MMaviza
Al-MusaʼirTekshirilgan29 daq

72-DARS AL-MUSAʼIR (1-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
29:28
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va narudhullohi men surur yanfusina va men sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falamu villaluh va man yubililgu falaha diylah. Mana shadvalloh ilohi illalloh va hidahulloh sharikalar. Onashadi anna muhammadan abduhi va rasuluh, amma ba't, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alib va barakatuh.

Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan bugun o'qiydiganimiz al musair. Alloh taoloning bu al musair ismi Qur'onda vorib bo'lmagan. Balki Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadis shariflarida mana shu ism bor. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o'zini robbisini al musoir deb atadi.

Imom Termiziyning suranlarida Anasim nimalik roziyallohu anhudan quyidagi xatiz keltiriladi. G'olasiya ala ahdi Rasulillahi sollallohu aliy vasallam. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam davrlarida narx navolar ko'tarilib ketdi. Qimmatchilik bo'lib ketdi Madinada. Faqol u yo rasululloh, sayrlana. Sahobalar, yo rasululloh. Narxlarni bir cheklab bersangiz, narxlarni belgilab bersangiz deyishdi. Faqol a innallohu al musair, al qobis, al bosid, al rozaq. Narxlarniy belgilovchi al musair Allohu taoloning o'zidir. Al qobis, rizqni tang qiluvchi. Al basid, rizqni keng qiluvchi, arrazaq, rizq beruvchi Allohu taoloning o'zi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam naqd belgilashni xohlamadilar. Vaholanki, u zot sollallohu alayhi vasallamning aytgan so'zlari shariat bo'ladi. Qonun bo'ladi, muhokama qilinmaydi. Rostini aytyaptilar, rizq beradigan o'zi, rizqni teng qiladigan o'zi. Rizqni tang qiladigan o'sha. Naqd navoni belgilaydigan o'zi.

Rosula aytdilar. Va innilar arju an avqo robbiy, valaysa ahadun ming kun, yatlu buni bemalol amating, fidaming, vala ma'ling. Qiyomat kunida birortaylar mazlamani, qonni yoki molni mendan talab qilmagan holimda robbimga ulg'ishini xohlayman. Ya'ni qiyomat bo'lganda sen meni molimni tortib olgansan, sen meni qornim oqizgansan, sen zulm qilgansan degan narsani xohlamayman menga nisbatan dedilar. Demak payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga sahobalar narxlarni cheklab bering, qimmat bo'lib ketyapti deyishganida, so'zi shariat bo'lgan nabiy sollallohu alayhu vasallam unamadilar. Yo'q, bu Allohnin ishi dedilar.

Bir eshitganingizda g'alati tuyuladi. Ha narxni belgilash bizni o'zimizni qo'limizda yu. Buni ham Allohnin belgilaydimi? Ha, mana shu darsni eshitaylik. Keyin tushunamiz Alloh Taolo bu narx navolanni qanday qilib belgilab qo'yishligini. Demak Payg'ambarimiz qimmat soddasa, xalqqa qiyin bo'lib qolishi mumkin. Arzon soddasa, savdogarga zulm bo'lib qolish mumkin. Shuning uchun Rasululloh narxni belgilamadilar.

Ilm. Ilm nima? Ilm qanday narsa? Ilm bizga nimani beradi? Ilm bizga qaysi yo'lni taqdim qiladi? Ilm birodarlar, voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar. Ilmning ta'rifi ko'p, bir qanchalarni o'qib beraman. Ilm voqelik haquida kelgan to'ng'ri xabar . Mana hozir o'tiribmiz, bir odam aytdi, aeroportni yo'lida bir odam kelib, kartoshkani bekorga tarqatyapti dedi. Bu ilmni xabarmi?

Qayerdan bilasizlar? Ilm qanaqa bo'ladi unda? Ikkinchisini ham eshitdinglar chi uvol. Ikkinchisini eshitdinglar, keyin aytinglar. Birinchisi bilan xabar. Agar shu rostdan shunaqa bo'lgan bo'lsa, ilm deyiladi. Agar unaqa bo'lmasa, xabar deyiladi. Tushuntira oladimi? Endi qachon bilamiz buni ilmligini? Borib odamlardan so'radik, ha bittasi kelib mashinada kartoshkani tarqatib ketdi bekarga desa, demak o'sha kelgan xabari ilm edi ekan. Shuning uchun ukalar, mana bu yo'l haq, mana bu yo'li nohaq, mana bu botir, moz, zalolat deyotgan paytda, bizga shu gapni gapirayotgan odamni gapini xabar deb qabul qilib turaylik. U to'g'ri bo'lishi ham mumkin, noto'g'ri bo'tishi ham mumkin. Masalan moturidiylar, ash'arilar ahli sunna emas degan gapni gapiryaptimi biroz sizga? Darrov ishonolmang.

Ilm o'qing, kitob titkiling. Xullas, o'qing, vaqt o'tgandan keyin ahli sunna, haqiqiy ahli sunna kim ekanligini tushunib olasiz. Qaytarib aytaman, ilm voqelik haqida kelgan to'g'ri xabar. To'g'ri kelgan xabar emas. Kelgan to'g'ri xabar, chunki u xabar noto'g'ri bo'lishi ham mumkin.

Ilm bu siz bilan bizni bir qonunga olib boradigan narsa. Qonun nima? Qonun ikkita o'zgarib turuvchi toifani o'rtasidagi sobit aloqa, u aloqaning to'g'riligi qat'iy dalil asosida voqelikka to'g'ri kelgan narsa. Demak, sizga kelgan ilm deb aytilinayotgan narsa, voqelikka to'g'ri kelsa u ilm, agar voqelikka to'g'ri kelmasa, haqiqatdan shunaqa bo'lmasa, kelgan xabardagidaqa bo'lsa voqelik, bu johillik deyiladi.

Agar u haqiqat bo'lmasa va ham shak va gumon bo'ladi. Ilm esa shak ham emas, gumon ham, vahim ham emas. Demak, ilm aniq ishonch voqelikka to'g'ri kelgan dalilga asoslangan aniq haqiqat. Ma'qul bo'ldimi? Birodarlar, Imom Moturidiy aytganiga qancha bo'ldi? Uch yuz o'ttiz uchinchi xil yilda u kishi vafot etgan bo'lsa, bir ming yuz bo'ldi deylik a? Bir ming yuz yil bo'ldi. Bir ming yuzinchi yildan beri Movarounnahr yerida yashayotgan odamlar, mana Turkiya, Movarounnahr, mana shu Turkiya territoriyasidagi musulmonlar, Imomi Moturidiy aqidasi bilan yashab kelgan. Agar bu narsa zalolat yoki noto'g'ri bo'lganda, ming yil turmas edi. Har xil da'volar, har xil bir tushunchalarni ko'tarib chiqqan jamoatlar o'zini davrida bir kuchga kirdi, Moturidiyga Ash'ariga hujumdi, qildi, qildi, yo'q bo'lib ketaverdi. Ash'ariy bilan Moturidiy aqiidasi turdi birodarlar. Mazhab kerak emas degan gaplarni eshitdik. Hadis turganda mazhabda nima qilasan? Sen Rasulullohni gapini olasanmi, Abu Hanifani gapini olasanmi? Bitta Abu Hanifani kapini olsa, Rasulullohga teskari yurgandek.

Shunaqa gaplar bir qator gangitni buzib, Alhamdulillah, xalqimiz tushunib qoldi. Agar noto'g'ri bo'lganida, masxap bir ming ikki yuz yildan beri davom etib kelmas edi. Bu ikkita aqida maktab bir ming yuz yildan bu yil davom etib kelmaydi. Tushunarlimi? Bu borliqdagi hamma narsa Alloh Taolo joriy qilib qo'ygan qonunlar asosida turadi. Alloh Taolo bu borliqqa qonunlarni o'ynashtirib, sobit qilib qo'ygandi. Ana shu qonunlardan o'zgarmasdan turadigan, sobit turadiganlari bor, ana shu qonunning ichida o'zgaradiganlari bor. Ana shu o'zgarmas, sobit qonunlarni borligi bizni hayotimizni o'zini maromida ketishligiga sabab bo'ladi. Masalan, fizika qonunlari, ximiya qonunlari. Astronomiya qonunlar, yerni aylanish qonuni. Geografiya deysizmi, nima deysiz? Mana shu tabiat qonunlari o'zgarmaydi. Bandalar taqvodor bo'lsa ham o'sha qonunni ishlab turadi. Hammasi fosiq, fojial bo'lib tursa ham yer aylanaveradi. Temir temirligicha, suv suvligicha turaveradi. Ana shu qonunlarni ichida o'zgarmas qonunlar, ularni borligi hayotimizni osuda kechligini ta'minlaydi.

Bu tabiat qonunlari, shunday deylik, qiyomatgacha sobit turadi. Masalan, yerni aylanishlik qonuni, mana shu ilmdan xabari bor bo'lgan odam falon vaqtda quyosh chiqadi, falon vaqtdan botadi deb ayta oladi. Nimaga desa, yer alloh unga joriy qilib qo'ygan qonundan o'zgarmaydi. O'shaning uchun minut minutigacha kalendarni chiqarib qo'yadi, mana kun chiqishini, kun botishini. Temir. Temirni nima ekanligi haqida ilmdan xabar bor bo'lgan u odam, birodarlar, temirga qanaqa muomala qilish kerakligini yaxshi biladi. Va temirni, temirlik qonuni o'zgarmaydi. Masalan, o baland qavatli, ko'p qavatli, baland imoratlarni quryapmiz. Agar temir o'zini temirlik qonunidan o'zgarsa, yurishab ketsa, a, zaiflashib ketsa, imorat vayron bo'lib ketadi.

Oltin, tilla. Ming yil burun ham oltin edi, hozir ham oltin. Ming yildan keyin ham bu qonun o'zgarmaydi. Bug'doy. Mana bug'doy, donasini yerga tashlaysiz, ming yil burun qanday o'sgan bo'lsa, hozir ham shunaqa o'sadi. Tashlaysiz. Yettita boshoq chiqadi. Har bitta boshoqda yuz tadan don bor. Bu ham qonun. Demak, tabiatda turgan mana shu qonunlarni o'zgarmasdan, sobit turishligi, siz bilan bizni hayotimizni maromada ketishligini ta'minlaydi. Endi bu qonunlar siyosatga bog'liq emas.

Odamlar yashayotgan jamiyatni kapitalizm, sotsializm, kommunizm bo'lishiga hech qanaqa bir aloqasi yo'q. Davlatni ustida kimlar turibdi, yurtda qanaqa siyosat yurgizilyapti, bularga aloqasi yo'. Yer aylanaveradi, suv pastga qarab oqaveradi, temir qattiq turaveradi, oltin xususiyatini yo'qotmaydi. Demak, qonunmi? Qonun. Bular o'zgarmaydigan qonunlar. Ammo mana shu Alloh Taolo joriy qilgan qonulardan rizq va sog'liq qonuni bor, bu o'zgaruvchan qonun.

Aytdik, yuqoridagi qonunlarni birontasiga insonlarni aloqasi yo'q. Hammasi kofir fojia bo'lib ketsa ham, temir temirligicha, yer elligicha turaveradi. Taqvodor bo'lib ketsak ham. Ammo rizq va sog'liq qonuni, birodarlar, bu o'zgaryuvchan qonun bo'ldi. Alloh taolo shunday bo'lishini xohladi va bunda juda katta hikmat bor.

Rizq bilan sog'ligini, qonuni o'zgarib turishlikda nima hikmat bor? Inson zoti doim o'zini sog'ligi haqida hayg'urib kelgan. Mana shu ikkita narsa rizqi bilan sog'ligi. Tarbiya asbobi. Hikmat shunda bo'lsa ajabmas. Minib yurgan mashinamiz, o'rtacha bir yengil mashinani olsangiz, bir ikki tonna deylik. Ikki tonna. Ichiga beshta odam o'tirsin, bir sakson kilolik odamni. To'rt yuz kilo qo'shildi. Demak, ikki ming to'rt yuz kg. To'rtta g'ildiragiga har bittasiga qanchadan to'g'ri keladi yuk? Olti yuz kgdan. Demak, olti yuz kilo yoki undan ozgina ko'proq yuk har bitta g'ildirakka to'g'ri keldi. Vaholanki, bu g'ildiraklar bir tonnagacha yukni o'zi ko'tara oladi. Demak, ularda nima bor? Qo'shimcha, keragidan ortiq quvvati bor. Demak, zaxira quvvati bor yoki oshxonada turgan stolingizni oling. Juda oshib borsa, yuz kilo ozuqa qo'yiladi ustiga. Lekin ikki yuz kiloni ko'tara oladi haligi. Demak unda ham oshqicha quvvat bor. Endi Alloh Taolo insonni yaratganda, uning jasadiga ham mana shunday bir oshqicha quvoqni qo'yib qo'ysa nima bo'lar edi? Alloh qodirmidi? Qodir edi. Masalan, bir odamni tasavvur qiling.

Bironta a'zosi kasal bo'lmaydi. Bironta a'zosi xiralashmaydi. Masalan, tish to'kilmaydi, ko'zi xiralashmaydi, qaddi bukilmaydi, xotirasi zaiflashmaydi. Doim yosh, doim quvvatli, kuchli, sog'lom. Shunday qilib qo'yishlikka Alloh qodirmidi? Qodir edi. Yuz yil, ikki yuz ehtimol, ming yil yashashi mumkin edi. Lekin Alloh Taolo bunday bo'lishini xohlamadi. Mana shu sog'ligi o'zgaruvchan qonunga bo'ysinadi. Arzimagan sababli inson vafot topib qoladi. Miyasidan bitta tomir uzilib ketadi, shol bo'lib qoladi. Yuragi bir biriga to'xtab qoladi, o'lib qoladi? Demak, insonni jasadida mana shu kasalliklarni qarishligini bor bo'lishligi, rizqini keng va tor bo'lishligi Alloh Taoloning insonlarga beradigan tarbiyasi hisoblanadi. Mana endi Al Muso Al Muso ayrning ma'nosi. Iqtisodchilarda til bilan aytganda birodarlar, bozordagi narx navo miqdorga bog'liq bo'ladi. Ya'ni, bug'doy hosili haddan ortiq zo'r bo'lib, ko'p bo'lib ketsa, bug'doyda narxi tushib ketadi. Demak, bug'doy obyomi ko'payib ketsa, narxi tushib ketsa.

Endi aksincha, bug'doyni hosili yaxshi bo'lmasa, bug'doy oz bo'lsa narx navo ko'tariladi. Bu qonun, talab va taklif qonuni deyiladi bozorda. Inson betoqat qilib yaratilgan. Bu betoqatlik, besabrlik, chidamaslik uni tabiatida bor. Va mana shu betoqatlik. Ojizlik, chidamaslig. Bizni ko'zimizda yomon narsaga o'xshaydi.

Odam sabrli bo'lganda zo'r edi da. Chidamli bo'lganday zo'r edida. Yo'q, birodarlar. Alloh sizni tabiatingizni shunaqa qilib yaratdimi, demak shunda bir hikmat bor. Demak foydasi bor. Agar inson betoqat bo'lmasa, mashaqqat bo'lganda Allohga qarab intilmas edi. Qiyinchilikda Alloh Taolo bilan kelisha olmas edi. Mana shu mashaqqat bilan qiyinchilik uni besabrligi Allohga qaytishiga sabab bo'ladi. Modomiki mana shu ojizligingiz, nochorligingiz, o'zingizni zaif his qilishingiz, Allohga qaytishingizga sabab bo'ldimi? Demak bu yaxshi sifat ekan.

Istadibillah. Innal insana xuliqo halua. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgan. Alloh Taolo aytyapti, toqati yo'q, besabr, betoqat. Va ida massa xul xayru manua. Keyingi aytgan xulosalamiz. Ida massa xushsharru jazuaa va ida massa xul xoyru ma'nuaa illan musolling. Qachon unga yomonlik yetib qolsa, kambag'allik, kasallik, o'ta besabrlik qiluvchidir. Qachon ungan yaxshilik yetsa, boy bo'lib qolsa, salomat bo'lib qolmasa, o'ta man qiluvchi baxildir. Faqat namozxonlar bunday emas. Mana masjidda o'tiribmiz. Bu yerda o'tirganlarni qanchalari boshiga tushgan musibat sababli ibodatga kelishni boshlagan.

Qarzga kirib qolgan. Shu qarzga kirishligi va uni besabrligi, betoqatligi matishga kelishiga sabab bo'lgan. Yoki bir ba'zi birodarlarimiz bir kasalga chalindi, o'sha kasal uni Allohga kelishiga, matishga kelishigiga sabab bo'ldi. Yana birodarlar qancha odamlar yuribdi tashqarida ibodatsiz. Albatta boshqa musibat kelishi kerak, yoki bir kasallik kelishi kerak. Shunda masjidga keladi birodarlar. Shuning uchun ustiga kelgan musibat bu odamlarni Allohni eshigiga olib keldimi? Demak bu ular uchun foyda bo'ldi.

Alloh aziz va jalloni aytdik, mana rizq va sog'liq qonunini o'zgaruvchi qilib qo'ydi dedik. Agar inson og'rimasa, Alloh dinchlikka sabab yo'q. Doim qo'lida puli ko'p bo'lsa, ishlari doim oldinga yurib tursa, biror narsaga muhtoj bo'lmasa, Alloh dinchligiga sabab yo'q! Endi, tishingiz og'riyapti, kechasi bilan uxlay olmayapsiz. Hamma uxlayapti. Uyingizdagilar. Nima deysiz? Alloh deysiz. U ishga bordingiz yordam so'rab, qaytarishdi. Bu ishga bording siz yordam so'rob, yordam berishmadi. Nima deysiz?

Demak sizni Alloh deyishga olib bordimi shu musibat bilan kasallik? Yoki qarz? Bu siz uchun foyda bo'ldi. Inson darhaqiqat betoqat qilib yaratilgandir. Agar inson o'zini quvvatli bilsa, quvvatli his qilsa, o'zini shu quvvatiga suyanib qoladi da, Allohda behojat bo'lib qoladi. Shu sababli baxtsiz bo'ladi. Agar bir inson boyligiga ishonib turib Allohda behovat bo'layotgan bo'lsa, mansabiga ishonib turilib, mansabdorligiga ishonib nurib o'zini behojat bilayotgan bo'lmasa, jamiyatdagi hurmati, maqomiga qarab turib o'zini behojat bilayotgan bo'sa, mana shu behojatligi uni baxtsiz qiladi. Birodarlar, qarzimizni bor bo'lishi, mushkulalarimizni bor bo'lishi, ancha muncha kasallarimizni bor bo'lishing biz uchun yaxshi.

Men anaqa qilib tashlayman seni, urug'ingni quritib tashlayman seni deyotgan odam, bir pera chorni ichayotib, tomog'i qoqib ketadi da, o'lib qoladi. Ey qara, ey, o'zimga keldi, o'zim bildim, yomon bo'ldim. Ha ana. Hech kimmas ekansanmi? Hech kimmas ekanasanmi? Pul bo'lsa, pul hal qilmagan narsani katta pul hal qiladi. Bu bo'ladi e'tiqodi. Kechirib qo'yasan. Hozir aytayotganimizdek bitta guruch tomog'inga turib qoladi, nafas olayotganingda. Bo'ladi yu haligi osh topib, qilganingizda bitta guruch o'tib ketib qoladi. Klapani ochilguncha, oshqozon klapi ochilguncha o'tib ketib ketib qolad. Burningizdan tushadi bitta guruch. Bilasiz a nima bo'lishingizni? Birodar. Bunaqa guruchdan millionlagan donasini yeyapsan. Alloh xohlasa, shu guruch seni o'ldiradi. Shuning uchun ojizligingni his qilgin.

Kimdir puliga ishonib katta ketdimi? Ayni mana shu pulidan keladi balo. Kimdir mansabiga ishonib turib katta ketdimi? Ayni mansabidan keladi shu balo. O'zini nodir mutaxassis deb bilib, shu mutaxassisligi bilan behojat bilib allohdan, ayni mana shu mutaxassis ligidan keladi balo. Al muso air hamma narsa uning qo'lida.

Va fis sama eriz hukm va ma tu'a adun deydi Alloh Taolo Qur'onda. Sizlarda rizqinglar osmonda va sizlarga va'dan qilingan narsa ham. Murodalar, bir yurtda mol ko'pchilik bo'lishligi yomg'irga bog'liq. Rozimisizlar? Bir yurtda qahatchilik bo'lishligiga ham yomg'iriga bog'liq.

Yomg'ir me'yorida yoqsa, kengchilikka sabab bo'ladi. Yomg'ur ozayib kessa, qahatchilik bo'madi. Yomg'ir ko'payib kessa, balo bo'madi. U kursga qaramanglar, endi nima bo'larkin. U siyosatga qaramanglar, nima bo'larkan. Rizqimiz qayerda ekan? Alloh Taolo va'da qilgan osmonda ekan. Osmonda bizni rizqimiz. Yomg'ir Allohni qo'lida. Agar Alloh Taolo xohlagan bo'lsa, bir yurtda qurg'oqchilik bo'lishini, tomon qurg'ovoqchilik bo'ladi.

Yomg'ur yog'mayapti. Tasavvur qiling, bir boy mamlakat, yomg'ur yoqmayapti. Endi shu mamlakatni baribir rahbarlari yig'ilishdi. Atrofdagi davlatlar, prezidentlar yig'ilishdi va qaror qabul qilishdi. Yomg'ir yoqsin degan. Ularda bu qarorni qanchagacha ta'siri bor? Biror narsa o'zgaradimi bu qaror bilan?

Chunki yomg'ir kimni qo'lida? Alloh taoloni qo'lida. Birodarlar, yomg'ir bu ne'mat. Suv ne'mat. Shamol esishi ne'mat. Kunni isib sovushi ne'mat. Birodarlar hammasi Alloh taoloning qo'lida. Agar mana shu yomg'ir bo'lsin, suv bo'lsin, kunni isishi, sovushi bo'lsin, me'yoridan o'tib ketsa ham musibat, me'yoridan tushib ketsa ham nima? Musibat. Endi bu narsalarni me'yorida bo'lishiga kimni qo'lida? Al hakim, al qodir, al alim, al muso hayr bo'lgan Alloh Subhanah va Taoloni qo'lida.

Yana takrorlaymiz. G'olos siyavru ala ahdiy Rasulullohi Sallallohu alayhi vasallam. Nabiy Sallallohu alayhissallam zamonlarida narx navolar qimmatlashib ketdi. Yo Rasululloh, saxirlana, narxlarni bizga belgilab bering deyishdi. Payg'ambarimiz Sallallohu alayhi vasallam bu narsaga rozi bo'lmadilar. Al musayr Alloh Taoloni o'zi, al qobis, al basid, al rozoq, yolg'iz uning o'zi. Hatto Payg'ambarimizni qo'lida emas. Nahnavolarni qandayligini belgilashlik.

Ob havo nahnavolar bu taklifiy ish, ya'ni Alloh Taoloning ishi. Insonlar daxl qila olmaydi unga. Yana taklifiy islar bor. Insonni zimmasiga yuklatilgan taklifiy ishlarni. Taklifiy ish nima? Narx navoni qanaqa bo'lishligi Alloh Taoloning ishi ekan, bandalar aralasha olmas ekan. Lekin mana shu narx navolarni savdoni ustida insonlarga yuklatilgan taklifiy ishlar bor. Nima u? Savdoyingni yolg'on gapirma. Metrdan urma. Xiyonat qilma. Bu taklifiy is. Sen shuni qil, taklifiy is, narxni belgilashiga Alloh Taoloning. Ishi.

Islom dini birodarlar narx navoni mo'tadil bo'lishligiga xaris bo'ladi. Savdo borki, hammamiz unga bir daxldormiz. Savdo odamlarni hamma qatlamiga tegishli bo'lgan narsa. Odam bolasi borki, savdo qiladi. Tabibmi, muallimmi, olimmi, ommimi, boymi, kambag'almi farqi yo'q. Hammamiz nima qilamiz? Savdo qilamiz.

Yemog', ichmog' olish kerak, kiyim kechak olish kerak, ko'mir olishlik kerak. Endi buni savdo deb aytadigan bo'lsak, savdodagi eng muhim va xatarli narsa bu narx navo. Narx navo. Birodarlar, Umariddin Xattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan davrlarida viloyatning voliylari kelardi. Gubernatorlar. Ulardan so'rab turardi. Nimani desa, narx navoylar qanaqa deb qo'yardi.

Nima uchun so'radi bu gapni? Chunki Alloh Taoloning bandalarga bo'lgan rahmati narx navolarda namoyon bo'ladi. Qaytarib aytaman. Alloh taoloningbandalarga bo'lkan rahmati shu yurtdagi narx navolarda nomoyon bo'lardi. Qimmatchilik bo'lib ketdimi? Qahatchilik bo'lib ketdimi? Demak Alloh Taoloni bularga ravo ko'rgan narsasi shu bo'ldi.

Gohida birodarlar shu rastalarda mol yetarli bo'ladi, lekin narx navo qimmatligidan ko'pchilik sotib olish imkoniyati bo'lmaydi. Narx navoylar qalay? Agar narxlar majburan pastlatilsa, sotuvchiga zulm bo'lib qoladi. O'n so'mga olib kelgan molini to'qqiz so'm sotasan deyapsiz. O'zi o'n so'mgacha kelgan. Demak, sotuvchiga zulmat bo'ladi. Bu holatda narxni belgilashlar zulm bo'lib oladi. Ba'zida birodarlar tashqaridan mol olib kelishlik man qilinadi. Bu ham narx navoni ko'tarib ketishiga sabab bo'ladi. Tushunyapsizmi? Masalan, o'zimizni yurtdagi narsani sotib olsin deb turib, hukumatlar tashqarida shu narsani olib kelishlikni man qilib qo'yadi. Qarabsizki, raqobat bo'lmaganligi uchun, raqobat bu bo'lmaganlik uchun, monopoliya bo'lganligi uchun ixtiyor bo'lgani uchun xohlagan narxini qo'yadi. Tushunarlimi? Agar talab va taklif degan qonunga rioya qilib, tashqaridan o'sha bu yurtda yo'q bo'lgan molni olib kelishlikka ruxsat berilsa, narx navo tabiiy sur'atda nima bo'lib qoladi? O'rniga tushib qoladi. Birodarlar, shariatimizda savdoda yolg'on gapirishlik harom. Makr hiyla qilishlik harom. Firibgarlik harom.

Bu narsalardan shariatimiz qaytaradi. Endi, agar biz shariat aytgandaqa bo'lsak savdoda, yolg'on gapirmasak, tarozidan urmasak, firibgarlik qilmasak, shariat aytganday savdo qilsak, qanaqa holat bo'ladi, bilasizlarmi? Aytdik ku, Alloh Taoloning bir mamlakatga, bir xalqqa bo'lgan rahmati narx navolarda ko'riladi.

Oyatlarda o'qiymiz, bu gapimizda dalil o'laroq. Narxlar o'rniga tushar edi. Chunki narxlarda Alloh Taolo belgilardi. Hayot yengil bo'lib qolganini ko'rardik. Nu, alayhissalom, nima degan edi? Eslaylar. Istadviylar. Faqul tus ta'firu robbakum innahukana g'affaro. Ey qom, Allohga istig'for aytinglar. Gunohinglardan kechirim so'ranglar, taqvo qilinglar. Nima bo'ladi shunda sizlarga? Yursiz saman alaykum midroro. Ustinglarga, birodarlar, yomg'ir quydiradi. Sizlarni mol u dunyo bilan, bola chaqa bilan quvvatlantiradi. Bog' u bo'stonlar, oqar daryolar beradi. Qarang, bola chaqa, ekologiya, bog', suv.

Mol ko'l hayotda sabablarimi? Demak, taqvodor bo'lsang, hayoting zo'r bo'ladi degani. Endi buni o'rniga biz savdoda bir firib ko'paytirsak, metrdan, tarozidan urushni ko'paytirsang, yolg'onni aralashtirsak, monopoliya avj oladigan bo'lsa, Allohda qo'rqib taqvo qilinmasa, nimani kutishimiz kerak ekan? Narx navolarni qimmatlab ketishligini.

Innallohu al muso ayir. Albatta Alloh Taoloning o'zigina al muso ayrdir. Qiyinchilik paytida narxini belgilashlik shariatga zid emas. Iqtisodiy tanglik bo'layotgan bo'lsa mamlakatda, krizis bo'lsa, qahatchilik bo'lsa, urush bo'ladigan bo'lsa, musulmon rahbarlar narxlarini belgilashlikka haqqi bo'ladi. Albatta musulmonlarda foydasini o'ylagan holda. Endi bu imnalloh ahvol al muso ayrga teskari emasmi? Payg'ambarimizga naqdni belgilab bering desa, unamagan ekanlar. Alloh belgilay degan ekan. Shunga teskari emasmi desa, yo'q. Yo'q. Chunki mana shu o'rinda rahbarlar tartibga, idoraga ketilishlikka haqqi bo'ladi. Masalan, puli bor odam qandaydir oziq ovqat moddalarini olib turib, mahsulotlarini qimmat qilib yuborishligi mumkin, monopoliya qilib. Sotmasdan. Bu harom bo'ladi. Ba'zida narx navolar ko'tarib ketishiga sabab bo'layotgan bo'lsa, ba'zi ishlar to'xtatib qo'yishi mumkin.

O'zi narx navoni ko'tarib ketishi, insonlar, xaridorlar o'zlari ham sabab bo'ladi. Masalan, bir haftasiga ikki kilo shakar olardi bir odam. Endi shakar yo'q bo'lib ketar ekan deb, shap borib besh qop shakarni olib qo'ydi. E shakar tugab qoldi. O'z o'zidan nima bo'lib ketadi? Vahima bo'ladi da. Endi narx navoni ko'tarilib ketishiga, demak, xaridorlar o'zlari ham nima bo'ladi? Sabab bo'ladi.

Asl, asl haqiqat shuki, narxlarni Alloh Taolo belgilaydi. Faqat bitta sharti bor, savdoda boyagi yolg'on bo'lmasin, firib bo'lmasin va odamlar ham haddidan oshmasin. Ana bitta o'n purish ukamiz aytyapti. Kechagi mana haligi karantinda krizisida bir un panikasi bo'ldi shaharimizda. Bir yil o'tgandan keyin, ukami bir ozgina un bor edi, shuni non qilib sotib yubormaysizmi? Qarasam achib qolibdi deydi. U puldor hoji aka olib qolgan yigirma o'ttiz qop unda, shu stroyeniya qilib, keyin joy joyiga tushib ketdi hamma yoq. Uni yeb ulgurmaydi. Qarang, ehson ham qilib olmaganda.

Shariatimizda birodarlar tarozidan, urushdan tortib, ikki xil molni bir xillarda sotish, bir xil jinsdagi narsani bir biriga almashishda, sotishdagi tafsilotlargacha hamma narsani ta'limini berib qo'ygan. Agar mana shu man qilingan ishlar tark qilinsa, muomalalarimizda halollik bo'ladigan bo'lsa, narx navolar tabiiy suratga tushadi, talab va taklif andozasiga tushadi va xayriyat, barakot paydo bo'ladi.

Aquli qovli ha da va astag'firulloh ili va lakum. Innallohi va malakati yu saluni ala nabiy. Ya yuhalladina amanu sollu alayhi vasalli mutaslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish