MMaviza
Al-IlohTekshirilgan23 daq

54-DARS AL-ILAAH (3-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
22:45
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdilillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafuruh. Va na'uvdhu billahi min ash sururiyan fuzinavamin sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falamu g'ilalah va man yug'ililgu falah hadiyalah. Va na shadvallahi ilaallohu vahdahlulah sharikala va na ishqadah anna muhammadan abduhu rasuluh. Va ba't, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatuh.

Alloh taoloning go'zal ismlaridan al ilah. La ilaha illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Iloh bu ma'bud. Ma'bud unga ibodat qilinadigan zot. Yolg'iz Allohdan ibodat qilinadi, chunki u Rob, hamma ish Uni qo'lida. Demak, ulug'iyatning talablaridan bittasi bu ibodat. Banda ilohga ibodat quladi. O'tgan darsimizda birodarlar ibodatni nima ekanligi haqida suhbat qildik. Qisqacha takrorlash. Ibodat Allohga bo'yin sinish va unga muhabbatli bo'lish. Allohga bo'in sinish va muhabbatli bo'sh. Bu qisqacha ta'rifi. Bu fasal ta'rifi qalbiy muhabbatga aralashgan, asosi aniq ishonch ustiga qurilgan, abadiy saodatga olib boradigan ixtiyoriy bo'yin sinish. Endi ibodatda o'tgan darsimizda ikkiga bo'ldik. Shioriy ibodatlar hamda taomuli ibodatlar. Shioriy ib odatlar bu islomning, islomning shiori bo'lgan amallar. Namoz, ro'za, zakot, islom shiorlari. Endi taomiliy ibodatlar degani, odamlar bilan qiladigan muomalamizdagi ibodatlar.

Omonatdorlik, rostgo'ylik. Yana aytdik o'tgan darsimizda, kishining muomaladagi odoblari, muomaladagi ibodatida kamchilik bo'ladigan bo'lsa, taomiliy ib odatlarda nuqson bo'lsa, shioriy ibodatlar unga foyda bilmay qolishi mumkin. Chunki inson chaqimchi bo'lsa, tuhmatchi bo'lsa, bo'xtonchi bo'lsa , zolim bo'lsa, yolg'onchi bo'lsa odamlar bilan qilayotgan muomalalarda xato yo'l qo'yyapti. Muomala ibodatlarida nuqson yo'l qo'tyapti. Endi qiyomatga borganda, odamlarni haqqini yegan, yolg'on gapirgan, g'iybat qilganmi? O'qigan namozidan qilgan savoblaridan mana shu amallarni evaziga olib olinadi. Shuning uchun aytyapmiz, muomaladagi odoblaringiz o'rnida bo'lmas ekan birodar, shioriy qilayotgan ibodatlaringiz sizga foyda qilmay qolishi mumkin. Va unga hadislardan va Qur'on oyatlaridan dalillar keltirdik. Bugun ibodat degan narsaga taalluqli bo'lgan suhbatni qilamiz. Vaman xoloq tul jinna val insa illali abudun dedi Allohu Taolo. Men jinni ham, insni ham, menga ibodat qilish uchungina yaratdim. Bizni bu borliqda turishligimizning asosiy sababi, asosiy illati Allohga qulchilik qilishlik.

Mana endi ibodat. Ibodat deganda ko'pchilik faqatgina mana shu namozni, ro'zani, shioriy ibodatlarni tushunadi. Lekin ibodat, bundan ko'ra birodarlar ma'nosi keng. Alloh Taoloning manhaji, Alloh Taoloning shariat'i biz aytayotgan ibodat degan narsa hayotimizni hamma jabhasiga kiradi.

Er xotinni to'shadagi muomalasidan tortib, katta mamlakatlar o'rtasida bo'ladigan siyosat masalasigacha kiradi. Ibodat degan nasini keyin tushunishligimiz kerak. Ibodatni birinchi turi. Haviya ibodati, ya'ni shaxsiyat ibodati. Sen kimsan? Har bittamizni birodarlar, jamiyatni o'rnimiz bor. Sen boysan. Hamma qiladigan besh mahal namoz, hamma qilish kerak bo'lgan farz amalda qilib bo'lganingdan keyin yana alohida ibodating bor. Sen boysan. Seni birinchi ibodating mana shu molingni Alloh rozi bo'ladigan joyga inqiroz qilish. Hamma qilayotgan namoz, ro'za, ishlarni qilasan, bu so'zsiz, hamma bajaradi. Ammo undan tashqari qilayotgan birinchi ibodatining pulingni inqiroz qilib qilishing. Qiyomat kunida sen boy sifatida moling ustida hisob kitob qilinasan.

Endi sen shu pulingni boy bo'lsang, seni najotga olib boradigan o'rniga sarf qilishing mumkin, yoki seni halokatga olib boradgan havoying nafsingni yo'lga sarf qilishing ham mumkin. Asarlarda keltiriladi, qiyomat kunida Alloh Taolo bir bandasiga, bir boy bandasiga aytadi. Abdi, atoy to'kamalin, fama'da sanoat fiihiy. Bir boy bandani Alloh qo'yib turib, huzuriga qiyomatda so'raydi. Ey banda, senga moli davlat berganman. Nima qilding moli davlatni ustida? Banda aytadi, bolalarim mendan keyin kambag'al bo'lib qolmasin, deb qo'rqib inqil qilmadim deydi. Alloh Taolo aytadi, axir sen mening rozi ekanimni, buyuk qudrat egasi ekanligimni bilmasmiding? Sen qo'rqqan narsani seni vafotingdan keyin bolalaringni ustiga tushirdim. Bolalarim kambag'al bo'lib qolmasin deb baxillik qilib ilfo qilmadingmi? Ayni sen qo'rqqan narsani seni bolalaring ustiga tushirding. Birodar, siz topgan pulingiz bilan bolachaqangizni kelajagini ta'minlab qo'ya olmaysiz.

Siz bolangizni dunyoviy hayotini zo'r qilib berishlik sizni qo'lingizda emas. Chunki bu rizq masalasi rizq masalasi Alloh bilan bandani o'rtasidagi ish. Unga burov aralasha olmaydi. Ha, biz topib, bola chaqamizni boy badavlat qilib qo'yib ketishlikka harakat qilamiz. Lekin u Allohni ixtiyoridagi narsa. Payg'ambarimiz aytganlar, bola chaqangni burovga muhtoj bo'lib, kambag'al bo'lib qoldirib ketganingdan ko'ra, boy badavlat qilib qoldirgani yaxshi deganlar. Lekin qayoqdan bilasiz siz qoldirgan pul bilan ayni bola zo'r yashashini?

Qancha boy badavlat odamlar bor, o'tib ketgandan keyin bola chaqasi kambag'al bo'lib ketdi. Demak, u boylik otani rizqi edi. Va qancha kambag'al odamlarda bolalari bor, ota onasi o'tib ketgandan keyin bola chaqasida to'kin sochin yashadi. Demak, kambag'allik otani rizqi. Siz bola chaqangizni kelajagini ta'minlay olmaysiz. Siz iymonini, odobini, axloqini, ta'lim tarbiyasini ta'minlab qo'ying, g'am qilmang. Bu odam nima qildi? Bola chaqam kambag'al bo'lib qolmasin deb pulni qisib, qisib, qusib to'plab, qoldirib ketdi. Lekin Alloh kambag'al qilishni xohlovdi, bola chaqasini kambag'al qurib qo'ydi.

O'tgan darslarimizda aytdik, dunyoga kelib, eng katta pushaymon bilan chiqib ketadigan odam kim? U shunday odamki, diqqat qilinglar. Kambag'al bo'lib o'lish uchun boy yashagan odam. Kambag'al holida o'lish uchunga boy, badavlat bo'lib yashagan odam . Nima degani bu?

Boy bo'lgan, lekin sablamagan oxiratiga. Dunyodan chiqib ketayotganda kambag'al yashagandaqa, oxiratga hech narsa o'tkazmasdan chiqib ketyapti. Vaholanki boy bo'lgan. Kambag'ali kambag'al bo'm yashadi, kambag'al bola o'ldi. Chunki o'tkazadigan hech narsasi yo'q edi da. Kambag'al bo'lib yashadi, kambag'al bo'mi o'ldi. Ammo boychi? O'layotganda xuddi kambag'alda qo'yilyapti, oxiratga hech narsa o'tkazmagan, lekin boy yashagan.

Endi tushunarli bo'ldimi? Puldor akalar, puldor akalar oxiratlarga sarflanglar, chunki sizlar boysizlar, qiyomatda shu narsa so'radi sizlardan. Eng pushaymoni katta bo'lgan odam kambag'al bolib o'lish uchun boy holda yashagan odam. Alloh taolo boshqa bandasidan so'raydi.

Ey bandam, senga mol u dunyo berdim. Nima qilding? Banda aytadi. Parvardigor, sen eng rahmli zot ekanligingni, eng yaxshi saqlovchi ekanliginga ishonganim sababli, sen bergan dunyoni har bitta faqir miskinga nifo qildim deydi. Alloh taolo aytadi men sendan keyin farzandlaringni saqlovchiman.

Vokana abuhumma solih. Muso va xizr alayhissalom ikkita yetimni devorini urib qo'yishdi a? Keyin nimaga urdik? Shu devorni egasini topib, qilgan xizmatimizni haqqini olsak bo'lmaydimi deganida, mana tushuntirdi. Kel, mana nimaga teshdi, bolani nimaga o'ldirdi. Bu devor ikkita yetim, ot bolani devorli edi. Devorni ostida xazina bor edi. Endi bu bolalar hozir devor yiqilib yiqilib ochilib qolsa, xazinasini himoya qilisha olmaydi, yosh bola. Endi to balog'atga yetib, shu xazinani himoya qiladigan holat kelgunga qadar, devorni urib qo'yishlikka Alloh buyurdi dedi. Nima sabab? Chunki ota onasi yaxshi odamlar edi deydi. Vakan abu huma soliha. Shuning uchun solih bo'lib yashaylik birodarlar. Dunyoni ko'p qoldira olmaganingizga g'am qilmang. Siz solih bo'lib yashang, Alloh aytyapti, men o'zim saqlayman seni bolalaringni deyapti.

Atrofinglarda qaranglarda, dunyo matohini juda katta topgan odamlar bor. O'tib ketgandan keyin bola chaqalar qashshoqlikda o'tdi kuni. Qaranglar, topasizlar. Nima uchun desa, ota onasi solihmas edi. Va ana shu odamlar bor, halol yashagan, Allohni tani to'g'ri yashagan, bir tiyin qoldira olmagan, qashshoq yashagan, kambag'al yashagan, faqir yashagan. Lekin otangni o'tib ketgandan keyin bola chaqani hayoti zo'r bo'lib ketdi. Tushunarlimi?

Demak, biz shaxsiyat ibodat haqida, haviyat ibodat haqiida gapiryapmiz. Boy odamning birinchi navbatdagi ibodati infog'i ekan. Endi yana bitta kishi bor. Ulkan mansab egasi. O'zini mansabi bilan, qalamini uchi bilan, haqni haq, botinni botil qila oladi. Mazlumda haqqini olib bera oladi, zolimni jazolaydi. Adolatni yoyilishiga sabab bo'ladi. Endi bu odamning birinchi ibodati nima bo'ladi?

Munkarni to'sishlik, ma'rufga buyurishlik, haqqni qoyim qilishlik, zolimlarni jazosini berib, mazlumlarda haqqini undirib berishlik. Shuning uchun insonni jamiyatda tutgan mavqeyi, qanchalar baland bo'lsa, mas'uliyati ham shunga yarasha bo'ladi. Samolyotda havoga ko'tarilib borar ekansiz, siz ko'radigan maydon kengayib boradi. Qancha balandga ko'tarilsa, shuncha keng maydon ko'riladimi? Demak, siz xuddi samolyotda ko'tarilayotgan odam singari, mansabdor bo'lsangiz, qanchalar baland mansabda o'tirgan bo'lsangiz. Mas'uliyat shunchalik katta bo'ladi.

Muallim, maktabdagi muallim, o'ttizta bola bor sinfida. Shu o'ttizta boladan qiyomatda hisob kitobga tutiladi. Endi shu maktabni direktori chi, shu maktabda o'qiydigan ikki mingta bolani ustidan hisob kitob qiladi, mas'ul bo'ladi. Endi ta'lim vaziri chi, ministr obrazovaniya, shu mamlakatdagi hamma o'quvchilar haqida qiyomatga unda nima bo'ladi? Mas'ul bo'iladi. Biz xaviyat ibodati, shaxsiyat ibodati haqida gapiryapmiz. Shuning uchun marhum xattopir roziyallohu anhu xalifa bo'lgandan keyin aytar edi. Meni sizlardan oshish joyim yo'q. Faqat bitta farqim, yelkamdan mas'uliyatim kattadir edi.

U mansabni orqasidan quv ekanlar, mansabni egallashlik uchun shef tagiga suv quv ekanlar. Mansabni egallashlik uchun olib borib uzatayotganlar, qanaqa mas'uliyat yelkasiga yuklanayotganligini tushunishganida, bu mansabdan o'tdan qochganday qochishar edi. Vaholanki o'sha mansabga yetsa ham, yetmasa ham yozilgan rizqi bor shuni yeydi. Bizning iymonimiz komil da. Qaranglarda, hammasi aylanib kelib turib, mana shu ikkita narsaga taqalyapti. Nima edi bu?

O'lchov, tushuncha noto'g'ri. Mansabga yetishsam, baxtli bo'laman deb o'ylayapti. Baxtli bo'lishing puli bilan, mansab bilan bo'lmaydi. Hayot haqidagi tasavvuring, o'lchov tushunchang to'g'riligi bilan bo'ladi. Katta mansabda, katta kursida o'tirgan odam qiyomatda undan nimalar so'rashligini o'ylasa, agar rostmana dopisini mayliga qo'yib o'ylaydigan bo'lsa, qo'rqib ketish kerak titrab.

Chunki Allohni huzurida qilgan har bitta ishi, qo'ygan har bitta bir imzosi, qabul qilgan har bittasi qarori haqida javobgar bo'ladi. Shuning uchun marhamat xato opa ziyodanxon aytar edi, agar derdi, o'zi Madinada turibdi u kishi. Iroq yo'lida bir tuya qoqilib tushsa, yo'lni qiyshiqligidan, yo'lni chuqurligidan, yo'lda tekkizmasligidan, qiyomat Alloh Taolo bu narsa haqida mendan so'raydi derdi. Nechta, tuyunga qarang, hamma tuyinga haqida olaveraman, menga ham qiyin demagan da. Chunki bular kimligini bilgan, qaysi maqomda turganini bilgan.

Xalifayi rojiklarining beshinchisi hisoblangan Umariddin Abdulla Aziz yig'lab o'tirar edi. Shunda oldiga Fotima bint Abdulmalik kirib, sababini so'radi. Nimaga yig'layapsiz? Meni xohla qo'y. Nimaga yig'llayapsiz? Xullas, qistab turdi, oxiri javob berdi. Aytdiki, e, senga voy bo'lsin, ey Fotima. Albatta, menga bu ummatning ishi yuklatildi. Men och qolgan faqir haqida o'ylandim. Zoyi bo'lgan kasal, kiyimsiz qolgan faqih, qalbi siniq yetim haqida. Nochor qolgan mazlum haqida. Musofir u asr haqida, qariyalar va beva qolgan ayollar haqida, farzandi ko'p faqir haqida, shunga o'xshagan insonlar haqida o'ylandim. Bularning ba'zisi haqida, Alloh Taolo mendan so'rash haqida fikr qildim. Ularning ustida mening xusumatchim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o'zlari bo'ladi. Bas, mening hujjatim zaif bo'lib qolishidan qo'rqdim, shuning uchun yig'ladim dedi. Bular yetkazdik mas'uliyatni his qilgan. Demak, birodarlar, bir inson quvvat egasi bo'lsa, mansab egasi bo'lmasa, bu insonni birinchi o'rinda turadigan ibodati haqqini qoyim qilishi, botinni inkor qilishi, majlulunlarni haqqini olib berishlik bo'ladi. Boymisan?

O'zingni ibodating bor. Mansabdor quvvatlimisan? O'zingning ibodating bor. Ulamolarning birinchi ibodati haqni bayon qilish, odamlarga dinni ta'lim berish. Hasan Basriy rohimahullohdan so'rashdi. Mana shunday maqom martabaga qanday erishdingiz? Odamlarni qo'lidagi dunyosidan behojab bo'ldim, lekin odamlar meni ilmga muhtoj bo'lishdi. Mana shu narsa bilan shu maqomga yetdim deydi. Demak, olim odam, dinni odamlarga ta'lim beradigan ilmli odam, odamlarni ko'liga qaramasligi kerak. Odamlar uni ilmiga muhtoj bo'lishingiz kerak. Agar mana shu forumlar teskari bo'lib qoladigan bo'lsa, ulamolar haqqi yetkaza olmaydi, odamlar buzilib ketadi. Ilm ahillari odamlarni qo'liga qarab muomala qilsa, puldorga qulluq qilib, kambag'alga kibr qilib, odamlar, olimlarni ilmiga muhtoj bo'lmaydigan bo'lsa. Payg'ambarimiz aytganlaridek, yerni ustidan ko'ra yerni tagi yaxshi yo'l oladi odamlarga.

Alladina yuborilig'una risalatilla va yaxshovna hu va la yaxshovna ahadani illalloh. Bular Allohnin amri farmonlarini bandalariga yetkazadigan, Allohdan qo'rqadigan va Allohdan o'ziga birordan qo'rqmaydigan zotlardir. Agar Allohnin diniga da'vat qilayotgan odam Allohdan boshqasidan qo'rqsa, odamlarni qo'lidan ta'ma qilsa, bu odam haqini ayta olmaydigan bo'lib qoladi. Shu bilan da'vati tamom bo'ladi. Ulamolarning birinchi navbatdagi ibodati nima ekan? Haqni bayon qilish, odamlarga tushuntirish. Boyni o'zini ibodati bor, mansabdorni ibodati bor, quvvat egasini ibodati bor. Olimni birinchi navbatda turgan ibodati bor, endi ayolni ham birinchi o'rinda turadigan ibodati bor. Ha, ayol ham ana shu shariatda aytilgan farzlarni bajaradi. Ana shulardan keyingi birinchi turadigan ibodati, bu o'zining erini va farzandlarini rioyasini qilish.

Ayol kishini birinchi o'rindagi qiladigan ibodati farzlardan keyingi ibodati, erini xizmatini qilish, bolalarni xizmatini qilish. Nabi sollallohu alayhi vasallam aytadilar, e'alami ayyatu al mar'atu va alimi man dunaki minannisa. Anna husnata baulil mar'ati zav jaha, ya adilul jahadati sabiylin la. Ey ayol, dedi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam. O'zing bilib ol. Va orqangdagi ayolingizga ham bildirib qo'ygin ki, ayolning o'z eri bilan go'zal muomalada bo'lishi Allohning yo'lidagi jihod bilan tengdir.

Ayol o'zini erini, farzandlarini xizmatini zo'r qilar ekan, shu bilan band bo'lar ekan, Allohni yo'lida jihod qilayotgan odam bilan barobar bo'ladi ajib. Inson boymi, olimmi, ayolmi, mansabdormi, o'ziga xos ibodati bor. Bu haviya ibodati deyiladi. Shaxsiyat ibodati bo'ladi. Ibodatni ikkinchi turi bor. Bu sharoit ibodati deyishadi. Ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir sharoitda qilinadigan ibodat. Masalan, ota kasal bo'lib turibdi. Farzand uchun birinchi o'ringa chiqadigan ibodat, otasini oldida turib xizmatini qilish. Tushunarlimi? Bolam, qarib qoldik, biz oldimizda o'tirgin, tilishliging o'tyapti desa, rossiyaga ketishlik, bu ibodat bo'lmaydi. Otangiz qattiq kasal bo'lib yotibdi, yonida bitta odam turishi kerak. Masjidga ozon aytdi. Ozon aytdi namozga. Matishga chiqishlik, sunnat bo'lsa, otangizni xizmatini qilishlik hozir farz bo'lib turibdi, lojib ham emas, farz bo'lib o'tiribdi. Ibodatni ikkinchi turi sharoit ibodat.

Uyingizga mehmon kelganda, birinchi o'rindagi ibodat qaysi bo'ladi? Ana shu mehmonni izzat ikrom qilishligingiz. O'g'lingiz jomeydagi oxirgi bitiruv imtihoniga keldi. Sizning ishingiz shu bolaga sharoit qilib berishlik. Molga o'zingiz qarab turing, qo'yga o'zingizni qarab turing. Ayg'urotdan o'zingiz shof turing. Chunki hozir bu bola imtihonga tayinlanishi kerak. Shunga sharoitni qilib berishligi sizni birinchi ibodatingiz bo'ladi.

O'zlik ibodati, sharoit ibodati, uchinchisi, vaqt ibodati bor. Alloh taoloning bandalarini ibodatga buyurgan. Tunda qilinadigan ibodatlar bor, kunduzi qilsangiz qabul bo'lmaydi. Kunduzi qilinadigan ibotlar bor, ularni qilsangiz tunda qabul qilmaydi. Ozarbayjonda volisi odam jo'natdi xalifa umariddin xattobni oldiga. Kechasi tunda kirib keldi. Xalifani eshigini tunda xohishlaydi, xohlamasdan masjidga borib turaman deb, borsa bir odam o'tirib yig'layapti. Aytyaptiki, Parvardigor, ta'vomi qabul qildingmi? Nafsimni tabriklayman. Yoki qaytarib yubordingmi? Nafsimga ta'ziya bildiraman. Haligi qorong'ida tanimasdan elchi kelib turib, kimsiz dedi, Umarman dedi. Ya Amir al-Mo'minin, sizmisiz? Uxlamaysizmi kechqurun dedi. Xalifa aytadi, agar tunni uyqu bilan o'tkazsam, o'zimni, nafsimni, Robbimni huzurida yo'qotib qo'yaman. Agar kunduz uxlasam, raiyatimni yo'qotib quraman dedi. Tushunyapsizmi? Kunduzni qilinadigan iborat ishlar bor, kun kechasi qilinadigan ishlari bor.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir yosh yigitni mana shu nafl ibodatlarga ko'p berilganini ko'rdilarda, manyut ay muk. Tirikchilik qilmaydi, faqat ibodat bilan ovora. Tirikchiligi nima bo'lyapti? Qordingni kim boqadi? Dedi. Akam dedi. Akasi tijorat ham qiladi, besh ma'lum namozini ham o'qiydi, ibodatini qiladi, pul topadi. Ukasini boqadi. Uka faqat ibodati bilan. Shunda payg'ambarimiz aytdilar, axulka abad minka. Aka, akang, akang sendan ko'ra ibodatliroq ekan dedi.

Birodar, yoshlik paytingizda ilm o'rganasiz, hunar o'rganasangiz, jamiyatga foyda keltirasiz, ishlaysiz ibodat qilib. Endi yoshlikda hamma narsani chekkaga surib qo'yib, faqat ibodat qilayotgan bo'lsangiz, sizni qilayotgan ishingiz to'g'ri emas. Rasululloh tinmay ibodatga berilgan yoshni hech narsa qilmasdan ibodat qiladigan yoshdan ko'ra, kirishchiligini qilib turib namoz o'qiyotgan, ibodat qilgan akasini bu sendan ko'ra ibodatliroq ekan deyapti. Ma'qulmi?

Shaxsiyat ibodati bor, sharoit ibodati bor, vaqt ibodati bor. Birodar, ba'zida bitta ibodat butun bir asrning ibodati bo'lib qolishi mumkin. Butun boshli bitta asrning ibodatib bitta ibodat bo'lib qolishim mumkin. Masalan, dushman taraf musulmon ummatni faqir qilishlikka harakat qilayotgan bo'lsa, birinchi o'ringa nima chiqadi? Iqtisodni ko'chirish, ko'tarish kerak. Birinchi o'rindagi ibodat iqtisodni yo'tarishlik kerak. Mamlakatda oziq ovqat zaxirasini ko'paytirishlik kerak. Dehqonchilikka, ishlab chiqarishga kuch berish kerak. Tabiiy boylarga bo'lgan ehtimolni kuchaytirish kerak. Davlatni boyitishlik birinchi o'ringa chiqadi. Agar narigi dushman taraf musulmonlarni adashtirishlikka zo'r berayotgan bo'lsa, din ta'limotlarini odamlarga qattiq o'rgatishlikka taallu e'tibor berish kerak. Ta'limga urg'u berish kerak, kitob yozish kerak, shubhalarni ketkazlik uchun ulamolar odamlarga dars o'tishi kerak. Hozir ayni shunaqa davrda o'ylayman men.

Birodarlar, ta'lim bilan o'samiz. Ta'limga e'tibor beramiz. Maktablarni yo'laymiz, o'qituvchilarni oyligiga yordam beramiz. Jamiyatda muallimlar, eng hurmatli odamlar maqomga chiqqandan keyin ummat sifatida o'samiz. Agar narigi taraf bizni axloqiy buzilishimizni istayotgan bo'lsa, masjidlar, madrasalar, islomiy markazlarga qattiq e'tibor berishimiz kerak. Tariximizni o'rganish uchun katta kuchsatlashimiz kerak. Ota bobolarimizni kim bo'lganligini bolalarimizga tanitishimiz kerak. Shunda ular ibratni kimdan olish kerakligini tushunadi. Shunda ular uchun ko'mir kim ekanligini tushunad. Ana shu g'arbdan, shartdan kelayotgan falsafalarda ta'sirga tushib qolishidan ehtiyot bo'ladi. Shunda saqlab qolamiz bolalarimizni.

Ibodat, shaxsiyat ibodati, sharoit ibodati va vaqt ibodati. Aqlu qovli ha'da va astag'firulloh livalakum. Innallohu va malaka to yusalluna ala nabiy, ya yuhalladina a'mana sollallohu alayhi vasalli va taslima.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish