Inna alhamdulillahi nahmaduhu onasta'inuhu onasta'firuh. Ona'ug'ullahi min sururi yonfusinah va min say'atiy amalina. Man yahdihin lahu falah muddilala, va man yudliluhu falah hadiyala. Ona shuhratulloh ila iloh illalloh va hidahular sharikala. Ona shuhadoh anna muhammadan abduhu rasuluh, amma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'limi barakatuh. Asmol husno silsila darslaridan bugun yangi darsimiz. Alloh taoloning go'zal ismlaridan al ilah. Mana shu ismini dars qilgan bo'lamiz.
Alloh taoluning al ilah ismi birodarlar qur'onda ham zikr qilingan, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadis shariflarida ham zikr qilgan. Alloh taolo qur'onda marhamat qiladi astaydu billah. Vo ilahukm ilahum vahid. La ilaha illa huvar rahmanur rohiym. Ilohingiz yagona ilohdir. U mehribon va rahmli ilohdan o'zga hech qanday iloh yo'qdir. Moida surasida aytadi va min ilahin illallohu vahid. Yagona bo'lgan Allohdan o'ziga iloh yo'q. Mana la ilaha illalloh deymiz. Mana shu kalima toyiba, pokizi so'z siz bilan bizni musulmonlarning safiga qo'shadi. La ilaha illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Iloh nima o'zi?
Nabiy sollallohu alayhi vasallam da'vatining avvalida, ya yuhannas, qulu la ilaha illalloh tufli hu deganlar. Ey insonlar, Allohdan o'zi iloh yo'q denglar, najotga erishasizlar. Al ilah. Alloh taoloning go'zal ismlaridan ekanligi Qur'on bilan va Payg'ambarimizning hadisi bilan sobit bo'ldi. Al ilah kalimasining ma'nosi. Uni ma'nosi qanaqa? Al ilah ma'bud. Ibodat qilinishlikka haqli zot. Va u bitta. U Alloh.
Haq ma'bud Alloh taoloning yolg'iz o'zi. Allohdan boshqani inson o'ziga ma'bud qilib oladigan bo'lsa, demak o'sha narsani iloh qilibdi. Bir narsa uchun xor bo'lyapsiz, bir narsaga itoat qilyapsiz, yuz foiz itoat qilyabsiz, taslim bo'lyapsiz. Demak shu narsani ilohi qilib oldingiz. Garchi siz sig'mayotgan bo'lsangiz ham, shu tijoratingiz, sizdan nimani talab qilsa, so'zsiz bo'ynini tushunasiz. Halol, haram, birovni haqqi unga qaramaysiz. Birovga zulum bo'ladi, birovni haqi poymol bo'ladi, sizga qizig'i yo'q. Shu foyda bo'lsa bo'ldi. Shu tijoratingiz, shu foydangiz sizni har qanday ishga qilishlikka majbur qilyaptimi? Demak, tijoratingizni iloh qilib olibsiz.
Dalil aslada billa afaroa ita manitta hoda ilaho havaah deydi Alloh Taolo. Ey Muhammad ali assalom, havoyi nafsini o'ziga iloh qilib olgan kimsani ko'rganmisiz? Bizni ishimizdagi havoyi nafsimiz ham iloh bo'lib qoladi. Tushunarlimi? Nafsingiz nimani xohlasa qilasiz? Nafsingiz nima nukuslasa qilasisiz? Hech narsaga parvo qilmaysiz.
Yoqmayaptimi, qarindoshlikni uzib qo'yaverasiz. Yoqmayotimi, zakotu bermay qo'yaverarsiz. Issiq bo'lib ketdi, men saratonda kelib qoldirib o'za. Qo'y endi qiynalma deyaptimi nafsingiz? Tutmay qo'yasiz. Demak siz nafsingizni o'zingizga iloh qilib olibsiz. Garchi nafsingizga sig'inmay ekan bo'lsangiz ham. Alloh taoloning yolg'iz o'zigina seni ilohing bo'lishligi kerak, birodar.
Haqiqiy oqillik ham shunda. Faqat Allohni o'zingga ilohda bilishing, shahvating emas, mansabing emas, shaytoning emas, havoyi nafsing emas. Agar sen Allohni haqiqiy ilohim deb qabul qilmasang, boshqalarni iloh deb qabul qilasan. Inson xohlasa xohlamasa, nimanidir iloh qilib oladi. Inson xohlamasa, xohlamasa, nimagadir bo'yni sinadi. Kimnidir chizib bergan chizig'idan yuradi. Agar Allohni iloh qilib olmasang, o'zingga o'xshagan laim, pastkash bir insonni iloh qilib olasan. Shuning uchun Allohni iloh deb bil, boshqa narsa seni ustinda iloh bo'lmaydi.
La ilaha illalloh. Haqiqiy ma'bud bu Alloh subhanahu va taolo. Iloh kim? Iloh u shunday zotki, u halol degan narsa halol. U haram degan narsa haram. U to'g'ri degan narsa to'g'ri, u noto'g'ri degan narsa noto'g'ri. Senda ixtiyor yo'q. Mana shu ilohni ma'nosi. Ro'za tutasan dedi, tutasan. Zakot berasan dedi, berasan. Hajga borganda boshingda do'ppini yechib yurasan dedi, yechib yurasansan. Kiyimingni hammasini yechasan dedi, yechasan.
Bu shariat, birodar, shariat. Nimaga zakot berishim kerak, qiynalib topganman? Nimaga ro'za tutishim kerak? Istadiyulloh. Ya ayyohannas u, obodu robbaku millat de, xolaqaqum, valladina min qoblikkum la allakum tattaqum. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o'tganlarni taqvo egalari bo'lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qiling. Ibodat faqat Allohga bo'ladi. Chunki haq ma'bud, haq iloh bu Alloh Subhanahu va Taoloning o'zi. Siz bilan biz dunyoda nimaga muhtoj bo'lsak, Alloh shuni yaratib berdi.
Suvmi, havomi, kiyim kechakmi, juftlarmi, ne'matlarmi, yaratgan faqat Alloh Taoloning o'zi bo'lganidan keyin, ibodat qilinishlikka ham faqat Alloh Taoloning o'zi haqli bo'ladi. Agar birodarlar yer yuzidagi eng katta mamlakatlarning prezidentlari yig'ilib turib, ertaga yomg'ir yog'sin degan qarorniga qo'l qo'ysa ham, yomg'ir yoqmaydi.
Dunyodagi hamma odamlar yig'ilib turip, ertaga qor yog'sin desa, qor yog'maydi. Kim aytgani bo'ladi? Nodomiki Alloh Taolo haq iloh ekanmi? Hamma narsa uni qo'lida ekanmi? Ibodat qilishlikka haqli bo'lgan yagona iloh ham Alloh Taolo bo'ladi. Astayduvilla. Va ilayhi yur jaul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkal alih. Ko'zimizni katta ochaylik. Bir muammolarimiz hal bo'lishi uchun kimlargadir yuguramiz. Biror bir muammolarga, muammoga kirib qolmasligi uchun kimlardadir rozi qilishga harakat qilamiz. Qo'yingki, kimnidir roziligiga intilamiz.
Nimagadir erishish uchun yoki nimadandir qutilish uchun. Robbimiz Subhanah va Taolo bu oyatda aytyapti, hamma ish Allohni o'ziga qaytariladi, bas Uni o'ziga ibodat qiling, o'ziga suyaning. Kim aytgani bo'ladi? Har bitta narsani haqiqati bor. Iymondan ham haqiqati bor, yagona bo'lgan, Ilohga bo'lgan iymonning haqiqati bor.
Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam aytadilar likulli sha'in haqiqatun. Har bitta ishning haqiqati bo. Endi iymonni haqiqati nima? Senga yetgan narsa, boshingga kelgan narsa, taqdirda sendan o'tib ketishligi yozilmagan. Senga yetmagan narsa, taqdirida senga kelishi yozilmagan, shunga iymoning komil bo'lgandan keyin, aniq ishonganingdan keyin, iymonning nima ekanligini tushunasan. Ozgina sharhlaylik a? Mashinani urib olding. Yoki mashinani qo'yib qo'ydi, urib ketibdi birov. Bo'ldimi? Bo'ldi, demak shuni yozgan ekan Alloh. Agar shu narigi ko'chaga qo'yganimda, agar manaqa qilmaganimda dema. Bo'lib oldimi? Demak bo'lishi kerak ekan.
Harakatni qilding, sababni qilding, osh yillarni chiqib qoldi. Buni ham Alloh xohlaganiga, lekin sen sababni zo'r qilgansan. Birodar, ustingga kelgan narsa kelishi yozilgan. Ustingga kelmagan narsa kelmasligi yozilgan. Shuni qabul qil, iymonni mazasini aytib o'tasan. Bir ishni qilib bo'lganingizdan keyin, bir natijaga erishganingizdan keyin, u sizga yoqadimi, yoqmaydimi? Qodarulloh deysiz. Bu Allohni qodari. Allohni taqdiri shunaqa bo'lishi kerak ekan. Agar desangiz o'tib ketgan ishga, shaytonga eshikni ochib qo'yasiz. Agarda bo'lmaydi.
Insonning bu borliqda turishligining illati, hikmati, maqsadi bor. Bu yagona bo'lgan ilohga qulchilik qilishlik. Vama xolaqatul jinna val inisa illa li abudum. Men deyapti Alloh Taolo, jinlarni ham, insonlarni ham toifasini menga ibodat qilish uchun yaratdim. Mana shu haqiqatni tushungan odam dunyoda saodat topadi, agar shu maqsadiga muvofiq kun kechirsa.
Dunyoga nimaga kelganligingizni bilishingiz o'zi sizni baxtli qilmaydi. Nozik joyi shu. Nimaga kelganligingizni bildingiz, bu yarim baxt. Endi hayotda yashashingiz, qilayotgan ishlaringiz shu maqsadingizga muvofiq kelsa, shunda saodat topasiz. Aksar musulmonlar dunyoga nimaga kelganligini biladi. Allohga qulchilik qilishimiz kerak deb biladi. Lekin shu maqsadga muvofiq ishni to'liq qilmaganligi uchun bo'lardi baxti to'liq emas.
Bilib qo'yganingiz o'zi siz baxtli qilmaydi ekan. Tushunarlimi? Chanqadingiz, suv ichishingiz kerak, bo'lmasa o'lib qolasiz. Bilasiz. Suv turibdi quduqdan. Borib olib ichmadingiz. Tirik qolasizmi? Bilishligingizni o'zi kifoya qilmaydi. Bilganingizga yarasha amal qilishingiz kerak. Endi bildi, amali qancha muvofiq bo'lsa, hayoti shunchalik saodatli bo'ladi insonlar. Sen nimaga kelding, birodar? Ibodat uchun. Mana shu asosiy maqsad. Mana shu sabab bilan dunyoga keldingiz. Ota o'zini o'g'lini bir chet yurtga o'qishga jo'natdi, tabobatni o'rganib kelsin deb. Haligi katta mamlakatga bordir. Haligi talaba.
Katta mamlakat, katta shahar, u shaharlarda nimalar bor? Bog'roqlar bor, istirohat maydonlari bor, kinoteatrlar bor, stadionlar bor va hokazolar bor, yana universitet ham bor. Agar bu boladan so'ralsa, nimaga kelding bu shaharga deb, nima deydi? Tabobat. Demak, qayoqqa borishi ham aniq. Nima ish qilishi ham aniq. U stadioni, u kinoteatrlar uni maqsadi emas. Biz ham dunyoga keldik. Nimaga keldingiz? Ollohga xo'pchilik qilgani keldingizmi? Endi shunga yarasha yashang.
Sizni dunyodagi saodatingiz, dunyoga nima kelganligingizni bilishingiz va shunga yarasha ish qilishingiz. Inna saaya qumlashadi. Shak shubha yo'qki, sizlarning sa'yo harakatlaringiz xilma xildir. Nima degani? Dunyoga nimaga kelganligini bildi. Lekin qilayotgan ishi bir xil emas odamlarni. La ilaha illalloh muhammad rasululloh degan musulmonlar hammasi dunyoga ibodat qilgani kelganligini bilddi. Lekin shu maqsadiga yarasha ish qilishlikda xilma xil.
Odamni bolasini ko'ziga bu dunyo chiroyli qilib ko'rsatilgan. Hammamiz chiroyli mashinani, keng hovlini, chiroyli ayoldi, oltin kumushni yaxshi ko'ramiz. Bitta bitta odam, yo'q men yaxshi ko'rmayman desa, yolg'onchi bu odam. Qo'rqmay ayting kim bo'lsa ham. Chunki allohu a'rinda zuina linnasi xubbu shahavot dedi. Linnasi, odamlarga dedi, bu yerda musulmonlarga, kafirlarga emas, umuman inson zotiga shahvatlar chiroyli qilib ko'rsatildi.
Hammaga qimmat mashina, yangi mashina, chiroyli hovli yoqadi. Chunki Alloh Taolo aytdi. Endi inson mana shu ko'zga chiroyli ko'rgan narsaga erishishligini hayotdagi birinchi maqsadi qilib oldi. Bu odam tugadi endi. U dunyo matohiga yo yetadi, yo yetmaydi. Yetmasa aniq baxtsiz. Yetsa ham baxtli bo'lmaydi, chunki maqsadni noto'g'ri qo'ydi. Inson pul to'playdi. Inson molni orqasidan quviydi. Ha, birodarlar, musulmon odam kambag'al bo'lgandan boy bo'lgani yaxshi. Kasal bo'lganda sog' bo'lgani ham yaxshi. Zaif bo'lgandan quvvatli bo'lgani haqqi yaxshi. Hech kim dunyo matohini harom deya olmaydi. Lekin dunyo matohi maqsad emas.
Bir inson dunyoga keldi, ibodat uchun kelganligini tushunmadi maqsadini. Dunyoda quvdi. Yugurdi, yeldi, erishdi. Keyin umrini oxiriga borganda ana shu qo'lidagi boylik hech narsa emasligini tushunadi. Yigitlar, o'g'il bola hayoti davomida vafot etgunga qadar mana shu boylikka, dunyo matohiga uch xil qarash bilan qaraydi. Umrining avvalida boylik bu hamma narsa deb o'ylaydi.
Endi umrini o'rtasiga yetganda, o'sha qirq bilan oltmishni o'rtasiga etganda, boylik hamma narsa emas ekan. Boylik bir narsalar ekan xolos. Chunki ba'zi ishlar bo'lar ekan, pul bilan hal bo'lmas ekan. Endi umrini uchinchi qismiga borganda, o'sha oltmish bilan sakson ni orasida mol u dunyo hech narsa emas e kan deydi. Endi inson o'sha say sanga kirguncha ertaroq shuni tushunsa, ha ishlaydi, boy bo'ladi, milliard topadi, trillion topadi, halol, qilsin ibodat shuni o'zi. Lekin boy bo'lish maqsad emas.
Biz ham odamlarga o'xshab yasharmikinmiz? Bir amma eshitganmisizlar shu gapni? Yo'q, amma. Yo'q, amaki. Siz odamlardayoq yashamaysiz. Alloh sizga yozgandayoq yashaysiz. Faqat siz maqsadingiz ibodat ekanligini tushundingiz, hayotingizdagi ishlaringiz shunga mos kelsin, siz zo'r yashaysiz. Muhim emas pulingizni qancha bo'lishligi.
Xoromxarish bilan, kazinolar bilan, aroq do'konlar bilan bir odam, musulmon odam sakkiz yuz million dollar pul to'pladi. Ana shu arab o'lkalarida. O'lim to'shagida yotibdi, ziyoratiga kelgan qorakadan so'rayapti, endi nima qilaman deyapti. Birovni haqqini yegan, birovni urgan, so'kkan, bu narsani tortib olgan, zulm qilgan, xullas ibodatdan uzoq havoyi nafsini iloh qilib, moli dunyoni iloh qilib, shu moli dunyo talab qilgan hamma narsani bajarib itoat qilib, mana o'lim to'shigida yotib, nima qilaman endi deyapti.
Bu qorak aytyaptiki, dunyodagi hamma boylikni sarf qilsang ham, endi foydasi yo'q senga. Chunki o'layotgan paytda agar sadaqa qilib yuborsa ham birodarlar, uni ajri sog' yurgan paytda qilgan sadaqachalik bo'lmaydi. Agar xorondan topgan pulini hammasini sog' yurganda sarflasa ham, Alloh Taolo pokizazod, faqatgina pokiza narsani qabul qiladi. Endi bu odamga foydasi yo'q. Mana bitta oyog'iga o'rgatilgandan keyin sakkiz yuz million dollar puli bor odam pushaymon yeyapti. Endi nima qilaman deyapti?
Innasa ayakum lashatta. Sizlarni qiladigan sayr harakatinglar xilma xildir. Dunyoga nima kelganligini bildi. Endi hayotda shunga muvofiq ishlayotganlarni kamdan kami to'qson foizni ustidan. Ko'prog'i ellik foizni tagida. To'g'rimi? Dalil? Tarove namozlarida masjidlarimiz to'ladi, tarove namozlari tugagandan keyin masjidlarimiz huvullab qoladi.
Istanbulga bordingiz, Dubayga bordingiz, boshqa bir katta shaharga bordingiz. Oteldan joy oldingiz, uxladingiz, tunadingiz, tong otdi. Endi qayoqqa boraman deysiz. Shunda so'raladi. Maqsading nima edi Istanbulga kelishdan? Agar ilm talabida kelgan bo'lsang, jomiaga borasan. Agar tijorat maqsadida kelgan bo'lsa, zavod fabrika yoki bozorga borasan. Agar sayohat uchun kelgan bo'lsak, qadimiy bir osonroq atiqalarni ko'rishlikka borasan. Seni hozir nima ish qilishiging, niyatingga bog'liq. Birodar, dunyoga nima niyatda kelding? Nima maqsadda kelding?
Dunyoga nima maqsadi kelganingni bilishing, sen uchun eng muhim narsa, endi undan keyingi qilinadigan muhim narsang, shu maqsadingga muvofiq hayot kechirishliging. Bir odam dunyoga nima kelganligini bildi, Allohni tanidi, ibodatda bo'ldi, halol yashadi, farzandlarini islom imom bilan tarbiyaladi, odamlar bilan go'zal muomalada bo'ldi. Hayotini Allohning manhachini ustiga qurdi. Chunki nimaga kelganligini bildi. Shuning uchun uni qilgan hamma ishlari to'g'ri bo'ldi. Insonlar harakat qiladi, qilgan harakati ba'zida to'g'ri, ba'zida noto'g'ri. Mana ma'nosi to'g'r. Ming yil tursa ham qimirlamaydi. Bu shunaqa bo'lib yaralgan. Lekin inson unaqa emas. Inson harakatlanadi. U yeyishi kerak, ichishi kerak, uxlashi kerak, juft kerak, oila kerak. Ana shu kerak narsalarni qo'lga kiritishlik uchun harakatlanadi. Endi shu harakatlari maqsadiga muvofiq bo'lsin.
Tushunarlimi? Muhimi pul topishmas. Muhimi qanaqa pul topish. Pul topasan, topasan. Rizqingga yozilgani albatta keladi senga. Insonning ajali uni quvgandan ko'ra, insonning ajali uning quvgandan ko'ta, insonning rizqi ko'proq qilib oladi.
Shuni tushunib olaylik. Rizqingiz yozilgan, u albatta topib keladi. Ajal bir kunga yozilgan, rizq sakson yilga yozilgan. Shu sakson yillik rizqingiz kelmaguncha, nima kelmaydi? Ajal kelmaydi. Shuning uchun maqsad pul topishmas, birodarlar. U rizq u, Alloh yozib qo'ygan. Faqat shu rizqni qaysi yo'l bilan topishlik. Shunisi qiziq.
Jomiyaning talabasi. Oxirgi kursida, oxirgi ekzamenga kiradi, uch kundan keyin. Shu ekzamendan o'tsa, diplomni oladi, bir mutaxassislikni qo'lga kiritadi, hayotdagi ishlar tekkiz bo'ladi. Yaxshi mansabni egallaydi, topish yaxshi bo'ladi. Kelajagi mana shu bitta egzamenga bog'liq bo'lib turibdi. Uch kun bolaga egzamiga. Endi nima qiladi bu bola?
Hamma narsani ichiga kesib turib qo'yib turib, uch kun tayyorgarlik ko'rish kerak. Shu maqsadiga muvofiq harakat bo'ladi. Maqsadiga muvofiq harakat bo'ladi. Endi buni o'rniga ulfatlari kelib yura endi, shunchasi bo'lgan, bu ham bo'lib ketadi deb turib, mayobkaga, piknikga olib chiqib ketsa nima bo'ladi? Uyga chiqib kelsa, bu ham harakat. Uch kun o'tirib kitob o'qisa, bu ham harakat. Uni maqsadiga qaysi harakat muvofiq keladi?
Shuning uchun, birodar, saodat nimada? Maqsadni to'g'ri anglashda va shu maqsadga muvofiq harakat qilishda. Saodat dunyoga nimaga kelganligingni bilishingda, va hayotda qilayotgan ishlaring shu maqsadingga muvofiq bo'lishigida, shu ikkita narsada bor saodat. Nimada u?
O'lchov va tushunchada. Tushuncha va o'lchovda. Hayotda yashayotganingizda qanaqa tasavvur bilan yashayapsiz? Nima ponyatiyalar bilan yashayapmiz bizni tilda? Shu o'lchov tushunchangiz to'g'ri bo'lsa, siz saodat topasiz. Do'kon doda tasavvur qiling. Do'kondor do'konda ochgan, hamma tovarlarni qo'ygan. Maqsadi nima do'kondan?
Choyi bor, gazeta jurnali bor, qo'lida telefoni bor, o'tiribdi konditsionerlik xonada salqin yozda, issiq qishda. Kechgacha o'tirib telefon o'ynash imkoniyati bor. Kechgacha turib choy ichish imkoniyati bor, kechgacha o'rtada mazza qilish imkoniyati ham bor. Lekin savdo yo'q. U choyni ichayotib, telefonni o'ynayotib, gazetani o'qiyotib mazza qiladimi?
Mazza yo'q o'zi. Nimaga mazza qilmayapti? Chunki savdo yo'q da. Nimaga to'g'ri kelmayapti bu harakati? Endi, aksincha, savdo shunaqa yurganki, bir pilla choy ichgani vaqti yo'q. Obed qilgani vaqtiyo'q. Joni hiylanib ketdi, lekin mazza qiladi. Nimaga? Bo'layotgan harakat maqsadiga yetkazyapti uni. Shuning uchun birodar, siz dunyoga nimaga kelganingizni bilib oling avval. Ibodat uchun keldingiz. Dalil. Va men xoloq tuljinna val insa illali abudun. Insonlarni ham, jinlarni ham menga ibodat qilsin deb yaratdim deyapti. Siz kambag'almisiz, boymisiz, muhim emas. Ibodat bo'lyaptimi?
Ko'pi yetmayaptimi, muhim emas, maqsadingizga qilayotgan harakatingiz to'g'ri kelyaptimi? Siz saodatli insonsiz, tushuning shuni. Demak, seni baxtli bo'lishing, qilayotgan fe'l atvoring harakating maqsadingga muvofiq bo'lsa. Qachon baxtsiz bo'lasan? Maqsadingga qilayotgan ishlaring, harakatlaring teskari kelsa. Endi kimdir aytishi mumkin. Endi domla, endi bitta odam pul topishlikda maqsad qildi. Qilayotgan hamma ishi shunga to'g'ri keladi. Shu odam ham baxtli bo'ladimi? Siz aytyapsiz, maqsadingga qilayotgan ishing to'g'ri kelsa baxtli bo'lasan deyapsiz. Endi faqat pul topaman degan odam, maqsadi shu. Pul topadi. Shu odam baxtli bo'ladimi?
Biz aytgan formula bo'yicha bo'lishi kerak. Javob yo'q. Bu odam baxtli bilmaydi. Chunki maqsadi noto'g'rida. Maqsad noto'g'ri bo'lgandan keyin, u qilgan harakati ham o'z o'zidan noto'g'ir bo'ladi. Ana shu ramazon darslarida aytib o'tdik. Apple kompaniyasining xo'jayini Steve Jobs ellik olti yoshida oshqozon osti bezining saratonidan o'lib ketdi. Sakkiz milliard dollar qoldirib ketdi.
Oldiga dunyoda biznesda cho'qqiga chiqish, katta daromad qilishlik degan maqsad qildi va shunga yetdi. Mana, maqsadiga harakati to'g'ri keldi, natijaga erishdi. Shu odam nima deb o'ldi oxirida? O'lim degan haqiqatni oldida, oliy haqiqatnioldida meni topgan narsam sariqcha qilgan arzimaydikan dedi.
Mana savolga javob chiqdimi? Maqsadda noto'g'ri qo'ydikmi? Garchi u maqsadingga qilayotgan ishing to'g'ri kelsa ham, shu maqsadingga erishsang ham, sen baxtli bo'lmaysan. Maqsad to'g'ri bo'lsin. Allohni qulchiligi, qilayotgan ishlarimiz qanchalar maqsadimizga muvofiq bo'lsa, saodatimiz shunga yarasha belgilanadi. Bitta gapni qaytaryapti deyapsizlarmi? Asosiy gap shu o'zi.
Qarang, shu Steve Jobs nima deyapti? O'limidan bir necha kun oldin turibdi youtubeda, qaranglar. Meni hayotim muvaffaqiyatning ramzi bo'lib ko'rinadi odamlarni ko'zida. Men biznes olamidagi eng yuqori cho'qqilarni egalladim. Lekin hayotda ishimdan boshqa quvonchim yo'q edi. Ulg'ayganimiz sari, ulg'ayganim sari tushunib yetamiz ekan shu narsani. Nimani? O'ttiz dollarlik kashlok ham, uch yuz dollarlik kashlak ham bir xil pulni sig'dirar ekan. Uch yuz dollari soat ham, o'ttiz ming dollari soat ham bir xil vaqtni ko'rsatar ekan. O'ttiz ming dollarlik mashina ham, uch yuz ming dollarlik mashina ham bir xil masofaga olib borar ekan. Agar samolyot qulasa, biznes klassdamisiz, ekonom klassdamisiz, siz yerga bir xil tushasiz ekan. Siz odamlarga pul berib turib, siz uchun mashinani haydatib qo'yishingiz mumkin ekan. Siz pul berib turib odamlarga sizga pul topishlikni ishlatib qo'yishiz mumkin ekan, lekin siz hech kimni ustingizga kelgan dardni tortib yerda pul bera olmaysiz ekan.
Ajal degan narsa kelganda, meni o'rnimga o'lginda pulni bera olmaysiz ekkan. Meni shuncha topgan obro'yim, shuncha topgan boyligim, hurmatim, o'lim degan haqiqatni oldida sariqcha qilgan arzimas narsa ekan. Bu odam maqsadni noto'g'ri qo'ydi, garchi ishlar shu maqsadga to'g'ri kelsa ham, maqsadiga erishgan bo'lsa ham, dunyodan baxtsiz chiqib ket ekanligini aytyapti.
Bizda sakkiz milliard dollar bo'lmaydi, akalar, ukalar. Bo'lmaydi bizda. Yetgan odam o'sha cho'qqiga chiqib turib, bu maqsad noto'g'r edi ekan deb o'lib ketyapti. Shuning uchun birodarlar, va men xoloq tuljinna val insa illali abudun. Men insonlarni ham, jinlarni ham faqat o'zimga ibodat qilishlikka yaratdim, dedi. Maqsad to'g'ri bo'lsin, dunyoda birodar, qilayotgan ishlaring shu maqsadingga to'g'ri, muvofiq bo'lsin, albatta saodat topasan. Endi eng to'g'ri maqsad bu Alloh Taoloning qulchiligi. Insonlarni ham, jinlarni ham menga ibodat qilsin deb yaratdim, dedi Alloh Subhanahu va Taolo.
Aqul qovli hada va astag'firulloh alayhi valakum.