MMaviza
Al-MuʼminTekshirilgan23 daq

68-DARS AL-MUʼMIN (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
22:53
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdillahi rahmatuhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va naruzovillahi min shu'ruri yonfusina. Onin sayyi'ati amalina may yahdihillah hufala muvvillala. Va on yudlin hufala hadiyalala. Ona shadvallal ilahillallohu vahda hular sharikala. Onashadi anna muhammadan abduhu va rasuluh, anna va'da atassalamu alaykum va rahmatullohi ta'la va murakatu.

Alloh taoloning go'zal ismlaridan al mo'min. Al mo'min ismini Qur'oni Karimda vorut bo'lishligi. Bilasizlar, Alloh taoloning go'zal ismlari Qur'onda ham, hadisda ham vorut bo'lganlari bor. Faqatgina hadisiy sharifda vorut bo'laganlari bor, Qur'onda vorut bo'lmagan va faqat oyatda vorut bo'ganlari bor. Ana shu Qur'oni Karimda zikriga kelgan ismlardan bittasi al mo'min. Istaydi billa. Hu vallohu la deyla ilaha illa huval malikul quddusus salamul mu'minul muhayminul azizul jabbarul mutakamber.

U Alloh shunday zoddirki, hech qanday iloh yo'q, faqat uning o'zi bordir. U yolg'iz podshohdir, barcha aybi nuqsondan pok salomatdir. O'zi xohlagan bandalarini omon qiluvchidir. Ya'ni al mo'min. Al mo'mindir. Al mo'minning ma'nosi.

Al mo'min degan so'z bandalarga nisbatan ishlatilganda bir ma'no bo'ladi. Alloh taologa nisbatan ishatilganda, asmonu husnoz sifatida ishlatilganday boshqa ma'no bo'ldi. Al mo'mino kalimasi tasdiqlovchi, ishonuvchi ma'nosini bildiradi. A mana. Tasdiqladi, ishondi. A mana rasuli bimaun zela ilahimi robbihiy va al mo'minun. Ya'ni Alloh tomonidan o'ziga yuborilgan narsaga Payg'ambar iymon keltirdi va mo'minlar ham iymon keltirishdi. Ishonishni tasdiqlashdi. Al mo'min, agar insonga nisbatan ishlatiladigan bo'lsa, buyruqchini, buyrug'ini to'laligicha amalga oshirdi bo'ladi, bo'yin so'nda. Ishonish, demak, mo'min deganda, insonga nisbatan ishlatilganda ishonuvchi ishondi degan ma'no bo'ladi. Dalil Yusuf alayhissalomning akalari Yusuf alayhi salomni quduqqa tashlab, kiyimiga qonni bulashib, otasi Yoqub alayhi salom oldiga olib kelib aytishdiki, vama an tabi mumininglana valav kun na sodiqing. Bo'ri yeb ketibdi, biz o'ynashib, bir birimizni qo'llashib kelsak, mana ko'nglingni olib keldik. Endi rost gapirsak ham, siz bizga aslo ishonmaysiz.

Va men anta bemo'mining, bizga ishonuvchi emassiz deyapti. Tasdiqlamayapsiz, ishonmayapsiz bo'ladi. Mo'min tasdiqlovchi ishonuvchi bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar, atadiru nimal imanu billahi vahdahu. Yagona bo'lgan Allohga iymon ketishlikni nima ekanligini bilasizlarmi? Qoluv allohu rasuluhu alam. Alloh va Rasul bo'luvchiroq deb javob berdilar. Payg'ambarimiz aytdilar, Allohda o'ziga iloh yo'q va albatta Muhammad alayhissalom Allohning rasuluh deb guvohlik berish, namozni qoyim qilish, zakotni ato qilish, ramazonni ro'zasini tutish dedilar. Demak, mo'min kalimasini ma'nolari ko'p. Lekin eng ko'zga ko'ringan ochiq ravshan ma'nosi tasdiqladi, ishondi degan ma'no bo'ladi. Aqidani tasdiqladi. Amalda itoat qildi. Aytilgan narsani haqida qabul qildi, shuning uchun buyruqni bajardi.

Eshitishning lavozimi tadbiq qilish. Eshitishning taqozosi lavozimi amal qilish. Bir narsani eshitdingizmi? Agar eshitgan bo'lsangiz, tushungan bo'lsangiz. Endi bunga amal qilishingiz kerak bo'ladi. Eshitib turib amal qilmaganlar bo'lgan. Va qol u samiana va asoiina. Eshitdik va osiy bo'ldik deyishgan. Mana Alloh Taolo xonada aytadi, astadibillar. Vala takun u kalladina qol u samiana vahum la yasmau. Anfal surasida. Va o'zlari eshitmagan hollarida. Eshitdik degan kimsalar kabi bo'lmanglar.

Eshitdik deyapti, lekin qabul qilmayapti, amal qilmayapti. Demak eshitmadi. Eshitmasdan turib eshitdik deydi. Shunaqa bo'lmanglarda deydi. Mana aytdik, eshitishning lavozimi, eshitishning taqozosi amal qilish. Eshitdingizmi, amal qilishingiz kerak. Ey sovuq kelyapti, eshikni yopib qo'y deydi. Eshitdingiz, tushundingiz, endi yopib qo'yasiz.

Urgimcha turibdi yelkasida, qoqing. Urgimcha yelkasida. Ana, ana. Mana eshitdi, tushundi, amal qildi. Urgimcha yo'q yelkasida. Endi hozir rahmat, rahmat desa, yo eshitmadi, yo tushunmadi. Hozirgi muammo manda ekkan o'zini. Odamlarning to'qson foiz dan ko'prog'i katta qismi iymoni shunaqa.

Eshitgan, biladi jannat do'zax borligini. Lekin nimaga amal qilmayapti? Demak, tushunmagan. Agar eshitishing to'g'ri bo'lsa, to'g'ri eshitgan bo'lsang, tadbiq qilasan, amal qilasan. Muhim qonun. Idrok, harakat, sulokiyat. Idrok, harakat, suluv kiygan. Ro'parasida turgan odamga yelkasida chayon turibdi desangiz, o'ylanib ham o'tirmaydi. Qarab ham o'tirmaydimi, nima qiladi? Yelkasini qoqib qoladi. Nimaga u harakatga keldi, bilasizmi? Eshitdi, idrok qildi, hissiyoti jumbushga keldi va mana shu hissiyotini harakatga keltirdi. Ko'rgani yo'q bo'lmasa. Nimaga harakatga keldi? Chunki eshitdi, idrok qildi, hissiyoti qo'zg'aldi, harakatga keldim.

Agar yelkangizda shayam turibdi desangiz, rahmat, rahmat. Bir kun meni ham foydam tegib qolar sizga desa. Demak ikkita variant bor. Yo'q, eshitmadi gapingizni. Eshitgan bo'lsa ham, nima qilmadi? Tushunmadi. Agar eshitgan bo'lsa va tushungan bo'lsa cho'chib ketishi kerak. Yelkasini qoqishi kerak edi.

Shuning uchun olimlar aytishadiki, seni bu borliq bilan qilayotgan muomiling mana shu qonun asosida bo'ladi. Shu qonunga muvofiq kungacha kechirasan. Idrok qilasan, harakat qilasan, suvereniteting belgilanadi. Chunki siz bilan biz, siz bilan biz hayotda qilayotgan ishlarimizni qarasak, o'shandan boshlangan. Ma'no narsa to'g'ri, ma'no narsa noto'g'ri deyilgan. O'sha narsani tushundik. U bizni hissiyotimizni qo'zg'adi va mana shu fe'lda nima qilamiz?

O'shaning uchun sizni odamlar bilan qilayotgan muomalangiz, hayotda qilayotgan ishingiz, bosayotgan qadamlaringiz mana shu uchta qonun bilan ketadi. Idrok, hissiyot, harakat. Masalan, bundan ham sodda misol, masalan semirib ketdingiz, oshna. Xonni chiqib semilib ketibdi, sal ozing desa, xo'p deb qo'yasiz. Lekin u sizni idrokingizga kirib, hissiyotingizni qo'zg'amadi, oddiy gap. O'shaning uchun harakatga kelmadingiz. Endi doktor aytadi, yana besh kilo semirsangiz, yuragingiz ko'tara olmaydi bu nagruzkani, o'lib qolasiz deydi.

Idrok bo'ldimi? Hissiyotingizni ko'zg'adimi? O'lib qolaman ekan ey. Shuncha narsa qolib ketadimi birovga deb turib, hissiyotingiz qo'zg'agandan keyin nimaga kelasiz? Endi tushunyapsizlarmi, birodarlar? Nima uchun odamlarni o'zini musulmonman deyotgan odamlar bilan juda katta qismi dinga beparvo? Ular hali idrok qilgani yo'q.

Bir gapni eshitding, idrok qilmading, hissiyoting jumbushga kelmadi, demak harakat ham qilmading. Yana bitta misol. Bog'da ketyapsiz, ro'parangizda katta bir ilon yotibdi. Darrov qalbingizga qo'rquv kiradi. Rangiz o'zgaradi. Bu aqlingizni joyida ekanligini alomati. Jinni emas ekansiz. Ilonni nimaligini bilarkansiz. Shart to'xtab qoldingizmi?

Aqlingiz joyida ekan. Endi siz yo qochib ketishingiz kerak, yo bir tosh posh bilan urib haligini yanchishingiz kerak. Demak, hissiyoting seni harakatga boshlamasa, demak bu hissiyotmas ekan. Agar idroking seni hissiyotingni qo'zg'atmasa, demak idrokmas ekan. Hissiyoting seni harakatgacha keltirmasa, bu hissiyotmas ekansan. Agar idrokiing hissiyotingni qozg'atmasa bu idrokmas ekan'. Anglaysan? His qilasan, harakatga kelasan.

O'zini musulmon deb biladigan juda ko'p odamlarni din haqidagi idroki to'g'ri emas, dinni haqiqatini hali ham to'g'ri tushunib yetmagan, shuning uchun o'zini musulsunman deyveradi, din bir vodiyda, a bu odamni esa boshqa vodiyda ko'rasiz. Agar ana shu odamlar dinni haqiqati idrok qilishganida, hissiyotini mana shu idroki harakatga keltirganida, qilayotgan ishlari hozirgi ahvoldan boshqacha bo'lar edi. Amalga kirishishardi. Xuddi shunga o'xshagandek, agar biz qiyomat kunini borligini rostdan anglab, idroga yetadigan bo'lsak, har bitta qilgan ishimizga qiyomatda so'roq savol bo'lishligini anglab yetsak, bu bizni hissiyotimizni yumushga keltiradi. Hissiyotimiz qimirlagandan keyin harakatga kelamiz.

Amalimiz zaifmi? Demak, idrokimiz zaif. Hali tushunmayapmiz nima bo'layotganligini. Vala takunu kalladina qolu samyani vahumla ayyasi ma'um. O'zi eshitmagan holida turib, men eshitdim deganlardan bo'lib qolmanglar. Insonni yolg'onchiligi ikki xil bo'ladi.

So'zi bilan yolg'onchi bo'ladi, amali bilan yolg'onchi bo'ladi. So'zi bilan bir narsani yolg'onga chiqaradi yoki amali bilan bir narsasini yolg'onga chaqiradi. Tushunyapsizmi, birodarlar? O'zini dindor deb biladi. Besh mahal namoz o'qiydi. Shakl shamoyi bilan musulmonnikiga o'xshaydi haqiqatdan. Lekin savdosini qarasangiz yolg'oni bor. Tarozini qarasangiz muammosi bor. Xitoyda narsasini koreyskiy deb sotadi. Demak bu odam hali eshitmabdi, idrok qilmabdi, hissiyoti bo'lmabdi, amalga kelmabdi.

Misol, kasal bo'lib qoldingiz, tabibga bordingiz. Tabib sizni o'tirib ko'rdi. Kasalingizni aniqladi, keyin dardingizni nima ekanligini tushuntirib berdi. Nima ish qilish kerakligini ham aytib, qo'lingizga retsept yozib berdi. Yozib berdi, qog'ozni oldingiz. Rahmat, ilmizga qoyilman, ajriza bersin, mendan ham bir yaxshilik qaytib qolar, deb tilingiz bilan ilmini tan oldingiz. Lekin yozib bergan narsasini bittasiga amal qilmadingiz. Demak, siz uni amalingiz bilan yolg'onchiga chiqardingiz. Tilingiz bilan rost deyapsiz, lekin amalingiz bilan yolg'on deyapsiz. Fe'lingiz bilan.

Bu takziba amaliy deyiladi. Amal bilan bir narsani yolg'onga chiqarish deyiladi. So'z bilan tasdiqlayverasiz, lekin amal qilmaysiz. Bo'ldi, bo'ldi, bol, qilamiz, bo'ldi xola aka deydi da, ertasi keyin bilgan anaqasini yeb ketaveradi. Mana shu takzit amali bilan yolg'onchiga chiqarishdik musulmonlarda hayotidagi eng katta muammoyimiz. Biz musulmonlarda hayotingizda katta muammo shu. Rost gapir, rizqingni yeysan, yolg'on gapir, rizqini yeysan desa to'g'ri. Peshonamizga rizqimiz yozilgan deydi da, yolg'onni gapiraveradi.

Demak amali bilan ishonmayapti bu gapga. Musulmonlarda hammasi qiyomat haqligini gapiradi, tan oladi, o'limni tan oladi, topganini go'riga olib ketmasligini tan oladi, tili bilan. Lekin qilayotgan ishlari bu gapiga to'g'ri kelmaydi. Til bilan tasdiqlayotgan narsani amal bilan tasdiqlamaydi. Og'iratni, birodarlar, til bilan yolg'onga chiqarish bor.

Og'iratning tili bilan yolg'inga chiqargan odam kofir deyiladi. Qiyomat yo'q desa, kofir bo'ladi. Endi bir odam qiyomatni bor desa yu tili bilan, lekin hayotda qilayotgan ishlari, qiyomatda borligiga ishonadigan odamni ishi bo'lmasa, amali bilan qiyomatni yolg'inga chiqar ekan bo'lsa, bu odam nima deyiladi? Juda nozik savol. Biz kofir demaymiz uni. Chunki tili bilan bir marta la ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedi, biz musulmon devoramiz uni. Fosiq, fojia, lekin kim? Musulmon u.

O'zimizdan so'radik da. Amallarimiz, gapirayotgan gapimizga to'g'ri keladimi? Agar oxiratga bo'lgan iymoni so'zi bilan tasdiqlab ishonganidek, amali bilan tasdiqlagan bo'lganida, juda ko'p musulmonlarni hayoti ijobiy tomonga o'zgarganligini ko'rardik. Agar o'zlaridagi iymon deb atayotgan narsalari to'g'ri bo'ladigan bo'lsa, tili bilan tasdiqlaydigan narsasi amalda tasdiqlaydigon bo'lsa, mana shu odam komil musulmon bo'lar edi. Mana shu amaliy takzib, amal bilan yolg'inga chiqarishlik, bizni hayotimizdagi eng bir xatarli narsalardan. E'tiqodida jannat bor.

Lekin qilayotgan ishda taqvo yo'q, savdo ustida hunarda taqvo yo'g'i. Iymon birodarlar harakatga teglaydi. Mo'min odam harakatchan bo'ladi. Iymon harakatga keltiradi, iymon skuni bo'lmaydi. Mana, Turkiyada, Suriya yerlarida qattiq yerlar qimilladi. Televizorlarda ko'rib turibmiz, haqqiga duo qilyapmiz. Mana musulmonlar yordam berishimizga etib tutdik, bir dunyo to'plab jo'natdik. Mana shu iymonni borligini belgisi.

Chunki nimadir qildingiz da, nimadir qildiz da. Alloh qabul qilsin, o'sha yerda birodarlarimizga sabr bersin Alloh Taolo. O'tganlarni rahmat qilsin. Iymon demak bizni harakatga boshlaydi birodarlar. Alloh uchun berasiz, Alloh uchun man qilasiz. Alloh uchun rozi bo'lasiz, Alloh uchun g'azab qilasiz. Aks holda, iymoningiz sizni harakatga boshlamasa, bu sukuni iymon bo'lib qoladi. Bu noto'g'ri bo'ladi.

Al mo'min degan so'z Alloh Taoloning go'zal ismlaridan ekan. Endi mo'min deganso'zni insonga nisbatan ishlatganimizda, bir narsaga ishondi, bir narsani tasdiqladi, bir narsaga amal qildi deb tushunamiz ekan. Allohni payg'ambarda buyruqlarni rost dedi va amal qildi. Haqiqiy komil mo'min kim? Qalbi bilan ishonadi va amali bilan mana shu ishonchini tasdiqlaydi.

Amali yo'q odam kofir deyilmaydi bizda murodalar. Bizda iymon ikkita narsa. Qalbi bilan inonish, tili bilan aytish. Ikkinchi ta'rifda, ahli sunnani iymoniga bergan ta'rifida, amal deyiladi. Lekin ular amalni komil iymonning sharti deb qo'yadi. Biz iymon deganda ikkita narsa aytyapmiz, bular komil iymon deganda uchtani aytyapti. Agar biz ham komil degan so'zni qo'shsak, shunisimizni ham qo'shamiz. Lekin iymonni mana shu ikkita narsa ekanligida, muttafiqmiz.

Iymon. Iymon ham birodarlar quvvatlisi bor, quvvatsizi bor. Quvvatli iymon egalari mana shu yerga kelib o'tirib juma o'qiydi. O'sha iymonni zayavroq olib yuribdi ko'chada. Iymon birodarlar eng oliy martabam. Masalan, bir kishini domla deb chaqirsangiz, aniq emas qanaqa domla degan. O'ninchi sinfda domlasini ham domla deymiz. Beshinchi sinfda o'quvchilarni domlasini ham domlamiz deymiz. Uchilicha texnikum instituti domlasini ham nima deymiz? Domla deymiz? Endi universitetda katta professiyani ham kim deymiz? Domlamiz deymimiz. Iymomni ham shunga taqqoslasak bo'ladi. Bu odam iymonli deganda, u nimasi bor?

Quvvatini darajalari bor bir odamlar. Qilayotgan amali uning iymonini quvvatini belgilaydi. Qilayotkan amali uning iymanini qanday ekanligini siz bilan bizga ko'rsatib beradi. Agar iymonim bor desa yu, amallarni qilmayotgan bo'lsa, bu amaliy taklif bo'ladi. Xo'p. Mo'min degan so'z insonga nisbatan ishlatilganda, ishonuvchi, tasdiqlovchi, amal qiluvchi ma'nosi bo'lar ekan. Endi Almo'min so'zini Alloh Taoloning ismi desak, Alloh Taoloni Almo'min deganda, nimani tushunishimiz kerak?

Alloh Taoloni huzurida hech kimga zulm qilinmaydi. Alloh Taoloni Almo'min deganda shuni tushunamiz. Bandalar Alloh Taoloning huzurida xotirjam bo'ladi. Alloh omonlik beruvchi, al mo'min. Qiyomat bo'ladi, hech kimga zulm qilinmaydi. Mana shu alloh taoloning al mo'min sifati sizni qalbingizga tamomiy xotirjamlik olib keladi. Nima degani bu?

Mansabdor, odam kelib sizga zulm qilib, bir narsangizni tortib olib ketdi. Hech narsa qila olmaysiz. Yo bir qandaydir bir quvvatli zopurim, bir polvon kelib sizga jabr qildi, zulm qildi. Hech narsa qila olmaysiz. Ketadi. Qarab qolaverasiz. Yosh bola ekanmiz, qo'shnimiz kaptarkasi bor, kechqurun torg'iz tushiryapmiz.

Tushiryapmish, bitta qimmat mashina keldi, ancha bo'lgan bunga. Shart bagajda sol o'nta dedi. Ko'rinib turibdi mansabdor odam. Yangi mashina. O'nta katta katta torg'izni soldi, shap yopdi o'tirib ketdi. Endi boyagi torg'iz olib kelib, ustiga besh so'm qo'yib, o'n so'm qo'yyib tirikchilik qilaman deganda ahvolini bir tasavvur qilib ko'ring da.

Shunaqa holatga tushganmisiz biror marta? Dod tegisi keladi a? Ochiq tuhmat, zulm bo'lganda. Shunda nima sizni qalbingizga taskin beradi? Alloh taoloning al mo'min ismi shu yerda sizga omonlik beradi, xotirjamlik beradi. Qiyomat bor deb qo'yasiz. Olib ketdi, qiyomat bor deydi.

Alloh taoloning al mu'min ismi bizga xotirjamlik bermadi. Chunki qiyomat kuni bo'ladi, aniq. Adolat bo'ladi,aniq. Hech kimni hech kimda haq qilib ketmaydi, aniq. Menda qachon xotirjam bo'ladi hayotda? Qachonki hamma narsa Alloh Taoloni qo'lida ekanligini bilsa.

Qaranglarda birodarlar, Alloh Subhanah va Taolo siz bilan bizga ibodat qildi, buyurdi. Lekin buyurishlikdan oldin bizni qalbimizni xotirjam qilib qo'ydi. Chunki Robbimiz Al Mo'min, omonlik beruvchi, xotirjamlik beruvchi. Qarang. Sizlar deb bilar? Vo ilayhi yur jaul amru kulluhu, fa'buduhu va tavakkali alih.

Hamma ish Alloh Taoloning o'ziga qaytadi. Bas, unga ibodat qiling, Allohni o'ziga suyaning. Ibodat degan so'zni qachon aytdi? Ibodat qil degan buyruqni qachon aynitdi? Ey bandalar, hamma yo'q meni qo'limda, xotirjam bo'linglar, sizlar ibodatni qilinglar, tavakkal qilinglar deyapti. Xo'p, olib ketdimi? Olib ketdi. Meni qo'limda, meni oldimga keladi hammasi deyapti. Zolimi ham, mazlumi ham, podshohsi ham, gadosi ham meni oldimga keladi. Hamma ish Allohga qaytadi. O'shaning uchun sen xotirjam bo'l, ibodatingni qil, tavakkal qil deyapti.

Yana qanaqa xotirjamlik kerak bizga? Qiyomat bo'lganda zolim bilan mazlum bo'ladi. Xuddi dunyoda zolim bilan mas'ulim bor bo'lgandek. Qiyomat kuni inson zolim bo'lganiga quvonadimi, mazlum bo'maganigami? A? Savolmasa bu. Dunyodachi? Mazlum bo'lganiga xafa bo'ladi a? O'nta to'rt qizni oldirib qo'yganda siqiladi a? Lekin qiyomatga borganda shu mazlum bo'llaniga quvonadi. Agar sizga zolim yoki mazlum bo'shlik roli berilsa, mazlum bo'maganingiz siz uchun foydaliroq. Nima nima deylar? Chunki ilayhi yurja al amru kulluhu hamma ish Allohga qaytadi deyapti.

Yana. Istaydi billa, vohu valladiy fiz samayi ilohun va fil ardi ilohun. U Alloh. Osmonda ham iloh, yerda ham iloh bo'lgan zoddir. U alloh.osmonda ham iloh. Yerda ham iloh bo'lgan zod. Istaydi billa, ma alahum min dunixin min valiyin va la yushrikufi hukmixin ahadah. Odamlar uchun undan o'zga biron do'st murodgor yo'qdir. U o'z hukmida hech kimni sherik qilmas. Ya'ni alloh taoloning al mu'min sifati siz bilan bizga xotirjamlikni beradi. Omonlikni beradi. Zulm ko'rsangiz, adolatsiz ishni ko'radigan bo'lsangiz, qiyomat bor deysiz. Chunki al mu'min bo'lgan robbi sizga xotirjamligini beradi. Payg'ambarimiz aytadilar, ma sha allohu kana, va ma lam yasha lam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ldi. Nimani xohlamagan bo'lsa bo'lmadi. Va bundan keyin Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bo'ladi. Nimani xohlamagan olsa, bo'lmaydi. Siz nima bo'ling? Xotirjam bo'ling. Xotirjam bo'ling, chunki Robbingiz sizga xotirjamlikni, omonlikni beradi.

Aquli hovli hada va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malakati huysalluni ala nabiy. Ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish