Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahir robilen a'lamin. Vassalotu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy va ashabiy hajmain. Allohumma alimla man yonfa una. Vam fana bi ma'lam tanavasi dina ilman. Allohumma arenal haqqa, haqqon orzuqun attiba'i va arenal baotiyla baotiylan orzuqun ajitina'ba. Hoji anna min mayyasida me'un al qovla fayetta bi una axsana. Va adhin la bi rahmatika fiy adibadika solihiyin. Ammabu aht, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alibu barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan, al asmonu husno darslaridan, navbatdagisi, bugun Alloh subhanahu vataoloning go'zali ismlaridan Al Qohir ismini dars qilamiz. Al Qohir ismi Qur'onda zikr qilingan.
Bu ism Qur'onda ikkita o'rinda vorid bo'lgan. Astaydivila, vahual qohiru favqul ibadihi, vahual hakimul qobil. Uning o'zi bandalari ustida g'olibdir, uning o'zi hikmat sohibi, har narsadan ogohdir. Bosh g'oyatda Alloh Taolo aytadi, astaydivila. Vahual qohhiru favqul ibadihi. Va yursilu alaykum hafadatan qattaida jahm ahadaku mulmaut. Tavof fathu rusulina va humla yufar itun. Mana ikkita oyat. Alloh Taoloning al qohir ekanligini siz bilan bizga bayon qilgan. U bandalar ustida g'olib bo'lgan zotdir. Ustingizga qilgan amallaringizni yodlab olguvchi farishtalarni elchi qilib yuboraver.
Qachonki birovingizga o'lim kelsa, elchilarimiz sustkashlik qilmagan hollarida ularning jonlari nolur. Demak, Alloh Azza va Jallaning go'zal ismlaridan al qohir. Alloh azza va jalalning hamma ismlari go'zal, birodarlar. Alloh taoloning hamma ismlari go'zal, ulug' va komildir. Inson quvvatni yaxshi ko'radi. Quvvatli bilan birga bo'lishni, quvvatligiga ergashishni, quvvatlik bilan aziz bo'lishni, quvvatliga suyanishni doim yaxshi ko'radi. Valillah ila asma ul husna fado'hu biha. Alloh taoloning go'zal ismlari bor, bas uni ana shu ismlar ila chorlanglar deydi Alloh azza va jalla.
Do'stingiz bor, muloyim inson, ammo zaif. Uni muloyimligiga qoyil qolasiz, lekin zaifligidan norozi bo'lasiz. Yoki boshqa bir inson bor, kuchli, quvvatli, lekin muloyim emas, dag'al. Kuchli, quvatli ekanligidan rozi bo'lasiz da, dag'alligidan nima qilmaysiz? Rozi bo'lmaysiz, qoyil bo'lmaysiz.
Qachon qoyil qolasiz? Qachon shu do'stingizdan rozi bo'lasz? Ham quvvatli, ham muloyim bo'lsa. Quvvatidan ancha muncha odam unga jur'at qila olmaydi. Ammo muloyimligidan odamlar undan nima qiladi? Umid qiladi. Uni muloyimligi bilan odamlarni qalblarini o'ziga tortadi. Mana shu komillik deyiladi.
Lahul mulku va lahul hamd. Mulk, egalik, podshohlik yolg'iz Allohniki, hamdu sona ham Allohniki. Ya'ni Alloh Taolo ham muloyimzod, ham quvvatli inson. Mana shu komillik bo'ladi bir odamdan. Bir odam bo'ladi, qo'lida mulkiy davlati bo'ladi, ammo laim inson, maqtovga loyiq emas. Yoki yana bir odam bo'ladi, maqtoviga loyiq, ammo qo'lida hech narsasi yo'q. Ikkalasi ham nuqson. Ikkalasi ham nuqson. Ham mol mulkiy davlata bo'lib turib, ham maqtovga maqtovga loyal bo'lsin, mana shu komil bo'ladi.
Shuning uchun insoniy komillik birodarlar ilohiy komillikka bog'lanishligi kerak. Mo'min banda Alloh Subhanahu va Taoloning go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasib olishi kerak. Mo'min quvvat egasi bo'lgan Robbisi bilan birga bo'ladi. Biluvchi bo'lgan robbi si bilan birga bo'lladi. Rahmli bo'lgan rob bi si bilan birga boradi. Shu bilan mo'min banda komillikka qarab yurib boradi.
Agar birodar Alloh sen bilan birga bo'lsa, shubha haqiman. Sen eng kuchli odamsan. Katta bir qudratli boy mamlakatni podshohini tasavvur qiling, o'g'li bor. O'zini yurtida qanday yuradi boyagi shahzoda? Zavodga boradi, fabrikaga boradi, bozorga boradi, tashkilotga boradi, o'zini azizligini his qiladi. Uni azizligi nimadan quvvat olyapti? Otasidan, podshohdan. O'zini quvvatini azizligini podshohning, podshohning azizi bilan bog'li ekanligini biladi, shuni his qiladi. Shuning uchun sizni azizligingiz, birodar, Alloh bilan birga bo'lganingizda, siz o'zingizni aziz deb biling, chunki siz aziz bo'lgan, Al Qahhor bo'lgan Allohning bandasisiz.
Shuning uchun bizni azizligimiz, millatimizni qanaqaligi, qaysi yurtda yashaganligimiz, pulimizni qanchaligi, mingan mashinamiz, ushlagan telefonimiz bilan emas. Bizni azizligimiz Allohni bandasi ekanligimiz bilan. Biz Allohni qulimiz, shu bilan o'zimizni aziz deb bilamiz. Bizni robbimiz aziz, g'olib bo'lgan, Al Qohir bo'lgan zot. Bizni azizlimiz robbimiz bilan bo'ladi. Agar robbimizdan uzoq bo'lsak, xor bo'lishimizni shubha yo bura oladi.
Odam bolasi borki, kimnidir yaxshi ko'radi, kimnidir yomon ko'radi. Nimanidir yaxshi ko'taradi, nimanidir yomon ko'taradi. Bu insonda tabiatidagi bor narsa. Endi ulug'lik nimada? Oqillik nimada? Ulug'lik kimni yaxshi ko'rishingizda? Nimani yaxshi ko'rshingizda? O'lchov tushunchada. Biz Allohni yaxshi ko'ramiz. Biz Allohga intilamiz. Alloh bilan birga bo'lishga harakat qilamiz va mana shu Alloh bilan birga ekanligimizdan o'zimiz aziz deb bilamiz. Pulimizni qanchaligi muhim emas. Payg'ambarimiz aytganlar, mo'min odam o'zini xor qilib qo'ymasligi kerak. Sizni pulingiz yo'qligi uchun puldan olib masxara qilsa indamay turibsizmi? Siz noto'g'ri ish qilyapsiz. Siz piyoda kelsangiz, boshqalar mashinada kelib, sizni masxara qilib xor qilyaptimi? Bunga yo'l qo'ymaslikingiz kerak. Ya'ni uni qo'lida dunyosi bor, uni qo'lidagi mansabi bor, u xor qilishga haqqi bor deb o'ylayotgan bo'lsangiz, siz o'zingizni ham tanimabsiz, robbingizni ham tanimapsiz. Bizni azizligimiz nima bilan ekan?
Mo'min kishi avvalambor Allohnı yaxshi ko'radi. Ha, hamma bilan muomala qiladi, lekin qalbi kim bilan bo'ladi mo'minni? Alloh bilan bo'lardi. Qahr sifati Allohdan Allohnıng mutloq komillik sifatidir. Qahr degani, birodarlar, biz o'zbek tilida qahr qilsa nima deymiz? Zulm qildi. Yo'q. Qahr degani, birodarlar, bu g'oliblik degani. Alloh Taolo bir qavmni ustida qahr qildi degani, Alloh Taolo bir qavmni ustida g'olib bo'ldi degani. Al qohir bo'lgan alloh azza va jalla bu g'olib bo'shu bo'lgan zol. Hukmini o'tkazuvchi, bo'yin sindiruvchi, xor qiluvchi, yenguvchi komil Zol. Al Qohir degani shu. G'olib. Hukmini o'tkazuvchi, bo'yin sindiruvchi, xor qiluvchi, yengiluvchi bo'lgan Zot. Al Qohir.
Alloh Taolo qahr qiladi. Zolimlarga, haddidan oshganlarga, tog'iylarga. Masalan, bir insonda kuch quvvat bo'ladigan bo'lsa, u yaxshi odamga ham, yomon odamga ham qahr qilishi mumkin. O'ziga yaxshi odamda ham, yomon odamda ham bo'yin sindirishi mumkin. Yaxshi odamdan ham, yomon odammdan ham xor qilishi mumkin. Ammo Alloh azza va jallaning al qohir sifati, qahr qilish sifati faqat tog'ilarga, haddidan oshganlarga bo'ladi.
La ilaha illa antal qoviyul vahid. Sendan o'ziga iloh yo'q, sen quvvat egasi yagonasan, sendan o'zga haq ma'bud yo'q. Bizning iymonimiz komil birodarlar. Beradigan ham, oladigan ham Alloh. Aziz qiladigan ham, xor qiladigan ham Alloh! Yana shu bilan birga Alloh taolo odil zot. Rahmli zot, biluvchi zot, komil zot.
Mana hozirgi zamonda siz bilan bizni davrimizda ummat islomiyani holiga nazar soladigan bo'lsak, nimani ko'ramiz? Ummat aziz emasligini ko'ramiz, boshqa ummatlarni oldida. Vaholanki, bu ummatni qo'lida vahiy turibdi, Qur'on turibdi, Rasulullohning ta'limoti turibdi. Shunday bo'lsa ham zaif.
Ana shu zaiflik uchun boshqa millatlar, boshqa xalqlar musulmonlardan yuzaga erishadi. Musulmon odam quvvatli bo'lishi kerak. Allohning mana shu ismidan bizda qanday bir ulush nasibi bor. Alloh taolo aytadi, istaddu billah, valladina ida asobaxumul bag'yuhum yantasirun. Va jazau sayy'atin sayy'atu mifluha, fa mana afa va aslaha va ajruhu alalloh.
Ayrim dinlar bor, shariatlar bor. O'ng betingga ursa, chop betini tutib ber deydi. Yo'q, bu haqmas bu. Alloh Taolo nima deydi muomalalar haqida? Ular o'zlariga zulm yetganda, unga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlardir. Har qanday yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshagan yomonlikdir. Ya'ni har bir yomonlikni o'ziga yarasha jazosi bor degani. Endi kim, imtihon olishga qodir bo'lgan holda avf qilib, o'rtani tuzatsa, bas uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U zulm qiluvchilarni sevmas. Qarang. O'ng betingga ursa, chop betingni tutib ber deydi. Voy.
Uraveradi da unda. Chop betinga urgandan keyin o'ng betingni tutib bersang, uraveradi da u. Islom, birodarlar bu narsani qoralaydi. Chunki musulmon odam zulm bo'lsa, shu narsani kurashib to'xtatib qo'yadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytganlar ku, man roa ming ku munkaram, fal yug'ayir hu biyadihi. Kiminglar oralaringlarda bir munkarni ko'rsa, ya'ni zulmni ko'rsa, qo'lidan kelsa, qo'li bilan to'xtatsin borib. Ya'ni imkoniyati bo'ladigan bo'lsa, quvvati, kuchi yetsa, borib qo'li bilani to'xtatsin, zulm qilayotgan odamni. U o'ng betiga ursa, narigi zulm kelayotgan chop betini tutib berish kerak emas. Musulmon odam quvvat yetadimi, kuchi yetadimi, qo'lida keladimi, shu zulmni tiyishlikka harakat qilish kerak.
Salohiddin ayyubiyni eslab hammamiz faxrlanamiz, birodarlar. Salbchilarning yigirma yettita qo'shini mag'lub qilgan. Quddus sharifni fati qilib kirgan. Xutba o'qib, xutba qilib, Qur'on oyatlarini tilovat qilib, zolimlarning davri tugaganligini e'lon qildi. Zolimlarning da'vi tugaganligini e'tibor qildi. Birodarlar, qahr zolimlarga bo'ladi. Yaxshi odamlarga qahr bo'lmaydi.
Alloh Taolo komil zot, Alloh Taolo quvvatli odil zot. Alloh Taoloning komilligi yaxshi odamlarga qahr qilishdan man qiladi. Qahr faqatgina haddan oshganlarga bo'ladi. Endi musulmonlarga ham Allohni qahri keldi deymiz. Yer qimilladi, balo bo'ldi, yomg'ir yog'di, qor yog'di, issiq bo'lib ketdi. Akalar, bu qahr emas, bu tarbiya bu.
Qahr haddan oshgan zolimlarga bo'ladi. Endi mo'minlarga nimaga keldi bu? Qahr deyilmaydi bu. Bu bu shifo deyiladi. Tavba qilishmay qo'ydi, Alloh Taolo o'zini eslatdi. Bandagina gunohi ko'payib ketib, Allohga qaytib istig'for bermay qo'ydi, Alloh Taolo bir dard berdi. Boyligini olib qo'ydi, sog'ligini olib qochdi. Qo'yingki, unga yoqmaydigan ishni berdi. Bu uchun shifo edi. Ey bandalarim, deydi Alloh Taolo. Berganim mukofot, man qilganim jazo emas. Berganim sinov, man qilganim shifo. Shifo, gunoh degan kasaldan shifo.
Alloh lafzi bilan a la so'zi birga kelishi, ilzomi zotiyni bildiradi. Astadibillah, va mindaabbatin fil ardi illa ala allohi rizqu ha. A la allohi. Ya'ni a la kalimasi Alloh kalimasi bilan birga keldi. O'rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. Allohning zim masiga.
O'rmalaganki narsaning rizqi. Lafzi jalola bo'lgan Alloh so'zi. Agar a la lafzi bilan kelsa, mana shu komillikni Alloh Taolo o'ziga lozim qilganini dalolat qiladi. Ya'ni to'g'ri yo'lda bo'lish, Allohni zimmasida, rizqlarni yetkazib berishlik ham Alloh Taoloning zimmasida. Mana shu oyat bilan siz bilan bizni qalbimizga Alloh Taolo tashkentda xotirjamlikni joylab qo'ydi. O'rmalagan narsaki bor, rizqi meni zimmamda deyapti.
Har safar aytsam kulasizlar. Benzin ikki so'm tushdi a? Ikki so'm tishdi. Nimani aytmayapsizlar? Yuz so'm bo'ladimi benzin? Ikki yuz so'm bo'ladi benzin? Seni rizqing Allohni zimmasida. O'sha besh yuz so'mchi beradi o'sha benzinga qancha pulni. Ishonover birodar. Agar shu oyatni sen his qilsang, tushunsang va qabul qilsang, tirishchilik masalasini sen g'am qilmaysan. Muhimi sen mehnatni qilyapsan, Alloh aytgan sababni qilyapsan. Undan keyin nima bo'larkin deb g'am qilma. Sen haligi formuladagi plyus minuslar to'g'ri qil, tengni Alloh chiqarib beradi. Sen bu yoqda adashmasang bo'ldi. O'zi bu yoqda kasha qilib qo'ygansan. Endi tengni bossang chatoq chiqsa ana ko'rdingmi? Ha bu yoqda chatoq qiluvding da.
Qanaqa bo'larkin? Nima bo'larkin. Yana bir yil krizis bo'lar ekan. E, Xudo aytgani bo'ladi ey. Chunki Alloh o'zini zimmasiga olganligini aytyapti. Allohning zimmasiga, Alloh. Nima Allohni zimmasiga? O'malaganki narsaning rizqi. O'malagan aql yo'q jonivorni rizqini bergan Alloh. Aql xushi joyida, Alloh deyotgan solih bir mo'min bandasini rizqsiz qo'yib qo'yadimi? Shuning uchun bitta qoida, yigitlar.
Siz bola chaqangizni rizqini qilib bera olmaysiz. Siz bola chaqangizni odobini, axloqini, iymonini, tarbiyasini qilib bera olasiz. Rizq kimni zimmasida ekan? Qaranglarda, o'g'il bolalar, erkaklar, bizni ko'chada yurib, pul topishimizdan bitta maqsadimiz, bola chaqam mendan keyin nima bo'lib qolmasin, qiynalib qolmasin. O'g'illariga chek olib qo'yadi, uy solib qo'yad, nevaralariga ham chek olib qoyadi. Lekin tarbiyasi bilan ishi yo'q bolalarini.
Tushundinglarmi qoidani? Sizlar bolachaqiylarni rizqi ro'zini qilib bera olmaysizlar. Sizlar ta'lim tarbiyasi, iymon e'tiqodi, ilm ma'rifatini qilib bera olasizlar. Shuni qilinglar, u yog'i Allohnin qo'lida. Al Qohir so'zining ma'nosi. Al qohirso'zi qoharo, yaqhoru, qohiron ismi foili. Va qohortu shay'a. Bir narsaga qahr qildim, ya'ni bir narsani ustidan g'olib bo'ldim. Uni majbur qildim. Undan baland keldim, yengdim, mag'lub qildim. Ya'ni qahr bilan oldim. Ular rozi bo'lmasa ham shu hukmimni o'tkazdim. Mana shu qahr so'zini ma'nosi.
Imomiy termiziyada kelgan Abu Hurayra roziyallohining hadisida ya'juj ma'juj haqida aytib, Payg'ambarimiz aytadilar, ular aytishadi, ya'juj majuj. Qohir na manfil orf va alav na manfis sama, xos vatan va ulug'va. Yajuj ma'jud, yer yuzini tamomiy egallab bo'lganidan keyin, yerdagilarga qahr qildik. Ya'ni ularni xor qildik, majbur qildik, bo'yin so'ndirdik. Osmondagilardan oliy bo'ldik. Ya'ni qattiqlik va oliylik jihatidan deyishadi. Demak, birodarlar, qahr degani bo'yin so'ngdirish degani ekan. Alloh Taolo qahr qilar ekan, kimga?
Zolimlarga, tog'iylarga. Mana shu ustimdagi bir muhim nuqtani aytib o'tamiz. Alloh Aziz va Jahl faqatgina haddan oshganlarga qahr qiladi deb aytdik. Kibrga ketgan, haddidan oshgan, zo'ravonlik qilayotgan, haloyiqqa zulm qilayotgan. Mana shunday insonni ko'rganda, albatta norozi bo'lasiz. Ammo, ana shunday haddidan oshkan odamni nohaqligini, tajovuzini yo'q qilgan quvvatni ko'rganda, qalbingiz xotirjam bo'ladi. Bopladi deysiz.
Bopladi deyapsiz. O'zi shunga loyiq bo'lib qoluvdi. Ha, bechora demaysiz da. Demak, Alloh Taoloning Al Qohir ismi sizni qalbingizga xotirjamlik beradi. Xotirjam bo'ming. Haddidan oshganda Alloh Taolo o'zini o'rniga qo'yib qo'yadi. Mana shu Al Qohir ismining ma'nosi, birodarlar. Al Qohir ismining sig'ayi mubolag'asi, Al Qohhar. Al Qohir, qohira fe'lining ismi foyli. Al Qohir esa, Al Qohir ismlining sig'ayi mabolag'asi.
Al Qohir qahr qiluvchi. Al Qohir haddidan oshganlar har qancha kuchli bo'lsin, har qancha ko'p bo'lsin, Alloh baribir ustidan g'olib degan ma'no. Adadni, kamiyatni, ya'ni sanoq bilan miqdorini bildiradi. Sharqda bir katta mamlakat bor edi, o'ttiz yil avval. Yer yuzini besh marta yo'q qilib tashlashlikka kifoya qiladigan yaderniy bombalar, yaderniy qurollari bor edi. Atom bombalari bor edi. Alloh ularga qahr qildi, yo'q bo'lib ketdi. Bilasizlarmi, millionlagan odamlarning qonini oqizishlik evaziga, zulm bilan, qahr bilan Sovet Ittifoqi degan davlat tuzilgan edi.
Siz bilan bizni dinimizni yo'q qilishga yetmish yil harakat qilgan, masjidlarimizni yopgan, qo'yxona qilgan, novvoyxona qilgan. Ulamolarimizni quloq qilib qolmagan, boshqalarni otib o'ldirgan, kitoblarni kuydirgan Sovet hukumati uchta odam o'ldi, shu bilan yo'q bo'lib ketaverdi. Hech kimni kuchi yetadi deb o'ylashmas edi. Yo'q bo'lib ketaverdi.
Alloh Taolo al Qohir bo'lgan zot ekan. Hech kim yenga olmaydi, hech kimni kuchi ketmaydi deb turilgan tomonni Alloh Taolo mag'lub qilib qo'yishga qodir ekan. Kibrga ketgan, o'zini yo'qotib qo'ygan, haloyiq aziyat yetkazib, huzur oladigan, odamlarga zulm zo'ravonlik qilish bilan rohatlanadigan, nohaqqon to'kadigan tog'ilarni oqibati nima bo'lgan, bilasizlar? Shiravni oqibati nima bo'ldi?
Ehtimol yuz yil yashagandir, zo'r. Lekin oqibati nima bo'ldi? Namrudnichi? Qorinichi? Haddidan oshgan ot qavmin ahvoli nima bo'ldu? Mana shaddinda minna quva deyishgan edi. Ularga teng keladigan, bas keladigan kuch qolmaganida, yerda hammani bo'ynini sudirib bo'lishganida, kimni kuchayotadi bizga deyishgan edida. Bizga hech kimni kuchi yetmaydi deganida. Alloh Taolo nima qildi? Sahxora alayhim sab alay alin va taman yeta ayyamin husumi fatar al quvumma fihasi sor a ka annakhum a ajazi nahlin. Ha, uya. Shamol keldi, yetti kecha yu sakkiz kunduzi esdi, xuddi yerdan yulib olingan xurmo daraxtlariga o'xshab tashladi. Boshini uzib, buzib devorga urib, toqqa urib pachag'ini chiqarib tashladi. Alloh taolo aytdi, axir ular bilishmasmidi Alloh hamma narsadan kuchli, hammadan qudratli ekanligini?
Atrofingizni qarab ko'ring da. Siz ham topasiz. Qo'lida kuchi bor paytida, quvvati bor paytida, mansabi bor paytida, odamlarga jabr zulm qilib haddidan oshganlar, oqibati qanaqa bo'ldi? Mana kattalardan so'ranglar da yoshlar. Hech narsa bo'lmayotganga o'xshab yuribdi hech narsa bo'lamasdan shuncha odamga ham zulm qilsa, sen shoshmay tur. Sen shoshmay tur, oqibati nima bo'lishingni ko'rasan.
Hamma narsa birodarlar Alloh taoloning qahri va hukmronligi ostidan. Istadibillah. Matta hadallohi min valad. Va man ka'na man hu min ila. Idan la daha va kullu ilahin bima xolaqo, va la ala bag'duhum ala ba'dh, subhanallohi amma yasifun. Allohning bolasi yo'qdir va u zot bilan birga biron iloh bo'lgan emasdir. Aks holda, albatta har bir iloh o'zi yaratgan narsa bilan ketib, bir birlaridan ustun bo'lib olar edilar. Ya'ni har bitta iloh o'zini hukmini o'tkazish uchun harakat qilar edi. Natijada osmon yer buzilib ketgan bo'lar edi. Alloh ular aytayotgan sheriklardan pokdir. Alloh taolo bo'lishi mumkin bo'lgan ishlarni har bittasiga qodir. Bo'lishi mumkin bo'lgan hamma narsaga qodir. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emas. Mana Alloh aytyapti, agar iloh ikkita bo'lganida, bitta iloh ikkinchi ilohdan ustunlik qilaman debdi da, borliq yo'q bo'lib ketar edi. Bu borliq turishi uchun iloh bitta bo'lishi shart. La ilaha. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emas.
Buni soddaroq misol bilan tushuntiramiz. Siz yo tirik bo'lasiz, yo o'lik bo'lasiz. Bir vaqtni o'zida ham o'lik, ham tirik bo'lolmaysiz. Mana, bir vaqtni o'zida siz ham o'lik, ham tirik bo'la olmaysiz. Bunday bo'lishi mumkin emas. Yo tirik bo'lasiz, yo o'lik bo'lasiz. Shuning uchun aytyapmiz, Alloh Taolo bo'lishi mumkin bo'lgan har bir narsaga qodir.
Bir vaqtni o'zida siz ham gapirib, ham jim tura olasizmi? Bunaqa bo'lishi mumkin emas. Binobarin ilohni ham ikkita bo'lishi mumkin emas. Bu borliq yo'q bo'lib ketadi. Bu borliq bo'lmaydi agar iloh ikkita bo'ladigan bo'lsa. Shuning uchun Alloh'dan so'rayotganda noziynasi. Bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday narsani so'rang, Alloh hammasiga qodir.
Bo'lishi ma'qul bo'lgan har quanday narsaniso'rang, siz unga qodir emassiz, ammo alloh qodir. Banu Isroil dengizga taqalib qoldi oldin. Olti yuz ming yahudiy. Orqasidan Fir'avn keldi qo'shin bilan. Endi Banu Isroil qirilib ketishligi aniq bo'ldi. Alloh ularni qutqarishga qodirmi? Qodir. Bo'lishi mumkinmi bu ish? Bo'lishi mumkin. Muso alayhissalom uchun dengizni yorish mumkin emas. Ammo Alloh uchun mumkin. Bo'lishi mumkin bo'lgan ish. Dengizni yordi, chiqarib yubordi.
Yunus alayhissalom balandni qorniga tushdi. Inson zoti uchun mumkin emas uni qutqarishlik. Lekin bo'lishi mumkin isha bu. Alloh taoloni tiriltirib qo'ydi, baloni qonida o'ldirib qo'ymadi. Agar bir biriga qarama qarshi ikkita ilohi bor bo'lganida nima bo'lardi? Biri bitta narsani xohlasa, ikkinchisi boshqa narsani xohlar edi. Talash tortish bo'lardi. Albatta bu holatda ikkovidan bittasini g'olib, bittasini mag'lub bo'lishiga to'g'ri kelardi.
Endi iloh bo'lgan zot mag'lub bo'lishi mumkin emas. Binobarin, iloh ikkita bo'lishi ham mumkin emas. Alloh taolo aytyapti, Alloh'dan boshqa iloh yo'q. Ikkita iloh bo'lishi mumkin emas. Chunki irodasini, xohishini o'tkaza olmagan taraf ojiz bo'ladi, mag'lub bo'ldi. Endi mag'lub bo'lmagan, ojiz bo'lmagan taraf iloh bo'lishi mumkin emas. U Alloh azza va jalla, al vahidul ahad, al fardus salmat bo'lgan. Ulug'lik va quvvati mislsiz bo'lgan zot. Shuning uchun birodar biz Al Qohir bo'lgan Alloh bilan birga bo'lishimiz kerak, shunda odamlarning eng kuchlisi bo'lamiz.
Alloh taolo o'zi haqida aytdi yu, vahual qohiru favqul ibadihi. U Alloh o'zining bandalarini ustidan g'olib bo'lgan zon. Allohni hukmini o'tkazadigan zon. Alloh azza va jala o'zining jabaruti va qahrida hammadan ustun. O'zining jabarruti va qahrida hech kim Alloh bilan tenglasha olmaydi.
Abu Hurayro roziyallohu anhudan, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam robbisidan rivoyat qiladi, hadis hudsi. Alloh Taolo aytadi, al kibriya u ridayi va la'vromatu izariy, fama'nnaziya ani vahida minhuma qodav tuhufin nar. Ki bir yo mening ridoimdir. Ulug'lik mening izorimdir. Bas, kim u ikkisidan qaysi birini men bilan talashsa, bas uni jahannamga uloqtiraman. Abu Dovud rivoyat. Birodarlar ulkan, boy, qudratli mamlakatlar bor hozirda. Ular o'zlarini ulug'ligini boshqa erlarni xorlash ustiga qurishgan. O'zlarini boyligini boshqan millatlarni, boshqa davlatlarni faqir qilish ustiga qurgan. O'zlarining farovon hayotlarini, boshqa xalqlarni hayotini vayron qilishni ustiga qurgan. Bu haddidan oshgan xalqlar. Bundaylarni yer yuzida uzoq muddat davr surishi mumkin emas. Chunki davomiy bunday bo'lishi Alloh Taoloning adolatiga to'g'ri kelmaydi. Alloh bor, birodarlar. Alloh yakka zot.
Allohni tavhidiga to'g'ri kelmaydi, uzoqqa bormaydi bunaqalar. Biz uchun ellik yil, yuz yil, ming yil katta muddatga o'xshayapti. Lekin Alloh uchun bu muddat hech narsa emas. Kibri yo mening ridoim, ulug'lik mening izorim, bas, kim u ikkisidan birini men bilan talashadigan bo'lsa, uni men jahannamga uloqtiraman.
Aquli qovli ha da, astag'firullohu li valakum. Innallohu va malaka tahushsaluna alannabiy, ya yu halladina a'manu, sollallohu alayhi va sallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Bugun birodarlar, yig'im terim kunimiz.