MMaviza
Al-MuʼminTekshirilgan23 daq

70-DARS AL-MUʼMIN (3-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
23:23
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Innal hamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh va na'udhu billahi min ash sururiyan fusinga va min sayyihati amalina. Man yahdixillahi falah mudillala va man yuzlilihuhu falah hadiyala. Ana shuhratulloh ilohillalloh va hattahular sharikala. Ana shuharatulloh anna muhammadan abduhu va rasuluh. Hamma baxt, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Alloh taoloning go'zal ismlaridan asmol husnos silsilasidan alloh taoloning al mo'min ismini dars qilayotgan edik, davom etkazamiz. Demak, al mo'min, alloh taoloning go'zal ismlaridan.

Al mo'min ismining ma'nolaridan. Al mo'mino bo'lgan alloh bandalarni zulm ko'rishlaridan omonlik beradi. Ya'ni inson dunyoda zulm ko'rgan bo'lsa, oxiratda albatta bir haqqini oladi. Zulm ko'rib qolib ketmaydi. Al mo'minning yana bir ma'nosi, zolimning zulmidan mazlumga himoya beradi. Keyingi ma'nosi.

Al mo'min. Alloh subhanah va ta'kidlul al mo'mindir. Ya'ni Alloh o'zini va'dasini ro'yobga chiqaradi. Alloh aytdimi, va'da berdimi, demak shunday bo'ladi. Astag'firulloh. Va man asdaqu minallohi hadifa. Allohdan ko'ra rostgo'roq kim bor? Alloh mo'minlarni aziz qilaman dedimi? Payg'ambarlarimni va mo'minlarnini g'olib qilaman dedimi, albatta g'olib qildi. Faqat mo'minlar, Alloh ularni g'olib qlishligiga loyiq bo'lishligi kerak. Yana oyat o'qiymiz. Astadibilla, vaman avfa biyahdihi minalloh. Alloh taolodan ham ahdiga vafodorroq kim bor? Va bi ahdi him ro un deydi Alloh, mo'minlar demoqdaganida, ular, mo'minlar, ahdlarga rioya qiladi, gapida turadi. Endi mana shu ahdiga vafo qilishlikda Allohda ko'ra vafodorroq hech kim yo'q.

Keyingi vaqtda o'qiymiz. Astaydu billah. Voqolul hamdu lillahi illatih sodaqoni va'da. Mo'minlar jannatga kirganlarida aytishadi. Va bizlarga va'dasini rost qilgan Allohga hamdu sano bo'lsin. Alloh nima degan edi? Meni toatimda, ibodatimda, taqvoyimda tur, jannatga kiritaman degan edi. Gunoh kabirlardan ehtiyot bo'l, taqvoyga yur, mayda gunohlarni kechiraman, sizlarni jannatga kirtaman degan edi. Mana mo'minlar kirganda shuni aytadi. Bizga bergan va'dasini nima qildi Alloh Taolo? Ro'yobga chiqardi. Demak, alloh taoloni al mo'min ismini bitta ma'nosi alloh bergan va'dasini ro'yobga chiqaradi.

Alloh taoloni mo'minlarga bergan dunyoviy va uxroviy va'dalarini amalga oshishi al mo'min ismining lavozimlaridan. Ma'nomiki, Alloh Taolo mo'minlarga shu dunyoda, mana shu e siz bilan biz yashab turgan dunyoda pokiza hayotni va'da qilibdimi? Demak, u hayot beriladi.

Alloh mo'minlarga shu dunyoda pokizahayot berishni va'dasini qilgan. Bu beriladi. Endi sizda yo'qmi shu hayot, mo'min bo'lib turib, mo'minman deb turibsiz, u pokiza hayot yo'qmi? Muammodan boshqa hech chiqmayaptimi? Bilingki, ayb o'zingizdan. Chunki Alloh Taolo bergan va'dasini ro'yobga oshmasligidan ko'ra, bu osmonlar yerni vayron bo'lib ketishi osonroq Alloh uchun. Alloh Taolo aytadi, astayrib billoh. Mana amila solihan min dakarin av unsa, vahua mo'minun falannuhi yiyannahu hayatan toyiba. Erkakmi yo ayolmi? Kimda kim? Mo'min bo'lgan holida biron yaxshi amalni qilsa, bas, biz unga pokiza hayot ato eturmiz.

Mana, boy qilib qo'yamiz deyaptimi? Yo'q. Pokiza hayot beramiz deyapti. Insonni dunyoviy jihati hayotini, hamma yog'i zo'r bo'lib turib, jasadida kasal yo'q. Iqtisodiy tomondan muammosi yo'q. Hamma yog'i zo'r bo'lib turib ham insonda hayoti tang bo'lishi mumkin. Bizni zamonimizda odamlarning ko'pchiligini kallasida qo'lida dunyo matohi kattami, demak buni hayoti zo'r degan tushuncha o'rnashib qolgan.

Dunyoviy matohi, boyligi yo'qmi, demak bunihayoti chatoq degan tushunchalashib qolgan . Alloh taolo aytyapti, erkakmi, ayolmi mo'min bo'lib turib, solih amal qilsa, biz unga pokiza hayotni beramiz deyapti. Inson pokiza hayot egasi bo'lishi mumkin, kambag'al bo'lib turib ham.

Inson pokizahayot egasi bo'lishi mumkin, dunyo matog'i ko'p bo'lmasdan ham. Pokiza hayotni, zo'r hayotni faqat boylik deb o'ylamaylik. Ha, sog' bo'lgan, boy bo'lgan yaxshi. Endi taqdiringizga yozmayapti alloh sizni boy bo'lishni. Endi hayotingiz rasvo deganimi bu? Alloh taolo mo'minlarga pokiza hayotni va'da qildi. Bu albatta amalga oshadi. Faqat mo'minlar shunaqa pokiza hayotga loyiq bo'lsin.

Almog' men ismini ma'nolardan bittasi, Alloh o'zini va'dasini loyihabga oshiradi. Allohni va'dasi albatta amalga oshadi. Yana Alloh Taolo aytdi. Astaydu billa. Fa manitta ba hudaya, fa la yadilu va la yashqol. Kim meni hidoyatimga ergashsa, u hech qachon baxtsiz bo'lmaydi va adashmaydi. Mana, inson dunyoda adashmasligi uchun, baxtsiz bo'lmasligi uchun bitta shart bor. Hidoyatimga ergashsin. G'arb olamini qarama, eshitilsalarmi? Hidoyatdan yuz o'giruvdi, adashdi, zalolatga ketdi. Qayerda adashdi?

U o'sha ona g'arb olamidachi? Mana erkak va ayol jinsi bor a? Normalno da, normalno a? Doim shunaqa bo'lib kelgan. Hozir uchinchi jins paydo qilyapti bular. Anavi, o'n erkak, ana, ayol hozir anavi degan uchinchi so'rni chiqarishyapti. Kuzatinglar da har bitta ichida bo'layotgan mashmashalarini.

Aytaversangiz kulgi. Feministka deganlari bor. Faqat ayollarni huquqini tvga ko'taradigan, xullas shunaqa ayniganlar. O'sha feministka chiqib shikoyat qilyapti. Ularni qonuniga ko'ra bir odam borib turib sudga murojaat qilsa, meni bundan keyin xotin kishi deylar deb turib murojaat qilibsa, sud yechim chiqarib berar ekan. Bu xotin kishida pasport berar ekan.

Likillatmang boshingizni. Bu fakt bu. Bu gumon, taxmin emas, bu bo'layotgan ish. Endi haligi feminist qiz aytyapti. Endi qarang deydi, uni qo'lida deydi, xotin kishi deb degan pasporti bor deydi. Endi ayollarni sportiga kirishga haqqi bormi, yomoni deyapti. Yo'q desa, uni huquqi poymol bo'lyapti. Bor, pasportida ayol kishi deyapti. Endi qatnashish mumkin desa, ayol boksyor bilan erkak boksyor tasavvur qilib ko'ring.

Ha uni beligida o'sha erkak kishini quvvatib turibdi yu, urib qo'yadi yu xotin kishini. Ko'ryapsizmi? Kim meni hidoyatimga ergashsa, adashmaydigan, baxtsiz ham bo'lmaydi deyapti. Havas qilmanglar g'arbda. Ishlab, pul topib, tijorat yuritishlik bir narsa u yurtlarda, lekin qolib ketib yashashing vapshe boshqa narsa. Endi, ayol kishi degan pasportni olgan boyagi erkak sifat, ayollarni dushiga kirishi mumkinmi deyapti.

Boshiga tortsa, oyog'i ochilib qolyapti, qonuni bilan. Oyog'ini yopsa, boshi ochilib qolyapt. Nimaga bular shunaqa bo'lib ketdi? E, yaqinda bittasi Avstraliyada bo'lgan chempionatda shtangiz xotingacha degan pasport olyapti. Xotinlar yutkazib qo'ydi. Birinchi o'rinda ololmadi. Sharmandalikni qarang. O'zi biz uchun sharmandalikda u xotin kishi degan pasport olgani. Xotinlarni yutib qo'yishdi. O'la.

Birodarlar, bitta oyatga ozgina bir izoh beryapmiz. Fa man tabia xudaya falay yadilu valay yashqol. Kim meni hidoyatimga ergashsa, adashmaydi ham, baxtsiz ham bo'lmaydi. Bular baxtsiz bo'ldi, chunki adashib ketdi. Nima uchun adashib ketdi? Hidoyatdan yuz o'girdi. Shuning uchun birodarlar Alloh Taolo aytyapti, kim meni hidoyatimga ergashsa adashmaydi ham baxtsiz ham, bo'lmaydi?

Kim? U erkakmi, ayolmi? Mo'min bo'lgan holida solih amal qilsa, savob amal qilsa. Biz unga pokiza hayotda beramiz deyapti. Shuning uchun g'arbni o'ziga qibla qilib olgan, faqat shu dunyoda yashab qolishida g'am qilayotgan odam ozgina o'ylab ko'rsin. Mana shu tomoni ham bor.

Allohni hidoyatidan yuz o'giruvdi, tamom. Endi Alloh umumiy bo'lgan robbimiz aytyapti, va'da beryapti. Muammo bo'lib turib, erkakmisan, ayolmisan, savobli amal qilsang, savobli ish qilsang, senga pokiza hayotni beramiz deyapti. Meni hidoyatimni ushlasang, sen baxtsiz ham bo'lmaysan, adashmaysan ham deyapti. Alloh taolo Alloh umumiy qilgan zon, va'dasini ro'yobga chiqaradi.

Yana oyat o'qiymiz. Istadbillah. Faman tabia xudaya, falah xavfun alayhim va lahum yaxsanun. Bas, sizlarga men tarafdan hidoyat kelganida, shu haq yo'lga ergashgan kishilarga xavf u xatar yo'q va ular g'amgin bo'lmaydilar. Hidoyatga ergashgan odamga Alloh Taolo va'da beryapti. Senga xavotir yo'q dunyoda. Mahzun bo'lmaysan oxiratda. Dunyoda ham xotirjam yashaysan, oxiratga borganda quvonasan. Bu Allohning va'dasi.

Agar bir mo'min hidoyatni ushlasa, uni aqli adashmaydi. Nafsi baxtsiz bo'lmaydi. Kelajakdan xavotirsiz yashaydi. O'tib ketgan narsaga pushaymon yemaydi. Demak, bu odam hidoyatni ushatdi. Insonni hayotini ikkita narsa rasvo qiladi. Insonni kunlik hayotini ikkta narsa vayron qiladi. Nima u?

O'tib ketgan narsalarni o'ylab turib, pushaymon yeb siqilish, kelajakda keladigan narsalardan xavotir bilan siqilib yashash. Lekin mo'min unaqa bo'lmaydi. O'tmishidan pushaymon emas, Alloh aytgani bo'ldi. Kelajakdan xavotir emas. Kim aytgani bo'ladi? Alloh aytgani bo'ldi. Bunaqa e'tiqodda kim bo'ladi?

Ollohni hidoyatiga ergashgan mo'min. Alloh azza va jalla al mo'min bo'lgan zon. Al mo'minning ma'nolardan bittasi, Alloh taoloning va'dasi albatta amalga oshadi. Astaydu billah, fala taqsabannalloha muxlifa va adiyhi rusula. Inna alloha azizun zuntiqom. Ey Muhammad alayhissalom, siz hargiz Allohni o'z payg'ambarlarga bergan va'dasiga xilof qiluvchi deb o'ylamang. Albatta Alloh g'olibdir va qiyomat kunida imtihon oluvchidir. Alloh Taolo mo'minlarga nusrat va'dasini berdimi? Allohni nusrati haq keladi ustiga. Faqat mo'minlar shu nusratga loyiq bo'lsin. Ma'qulmi?

Boshqa oyatda Alloh Taolo aytadi, istaydu billah va adallohulladina amanu minkum va amilus solihati la yas taxlifannahum fil ardik kamas taxlafan ladina min qobligin. Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga, xuddi ilgari o'tgan iymon e'tiqodli zotlarni yer yuziga xalifa hukmron qilgandek, ularni ham yer yuzidan xalifa qilishini va'da qildi.

Agar biz yasharkanmiz, Allohni hidoyatini mahkam ushlab. Agar biz yosharkanmiz, o'lchov tushunchalarimiz shariatga muvofiq bo'lsa, Alloh Taolo bizni yer yuzida hukmron qilib qilishni va'dasini beryapti. Avvalgilarga bergan va'dasi ro'yobga chiqdi, chunki bandalar shunaqa bo'lishuvdi. Endi keyingilarga ham shu va'da haq. Faqat bu va'da ro'yobga chiqishi uchun shunga loyiq bo'lishi kerak.

Alloh mo'minlarni g'olib qilishni va'da qildimi? Yordam berishini va'da qildirmi? Xotirjamligini va'da qiladimi? Mana shu va'dalar albatta ro'yobga oshadi, amalga oshadi. Allohning va'dasi bajarilmay qolgandan ko'ra, bu osmonu yerlarni vayron bo'lib ketishi Alloh uchun osonroq bo'ladi.

Ya'u mala yuxzil la'hun nabiya va la dinaa man umu ma'a. U kunda Alloh payg'ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Qiyomat kunida muomalalar aziz, mukarram bo'ladi. Falyon man la dinaa man umina l kufari, yada hakun. Dunyoda musulmonlarni holini ko'rib kulyaptimi kofirlar? Iqtisodiy ahvoli bo'lsin, siyosiy ahvoli bo'lsin, harbiy ahvoli bo'lsin, ta'lim ahvoli bo'lsin, bizni ko'rib kulyapdimi? Alloh aytyapti. U kunda mo'minlar kofirlarni ustidan kulishadi.

Biz kulamiz inshaalloh. Bizni kulishimiz haqiqiy kulish bo'ladi. Bir mo'min o'zini do'stiga aytyapti. Gunoh ma'siyatga kirib ketgan. Din bilan, diyonat bilan ishi yo'q. Havoyi nafsini gapi bilan yuradi. Shu do'stiga mo'min aytyapti. Agar sen tavba qilsang, Allohga qaytsang, bilasanmi Alloh senga nimalarni ato qiladi? Vaqt o'tadi. Boyagi osiy do'sti tavbaga qaytdi. Allohga qaytdi. Bir yil yashadi, yarim yil yashadi. Keyin do'stiga kelib aytdiki, mo'min do'stligi boyagi fosiq do'st. Vallohi, do'stim, to'g'ri aytgan ekansan. Tavba qilganimdan keyin, meni qalbimni ezib turgan g'amlar tog'i ustimdan tushganday bo'ldi. Xotirjamlikda nimaligini his qildim deydi. Demak, masala, muammo nimada desa, ana shu va'danga ishonmaslikda, va'dani tasdiqlamaslikda, allohumma inniya abduvbika minali hammi yo'li hazan va abduvbika minorali aziziy va kasal duosini abu umomo boxili o'qiverdi, o'qiverdi. G'ami ham, qarzi ham ketdi.

Sen ham allohni bandasisan, sen ham mo'minsan, shu duoni o'qi, namozni o'qi, to'g'ri yo'lda yur desangiz, qanday deydi? Shu duoni oqib yursamlar, problemam hal bo'lib qoladimi deydi. Endi hal bo'lmaydi seniki. Nima uchun? Sen ishonmaysan da. Ubaybni Ka'b roziyallohu anhuhu Payg'ambarimizga bir kunda qiladigan zikrlarimni qanchasi salovat bo'lsin desa, Rasululloh aytdilar, qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Yarmini, uchdan birimi, hamma zikrim sizga salovat bo'ladi dedi, Ubayb Nikhar roziyallohu anhu. Unday bo'lsa, g'amlaringizga kifoya qiladi, muammolaringizga yechim bo'ladi dedi. Bo'ldi. Salovatda esa problemasi hal bo'lar ekan, desa ishonmaydi. Quruq gap bilan hal bo'lib ketadi mana bu yoq. Seniki bo'lmaydi endi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mana Xanda g'azotida uch yuzta odam bilan Xandag'da bu tomonida qoldi, narigi tomonda o'n ming qo'shin, mushriklarniki. Alloh Taolo Payg'ambarga bergan va'dasini amalga oshirdi, ro'yobga chiqardi. Alloh Taolo g'olib qildi musulmonlarni. Payg'ambarimiz aytdilar, sadaqallohu va'da va nasara abda va hazama aza va vahda. Va'dasini ro'yobga chiqardi Alloh. Bandasiga yordam berdi Alloh. To'dalarini yolg'iz o'zi mag'lub qildi Alloh. Mutafakkurni alik.

G'olib qilaman dedimi? Alloh g'olib qildi. U yoqda o'n mingta dushman turibdi, bu yerda uch yuzta musulmon turibdi. Shu uch yuzta mas'ulmon Alloh aytgandaqa edi, Payg'ambarni yonida turib berdi, Alloh Taolo g'olib qildi ularni. Al mo'minning ma'nolaridan bittasi, Alloh bergan va'dasini albatta amalga oshiradi, ro'yobga oshiradi. Ammo narxi to'lanmasa, Allohni ayrim va'dalarni kelishi kechikadi. Narx to'lanmasa degani nima degani?

Ollohni nusrati kelishi uchun qilinishi kerak bo'lgan sabablar qilinmasa, Ollohni va'dasini kelishi ham nima bo'ladi? Kechikadi. Har bitta narsani narxi bor. Agar shu narxni to'lansa, o'sha narsaga erishiladi. Ulamolardan biri aytadi, voqe qilsa, oldimga bir odam kelib, dedi men muhandisman, injinerman. G'arb mamlakatlarida mana shu hunarimni, ilmimni olganman. Katta bir korxonada ishlayman. Tutqalog'im bor, epilepsiya kasali bor. Ko'chadami, avtobusdami, uydami, ishxonadami, shu tutqalog'im tutib qoladi. Haftasiga besh marta, olti marta takrorlanib turadi. Ya'ni topish tushi yaxshi, jamiyatni hurmati bor, lekin shunaqa kasali bor. Jonimdan to'yib ketdim. Nima uchun men bundayman? Yurib ketgan tutqaroq tutib qoladi, ko'chada yiqilib qoladi. Bu odam mashina minolmaydi. Tutqaroq tutmasa nima qiladi? Olim aytadi kallamga kelgan birinchi narsa, bu miyadagi bir kasallik sababli bo'lsa kerak, dedim u, lekin bu odam boshqa javobni kutyapti. Nimaga men bunaqaman? Nima uchun Alloh meni azoblayapti? Deyapti.

Keyin o'sha odam bilan alohida uchrashdim. Unga men quyidagi oyatni o'qib berdim. Astabiilla. Ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va amantum. Agar shukur qilib, agar shukur keltirib, iymonli bo'lsanglar, Alloh sizlarni nimaga azoblasin. Endi Alloh azoblayaptimi? Qarz bilan, dat bilan, muammo bilan. Demak, sizda mana shu ikkita sifatda nuqson bor. Iymoningizda va shukuringizda.

Olim aytyapti. Men bandani ustiga bekordan bekorga musibatlarni kelishi mumkin emas. Agar banda Allohni buyrug'ida mustaqil turgan bo'lsa, bunday bo'lishi mumkin emass, chunki aytyapti Alloh. Shukur keltirib, mo'min bo'lsang nima qilaman azoblab seni deyapti. Hali yigit o'ylanib qoldi bu gaplarni eshitib. Cho'ntagidan bloknotini oldi, ruchkasini oldi. Gapiring dedi.

Nimani gapirish kerak? Nimani gapirish kerak, olim? Nimani yozib olmoqchi bu yigit? Nima qilay, nima qilmay deyapti. Ibodatdan, itoatdan uzoq odam. Men unga besh vaqt namozni aytdim. Ko'zni tiyishni aytdim, quloqni tiyishni aytdim, zikrni aytdim, xullas, shariat undan talab qilgan ishlarni aytdim. Qirq ga yaqin band bo'ldi. Hammasini yozib oldi. Keyin chiqib ketdi. Olim aytadi, o'ylanib qoldim. Oshirib yubormadimikan? Agar uni kasali tuzalmaydigan kasal bo'lsa chi, men unga agar mustaqil bo'lsang, Alloh sendan bu dardni ko'tarib tashlaydi deb va'da berib yubordim.

Bir hafta o'tdi, juma kungi darsimizga keldi. Xursandchiligi yuzidan bilinib turibdi. Ey shayx, bu hafta bir marta ham tutqanog'im tutmadi. Hayotimda birinchi marta mana shu bir haftani sog'lom o'tkazdim. Vallohi eng baxtli odam menman deyapti. Chunki o'sha bir hafta mobaynida yozib olgan narsalarga qo'lidan kelganicha amal qildi, to'g'ri yo'lga yurdi. Ikkinchi hafta o'tdi, juma kuni keldi, yaxshiman dedi. Uchinchi hafta keldi, yaximan dedi. To'rtinchi hafta keldim, yaximan dedi dedi. Men ham xursandman, chunki uni tuzalib ketishiga men ham sabab bo'ldim.

Oltinchi hafta bo'ldi. Kelmadi juma kungi darsga deydi. Dardi tutib qoldimikin, xavotirga kirib qoldim deydi. Yettinchi hafta bo'ladi, keldi. Kelib, ey Shayx, menga aytgan so'zlaringizda shubha qilmang. Sizning so'zlaringiz haq. E'tiqodingizda mahkam bo'ling. Siz aytgan narsa haq. Xato o'zimdan o'tib qoldi dedi. Mana shu xatda bitta xatoga yo'l qo'ygandim, mana shu xatga bir marta tupqalog'im tutib qoldi ko'chada ketayotganimda.

Ishingiz yurishmayotgan bo'lsa, topganingizda baraka bo'lmayotgan bo'lsin, xotin itoat qilmayotgan bo'lasiz, bolalar, farzandlar olsak bo'layotgan bo'lmasa, bu o'zimizni qilgan ishimiz sababli keladi. Tushunarlimi? Almoomin, Alloh Taolo Almoomin bo'lgan zot. Uni va'dasi haq. Uni va'dasi albatta yuzlarga chiqadi. Agar birodar sen pokiza hayotni, keng rizqni, xotirjamlikni, osoyishtalikni orzu qilayotgan bo'lsang, Allohni sendan talab qilgan narsalarga ijobat qil, Allohni va'dasi haq senga pokiza hayotni beradi.

Biz fe'l atvorimizga nazar solaylik. Nima musibat kelsa o'zimizdan ko'raylik. Alloh Taolo aytyapti da. Ma yaf'alullohu bi adabikum in shakartum va aman tun. E, agar sizlar shukur keltirib, mu'min bo'lsanglar, men nima qilaman sizlarni azoblab deydi. Chunki vakyan allohu shakirun aliman. Alloh shukur qilguvchi va bilguvchi bo'lgan zot.

Ollohning va'dasi albatta amalga oshadi, ro'yobga chiqadi. Faqat bandalar shu narsaga loyiq bo'lishlari kerak. Aquli qovli ha'da va astag'firullohu livalakum. Innallohi va malakati huysaluni aylan nabi. Ya ayyu halladina amanu sollallohu alayhi va sallimut aslima.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish