MMaviza
Al-QohirTekshirilgan29 daq

18.02.2022 44-DARS / 2-QISM AL-QOOHIR / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
29:18
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu onista'inuhu onista'firuh. Va na'udhu billahi men surur yan husina va men sayyati amalina. Man yahdihillahi falamu zi'lalah va man yug'ililuhu falah hadiyalah. Va nashxadval la iloh ila alloh va hidahular shar'i kalah va nashxadanna muhammadana abduhu rasuluh. Ammavot assalomu alaykum va rahmatullohi tari va barakatu.

Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan, asmon xusnoz silsilasidan, Alloh Taoloning Al Qohir ismini dars qilayotgan edik, davom etkazgan bo'lamiz. Oliylik va g'oliblik Al Qohir ismining lavozimlaridan, ya'ni taqozosidan. Mutloq oliy bo'lish, mutloq g'olib bo'lish faqatgina Alloh subhanahu vataologa xos. Vahvol qohiru fovqa ibadi. Alloh Taolo o'zi haqida aytadi. Uning o'zi bandalari ustidan g'olibdir. U Zot, azza va jalla, barcha barchani O'zini hukmiga bo'yin surdirgan. O'zini xohishiga bo'yin sur dirgan. Uning ulug'ligi, azamatini oldida butun borliq taslim bo'lgan.

Ayrim olimlar aytishadi, Al Qohir xor qiluvchi, maxluqotlarni bo'yin sindiruvchi va ulardan oliy martabada bo'lgan Zot ma'nosini bildiradi deyishadi. Alloh Taolo O'zini maxluqotlerni xor qiluvchi dedi. Ya'ni, bandalar agar hadlaridan oshadigan bo'lsa, tug'yonga ketsa, fasod tarqatishga o'tadigan bo'lmasa, ularni xorlashlik bilan ularni ustidan g'olib bo'ladi. Alloh azza va jalla oliy, maxluqotlari past. Alloh Taolo bo'yin so'ndiradi. Alloh Taolo xor qiladi haddidan oshsa, lekin Alloh ana shu xor qilishligini O'zida odil va rahmli dir. Alloh Taolo hamma narsani bilib turadi. Gapirsak eshitadi, jim tursak qalbimizdagina bilib turadi. Harakatlansak buni ham ko'radi. Robbimiz faqat o'zidan duo qilib, hojatimizni so'rashlikka buyuradi.

Shuning uchun siz bilan bizga qiyin bo'lgan narsa Alloh uchun qiyin emas. Shuning uchunga mumkin, ya'ni bo'lishi mumkin bo'lganki narsani so'rashdan Alloh'dan uyalmaslik kerak. Shuning uchuncha imom bilan yashashlik mo'minni aziz qiladi, quvvatli qiladi. Imom bilan yoshlik bandani hayotini rohatli qiladi. Hayotida rozilik bo'ladi. Shuning uchun birodarlar, biz o'zimizni azizligimizni Alloh bilan deb bilishimiz kerak. Agar biz o'zimiz azizligimizni Alloh bilan deb bilsak, mana shu azizligimiz davomiy bo'ladi. Agar biz o'simizni azizligizni qo'limizdagi dunyoyimiz bilan yoki bir tanish bilishlarimiz bilan, qo'yingki, maxluqotlardan birontasi bilan o'zimizni eziz bilan ekan bo'lsak, bu azizlik uzoqqa bormaydi.

Alloh azza va jallaning al qohir ismidan bandalar qanday ulush nasiba olishligi kerak. Istadibilla, valladina ida asobaxun ul bag'yu hum yantasirun. Mo'minlarni Alloh Taolo maqtab aytadi, ular shunday zotlarki, o'zlariga zulm yetganida, zulmga qarshi kurashib, g'olib bo'ladigan zotlar. Mana ayrim dinlarda o'ng betingga ursa deydi, chop betingni tutib ber deydi.

Bu to'g'ri emas. Alloh taolo aytyapti, meni mo'min bandalarim, agar ularga biroz zulm qilsa, zulmga qarshi kurashadi. Kurashib, g'olib bo'ladi, yengadi. Shuning uchun taslim bo'lib qolish, xorlanish, sustkash bo'lish, shijoatsiz, g'ayratsiz bo'lish, bu mo'min kishiga yarashadigan sifat emas. Chunki mo'min Alloh bilan birga bo'ladi. Unga suyanadi. Undan panoh so'raydi. Mo'minga yarashmaydi ojizlik. Chunki mo'min Al Qohir bo'lgan Robning bandasi. Mo'min Al Qoviy bo'lgan Robning bandasi. Mo'min Al G'oniy, boy bo'lgan, behojat bo'lgan Allohning bandasi. Bunaqa robning bandasi xor bo'lishi mumkin emas.

Valladina ida asobaxumul bog' yuhum yantasirun. Ular shunday zotlarki, mo'minlar, ularga agar zulm yetadigan bo'lsa, mana shu zulmga qarshi kurashib, yengadigan odamlar. Agar siz mustaqil bo'lib turib, Allohni amri nahisida qoyim bo'lib turib. Allohni rozi qiladigan ishlarda toim bo'lib turip, Alloh menga yordam bermaydi, meni himoya qilmaydi deb gumonga borgan bo'lsangiz, bu gumoningiz yomon gumon. Chunki Alloh Taolo o'zini, mo'min bandalarini hech qachon yordamsiz tashlab qo'ymaydi. O'zini yaxshi yurgan bandalarini Alloh azoblamaydi.

Qaytarib aytaman, Alloh o'zi yaxshi yurkan bandalarni azoblamaydi, ha mo'minlar azoblanyapti yu, desa, o'zlari qilgan ishga yarasha mukofotini olyapti. Nima musibat yetsa deyapti Alloh Taolo, o'zinglar qilgan ish tupayli yetadi, yana men ko'pini kechirib turaman deydi. Ya'ni siz agar haqda tursangiz, fe'l atvoringiz aynimagan bo'lsa, sizni ustingizga hech qachon balo kelmaydi.

Alloh Taolo so'rayapti, e, sizlar iymon keltirib, shukur keltirsanglar, nima qiladi Alloh azoblab sizlarni? Allohga kerakmi? Kerak emas. Alloh yaxshi ko'rgan bandasini azoblamaydi, besabab. Endi keldimi bir musibat? Bir sababi bor buni, qidiring. Yahudiylar bilan nasroniylar biz Allohning farzandlarimiz, Allohning o'g'illarimiz deyishar edi. Astadibilla, voqolatil yahudu va nasoronahna abnaullohi va ahibbauh. Alloh aytyapti Qur'onda, yahudiy va nasroniylar biz Allohning suyukli bolalarimiz derdilar.

Ularni mana shu da'volarini Alloh Taolo rad qildi. Shu oyatni davomida astadilloh, qul falima yu ordi bukum bi dunyu bi kun bal an tun basharun minman holaq. Ha sizlar Allohni farzandlarimiz, Allohni suyukli aziz bandalarimiz deyapsizlar. Ayting, ey Muhammad alayhissalom, unda nimaga sizlarda Alloh gunohlaringlar sababli azoblaydi? Yo'q. Sizlar ham Alloh yaratgan boshqa bandalar qatori bandasizlar.

Mana shu oyatdan Imom Ushofi iste'mol qilib aytadiki, Alloh o'zining yaxshi ko'rgan bandalarini azoblamaydi. Alloh o'zi yaxshi ko'rtgan bandalarini besabab azoblamaydi'. Ishingiz yurishmayapti. Sababini qidiring. Dardingizga shubha topilmayapti, sababini qidiring. Molingiz musodara bo'ldi, sababiniq qidiring. Robbimiz aytyapti, ey, shukur keltirib, iymonli bo'lsang, men nima qilaman azoblab seni?

Endi bir musibat keldimi? Alloh aytyapti, o'zinglar qo'linglar bilan qilgan ish tupoyga keladi deyapti. Xudoyim bandasiga mehribondir, vo lekin bandasi o'zi yomondir. Qur'onda kelgan qissalar. Bu kim uchun keltirildi? O'tib ketgan ummatlar uchunmi? O'lib ketganlar uchunmi? Yo'q. Qur'ondagi qissalar siz bilan biz uchun keltirildi. Ana shu qissalarni eshitib, undan xulosa ibrat olishigacha.

Ahmoq odam bilan aqlli odamni farqi bor. Ahmoq odam bir xatoga yo'l qo'yib, adabini yeb, shu xatosidan dars oladi. Ahmoq o'zining xatosidan dars oladi. Aqlli odam o'sha ahmoqni xatosidan dars olib qo'yaveradi. Tushunarli bo'ldimi? Ahmoq bo'lgandan keyin yana ahmoq bo'laveramiz. O'sha bitta tushgan chuqurni yana qaytib qaytib bosaveramiz oyog'imiz bilan.

Bola bilan yurma bola, bu yaxshi odamlar emas, sherik qilib olganlar deb otangiz aytdi, domlangiz aytdi. Ay dedingiz, yurdiz. Bilmaysizda bularni kimligini. Adabiyizga yana ajramaydi da. Xo'p, demak, Qur'on qissalari. Undan siz bilan biz ibrat olishimiz uchun Alloh Taolo keltirdi. Endi, mana Alloh Taoloning qahri haqida va Alloh Taoloning g'olibligi haqida kelgan mana qissalar. Allohning qahri va uning g'oliblig haqidagi qissalar.

Siz bilan biz Alloh Subhanahu va Taoloning mo'min bandalari qatori bo'lishi mumkin bo'lgan narsani Allohdan so'rashdan uyalmasligimiz kerak. Ya'ni siz uchun mumkin emas. Siz uchun mushkul, lekin Alloh uchun hech narsa emas bu. So'rang. Bo'lishi mumkin bo'lgan narsa Alloh'dan so'rang. Chunki bo'lishi mumkinki bo'lmagan narsa ham bo'lishi mumkim da, masalan. Nima degani bu? Alloh o'ziga o'xshagan ilohni yarata oladimi desa, bu savolga javob berilmaydi. Chunki ikkita iloh bo'lishi mumkin emas.

Alloh o'zi ko'tara olmaydigan bitta bir katta xarsang toshni yaratishga qodirmi, qodirmasmi? Bu savolga nima deb javob bersangiz ham noto'g'ri bo'ladi. Ha desangiz ham, yo'q desangiz ham. Ha desangiz, ha, demak, teoreticheskiy allohni kuchi yetmaydigan narsa ham bor ekan da degan fikr paydo bo'ladi. Yo'q, Alloh bunaqa toshni yarata olmaydi desangiz, e Allohni qo'lidan kelmaydigan ish ham bor ekanda, degan fikr keladi. Shuning uchun siz Alloh'dan so'rang bo'lishi mumkin bo'lgan narsani. Bo'lishi mumkin bo'lmagan narsani so'ramang.

Qur'ondagi Alloh Taoloning qahri haqida va uning g'olibligi haqidagi qissalar. Bali qorniga tushib qolgan Yunus alayhissalom qissasi. Bu ham qissa, ham hayotda ishlaydigan qonun. Bir odamki, tasavvur qiling, bir og'ir kasali bor.

Topish tutishi ham yaxshi emas. Muammo hayotida. Ishxonasida ham ahvoli yaxshi emas, ayoli bevafo, farzandlari noqobil. Mana muammo. Rosti mana muammo. Puli yo'q, dardi bor, ishxonada obro'yi yo'q, xotini vafodor emas, farzandlari noqobil. Mana shu odam aytadiki, eng katta muammo menda deydi. Haqiqatdan qarasangiz muammosi kichkina emas. Endi mana shu odamni tasavvur qiling, katta, ketdi qorniga tushib, suv tagiga kirib ketdi ketdi.

Endi uni mana shu muammosini oldida, tepada qolgan muammolar muammo bo'ladimi? Mana endi baladi xoniga tushib qoldi. Yuqorida aytilgan muammolarni birontasi uni oldida muammo bo'lib ko'rinadimi? Yunus alayhissalomni balog' yutug'i yubordi. Nima tufayli? O'zini qilgan xatosi tufayli. Aytyapmiz ku, Alloh o'zining mo'min bandalarini azoblamaydi. Besabab. Yunus alayhissalom Alloh yaxshi ko'rgan bandalardanmidi? Payg'ambar edi, yaxshi ko'rar edi. Endi nimaga bu musibat tushdi? Ana shu qavmini, naynavo qavmini, Yunus alayhissonom Allohning iznisiz tashlab chiqib ketganidan. Mana xatosi uchun baladi qorniga tushdi.

Ey Xudo, men Senga nima yozuvdim? Ey Xudo, qaysi qilgan gunohim uchun degan gaplar gapirilmay qo'ydi a? Banda xotirjam bo'l. Boshingga musibat keldimi? Albatta bir sababi bor buni. Faqat qidir. Fanada fil zulmatiy alla ilaha illa anta subhanaka innikuntu minal volimin. Yunus alayhissalom, qorong'u zulmatlarda turib, hech iloh yo'q, magar o'zing bordirsan, ey pokiparvardigor, darhaqiqat men o'z jonimga jabr qiluvchilardan bo'lib qoldim degan paytini eslang.

Ey Xudo, meni nimaga baliqni qorniga tushirib qo'yding demayapti. O'zimga o'zim zulm qilib oldim, o'shaning uchun baliqni qoriniga tushdim deyapti. Farzandingiz noqobil bo'lgan bo'lsa, farzandingizni malomat qilavermang ota. Chunki uni shunaqa bo'lishiga eng birinchi javobgar va mana shu bir noqobilligiga xizmat qilgan odam sizsiz. Ehtimol, halol haromiga qaramasdan olib kelib yurgizgandirsiz. Ehtimoli ota onangizni dilini og'ritgandirsiz.ehtimol, haloyiqlarni haqqini aytgandirsiz.ehhtimol, qarg'ish olgandirsiz. Qandoq balo kunda tug'ilib qolgansan? Nimaga falonchi oyda bolasiga o'xshamaysan? Demang amaki.

Ma'qulmi? Aybni o'zimizdan qidiraylik da. Shikoyat ham qilmay qo'yamiz hayotda. Yunus alayhissalom qissasi bo'lib o'tdi. Mana baloni qornidan chiqib ketdi. Shu bilan tugadimi ish? Bu oyatlarni hikmati tugadimi? Yo'q, birodarlar. Hayotda bu qissa yana takrorlanishi mumkin. Ha, har kuni takrorlanadi. Bolangiz noqobil chiqdimi, demak baliqni qorniga tushdingiz, musibat degan baliqni qornga. Ishingiz yurishmayaptimi? Topganingizda baraka yo'qmi? Musibat. Baliqni qori o'sha ham. Bularni birontasi kelmaydi mumiga, illo o'zini qilgan fe'li atvor tufeyli keladi.

Bu qissa har kuni takrorlandi, birodarlar. Mana Payg'ambarimiz Yunus alayhissalomning baladi qornidan chiqib ketganligini bizga xabarni berdilar. Va najjayna hu minal g'om deydi Alloh Taolo. Biz Yunus alayhi salomni mana shu g'amdan, g'ussadan qutqardik dedi. Keyin nima dedi? Vo kada alika numjil minin. Biz mo'minlarga mana shunday najot beramiz. Yunus alayhissalom muammosi bitdi, baladi qornidan chikdi. Tuyadimi qissa? Yo'q, davomi bor. Vakaday lekin num jil muminin. Bundan keyin yashaydigan mo'minlarni Alloh mana shunday najotga chiqaramiz deyapti. Yunus alayhissalomni qarangda analiz qilaylik qisqagina. Payg'ambar bo'lib keldi. Vazifasini bajardi. Qavm qavmul qimodi, qavmini tashlab chiqib ketdi. Xato o'zidan ketdi. Baloda qorniga kirdi, tasbeh aytdi Allohga. Keyin chiqib ketdi shu. Mana shu qoida siz bilan bizni ustimizda ham ishlaydi.

Zimmamizda vazifa bor, burch bor, zo'r bajaramiz, yoki bir xato yo'l qo'yayotgan bo'lsak, albatta uni mukofoti, qo'shtirnoq ichidagi mukofoti keladi. Endi bu musibatdan chiqib ketishni yo'li nima ekan? Yana Allohga qaytishlik. Siz yo'lbasdan qo'rqsangiz, yo'lbasdan quchasiz.

Siz jarlikka qulab ketishidan qo'rqsangiz, jarlidan qochasiz. Ammo Alloh Taolodan qo'rqgan banda Alloh Taoloni o'ziga qochadi. Tushunarli bo'ldimi? O'sha qo'rqayotgan narsangizga kirib qolishingizdan xavotiringiz borligi uchun qochasiz undan uzoqqa. Qo'rqadigan narsasidan inson qochadi undan uzoqqa. Ammo Allohdaan qo'rqqan banda Allohga qaytadi. Yunus alayhissalomni baliqni qorniga Alloh tushirdi fe'li sabab. Endi chiqaradigan ham kim edi?

Bu qissa, birodarlar. Hayotimizda har kunida ishlaydigan qonun bo'lishini xohladir opimiz. Bu qissa biz uchun, birodarlar, biz mo'minlarga mana shunday najot beravermiz. Qur'ondagi qissalar. Alloh azza va jallaning al qohir ekanligi. G'olib ekanligini siz bilan bizga bayon qiladi. Muso alayhissalomning Fir'avn bilan bo'lgan qissasi.

Misrdan chiqdi, Banu Isroilni olib Muso alayhissa salom. Dengizni oldiga yetganlarida, bu katta olti yuz ming kishilik karvonni orqa tomonidagilar, Fir'avn o'zini qo'shini bilan ularni qirib yakson qilgani kelayotganligini ko'rishdi. Ularni to'sib qoladigan hech narsa yo'q. Stadi billa, qola ashabi Muso inna alamudrakun. Musoning hamrohlari tamom bo'ldik, tutildik deyishdi. Chunki orqada qo'shin kelyapti, oldida dengiz turibdi. Qochib keta olmaydi. Muso alayhissalom nima dedi? Qola, kalla inna ma'iya robbi sayahdin. Yo'q. Aniqki, men bilan birga Parvardigorim bor.

Albatta, U meni najot yo'liga boshlardi, dedi. Alloh Qohir bo'lgan Zot. Ana shu Manu Isroilni quvib kelayotgan o'sha zamonning eng qudratli qo'shini dengiz tagida qolib ketdi. Manu Isroildan bitta odam kechchaga olib turayotgani yo'q bu qo'shinga qarshi. Chunki Al Qohir bo'lgan Robbisi ularni saqlashni xohladi, Fir'avnini suv tagiga tiqib tashladi.

Chunki aytdi, Alloh Taolo Al Qohir bo'lgan Zot, butun borliqni o'zini hukmiga nima qilgan? Bo'yin sindirgan. Ularni ustidan g'olib. Bu ulug' anbiolardan birodarlar dars olishimiz kerak, ibrat olishimiz kerak. Allohga bo'lgan ishonchini, iymonini ko'ring. Ular o'zlarini Robbisiga bo'lgan iymoni bilan, Robbisi bilan aziz deb bilgan. Qo'lida uch to'rt chaqasi yo'q odam, o'zini xor deb his qiladi. Dunyosi yo'q, quvvati yo'q, mashinasi yo'q, chiroyli yo'q, xor bo'lib yuradi. Chunki o'zini shu narsalarsiz xor deb biladi. Endi biroq Alloh Taolo unga mana shu narsalarni hammasini birdaniga berib qo'ysa, endi aziz bo'lib qoladi.

To'g'rimi? Eski qadrli avlodlar bilan muomala qilmay qo'yadi, yangisini qidirib qoladi. Mana oshxonada ovqat yemay qo'yadi, mana soat tashlab boshqasini tushunaylik a. Demak bu odamni azizligi, xorligi dunyo matohi bilan edi. Lekin mo'min o'zini azizligini iymoni bilan deb biladi. A iymoningizni hech kim tortib ololmaydi bir qadar.

Savr g'orida o'tirgan Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallam. Mushriklar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Makkadan chiqib ketganligini bilganlaridan keyin, u zot sollallohu alayhi vasallam va sherigi Abu Bakr Siddiqni tirigi yoki o'ligini topib kelganga yuzta tuyani mukofot qilib va'da qilishdi. Butun kurash oyoqqa o'tirdi. Iz quvvori ham, iz quvvar bo'lmagani ham chiqib qidirishni boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ana shu savirg'orga chiqib, uch kun o'tirdilar.

Juda ajib qilsa da, Payg'ambarimizni hayotini o'qirkanmiz, ichidagi ibrat, va'z nasihatlarni tugamasligini ko'ramiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqib, Madinaga yursalar, shimol tomonga qarab yurish kerak. Ammo u zot janubga qarab yurdilar. Va o'ndan ortiq sababni qildilar, qurishning qo'liga tushib qolmasligi uchun. Ana shu sabablardan bittasi g'orga chiqib o'tirish edi.

Lekin u qilgan sabablarni birontasi foyda qilmadi. Baribir g'orni og'ziga chiqishdi. G'orda, oldida turishibdi. Abu Bakr Siddiq va Rasululloh g'orda turib, ularni oyoqlarini ko'rib turishibdi. Ukalar, tushuninglar. Siz bilan bizni qilayotgan ishimiz, bir natijaga erishishimiz uchun, bor yo'g'i sabab. U natijani Alloh xohlasa beradi, bo'lmasa yo'q. Siz sababni qilishga javobgarsiz, natija Allohdan. Sababni qilib turib ishonib qolmang. Sababni qib turib aniq yetaman demang.

Mana Muhammad alayhissalom xabarni yashirib, Abu Bakr Siddiqning uyiga xabarda aytgani kirdi, yuzini to'sib chiqdilar, bir. Kunni issig'ida chiqdilar Makkadan Abu Bakrning uyiga chiqib xabar bergani. Odamlarning uyida o'tiradi ikkita. Kirib ichkariga, xabarni maxfiy qilish uchun qizlaringizni tashqariga chiqaring dedi. Xabarda aytgandan keyin uyni paradniy xotidan emas, chorniy xotidan chiqib ketdi.

Kechqurunda uydan chiqdi. Shimoga emas, janubga qarab yurdi. G'orga chiqdi, uch kun o'tirdi. Abu Bakr Siddiq va Payg'ambarimiz mingan tuyalarni izini yopish uchun Abu Bakrni o'g'li qo'ylarni haydab ketdi izni yopish uchunga. Nechta sababni qilgan bo'lsa ham, bu sabablarni bittasi foyda qilmadi. Shuning uchun qoida. Sizni maqsadingizga, ko'zlagan maqsadingiziga aniq yetkazadigan yuz foizlik sabab bo'lmaydi.

Yuz foizlik sabab Alloh Taoloning xohishi. Tushuninglar. Sababga suyanmanglar. Akangizga, ukangizga suyanmang. Pulingizga suyanmeng. Orttirib qo'ygan pressingizga ishonmang. Yonib ketishi mumkin u pressingiz. Hayvonlaringiz och qoladi. Yem olib qo'ydim ikki tonna, bo'ldi, zo'r yashaydi endi mollarim. Ha, sababni qilamiz. Xuddi tavakkal qilishni bilmaydigan odamni haqqiramiz, sababni zo'r qilamiz. Lekin sababni zo'ri qilgandan keyin hech narsa qilmagandaqa parvardigor deb yalinamiz. Mana shu mo'minni pozitsiyasi bo'ladi.

Sizni ko'zlagan maqsadingizga olib boradigan, aniq ishlaydigan yuz foizlik sabab yo'q. Yuz foizlik. Sabab allohni xohishi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam abu bakr siddiqni yig'layotganligini ko'rib, nimaga yig'layapsiz abu bakr? Abu Bakr Siddiq, yo Rasululloh, agar hozir engishib, oyog'ini tagiga qarashganida, g'orni ichiga, bizni ko'rib qolishar edi, dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima dedilar? Ma vonnuka ya Abu Bakr bi isnayn allohu salihuhu ma' uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida nima deysiz? Uchinchi sherigi alloh bu ikkita odamhaqida qanaqa gumondasiz dedi. Tushunyapsizmi? Sababni qilib qo'yib turib, Alloh deyapti Payg'ambarimiz. Alloh saqlashni xohladi, birontasi engishib qaramadi, agar qaraganda ham ko'rmas edi.

Qani endi shu yerda bir nozik narsa bor. Mana Payg'ambariz shuncha sababni qilib, g'orga chiqib o'tiribdilar. Qorash baribir topib keldi. Endi bitta sabab qoldi. Ular turishibdi g'orda oldida gaplashib, Payg'ambarimizni Abu Bakr asrida ko'rib turishibdi. Bitta sabab qolibdi, Payg'ambarimiz Abu Bakr asrdek qiladigan. Nima sabab? Indamay o'tirishi.

Insoniy sifatda qiladigan bitta jim o'tirish edi. Jim o'tirdi, bo'ldi, ketdi. Ey Abu Bakr, uchinchi sherigi Alloh bo'lgan ikkita odam haqida qanday gumondasiz? Qurish mushriklari Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning tirigi yoki ulugiga yuzta tuyani mukofot qilib tikishdi.

Orqasidan suroq oti numalik al jushumi quvolab bordi. Payg'ambarim sallallohu aleyhi vasallam bir necha marta qo'lini ko'tardilar, otining oyog'i yerga sanchilib qolib yiqilib tushdi. So'roqqa kelib, o'zini yo'l tadorigini, safar anjomlarini taklif qilganda qabul qilmadilar. Balki bizni ko'rganingni kurashga aytmaysan deb Payg'ambarimiz shart bilan jo'natdilar, qaytib ketdi. Qaytib ketayotganida, ey so'roqqa, kisloroning biling uzuklarini qo'lingga tashsang, ahvoling qanday bo'larkan dedi.

Robbisiga bo'lgan iymonni ko'ring. Chunki muhammad alayhissalomning robbizi al qohir bo'lgan zot. Hamma narsani bo'ynini sindiradi. Ha, ey Xusorog'im, men Madinaga yetib boraman. Sog' salomat. Davlat bino qilaman, qo'shin to'playman. Musulmonlar Forsiyaga qarshi jang qiladi va bularni hammasi seni aslingda bo'ladi, ey Suroqa. Ha shunday bo'ldi. Musulmonlar Umarini Xattob xalifalik davrida fath qilishdi Madoinni. Ana shu Payg'ambarimiz va'da qilgan Hisroni bilay uzuklari, musulmonlarni qo'liga keldi va Suroqani qo'liga taqishdi.

Payg'ambarimni sollallohu alayhi vasallam o'zining robbisin al qohir ekanligini yaxshi bilar edi. Va Robbizga mana shunday bir suyangan tavakkal qilgan bandi edi. Sollallohu alayhi vasallam. Rasulullohni qurish, da'vat qilishidan man qilib qo'ydi. O'n yil da'vatdan keyin mana Abu Tolib vafot etdi. Hadichoramiz vafot etdilar. Shunda Rasululloh Makka ahlidan umidini uzib, Toifga chiqib, ularni da'vat qildilar, ammo Toif qabul qilmadi. Toshbo'ron qilib haydashdi.

Mana endi qaytib Makkaga kirgani xavotir bor. Agar aytishim mumkin bo'lsa, ana shu paytda islomiy da'vatning kichkina qiyomati qoyim bo'lib qolgan edi. Makkaga qaytishga majbur. Makkadagilar Payg'ambarimizni sehrgar degan, jinni degan, yolg'onchi degan, qatl qilishlikka jur'ati bor. Toifdan toshbo'ron ham borib qaytib keldilar. Mana endi boradigan joyi yo'q, Makkadan boshqa.

Shunda u zot bilan chiqqan zaydumni xorisa, yo rasululloh, qanday qilib kirasiz makkaga? Dedi. Vallohi payg'ambarimiz allohga bo'lgan ishonchini ko'ring, ajibligini. Qalbini, inson qalbini xotirjamlikka to'ldiradigan so'zlarni aytdilar. Innalloha nasiru nabiya. Albatta alloh o'zini payg'ambariga albatta yordam beradi dedi.

Oldida hech narsa yo'q. U zotni makkaga kelsa himoya qiladigan hech kim yo'q. Hech qanday quvvati yo'q qo'lida. Lekin allohga bo'lgan iymoni bor. Hozir ham ummatu muhammadiya, ummatlarning oxirgi safida turgan payti, ularni yuksalikka olib chiqadigan bironta bir qo'lida bir sababi yo'qligini ko'ramiz. Lekin biz aniq ishonamiz bu roddalar. Alloh ummatni aziz qilishlikka qodir. Garchi qo'lida hech narsasi bo'lmasa ham, faqat ummat, Alloh ularni aziz qilishligiga loyiq bo'lishligi kerak.

Umidsizlik hayotimizdagi eng xatarli narsa. Tushkunlikka tushib qolish. Tugadi, tamom bo'ldi deb o'ylash. Sen banda, Alloh bilan birgasan. Buni unutma. Alloh Taolo o'zini bandalarini tashlab qo'ymaydi. Alloh o'zining yaxshi ko'rgan bandalarini yordamsiz tashlab qo'maydi. Astadibillah. Valang ya terakkum a amalakum. U Alloh qilgan amallaringizni savobini mukofotini kamaytirmas. Vala tahinu vala tahzanu an tumul a'laun in kun tum umining. Ustlashmanglar, g'amgin bo'lmanglar. Agar haqiqiy iymon egasi bo'lsanglar, sizlar g'olibsizlar, sizlar oliysizlar. Al qohir bo'lgan robbimiz aytyaptilar, shart haqiqiy iyman egasi bo'ladigan bo'lsanglar.

Hamma quvvatni egasi bo'lgan Alloh bilan birga bo'lishing, birodarlar, eng yaxshi holating seni. Al qohir bilan zot bilan o'zingni aziz bilishing. Al qohir zot bilan o'singni aziz bilishing, uni qudratidan quvvat olishing. Azizlik va karomatni unga qulchilik qilishda deb bilishing. Va tilkal ayyam unudaveli habayna nas. Ha, musulmon ummati hozir kuch quvvatda, ummatlarning peshvovalari qatorida emas. Robbimiz aytyapti, va mana shu kunlarni, ya'ni g'olib bo'lish, mag'lub bo'lish, baland bo'lish, past bo'lish kunlarini odamlar orasida aylantirib turamiz. Agar yer yuzini Alloh Taolo faqatgina kuch quvvat egalariga topshirib qo'yganida, kofirlar mo'minlarni tushkunlikka, umidsizlikka tushirishib yuborgan bo'lar edi. Agar yer yuzini Allohni Taolo faqatgina mo'minlarga topshirib qo'yganida, odamlarning juda ko'pchiligi mo'min bo'lmaganlari musulmonlarga nisbatan ikkiyuzlamachilik, munofiqlik qilishgan bo'lar edi da. Shuning uchun aytayapti Allohni Taolo, bu kunlarni odamlarning orasida aylantirib turamiz. Gohida, yer yuzida kofirlar kuch quvvati usti bo'ladi. Yana bir davr keladi, mo'minlarning qo'lida boradi dunyo. Bizni nasibamiz birodarlar, mana shu davrga to'g'ri kelibdi.

Musulmonlar zaif bo'lib turgan paytga to'g'ri kelibdi. Lekin biz sabr qilamiz, umid qilamiz. Zero Alloh Taolo mo'min bandalarini hargiz yordamizni tashlab qo'ymaydi. Aqul u qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malakati hushsaluni alannabi. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vas sallam.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish