Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalam ala shirofil mursalin va ala alixiy vas habihaj ma'il. Allohumma alimnama ya'mfauna va fa'na bima alamtana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal botila botilan va rizqu najidinaba va ja'inna minma yestami un al qovli fayetabiunna husana. Vodixin la bi rohmat aka fiyin ibod aka solihayn ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Asmonu xusno silsila darslarimizdan navbatdagisi. Alloh taoloning go'zal ismlaridan al a'la ismini o'qiyotgan edik. Bugun uchinchi darsimiz. Alloh azza va jalloh Qur'onni marhamat qiladi. Sabbiha ismi robbikal a'la. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringiz nomini har qanday ayb u nuqsondan poklang. Al a'la. Hamma narsadan oliy, eng oliy zot.
Payg'ambarimiz duo qilganlar. Allohimahdiniy fiy man hadayit. Allohimahdiyniy fiy man hadayt. Parvardigor, meni sen o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida hidoyat qilgin. To'rtta ne'mat. Hidoyat, sog'liq, kifoyalilik va tinchlik. Mana shu to'la ne'matni Alloh Taolo qaysi bandani ustida jamlagan bo'lsa, shu bandasiga ne'matini to'liq qilib beribdi. Endi mana shu to'liq ne'matni ichida eng avvalgisi hidoyat turadi. Hidoyat degan ne'matni bir raqami bilan belgilaylik. Orqasidan sog'liqni nol deb yozaylik. Demak bir odamga Alloh hidoyat va sog'liq bergan bo'lsa, o'n raqam bo'ldi. Endi buni yonboshiga kifoyalik, bir narsaga muhtoj bo'lmaslik degan ne'matni berdi. Uni ham bitta nol deylik. Bir, ikkita nol, yuz bo'ldi. E endi Alloh Taolo buni orqasidan tinchlik ne'matini berdi. Bir, uchta nol, ming bo'ldi. Hidoyat, sog'liq, kifoyalik va tinchlik. Shunday qilib, shu nollarni yozib ketaylik. Soliha ayol bitta nol.
Salohiyatli farzandlar yana bitta nol. Keng hovli yana bitta n ol. Shunaqa qilib yozib ketaversak, kimdadir yuz ming bo'ladi raqami. Kimnidir raqami o'n million bo'ladi. Endi mana shu o'n millionni oldidan birda olib qo'ysangiz, necha qoladi? Nol qoladi. Shuning uchun birodarlar, bir insonni Alloh Taolo hidoyat bilan ne'matlamagan bo'lsa, hidoyat bermagan bo'lsa. Qolgan dunyodagi hamma kengchiliklarni bergan bo'lsa, bu odamga berilgan ne'mat to'liq deyilmaydi.
Ali ibn Abit olib aytadi: kimga Alloh Taolo hidoya, sog'lik, kifoyalik va tinchlikni ato qilgan bo'lsa. Bas, bu bandasiga Alloh ikrom ko'rsatibdi. Bu kishi uchun dunyo ne'matlari to'liq berilibdi. Hidoyat, sog'lik, kifoyalilik, muhtoj bo'lmaslik va tinchlik. Bormi shu ne'mat ustimizda? Alhamdulillah, robbil alamin. Juda ko'pchiligimizni ustimizda bor bular. Faqat bularni ne'mat ekanligini his qilmaymizda.
Bir odamga tirikchiligingiz nima bo'lyapti desa, xudoga shukur yetib turibdi deydi. Ha, demak, rasulullohni duosi sizni ustingizda ijobat bo'libdi deysiz. Desangiz qanday deydi? Qanaqa duo? Asarlarda keltiriladi payg'ambarimizni duosi. U zot allohumma man ahabbanin faji al risqohu kafafan. Degan ekanlar. Ma'nosi qanaqa? Parvardigor, kim meni yaxshi ko'rsa, muhammad alayhissalom akam yaxshi ko'rsa, bas uni rizqini kifoyalik qilgin, degan ekanlar. Birovga muhtoj bo'lmayapsizmi? Topganingiz kamikasizni yopib turibdimi? Seyfda yo'q, divan tagida yo'q. Yo'q da unaqa, kerak bo'lganda bityapti ishingiz. Mana shu odamga Payg'ambarimizni duosi, duosi haq bo'libdi. Demak, hidoyat, sog'lik, kifoyalilik, tinchlik ne'mati kimga berilgan bo'lsa, dunyoni ne'mati komil qilib berilibdi. Bu Ali ibn Abit olibning so'zi.
Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar, qaranglarda birodarlar, biz shu noshukurmizda, biz g'ofilmizda, biz insonmizda unutuvchi. Rasululloh aytyaptilar, Imom Buxoriy va Termiziydan keltirilgan hadis, man asbaho ming kun aminam fin serbixi, muaffofiy badanixi, va inda hu quvta yavmixi, ka annama hizzatlahu dunya.
Sizlardan qaysi biringiz qalbi xotirjam tong ottirsa. Demak, yurti tinch, boshida tomi bor, yotadigan ko'rpasi bor. Muaffofiy badanihi. Jasadi sog'lom bo'lsa dardlardan. Va inda hu quvta yov mehi. O'sh kunga yetadigan ovqati bo'lsa.
Bas, go'yoki butun dunyo uning qo'l ostida jamlanibdi. Kiminglarda yo'q shu narsa, aytaylarchi? Yurtingiz tinch, boshingizda tomingiz bor, taningiz sog', bir kuni ovqatingiz bor. Hammamizda bor bu. Hammamizda bor. Mana shu odamni Payg'ambarimiz dunyodagi eng xotirjam boy odam deb aytyaptilar. Ammo bizni tasavvurimizdagi eng xotirjam boy odam kim? Puli ko'p odam. Rasululloh aytayotgan tasavvur o'lchov tushuncha bir xil bo'lyapti, bizniki boshqacha bo'lyapti.
O'shaning uchun bir insonni xotirjam bo'lishligi, hayotda saodatli yashashligi puliga bog'liq emas. O'lchov, tushunchasiga, tasavvuriga bog'liq. Bu hadisda zikr qilingan omonlik birodarlar, iymoniy omonlik deyiladi. Haqiqiy omonlikka kim erishadi? Iymoni bor odam. Alloh Taolo aytadi, agar bilsangiz aytingchi, qaysi guruh qo'rqmay xotirjam bo'lishiga haqliroq? Iymon keltirgan, o'z iymonlarini zulm bilan aralashtirmagan zotlar. Ana o'shalar xotirjam bo'shguvchidirlar va o'shalar hidoyat topguvchidirlarsizlar. Anon so'rasin.
Mana shu oyatda ula ikal amnulahum deyilganida omonlik bularga ham va boshqalarga ham bo'lardi. Lekin oyatda ula ikal ahmul amn. Omonlik ular uchun deyildi. Iymoni bor odam uchun omonlik bo'ladi hayotda. Iymoni yo'q odamga omonlik bo'libdi. Garchi yurti tinch bo'lsa ham, garchi sog'ligi bo'lsa ham , garchi puli bo'lsa am, iymoni yo'g'mi? Bu odam xotirjam yashay olmaydi dunyoda. Buni Robbimiz Subhanah va Taolo aytyapti.
Ana shu omonlikka ega bo'lishlik uchun, hayotda saodatli umr kechirishlik uchun inson qancha mehnat qilishi kerak. Qarang, ismingizni oldiga doktor degan bitta so'zni qo'shib aytishlari uchun o'ttiz yil mehnat qilasiz. Doktor falonchi. Doktor falon chi. Professor falonchi. Shu ismingizni oldinga doktor yoki professor degan bitta unvonni laqabni olishlik uchun o'tti yil umringizni sarflaysiz.
Endi. Oxirat uchun, abadiy saodat uchun, Alloh Taolo o'zini bandalariga tayyorlab qo'ygan jannat uchun, ana shu narsaga yetishgani, necha yil mehnat qildingiz? Alloh Taolo aytadi, hadis xudusiyda, o'zimning solih bandalarimga ko'z ko'rmagan, quloq eshitmagan va insonlarning aqliga kelmagan ne'matlarni tayyorlab qo'dim. Ana shu ne'matga erishlik uchun necha yilingizni sarfladingiz?
Hidoyat. Bu inson mehnat qilib, vaqtini sarflab erishadigan narsami? Yoki Alloh Taoloni bir bandiga berib qo'yadigan hadyasimi? Hidoyat. Inson mehnatni qilib, vaqtinini sarflab erisha oladigan narsami yoki Alloh Taolo shunday hadya qilib berib qo'yadigan narsami?
Agar hadya desangiz, Alloh ma'nolaga hidoyati beribdi, ma'nolaga bermabdi. Unda baxtli qilib qo'ygan bo'ladi yu. Parvardigor, sen hidoyati bermagansan desang menga, hadya edi. A'loga beribsan, bizga bermabsan. Endi nimaga bizni dostonkaga kirgizasan deydimi? Hadya emas ekan demak. Nima ekan unda? Mehnat ekan. Mashaqqat ekan, harakat ekan, vaqt sarflash ekan.
Hayotingizda bir narsaga erishmoqchi bo'lsangiz, albatta mehnat qilishingiz shart. O'z o'zidan hech narsa kelib qolmaydi. Qorin katta yeb ketdi. Nima qilish kerak? O'zingiz bilasiz. Quvvatsiz bo'lib ketdingiz. Nima qilishi kerak? O'zingiz bilasiz. Arzimagan bu dunyoni ozgina matohiga erishishligi uchun mehnat qilish kerak bo'ladigan bo'lsa, eng ulug' bo'lgan ne'mat, hidoyatga erishish uchun mehnat qilmaslik kerak deb o'ylaymizmi?
Ilm bo'ladimi, hunar bo'ladimi, albatta odam bo'lasa davomiy suratda, uzoq muddat mehnat qiladi, shu narsaga erishadi. To'g'rimi? Mana shu aqldan. Alloh azza va jala aytadi, istadibilloh, innahadayinahus sabiyla, imma sha'kirov va imma kafuro. Darhaqiqat biz uni, insonni, xoh u shukur qiluvchi musulmon bo'lsin va xoh ko'r nima kofir bo'lsin, to'g'ri yo'lga hidoyat qildik.
Hidoyat qilsa ham biri kofir, biri mo'min ekan. Boshqa oyatda, vo lekulli vijihatun huva mualliha fastabiqul hayrot deydi. Har kimning o'z yuzlanadigan tarafi bor. Ba'z yaxshi ishlarga shoshilingiz. Nozik nuqta, mana hozir men sizlarga bergan savolni javobi. Ayrim odamlar hidoyatni Alloh tarafidan beriladigan ato, hadiya deb tasavvur qilishadi.
Bo'yingiz, rangiz, ko'zingizni rangi, sochingiz Allohning atosi. Siz bu yerda hech narsa qilganingiz yo'q, Alloh shunday berdi. Qaysi zamonda yashashingiz, kimning farzandi bo'lishingiz bu ato. Bunga siz qanaqa aloqangiz yo'q. Bu ato. Endi undan tashqari narsalar, birodarlar mehnat.
Uyda jim o'tiradi yu, Alloh Taolo men senga bandam hidoyati deydi da, keyin taqvodor bo'lib qoladi. U hech narsa qilmaydi yu, jonini qiynamaydi. Shu to'g'ri tasavvurmi? Kim aytdi bunaqa bo'ladi deb? Alloh insof beribdi da, namoz yiqilib qolibdi. Bizga ham insof bersak yiqilib qolarimiz. Alloh hidoyat qilibdi da, to'g'ri yo'lga yurib qolibdi. Bizga ham hidoyat bersa bo'lib qolarmiz. Birodar, adashyapsan shu yerda. Hidoyat Alloh berib qo'yadigan hadya ato, podarka emas. Sen qo'lingni cho'zasan, mehnat qilasan, vaqtingni sarflaysan, Alloh in'ya beradi buni. Alloh seni ham hidoyat qilgan. Qaraginda.
Koinotni yaratdi da, qara unga dedi. Anbiolarini yubordi, kitoblarni nozil qildi, Qur'onni oramizga tushirib qo'ydi. Alloh hammamizni hidoyatli bo'lishga imkoniyatimizni bir xil qilib qo'ydi. Tushunyapsizlarmi nima haqida gap ketyapti? Allohga to'ng'amanglar, o'zinglarda, zalolat yurganinglarda, ey birodarlar.
Sizni birov bo'yningizdan bala bala g'ichirmayapti. Siz o'zingiz qilyapsiz uni. Inna alayna lal huda. Alloh taolo aytadi, shak shubhasiz hidoyat yolg'iz bizning zimmamizdadir. Hidoyat yolg'iz bizning zimmamizdadir. Nima degani bu? Inna alayna l al huda. Lafzi jalolo bo'lgan Alloh kalimasi oldida a la kelsa, a la Alloh bo'lsa, shu narsani Alloh o'zini zimmasiga olganligini bildiradi.
Va Allohni qosdu sabiyl deydi Alloh Qur'onda. To'g'ri yo'lga hidoyat qilish yolg'iz Allohning izmidadir. Yana bir oyatda. Va mamin da abbatin fil ardi illa Allohni respuha. O'rmalaganki jonivor bor, uni rizqi Allohnin zimmasida. O'rmalagan ki jonivor rizqi bormi, Alloh beradi, Alloh yetkazaman dedi, o'zini zimmasiga oldi. Xuddi shunga o'xshagandek hidoyat qilishni ham Alloh o'zini zimmasiga oldi.
Shak shubhasiz insonlarni hidoyat qilishi bizning zimmamizdadir. Hidoyat qiluvchi Allohdan, qabul qiluvchi bandadan. Qur'onni tushirib qo'ydi. Payg'ambarlarni yuborib qo'ydi, koinotni yaratib qo'ydi va oramizda Allohnin diniga da'vat qilib, sizni hidoyatga chaqirayotgan odamlarni qo'yib qo'ydi da. Sizga taklif qilindi hidoyat, birodar. Allohdan taklif, bandadan qabul.
Hidoyatni taklif qilib qo'ygan joyida, bandalar qabul qilmasdan, Alloh bizga ham insof bersa, tashlarmiz degan bo'lsa, mana gunohini, bular tushunish o'rniga ham sanabdi. Bitta misol bilan tushuntiramiz. Mashinalarda radio bor. Radio efirni tasavvur qilinglar. Demak, falon to'lqindagi falon radiostansiya o'zini eshittirishini boshladi. Kim xohlasa, shu radiostansiyani to'lqiniga, shu radiostanini to'lqinigiga priyomligini moslaydi da, eshitishi mumkin.
Hammaga imkoniyat bir xil. Shunda bir odam aytsa, yo'q, u radiostansiya meni priyomligimga alohida to'lqin yuborsa, keyin eshitaman desa. Aqldan bo'ladimi? Efir ketyapti. Xohlaganlar eshityapti. Birozdan keyin efir tugaydi, eshitgan eshitdi, eshitmagan eshitmadi. Lilayhil masalul a'la. Alloh taoloning hidoyat degan efirini Alloh taolo dunyoga teng yayib qo'ygan.
Bizni radiopriyomiylarimiz nastroyka qilib, uni eshitish eshitmaslik ixtiyorimizda. U efir qiyomatgacha turadi, faqat biz o'lamiz, biz uchun tugaydi. Eshitgan bo'lsangiz, qabul qilgan bo'lsangiz, siz yutdingiz, aks holda yutqazdingiz. Shuning uchun eslaylik qilib, Alloh xohlagan ish bo'ladimi? Bo'ladi. Alloh xohlamagan ish bo'lmaydimi? Bo'lmaydi. Ha demak meni alloh benamoz bo'lishimni xohlabdi da. O'shaning uchun benamoz bo'lib yuribman deb falsafasi o'qiydi.
Bir urasiz tumshug'iga. Nimaga urding desa, hozirgi falsafani qaytarasiz. Alloh xohlagan ish bo'ladimi? Bo'ladi. Allohni xohlamagan ish bo'lmaydimi? Bo'lmaydi. Demak seni buningni sinishni ham Alloh xohlabdi. Endi nimaga tashlayapsan menga deysiz. Umarimni xattopda oldiga o'g'rini olib kelishdi. Qani endi, Subhanalloh. Ey Amir al-Mo'miniy, hozirgi oy qadarga Alloh o'g'ilni qiladilar, yozgan ekan. Allohni yozganini qildim. Endi Allohni yozgunini qilsam, meni qo'limni kesasizmi? Dedi. Ha. Alloh seni qo'lingni kesishligini ham yozgan, deb qo'lini kesgan ekan.
Demak, birodarlar, hidoyat Alloh tomonidan taklif qilindi. Bandalar endi nima qilishi kerak? Qabul qilishligi kerak. Agar hammani Alloh Taolo majbur muammo qilib qo'yganida, unda jannatga kirishni nima hojati bor edi? Hech narsa qilmadi yu u. Bir bandani Alloh Taolo majbur kofir qilib qo'ygan bo'lsa, uni ixtiyorisiz, do'zaxga kirgizishlikda qadar adolat o'lar edi. Shuning uchun insonlarning iymonga kelishi yoki kofir bo'lishini Alloh Taolo taqdirga bitgan Imom A'zam aytadi, Fiqhul Akbarda katabah u bil vasf la bil hukm deydi. Bir insonni kofir mo'min bo'lishligini vasf qilib yozdi. Hukm qilib yozmadi. Kofir bo'lsin demadi. Agar kofir bo'lsin deganda hukm bo'lardi, uni jazolash to'g'ri bo'lmas edi. Balki vasf qildi. Kofir bo'ladi, mo'min bo'ladi, o'zini ixtiyori bilan. Taklif qilinganda qabul qiladi. Demak mo'min bo'ldi. Alloh burun bilib yozib qo'ydi shuni.
Hidoyatni Alloh Taolo bandalarni orasiga tushirib qo'yibdi. Qur'on bor, sunnat bor, ulamolar bor, darslar bor. Aytish mumkin bo'lsa, hidoyat efiri ketyapti. Siz o'zingizni radiopirobnigingizni o'sha efirga moslang. Izlang, eshiting, fikr qiling, vaqtingizni sarflang, kuchingizni sarflang. Hidoyat vaqt va mehnatni talab qiladi. Javob chiqdimi savolimizga? Hidoyat Allohning hadyasi ekanmi? Yoki banda mehnat qilib, vaqtini umrini sarflab erisha oladigan narsa ekanmi? Ikkinchisi ekanda.
Hidoyat vaqt va mehnatni talab qiladi. Aquli qovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohu va malayki atuhi yu sollu ala nabi. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va salli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'ali va barakatuh.