MMaviza
Al-AʼloTekshirilgan30 daq

25.3.2022 49-DARS AL-AʼLAA (4-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
29:48
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalam ala shirofil mursalin va ala alixiy vas habihaj ma'in. Allohumma alimnama ya'mfauna va fa'na bima alamtana va zidna ilma. Allohumma arenal haqqa haqqon va rizqu natibaa va arenal botila botilan va rizqu najidinaba va ja'inna minma yestami unal qovli fayetdabiunah husana. Vodixin la bi rohmat aka fiyin ibod aka solihin ammabod. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.

Bismillahir rohmanir rohim. Alloh subhanuhi va taoloning go'zal ismlaridan, asmo al husno silsilasidan, alloh azza va jalloning al a'la ismini suhbat qilayotgandik. Bugun to'rtinchi darsimiz sabbiha isma robbikal a'la. Ey muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish parvardigoringiz nomini har qanday ayb u nuqsondan poklang. Al a'la. Hammadan oliy, hamma narsadan oliy. Har qanday aybi nuqsondan, kamchilikdan pok oliy bo'lgan zot.

Inson bu dunyoda yashar ekan, uni hayotida muhim to'rtta bekat bor. To'rtta bekati bor. Alloh bilan bo'ladigan muomalalar bekati, oilasi bilan bo'ladigan muomalalar bekati, ishi, amali bilan bo'ladigon muomalalar bekat, sog'ligi bilan bo'ladiga muomalalar bekiti. To'rtta bekat. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ma'sur duolaridan allohim mahdini fiy man hadayt. Parvardigoru, sen o'zing hidoyat qilgan bandalar qatorida meni ham hidoyat qilgin. Alloh hidoyat qilmasa, banda hidoyatga hargiz kela olmaydi. Demak, mana shu to'rtta ostanovka, to'rtta bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomalasi, oilasi bilan bo'ladigon muomalasi, ishi bilan bo'ladiga muomalasi hamda sog'ligi bilan bo'ladigani muomalasi. Mana shu to'rttala bekatda inson yutuqqa erishmasa, bu insonni dunyodagi yutug'i, muvaffaqiyati to'liq, komil deyilmaydi. Uch tasida muvaffaqiyatga erishdingiz, bittasida mag'lub bo'lib qolgan bo'lsangiz, sizni muvaffaqiatingiz, yutug'ingiz to'liq bo'lmaydi.

Agar shu to'rtta bekatdan bittasida muvaffa qiyoslikka uchrasangiz, qolgan uchta bekatda albatta buni ta'sirini ko'rasiz. Birinchi bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomala. Alloh bilan biladigan aloqa. Shubha va shahvat musulmonning borlig'ini fasodga uchratadi. Agar insonni Alloh bilan bo'ladigan aloqasi yaxshi bo'lmasa, ya'ni aqidasida shubhasi bor bo'ladigan bo'lsa, iymonida shak bo'ladigan bo'lsa, sulukiyatga shahvatlarini, sulukiyatlari ustidan shahvatini yenga olmasa, bu odamni hayoti barbod bo'ladi. Inson aqidada shubha qilib bo'lmaydi. Kim ko'rib kelibdi qiyomatni? Kim ko'ribdi jannatni? Kim ko'libdi farishtani? Kim ko'ribdi qabrdagi so'roq savomni?

Shayton mana shu shubhani, shakni olib keladi, birodarlar. Bormikin o'zi degan narsani. Agar sizni qalbingizda, aqidingizda shubha bo'ladigan bo'lsa, siz birodar ikki dunyoda yutqazdingiz. Bunaqa odam mo'min deyilmaydi. Sen Alloh bilan bo'ladigan, Allohningni buzadigan ikkita ofat. Shubha va shahvat. Alloh azza va jalla Qur'onda aytadi: astay deb billa, fas'alu ahla vikri in quntum la ta'lamun. Agar bilmaydigan bo'lsanglar, mana shu bilmayotgan narsanglarni biladiganlardan, ilm ahllaridan so'ranglar. Imom A'zam Fiqhul Akbarda shunday deydi.

Agar insonga tavhid ilmining nozik joylaridan biror narsa mushkul kelib qolsa, ya'ni aqidasida tushunmagan joy kelib qolsa. Bunday holda uning uchun Alloh huzurida to'g'ri deb bilgan narsasiga e'tiqod qilishi lozim bo'ladi. Ya'ni Allohning nazdida qaysinisi to'g'ri bo'lsa, men shu e'tiqoddaman deyish kerak.

Aqidada u tushunishi qiyin bo'lgan nozik masala kelib qolsa, nozik masala kelib qolsa, nima deyish kerak? Alloh huzurida nima to'g'ri bo'lsa, men shu e'tiqoddaman deb qo'yish kerak. Mana shunday holatga tushgan kishiga izlashni kechiktirish mumkin emas. O'sha masalada to'xtab qolish uzunlik bo'lmaydi. Agar to'xtab qolsak, kofir bo'ladi. Ya'ni aqidada bir masalani tushunmay qoldingiz, ikkilanib qoldingizmi? Sizni qiladigan ishingiz Allohni nazdida qaysi e'tiqod to'g'ri bo'lsa, shundaman deysiz va bu sizni aytgan so'zingiz to bir ilmli odamda borib, topib so'rab aniqlab olguningizcha sizni e'tiqodingizni himoya qilib turadi. Agar siz ikkilangan holda, shubhaga kirgan holda o'lsangiz, kofir holda o'lasiz. Shuning uchun aqidat ikkilanib bo'lmaydi.

Kimdir aytishi mumkin, g'arb. G'arb olami. Musulmon emas. Kofir, fosiq, mansiyatga botib ketgan. Er xotinlarni almashib, shahvatlarini qondirishi, bir jinsdagi odamlarda bir biriga nikohlanishi to'liq yotibdi. Shunday bo'lsa ham, boy badavlat, hayot kengchilikda. Nima uchun ular Allohni uchgan bo'lsa ham hayoti zo'r? Nima uchun musulmonlar Allohni yakka tekkan bo'lsa ham hayat yaxshi emas? Ehtimol g'arbliklarni yo'li to'g'rimikin?

Agar shunday shubaha kirgan bo'lsa, sizni aqidayingizga shubaha kirib qolibdi. Biz baribir aylanib kelib turib, shu zamonda odamlar ekanmiz, moddiy narsalar bilan o'lchaymiz. Bir odamni o'lchaykanimizni hayotini. Buni hamma yog'i to'la to'kis, bekam ko'syashadi, demak Allohga yoqqan joyi bor. Buni kamchiligi tugamayapti, demak Alloh yoqmagan joyi bor. Shunaqa tushuncha bilan yashayapti odamlarning juda ham katta qismi.

O'shaning uchun g'arbga intilyapti da, o'sha yerda yashash kerak borib deb. To'g'rimi? Birodalar g'arb, ha, moddiy tomondan o'tib ketgan. Borib ishlab pul top kelishlik to'g'ri, lekin oila bilan yashab borishlik juda katta xatar siz uchun. Takror takror o'g'irlagan qissalarda eshityapmiz, oilasi bilan ko'chib ketgan, o'g'illari, qizlari ana shu jamiyatni suvi bilan sug'orilgan, dunyoqarashi o'lchov tushunchasi ularnikidaqa bo'lib qolgan, ota onasini tan olmay qo'yapti.

Shuning uchun siz musulmon sifatida, nimaga biz musulmon bo'lsak ham moddiy hayotimiz, dunyoviy hayotimiz farovon emas, ularniki farovon degan paytingizda e'tiqodingizga shubha kelib qolyapti. Kim aytdi, Alloh yaxshi ko'rgan bandasini albatta boy badavlat bir dunyoviy hayotini farovon qilib tashlaydi deb? A payg'ambarlarni ichida boylari ham bo'lgan, kambag'allari ham bo'lgan.

Ehtimol g'arbiylar yo'li to'g'ri bo'lsa kerak. Agar shunday narsa kirib qolgan bo'lsa, aqidangizga shubha kiribdi, ehtiyot bo'ling birodar. Bunaqa so'zlar aqidaga tegishli shubha deyiladi. Bu shubhalar qalbingizda turishligi sizni Alloh bilan bo'ladigan aloqangizni fasodga uchratadi. Har bitta savolning javobi bor birodarlar. Har bitta shubhaning davosi bor.

Xo'p, g'arbning hayoti zo'r. Ehtimol ularni tutgan yo'li to'g'rimikin desa, javob quyidagicha bo'ladi. Bir odam bor kasal. Rak kasalligiga uchragan. Rakni oxirgi bosqichida. Tuzalishdan umid yo'q. Lekin u odamga sen rakni oxirgi boshqichidasan, o'lasan deyilmaydi. Tabibidan so'raydi. Nimani ye, nimani yemay deydi. Nimadan parhez qilay desa, nima deydi tabib unga?

Yo'q. Yo'q deydi. Chunki tuzalishidan umid yo'q? Xohlaganingizni yeyavering deydi. Va uni rakni oxirgi bosqichida ekanligini bilgan odamlar har qancha injiqligini ko'tarishadi. Yaxshi gapirishadi, chunki hech qancha qolmabdi deydi. O'zini holiga qo'yib qo'yildi, chunki bundan umid yo'q. Endi ikkinchi bir odam, oshqozonida yarasi bor.

Oshqozonada yarasi bor odamni tuzalishidan umid bor. Endi bu ham o'zini tabibidan so'raydi, nima ye, nima yemay deydi. Desak tabib chizib beradi. Anoni yeng, manoni yeng, mani ovqatdan keyin manoni yeng. Anaqa qiling, manaqa qiling. Turgan bitgani mashaqqat. Mehnatga solib qo'yadi. Nima uchun mehnatga solinyapti u? Chunki uni tuzalishda nima bor? Umid bor. Xullas parhez qilish, dieta saqlash, bu bemor uchun turgan bitgan mashaqqat u mashaqqatga solinadi, chunki shifodan umid bor. Ammo birinchi odam nima oladi? Undan umid qilinmaganligi uchun xohlaganingizni yeb, xohlaganingizda iching deydi. Tushundinglarmi? G'arb tugagan, Alloh Taolo ularni o'zini holiga tashlab qo'ygan. Alloh Taolo aytadi astag'firulloh falam ma'nosu ma'dukki ru bihi. Mana shunday Allohni umuman unutib qo'yib, xohlaganidaqa umr kechirayotgan payg'ambarlarning ta'limotdan yuz o'girgan avvalgi ummatlar nima bo'lganligini xabarni beryapti. Bu g'arbni ahvoli ham o'sha avval o'tgan ummatlarni o'zi g'arib bo'lib qolgan. Alloh aytadi, istadibillah. Falamma nasuma dukkiru bihi, fatahna alihim abvaba kulli shay, hatta ida farihubima utu, ahodnahum bag'utatun faidahum mubilisun.

Bir qavm xohlaganini qilib yashadi. Allohni unutdi. Alloh aytada. Endi. O'zlari uchun eslatma qilib berilgan narsani unutgan vaqtlarida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo'ydik. Hamma yog'i zo'r bo'ldi dunyoviy hayoti. Bironta bir kamchiligi bo'lmadi. Bir joyi og'rimadi. Bironta bir yetishmovchilik bo'lmadi, qayoqqa qo'l uzatsa yetdi. Qachonki o'zlariga berilgan narsadan shod turganlarida, ularni to'satdan ushladik. Bas, butunlay nomurod bo'ldilar. Buni istidroj deydi. Ko'tarib turib yerga chopish deyiladi. Shuning uchun birodar, siz aqidingizda shubha qilmang. Agar aqidingizda suhbat paydo bo'lgan bo'lsa, ikkilanish paydo bo'lmagan bo'lsa, tezda buni hal qilib oling. Aks holda Alloh bilan bo'lgan aloqangiz uziladi.

G'arb olamining hayoti haqida gapirish kerak bo'lgan ozgina gap bor. Ellik seriyalik bir serial bor. Siz shart o'ninchi seriyasini ko'rib turiblar, bu serial haqida baho aytishingiz to'g'ri bo'ladimi? Yoki bo'lmasam o'ttizinchi seriyasini shunday ko'rdingiz da, bu serial manaqa ekan deyishga. Serialda rejissor manaqa demoqchi bo'libdi deb aytishingiz tog'ri bo'ladimi?

Siz bu serialni birinchidan tortib, oxiriga ellikinchi seriyasigacha ko'rasiz, keyin xulosa qilasiz. Demak, rejissor mana qa demoqchi bo'. Bo'libdi deb. Siz bilan biz bu g'arb hayotini hozirgi kuni ko'rib turibmiz. Oxiri qanaqa bo'lishiga ham qarab turinglar da. Ma'qulmi? Siz u ellik seriyalik kinoda u yoqdan bitta, bu yoqdan bitta ko'rib olib turib, u seriya kino haqida baho berishingiz to'g'ri bo'lmagandek, g'arbliklarning hayotini hozirligi kuni ko'rib turing, baho bergani shoshilmang, birodar, hamma seriyasini ko'ring chi. Ha, g'arbliklarni bugungi kuni moddiy hayoti yaxshi ekanini ko'rib turibmiz hammamiz. Ammo ma'naviyatidan ham xabarimiz bormi? Ichki dunyosi haqida ham xabarimiz bor. Ularni qariyalari qaraganda qanaqa holatga tushyapti?

Oilani ahvoli nima bo'lyapti? Bizga ular ko'rsatgan joyini ili ko'ryapmiz da, birodarlar. Ular ko'rsata olmayotgan ko'chalari ham bor. Sen birodar ular senga ko'rsatayotgan tarafini ko'ryapsan hayotini. Lekin senga ko'rsata olmayotgan tarafi ham bor. Demak, mana shu gapirgan umidli gapimizni xulosasi aqidada shubha qilib bo'lmaydi, birodarlar. G'arblilarni bugungi mana shu maishati, mana shu dunyo hayoti zo'rligini ko'rib turib, ularni tutgan yo'li to'g'rimikin? Biz halol bo'lsak ham, ibodatda bo'lsak ham , musulmon bo'lsak ham nimaga biz xalqlarni oxirida yuribmiz ekan? Biz yo'limiz to'g'ri emasmikin degan shubha qalbingizga kirmasin. Xotirjam bo'ling. Xotirjam.

Sog'lom qalb. Astuvoyor. Ya umalay yom fau ma'lum vala banun illa man atallohu biqolbin salim. U kunda na mol u davlat va na bolachoq foyda bermas. Agar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina foyda beraver. Pokiza qalb qanaqa qalb? Alloh rozi bo'lmaydigan narsaga rozi bo'lmaydigan qalb. Allohni vahisiga teskari bo'lgan ishlarni degan rozi bo'lmasdigan qalb. Shariatni o'ziga hakam deb biladigan, Alloh'dan boshqaga sig'inmaydigan qalb .biz bu dunyoda erishishimiz mumkin bo'lgan eng pokiza narsa, birodarlar, pokiza qalb.

Shaxvatlardan uzoq, vahiga to'g'ri kelmaydigan, havoyi nafsga to'g'ri keladigan gaplarni olmaydi. Faqat Allohni o'ziga ibodat qiladi, shariatdan chiqmaydigan qalb. G'arbda yashaydigan bir muslima ayol eri bilan ajrashadigan bo'lib qoldi. Mana o'rtasiga endi ajrimni solib berishlik uchun ikkita mahkamaga murojaat qilishi mumkin. Shariy mahkamaga murojaat qiladi yoki dunyoviy mahkamaga.

Shunda qaysinga murojaat qildi bu ayol? G'arbni qozisiga arz qiladi. Nima uchun? G'arbniqonuniga ko'ra erini yarim mulkinga o'tkazib beradi. Shuning uchun unga murojaat qilsa. Agar ishini islom qozisiga ko'taradigan bo'lsa, bu ayolga uni mahridan boshqa narsani hukm qilmagan bo'lar edi. Mana shu qalb shariat o'lchovida pokiza qalb deyilmaydi.

Birodaringiz bilan o'rtada bir iqtisodiy bir muammo bo'lib qoldi. Hal qilgani kimga murojaat qilasiz? Pokiza qalb egasi shariatda nima aytilgan bo'lsa, shunga amal qilaman deydi. Meni foydamga bo'ladimi, zararimga bo'ladimi? Farqi yo'q deydi. Endi hozir hamma men shariat bo'yicha hukm qilaman deb o'ylaydi o'zini. To'g'rimi? Shunaqa deb o'ylayapmiz da. Lekin o'sha ishni ustiga kelganda sanalamiz kimligimizni. Bizchi birodarlar, biz ham hayotda bo'layotgan muammolarni yechimini qayerdan qidiryapmiz? Oilamizda bo'lsin, yoki kasbi tijoratimizda bo'lsin muammo paydo bo'lsa, kimni gapi bilan hukm chiqaryapmiz ishimizga? Biz uchun hakam kim? Shaxsiy manfaatimizdan kelib chiqib turib, hokim chiqaramizmi? Odamlarni nima derkin degan tushuncha bilan ish qilamizmi? Odamlarda qo'ygan o'lchovi bilanmi? O'lchov tushunchalarimiz, nima bilan tuzatamiz?

Shuning uchun birodarlar o'zimizni tekshirib ko'raylik. Uyimizni, oilamizni. Alloh norozi bo'ladigan holatlar yo'qmi? Ayol qizlarimiz, avlodlari yopiqmi? Ko'chaga chiqib ketayotgandagi holati, shariatga to'g'ri keladimi? Uyimizda g'iybat namoyimi bormi? Axloqimizni buzadigan narsa yo'qmi? Odamlar ko'rib turgan paytdagi axloqimiz yolg'iz qolganimizda ham bizda bormi? Odamlarni ko'zida chiroyli, axloqli, odobli, muloyim bo'lib turganimiz uyga ayollar bilan, farzandlar bilan kelib muomala qilgan paytimizda ham bormi? Ikki qilmasmizmi?

Tijoratimizda harom yo'qmi? Tarozimiz metrimiz to'g'rimi? Savdoda yolg'on gapimiz yo'qmi? Aqidamiz, sulukiyatimiz salomatmi, birodarlar? Biz nafsimizni, ishimizni, uyimizni, shariat doirasida ushlab turish bizni vazifamiz. Bu birinchi bekat. Demak, insonni hayotini to'rtta bekati. Alloh bilan bo'ladigan muomalasi, oilasi bilan bo'ladigi muomalasi, ishi bilan bo'ladigani muomalasi va sog'ligi bilan bo'ladigan muomalasi. Ikkinchi bekat.

Ikkinchi bekati oila bilan bo'ladigon muomala. Haqiqiy mehr muhabbat, rahm, kechirimlilik, muhabbat bor bo'lgan o'rin. Rasululloh aytadilar, alhamdulillah, hilladee rozaqoney hibba a ishata. Oishaning muhabbati bilan meni rizqlantirgan allohga hamd bo'lsin. Oisha ning muhabbati. Rasulullohni oyshanamiz yaxshi ko'rganlar.

Sizni ham ayolingiz yaxshi ko'taradimi? Yo chidab yashayaptimi bolalar uchun? Ayolingizni yaxshi ko'rasizmi? Yaxshi ko'lishingiz kerak. Chunki o'zingizni ayolingizni ham yaxshi ko'ramasangiz, qaysi ayolni yaxshi ko'tarasiz? Birodarlar, shaytonni ishlaridan bittasi eri xotinni o'rtasidagi aloqani fasodga uchratish, buzish. Shuning uchun uni birinchi ishlardan ayolingiz bilan bo'lgan muomalangizni buzadigan bo'lsa, vayron qiladigan bo'lmasa, sizni buzuqchilikka osonroq olib ketadi.

Ayolingizni xunuk qilib ko'rsatadi, boshqa ayollarni ko'ziga chiroyli qilib ko'rsatsa, bu shaytonni hiylalaridan, shaytonni ishlaridan. Sizni birodar oilangiz yaxshi ko'radimi? So'rang o'zingizdan. Ayolingiz, farzandlaringiz, uyingizga kirganingizda xursandchilik bayram bo'lib ketadimi? Yoki chiqib ketganingizda bayram bo'libketadimi? Ayolingiz va farzandlaringiz bilan muomalangiz zo'r bo'layotganligi, sizni ulug' inson ekanligingizga dalolat qiladi. O'rtada mehr muhabbat bo'lishi, o'n uch shafqatni bor bo'lishligi, bu ulug' narsa.

Demak, birinchi bekat, Alloh bilan bo'ladigan muomala bekati, ikkinchisi, oilangiz bilan bo'ladigon muomala bekati. Mana ikkita bekatda siz muvaffaqiyatga erishdingiz, yana ikkitasi qoldi. Uchinchi bekat, ishingiz, amalingiz, hunaringiz, tijoratingiz bilan bo'ladigan muomala bekati. Ishingizga beparvosiz, ko'p kech qolasiz, xo'jayindan so'kish eshitasiz, uyalasiz. Qilayotgan ishingizga vijdonan yondashmaysiz, eplamachisiz. Ishingizni cholaligi tufayli doim malomat eshitasiz. Doim ishni bitkazganingizdan keyin chaqirib, uyda egasi yana qaytadan ishga soladi, matn cholalab qo'yibsiz deydi.

Musulmon odamga bunaqa bo'lish yarashmaydi birodarlar. Ishingizga e'tiborli bo'lishingiz kerak. Bizni tilda nima bo'lishi kerak ishida? Ishini ustasi, ishida mohir. Alloh taolo deydi, payg'ambarimiz har bitta ichki ehsonni yozgan. Har bitta ishga ehsonni yozganni, ya'ni har bitta ishni qilayotgan odam shu ishida mohir bo'lishi keraks. Alloh ko'rib turib tur degandek qilish kerak. Klient qarab turgandaqa ishlagandaqa ishlash kerak ustalar. Qaranglarda, bitta hunarni qilayotgan ikkita usta bor. Bittasini qarasang, hayotida bir osudalik baraka bor, ikkinchisida yo'q. Bir xil pul topadi, bir xil ish qiladi. Nimaga bittasida bor, bittasida yo'q? Bittasi ehson bilan ishlaydi. Ikkinchisi eplamachi bo'ladi.

Eplamachi bo'lib ketdi birodarlar. Ko'cha shupur ekan, men eplamachi. Ustachilik qil ekan, men eplaymachi. Shuning uchun shu ahvolga kelib qoldik. Birinchi bekat. Alloh bilan bo'ladigan muomala bekati. Ikkinchisi, oila bilan bo'ladiga muomala bekati, uchinchisi, ishingiz bilan. Professional bo'laylik akalar, ukalar. Nima ish qilishimizdan qat'iy nazar, baraka topamiz.

To'rtinchi bekat, sog'lik bilan bo'ladigon muomala bekati? Agar odam sog'ligiga beparvo bo'ladigan bo'lsa, yosh turib tezda dars oshirib oladi. Bunaqa odam qanaqa odam bo'ladi? Nimani yeyapti, qachon yeyapti, quancha yeyapti, nimani ich yeyapti, kaysi paytda ich yeyapti? Nimadan keyin ich yeyapti qaramaydi. Harakati yo'q, jismoniy mehnatga aralashmaydi, sport bilan umuman ishi yo'q, hatto piyoda yurmaydi.

Endi, endi shu odamga dard ilinmay, kimga ilinsin. Inson sog'ligi ketgandan keyin ibodatga ham quvvat qolmaydi. Ibodatga fursat qolmaydi, imkoniyat cheklanib qoladi, ibodatlarni to'liq bajara olmay qoladi. Saxr yosharib ketdi a? Infarkt, insult yosharib ketdidi. O, yetmish dan, oltmish dan o'tgandan keyin odamlarga ilashadigan kasal hozir qirq ga kirmagan bolalarda bor. Nimadan mana shu? Doktorlardan so'rasak, turmush tarzi noto'g'riligidan, yeyish ichishini tartib yo'qligidan deb aytadi.

Agar siz sog'ligingizni yo'qotadigan bo'lsangiz, birodar, jamiyatga foyda keltira olmay qolasiz. O'zingiz bilan band bo'lib qolasiz. To'rtta bekatni aytdik. Alloh bilan bo'ladigan muomala, oila bilan bo'ladigon muomala, ishi bilan bo'ladiga muomala, sog'ligi bilan. Shuning uchun, birodarlar, to'rtala bekatda muvaffaqiyatga erishsangiz, siz hayotda haqiqiy muvaffaqiyaatga erishdingiz. Hamma yog'ingiz zo'r, ishingiz xira. Yutuqmas bu. Hamma yog'ingiz zo'r, oilangizda tinchiz yo'q. Bu ham noto'g'ri. Hamma yog'iz zo'r, sog'ligingiz yo'q. Buyog'i noto'g'risi. Shu to'rala bekatdagi ishga be'etibor bo'lmasligi kerak bo'ladi, birodarlar.

Rabboniy kuzatuv va muolaja mo'min kishi uchun katta yaxshilik. Mo'minni Alloh Taolo kuzatib turadi. Undan xato o'tsa, uni muolaja qilib turadi. Ogohlantirish yuboradi. Allohga yoqmaydigan bir ish qilsa musibat keladi ustiga. Va mana shu musibatni u o'zining foydasiga deb biladi. Payg'ambarimiz aytadilar, ma min asorating, vala ixtiloji aroqing, vala hadishi audin, illa bima qaddamat aydikum, va ma yag'firullohu akfari.

Oyog'ni qoqilib ketishimi, poyning qaltirab ketishimi, bir cho'pni terini shilib yuborishi borki, qo'llaringiz bilan qilgan narsa sababli bo'ladi. Yana Allohni kechirib yuboradiganlari, xatolaringlar ichida, bundan ham ko'proq bo'ladi. Nima musibat yetsa, nima qalbimizga yoqmaydigan ish kelsa, bilaylikki, bu o'zimizni fe'l atvorimizdan.

Agar Alloh seni kuzatib turgan bo'lsa, bu sen uchun ulkan katta maqom marta, birodar. Bu ne'mat bu. Ammo Alloh senga umuman parvo qilmay qo'ygan bo'lsa chi, seni kuzatmay qo'ykan bo'lsa chi? Ma'siyat gunohga botib ketgan bo'lsang ham, ustingga hamma yog' oqib kelayotgan bo'lsa ch, yaxshiliklar. Gunohing, xatoying ko'p bo'lsa ham, jazo qilmayotgan bo'lmasa, sen buni yaxshi deb o'ylama, birodar. Chunki Alloh yaxshi ko'rgan bandasidan xato sodir bo'lsa, o'rnida mukofotni beradi. Chunki Allohni kuzatuvidan.

Bir tolib eshitdi ustozidan. Har bitta qilingan ma'siyat uchun jazo keladi Alloh tomonidan. Kimga keladi? Mo'minga. Alloh yaxshi ko'rgan mo'minga qilgan xatosiga unida jazo beradi. Keyinroq mana shu tolib bir oyog'i toyildi da bir gunohga yo'l qo'ydi, kattagina gunohga. Ustozdan eshitgan, jazo kelishi kerak. Kelmayapti. Bir kun o'tdi, uch kun o'tdi, bir hafta o'tdi, jazo kelmadi. Shunday lekin duo qildi Parvardigor, meni jazolamading ku qilgan gunohimga.

Alloh uni qalbiga bir yubordi shu narsani. Uni qalbiga shu narsa keldi. Ey bandam, seni jazoladim, faqat bilmading. Axir menga munojot qilishlik lazzatidan seni mahrum qilib qo'ydim. Sezmadingmi shuni? Alloh bilan aloqasi bor odam uchun eng katta jazo, Allohga munojot qila olmay qolishligi. To'silib qolishligi. Bizda yo'qmi shu narsa?

Diqqat qilib turinglar. Hamma narsangiz o'rnida. Oilangiz, ishingiz, tijoratingiz, sog'ligingiz. Ammo Allohda to'silib qoldingiz. Qayerdan bilasiz to'silib qolganingizni? Qur'on o'qiysiz, ta'sirlanmaysiz, namozda turasiz, hayolingiz har yoqda, qalbingiz g'ofil, zikr qilasiz, qalbingiz halovat topmaydi. Ma'ruza eshitasiz, ko'zingizga yosh kelmaydi.

Yo'qmi shu narsa bizda? Domla, shunday namozdan turib, nechinchi rakatda turganing esingdan chiqib qolsa, nima qilish kerak? Bu o'sha o'sha ikkilanib qolgan paytda nima ish qilish kerakligini so'rayapti. Nima uchun shunaqa bo'lib qolganligini so'ra olmaydi. Nima uchungi namozda nechinchi rakatga turganim esimdan chiqib qolyapti? Nimaga namozda turganda hayolim har yoqqa ketyapti deb so'ramaydi.

Bor ekanmi bizda ham ozmi ko'pmi? Ana shu qilgan gunohlarimizni jazosi Allohga munojot qilishlik baxtidan Alloh Taolo to'sib qo'yarkan. Bizga bu narsa sezilmas ekan. Jismonan sezmaymiz, lekin ko'zimizga qachon yosh keluvdi namozda turib? Qachon Alloh deb zikr aytgan paytimizda qalbimizga bir bir iliqlik kelgan edi. Bizni namozlarimiz yotib turishdan iborat narsa bo'lib qolmayaptimi? Mana shu bari qilgan gunohlarimizni kasofatidan keladi bizga.

Mana shu iqob, jazo bo'ladi. Allohdan to'silib qolish. Qoida. Inson o'zining gunohlari, xatolari sababidan Robbizidan to'silib qoladi. Shunda o'zining qilayotgan ibodatidan huzur topa olmay qoladi. Abu Hanifani necha yil xuftonda tahorati bilan bomdodda o'qiganligi aytilinadi. Nima uchun? O'sha xuftonga qilgan tahorati bilan kechasi bilan qiyomi laylda turgan, uxlamagan, bomdodgacha o'tirgan, qiynalmagan. Chunki huzur halovat bergan u ibodati.

Shuning uchun qalbimizga quloq soling, birodarlar. Alloh aziz va jala hech qachon bir bandasiga besabab mashaqqatni bermaydi. Mushkulaga kirdingizmi? Faqat va faqat o'zingizdan ko'ring. Faqat va faqat o'zingizni malomat qiling. Nima sababdan bo'ldi? Qayerda xato bo'ldi? Quchun chegaradan chiqib ketdingiz? Shundan istang. E Xudo, qaysi qilgan gunohim shunda yemay hech qachon.

Chunki agar odam Allohdan g'ofil bo'lib, qalbi uzilib qolgan bo'lsa, ine aytadi. Pul bo'lsa changalda sho'rva deydi. Pul hal qila olmagan masalani katta pul hal qiladi deydi. Mana shu e'tiqodda yurgan kishi bir kun kelib shunday mushkulaga kirib qoladiki, puli ham foyda bermay qoladi. Ba'zida birovni bir dilini ortib qo'ydingiz, birovga qo'pol muomala qildingiz. Ana shu mushkulalaringizga sabab bo'lishi mumkin. Ustozingizni norozi qilib qo'yding. Otangizni, enangizni dilini ranjitib qo'y dedingiz. Mahallada bir yoshi ulug' hurmatli odamlarni nazaridan qoldingiz.

Alloh seni kuzatib turibdimi, demak sen Allohni ikromidasan. Bundan xursand bo'l. Ammo ma'siyatga ko'milib turgan bo'lsang ham, hamma yog'ingda bo'layotgan bo'lsa, seni o'zing holingga tashlab qo'yibdi. Bu istiroj deyiladi. Kalkulyatorda birodarlar teng degan tugmasi bor. Teng. Qo'shib ayirib ko'paytirib bo'lasiz, oxirida mana shu teng degan tugmani bosasiz, topgan pulingizni natijasini, foydasini chiqarib beradi. Bir million so'm foyda qildingiz.

Ammo mana shu kalkulyatoringizda topgan daromadingizni barakasini ko'rsatadigan, baraka degan tugmasi ham bormi? Nimaga uchun biz topayotgan pulimizni, topayotgan foydamizni faqatgina matematika formasini bilan hisoblaymiz? Shariat formulasi bilan ham hisoblab ko'rsak bo'lmaydimi? Shunaqa kalkulator bo'lsa zo'r bo'lardi a? Baraka degan knopkasi bor, shunday bosuvdingiz, baraka nol.

O'zi bir million so'm turibdi foyda. Ha, endi endi bu ishni qilmayman deysiz. Baraka degan knobkasi bor kalkulator bo'lmasa, zo'r bo'larmidi? Faqat matematikani formulasi bilan ishlagan, Allohni baraka degan formulasidan bexabar odamlar judayam ko'payib ketgan. Daromadi katta, mablag'i ko'p, moliyaviy muammosi yo'q, ammo shunaqa bo'lsa ham hayotida osudalik yo'q, osudalik yo'. Yana bir boshqa odam bor, topish tushishi o'rtacha, ehtimol pastroq o'rtachadan ham, lekin oddiy hayot kechirsa ham, hayotida osudalik, osudalik bor. Shuning uchun birodarlar Alloh Taolo moli davlatni yaxshi ko'rganiga ham, yomon ko'rganiga am beraveradi. Ammo qalbning osudaligini, osoyishtaligini o'zini solih bandalariga beradi.

Agar senda mana shu sakinat bor bo'lsa, birodar, sen dunyodagi eng baxtli insonsan. Garchi qo'lingda puling katta bo'lmasa ham. Ammo u xotirjamlik senda yo'q bo'lsa, eng badavlat, sog'lom inson bo'lsang ham, eng baxtsiz insonsan. Shuning uchun birodarlar ma'siyatda bo'lgan inson hech qachon yutmaydi, itoatda bo'lkan inson esa haligisi yutkazmaydi.

Sabbi xismi robbikal a'na. Ey Muhammad alayhissalom, eng oliy zot bo'lmish Parvardigoringizni har qanday ayb u nuqsondan poklang. Aqul qovli hadav, astag'firullohu livalakum. Innallohu va marakatu hyu salun ala nabiy. Ya yuhalladina a'manu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'libi barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish