Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahammaduhu anas ta'inuhu anas taof yuruh. Va na'udhu billahi min ashurur ya'nufu sina. Omin sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mudir lala. Va man yuzli hu falah hadiyalala. Mana shadvalloh ilohi illalloh va hidahuhu la sharikala. Va nashxadu anna muhammadan abduhu va rasuluh, amma bayt. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatu. Alloh subhanahoti aloning go'zal ismlari, silsila darsidan. O'tgan darsimizda alloh taoloning al vitor ismini o'qiyotgan edik. Inshaalloh davom etkazamiz. Alloh taolo tog'dir. Maxluqotlar esa juftur. Istaydu billah, qul hu allohu ahad, allohu somad. Lam yalid valam yuvlat valam yakunlahu kuf va nahad. U tug'magan, tug'ilmagan va hech kim unga teng emas. Insonlar juft bo'lib yashashligi kerak. Erkak ayolga muhtoj, ayol erkakka muhtoj. Juft bo'lsa, hayoti osuda ketadi. Erkak kishi o'zining kamchiligini ayoli bilan to'ldiradi. Ayol kishi o'zini kamchiligini eri bilan to'lduradi.
Erkak kishida otfiy nuqson bor. Mehr degan narsa og'zini ayoldan ko'ra ozroq bo'ladi. Endi ayollarda esa, qiyodat, boshqaruvchilik nuqsoni bo'ladi. U nuqsonini eri bilan to'ldiradi. Ko'ryapsizmi? Bir ikkinchisini nima qilyapti? To'ldiryapti. Demak, insonlar doim bir biriga muhtoj bo'ladi. Astadibillar? La ming kun li sha'yin xoloqina zavjain. Biz deydi Alloh Taolo har bir narsani juft juft qilib yaratganmiz. Bu oyat lutloq. Bu koinotda nimaki bo'lsa, u juft. Masalan, elektr tokini oling, plyus minusi bor, to'g'rimi?
Musvat manfiy. U hayvonot olami bo'lsin, o'simliklar nabotot olami bo'lasin, bu hammasi juft juft bo'lib yaratgan. Chunki Alloh Taolo deyapti, hamma narsani juft qilib yaratganmiz deyapti. Va ming kunli shayin xolaquna zavjayin la allakum tafakkurun. Shogirdsizlar, eslatma ibrat olarsizlar deb biz har bir narsani juft juft qilib yarattik. Birodarlar, juft bo'lishlik bu ne'mat. Juft bo'lishilik bu saodat. Juft juft bo'lib yashashlik, bu osudalik.
Inson ba'zida mana shu kasalga chalinib qolar ekan. Yolg'izlik deng kasalga. Odamlarga aralashlikni xohlamaydi. Yosh bolalarga ham tegib qoladi. E'tibor bersanglar, bir top yosh bolalar o'ynayotgan bo'lsa, bitta yarimtasi bo'ladi chekkada turadi aralasha olmasdan. Yolg'izligini yaxshi ko'radi. Bir oyga yaqin kelishni xohlamaydi. Akalar, bu xatarli kasal. Chunki yolg'iz bo'lishlik insonni tabiatiga to'g'ri kelmaydi. Ertaga katta bo'lganda nima qiladi?
Hatto shunaqa gap borki, agar Jannatda odamlar bo'lmasa, unga qadam qo'yilmaydi. Aytdik ku, Odam alyayhissalom Jannatda yolg'iz o'zi yurib, nimani his qildi? Yolg'izlikni, vahshatni. Agar bir odamni, bir normalniy bitta odamni do'stlardan ajratib qo'yilsa, qamab qo'ysa, kun tun o'tganini bilmasa, bir oy o'tdi, ikki oy o'tdi, tashqarida bo'larkan xabarlardan umuman bir g'aflatda bo'lsa, sekin sekin aqliy taozini, aqliy balansni yo'qotishni boshlaydi. Agar bir yil, yarim yilga qamab qo'shib turib, mana haligi odinochniy kamera deydi a? O'zi qamoqda u.
Endi yolg'iz mana shu xonaga qamab qo'yganda nima bo'ladi? Ya'ni bu darslarimizda hammasini aytmoqchi bo'lgan gapimiz toq bo'lish, vitor bo'lish, faqat Allohga yarashadi. Agar banda Allohga bo'lgan xos sifatni o'ziga nisbat qilib, men ham tog' bo'laman degan bo'lsa, deydigan bo'lsa, bu odamni hayoti vayron bo'ladi.
Istadibilla? Ya ayyuhannas u innahalaxunah kun min zakarin va unsa. Ey insonlar, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Bu mutloq. Inson bolasi borki, hammasi odam ato va momo havoni zurriyotlari. Hammamiz aka ukamiz.
Tabiati aynimagan. Fitrati buzilmagan har yigit qiz turmush qurish umidida bo'ladi. Chunki ularni jasadlari bir biriga muhtoj. Ikkinchidan, inson zoti o'zidan keyin nasib nasab qoldirishni xohlaydi. Erkak kishiga ham farzand kerak, ayol kishiga ham farzand kerak. Ayol kishini mana shu ona bo'lish g'arazasi bor, bu g'arazasi o'ta kuchli bo'ladi. Endi, agar bir jamiyatni ichida yashasangiz, odamlarni orasida yashasangiski, bu jamiyat sizga mana shu g'arizangizni to'g'ri qondirishlikka yo'l bersa, bu jamiyatsi sog'lom bo'ladi va davom etadi. Demak, har bitta odam juftga muhtoj, har bitta inson turmush qurishlikka xaris bo'ladi va zurriyot qoldirishlikka harakat qiladi.
Shu yigirma yigirma birinchi asrgacha butun yer yuzidagi odamlar shunaqa edi. Hozirga kelib, yerning ayrim mintaqalarda yashayotgan odamlar oila degan ulug' dargohni yo'q qilishlikka kirishdi va uddasidan o'tyapti ular. Uylanishlik deydi, bu yuk deydi. Farzand topishlik bu mas'uliyat deydi. Agar deydi, erta uylanib oladigan bo'lsang, umring bola chaqa bilan, plyonka bilan, pampers bilan o'tib ketadi, deydi.
Mana shu tasavvurniy e'tiqod darajasiga olib chiqib qo'ydi. Dalil, qaranglarda, uylanyapman desa chi? Ey, uylanyapti ku, deyilmaydi. Xursand bo'lamiz. Bitta oila paydo bo'lyapti, bitta er, bitta bir xotin paydo bo'ladi, to'y bo'ladi, zurriyot. G'arb kinolarini qaranglarda.
O'ttiz besh qirq ga borib qolgan kishi o'ttiz o'ttiz ga kirgan xotinga uylanmoqchi bo'ladi da, o'rtoqlariga ya jenius deydi. Haligi o'rtoqlarni hali men rak bo'lib qolibman, tuzalmaydigan kasalda aytsa, rahm ko'ryapsizmi? Aytyapman u, bu noto'g'ri tushuncha e'tiqod darajasiga chiqib ketdi. Uylansa, uni ozodligi cheklanib qoladi. Endi xohlaganini qilolmaydi. Uylanib endi majbur yurish kerak. Endi zino qilmaslik kerak nazaridan.
Oila degan muqaddas dargohni inkor qilgan, uni yo'q qilishga harakat qilayotgan jamiyatlar yo'q bo'lib ketishlikka mahkum. Bu vaqt masalasi xolos. Bir yil, besh yil, o'n yil muhim emas, muhimi yo'q bo'ladi. Faqat qachon? Chunki o'zi uchun yashaydi ular. O'zi uchun yashaydi u.
Ular oilasiz ham yashashi mumkin, turmush qurish ortiqcha mas'uliyat, inson o'zini shahvatini oila qurmasdan qondirishi ham mumkin. Shu erkak bilan ayol bir biri bilan jinsiy aloqa qilayotgan paytda, qarshi bo'lmasa bo'ldi, bu zino emas. Buning uchun jazolash kerak emas degan tushunchalarni tarqatishdi va bu tushuncha yoyildi, natijani ko'rib turibsizlar.
Aytdik ku, tabiati buzilmagan, fitrati aynimagan yigit qiz oila qurishlikka xaris bo'ladi. Insonni tabiatida bor juftga bo'lgan muhtojlik. Ammo ular, ular dindan yuz o'girgan, Allohdaan yuz o'gurganlar. Turmush qurishdan maqsad faqatgina shahvatni qondirishda bo'lishadi. Yo'q, akalar. Shahvatni qonndirish ham bor, nasib nasab qoldirish ham bor, Allohni mang'ijida turish ham bor.
Ey insonlar, deydi Alloh Taolo, darhaqiqat biz sizlarni bir erkak va bir ayoldan yaratdik. Hamda bir birlaringiz bilan tanishinglar uchun sizlarni turli tuman xalqlar va qabila elatlar qilib qo'ydik. Turli xil millat elat qabila bo'lishini hikmati shu. Bir biri bilan bordi keldi qilsin, bir biri bilan tanishsin. Innakroma kuna inda allohiyot hokim. Endi mana shu turli millat elatlarni ichida sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog'ingiz taqvodorrog'ingizdir.
Millat elatlarini bo'lishini hikmati shu. Shuning uchun arabning ajamdan afzalligi yo'q, mag'ar taqvo bilan. Alloh Taoloning go'zal ismlaridan al vitr. Alloh Taolo toq, juft emas. Toq bo'lish, yakka yolg'iz bo'lish Alloh Taologa yarashadi. Bandalarni ishi esa juft bo'lishlik.
Bir kilo olma sotib olding. Nazaringda sen olmani haqqini to'lading. Bu noto'g'ri. Sen olmani haq qini to'la olmaysan. Sen shu olmani yetishtirgan odamni mehnatini haqqini to'tlading. Uslugasini. Xizmatini to'tlading! Ustalar bor, vrachlar bor, dehqonlar bor. Xullas, ularni ilmidan, tajribasidan, mehnatidan, xizmatlardan foydalanasan. Arzimagan xizmat haqqi evaziga. Demak, olmani yetishtirishda turgan odamlarni xizmatini haqqini berding xolos. Ular ikkita o'stirni parvarish qildi, pishgandan keyin bozorga olib keldi. Sen xizmatni sotib olding. Sen sotib olayotgan narsa xizmat deyiladi. Sen o'zi, sen ham o'zingni xizmatingni sotasan.
Ota a va nu alal birri va taqva. Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qilinglar. Mana endi hamkorlik. Yolg'iz bo'lish Allohga xos ekan. Juft bo'lib, aralashib, bir biriga muhtoj bo'lib yashashlik insonlarni sifati ekan. Mana endi odamlar bir biri bilan yig'ilganda, jamoat bo'lganda, nimani ustida hamkorlik qilish kerak? Taqvoni ustida.
Hozirgi kundagi musulmonlarning ahvoliga qaraydigan bo'lsangiz, juda bir achinarli holatga guvoh bo'lasiz. Juda ko'p odamlar egoist bo'lib ketgan. Mana shu xudbin odam o'zini manfaatini hamma narsadan ustun qo'yadi. O'zini foydasi uchun har qanday ishga tayyor bo'ladi. Bu o'ziga olib kelayotgan foydasi boshqalarga katta bir zarar keltirayotgan bo'lsa ham, bunga ishi yo'q. Albatta, bu achinarli holat. Dinimiz bu narsadan qaytaradi, birodarlar. Shuning uchun o'lchov tushunchalarimizni shariatni andozalariga moslab olishimiz kerak. Ikkita narsani tuzatish kerak. O'lchov va tushunchani.
Muhammad alayhissalom olib kelgan mukammal shariatda birodarlar bu masala aniq ravshan qilib bayon qilingan. Ammo musulmonlarni ko'pchiligi bu narsadan g'ofil. Jamiyat uchun eng katta xatar kishining xudbin bo'lishi. Faqat o'zini o'ylashi. Odamlarni, jamiyatni o'ylamasligi. Bitta odamni tasavvur qiling. Daraxtni ustida bir dona olma qopdi. Terib bo'lishibdi.
Chiqib olgani quvvat yetmaydi. Qoqib tushira olmayapti. Arrani oladi da, daraxt tagidan kesadi. Bir dona olma olishligi uchun daraxtdan voz kechib yuboradi. Bu daraxt turganda minglagan olma bo'ladi keyingi yil jamiyatga. Yo'q. Bu keyingi yil bu yerda qolmaydi da. Shuning uchun bugun foydalanib qolgani yaxshi. O'shaning uchun mansabga kelgan odamlar, el yurtni boyligini ustida omonatdor bo'lib o'tirgan odamlar, men qancha o'tiraman bu kursida, foydalanib qolay deb turib, elni, yurtni boyligiini, davlatni boyligini, o'zini shaxsiy manfaatini yo'lida yo'q qilib yuborayotganlar, qiyomatda javob berishini bir o'ylab qo'yilsin.
O'zini cheklangan foydasini, shaxsiy manfaatini o'ylab, jamiyatda foydasini yo'q qilish, o'zini shahvatini o'ylab ummatni mol mulkini vayron qilishlik. Qiyomatda javob beriladi. Qiyomatdajavob beriladi'. Hatto shunday bir odamlar borki, el yurtni, xalqni mamlakatda pulini yeyishlikni o'zini hunari deb biladi. Va mana shu hunarda shunday bir peshqadamlikka ustozni faranglikka aytganki, ular ham o'lamikan? Ha o'ladi. Ular ham o'lishni o'ylamikan? U birovni haqqi harom degan narsani tushunamikan bunaqalar? Endi e'tibor beringlar da, agar oramizda shunaqa odamlar bo'lsa, o'sha o'shanaqa qilib topgan pulinglar qayoqqa ketyapti, o'ylab ko'ringlar da.
Agar kimdir mana shunaqa qilib turib, o'zini shaxsiy foydasini o'ylab, el yurtni, ummatni, xalqni, mamlakatni zarariga ishlayotgan bo'lsa, shunaqa qili boyigan bo'lsa, qarasin qayoqqa ketyapti puli. Maqsad o'sha pulni katta topib olib turib, yaxshi yashashmidi maqsad? Qayoqqa ketayapti pul, bu o'ylab ko'rmaydimi? Faqatgina o'zini o'ylash, bu jamiyatga juda xatarli bo'lgan illat. Mahallaga asbob solinyapti, bir birodarimiz aytib beryapti. Keng mahalla asfalt solinyapti. Bir oilani shag'ali ko'chaga chiqib turibdi, bir ikki metr. Asfalt solayotgan odamlar, xola, mana shag'alni bir sudirib qo'ysangiz, mana asfalt solayatuvdik. Tekkiz bo'lib qolardi desa, yo'q deyapti. Qanday turgan bo'lsa, shunday turadi deyapti.
Mahallaga asfalt solinyapdi, xola. Mahallani o'ylamaysizmi? Hammaga foydasi bor u desa, tupurdim mahallangga deyapti. Mahallay menga nima qilib beryapti deydi. Elni foydasini aytsangiz tupurdim elinga deydi. Menga nima qib berib qo'yibdi elin deydi. Va taavuni alal bermay va taqva, bola taavuni alal itmay va udvan. Yaxshilik va taqvo yo'lida hamkorlik qilinglar, gunoh va haddan osh yo'lida ham korlik qilmanglar. Demak, hamkorlik lozim birodarlar. Hamkorlik loz.
Hamkorlik, birga bo'lishlik, ulfat bo'lishlik, bitta jamoat bo'lishlik dinimizdagi asl narsa. Hatto g'ayri dinlar ham mana shu narsaga amal qilishadi. Hozirgi kunda musulmon bo'lmagan g'arb xalqlarini yuksalib o'sib ketganligini sababi ham ayni shunda ular hamkor. Bu g'arb mamlakatlari bir biri bilan to'qson foiz masalada kelisha olmayotgan bo'lib turibdi. Lekin o'n foizni kelishyapti. Mana shu kelishadigan masalani atrofida jamlanishaveradi.
Qolgani kelishib ketishadi. Imkon borki, bir bo'lishyapti. Ana Yevrosiyoni qaramaysizmi? O'ttiz ga yaqin mamlakat chegaralarni olib tashladi. Bitta pul, bitta iqtisod, bitta siyosat hamkorlikni o'rniga qo'yishyapti, o'shaning uchun ular o'sib ketyapti. Alloh bizdan hamkor bo'lishimizni xohlaydi. Jamiyatni foydasini, elni foydasini o'ylashimiz kerak bo'ladi birodarlar. Chunki hamkorlik, taraqqiyot, hamkorlik yuksalish, hamkorlik din.
Alloh Taolo hamkor bo'linglar deyapti. Ammo xudbinlik faqat o'zini o'ylashlik. Bu ummatni boshiga tushgan katta bir balo musibat bo'ladi. Xudbin odamning maqsadi faqat o'zini foydasi. Qilayotgan ishi, jamiyatga zarar yetkazayotganlar bilan ishi yo'q. Muhimi foyda bo'lib qolsa bo'ldi.
Koronavirus balosi bo'ldi. Narx navolar nima bo'ldi? Shunda ko'rinarkan a kim kimligi? Bir ikki so'mda deb turib, bir ikki so'm foydali zararni ko'rib turib, odamlar nimalar qilishmadi? Ha endi aka, men bu suhbat sotayotgan bir qop shakarimni hozir ming so'mga sotsam, endi keyingi safar bir ming besh yuz ga olaman da. Ha birodar, bir ming besh yo'lga ol, bir ming beshinchi, bir ming olti yuz ga sot. Sen to'qqiz yuz so'mga olgan shakaringni ming so'mga solmasdan, bir ming beshini sotasanmi? Eski narxda kelganda eski narxda sotib yuboraver, yangi kelgan narxiga yangi narx qo'yib sotib yuborasan. Yo'q. Mana shu yerda ko'rindi kimni kimligi.
Nimani o'yladi bular? O'zini besh yuz so'm foydasini o'yladi. Shu bilan panika bo'lib, bardak bo'lib, narx navolar ko'tarilib ketib, qimmatchilik bo'lib ketsa, kim sabab bo'ladi bunga? Ey, savdogarlarda eshitib qo'yinglar. Xo'p, siz mana bu narsani o'n so'mga olib, o'n bir so'm sotyotgandingiz. Keyin narxlar qimmatlab ketdi. Lekin bundan bir vagon bor.
Eng keyingi safar o'n yuz so'mga olasiz ekan buni. Endi o'n so'mga olganingizda o'n bir so'mdan sotib tugatib oling. O'shandan bir so'mdan foyda bo'lyaptimi? Endi keyingi vagonda o'n uch so'mdan olganingizda, o'n to'rt so'mdan sotasiz. Shu to'g'ri bo'ladimi? Endi hozir men deydi bu o'n so'm, o'n bir so'ngga sotsam, o'n uch s so'mga ololmayman da. Ololmayman o'n so'm ga. O'n uchga olganingiz o'n to'rt yapti. Shunaqa qilsa bo'ladimi, bo'lmaydimi?
Savdogarlar. Ko'zinglarni katta ochinglar. Eski narxdan olgan narsangizni foydasiga eski foydani qo'ying. Endi yangi olgan molingiz, yangi olgan tovaringiz qimmatroq keldimi? Endi qimmatroq qo'ying. Elda olgini o'ylab qo'yinglar. Biz musulmon yurtda yashayapmiz. Elga ozgina yengillik qilinglar, Alloh sizlarga yengillik qiladi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam hadislari bor. Sahih hadis. Bir boy odamlarga qarz beradi.
Qarzni to'laydigan muddat kelganda, ishchisini jo'natib aytadiki, borib qara, holiga yet qarzdorni. Agar qodir bo'lsa olib kel. Agar qiyinchilikda bo'lsa, yengilchilik qilib ber, ozgina muxlat ber. Shoyat Alloh bizga ham yengilchilik bersa deydi. Rostlar aytadilar, qiyomat bo'lganida bu odam o'lib Allohni oldiga borib. Alloh unga yengillik berdi deydi.
Ma'qulmi? Hayotda bironta bir odamga yengillik qilgan bo'lsangiz, umid qiling, ehtimol o'sha amalingiz sabab bo'lar. Birodarlar, xudbinlik, bu jamiyatni ustiga tushgan balo, musibat. Agar odamlar xudbinlikni o'zlariga kasb qiladigan bo'lsa, biz hech qachon ummat sifatida yuksalib, taraqqiy topib, peshvo ummatlar qatorida bo'lmaymiz.
Innalloha vitrun yuhaybul vitro. Alloh taolo tog' bo'lgan zot, va tog'ni yaxshi ko'radi. Vitr kalimasining yana bir ma'nosi. Juft bo'lishlik bu mahluqotlarning sifati. Yolg'iz yakka bo'lishlik Alloh taoloning sifati. Mahluqotlar juft. Ularni sifatlari turli bo'ladi. Balki qarama qarshilik ham mana shu insonlarni, mahluqotlarini sifatlaridan bo'ladi. Masalan, odamlarni qaraydigan bo'lsangiz, turlisi bor. Semizi bor, og'rig'i bor, saxisi bor, baxili bor, omonatdori bor, xoinibor, rostgo'yi bor, kazzobi bor, chiroyli xunigi bor. Alloh taoloni ham ismlari go'zal, komil, ham sifatlari go'zalkomil. O'zini komilligida Alloh taolo yakka va yagona. Va innallohu vitru yuhibbul vitru.
Jasadning shahvati. Yangi ma'no. Insonni tabiatiga Alloh taolo ovqat va sharobga bo'lgan ehtiyojni joylab qo'ydi. Mana shu ehtiyojni qondirishligi bilan inson o'zini jonini saqlaydi, hayotini davom etkazadi. Yana erkak kishini ayolga ehtiyoji bor, ayolni ham erkakka ehtiyoji ham bor. Bu ehtiyoj g'ariza, hojat uni fitratida bor. Mana shu qarama qarshi jinsdagi bo'lgan odamga muhtoj bo'lishlik uni naslini davom etishligini ta'minlaydi. Erkak kishi ishlaydi, kecha yu kunduz yuguradi, yeladi, uy quradi, uylanadi, oila qiladi.
Xullas, turmush uchun kerak bo'lgan narsani tayyorlaydi. Mana shu narsa uchun asosiy ehtiyoji bo'ladi. Endi qiz bola ham balog'atga yetgandan keyin o'z o'zidan unga sovuch kelishini kutishi bor, bu uni haqqi. Insonni erkakda ayolga, ayolda erkakka bo'lgan intilishi, mana shu g'ariza insondagi kuchli narsa hisoblanadi. Agar mana shu g'ariza shar'iy yo'l bilan qondirilmaydigan bo'lsa, noshar'iy yo'l bo'lgan qondirishlikka inson qadam qo'yishga majbur bo'ladi. Mana to'ylar.
Agar ulardagi isroh, mazza bemaza sarflar, kerakmas chiqimlar, ko'payib, to'y og'irlashib, to'y qiyinlashib ketadigan bo'lsa, uylanishlik, turmush qurishlik, nikohlanishlik og'ir bo'lib ketadigan bo'lsak, mana shu balog'atga yetgan erkak yoki bo'lmasam ayol, zino yurishlikka shayton uni vasvasa qiladi.
Shuning uchun to'siqlarni ko'paytirmaslik kerak. Nikohlarni yengil qilishlik kerak. Hozir aytganimizdek, bu insonni tabiatida bo'lgan rag'batni qondirishlikka shariy yo'l bo'lmaydigan bo'lsa, erkak bo'lsin, ayol bo'lsin, noshariy yo'llarga tushishlikka majbur bo'ladi. Biz bu gapni qayerdan oldik? Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, ida jaakum man tardavna dinahuu va huluqahuu, fanki hu.
Agar sizlarni uyinglarga qizinglarni so'rab, dinidan va axloqidan sizlar rozi bo'ladigan kimsa kelsa, qizingizni so'rab keldi bir odamki, dini ham joyidan, axloqi ham joyidan. Undan rozisiz. Bas uni qizinglarni nikohlab qo'yinglar. Illataf alu. Agar unday qilmasanglar, nima bo'ladi unday qilmasak? Illataf alu takun fitnatun fil addi va fasadun kabir. Agar bunday qilmasangilar, yerda fitna va katta fasod yuz beradi. Rasululloh takrorlab aytyaptilar. Agar shunday qilmasanglar, yerda fitna va katta fasod yuz beradi.
Demak, birinchi ehtiyoj, oziq ovqatga bo'lgan ehtiyoj edi. Ikkinchi ehtiyoj qarama qarshi jinsdagi bo'lgan odamga muhtoj. Erkakni ayolga, ayolni erkakka bo'lgan muhtojligi. Shuning uchun to'ylab yengilroq qila olish kerak birodarlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, aqalli hunna mahron, aksari hunna barakatun. Mana shu nikohda mahr belgilanadi.
Kelin tomon mana bu narsani mahrga qilib bersin deydi. Kuyov tomosh unga ko'nadi, shu bilan nikoh bo'ladi. Endi mahrda ko'p so'rash ham mumkin, oz so'rash ham mudh. Shunda payg'ambarimiz aytyaptilar, ayollarning mahri yengilroq bo'lgani barakaliroq bo'ladi deyaptilar. Uchinchi ehtiyoj. Zotning ta'kidiga bo'lgan ehtiyoj.
Zo'rning ta'kidi. Nima degani bu? Bu peshqadam bo'lish degani. Jamiyatning ilg'or odami bo'lish degan. Insonni tabiatida mana shu ehtiyoj ham bor. Oldida bo'lishlikni xohlaydi. Muhim inson bo'lishni xohlaydi, odamlarda tillarida bo'lishni xohlaydi. Odamlar senga barmog'i bilan ishora qiladi, mana bu odam deb ishora qiladi. Odamlar sen haqingda gapirishligini xohlashligi. Bu ham asosiy ehtiyoj hojatlardan. Tushunarlimi? Diqqat, e'tibor.
Bu diqqat, etiborga bo'lgan ehtiyoj, zotning taktiga bo'lgan e'tiyoj, birodarlar, haq yo'l bilan ham qondirilsa bo'ladi. Nohaq yo'l bilan ham qoldirilsa bo'ladi. Masalan, yomonlik bilan tanildingiz. Odamlar sizni taniyapti. Yomonligingiz bilan. Bu bilan tanilishi mumkin. Yoki bo'lmasam yaxshilik bilan tanilishi ham mumkin.
Odamlarda diqqat e'tiborini xohlashlik birodarlar hammamizni tabiatimizda bor. Bizga diqqat qilishini, bizga e'tibor qilishini xohlaymiz. Odamlar bizni qadrlashini xohlaymiz. O'shaning uchun ijtimoiy tarmoqda tinmasdan suratini qo'yadi o'zini. Ovqat yeb turib ham suratga oladi. Men kafeda ovqat yedik. Bitta birovni mashinasini oldiga borib turib suratga tushadi, mana mashina. Mana shu nima uchun desa, avvalam aytganman buni.
O'nta odam layk bosibdi, yigirmata odamga yoqibsiz, xullas boshqa bo'libdi, kommentariy bo'libdimi? Sizga nima ulardan interesno desa, demak men ham interesniy ekanman odamlarga. Meni ham qadrlashar ekan deydi. Tushundingizmi? Hozirgi davrda, hozirgi davrdan, bir odamni qadr qiymati o'sha instagramdagi podpischigi bilan layki bilan, prosmotri bilan bo'lib qoldi. To'g'ri aytyapmanmi?
Bir zamonlar bo'lgan edi, bir ilmli odamda qadr qiytmati nechta ustozda ta'lim olgani bilan belgilanardi. Ikki yuzta shayxda dars olgan der edi. Vo. Yana bir davr bo'ldi, nechta shogird chiqarganligi bilan qadrlanadigan bo'ldi. Ikki yuz ta shogirdi bor. Bir davrlar bo'ldi,nechta kitob o'qiganligi bilan qaddirlanadi ilm ahillari. Yana bir davlar bo'ldi. Nechta kitob yozgani bilan belgilanardi ulamolarni qadrlari. Hozir nima bilan belgilanadi ulamolarni qadri?
Prosmotri bilan. Lekin bu prosmotrni iskusstvenni ko'tarib qo'yishdik, o'sha internetda boshqarayotganlarni qo'lidan. Ular o'zlari xohlagan domlani populyarniy qilib qo'yish qo'lidan, raqam deb berib qo'yadi, bo'ldi. To'g'rimi? Dunyoga ilma tatiydigan olimlar bor, o'n mingta podpischigi yo'q.
Bu internet shunaqa narsaki birodarlar, o'zlari xohlagan domlani populyarniy qilib bera oladi. Siz bitta masalani oxirigacha eshitib qo'ysangiz, ha, algoritm bilan hisoblaydi da youtube, sen masala yaxshi ko'rar ekansan deb turib, domlalarni qo'yib bera oladi ma'ruzalarini. Endi prosmotrga qarab turib, shuncha odam prosmotr qilibdi, muncha podpiska qilibdi, m buncha kommentariya qilibdi, siz ham qiziqib ko'rasiz. Sizni ongingiz mana shu internet boshqarib qo'yyapti. Faqat tushunmayapsiz.
Butun bir mintaqaga dars beradigan ilmi bor olim bor, lekin u reklama qilinmaganligi uchun birov tanimaydi uni. O'shaning uchun yigitlar, internetdan o'rganilmaydi din. Tushundinglarmi? Din, tirik ustozni oldida o'tirasiz, qo'lingizda kitob bo'ladi, har hafta ikki marta dars bo'ladi, o'qib beradi, uyingizga borib o'qib kelasiz, topshirasiz, mana shu ilm bo'ladi. Ilm birodarlar, kitobdan ham olinmaydi.
Ilm. Internetdan olinmaydi. Ilm ustozlarning qalblaridan olinadi. Mana shu ilm bo'ladi. Insonning ehtiyojlarini aytdik. Oziq ovqatga bo'lgan ehtiyoj, juftga bo'lganehtiyoj va diqqat e'tiborga bo'lgani ehtiyoj. Bir odam katta boylikni to'playdi, o'zini kayf safosiga sarflaydi, shaxvatiga, mashinasiga xullas o'zini havoqatiga. Bu odam ham odamlarda diqqat e'tiboriga tushadi. Bu odam ham mashhur bo'lib ketadi. Vo, qara deydi.
Mashinasini polirovkasiga besh ming dollar sarflabdi deydi. Vo, qara dedi. O'zi mashina o'n ming dollarlik deyapti. Yigirma ming dollar turinga sarflagan deyapti. Mana shu yerda mana. Maqsad nima? Shaharda bitta bo'lib yursin. Tushunyapsizlarmi? Insonni tabiatida boshqalar unga diqqat e'tibor qilishlikni xohlashi bor. O'shaning uchun qimmat kiyim kiyishga harakat qiladi.
O'shaning ustiga qimmat mashina yeyishga harakat qildi. O'shaning uyicha qimmat kafega borib ovqatlanadi. A musulmonga ham diqqat e'tibor kerak, birodar. Faqat u diqqat e'diborni Allohu Subhanahu va Taoloning diqqati deb biladi. Demak bitta odam botir amallar bilan ham odamlarni nazariga tushar ekan, e'tiborda bo'lar ekan. Ana shu diqqat e'tiborga bo'lgan ehtiyojini qondirar ekan. So'rang o'zingizdan.
Men qaysinisini qilaman shulardan? Yana bir odam bor. Endi bu Allohu rozi bo'layotgan ishlarni qilishlik bilan odamlarni diqqatiga tushadi. O'zi aslida bu odam Allohni roziligi uchun qilgan. Odamlar diqqat e'tiborini istamaydi, chunki riyo bo'lib qoladi deb qo'rqadi. Lekin Alloh xohlasa diqqat e'rtog'iga solib qo'yadi uni ham.
Istadvillar va men axsanu qavlan minman da ila allohi va amili soliham va qoli indan imenno al muslimin. Ya'ni men musulmonlardanman deb. Soliq amal qilgan kishidan ko'ra, chiroyliroq gapiradigan kim bor? Mana Alloh Taolo aytyapti, eng chiroyli gapiradigan bandam mana shu odam. Kim u? Solih amallarni qiladi va o'zini musulmonlardanman deydi. Bu insonda ham odamlar gapirishadi. Falonta odamni uyiga bildirmasdan ko'mir tushirib qo'yibdi, falon chiqibdi, otasiga rahmat deydi. Yo bo'lmasam, falon falon mahalladagi mushkullarni hal qilib qo'yibdida deydi. U ham odamlarni diqqat e'tiboriga tushadi. Lekin bu Allohni roziligini maqsad qiladi.
Birinchi ehtiyoj, ovqatga bo'lgan, sharobga bo'lgan ehtiyoj. Ikkinchisi, juftga bo'lganehtiyoj, uchinchisi, odamlarni dimqat e'tiborigaga bo'lgan ehriyoj. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, innallohu vitrun yuhibbul vitron. Shuning uchun siz bilan biz birodar Alloh Taoloning vitr ismidan o'zimizga qanaqa ulush olishimiz kerak?
Har safar aytyapmiz, Alloh Taolo al rohim, rahmli zot, biz ham rahmli bo'lishimiz kerak, ulush oldik. Alloh Taolo al javat, saxiy zot, biz ham saxiy bo'lishimiz kerik. Har bitta ismidan o'izimizga ulush olishimizkerak. Endi al vitr ismidan qanaqa ulish olamiz? Alloh yakka zot ekanmi? Bitta ekanmi, tengi yo'q ekanmi? Sen ham o'zingni ishingda, sohangda bitta bo'l. Mana shu oladigan ulushimiz.
Tushunarlimi? Ilmingizda, hunaringizda, kasbikoringizda bitta bo'ling. Agar siz bitta bo'lsangiz, hammadan peshqadam bo'ladigan bo'lsangiz siz Alloh Taoloning mana shu ismidan o'zingizga ulush olibsiz. Chunki Payg'ambarimiz aytadilar innallohi yuhayb bu ma'aliyal umr. Alloh Taolo ishlarning oliylarini va sharaflilarini yaxshi ko'radi. Va yakka rohru safa sifaha va damiyaha. Ishlarni pastlarini, tubanlarni yomon ko'radi. Abu Ali ibn Sino. Tabobat qonun yozib qo'yib ketibdi. Hozirgi kundagi meditsinani asosi ekan. Ana bitta. Mirzo Ulug'bek. Ana, osmon eshigiga shunday narvonni qo'yib kelibdi. Astronomiyasini asosini qo'yib ketibdi.
Bitta g'arblik olim pensilinni o'ylab topgan ekan, bitta qizamiq kelganda o'lib ketavergan ekan millioniga millionlagan odamlar. Bitta pensilin bilan odamlarga qancha foyda keltiribdi. Yoki masalan, birinchi bo'lib yadimiy reaktorda kashf qilgan inson, qancha qancha insonlarga foydasi insoniyatni taraqqiyotiga sabab bo'ldi. Ular o'zlaridan keyin nimadir qilib ketishdi.
Shuning uchun birodarlar nimadir qilish kerak hayotda. Nol bo'lmaslik kerak. Qaysidir raqam bo'lishi kerak, mi, mi, lekin nol bo'lmaligi kerak. Chunki shunday odamlar bor. Keldi, yashadi, o'ldi, ketdi. Hayotga hech qanaqa foydasi ta'siri yo'q. Uni kelganini ham birov bilmagan edi. Yashaganida ham birov bilmas edi, o'lovni ham hech kim sezmadi.
Ammo ulug' insonlarchi? Musulmonlar. Ular alloh taoloning al vitr ismidan o'ziga ulush oladi. O'zini sohasida birinchi bo'lishiga harakat qiladi. Hamma havas qiladi. O'tib ketgandan keyin ham odamlar yaxshilik bilan eslaydi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytyaptilar: inna allohu vitrun yo habbul vitro. Mana hammamizni ismini eshitganda hurmat qalbimizda bir paydo bo'ladi. Salohiddin Ayyubiy.
Nechta nechta sal qo'shinlarni mag'lub qilib, Quddusni musulmonlarga fath qilib berdi. Musulmonlarda boshini baland qildi. Xolidun Valiy, Alloh rozi bo'lsin. Ummat uchun juda katta fathlarni qilib berdi. Tanasida bironta bir sog' joy yo'qida jarohat yetmagan. Shuning uchun birodar, bodomiki senarodning al vitr ekanmi? Tog' ekanmi, tengsiz ekanmi? Sen shu ustimdan o'zingga urush ol, o'zingni sohangda birinchi bor. Professional bo'l. Bir narsa qilib ket, jamiyatga foydang tegsin. Eng kamida ishingda puxta bo'l.
Chunki faqat o'zini huzur halovatini o'ylab yashagan odamlar, bular Muhammad alayhissalomga ummatman degani uyali ishlari kerak. Alloh Taolo al riter. Yana u alvvas edi u. Bir odam Amerikada ta'lim oldi tabobatni. Xalij mamlakatiga keldi. Ishlayapti, qabuliga Malayziyalik odam keldi. Tabib ko'rdi, yozib berdi. Dori esa Hindistonda tayinlangan. Ong'ara bo'ying. Qayerlisan, kimsan, qayerda ta'lim olgansan, otang kim, farqi yo'q. Chunki odamlarda hammasini Alloh Taolo o'zi yaratgan. Qaysi zamon, qaysi makonda yashamasin, tana tuzilishi bir xil, bir xil suyak, bir xil nerv, bir xil tomir.
Mana shuni o'zi ham Alloh Taoloning yakka yayoni ekanligiga dalolat qiladi. Lekin shunaqa bo'lishiga qaramasdan, bir biriga yuz foiz o'xshagan ikkita odam topa olmaysiz. Mana shu Alloh Taoloning o'zini yaratishida Al Witer yayoni ekanligini dalili. Yana Alloh Taolo Al Wase bo'lgan zot. Oriflardan biri aytadiki, ey Robbim, agar zaytun daraxtidagi ikki dona barg bir xil bo'lib qolsa, sen Alvosiya deb nomlanmagan bo'lar eding. Bitta daraxtda o'sayotgan barglar bir biriga o'xshamaydi.
Milliardlagan, milliardlagan pistani donasi bir biriga o' xshamaydi. Sanog'ini yolg'iz Alloh o'zi bilgan qor uchqunlarni birontasi bir biriga oxshamaydi, o'zini yaratishida Alloh Taolo Alviter bo'lgan. Al Vosit bo'lgan zot. Hatto bitta qorindan tushgan, ikki tomchi suvdek bir biriga o'xshaydigan, quyib qo'yganday o'xshaydigon egizaklarda ham hamma yog'i bir xil bo'lmaydi. Eng kamida fe'li ikki xil bo'lardi, odamlar. Shuning uchun vitr tog' bo'lishlik faqat Alloh Taologa xosdir. Qolgan maxluqotlarning hammasi juftdir.
Alloh azza va jala mana shu ismidan ulush olib, o'zimizni sohamizda, o'zimizning hunarimizda bitta bo'lishligimizga tavfiq bergan bo'lsin. Aqulu qovli ha da va astag'firullohu li va lakum. Innallohu va malakatuhu yusravluna ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollu alayhi.