Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Ona'udhu billahi min surur ya'nfu sinam min sayy'at, ya'ma linnama yahdihillah hu falamu ilaluh. Va man yug'ilil hu falaha de'ala. Ona shuhratulloh iloh ilohillallohu vahda huhla sharikala. Ona shuhadahanna muhammadan abduhu va rasuluh. Amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.
Asmon husno silsila darslaridan birodarlar, alloh taoloning al ilah ismini dars qilayotgan edik. La ilaha illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Ibodat qilishlikka yagona haqli bo'lgan zot, bu alloh subhanahu va taolo. Al ilah. Bu dunyoda turishimizning bitta maqsadi bor. Bu dunyoda tutishligimizning bir illati bor. Bu maqsad ibodat deyiladi. Istaydu billah. Voman xoloqatul jinna val insa illali abudun. Alloh taolo jin va inson toifasini nima uchun yaratganligini mana shu oyatda siz bilan bizga xabarini beryapti. Men jin va insni faqat o'zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim. Demak, inson bilan jinni bu borliqda turishligidagi bitta maqsad tirikchilik. Bola chaqa. Uy joy. O'g'il qizni uylab joylash. Mikin?
Yo'q. Alloh taologa quvchilik qilish, Alloh taologa ibodat qilish. Agar siz Allohga ibodat qilib turib, shu ishlarni qilsangiz, mana shu ishlaringizni o'zi ham ibodat. Bolachaqa boqish ibodat, pul topish ibodat, tom solish ibodat. Oila a'zolariga bir turmush tarzini yaxshilab berishlikka harakat qilish ibodat. Bularni hammasi ibodat bo'ladi, agar Allohni ibodati birinchi maqsadingiz bo'lsa.
Odamlarning aksar qismi bolachaqa tirishchilik deb yuribdi. Bu emas maqsad. Maqsad Allohni qulchiligi, ibodati. Endi shu niyat bilan boyagi ishladi qiling, nima bo'ladi u? Ibodat o'zi nima? Qisqacha ta'rifi, qisqacha ta'rifi, Allohga bo'yin sinish, unga muhabbatli bo'lish. Muhabbat bilan Allohga bo'yin sinish. Endi, ibodatning mufassal ta'rifi qanaqa? Qalb muhabbatiga aralashgan, asosi aniq ishonch ustiga qurilgan, abadiy saodatga olib boradigan ixtiyoriy bo'yin sinish. Qarang.
Alloh azza va jallaning nazdida, Alloh subhanavot taoloning o'lchovida dunyoga kelishdagi yagona maqsadimiz nima ekan? Ibodat ekan. Qalb muhabbatiga aralashgan, asosi aniq ishonch ustiga qurilgan, abadiy saodatga olib boradigan ixtiyoriy bo'yin sinish.
Dunyoga kelib, eng katta ziyonni ko'rgan odam kim? Istaydi billa. Qul hal nu nabiyukun belahsariyna a'mala. Alladina dolla san yuhun fil hayati dunya, vahum yaxshabuna annahum yuhsenuna suna. Mana har jumada o'qiladigan Kaft surasida aytiladi, Alloh taolo. Ey Muhammad alayhissalom, ayting.
Sizlarga qilgan ish amallaridan eng ko'p ziyon ko'ruvchi kimsalarni xabarini beraylikmi? Alloh subhanahu va taolo o'zi aytyapti, dunyoga kelib eng katta zararga uchragan odam kimligini. Odamlar gapiraveradi, ono deydi hayotda zarar ko'rdi, ono hayotda foyda topdi, ono yaxshi bo'ldi, ono yomon bo'ldi. Har kim o'zichasiga baho beraveradi hayotga. Ammo Alloh Taolo, Alloh Taolo o'zi aytyapti, dunyoga kelib eng katta zarar ko'rgan odam kim?
Ular kofir bo'lganlari sababli, qilgan sayo harakatlari hayotda dunyodayoq yo'q bo'lib ketgan u, ammo nodonliklari sababli bular. O'zlarini chiroyli, yaxshi amal qilayotgan kishilar deb hisoblaydigan kimsalardir. O'zi xohlagandaqa yashagan, o'n olti to'rt, o'n to'rt noto'g'ri. Ona yutdi, mana yutkazdi. O'zlaricha hayotga baho berib turib, o'zlarini qilayotgan ishini chiroyli deb sanayotgan odamlar. G'arbni qaramaysizmi? Erkakka erkakni uylanishligini to'g'ri deyapti.
Nikoh qurmasdan, ikki tomon rozi bo'lsa erkak ayol, u o'rtasida bo'lgan jinsiy aloqani mumkin deyapti. Har qanaqa bir chiroyli qog'ozlar bilan o'riyapti. Vaholanki bularda hammasi haromida insonni zalolatga, insonni halokatga olib borardi. Mana oila degan muqaddas dargohni bular inkor qilishdi. Din degan narsani cherkovga tiqib qo'yishdi. Bu o'lganda, tug'ilganda, ko'mil ekganda kerak bo'ladigan instansiya, uchta o'rinda. Boshqa paytda xohlagandaqa yashaymiz deyishdi. Nima bo'lyapti bu g'arb olami? Birodarlar qirilib tugayapti.
Demograficheskiy krizisga kiryapti. Aholi ko'paymayapti. Qaranglar, Alloh Taolo aytyapti, kim zarar ko'radi hayotda desa, Allohni dinini esdan chiqarib qo'yib, xohlagandaqa yashab, biz chiroyli ish qilyapmiz deb o'ylayapti. Ular shu dunyoni o'zida ham xor bo'ladi. Oxiratdagisini endi gapirmasak ham bo'ladi.
Shuning uchun kimni foyda qilishligi, kimni zarar qilishligi Alloh Taoloning shariatiga qarab turib belgilanadi. Haqiqiy boy kim? Haqiqiy kambag'al kim? Deydi Ali roziyallohu anhu. Qiyomat kunida Allohga ro'vora bo'lgandan keyin bilinadi. Eng pushaymoni katta odam kim? Kambag'al holda o'lishlik uchun boy yashagan odam.
Nima degani bu? Kambag'al holda o'lishligi uchun boy yashagan odam. Ya'ni dunyo qo'lida juda katta bo'lgan, oxiratga sarf qilmagan, savobga sarf qilmagan, kambag'al odam o'lganda quruq ketyapti oxiratga. Shuning uchun dunyosi qo'lida katta bo'lgan birodarlar, shu narsani yaxshilab tushunib olaylik. Dunyodan chiqib ketayotganingizda qaysi qul sizniki? Qolgani emas, o'tkazganingiz.
Qo'lida bir million dollar bor, yuz ming ham o'tkazmagan. Endi bir kambag'alni qornida bir million yo'q, u ham yuz ming o'tkazmagan. Ikki oy ham bir xil o'lyaptimi? Lekin farq bu kambag'al bo'lib yashab, kambag'al bo'lib o'ldi. Ammo bu boy bo'lib yashay turib, kambag'ali bo'lib o'ldi. Shuning uchun, bu ma'ruzalarimizdan ko'zlagan har doim aytamiz, boy ikkita narsani tuzataylik. Nimani? O'lchov, tushuncha, hayot haqidagi tasavvurni tuzataylik!
Inson ojiz. Miyasidagi bitta tomiri yorilib ketishi bilan tamom bo'ladi uni hayoti. Inson ojiz. Ichi ekkan suvidan bir ho'plam tomog'iga tiqilib qolsa tamom. O'tgan darsda o'sha Apple kompaniyasini asoschisi Steve Jobsdagi so'zlarni aytib berdim. Sakkiz milliard dollar qoldirib o'lib ketdi. Lekin dotda bo'lib ketdi ellik olti yoshida. Men sarobni orqasidan quvgan ekanman. Men noto'g'ri yashagan ekanman deb dotda bo'lib ketyapti.
La ilaha illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Allohdan o'sga, hech kim ibodatga loyiq emas. Hu va ahlu taqva va ahlu mag'firo. U Alloh taqvo egasidir. Ya'ni bandalar Allohdan qo'rqishlari kerak. Alloh undan qo'rqilishlikka loyiq bo'lgan zot va alloh mag'firat egasi bo'lgan z ot.
Ibodatlar bor, shioriy ibodatlar. Va taomiliy ibodatlar bor. Taomiliy ib odatlar to'g'ri bo'lsagina, shioriy ibodatlar to'gri bo'ladi. Mana ibodatni nimaligini tushunib oldik. Alloh taologa ixtiyori bilan, muhabbati bilan, ishonch bilan bo'ynisini ushlashlik. Agar taomiliy iboda lar to'g'ri bilmasa, shioriy iboda otlar to'g'risi bo'lmaydi. Qabul bo'lmaydi, nima degani? Taomoli ibodatlar degani muomaladagi ibodatlar. Axloq. Odamlarning haqlari, muomalalarimiz. Rostgo'ylik, omonatdorlik, birodar haqqini yemaslik, bu muomala ibodatlari deyiladi. Shular to'g'ri bo'lmasa, shioriy ibodatlar qabuli bo'lmaydi, to'g'ribo'lmaydi.
Shioriy ibodatlarni nima? Namoz, ro'za, zakot, haj, siz bilan biz qilayotgan ibodatlar. Namoz. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, muflis kim ekanligini bilasizlarmi? Muflis bizni zamonda tilida agar aytadigan bo'lsak, bankrot odam. Hech narsasi yo'q odam. Sahobalar aytishdi al muflis u fina ya rasululloh man la lahu dirhama va la dinari va la motaa.
Muflis deganda biz dinori ham, dirhami ham, biror bir matohi bo'lmagan odamni tushunamiz deyishdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar, meni ummatimdan bo'lgan muflis, u qanaqa odam? Bu odam qiyomat kunida namozi, ro'zasi, zakoti, hajji bilan keladi. Shioriy ibodatlarni zo'r qilgan. Ammo taomiliy, muomala ibodatlarida juda ko'p xatoga yo'l qo'ygan. Nima qilgan? Uni g'iybat qilgan, buni obro'yiga tekkan, bunga tuhmat qilgan, buning haqqini yegan, buni urgan. Odamlar bilan qilayotgan muomalasi chatoq bo'lgan. Endi Rasululloh aytyaptilar, u shu odam to'xtatiladi va undan qasos olinadi.
Unisi kelib hasanotlarni olib ketadi urgani uchun. Bunisi keladi, hasanotlarnini olib ketadi so'kkan uchun. Unisi keladi, g'iybat qilgani uchun savoblarni olib keladi. Xullas, haqdorlar turibdi. Haqdorlar suribdi, savoblarni olishyapti, qilgan xatolar uchun muomaladagi savoblari qolmadi. Endi boyagi haqdorlar o'zlarining gunohlarini bunga uylaydi. Gunohlarni ortadi, jahannamga tushib ketadi. Namozni foyda qilmadi. Zakoti hajj foyda qilmadi. Chunki muomalasi chatag'idi odamlar bilan. Axloqi buzug'idi.
Ukalar, din bu go'zal xulq deganlar Rasululloh. Qiyomat kunida bandaning savob amallarini eng og'ir bosadigan amal go'zal xullx dedilar. Kimni axloqi sen axloqingdan baland bo'lgan bo'lsa, buni iymoni ham sendan baland deyiladi. Tushunarlimi? Rasululloh yana aytadilar, mening ummatimdan bo'lgan shunday qavmlarni bilaman. Ular qiyomat kunida to'g'ri tog'laridek ulkan savoblar bilan kelishadi. Lekin Alloh ularni sochilgan kuldek qilib tashlaydi. Shunda Savbon roziyallohu anhu, yo Rasululloh, biz ham o'zimiz bilmagan holda o'sha yerlarda bo'p qolmasligimiz uchun, ularni qanaqaligini sifatlab bering bizga. Ularni bizga bildirib qo'ying. Shunda Rasul aytdilar, ular sizlarni birodarlaringiz. Ular sizlardan. Sizlar tunni qoyim qilgandaqa ular ham tunni qoyim bilishadi. Lekin ular Alloh harom qilgan narsalar bilan yolg'iz qolishsa, unga kirishib ketishadi. Hech kim ko'rmagan joyda gunohdan o'zini to'xtata olmay qoladi.
Ro'za. Aytdik, muomala, taomoli ibodatlar to'g'ri bo'lmasa, shiori ibodatlar to'di bo'lmaydi, qabuli bo'lmaydimi? Ro'za. Islomni beshta ustundan bittasi. Man lam yada aqavla zo'r val amalabihiy, falay salillahi haja fiy an yada ato mahu va sharobahu. Kim ro'za tutib turib, yolg'on gapni va yolg'on gapga bo'lgan amanni tark qilmasa, yemay ichmay qo'yganini Allohga keragi yo'q. Allohga hech narsani keragi yo'q.
Alloh hech narsaga muhtoj emas. Endi ro'za tutib turib, yolg'ondan to'xtamayotgan bo'lsang, yolg'on ishdan to'xtamayotsang, seni ro'zang ro'za emas deganida. Shiori ibodat bor, ro'za. Lekin muomaladagi ibodat yo'q, shuning uchun ro'zasi qabul bo'lmaydi. Din nima ekan, birodarlar? Go'zal xulq ekan. Go'zal xuquq ekan.
Rubba soimin la isalahumi in siyamaki illal ju'avval atash. Shunaqa ro'zadorlar bor. Ro'zadan topgan narsasi nima? Och qagani yu, chanqagani. Och qoldi, chanqadi, lekin boshqa hech narsa olmadi. Nima uchun? Muomaladagi taomili ibodatlari nima bo'lgan edi? Noto'g'ri bo'lgan edida. Zakot. Ana shu islomni beshta ustundan bittasi. Istadibillah, qo'l anfiq u tov an avkar ha. Lan yutoqob balamin kun innakum kun tumqomman fasihe. Ayting. O'z xohishingiz bilan, xoh majburan, infog'i ehson qilinglar. Sizlardan xarjiz qabul qilinmas. Nima uchun? Chunki sizlar itoatsiz, fosiq qavm bo'ldinglar. Fosiqda kim aytiladi, bilasizlarmi? Qoqmasdan gunoh qiladigan odam. Uyatmasdan qilaveradi. Yashirmaydi, uyalmaydi.
Shahoda kalimasini aytish. Man qola la ilaha illalloha bi haqqi ha da halal janna. Kim la ilaha illallohni aytsa, haqqi bilan, haqqini ado qilib aytsa, jannatga kiradi. Qiyla va man haqqi ha. U kalimani la ilaha illallohni haqqi nima deganida, rostdan aytdilar, an tahjizahu an mahorimillah. Shu kalima aytgan odamni Alloh harom qilgan ishlardan to'sayotgan bo'lsa, demak shu kishi kalimani haqqini ado qilibdi.
Tushunarli bo'ldimi? Alloh harom qilsin ishlardan tiyilmagan odam, bu kalimani haqkini ado qilmagan bo'ladi. Qachonki haromdan tiyilsa haqqini ado qilgan bo'ladi, so'ngra jannatga kiradi. Bu dunyoga kelishimizni asosiy maqsadi birodar ibodat ekan. Ibodat bu Alloh Taologa ixtiyoriy bo'ysunishlik ekan.
Agar biz bizni abadiy saodatga olib boradigan yo'lni topgan bo'lsak, yutdik. Astag'firulloh. Faman zuh ziha anin nari va udh ilal jannata faqodi faz. Alloh Taolo aytadi bas, kim do'zaxdan chetlatilib jannatga kiritilsa, muhaqqaq baxt saodatga erishgay. Omal hayati dunyo illa mata ul g'urur. Bu hayotat dunyo esa aldaguvchi matohdir.
Ahmad o'zini bir tanishini janozasiga ketyapti. Juda ham badavlat odam edi o'tgan kishi. Men aytdim uyga keldi, uyida endi shunaqa solib qo'ygan, bironta bir ayb topa olmaysan bironta joydan. Hamma yoq muhayyo. Katta pul ketgan. Kimga qoladi endi bu dunyo? Kimga qoladi bu uy? O'zi bilan nimani olib ketyapti? Qayoqqa ketyapti? Kim qaysi uyga kiradi? Shunaqa hashamatli uyni qilib qo'yib ketyapti. Qaysi uyga keladi? Qabr degan uyga kiradi. U qabr degan uy hamma uchun bir xil. Devoli ham, poli ham, lampasi ham, usti ham nima? Tuproq. U yerda hammaga sharoit bir xil.
Ne ne mehnat, ne ne mashaqqatlar devoziga qurgan uyi qolib ketdi. Birodarlar, siz bilan bizdan bir kun ustimizda turibdi shu kun. Tinmay uyga choplaymiz. Endi tomini yopib olay. Endi devorni bunaqa qilib olay. Endi bu tiyopli pol qilib olay. Endi ko'ngliga qo'y. Ha kerak birodarlar, qilishlik kerak. Lekin hayotdagi maqsad bu emas. Qilib bering bu narsani, hammasi kerak. Lekin bitkazdingizmi? Ibodatga qarang. Ibodatga qaring. Bu dunyoni obod qilishlik sizni oxiratdan to'sib qo'ymasin.
Agar maqsadingiz Allohni qulligi bo'lsa, shu dunyoga sal bergan pulingiz ham ibodatga o'tadi. Maqsadni to'g'ri qo'yib oling. Hamma o'ladi birodarlar. Jon borki, bir kun vafot topishligi bor. Chunki tun har qancha cho'zilmasin, tong albatta otadi. Umr har qancha chozilmasin, o'lim albatta keladi.
Kattalardan so'ranglar da, yetmish ga kirdi, sakson ga kirdi. Yetmish yil, sakson yil yashaganga o'xshaysizmi desangiz, yo'q deydi. Qiyomat kuniga borganda, qancha turdinglar dunyoda deb Alloh Taolo so'raydi. Desa, yauman avba rayom, fas alil adin. O'sha kopilar aytadi, bir kun yo bir yarim kun turding deydi. Yozib turgan farishtalaringdan so'ra deydi. Mana hozir o'tirganlar, qarang da, orqaga qarang da, qancha yashadingiz? Hech qancha emas a? Hech qan cha emas.
Mana shu dunyoda yasharkanmiz, g'amni to'g'ri qilaylik. To'g'ri g'amni tanlaylik. Alloh azza va jalla mana imomni televizordan keltiriladi, shunday deydi. Man ka'natil axiratu hammahu, jalallohu g'ina hufiqol behi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, kimning g'ami oxirat bo'lsa, uning qalbiga Alloh boyligini joylab qo'yadi. Ishini jamlab qo'yad. Dunyo unga oqib kelaveradi, u esa bunga parvo qilmaydi. Endi davomini qarang. Va man kan eti dunya hammahu, kimning g'ami dunyo bo'lsa, ja ala Alloh faqirahu bayna aynayhi. Alloh bu insonning faqirligini, kambag'alligini, muhtojligini ikkala ko'zini o'rtasiga yozib qo'yadi. Va farroq alayhi shamlahu ishini sotishib qo'yad. Volam ya'ati himina dunya illa man qud der ala hu. Faqat dunyo deb yashasa ham, faqat pul deb tirikchilik deb yashasa ham unga faqat taqdir qilingani yana keladi.
Inson musulmon bo'lsin, kofir bo'lsin, ibodatli bo'lsin, ibodatsiz fosu bo'lsin, unga taqdir qilingan rizq bor. Payg'ambarimiz aytganlaridek, insonni ajala quvigandan ko'ra ko'proq uni rizqi quviydi. Qaytarib aytaman. Inson ajali quvigandan ko'ra ko'proq uni rizqi quviydi. Bunga iymonimiz komil. Payg'ambarimiz aytadilar, inson unga yozilgan rizqini to'laligicha olib bitirmagunicha, to'laligichcha olib yemagunicha ajali haligisi kelmaydi. Faqat inson dunyoga kelar ekan, maqsadini to'g'ri qo'ysin. La ilaha illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Alloh subhanahu va taolo iloh bo'lgan zol. Iloh faqat u ibodat qilishlikka loyiq bo'lgan zon. Bu alloh subhanahu va tavalloh.
Aqlu qovli ha'da, vositag'firullohi alayhi valakum, innallohu va malakatuh yusalluni ala nabiy, ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatuh.