi uchun fisq fujuriga kirgani uchun temir yumshab ketib, sement bo'shab ketsa, hammasi imorat tagida qolib ketar edi. Shuning uchun temir, musulmon yurtida ham temir. Bu insonning fe'l atvori, insonning iymoni taqvosi yoki fisq fujuri aloqasi yo'q, kofir yurtida ham. Ammo ikkita qonun bor. Bu qonunlar o'zgarib turadi. Bu rizq qonuni va sog'lik qonuni.
Alloh taolo o'ziga, siz bilan bizni yetaklashlik uchun, o'zi tomonga boshlashlik uchungina mana shu ikkita qonunni o'zgaradigan qilib qo'ydi. Inson doim o'zini rizqiga xaris bo'ladi. Doim sog'ligiga xaris bo'ldi. Mana shu ikkita narsa bilan Alloh bandalarini tarbiyalaydi. Tushingiz og'rib uxlamaganda, kechasi bilan nima deb chiqasiz?
Alloh deb chiqasiz. Ishingiz yurishmasdan u eshikka urasiz, o'zingizni bu eshikka urasi, o'zingiz bo'lmaganda, nima deb yig'laysiz? Alloh deysiz. Tushunarlimi? Bilib qo'yaylik. Siz bilan biz kechirayotgan kun qandayligi va qanday bo'lishi iymonimiz, amalimiz, taqvoyimizga bog'liq. Bizda saodatli hayot kechirasan, iymon e'tiqodda bo'lsang desa, albatta boy badavlat bo'lishlikni tushunadi odamlar. Ha, boy badavlat bo'shlik saodatli hayoting sabablardan bittasi. Lekin boylikni o'zi saodat boylik, baxt emas.
Saodat, baxt bu o'zining kunidan, hayotidan rozi bo'lishlik. Aquli qovli hada va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malakathu yu sollu ala alannabiy, ya yu halladiyna amanu, sollu alayhi vasallimu taslima, va assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.