Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassolatu vassalomu ala shirofil mursalin va ala alixiy vasxa biyaj ma'in. Allohum ma'limna marion fauna va fag'na bi ma'lam tana vazidna ilman. Allohum arina al haqqa, haqqon va zuhnat tibaa va arina al ba'tila ba'tilan va zuhnat jtnaba.
Vaja alloh min min yestamin un al qovla fayetda bi una husana va'da xilna bi rohmatika fiy ibodika solihin. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'l va barakatuh. Alloh taoloning asmonu xusno, alloh taoloning go'zal ismlari, silsilasidan birodarlar al mo'min ismini dars qilayotgan edik. Inshaalloh davom etamiz.
Al mo'min. Alloh subhanah va taolo omonlik beradi. Al mo'min omonlik beruvchi. Qanday qilib? Bu birodar uzun bahs. Bu koinotga Alloh Subhanahu va Taolo qonunlarni qo'ygan. Bularni ichida o'zgarib turadiganlari bor, o'zgarmay, sobit turadiganlari ham bor. Bu koinotda mana shunday o'zgarmaydigan qonunlarni sobit turishligi insonga xotirjamlikni, omonlikni beradi. Tabiat qonunlarini o'zgarmasligi, sobitligi haqiqat birodarlar. Suv doim pastga qarab oqadi. Tutun osmonga qarab ko'tariladi. Yer aylanib turadi. Hokazo.
Temir o'zini xususiyatini o'zgartirmaydi, temirligicha turadi. Sement ham shunaqa. Bu qonunlar o'zgarmaydi. Bandalarning fe'l atvoriga qarab, musulmon kofir bo'lganiga qarab, bu qonunlar o'zgarmaydi. Rizq bilan sog'lik qonuni o'zgaradi, bandalarning fe'liga qarab. Ammo tabiat qonunlari o'zgarmaydimi? Masalan, o'sha ko'p qavatli imoratda yashayotgan odamlar nimaga xotirjam yashayapti u yerda? Chunki ularni ko'ngli xotirjamda, temir temirligicha turadi, sement sementigicha turadi. O'shaning uchun xohlay uxlaydi. Faraz qiling, mana shu temir bilan sementni qonuni, xususiyati, bandalarni fe'liga qarab turib o'zgaradigan bo'lganda nima bo'lar edi?
Baland imoratlar qolmasdi umuman. Hamma ko'milib ketardi beton tagida. Lekin Alloh Taolo Al-Mu'min bo'lgan zot, mana shu tabiat qonunlarini o'zgarmaydigan qilib qo'yganligi, siz bilan bizga nima qiladi? Xotirjamlik olib keladi. Masalan, yuz gramm oltinni tillani olib qo'ydingiz, pul ushlab tursin deb. Tasavvur qiling, bir yildan keyin qarasangiz, ko'mirga aylanib qolibdi.
Unda qani xotirjamlik? Lekin bir yil bo'ladimi, yuz yil bo'ladmi, ming yil bo'ladami, tilla tillaligicha turadi. Demak, mana shu qonunni ham o'zgarmasligi sizni qalbingizga xotirjamlik beradi. Quyosh oy o'zini o'rnida turadi. Fasllar almashishligi sobit. Yer o'zini o'qini atrofida bir maromda aylanib turadi. Bu ham sobit. Tezroq aylanib ketsa, yana bir muammo, aylanmay qolsa, yana bir muammoy. Tez aylansa, yer o'zini ustidagi narsalarni otib yuboradi, fazoga qarab. Sekin aylansa, yerni bir tomoni, quyoshni tutgan tomoni kuyib ketadi, quyosh tushmagan tomoni muzlab ketadi. Mana shu qonunlarni sobit turishligini bilar ekanmiz, biz xotirjam bo'lamiz.
Yerni yigirma to'rt soatda bir aylanib turishligi ham sobit. Yerni Quyosh atrofida ana shu o'zini elliptik traektoriyasi bo'yicha aylanishligi ham sobit qonun. Quyoshga yaqinlashganda yoz bo'ladi, uzoqlashganda nima bo'ladi? Qish bo'ladi. Innalloha yumsiku samavati va l avdu antazula. Albatta Alloh osmonlar va yerni qulab tushishidan ushlab asrab turur.
Al mo'min bo'lgan Alloh bizga omonlik beradi. Yerga qo'yib qo'ygan qonunlari sobit o'zgarmay turadi, shuning uchun xotirjam yashaymiz. Bug'doyni ekamiz, bug'doy chiqadi. Arpani ekamiz, arpa chiqadi. Qo'yingki, shu qonunlarni sobitligi bizga xotirjamlikni beradi. Yerni osmonda muallaq turishi, osmonni yerga qulab ketmay turishi, bularni bari Alloh Taoloning bizga bergan xotirjamligi. Allohu la di rofa as samavati beg'oyri amadin taravnaha. Alloh Taolo osmonlarni deydi, sizlar ko'rgidek ustunlarsiz ko'tarib qo'ygan. Biz imorat qurarkanmiz, albatta uni ko'tarib turadigan ustun yoki devoli bo'lishi kerak. Yoki biron narsaga osilib turishi kerak imoratimiz. Lekin Alloh Taolo bu osmonni siz bilan biz ko'radigan bironta bir ustunni qo'yganiga ustunsiz qildi. Qarang, mana shu Alomin ismi bizga xotirjamlik berar ekan. Yevropada bir odam tabobatni o'rgandi. O'zi afrikalik. Endi yurtiga qaytib keldi da, uni qabuliga amerikalik bir kasal keldi.
Afrikalik qora odam Yevropada tabobatni o'rgandi, qaytib Afrikasiga keldi. Endi amerikalik odam unga kelib ko'rinyapti. Bu afrikalik tabib amerikalik odamni ko'radi da, Xitoyda ishlab chiqarilgan dorini yozib beradi. Foyda qilaveradi. Nima uchun? Nima uchun? Chunki insonni jasadini tuzilishi bir xil birodarlar. Odam alayhissalomdan boshlab qiyomatgacha keladigan odamlarni hammasini fiziologiyasi bir xil. Bir xil jigari bor, bir xil pochkasi bor, o'pkasi bor. Shuning uchun qayerda o'rganmang tabobatni. O'sha yerda o'rgatayotgan tabobat sizni yurtingizdagi odamlarga ham to'g'ri kelaveradi.
Kim shunday qildi? Alloh subhanah, xato Alloh. Musulmon kishiga Alloh taoloning bu ismi omonlik beradi. Musulmon odam o'zini e'tiqodida xotirjam, e'tiqodda omon. E'tiqodini noto'g'rimikin degan vahimasi yo'q. E'tiqodi haq ekanligida xotirjam. Spokoyniy e'tiqodi bo'yicha. O'n ikki, o'n ikki.
Esla eslaring, o'n ikkinchi yil, o'n ikkkinchi chisla. Dunyoda rasa bir tomosha bo'ldi. Maya kalendari bo'yicha qiyomat bo'larmish. Bunkerlar sotildi, shamlar sotildi. Ha xo'p, qiyomat bo'lsin, fazos qil. Seni bunkering qoladimi? Ishlatmaysanmi? Mana biz e'tiqodimizda xotirjammiz. Qiyomatda qachonligini faqat Alloh biladi. Al mo'min bo'lgan robbimiz bizni ko'nglimizni xotirjam qilib qo'yapti. Ular gapiraversin.
Ular qilaversin qiladigan ishini. Biz nima deymiz? Alloh biladi birodarlar qiyomat qachon bo'lishini. Na bir avliyoga, na bir payg'ambarga, na muqarrar farishtaga Alloh bildirgan emas. Vafotiy xulg'oyb deyiladi. Beshta ilmni Alloh Taolo hech kimga bildirmagan. Shundan bittasi qiyomatni qachon bo'ldi. Demak, al ma'min ismi Alloh Taoloni bizga xotirjamlik berar ekan. E'tiqodiy xotirjamligimiz bor bizda. Chunki Qur'oni sobit, Qur'oning haq ekanligi sobit. Asrlarni o'tishligi, ilm fanda taraqqiy topib rivojlanishligi Qur'oning haqiqiy ekanligini isbotlaydi xolos.
Ilm fan birodarlar, ilm fan. Avvalgi asrlarda aytish mumkin bo'lsa, santimetrlab taraqqiy topgan bo'lsa, yigirmanchi asrning ikki yigirma besh ga kelgandan keyin kilometrlab rivoj topib ketdi. Avval haqiqatda bilingan ba'zi narsalarni ilm fan yolg'on ekanligini aniqlab qo'ydi. Lekin qur'onning bironta oyatini ular yolg'on eka ekanligini isbotlasha olmadi. Yolg'on deb dalillar berisha olmadi. Aksincha, ilm fan rivojlangan sari Qur'oni haq ekanligini ular isbotlashib boraverdi. Shuning uchun al mumin ismi bizga xotirjamlik beradi. Qanaqa xotirjamlik?
E'tiqodiy xotirjamlik. Yevropa mamlakatlaridan bittasini vaziri o'zini o'zi qatl qildi. Badavlat oiladan edi, e'tiborli oiladan edi. Bironta bir sharmandalik ishi yo'q, iqtisodiy muammosi yo'q, ammo o'zini o'sha qatl qildi . Hammaga qiziq bo'ldi buni qilgan ishi. Nima sababdan o'zini qatl qildi? Yuzlagan jurnalistlar bu narsani kavlashtirib, haqiqatini topishga kirishdi. Bittasi aniqladi. Bu odam ateist bo'lgan edi. Allohni borligini inkor qilar edi. Yetmish yil yashadi, keyin bir sabab bilan Allohni borligini tushunib yetib qoldi. Lekin yetmish yil Alloh yo'q deb yashagan edi. O'zini e'tiqodini, botil ekanligini tushunib qolgandan keyin, o'zini haqir ko'rdi, o'zini nafsini haqir sanadi da, o'zini o'zi qatl qildi.
Musulmon odam unaqa bo'lmaydi. Musulmon odam aniq ishonadi. O'lgandan keyin hayot bor. Aniq ishonadi, birovga zulm qilsa, haqqini tortib kelsa, aniq iymoni xotirjam, iymoni komil. Alloh nima qilib beradi? Haqqini undirib beradi. Qur'oni Karim, birodarlar, dinimiz asosi. Bir ming to'rt yuz yildan ko'proq vaqt o'tdi. Mana shu o'tgan bir ming to'rt yuz yildan ko'proq davr ichida bironta ichida aytilgan so'zi yolg'on bo'lib chiqdimi? Yo'q. Yolg'on bo'ma qolishi mumkinmi? Yo'q. Iymonimiz komil, e'tiqodimiz mustahkam. Bu Allohning kalomi. Aytdik, oxirgi ellik yilni ichida insoniyatni ilmiy taraqqiyoti misli ko'rilmagan darajada yallab ketdi. Odam alayhissalom davridan beri bunaqa taraqqiyot bo'magan edi. Fizikada, ximiyada, astronomiya da, embrionologiyada, xullas fanlarda katta o'sish bo'ldi. Endi savol.
Shuncha rivojlangan holida fan Qur'oni bironta xabarini yolg'on deya oldimi? Mana, tarixni qaranglar, nasroniy cherkovi Galileyoni olib chiqib u yerda kuydirgan. Haligi Jardano Bruno deganda ham kuydirgan. Nima uchun kuydirgan edi? Yerni ular yumaloq deb qo'yganligi uchun kuydirtirishgan edi.
Yoki bo'lmasam, ximiya bilan shug'ullanganki odamni, ana shu o'rta asrlarda nasroniy cherkovi inkvizitsiya qildi. Alkimik deb turib, jodugarda kuydirdi. Nima demoqchimiz bor edi gaplar bilan, birodarlar? Nasorolarni bu borli haqidagi tasavvurlari noto'g'ri ekanligini fan isbotlab dalillab qo'yar edi.
O'shaning uchun shu ilmni ular nima qilishgan, doimiy svetda bosib turishgan. Ammo Qur'onchi, ilm fan rivojlangan sari, Qur'onda aytilgan haqiqatlarni ilm fan aniqlab chiqdi, odamlarga ma'lum qildi. Kullun fiy falaki yasbahun. Bu koinotdagi hamma narsa suzadi, dedi Alloh Taolo, yozni so'rasdi, dedi. Aniqladi fan. Bala qodiriyni alamin musavviya banana. Biz insonni o'lib tushirib yo'q bo'lib ketgandan keyin tiriltirishlar emas, barmog'ini uchidagi izlarigacha o'rniga keltirib qo'yamiz, dedi. O'n to'qqizinchi asrda ikkinchi yarmiga kelganda, kriminalist kelib aniqladi. Insonlarda barmog'ini izlari bir biriga o'xshamas ekan.
G'ulobati Rum, Ronni mag'lub bo'lishligi va undan keyin bir necha yildan keyin g'olib bo'lishligi, Fors bilan Rum nabi sallallohu alayhi vasallam Makkadalik davrida urushdi ikkita katta saltanat. Rum mag'lub bo'ldi. Qo'limda oyat keldi. Bir necha yil o'tgandan keyin Rum o'zi g'olib bo'ladi deb. Demak, birodarlar, alloh taoloning al mohmen ismi bizni e'tiqodimizda xotirjam bo'lishingizligini beradi.
Tabobatga oid, fizikaga oid, ximiyaga oid, tarixga oid, meditsinaga oid birodarlar, juda ko'p fanlarga oid haqiqatlarni inson qachon tushunib yetdi? Ilm fan rivojlanganda. Vaholanki, ana shu haqiqatlar Qur'onda bir ming to'rt yuz bir aytilgan edi. Undan tashqari, Qur'oni Karim inson va jin toifasiga tahaddiy qildi.
Qur'on inson va jin toifasiga tahdid qildi. Nima deb? Qur'ondan bironta xato topinglar. Insonlar, jinlar bir bo'lib, Qur'onda keltirilgan suradan o'nta keltiringlar, dedi. Keyin bitta sura keltiringlar, dedi. Keyin aytdi, Qur'on o'zi. Hammanglar yig'ilib, biringlar biringlar yordamchi bo'lsanglar ham, insonlar, jinlarni, Qur'onni surasiga o'xshagan bironta narsani keltira olmaysizlar, dedi. Qiyomatgacha inson zoti bunaqa narsani qo'lidan kelmaydi, eplay olmaydi.
Demak, biz mo'min sifatida e'tiqodimizda xotirjammiz. Bu oyatlarni birontasini xato ekanligini hech kim dalillab bera olmaydi. Qur'on nima degan bo'lsa, albatta shu narsa sodir bo'ladi. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam nima degan bo'lsa, bu narsa albatta sodir bo'lardi. Otasini urgan odam oq bo'lgan odam juvonme bo'ladi. Aniq. Ota onasini duosini olgan odam, el yurtni duosini olgan olgan odam baraka topadi. Aniq. Ikkilanmang. Bir yil, yarim yil orqaga surilishi mumkin boyagi mukofot yoki jazo. Lekin aniq shunaqa bo'ladi.
Biz xotirjamiz e'tiqodimizda. Biz birodarlar musibat kelganda, qiyinchilik kelganda gangib qolmaymiz, dodirab qolmaymiz. Odamlar qaysidir yo'llarda, tasavvurlarda, tushunchalarda haq deb ergashib yuribdi. Keyin vaqt o'tgandan keyin bu tushunchalar noto'g'riligi ma'lum bo'lib qolyapti. Noto'g'ri narsani e'tiqod qilib, noto'g'rim narsaga ishonib yashaganida, vaqt o'tganidan keyin bu narsani xatoligi ma'lum qoldi. Musibat emasmi bu? Ona vazir nimaga o'zini o'zi xatl qildi? Chunki yetmish yil e'tiqod etgan narsasi noto'g'ir ekanligi ma'lum bo'mdi.
Lekin musulmonlar Alloh Taoloning fazli marhamati bilan mana shunday iztirobdan, ikkilanishdan omonda, ofiyatda bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bizni kitobimizdagi bironta narsa bekor bo'lib qolmaydi. Eskib qolmaydi, zamonga to'g'ri kelmay qolmaydi. Aksincha, zamonni o'tishligi uni ichidagi har bitta narsa haq ekanligini isbotlab boraveradi.
Demak, birodarlar, alloh subhanah va taolo al ma'umi. Siz bilan bizga aqidamizda, e'tiqodimizda omonlik beruvchi bo'lgan zot. Al mo'min, yana bir ma'nosi, alloh taolo o'zining zoti bilan oliydir. Al mo'min. Allohning sifatlari mutloq komildir. Al mo'mino'l, allohning fe'llari hikmatlidir.
Alloh Taolo bandalarga qiyinchilik va musibatni yuboradi. Nima uchun? Tavba qilishi uchun, Allohga qaytishlari uchun. Allohga taslim bo'lishlari uchun va baxtli bo'lishlari shu. Din haqida gapirdingiz, iymon e'tiqodni tushuntirdingiz, Allohga qo'lchilikka da'vat qilsangiz, ro'parangizda turgan odam aytyapti. Xo'p, so'zingni tushundim, men doim sen bilan birga bo'laman dedi.
Doim sen oldingda bo'laman desa, aytasiz, nima qilasan men doim meni oldimda bo'lib? Doim meni oldimda bo'lsang tirikchiliging nima bo'ladi? Meni seni boqqani, ochicha daromadim yo'q. Bir ish qil deysiz. Nima uchun? Topshirishingizni chegarasi bor, boymassiz. Ammo agar qo'lingizda katta boyligingiz bo'lsa chi, yuraver deysiz. Hamma yog'i meni bo'ynimga. Men bilan yur, hamma yog'i mening zimmamda deysiz. Endi birodarlar, siz agar Al Mo'min bo'lgan Alloh bilan bo'ladigan bo'lsangiz, Alloh komil zot. Alloh Al G'aniy bo'lgan zot. Komil, mutloq zot. Fe'llari ham, sifatlari ham mutloq bo'lgan zon. Alloh Taolo sizni hamma yog'ingizni o'zini zimmasiga ola oladi. Faqat siz Alloh Taolo bilan, Al Mo'min bo'magan robbingiz bilan birga bo'ling.
Al Mo'min ismini amaliy tadbiq qil. Gapirayotgan gapingiz ishingizga to'g'ri kelsin. Agar sizni gapirayotgan gapiz bir vodiyda qilayotgan ishingiz boshqa vodiyda bo'ladigan bo'lsa, sizdan odamlar xotirjam bo'lmaydi, sizdan odamlarni omonda bo'lmaydi. Doim xavotirda turishadi. Lekin Mo'min odam, Al Mo'min bo'lgan robbisini mana shu sifatidan o'ziga urisha oladi. Odamlar undan xotirjam bo'lishi kerak. Mana al mo'min Alloh Taolo xotirjamlik berar ekan bizga. Endi al mo'min sifatiga ega bo'lgan Robbisining bandasi mo'min ham odamlarga nima beradi? Xotirjamlik bermadi. Qanaqa qilib? Gapirgan gapingizga javob berasiz, ahdingizda turasiz, xiyonat qilmaysiz, so'zingiz bilan ishingiz bir xil. Alloh Taoloning har bitta ism sifatlaridan biz o'zimizga ulush olishimiz kerak. Alloh G'ofur, kechiruvchimi? Siz ham kechiruvchi bo'ling. Alloh Taolo Javob, saxovatlimi? Siz ham saxovatli bo'ling. Alloh Taolo Ar Rahim mehribonmi? Siz ham mehribon bo'ling.
Endi Alloh Taolo alomlarni? Omonlik beradimi bandalariga? Demak, siz ham shu ustidan o'zingizga ulush oling da, sizdan odamdan nima bo'lsin? Kelamikin ey, vaqtida ey. Olib birovga va'da berib qo'yganman da, ey, qanaqa bo'larkan? Xavotirda bo'lmasin, aniq bilsin, kelasiz vaqtida. Bitta narxni aytdingiz, keyin o'zgartirmaysiz. Sotdim deb qo'l qoqdingiz, tamom, endi bir ming dollar oshdi, pul bersa ham nima qilmaysiz?
Almo min bo'lgan ismidan Alloh Taoloni, siz ham ulush oling. Sizdan odamlar xotirjam bo'lsin. Qalbi taskin topsin. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday edilar. Va sahobalarda ham shunday bo'lishgan. Eng yomon odam kim? U shunaqa odamki, odamlar undan xavotirda turishadi. Shunaqa odamlar bor bu odamlar. Yomonligidan ehtiyot bo'lish uchun muomala qilishga majbur bo'lasan.
Ko'rganda joning chiqib ketadi, ko'rganingda norozi bo'lasan, lekin so'rashish kerak da majburda endi shu iloji yo'q. Shunaqa adam emasmisiz siz? Mansabingiz uchun, quvvatingiz uchun yoki bir boshqa bir narsangiz uchun odamlar majbur siz bilan muomala qiladi. Ammo bilasizmi, shu mansabingizdan, quvvatingizdan yoki dunyoyingizdan, shu narsangizdan ajraganingizda, odamlar muomala qilmay qo'ydi muomalaga daqa, demak yomon odam edi ekansiz.
Alloh azza va jalla al mumin bo'lgan zot, siz bilan bizga ikki dunyoda omonlik, xotirjamlik beradi. Senga bergan va'dalarni banda amalga oshirib qo'ydi. Senga ikki dunyoda omon bo'lish yo'lini ta'lim berdi. Endi bu ta'limni ol, amal qil, tadbiq qil va ikki dunyoda saodat top. Aquli qovli ha'da va astag'firulloh alayhi valakum. Innallohi va malaka tug'in salun ala nabiy. Ya yuhalladina ananu sollalloh alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.