Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmatuhu onas ta'inuhu onas g'ofiruh va naruhu billahi min ashurur ya'nfusina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillah hufala mudir la la. Omon yuzli hufala hadiyalar. Va nashhadu alloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Va nashxadu anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma bard, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.
Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan attoyib ismini qo'yayotgan edik. Davom etkazamiz. Alloh azza va jalla hali pokni, nopoklarni ajratadigan kun bor. Alloh taoloning imtihon sinovlari bor. Inson dunyoda xohlagan gapini gapirsin. O'zini falonchiman deb da'vo qilsin, nima qilsa qilsin, bir kun keladi, Alloh Taolo bu insonni haqiqatini albatta ochib beradi. Bu narsani o'zini zimmasiga olgan. Bandani shunday bir sinov, sharoitli holatlarga tushirib qo'yadiki, shunda inson o'zini ichida nima bor ekanligini o'zi bildirib qo'ydi. Mana shu narsa sinov deyiladi. Mana shunday bir holatga solib qo'yadiki, sen kimligingni odamlar ko'rishadi. Masalan, bir ikki so'm pul masalasiga duch kelasanda, shunda o'zingni asl basharingni ko'rsatib qo'yasan. Ungacha assalomu alaykum va alaykum assalom, illo billo, va alohida alohi chiroyli gaplar. Endi uch to'rt chaqaga kelgan paytda, shunda inson o'zini kimligini ko'rsatib ko'radi. Jahli chiqadi, baqir chaqir qiladi. Shuning uchun Umariddin Xattob roziyallohu anhu falonchini taniysanmi deb bir odamdan so'raganida, ha u undoq odam, bundoq odam deb maqtab ketadi.
To'xta. Sen qo'shni bo'lganmisan u bilan? Ha yo'q. Safarga chiqqanmisan? Yo'q. Pul muomala qilganmisan? Yo' q. Unda jim o'tir. Sen uni tanimaysan deydi. Mana shu uchala holatda inson bilinadi kimligi. Alloh taolo aytadi va innala kunnala mubut alin albatta biz imtihon qilgulchidirmiz. Demak, inson bolasi borki, u imtihonga duch keladi. Mana shu imtihonlardan uni pokligi yoki nopokligi aniq bo'ladi. Astaydu billa, a hasiba na suv an yutroqu an yaqu'ul amanna va hum la yuftanun. Nima? Odamlar iymon keltirdik deb qo'yish bilan da. Shunday holiga tashlab qo'yilinadi deb o'ylashadimi? Yo'q. Alloh taolo aytadi, iymon keltirdik deyishlari bilangina imtihon qilinmagan hollarida o'z holiga tashlab ko'rishini o'ylaydilarmi? Yo'q. Ularni ichida haqiqiy iymon egalarini, sodiqlarini, kazzoblarini ajratishlik uchun Alloh albatta sinovga uchratadi. Chunki Alloh taolo pokdan nopokni ajratadi. Bo'ydoq yigit uylanmasdan turib, onasiga yaxshi xizmat qiladi, yaxshi muomala qiladi.
Onajon deydi, uylansam kelinim sizni xizmatkoringiz bo'ladi deydi. Chiroyli va'dalarni beradi, uylanadi. Vaqt o'tadi. Vaqt ortgandan keyin nega ko'rinadi bu bolani kimligi? Xotin birinchi o'ringa chiqib qoladimi yoki ona qoladimi o'zini o'rnida? Ha, o'sha xotiniga moyil bo'lib, onasini injiqligini ko'tara olmasdan, xotini gapiga kirib, onasini dilini ortishni boshlagan payt aytamiz. Ha, o'g'il bola, qani avvalgi gaplaringiz? Mana ustingizga sinov kelgandi, o'ta olmay qoldingiz. Demak, kimligingizni mana shu sinov ko'rsatib berdi.
Mana shu sinovlar, imtihonlar insonlarni poklarini, nopoklaridan ajratadi. Tilla taqinchoqlar bor, probalari bor. Necha bo'ladi probalari? Uch yuz sakson besh. Temir otillar olmaganmisizlar? Besh yuz sakson uch, a? Yetti yuz ellik, sakkiz yuz yetmish besh, to'rt to'qqiz. Nima degani bu? Yuz grammlik taqinchoq bo'lsa, besh yuz sakkiz uch proba degani ellik sakkiz butun uch gramm sof tilla, qolgani qolgani o'sha mis, kumush yoki boshqa shunaqa bir metallar. To'rt to'qqiz degani sof tillar degani. Ana shu tilla taqinchoqni ichidagi sof tillarni ajratishligi uchun o'tga soladi, kislotaga soladi, qaynatadi, kuydiradi. Qarabsiz keyin sof tilla qoladi. Ana shu qaynashdan, kuyishdan, sinovdan o'tmagan metallar kuyib ketadi. Xuddi shunga o'xshagandek, inson bolasini ham Alloh Taolo pokizasini nopokadan ajratishlik uchun imtihon sinovlarga soladi. O'tgani o'tadi, qolgani qoladi. Shuning uchun ro'parangizda turgan odam bir qarasangiz to'rtta beshta odam turibdi, bir xilga o'xshab ko'rinaveradi. Lekin shu sinovlarni imtihonlar diniy bilinadi.
A hasiba nason yutraqu an yaqulu amanna vahumla yuhtanuun. Odamlar iymon keltirdik deyishlari bilangina imtihon qilinmagan hollarida o'z holiga tashlab qo'yishini o'yladilarmi? Demak, Alloh Taolo sinaydi insonlarni, ularni poklarini, nopoklaridan ajratishligi uchun. Pokiza yerlar bo'ladi. Pokiza shaharlar bo'ladi? Qanaqa bo'ladi bunaqa pokiza shahar? Baldatun toyibatun. Pokiza shaharning belgisi qanday bo'ladi? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, idi akani umaro ukum, xiyar ukum. Agar oranglarda eng yaxshilaringlar amirlar bo'lsa, amirlaringlar eng yaxshi odamlaringlar bo'lsa, va ag'niya ukum sumaha ukum, boylaringlar saxovatli bo'lsa, vo umurukum sho'ro baynakum, ishinglar o'zaro maslahat bilan bitadigan bo'lsa, sizlar uchun yerni usti yaxshi deganlar. Demak pokiza shahar qanaqa shahar bo'lkarkan? Amirlari yaxshi inson bo'lsa, boylari saxovatli bo'lsa, shu shahar egalarini, shu shahri ahlining ishlari o'zaro maslahat bilan bo'ladigan bo'lsa. Demak pokiza shaharni belgisi mana shu.
Pokiza so'zlar bo'ladi, pokiza amallar bo'ladi. Murodalar, kasb ukor ham pokiza bo'ladi. Ya'ni bir tijoratki, u tijorat Alloh belgilagan doirani ichida. Shariat doirasidan tashqariga chiqmaydi. Yana shunaqa ishlar ham bor, shariatga tushmaydi. Do'konda harom ichimliklar, harom matohlar, tungi klublar va hokazolar. Bunaqa yo'l bilan topilgan mol, pokiza mol deyilmaydi, bunaqa topilgan pulni ehsoni ham qabul bo'lmaydi. Chunki innalloha toyibun la yaqbola illa toyiba. Chunki Alloh Taolo pokizazod. Va faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Demak, pokiza shahar, pokiza kasb, pokiza so'z va habis so'z. So'zlar ham pokiza bo'ladi yoki habis bo'ladi. Robbimiz Subhanah va Taolo mana shu pokiza so'zni misolini shunday keltirdi. Astadi billa.
Alam taro kayfadoroballohu matalan kalimatam tayyi batin kashajoratin toyyi batin asluha ta'bitun va faruhafissama. Alloh yaxshi so'zga qanday misol keltirganini ko'rgin. U so'z xuddi bir asl daraxtga o'xshaydiki, uning ildizi mahkam o'rnashgan, shohlari esa osmonda bo'lib, Parvardigorining izni irodasi bilan mudom meva berur. Demak pokiza inson mana shunday bir daraxtga o'xshaydiki, mustahkam yerga joylashgan, shoxlar osmongacha yetgan. Siz aytgan bir og'iz pokiza so'zingiz bir insonni tavbaga yurishiga sabab bo'lishi mumkin. Gunohdan tiyilishiga sabab bo'lishi mumkin. Robbisiga qaytishiga sabab bo'lishi mumkin. Mana shu kalima eng pokiza kalima bo'ladi. Chunki Payg'ambarimiz aytadilar, banda Alloh rozi bo'ladigan so'zlardan bir so'zni aytadi da, parvo qilmaydi haligi gapiga. Qo'y, bu Allohga yoqmaydi bu gaping. Ominga bunaqa muomala qilma. Bu tijorating yaxshi emas deb turib, shunday gapirib qo'yadi. Alloh rozi bo'la degan so'z. Lekin shunday aytib qo'ydi. Va mana shu gapi bilan Alloh Taolo bu bandani darajasini ko'tarib qo'yad. Endi habis so'zga misol. Va imnal abdullayot akallamu bikalimat min sohatilla.
Allohni norozi qiladigan bir gapni gapiradi bir odam, parvo qilmaydi. A bo'pti endi keyin o'qirsan. Bo'pti endan hammasini qozoqlar bilan o'qib qo'yarsan. Endi saratonda issiq bo'lib ketdi ro'za, keyin tutib qo'yversan. Bu Allohni norozi bo'ladigan habis so'zidir. Lekin shunday aytib qo'ydi. Bizdan ham o'tib qoladi yu shunaqa narsa. Bo'pti, endi taqoyingiz qo'zib ketmasin endi, bo'pti endin keyin qilasiz endi. O'tadi a? Mana shu gapi bilan Alloh uni shu kalimasi uchun nima qiladi? Jahannam garovoni qiladi.
Shuning uchun og'zimizdan chiqayotgan so'zga o'xshab bo'laylik, u yo habis so'z bo'ladi, yo pok so'z bo'iladi. Pokiza shahar, pokiza amal, pokiza kasbikor, pokiza so'z. Alloh Taolo hadis huquqisida marhamat qiladi. Oxay bu salatan va xubbi salatin ashad. Uch xil odamni yaxshi ko'raman. Mana shu uch xil odami ichida yana uchtasini ko'proq yaxshi ko'laman. Kimlar? Oxay bu toyi in, itoatkorlarni yaxshi ko'raman. Va xubbili shabit toyi ashad. Endi mana shu itoatkorlarning ichidagi yosh yigitlar bo'lsa, yoshlar bo'lsa ko'proq ya xsh ko'raman. Vahobbul ko'raman. Saxovatli insonlarni yaxshi ko'raman. Endi mana shu saxovatli insonglarni ichida faqir bo'lib turib saxovat ko'rsatayotgan bo'lsa, buni ko'proq yaxshi ko'laman.
Vahobbul mutavoziyain. Kamtar insonlarni ham yaxshi ko'roman. Endi kamtar insonlardan ko'proq kimni yaxshi ko'riman? Boy bo'lib turib kamtar bo'lgan insonlarni. Alloh taolo aytadi, uch kishini yomon ko'raman. Ularni orasida yana uchtasini ko'proq yomon ko'raman. Osiylarni yomon ko'raman. Osiylarnichida osiy qariyani, oqsoqolni yomon ko'raman. Qari bo'lib turib ham gunohdan to'xtamay ekan odam.
Mutakabbirlarni yomon ko'raman. Endi mutakabbirlarnichidan ko'proq kim yomon ko'radi? Kambag'al bo'lib turib mutakabbirini. Baxillarni yomon ko'reman, baxllarnichida esa ko'proq boylarini yomon ko'raman. Boy yana baxil. Oxiratdagi, qiyomat kunidagi pokiza narsalar. Va masakina toyibating fii jannati adin. Va abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritadi Alloh Taolo. Mana, Alloh Taoloning zoti pok, ism sifatlari pok, fe'llari pok. Allohu la ilaha illa hu, la hul asma ul husna. Allohdan o'ziga iloh yo'q, uning go'zal ismlari bor.
Alloh Taolo yaratishida pok, ism sifatida pok, zotida pok. Mana endi at toyib, pok kalimasining, so'zining ma'nolaridan. Inna alloha toyibun. Albatta Alloh Taolo pokdir. Ya'ni muqaddas, quddusdir. Ayb u nuqsonlardan, kamchiliklardan xoli. Alloh Taoloni yakkalaydigan muvohidlarning hayoti pokiza bo'ladi. La ilaha illalloh muhammad rasululloh degan chin ixlosli, taqvoli mo'minning hayoti pok bo'ladi. Pok hayot deganda chi, biz faqatgina shu dunyoviy maishati keng, qo'lida dunyosi katta, sog'lom, dunyoda bironta bir muammosi yo'q odamni tushunmaylik. Inson kambag'al bo'lib turib ham pok hayot kechirishi mumkin. Inson qo'li kalta bo'lib turib, ham pok hayot kechirishi mumkin. Va aksincha, dunyoni hamma qulayliklari o'zini qo'lida bo'lib turib am, nopok kun kechirayotganlar bo'ladi.
Alloh taolo aytadi, istaydi dedilar. Mana amila soliha min zakarin av unta, vohivo mo'minun falanu huya yannatu hayatan toyiba. Qarang endi oyatni ajibligini. Erkakmi yo ayolmi, kimda kim mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amal qilsa, mo'min va solih amal qiladi. Mo'min va soliha amal qiladi, nima bor bunga? Bas unga pokiza hayot ato eturmiz. Va ularni o'zlari qilib o'tgan amallaridan chiroyliroq, ajr savoblar bilan mukofotlaymiz. Sizni hayotingiz pokiza bo'lishligi uchun ikkita narsa kerak bo'lyapti. Haqiqiy iymon va solih amal. Haqiqiy iymoningiz bo'lsa, solih amalingiz bo'lsa, Robbiz Subhanah va Taoloh sizni hayotingizni qanaqa hayot deyapti? Sizni hayotingizda pokiza hayot deyaptilar. Lekin ta'suf bizga g'arbdan, sharqdan kelib qolgan, dinimizga umuman teskari bo'lgan tushunchalar kallalarimizdan egallab qolgan.
Kim zo'r yashayapti? Boy zo'r yashlayapti. Kim yomon yashayapti, kambag'al yomon yashayyapti. Shunaqa da, to'g'rimi? Bizni bu eshitayotgan ma'ruzalarimiz, o'qiyotgan ilmlarimiz, birodarlar, shu ikkita narsamizni tuzatish kerak. O'lchov tushunchalarimizni. Hayotga qarayotgandagi tasavvurlarimizni, o'lchovlarimizni tuzatib olsak, biz mo'minligimiz uchun, solih amalimiz borligi uchun hammamizni hayotimiz zo'r. Faqat qaysi tomonga qarashni bilmayapmiz da.
Pokiza hayotni sharti ikkita bo'ldi. Iymon, solih amal. Iymoningiz qanchalik kuchli bo'lsa, hayotingiz shunga yarasha pok bo'ladi. Soliha amallaringiz qancha ko'p bo'lsa, hayotingizning pokizaligi shunga yarasha bo'ladi. Dunyoga bog'liq bo'lmaydi. Alloh taoloning go'zal ismlaridan attoyib. Zakoti berilgan mol pokiza bo'ladi. Mana zakot degan ibodat bor, birodalar. Zakot degan so'z bitta ma'nosi pokilanish, bittasi unib o'sish. Qarangda, sizni topayotgan pulingizga to'g'ridan to'g'ri aloqasi bor ikkita so'z. Unib o'sish va poklanish.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innalloh alam yafridd as zakata, illa litoy i bama baqiya min ammu alikum. Mana, nima uchun zakot farz qilindi? Payg'ambar biz aytyaptilar, albatta Alloh Taolo mollaringizdan qolganini poklashlik uchungina zakotni farz qildi. Zakotdan maqsad nima ekan? Poklash ekan.
Zakot ado qilingan mol poklanadi, barakali bo'ladi, uni bo'sadi. Allohni saqlaydi, talofatdan asraydi. Tushunarlimi? Qarab tursangiz, bir odam lop etib voyib ketdi besh yilda, olti yilda. Birdaniga ko'rinib ketdi. Keyin birdaniga yo'q bo'lib ketdi. Surishtirib qarang da. Bu musibatmi? Musibat. Alloh Taolo aytgan, men asobaku mne musibah. Nima musibat yetsa, pulni ketishi ham musibat da, to'g'rimi? Bu o'zinglar qilgan ish tufayli yetadi deyapti. Yaxshilab surishtirib qarasangiz, shu odam puldan ajrashligiga sabablari bor. Yo haromdan boshlagan, yo harom tijorat qilgan, yoki halol topgan bo'lsa ham zakaz sadaqasini bermagan. Hadisda aytilyapti ku, Alloh sizlarni pulinglarni poklashligi uchun, asrashligi uchundayapti. Zakotni farz qildi. Eskitdan ota bobosi boy bo'lib kelgan odamlarni qarasanglar, zakotni doim berib kelgan da.
Tushunarlimi? Zakoti berilgan pul pok bo'ladi. Zakoti berilgan pulda Alloh saqlaydi, talofatdan asraydi. Shuning uchun zakotni birodarlar, berishga xaris bo'laylik, xo'p. Ba'zida zakot so'rab shunaqa bir masalalar bilan kelib qoladi. Mana bo'lsa chi, unda ham beramanmi? Mana bo'lsachi, unda ham beramanmi? Ha, bermaysiz de, ishingizni holi edi, birodar. Siz teskari yondoshing bu ishga. Manaqa qilsam ham beramanmi? Umumiy ekan qarzlarga qanaqa qilamiz? Unga ham beraveramizmi? Anaqa qilib, bir ukamiz aytuvdi, shu zakot haqida ozgina bir ilmga ega bo'lgandan keyin hisoblab qarasa, do'konidagi ozgina molini, zakot yetib qolibdi nisobim. Beribdi. Keyingilar aytyapti, zakot bergandan keyin farqini bildim tijoratimda deyapti. Xullas, zakoti berilgan pul pok bo'ladi.
Xud min ammu alihim sodoqatan tutohi ruhim. Ey Muhammad alayhissalom, siz ularning mollaridan bir qismini o'zlarini pokilab tozalaydigan sadaqa sifatida oling. Demak, sadaqa beriladi, zakot beriladi, mol pokiza bo'ladi. Sadaqa boyni baxillikdan poklaydi, tozalaydi. Baxillik, mumsiklik qalbdagi kasalliklardan bo'ladi, birodarlar.
Qorason kasali insonni jasadini halok qilgandek, baxillik ham insonni qalbini halok qiladi. Hayotda eng katta pushaymonga uchragan odam kim, bilasizmi? Boy holida o'lish uchun kambag'al bo'lib yashagan odam. Eng pushaymoni katta bo'lgan odam kim? Boy holda o'lish uchung kambag'al bolib yashagan odam! Bunaqa baxil odam, puli ko'p. Kambag'aldaqa yashaydi. Birovga bermaydi, foydasi tegmaydi. Agar bunaqa odam kasal bo'lib qolsa chi, doktor kelib, kasalingiz og'ir emas. Hech narsa emas desa, yonidagilarga yoqmaydi bunaqa diagnoz. Chunki pul uni qo'lda turibdi da, o'lganda qolardi bularga.
Aksincha, saxovatli odam kasal boib, og'rib qolsa, odamlar duo qiladi haqiga. Bunaqa odam uzoq yashashi kerak. Shuning uchun birodarlar, zakov. Boylikni, ya'ni zakot degan, sadaqa degan ibodat boyni qalbini baxillikdan poklaydi. Faxrlarni esa qalbini gina kunuratdan, hasaddan poklaydi. Demak, zakot sadaqa boyni ham poklayapti, kimni? Kambag'alni ham poklayapti.
Zakot sadaqqa qo'lingizdagi dunyoyingizda boshqa odamlarda haqqini qolib ketishdan saqlaydi. Chunki, birodar, o'g'irlangan tosh bilan solingan uy bir kun vayron bo'ladi. O'g'irlangannohaq mol bilan qurilgan uy, unda barakot xotirjamlik bo'lmaydi. Albatta Alloh Taolo mollaringizdan qolganini poklashni uchungina zakotni farz qildi. Alloh pokzod, sen ham mana shu pokligidan o'zingga ulush olishing kerak. Bu asmoli xursunot darslarimizdan maqsad shu. Alloh Taoloning ar rohim ekanligini eshitdingizmi? Rahmli bo'ling. Alloh Taoloni al javat, saxovati ekanligini eshitingizmi? Ulush oling, saxiy bo'ling. Allohni Taoloning g'ofur, kechiruvchi ekanligini eshtdingizmi? G'ofur sifatidan o'ziga ulush oling, nasiba oling. Bu darslarda maqsad shur. Robbimni shunaqa sifatlari bor ekan, shu sifatlar bilan men o'zimni bezayman, o'zimni ziynatlayman deb niyat qiling.
Alloh taolo ato qilsa, dahshatga solib qo'yadi. Agar olib qo'ysa ham dahshatga solub qo'yadi'. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar men tasoddaqa bi adli tomriyni. Kim yarimta xurmo sadaqa qilsa. Aka bitta hurmat sadaqa qilsa, min kasbing toyibin. Pokiza kasbidan. Shart shu.
Sadaqa qildingiz, ozmi ko'pmi, muhim emas, qildingiz. Faqat bitta sharti pokiza bo'lsin bu topgan pulingiz. Nima bo'ladi? Vala yaqbalullohu illa toyiban. Alloh faqat pokiza narsani qabul qiladi. Va innallohu yetaqob baluhu biyaminihi. Alloh taolo uni o'ng qo'li bilan qabul qiladi, summa yurob biha. So'ngra uni nima qiladi?
So'ngra sizlardan biringizni o'zining toychog'ini tarbiyalagandek, uning egasiga tog'dek bo'lgunicha tarbiyalab ko'paytirib beradi. Toychoqni olib tarbiyalab katta ot qilasizmi? Halol puldan sarflagan ozgina ehsoningizni Alloh taolo qabul qiladi, tog'dek katta ettirib beradi. Faqat nimadan bo'lsin bu pul? Pokiza bo'lsin.
Endi hech kim o'zini qilayotgan ishini nopok demaydi, bilasizlarmi? Hamma o'zini qilaayotgan tijoratini pok deb biladi. Lekin yaxshilab surishtirib qarasa, o'zini sohasida pok ish qilyaptimi, nopok ish qilyapti o'zi biladi. Masalan, hunar egasi bo'lsa, ovqat qilayotgan bo'lsa, o'sha qilayotgan ovqatiga hamma narsani normada solyaptimi? Yoki ustalar, otdeljilar, svarshilar, qo'yingki ustalar. O'zingizni ishingizni, qay eti kamchilik, qay eti tekis bo'lyapti, bilasizlar. Sizga komissiyani keragi yo'q.
To'g'rimi? Yoshlar bilmaysizlar, kattalar biladi buni. Falon pullik qimmat shokolad qanti taroziga qo'yayotganda, qog'ozni kattaroq o'rardi. Taroziga qo'tib, keyin qamni tortardi. Bilmaysizlar a bunisizlar? Qaranglarda nima bo'ldi shular oxiri. Bizchi, inson zoti shoshqaloqmizda. Besh yil, o'n yil zo'r yashaganini ko'ryapmiz. Zo'r mashina, zo'r imorat, kayf, sapoq, huzur, halovat. Oxirgi seriyasini ham qarab qo'yinglar u serialni.
Siz o'ttizinchi, o'ttiz beshinchi seriyasini ko'ryapsiz, zo'r. Yetmish seriyatda bu kino, bu odamni hayoti. Yetmishinchi seriyasini qaranglarda nima bildi oxiri? Tillarda doston bo'lib ketdi odamlar. O'sha g'aliyo bilan tirikchilik qilgan odamlar. Lekin esdan chiqarib qo'yaveramiz da, birodarlar. Agar mabodo kimnidir shunaqa tirikchiligi bo'lib, shunaqa ishlarni qilgan bo'lsa, istiqbol etib tavba qilib qolsin. O'sha xonamdan topgan pullari bo'lsa, sadaqa qilib tarqatib yuborsin, toki qiyomat yetkazdi yu ko'masin. Ma'qulmi? Maqsadchi boy yashashmas, yigitlar. Maqsad puldor bo'lib zo'r, maqsad bu emas. Maqsad Allohni roziligi. Sen maqsadni Allohni roziligida deb yashaginda, u sen aytayotgan dunyo shunday oqib kelaveradi. Chunki Alloh berishni boshlaganda dahshatga solib qo'yadi. Endi olib qo'yishni xohlasa ham dahshatga solub qo'yadi da. Ey mo'minlar, sizlarga alomli azobdan najot beradigan bir tijoratni ko'rsataymi deyapti Alloh Taolo. O'sha tijorat mana budur. Alloh va uning Payg'ambariga iymon keltirasizlar, Alloh yo'lida mol va jonlaringiz bilan jihod qilasizlar, mana shu agar bilsangizlar, o'zlaringiz uchun eng yaxshidir. Shuning uchun birodarlar, ishlarni oqibatiga qaraladi. Yoshliginda bergan mehnatni, qariganda bergan rohatni.
Inson dunyoda nima deb yashagan bo'lsa, o'layotganda shu narsani deb o'ladi. Bir birodarimiz, Imom birodarimiz, mahallasida uje ixtidor holatida yotgan odamni oldiga kiradi. Yosin o'qib qo'ying deydi. Yosin o'qiyapman deydi, haligi odam yotibdi ko'zi yumuq deydi. Yosin o'qiyapman, cho'ntagini kavlab ma, ol. Ma, ol. Ma ol. Men Yosin o'qiyapman, o'lishga arafasida, o'lish arafasida turgan odamni ishi shu deydi. So'ramaysizlarmi nima ish qilgan bu odam?
Qimorvoz bo'lgan. Ko'ring, nimani ustida yashagan bo'lsa, shuni ustida o'ldi. Shu bilan o'lib ketdi deyapti. Bittasini qop qora bo'lib ketganligini aytgandi shu og'aynimiz. Ko'mirdaqa qorayib ketibdi deydi. Aravxo'r edi. Tinmay aravachar edi. Shuning uchun birodarlar, pokiza hayot ikkita narsa bilan bo'ladi. Haqiqiy iymon bilan, solih amal bilan.
Tavba qilgan itoatli bando pokiza bo'ladi. Yana bir narsa, sen banda Alloh bilan kelishib olsang, tavba qilsang, iqbol qilsang, uni amrinda tatbiq qilsang, qaytargan ishlardan qaytib, buyurilganlarni bajarsang, albatta pok inson bo'lasan. Qiyomat bo'ldi, hisob kitob tugadi. Jannatinglar jannatga qarab olib ketilinyapti. Astadibillar.
Vasiqalladinattaqovurabbohim ilal jannati zumaro. Xattaida ja uha va futiha abu abuha va qolalahum xozanatuha. Salamun alaykum ti butum. Pokiza bo'ldinglar. Pok bo'ldinglar! Parvardigorlardan qo'rqqan zotlar esa, to'p to'p holda jannatga haydaladilar. To qachon ular darvozalari ochilgan holdagi jannatga yetib kelganlarida, va uning qo'riqchilari, farishtalar, sizlarga tinchlik, omonlik bo'lsin. Pokiza bo'ldinglar. Xush kelibsizlar deydi.
Kimlarga aytyapti buni? Pokiza bo'lgan insonlarga. Iymoni bor, solih amoli bor, pokiza insonlarga. Seni Allohni taniganliging, itoatida turganliging, iqbol qilganliging, solih amallaring natijasida sen pok bo'lding. Mana farishtalar senga pok bo'ldinglar, xush kelibsizlar deydi.
Ti butun fadxuluxa xoliding. Sizlar pokiz edinglar, endi bu jannatga abadiy holda kiringlar. Birodar, Alloh haqidagi yaxshi gumonda, yaxshi o'yda bo'lishingning mukofoti jannat bo'ladi. Alloh Taolo aytadi: valillahi l asmaul husna fado'uhu biha. Alloh Taoloning go'zal ismlari bor. Bas Allohga ana shu go'zal ismlari bilan duo qilinglar.
Mana duo qilinglar degan so'zni ko'rib chiqamiz. Birinchi ma'nosi. Faraz qiling. Ishlaringiz og'ir, tirikchiligingiz qiyin bo'lib ketdi, qarzga botib ketdingiz. Qo'yingki, maishatingiz, tirikchiligi og'irlashib ketdi. Bir qadrdon og'ayningiz bo'lar edi, ancha bo'lib ketdi. U bilan muomala qilmaganingizga, uni holidan xabaringiz yo'q. Bir so'rab surishtirsangiz, bo'lib ketibdi bizni tilda. Ishlaringiz shu boy badavlat bo'lib ketibdir. Endi u odam o'sha qo'lida dunyosi bo'lmaganda ham ochiq saxovatli odam edi. Qo'li ochiq saxovati odam edi.
Endi u haqida ikkita ma'lumotga ega bo'ldingiz. Boyib ketibdi. Va saxovatli edi. U odam haqida topgan ikkita ma'lumotingiz shu odamni oldiga borib yordam so'rashligingizga unda edi. Chunki boy va saxovatli edu. Agar shuni bilmasangiz, tanimasangiz, borarmidingiz? Bormas edingiz. Endi siz robbingizni taniysizmi?
Robbingizni rahmati, avfi, sizga bo'lgan muhabbati, hikmatidan xabaringiz bormi? Allohni go'zal ismlaridan, oliy sifatlaridan xabaringiz bormi? Agar xabaringiz bo'lsa, Allohdan boshqaga muhtoj bo'lmaysiz. Allohdan boshga dardingizni aytmaysiz. Odamlardan behojat bo'lasiz.
Endi siz Allohni taniyolmayotganligingiz uchun Allohga suyanolmayapsiz, Allohdan talab darajasini so'rolmayapsiz. Bir olim Majidul Haramda turar ekan, o'sha davrni xalifalaridan biri ko'rib, unga bir izzat ikrom ko'rsatmoqchi bo'lib, hojatlaringiz bo'lsa menga ayting dedi. Haramda turibdi, olimdan xalifa so'rayapti. Hojiangiz bo'lsa aytasizmi menga? Olim bu xalifaga qarab turib, vallohi Allohni uyida turib, undan boshqasiga hojatimni aytgani hayo qilaman deyapti.
Tushunyapsizmi? Allohda taniydi da bu olim. Naq va'da berib turgan xalifa turibdi, robbisini uyida turibdi. Qaysinisini tanlayapti? Biz qaysinisini tanlamaymiz? Alloh Taolo aytadi: ey odam bolasi, albatta sen menga duo qilsang, mendan umid qilsang, senda har qancha xatolar bor bo'lsa ham, mag'firat qilaman, parvo qilmayman. Ey odam bolasi. Agar sening gunohlaring osmonga yetib qolsa, so'ng menga istig'for aytsang, seni mag'firat qilaman, parvo qilmayman. Ey odam bolasi, agar sen mening huzurimga yer qobig'i to'la xatolar bilan kelsang u, lekin menga biror narsani shirk keltirmagan holda kelgan bo'lsang, seni oldinga yer qobig'u to'la mag'firatim bilan kelaman.
Biz shunaqa robbimizni taniymizmi? Shunday sifatlaridan xabarimiz bormi? Agar tanisak, bilsak, bizni qalblarimiz pokiza bo'lmay iloji yo'q. Allohni o'ziga enayi olib yuboramiz. Har bir narsani Allohdan so'raymiz. Birodarlar, tus tugab qoldimi uyda? Allohdan so'rang. Oyoq kiyimingizni ipi uzilib ketdimi? Allohdan so'tiring. Yolg'iz Allohdan so'ring. Chunki so'rashni o'zi nima? Ibodat. Allohni tanisang, ism sifatlarini bilsang, yolg'iz o'ziga bog'lanasan, yolg'iz, o'ziga umid qilasan, shunda pokiza bo'ladi qalbing.
Shunda izzat nafsing baland bo'ladi, qadring baland bo'lardi. Birov qo'rqisa qo'rqmaysan, birov va'da bersa xursand bo'lib ketmaysan, biro tushkuniki tushirmoqchi bo'lsa, qo'rq xafa bo'lib ketmisan. Kim aytgani bo'ladi? Allohni aytgani bo'madi. Ya'ni robbisini tanigan odamgina Allohga suyanishni biladi. Robbisini ism sifatlarini bilgan odamgina Allohga haqiqiy tavakkul qila oladi. Endi haqiqiy tavakkul qilgan bandani Alloh hech qachon xor qilib qo'ymaydi. Bizni, bizni mana shu hayotda bo'layotgan muammolarimizdan bitta bir nozik aytildi shu darsda, nima u muammo desa, o'zimizga o'xshagan odamga suyanib qo'yamiz ekan. O'zimizga olgan o'xshagan olamga ishonib qo'yammiz ekan, shuning uchun tavakkulimiz o'tmay qo'yar ekan.
Allohga bo'lgan imoning bilan o'zingni aziz bilgan holingda, Allohni oldida o'zingni hokislab tutgan holingda so'ra, taqdiringdek noshchasi bo'lmaydi. Mo'min kishi o'zini xor qilishi mumkin emas. Chunki mo'minni sharafi qiyomullayl bilan, mo'minni azizligi odamlardan behojjatligi bilan. Sen nima uchun azizsan? Nima uchun sen ikkiyuzlamachilik qilmaysan? Chunki Allohni taniysan. Sen nimaga o'zingni xor qilib qo'ymaysan? Chunku sen Allohni taniyingsan.
Shuning uchun birodar, o'zingdan so'ra. Allohni tanidingmi? Rahmatini bildingmi? Adolatini, lutfini, senga bo'lgan muhabbatini bildingmi? Da'vatini tushundingmi? Agar bularni bilgan bo'lsang, boshqalardan behojat bo'lasan. Agar Allohni tanigan bo'lsang, unga iqbol qilasan. Agar uni tanigan bo'lsang istig'for aytasan. Agar uni tanigan bo'lsaing unga tavba qilasan. Agar uni taniygan bo'lsang suyanasan. Agar uni sanigan bo'lsang, mahzun bo'lishing mumkin emas. Agar uni tanagan bo'lsang baxtli bo'lasan. Chunki qalbida chin iymoni bor odam dunyoda baxtsiz bo'lishi mumkin emas.
Har qancha musibat ustinga kelmasin, bu ham o'tib ketadi. Musibating tugamasa sen tugaysan, sen ketasan. Alloh huzuriga borasan. Sening iymoning bor. Haqiqiy iymoni bor odam dunyoda mahzun bo'lishi, baxtsiz bo'lishi mumkin emas, birodarlar. Bir yosh yigit harbiy xizmatga bordi. Bir oy, ikki oy xizmat qilgandan keyin, otasi general.
Shu harbiy qismni generali. Endi serjant unga do'q po'psa qilyapti, qo'rqityapti. Endi shu bola o'tirib olib yig'lab, xavotirga tushdi yaqindanmi? Agar qo'rqib xavotir olayotgan bo'lsa bitta serjantdan, demak otasini tanimas ekan kimligini. Shuning uchun harbiy qismni kattasi kim edi? Shu generalmidi, shuni otasimi edi? Demak otasini taniyapti bu odam.
Seni birov qo'rqitsa qo'rqma. Birov va'da bersa ishonib yuborma. Birov tushkunlikka tushirsa qo'rqilib ketma. Chunki bu olam kimni qo'lida? Ollohni tanigan odam birovdan qo'rqmaydi, birovdan umid qilmaydi. Kim aytgani bo'ladi? Kim aytgani bilyapti? Qo'rqmang birodar, xotirjam bo'ling. Dada, tuya bir tanga bo'libdi, bitta tilla tangaga tuya berar ekan desa, bolam qani o'sha tanga deyapti. Yo'q da.
Oradan bir yil o'tdi, dada, mana endi tuya yuz tanga bo'libdida desa, mana tanga o'g'lim deyapti. Ya'ni bir yildan keyin tunga minish yozilgan, ming tanga bo'lsa ham minasiz. Bir yil yo'qmi minishingiz? Minmaysiz. Ma'qulmi? Kim aytgani bo'ladi? Hasan Basriydan so'rashdi. Bunaqa bir martaba maqomga qanday erishdingiz?
Ikkita narsa bilan deb javob berdi Hasan Basriy. Odamlarning dunyolaridan behojab bo'ldim. Odamlar mening ilmimga muhtoj bo'lishdi. Masalan, ahlidan so'rashdi. Shaharlardagi eng boy odam kim? Hasan deyishdi, al vasai, rahima alloh. Nimasi bilan boy deganida, uning ilmiga hamma muhtoj, lekin u hech kimga muhtoj emas dedi. Uni azizligi, iymoni bilan.
Birodarlar oxirgi zamonga kelib, amirlar, mansabdorlar olimlarni ilmiga muhtoj bo'lmay qo'yishadi. Vaholanki ana shu amirlar, olimlardagi bu ilmga muhtoj edi. Shu bilan birodarlar millatlar, xalqlar, ummatlar tubanlik yuz tutadi. Abbosinglarning ulug' xalifalaridan bo'lgan ja'far al mansur. Mana Abu Hanifa rahmatullohu alayhi davridagi xalifalardan. Xalifa Abu Hanifaga aytyapti bizni ziyorat qiling. Huzurimizga tashrif buyuring.
Imom nima deb javob berdi? Nima uchun sizlarni ziyorat qilishim kerak? Sizlarni meni hojatim yo'q. Sizlarni faqat sizlarda ehtiyoji bo'lgan odamlar ziyorat qiladi. Agar siz menga ikrom ko'rsatsangiz, meni fitnaga solib qo'ygan bo'lasiz. Agar oldingizga borganimda, meni o'zingizdan uzoqlashtirsangiz, meni xohlagan bo'lasiz dedim.
Avvalgi davrda amirlarni sultonlarni eshigini tagiga bormagan olimlar. O'shaning uchun aziz bo'lgan. O'shaning shuning uchun gap o'tgan. Keyingi davrlarda bu narsalar og'zayib ketdi. Shuning uchun olimlarni ilmini haybati pasayib ketdi. Tushunish uchun Allohga muhtoj yo'l birodar. Agar Allohni taniydigan bo'lsang, hech kimdan qo'rqmaysan.
Xudo alayhissalom, qavmi tahdid qilishganda nima dedi? Fakiy duniy jamiyat. Men da'vat yetkazdim, Allohga tavakkal qildim. Endi qo'linglardan kelgan ishni qilinglar. Xudo alayhissalomning azizligi robbisiga bo'lgan iymoni bilan, tavakkur bilan edi. Alloh taologa duo qilinglarning ikkinchi ma'nosi.
Hadya har qanday odamni qalbiga yo'l ochadi. Rasululloh aytganlar tahaddu tahabbu. Hadiya vasiyla, hadiya vosita. Alloh taoloni ismlaridan o'zingga ulush olib, o'zingni Allohni rozi qiladigan huquq bilan ziynatlaydigan bo'lsang, Alloh taolo seni albatta mukofotli edi. Rasululloh aytadilar, rahmli insonlarga Rahmon rahm qiladi. Yerdagilarga rahm qilinglar, sizlarga osmondagi Zot rahm qiladi. Rahmli bo'ling, hadya qiling rahmni, Alloh tomonidan hadya olasiz. Alloh Taolo latif, muloyim bo'lgan Zot. Latiflikni, muloyimlikni hadya qiling odamlarga, Alloh tomonidan mana shu latiflikni olasiz. Alloh Taolo adolatli Zot. Odamlarga adolatni hadya qiling, Alloh tomonidan adolatni olasiz.
Agar biz Allohni tanisak, duo qilamiz. Duo qilsak, ijobat qilishdan umid qilamiz. Umid qilsak, Allohga yaqin bo'lamiz. Demak, ikkinchi ma'nosi shu. Alloh Taoloning go'zal ismlaridan o'zimizga ulush nasib olishligimiz kerak. Alloh taoloning pok, abtoiyb ismini dars qilyapmiz. Pokiza ayol bo'ladi. Bu Alloh taoloning katta marhamati. Rostini aytganlar, dunyo o'zi matoh. Dunyo o'zi motoh. Lekin shu matohni ichidagi eng afzali solih ayol degan. Pokiza taom. Pokiza taomi qimmat bo'lganligi uchun, tansiq, antiqa taom bo'lganlig uchun emas pokiza. U pokiza pul bilan, halol kasb bilan topilganligi uchung pokiza.
E sa'd, luqmezingizni pok qiling, duoyingiz mustajob bandalardan bo'lasiz. Birodarlar, hammamizni imkoniyatimizda bor bu narsa. Lekin kasbikorimiz, tijoratimiz pok bo'lsa, robbimiz pokzod. Poklikni yaxshi ko'radi. Bunaqa odamni qilgan duosi ijobat. Pok uy. Qanaqa bo'ladi pok uy? Gunoh ma'siyatlarga yo'l yo'q bu uyga. Eshigi yopiq. Alloh norozi bo'ladigan ishlari yo'q. Bu uyda haromiyatlar bo'lmaydi. Pok do'st. Pok do'st qanaqa bo'lladi? Seni savobli ishlarni qilishingga doim ko'mak beradi. Munkardan qaytaradi, yaxshilikka buyuradi.
Biz birodarlar fitnalar davrida yashayapmiz. Robbana la tajallana fidna tanliladina kafaru. Parvardigor bizlarni mana shu kofir bo'lgan kimsalarga aldanuvchi qilib qo'ymagin. Musulmon odam kofirlar tomonidan keladigan fitnaga aldanuvchi bo'lishi kerak emas. Aksincha shu kofirlarni fitnaga uchratish kerak.
Bu nima degani? Bu nima degan? Qanaqa qilib buni fitnaga uchtasan? Sen kelma keltirgan musulmonsan. O'zingni musulmonlikni da'vo qilyapsan. Ammo hayoting dininga muvofiq emas. Shariat doirasidan chiqib ketgansan. Ishingga vijdoni yondashmaysan, eplamachisan, va'da endi turmaysan, yolg'on gapirasan. Buni ko'rgan kofir nima deydi? Nima deydi? Men haqman deydi. Mana shu ishlarni men qilmayman deydi.
Va'dasida turadi u. Ishini professionalni bajaradi. A, ahdiga vafo qiladi. Sen qilmayapsan deydi da, siz diningizga amal qilmaganligi uchun sizni diningizda fitnaga solib qo'yadi. Shuning uchun sizlar musulmonlar orqali qolib ketdinglar deydi. Agar unaqa bo'lmaganinglarda, peshqadam bo'lardinglar deydi. Shu bilan iymoni zaif bo'lgan, dinini yaxshi bilmagan odamni ular fitnaga solib quradi. Shuning uchun o'zingiz diningizga amalga qilmasdan turib, uni tutgan yo'lini noto'g'ri ekanligini qanaqa aytib berishingiz mumkin?
Alloh azza va jalla toyib, pokiza bo'lgan zot, innalloha toyibun la yaqbola illat toyiba. Alloh azza va jalloh pokzod faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Albatta Alloh Taolo payg'ambarlarga nimani buyurgan bo'lsa, mo'minlarga ham shu narsani buyurdi. Alloh azza vajallaning ab toyib ismidan o'zimizga ulush nasiba olib, qilayotgan ishlarimiz, gapirayotgan so'zlarimiz, hammasini pokiza bo'lishini Alloh Taolodan tabriqini so'rab qolamiz. Aqulu qovli ha da, va astag'firullohu li valakum, innallohi va malakati yu saluni alannabi, ya yu halladini am.