MMaviza
Al-VitrTekshirilgan46 daq

66-DARS AL-VITR (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
46:29
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Indal hamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas taofuruh. Ona uzuvillahi min surur ya'nfusinavamin sayy'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudirala. Va man yuzli hufala hadiyala. Ona shuhratulloh ilahi illallohu vahdahlular sharikala. Ona shuqaddo annamuhammadan abduhu rasuluh. A mabodo assalomu alaykum va rahmatullohi ta'ala va barakatu.

Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlaridan al viter. Al viter ismi payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida zikr qilingan, vorid bo'lgan. Imom buxoriy abu xurayra roziyallohu anhudan keltirgan hadisda shunday deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar lillahi tis' atun va tis' ovna isman. Mi'ata illa vahida. Alloh taoloni to'qson to'qqizta ismi bor. Bir kam yuzta. La yahfaduhu ahadun illa daholal janna. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. Vahu vitrun yuhayb bul vitro. Va u Alloh taolo vitrdir, ya'ni toqdir. Juftmas, toq va toqni vitrni yaxshi ko'radi. Mana hadisdan ma'lum bo'lyapti, Alloh taoloni mana shu to'qson to'qqizta ismini kim yod oladigan bo'lsa, jannatga kirar ekan. Bu mana shu yod olsa degani nima degani? Faqatgina shu vallohu la ila ilaha illa huvar rahmonur rohim iman ukol qudusus salomu al mu.

Bu shunday bir quruq yodlab qo'yishmi? Ha. Yodlab qo'shlikni ham albatta fazilati bor. Bu yerda yodlasa deganda faqatgina mana shu quruq tili bilan aytib qo'yishlikni o'zi deb tushunmasligimiz kerak. Yodlash degani, mana shu ismlarni ma'nolarini o'rganish. Va mana shu ismlardan o'ziga ulush olish va mana shu Alloh Taoloning ism sifatlari bilan o'zini ziynatlash tushuniladi. Alloh Taolo saxovatiy bo'lgan, Al Karim bo'lgan zotmi? Demak, siz ham mana shu ismlarni o'ziga ulushi oling, siz ham saxiy bo'ling. Alloh taolo al g'ofur kechiruvchi bo'lgan z otmi? Demak,siz ham nima qiling?

Kechiruvchi bo'ling, kechirimiy bo'ling. Alloh Taoloning shu ism va sifatlaridan biz o'zimizga ulush olishimiz kerak. Allohni to'qson to'qqizta ismi bor, kim ularni yod olsa jannatga kiradi. Ha, bir chekkadan yodlasa ham fazilat va faqat shuni o'zini deb tushunmaylik. Alloh taoloning har bitta ismidan o'zimizga ulish nasib olaylik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yana bir hadisiga quloq tutamiz.

U zot sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ixfadillahi ya'fadga. Ixfadillaha ya'fadga! Allohni saqlagin, shunda Alloh seni saqlaydi. Endi Allohni saqlagan degani ismini doim yodingda saqlagin. Gapirayotganingda Alloh esingda tursin. Bir ish qilayotganingda, bir qaror qabul qilayotganinda Alloh taoloning roziligi yodingda tursin. Shu narsa yodingda saqlagin. Agar shunday bo'lsang, Alloh seni saqlaydi.

Ovod Alloh Qur'onda aytadi astadi billa, fazkuruning adhikurukum. Bas, meni zikr qilinglar, men ham sizlarni zikr qilaman. Qarang, bu alohida bir to'xtaladigan mavzu. Meni zikr qilsang, men ham seni zikr qilaman. Alloh taolo Qur'onda aytadi, astaydi billa, intansuru vloha yansurkum. Agar sizlar Allohga yordam bersanglar, Alloh ham sizlarga yordam beradi. Yo'q. Biz Allohga yordom bera olamizmi? Yo'q, yordam bera olmaymiz. Alloh taologa yordamni keragi yo'q. Allohu somad. Alloh hamma narsadan behojat bo'lgan zon. Bu yerdagi Allohga yordam bersanglar degani, Allohni shariatini tadbiq qilsanglar degani. Dinni mahkam ushlasanglar degani'. Shunda Allohga yordam bergan bo'lasizlar deyapti. Vaholanki Alloh Taolo hech kimni yordamiga muhtoj emas. Agar shunday bo'lsanglar, Alloh sizlarga yordam beradi.

Dinga yordam bersangiz, Alloh sizga yordam beradi. Shuning uchun duo qilishimiz kerak birodarlar. Parvardigor, nafslarimizni yengishligimizga bizga yordam bergingki, ine biz Seni diningga yordam beraylik. Allohni diniga yordam berish uchun, ya'ni Allohni diniga amal qilishiga uchun, hukmida Makkab turishiga uchun biz avval nafsimizni yengishimiz kerak.

Shu nafsimizni yengishlikka yordam bergin ki, Seni diningga yordam beraylik. Faqat shundagina biz g'olib bo'lamiz bu kofir qavmi ustidan. Fadokuru uning adukuruqum. Bas, meni eslanglar, men ham sizlarni eslayman. Siz Allohni zikr qildingiz, esladingiz. Alloh sizni zikr qildi, esladi. Bu aytilishinglar bir xilda, esladi, zikr qild.

Sizni Allohni zikri qilishingiz bilan Alloh sizni zikr qilishingizni o'rtasida birodarlar katta farq bor. Siz Allohni eslasangiz, yelkangizdagi vojib bo'lgan ishni qildingiz, xolos. Agar Alloh Taolo sizni zikr hisa chi? Tushundinglarmi gapni? Shu son sanoqsiz bandalarni ichidan Alloh Taolo sizning ismingizni zikr qildi, ma'no ekanlarini oldida. Onaxon bandamni ko'rdinglarmi? Men uchun shahvatini qo'ydi. Men uchun gunohni qo'ydi, men uchun nafsi xohlab turgan narsani qo'ydi, ono bandamni ko'rdinglarmi deb. Alloh sizni bir marta zikr qilib qo'ysa, birodar, yutdingiz siz.

Agar Alloh sizni eslasa, sizga xotirjamlikni berib qo'yadi. Ha, xotirjamlikda beradi. Va xotirjamlik faqat mo'minda bo'ladi. Mana hozir atta anaqa bo'lyapti, marta manaqa bo'lyapdi. Globalniy potivleniya bo'lyapti. Narxlar mana qo'yib ketar ekan, anaqa qo'yib kelib ketar ekan. Tinimsiz ravishda, bu ommaviy axborot vositalari siz bilan bizni asabimizni o'ldirish, yuragimizni to'kishlikda musobaqa o'ynayotganga o'xshaydi. Tinimsiz xavotir, tinimsiz vahima ma'lumotlar. To'g'rimi?

Ha, da, ana yer yutdi, mana bunaqa suv bosdi, o'n o'n uchinchi yil qiyomat bo'lar ekan, globalniy podpleniya bo'lib ketar ekan. Mana shunday holatda inson to'kilib ketadi birodarlar. Lekin haqiqiy xotirjamlik mo'minda bo'ladi. Alloh Taolo aytadi: fa ayyul fariqoyni a haqqi bil amin in kun tun ta'lamun. Agar bilsanglar aytinglar deyapti Alloh Taolo. Qaysi toifa xotirjam yashashlikka haqli? Iymon keltirganlarmi yoki kofir bo'lganlarmi?

Alloh Taolo o'zi javob beryapti. Kim haqli xotirjam yoshashga? Alladina ananu valam yalbi su' i ma'nahum bid'un, ula akalahum ul amnu vahum muhtadun. Kim xotirjam yashaydi dunyoda? Iymon keltirgan va iymonini nima qilmagan? Zulm bilan aralashtirmagan zotlar. Ana o'shalar xotirjam bo'lguvchidirlar va ana o'shalar hidoyat topguvchidirlari. Iymoni ustida sodiq bo'lgan haqiqiy mo'min nima deydi?

Kim aytgani bo'ladi deydi? Aka, olsangiz ishingizni olasiz da deydi. Kim aytgani bo'madi? Alloh aytgani bo'da. Eshik shar'a haqiqatda to'p chiqib ketadi. Ya uvolnyayus deydi. Urejat qilib tepalab shu xohlayapti ham turibsiz oylikdan qolmay deb. Ti uvolen degan gapgacha. Mo'min nima deydi?

Ha bu, bu kayfni senga bermayman deydi. Men uvolnyayus dedi. Chunki nimadan xotirjam u? Nimasidan xotirjam u. Rizqidan. Rizqidan! Fadkuruning azkurukum. Meni eslasanglar, sizlarni eslayman. Agar Alloh sizni eslasa, sizga hikmatni ato qilib qo'yadi. Hikmat nima edi? Hamma odamlar ko'ravermaydigan narsalar.

Odamlarda ko'zdan yashirilgan ilm, ma'rifat. Odamlar tushunmay turganda bir narsani tezda tushunasiz. Odamlar ko'rmagan paytda ko'rasiz. Odamlarni ahli yetmay turgan paytda bu narsani siz idrok qilib turasiz. Va man yu'tali hakimata, faqat o'tiga hayron kattiyroq. Agar Allohni eslasangiz, sizga hikmatni beradi. Endi Alloh kimga hikmatni borgan bo'lsa, muhaqqaqki unga ko'p yaxshilik berilibdi.

Agar Alloh seni eslasa, birodar, senga rozilikni beradi, xotirjamlikni beradi. Sen dunyodagi hamma narsadan ayrilgan bo'l, lekin shu ikkita narsa bo'lsa senda, xotirjamligi bilan rozilik. Sen eng baxtli odamsan. Agar dunyoni hamma boyligi qo'lingda bo'lsa yu, xotirjamliga bo'lmasa va roziliging bo'lmasa kuningdan, sen eng baxtsiz odamsan.

Yana qaytaraman. Qo'lingizda hech narsa bo'lmasin. Hamma yoq ketsin. Lekin xotirjam bo'lsangiz va Alloh bergan kunga rozi bo'lsangiz, eng eng baxtli odamsiz. Boy demaylik e. Obyazatelno boy deyish kerak a? Eng saodatli odamsiz. Agar shu ikkita narsani olib qo'ysa Alloh Taolo, qo'lingizda dunyoni hamma narsasi bo'lsin, badbaxt odam bo'lasiz.

Lilayhi tis atnutis ona isman. Alloh Taoloning to'qson to'qqizta ismi bor. Bir kam yuzta. Kim ularni yod olsa, jannatga kiradi. U vitr, al vitr toqdir, al vitr tochni yaxshi ko'radi. Demak, yod olsa, yodlasa deganda, tushunish, anglash. Ana shu Alloh Taoloning ismlarini o'qib o'rganib turib, ulardan o'ziga ulush nasiba olsa, o'zini axloqini Allohga yaqin bo'lishlik bilan tuzatsa.

Bandalarga Alloh Taolo rahmli bo'lgan zot, ar rohim. Demak, ar rohimdan ulush ol, sen ham rahmli bo'ld. Alloh taolo odil zot, al adil bo'lgan zon. Sen ham odamlar bilan qilayotgan muomalangda adolatli bo'l. Alloh taolo al karim bo'lgan zod. Shu ismni yodla. Ma'nosini tushun va o'zingni mana shu sifatni bor qilishga harakat qil. Sen ham saxovatli bo'l. Demak, mana shu ismlarni yodlash deganda shuni ham tushunaylik. O'zimizda shu sifat paydo bo'lsin.

Vahvol vitru, yo hayb bul vitro. Alloh Taolo Toqdir, Toqni yaxshi ko'radi. Alloh Taolo Yakka Yagoni bo'lgan zot. Alloh Taolo Taq. Jufti yo'q. Avvalambor berganman bu savolni. Alloh taolodan nechta desa bo'ladimi?

Bo'lmaydimi? So'raysizlarmi devorilardan? Alloh nechta desa, bitta deydi. Qani deydi. Bo'ladimi, bo'lmaydmi nechta desa? Bo'lmaydi. Alloh taolo birdir, dedi Imom A'zam Fiqhul Akbarda. Bu keyin ikki, uch degan ma'noda emas. Sanoq ma'nosida emas, sherigi yo'q jihatidan birdir. O'shaning uchun yakka desak to'g'ri bo'ladi. Yakka yagona. Allohni nechta deb bo'lmaganidek, Allohni qayerda ham deb bo'lmaydi.

Hadisda bor ku domla. Joriyadan so'ragan u. Agar bu mavzu qiziqtirsa, Alloh Taolo osmondami degan darsimiz turibdi, topib eshitib qo'yinglar. Uni animatsiya qilib, chiroyli qilib, oyatlarni keltirib, qo'yib qo'yishgan. Demak, Alloh Taolo yakka yagona bo'lgan zot, Al Vitor. Alloh Taolo toq, uni jufti yo'q. Alloh Taolo vitrni yaxshi ko'radi. Toqni yaxshi ko'taradi. Nima degani bu? Bu degani, peshqadamlikni yaxshi ko'radi degani. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam ham peshqadam musulmonlarni yaxshi ko'rganlar. Ya'ni toq. Bir sohada siz bittasiz. Sizga teng keladigani yo'q. Ilmda, hunarda, muomalada, axloqda.

Siz shunday bir axloqingiz go'zal bo'lsinki, sizni yoningizga keladigan bitta odam bo'lmasin, bitta bo'ling. Xunalizda shunaqa bo'lingki, sizga bir oy yetishni orzu ham qilmasin, yeta olmaymiz unga desin. Tog' bo'ling. Alloh taolo tog'ni yaxshi ko'radi deganda, shuni tushunaylik. Peshqadam bo'laylik. Eng ilg'or odam bo'laylik, eng zo'r odam bo'lay lik. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana bilasizlar, siyrat darslarida aytganmiz, musulmonlarga tazyiqlar Makkada azoblar kuchayib ketganida, Rasululloh duo qildilar. Allohim ma'aizzal islama, beahab behaday ne rojalayni ilayk. Parvardigor, mana shu ikkita kishidan, mana shu ikita kishidan o'zingga sevimliroq bo'lganini hidoyat qilib, islominga quvvat bergin, diningni aziz qilgin degandilar. Bi abijahlin, obi omar ibn al xattob. Yo Abu Jahl, Yo Omar ibn alxattob. Abdulloh nima so't etadi? Vakana abbahumma ilayhi umar. Alloh taologa Umar sevimliroq bo'ldi bu ikkisidan. Rasululloh shu ikkita odamni tanlayaptilar. Abu Jahl va Umar. Demak, ikkalasi ham o'zini qavmini peshib oladi. Ikkalasidan bittasi islomga kirib qolsa, buni ta'siri qattiq bo'ladi qurishga va islom quvvatlanadi.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamni duosi Umar ibn Xattobni ustida haq bo'ldi. Hamza roziyallohu anhu. Islomga kirganidan keyin birodarlar, Qurayshning Payg'ambarimizga va musulmonlarga berayotgan aziyati pasayib qoldi. Ya'ni Hamza roziyallohni qavmidagi birinchi raddan edi. Hamza iymon keltirgandan keyin, Umariddin Xattob roziyallohun ahlini iymon keltirganidan keyin, Rasululloh sahobalardan ikki saf qilib, takvirni aytib, tahlilni aytib, Ka'batullohga jamoati bilan chiqib bordilar, shu yerda namoz o'qidilar. Hech kim minnatsa deya olmadi. Tushunyapsizmi? Jamiyatdagi eng zo'r peshoq, bizni tilida lider odamlar edi.

Demak, musulmon odam Alloh Taoloning al vitr ismidan, toq ismidan o'ziga oladigan ulushi shuki, u o'zini sohasida, ilmida, xulqida birinchilardan bo'lishligi kerak. Ikkinchisi uchun sotib bo'lishi mumkin emas. Chunki bunaqa odamlar juda ham ko'p. Millionlagan odamlar bor. Yashayapti, kelib ketishdi ba'zilari. Keldi, tug'ildi, ulg'aydi, uylandi, yedi, ishdi, farzandli bo'ldi, shu bilan ketaverdi. Jamiyatiga, xalqiga, mamlakatiga, ummatiga hech qanday foydasi yo'q bo'ldi. Keldi o'zini huzur halovati uchun yashadi, uni o'lganini birov bilmadi ham. Xuddi ularni yashaganligini birov bilmaganidek.

G'ani faqat o'zini huzul halovati, o'zini komforti. Atrofdagilar bilan ishi yo'q. O'g'il bolalar, mahallamizga foydamiz tekkanmi bironta bir ishda? Urug'imizga, qarindoshlarimizga, jiyanlarimizga foydamiz tekkannimi? Yo faqat o'zingizni komfortingiz uchun yuribmizmi? Ha, o'zingiz ko'mirni olib qo'ydingiz, kotyolni qo'yib, yuzni siqib oldingiz. Endi opa singillar bor.

Aka ukalar bor, o'shanga qurbi yetmay ekan. Shularni ham xabar olib qo'yaylik. Chunki musulmon odam alloh taoloning al viter ismidan ulush olish kerak ekan. Bitta birinchi bo'lishi kerak ekan, peshqadam bo'lishi kerakan. Jamiyatga foydasi tegadigan bo'lishlik kerak ekan. Falonchi uzilib qolibdi deydi. Kim u deydi? E, mahallangiz u deydi. Bilmayman unaqa odam borligini. Bolada? Na matishga chiqadi. Na mahallani bir o'lim ertaga to'y nonushtasiga qatnashadi. Borligini birov bilmaydi.

Endi uni janozasiga xalq bormasa, xafa bo'lmasin. Chunki xalq uchun, jamiyat uchun hech qanaqa bir foydasi tekkan emas, o'zi uchun yashaydi. Lekin odamlarni orasida shundaylar ham bo'ldi, shundaylar ham bir umr kechirdiki, ularni jamiyatga bo'lgan ta'siri haqiqatdan ulkan bo'ldi. Bunday insonlar o'zlarini ismlarini tarix varaqlariga oltin harflar bilan yozib qo'yishdi. Tarix daryosini aytish mumkin bo'lsa, oqishini o'zgartirishib yubordi. O'g'il bolalar eshitib qo'yinglar.

Yuz foiz odam bo'lsa, ikki foizigina boshqarar ekan. Qolgan to'qson sakkiz foiz ergashar ekan. Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam bor yo'g'i oltmish uch yil umr ko'rdilar. Lekin mana shu oltmish uchinchi yil umrida yigirma uch yilligi payg'ambarlik davri bo'lsa, shu yigirma uchinchi yilligi payg'marlik davrida dunyoni nurga, adolatga, hidoyatga to'ldirdi. Shuning uchun birodar, sen ham so'ra o'zingdan.

Umrim davomida nima qildim? O'zimdan keyin biror narsa qoldirdimmi? Odamlarni qalbidan joy oldimmi? Oliy himmat insonlarda bo'ladi bu narsa. Biz oliy himmat desa faqat saxiylikni tushunamiz. U himmat degani faqat pul emas, birodarlar. Maqsadda baland qo'yasiz, shunga intilasiz, demak oliy himmat bo'lasiz. Ammo. Maqsadni oliy qo'ysangiz u, unga olib boradigan mehnatga toqatingiz yo'q bo'lsa, siz ishtahasi oliy odamsiz. Bu himmat deyilmaydi, bu ishtaha deyiladi.

O'tirib olib, osmondan gapiradi, o'zi turib bir qadam bosmaydi. Alloh taoloning al vitr ismini dars qilyapmiz. Al vitr yakka, yagona sherigi yo'q, toq. Musulmon odam qanaqa urisha oladi bu ismdan? O'zini ishida, ilmida, hunarida, axloqida yakka bo'ladi. Peshqadam bo'ladi musulmon odam. Oxirgi vagonda bo'lmaydi. Ikkinchi, uchinchi sud odam bo'lmaydi . Innna ibrohim akana umma.

Alloh taolo aytadi, albatta ibrohim bir peshvo imom edi, boshlig' edi. Alloh taolo siz bilan bizdan birodarlar, musulmonlardan peshqadamlikni kutadi. Birinchi bo'laylik, biz bor bo'lgan sohada. Chunki payg'ambarimiz aytganlaridek, Alloh taolo ishlarning oliylarini, yuksaklarini yaxshi ko'radi, past razil tubanlarini yomon ko'radi degan.

Hozir qaranglarda, agarchi shunaqa bir rengen apparat bo'lsa da, bunday qilib turib yoshlarga tutsang, himmatini, maqsadlarini ko'rsatadigan apparat bo'lsa, shu himmatini ko'rsatadigan, himmatini darajasini ko'rsatayotganingiz aslo bo'lsa, juda ko'p yoshlar yerga qarab qolardik. Himmat yo'q. Sen endi barmoq bilan sanoq degan darajada. Mashina bo'lsa, telefon bo'lsa, bir foyda keltiradigan tijorat bo'lsa, bo'ldi, oyog'ini osmondan qilib yotsa.

Biz ummat, qachon shunaqa holatga tushib qoldik? A bizga boraveradi shu. Yetadi shunisi, deydigan bo'lib qolgandan keyin qolib ketdik. Bor a shunaqa narsa? Shuning uchun birodarlar Alloh Taolo al vitr, toq bo'lgan zot, yakka zot. Biz bu ish, bu ismdan qanaqa urisha olamiz ekan o'zimizga? O'zingni sohangda birinchi bo'l. Shunday qilsang Alloh seni yaxshi ko'taradi.

Nabi sallallohu alayhi vasallam oliy himmat inson bo'lganlar. Qurash mushriklari, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga kelib, dunyoni hamma matohini taklif qilishdi. Xotin, boylik, sharaf, xullas, nimaki odam dunyoda intilsa, dunyo matohidan hammasini taklif qildi. Abu tolibni oldiga kelishdi, jiyanini to'xtatib qo'y. O'rtamizga bir dushmanchilikni solmagin. Kelib Abu tolib jiyaniga aytdi Muhammad alayhissalomga. Bularni ko'rmaysizmi? O'zingizni ham, bizni ham bir xarajdan chiqaring. Bu ishingizni to'xtatasizmi deganida nima dedi Rasululloh? E, amaki, e, amaki, agar ular o'ng yelkamga quyoshni qo'ndirib qo'yib, chap yelkamga oyni qo'ndirab qo'yib. Mana shu ishingni qo'y desa, qo'ymayman. Yo shu ishni Alloh Taolo zohir qiladi, yoki shu yo'lida o'lib ketaman dedi. Himmatni ko'ryapsizmi?

Maxluqotlarga ato qilingan Alloh Taoloning ayrim sifatlari. Ya'ni Alloh Taoloning bir sifati yakka bo'lish, yolg'iz bo'lish va ba'zi bir shunaqa sifatlar bor, inson ham mana shunday sherik. Masalan, insonni ko'zini to'ri bor. Setchatka glaza deydi. Ko'zni to'ri bor, haligi bir xilga seyflarni oldiga borib ko'zini shunday ochsa, shirqqa turib lazzat o'qiydi da ochadi. Demak, ko'zingizni setchatkasi boshqa bir insonni setchatkasiga o'xshamaydi.

Ko'zingiznisetchatkasi bosh'alarnikiga o'xshamiydi. Demak, mana shu ishda siz ham yakkasiz. Ikkinchi odam yo'q shunaqa setchatkasi bor. Yakkalik deganda shu sifatda sizda ham bor. Barmog'ingizni bala qodiriyni ala nusaviy banana. Yo'q, biz uni barmog'ini uchigacha qaytadan tiriltirib qo'yamiz, tikkalab qo'yamimiz deyapti Alloh. Barmog'ingiz o'xshamaydi. Sizni ovozingiz bor, hech kimnikiga o'xshamaydi.

Sizni shaklingiz bor, hech nimaga o'xshamaydi. Qaysidir sifatlar borki, siz bu sifatlarda yakkasiz. Tom ichidagi bir biriga o'xshagan egizaklarda ham qayerdadir boshqacha bo'ladi da. To'g'rimi? Yo ovozi sal boshqacharoq, yo semizroq, yo yo sochi siylakroq, bitta joyi borki, ikkinchisiga yuz foiz o'xshamaydi.

Demak, Alloh Taolo al vitr bo'lgan zot, yakka yagona Toq, mana shu yakkalik degan sifatdan ba'zi bir o'rinlarda insonga ham bergan. Hatto egiz egiz bo'lsa ham qayerdadir nima bo'ladi? Hech bo'lmasa peli boshqachada, to'g'rimi? Mana Hasan deydi, bag'rikirimo Husan jirraki deydi, masalan. Shuning uchun millionlagan odamlar orasida bir oddiy inson bo'lib qolma, birodar. Tuban, qadr qiymatsiz, razil, pastkash inson bo'lib qu olma.

Aliyev nabit olib aytadi. E bolam deydi, nasihat qilib. Odamlar uch toifa bo'lishadi. Odamlar ucha toifa bo'lishad. Rabboniy olim, olim odam bo'ladi birinchisi. Ikkinchisi, najot yo'liga quloq tutadigan inson. Tolibi ilm. Shu ikki odam bittasi bo'lishimiz kerak biz. Yo olim bo'lishimiz keraksiz. Yoki mana shu olimni gapiga quloq solib, ilmga intiladigan odam bo'lishini seylik, tolibi ilm.

Uchinchisi, ilm nuriga intilmagan, undan bahra olmagan, duch kelganga ergashib ketaveradigan, tuban, razil va past inson. Ana shulardan bo'p qolmagan bolam deyapti. Uchinchisi mana shunday insonlar bo'ladi. Shuning uchun Alloh'dan uzoqlashib ketgan millionlagan adashganlardan bittasi bo'lib qaman. O'zini faqat shahvati yu xohish istagiga bo'yin so'nib yashayotgan millionlardan bittasi bo'tib qaman. Faqat g'ami yeyish, ichish bo'lib turgan millionlarga o'xshab qaman. O'zi havoyi nafsini Xudo qilib olgan, iloh qilib olgan millionlarga o'tishaman. Birodarlar, o'zi odatda Allohni hukmiga bo'yni singan, unga itoat qilgan, Allohni roziligini maqsad qilganlar ko'p bo'lmaydi.

Ko'proq insonlarning ichida havoyi nafsiga qul bo'lganlar bo'ladi. Odamlarda juda katta qismi shunaqa bo'ladi. Afaro aytamanetta hoda ilahau havahum. Ey Muhammad alayhissalom, havoyi nafsini o'ziga iloh qilib olgan kimsani ko'rdingizmi?

Demak, inson havoyi narsani Xudo qilib oladi, iloh qilib oladi. Bunaqa odamlar ko'p bo'ladi. Ammo Allohga qul bo'lganlar oz bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning keyingi hadisiga quloq tutamiz. Endi shu sifatsizda bormi, yo'qmi?

Taysa abdu dinari vad dirhami val qotifati val homi soti. Dinor quli. Dirham quli. Qimmatbaho, xilma xil kiyim kechaydi quli, xor bo'lsin. Rasululloh duoibad qilyaptilar. Rasululloh duoi qilyaptilar, xor bo'lsin. Dinor dirham kiyim kechayda orqasidan quvgan odam, quli bo'lib qolgan odam. In o'tiya rodiya. Bunaqa odamga shu so'ragan, quvgan narsasi bersa, rozi bo'ladi, berilsa rozi bo'lardi. Va in la myuto la myogdo. Agar berilmagan bo'lsa, rozi bo'lsin.

Odamlarni necha foizi faqat dinor va dirham deb yuribdi? Juda katta qismi. Yuribmiz tirikchilik deb deydi. Bola chaqada tirikchilikda yuribmiz. Noto'g'ri yuribsan birodar. Allohni roziligi deb yurgin. O'sha topayotgan tirikchiligingni ham bola chaqaga ham shuni tagiga kirib ketar edi.

Allohni rizosida yuribman degin. Shuning uchun birodarlar, bir chiroyli gap bor. Mo'minning maqsadi hojatlaridan baland turadi. Mo'minning maqsadi hojatlaridan baland turadi. Nima degani?

Maqsadi Allohni roziligimi? Maqsad shu a? Hojat, kunlik tirikchiligi, puli, uy joyi. Bunaqa narsalar oz bo'lsa ham, maqsadi oliy turaveradi. Sabr qilsam o'tib ketaman yana dedi, besh yil, o'n yilda deydi. Ammo maqsadi oliy bo'lmasa, faqat mana shu hojatlarni ovora bo'lsa, bu odam hech qachon hayotda saodat topmaydi. Qarang. Dinor dirhamni kiyim kechaydi quli xor bo'lsin. Agar shu narsaga erishsa rozi bo'ladi, erishmasa norozi bo'ladi deyapti. Binobarin, norozi bo'lgan odam hayotda shaqovatli bo'ladi, baxtsiz bo'ladi, vaxtiqaro bo'ladi.

Allohdan g'ofil bo'lgan va faqat shu kuni bilan yashayotgan, o'limdan keyingi narsaga tayyorgarlik ko'rmayotgan, moli dunyoga sig'inayotgan milliardlardan bittasi bo'lib qolmagin, birodar. Chunki milliardlar shunaqa qilib yashayapti. O'shaning uchun baxtsiz ular. Al viterning ma'nosi. Astay deb ila, vo shaf ay val vator. Juft va toq ga qasam. Ya'ni juft va toq rakatli namozlarga qasam.

Odam alayhissalom ham avval viter edi. Toq edi. Jannatda yolg'iz o'zi edi. Keyin havo ana yaratildi. Shu bilan juft bo'ldi. Demak, juft bo'lish insonni tabiatidagi narsa. Ikkita bo'ldi. Toq bo'lish, yakka yagona bo'lish, faqat Alloh Taologa xos. Sherigi yo'q, uni misli yo'q, o'xshashi yo'q. Alloh toq bo'ladi, bandalar juft bo'ladi. Bashar juft qilib yaratilgan.

Inson dunyoda yasharkan, hayoti osoyishta bo'lish uchun albatta unga juft kerak. Agar erkak bo'lsa unga ayol kerak, ayol bo'lsa un ga erkak kerak. Demak, mana shu juftlik insonni tabiatida bor. Va min a'yati hiy an xola qolakum min amfusikum azvajan li tasqumu ilayha va ja'la baynakum mavaddatan va rahmat deydi Alloh Taolo. Alloh Taoloning oyatlari, alomatlari bor. Uning oyatlaridan yana biri, u zot sizlar hamdam bo'lishlaringiz uchun o'zlaringizdan juftlarni yaratishi va o'rtalaringizda oshunolik va mehr muhabbat paydo qilishidir.

Er xotin bir biri bilan joni taskin topadi. Joni orom oladi. Nima sababdan er xotin bilan taskin topadi joni? Nima sababdan xotin er bilan taskin topadini joni? Eng oliy yaxshi nikoh qachon bo'ladi? Xotin erning quvonchi bo'lsa. Er xotinning quvonchi o'lsa.

Domla, qayerda ekan unaqasi? Birodar, yigirma yil bo'ldi yashaganingga, o'ttiz yil bo'ldu yashaganingga. Demak, bir biringni ko'zingni quvonchisan. Bo'lmasam yashamas eding. Ha, kamchiliklari bor, onani qila olmaydi, manaqa peli bor. Xuddi shunga o'xshaganda senda ham bor. Seni kamchiliklarga ko'zingni yumib kechirib yashayotganingdek, ayoling ham shu narsalarga ko'zini yumib turib, kechirib yasha yapti. Demak, o'rtada hamdamlik bor.

To'g'rimi, birodarlar? Bu Alloh Taoloning mo'jizasi. Inson juft, yashash kerak, tog' bo'lib yasha olmaydi. Menga oila kerak emas. Men yolg'izlashayman deyotgan odam, o'zini tabiatiga teskari yurgan odam bo'ladi. Bu odam baxtsiz bo'ladi. Nima deyapti Alloh Taolo? U zot sizlar hamdam bo'lishingizlar uchun o'zlaringiz bilan juftlarni yaratishi va o'rtalaringizda oshunolik va mehr muhabbat paydo qilishidir.

Erkak kishida nuqson kamchiliklar bo'ladi, ayoli bilan komil bo'ladi. Ayolni nuqson kamchiligi bo'ladi, eri bilan komil bo'ladi. Ya'ni ayolni boshqaruvchilik, rahbarlik nuqsoni bor, ojiza. Eri bilan to'liq bo'ladi. Ayolni mana shu kamchiligini eri to'ldiradi. Boshqaruvchi, rahbari erni qo'lida bo'ladi. Endi, erni otfiy nuqsoni ayoli bilan komil bo'ladi. Tushunarlimi? Biringizni kamchiligingizni ikkinchisiz to'ldirasiz. Mana shu narsa Alloh Taoloning nimalaridan, oyat alomatlaridan.

Toatni lozim tutgan, ibodatni, taqvoni lozim tutgan ozchilik bilan birga bo'l birodar. Odatda taqvoni ushlaganlar ko'pchilik bo'lmaydi. Odatda ko'pchilik taqvodan uzoq bo'ladi. Nafsiga, havosiga qul bo'lgan insonlar mana shu jamiyatdagi ko'pchilik odamlarni tashkil qiladi. Lekin musulmon odam ozchilik bo'lsa ham mana shu taqvodorlar bilan birga bo'shli kerak. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning umriga Alloh azza va jala qasam ichdi. La amruka innahum la fiy sakkirote him ya'mahum. Ey Muhammad alayhissalom, hayotingizga qasamki, ular o'z mastliklarida tentirab yuradilar. Taqvoni ushlaganlar ko'p bo'lmas ekan. Fisq fujurni masiyatga yopishgan, havosiga qul bo'lganlar ko'pchilik bo'ladi.

Go'zal bir ayol xilvatda qolib, zinoga taklif qilib turganda o'zini. Hozirda yashab turgan erkaklardan qancha foizi o'zini bu narsadan tiya olardi? Juda ozchiligi. Shuning uchun aytyapmiz da, taqvoni ushlaganlar unaqa ko'p bo'lmaydi hayotda. Yusuf alayhissalom nima degan edi? Men avvalo Alloh saqlasin degan edi. Vaholanki Yusuf alayhissalomdan faqat xohish qilishlik talab qilingan edi. Ayol hamma shartni bahoyo qilib, o'zini taklif qilib, haytalak dedi. Lekin bu ulug' Nabiy ma'avvalloh dedi. Yusuf alayhi salom mana shu mana ishda peshqadam bo'ldi, mana shu ishda taqvodor bo'ldi.

Bunaqa holatni ko'pchilik odamlar o'zlari uchun imkon deb biladi, fursat deb biladi. Ammo Allohda taqvo qilgan banda ma avalloh deydi. Robbisini taniganlar ozchilik, taqvoni ushlaganlar ozchilik. Ana shular bilan birga bo'lishga xaris bo'lishimiz kerak. Yer yuzida mana qancha milliardlagan odamlar kelib ketdi. Keldi, ketdi. Ularni ba'zilari o'zidan keyin katta bir ishlarni qoldirib ketdiki, insonlar ularni ismini aytganda yaxshilik bilan eslashadi. Mana yana shunaqalar ham bor, keldi ketdi, ularni kelib ketganini birov bilmaydi. Savol. Bir ming to'rt yuz yil avval mana shu Arabiston yarim orolida yashab o'tgan nechta podshohi bor, nechta boy bor? Taniymizmi shularni?

Lekin kimlarni taniymiz? Umariddin Xattobni taniymizmi? Bir ming to'rtyuz yil avval yashagan. Taniymiz. Xolid ibn Validni taniymizmi? Taniymiz. Nima uchun bularda taniymiz? Chunki bular o'zlaridan keyin birodarlar shunday bir katta iz qoldirib ketdi hayotidan, qiyomatgacha ismi zikr qilinganda, Alloh ulardan rozi bo'ldi deymiz. Mana shunga o'xshagan ulug' odamlar bilan birga bo'lishlik kerak. Shularda qatorda turish kerak. Orqamizdan yaxshi nom qolsin, yaxshi iz qolsin.

Innay ibrohim akani umma deydi Alloh Taolo. Albatta Ibrohim o'zi yolg'iz o'zi bitta ummat edi. Bitta o'zi ummat. Chunki Ibrohim alayhissalomda yonida o'zidan boshqa hech kim yo'q edi. Bitta musulmon Ibrohim alayhi assalom edi, shuning uchun Alloh Taolo ummat deb aytadi. Inson demak, juft bo'lib yashashlikka majbur ekan. Vitor tog' bo'lish Alloh Taologa xos ekan. Modomiki inson o'ziga o'xshagan boshqa insonlar bilan birga yashar ekanmi? Birga bo'lishi kerak ekanmi kimlar bilandir? Mana shunday bir ulug' insonlar bilan ham birga bo'lishlik kerak bo'ladi.

Yolg'iz bo'lish Alloh Taologa xos, yolg'iz bo'masdan juft bo'lib odamlarga aralashib yashashlik insonlarga xos. Demak, insonni tabiatida jamiyat bilan, odamlar bilan birga bo'lishligi bor. Masalan, insonni juda ko'p ehtiyojlari bor. Ovqat kerak unga, kiyim kecha kerak, dori darmon, uy joy, issiq sovuq, ta'lim tarbiya, shunga o'xshagan juda ko'p emas ehtiyojlar bor. Shu ehtiyojlarini oshib borsa bitta yoki to'rttasini o'zi qila oladi. Lekin qolgan yuzlagan, balki minagan ehtiyojlarin a ado qilishlik, albatta o'ziga o'xshagan odamlar bilan birga bo'lishlik kerak. Demak, odamlarni ichida yashashga majbursizsiz. Yana qaytaramiz. Modomiki odamlar bilan aralashib yashash kerakmi? O'zingizdan yaxshi bo'lgan, Allohga yaqin bo'lgan tahvoliy bandalar bilan birga bo'ling.

Alloh taolo lam yalid valam yuviladit bo'lgan zot. Tug'magan, tug'ilmagan. Hatto Odam alayhissalom jannatda bir muddat yashadi da, vahshatni his qildi. Voy, u jannat edi u. Uyida hech qanday muammo yo'q edi. Jannat edi, hamma yoq muhayyo edi. Shunda ham vahshatni his qildi.

Yolg'izlikni his qildi . Mana endi o'zini chopqoq varg'asidan havo onani Alloh taolo yaratib bergandan keyin, u vahshat ketdi. Demak, birodarlar, toq bo'lib yashash, juftsiz bo'lish faqat Alloh taologa xos. Toq bo'lish, juft bo'lmaslik faqat Allohga xos. Modomiki biz odamlar doirasida yashashimiz kerakmi? Demak, o'zimizdan yaxshi insonlar bilan birga bo'lishga harakat qilaylik.

Astay debdilar a? Man dal ladiya shifo vo inda hu illa bi idni. Mana endi siz dunyoda yasharkansiz, odamlar sizning ehtiyojlaringizni ravo qilar ekan. Ovqat kerak, oshpaz bor. Shifo kerak, tabib bor. Uy kerak, quruvchi bor. Endi bu degani, ana shu atrofingda shunaqa odamlarda bo'lishligi seni hamma hojatlaringni ravo bo'ldi degani emas. Chunki ular ham Allohni ixtiyoriday bo'lgan bandalar. Agar Alloh xohlamasa, ularni birontasi senga foyda keltira olmaydi. Uning huzurida hech kim birovni uning iznisiz oqlay olmaydi. Dori seni tuzatmaydi. Dori sabab. Alloh seni tuzatadi. Chayonda zahri seni o'ldirmaydi birodar. Zahar bor yo'g'i sabab. Seni o'limingni Alloh taqdir qiladi. Bular sabab. Xuddi shunga o'xshagandek, odamlarni hojatlarini ravo qiluvchi va Alloh Taoloning o'zi. Odamlar bilan birga bo'lmasam ishim bitmas ekan. Endi bular ichadiganlarda. Bular endi taqvodan uzoqda. Aytdingiz u domla, odamlarnini ichida yur deb. Endi shularni ichida yurmasam qanaqa qilib hayotimni kechiraman desa, biz aytamizki, seni u hojatlaringni u odamlar bajarmaydi.

Ular bor yo'g'i sabab. U hojatlaringdan Alloh ravo qiladi. Shuning uchun Alloh bilan birla bo'l, u fisq fujudga to'lgan jamoatni majlisini tark qil, Alloh undan afzalog'ini beradi, agar Alloh uchun ularni tark qilgan bo'lsang. Tushunarlimi? Yigirma yillik, o'ttiz yillik ulfatlari bor, ajra olmaydi. Birodalar Alloh uchun bir narsadan ketishni ham o'rganish kerak. Odamlarni orasida yashashim kerak ekan deb turib, mana shunday fisq fujurdalar ichida qolmaslik kerak. Alloh uchun talqining, Alloh ulardan yaxshiroq jamoatni sizga albatta yetkazadi. Payg'ambarimiz aytadilar likunli shain haqiqatun. Har bitta narsaning haqiqati, mohiyati bor. Voma balog'a abdun haqiqat al iyman, xatta ya alaman.

An na ma asobaxu lam yakun li yuxtiyaxu, va ma axtoaxu lam yakun lyusi bahu. Unga yetgan narsa, uni chetlab o'tmasligi, taqdirda bitilganini bilmagunicha va unga yetmagan narsani, unga yetishi taqdirdabitilmagani bilmagunicha, banda iymonning haqiqatini, mohiyatini tushunmaydi.

Soddaroq qilib aytaymi? Ustingga bir narsa keldi, bo'g'ildi, ha demak taqdirda shu yozilgan ekan, deysan. Yoki sen izlagan narsa qo'lingga kelmadi, o'tib ketdi fursat. Ha demak shu narsani Alloh yozmagan ekan. Taqdirda bunday bitirgan ekan, deb qabul qildingmi? Iymonni tushunibsan. Ya'ni kuningga rozi bo'lasan degani. Xo'p ulgurmadingiz, mashina zavod bo'lmadi, kech qolib bordingiz, ketib qoldi poyezd. Ha demak Alloh yozmagan ekan. Lekin harakatni qildingiz.

Endi hech narsani qilmasangiz ham obod olib yetkazib qo'ydimi, demak tahdid qilgan ekan. Tushunarli birodarlar, saodatning sabablari degan o'ttizta dars o'tdik. Saodat degani, baxt degani, rozilik degani. Biz o'zimiz xohlagan natijaga yetishlik uchun hamma sababni qilamiz. Yeta olmadik. Demak Alloh shuni xohlagan ekan, tamom, rozimiz.

O'zimiz xohlagan narsaga olib boradigan hamma sababni qildik, keldi. Alhamdulillah, demak Alloh xohlagan ekan. Tushunarlimi? Taqdirning yaxshisiga ham, yomoniga ham rozi bo'lsangiz, siz mo'minsiz, haqiqiy mohiyatini tushungan mo'minsiz, demak saodatlisiz. Inna Allohu vitrun, yo haybul vitrun. Alloh Taolo toq vitrdir, toqini yaxshi ko'radi. Bu nima degani? Mo'min banda Alloh Taoloning go'zal ismlaridan o'qib o'rganadi va ulardan o'ziga ulush nasiba oladi. Alloh taolo ar rohing bo'lgan zon. Mehribon. Mehribon bo'lishi kerak mo'min. Alloh taolo al javvat, saxiy, saxovatli bo'lgan zol. Ana shu ismidan o'ziga ulushi olish kerak, saxiy bo'lishi kerak. Alloh Taolo Al-G'ofur bo'lgan, kechiruvchi bo'lgan Zot. Shu ismdan ulush olish kerak, kechiruvchi bo'lishi kerak. Alloh Taolo Yakka ekan. Alloh Taolo Tog' Zot ekan. Bu ismidan qanaqa ulush olasiz?

Bitta bo'lsang ham. Nimada? Ilmingda, hunaringda, taqvoyingda, yurish turishingda, axloqingda, muomalangda, tajribangda, professionalligingda. Bunga teng keladigan usta yo'q shaharda deydi. Kafelni shunaqa yopishtiribdi deydi, liniya liniyasiga keltirib qo'yibdi deydi. Kutasiz o'sha ustani, bilasizmi? Bo'lmasam liniya liniya kelishi ja muhim emas, hammaga erib bitta chayqanib chiqib ketasiz. Siz u liniyasiga qarab o'tirmaysiz. Lekin qarang da, lekin o'shani zo'r qiladigan ustani kutasiz.

Sovet davrida Qo'qonliklar bormi? Qo'qonda o'n birinchi kuzovda, o'n birinichi kuzov past, nol da u paytda kuzovda emas edik. Shunaqa mashinani krassiya qilib yangi qilib qo'yadi, havas, havas qiladigan odamlar, bizni o'shliylar o'chirib turar edi, bir oy, ikki oy. O'shda ham ustalar bor edi. Lekin u dengelda emas da, u darajada emas edi. O'shaning uchun kutardim. Qo'qonga olib boradi, necha yuz km? Yuz km bormi? Ha. Nimaga olib borib kutardim desa, zo'rdi da ishi. Alloh taolo tog' zot. Alloh taolo yakka zot. Qanaqa ulush olasan bu simdan desa, o'zingni sohangda birinchi bo'lasan.

Bitta ham luqma olmay o'tadi mana bu qori deydi. Bor a? Mana bu deydi, punktualniy usta deydi. Aytgan kuniga ishini nima qilib beradi? Bu yerda omma qoyil, mana shunday keldi deydi. Mana ancha so'mga bitadi dedi, mana shunchaga to'g'ri keldi, qoyil deydi. Ana, biz alloh taoloning al vitor toq degan ismidan qanaqa ulush olishimiz kerak?

Innalloha vitrun yuhaybul vitro. Albatta Alloh Taolo Vitor Toq bo'lgan zot, Toqni yaxshi ko'radi. Musulmon odam narxi arzon bo'lmaydi. Yengil raqam, yengil son bo'lmaydi. Qaysi bir odam qo'liga bir uch to'rt chaqa berib qo'ysa, o'zini qanoatini, e'tiqodini o'zgartiradigan bo'lsa, demak bu odamni narxi past ekan. Payg'ambarimiz Sallallohu Alayhi Vasallamga nimalarni taklif qilishmadi qurash mushriylari? Podshoh bo'l, pul yig'ib beraylik, o'nta qizimizga uylab qo'yaylik, sayyid bo'l, agar og'riyotgan bo'lsang tabib olib kelaylik.

Dunyoni hamma matosini taklif qilishdi, da'vatini qo'ysin deb. Rasululloh nima dedilar? Ey amaki, o'ng yelkamga quyoshni qo'ndirib qo'yishsa, chap yelkamga oyni qo'ndirip qo'yishsin va shu da'vatingni to'xtat desa, to'xtatmayman dedilar. Yo Alloh shu ishni ro'yobga chiqaradi, yo men mana shu yo'lda o'lib ketaman dedilar.

Mana oliy himmatlik. Ya'ni o'zini pozitsiyasida mustahkam turgan. Yana bir odam borki, namozga yiqildi, dinni ushadi, taqvoni ushadi, yaxshi bo'lib turuvdi, unga ish taklif qilindi. Yaxshi maoshli, yaxshi daromadli ish. Kirishsa katta pulga ega bo'ladi. Faqat taqvosidan ketish kerak. Shuni nima qiladi? Taqvosidan ketib qo'yadi. Demak bu odamni narxi pastida ekan.

Rizq kimni qo'lida edi? Allohni qo'lidanmidi? Sizni rizqingizga bir oyga bo'la olmasmidi? Ammo ozgina narsa taqdim qilinuvdi, ozgina pul taklif qilinuvdi i e'tiqodidan voz kechib yubordi. Ammo mo'min odam unaqa bo'lmaydi. Har qancha katta daromad bo'lsin, har qancha katna manfaat bo'lsin, agar uni iymon e'tiqodiga teskari keladigan bo'lsa, ikkilanmasdan voz kecha oladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nima dedilar? Ey amaki, agar o'ng yelkamga quyoshni, chap yelkamga oyni qo'yib turib, shu ishni qo'y desa, bu ishni qo'mayman degandilar. Alloh taolo vitor bo'lgan zot, vitrni, tog'ni yaxshi ko'radi. Siz bilan biz alloh taoloning mana shu ismidan o'zimizga oladigan ulush nasiba mana shu bo'ladi. O'zimizni sohamizda tanlagan ishimizni mehnatimizda birinchi bo'lishga harakat qilaylik. Chunki alloh taolo ishlarning oliylarini yaxshi ko'radi, razil va safsatalarini yomon ko'radi.

Aquli qovli ha da, va astag'firullohi livalakum, innallohi va malaykiyatuhi yusalluna ala nabi.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish