MMaviza
Al-MusaʼirTekshirilgan25 daq

73-DARS AL-MUSAʼIR (2-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
24:42
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va narudhullohi men surur yanfusina va men sayy'at ya'malina. Man yahdihillahi falam mubillala, va man yubililgu falaha diyala. Va shadvalloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Onashadi anna muhammadani abduhi va rasuluh, amma ba'ti. Assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alih va barakatuh.

Alloh taolo narxlarini o'zi belgilaydi. Kartoshkani hosiliga Alloh taolo baraka berib olsa, kartoshkani hosi zo'r bo'lsa, eng arzon narsa nima oladi? Kartoshka bo'ladi. Agar har yilgidek bo'layotgan bo'lsa, narxi bir xil turadi. Issiq bo'lib ketdi. Haddan tashqari. Hosil yaxshi bo'lmadi, qimmatchilik. Havo sovuq keldi. Hosil yaxshi bo'lmadi. Yana qimmatchilik. Ob havoga bog'liq bo'lyaptimi? Narx navolarimiz, mana boshida aytdim a, ob havoga bog'. Endi ob havo kimni qo'lida? Alloh Taoloni qo'lida.

Mana qayroqqa yerga bug'doy chachib qo'yadi dehqonlar. U tavakkalga chachib qo'yadi, haydab turib, yomg'irga bog'liq. Yomg'ir yaxshi bo'lib bersa, o'sha yerda bunday bo'ladi, qarabsizki, arzonchilik bo'ladi. Yomg'ir ko'p yoqsa ham musibat, oz yoqsa ham musibat. Me'yorida yoqsa, yaxshilik. Me'yorini kim belgilaydi?

Mana endi birodarlar, taqvo qilish, siz bilan bizni rizqimizga qanday ta'sir qilishligiga dalolat qiladigan oyatlar. Istaydi bilar? Va alloh istiquvom olattoriy, qotil as qoyna, humman g'odaqo. Albatta, agar ular to'g'ri yo'lda ustuvor bo'lganlarida, mustaqil bo'lganida, taqvodor bo'lganida. Albatta, biz ularni imtihon qilish uchun mo'l yomg'ir bilan sug'organ bo'lar edik. Ya'ni rizqni keng qilgan bo'lar edik, agar taqvodor bo'sa bandalar. Keyingi oyat. Valau an nahloh qura, a ma'no ot taqov. La fataqhina alayhim barakati minas samay i wal al. Agar deyapti Alloh Taolo. Ana shu qishloq yoki shahar ahli iymon keltirib, taqvodor bo'lganida, albatta biz ularga osmon u yerdan barakot darvozalarini ochib qo'ygan bo'lar edik. Birodar, sen o'zingni sakkiz sotik, olti sotik uyingni ichida Alloh Taoloning o'rinbosarisan. Sen o'zingni xonadoningda taqvoni qoyim qilib qo'y.

Besh vaqt namoz, Qur'on tilovati, zikr, Alloh rozi bo'ladigan ishlarni qoyim qilib qo'y, seni xonadoningda baraka bo'lmay iloji yo'q. Endi hamma taqvo qilmasa baraka bo'lmas ekanda deb turib, obsh, umumiy xalq haqida emas, o'zingni oilang haqida g'am qilgin da. Keyingi oyat, astazvillar. Valav annaxim aqomut tavrotoval injiyla va man unziyla ilayhimni robbihim. La akalo min fauqihim va min taxti arjulihim. Agar ular, deyapti Alloh Taolo, tavroqqa, injilga va parvardigorlari tomonidan nozil qilingan barcha narsaga amal qilganlarida edi. Ya'ni Alloh nozil qilgan shariat bilan yashaganida, ustlaridan ham, ostlaridan ham rizqlangan bo'lardilar. Qo'yi ham semirardi, dehqonchiligi ham zo'r bo'lardi, bog'dorchiligi ham zo'da bo'lardi. Agar Alloh nozil qilsa narsa bilan yashashganida, tushunyapsizlarmi endi bizni hayotimizni barakotli keng bo'lishi nimaga bog'liq?

Taqvoga bog'liq. Qanchalik taqvodor bo'lamiz, Alloh shunchalik keng hayot, barakotli hayot beradi. Chunki birodarlar, ma'siyatlar qo'rg'oqchilikning sababi. Hayo suvi kamaysa, samo suvi kamayadi. Ayollarning go'shti arzon bo'lsa, jasadlari tanalari, chorvalarni go'shti qimmatlashadi. Yana qanaqa qoida kerak? Ayollarda hayo suvi kamaysa, samo suvi kamayadi. Ayollarning go'sht i arzon bo'lmasa, zino ko'paysa, chorvalarni, go'shti qimmatlashadi. Zino faqirlik olib keladi, birodarlar. Zino faqirlik olib keladi.

O'sha musofir yurtlarda, oilalardan uzoq yurgan o'g'il bolalar, erkaklar, o'zini nafsini jilovlamasdan zinoga berilayotgan bo'lsa, u yerda topgan puli baraka bo'lmasligi yuz foiz haqiqat bo'ladi. Tushunarlimi musofir shu yerda yurganlar? Isrof kengaygan sari baraka ham torayib borar ekan. To'y qilamiz ku biz. Bizni xalqlarni musibati to'yida. To'g'rimi? Isrof dasturxona kengaygani sari, baraka dasturxona torayib boradi bu odamlar.

Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallam rizq haqida aytganlar la yazidu fil umri illal bir. Umrni faqat yaxshilik ziyoda qiladi. Qadrni faqat duo qaytaradi. Albatta, kishi qilgan gunoh sababli ayrim rizqidan mahrum bo'ladi. Rizqidan mahorun bo'ladi emas, ayrim rizqida, ba'zi rizqidan. O'sha gunohni ozaytir, rizqing to'laligicha keladi. Sen gunoh qilding, mas'uliyatga qo'l urding, kelekin rizqingni ehtimoli yarmi ketdi.

Ehtimol barakasi ketdi. Ehtimoly uchdan biri ketdi. Qoida, rizqni keng bo'lishi, rizqni barakali bo'lishi bandaning mustaqimligiga bog'liq. Bandaning mustaqilligiga bog'li. Shuning uchun bir odamni qarasangiz, bitta o'zi ishlaydi, ayoli ishlamaydi, mayda bolalari bor, bitta o'zini topayotgan puli hamma yoqqa yetyapti. Ja oshib toshib ketdi, lekin bu narsaga muhtojligi yo'q. Bitta odam ishlab, demak mustaqil u. Yana bitta xonadonda qarangiz, siz oltita odam bor, to'rttasi ishlaydi, to'rttasini pul topadi, lekin doim yetishmovchilik kamchilik. Farqi nimada bo'lyapti? Farqi birida taqvo bor, birida taqvo yo'q.

Narx navoni baland past bo'lishiga birodarlar alloh taoloning irodasi. Ha birodarlarim. Narx navolarni qanaqa bo'lishligi ob havoga bog'liqmi? Ob havoga bog'. Ob havo zo'r kelsa, qulay kelsa, ekin dehqonchilik, bog'bonchilik o'rnida bo'ladi. Minobarin mahsulot keng bo'ladi, arzonchilik bo'ladi. Narxlar arzon bo'ladi. Endi mana shu narsani teskarisi bo'ladigan bo'lsa, narx navo qimmatlashadi. Demak, ob havoni Alloh Taolo idora qilishligi bilan, boshqarishligi bilan narxlarni belgilab qo'yadi.

Bandalarni rizqlarini o'lchov bilan berishlik, bu ojizlik qonuni emas. Bu ojizlik emas. Balki bu rizqni o'lchovi bilan berishlik tarbiya. Alloh azza va jala siz bilan bizni dunyoga kiritarkan, rizqimizni taqdirimizga bitib qo'ygan. Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning ana shu hadislarida innna ahadakum yuj ma'u xolqug'u fiy batni ummihi arba'i nayyama nutfatani hadisi bor. Sizlarda har bittalar onasini qornida qirq kun nutfa holatda turishi, yana qirq kun lahda qon holatda turishi, yana qirq kun bir parcha go'sht holatda turishi bor deganlar. So'ngra ana shu yuz yigirma kunga to'lgan bir parcha go'shga Alloh Taolo farishtani yuboradi da, rizqini taqdir qiladi. Rizqini, ajalini, amalini, baxtli yoki baxtsiz bo'lishini bitib qo'yadi. Demak, rizq Alloh tomonidan yozib qo'yilgan. Endi ana shu bandalarni rizqini qaraydigan bo'lsangiz, kimni rizqi kengroq? Boy badavlat to'kin sochin yashaydi.

A kimni rizqi tangroq, u faqaroq yashaydi. Nima? Alloh Taolo qodirmasmidi hammani rizqini keng qilib qo'yishlikka? Albatta qodir edi. Nima Alloh Taolo birini kambag'al, birini boy qilishlikka muhtojmidi? Yo'q, Alloh Taologa hech narsani keragi yo'q. Butun olimlardan behojat bo'lgan zot. Nima unda birini boy, birini kambag'al qildi, desa aytamizki, Alloh ojizligidan bunday qilgani yo'q. Balki tarbiya uchun shunday qildi. Albatta, buni hikmati bor. Qaytaramiz. Bandalarni rizqlarini o'lchov bilan berilishligi ojizlik emas, balki bu tarbiya. Mana shu yo'l bilan Alloh Taolo bandalarini sinaydi, tarbiyalaydi. Boyni boyligi bilan sinasa, kambag'alni kambag'alligi bilan imtihon qiladi. Masalan biz ham mana qiladigan ishimizga qarasak, uyimizdagi elektr tokini ishlatishlikda nima qilamiz? Cheklaymiz. Ey, o'chirib qo'y mana bu lampochkani. Ey, mana bu pechkani ikki anaqasini yoqmagin, bittasini yoqqin. Muncha so'm kelibdi bir oyda. Sal insof qilinglar. Ey kelinlar, sal, a? Endi bu bizni elektr tokini cheklab ishlatishligimiz, ojizlik qonuni, ojizlik ishi bo'ladi.

Gazni, ko'mirni yoki bo'lmasam shu elektr tokini tartiblayotgan paytimizda biz ojizligimizni tan olib turib, ojizligimizdan tartiblayapmiz. Chunki birodarlar mana bu gesni to'k chiqaradigan apparatlar eskib qoldi. Isbot qilmanglar deydi. Mana hukumat vakillari so'rayapti, muvaffaqiyatdan muvaffaqqiyatgacha o'chiringlar deyapti. Bu ojizlikdan birodarlar. Ammo Alloh Taolo bandalarni rizqini turli qilishligi va cheklashligi ojizlik emas, balki tarbiya qonuni. Qaysi yurtga yomg'ir ko'p yog'maydi? Qurg'oqchilik bo'ladi, qimmatchilik. Qaysi yirtga keragidek yog'adi yomg'ir? Mo'l ko'lchilik. Unisi ham, bunisi ham, sinov. Biz aytdik, bu borliqda alloh taolo millionlagan, millionlagan qonunlarni joriy qilib qo'ydi. Shu qonunlar, tabiat qonunlari hayotni bir maromada ketishligini ta'minlaydi. Masalan, temir odamlarni fosiq, fojil yoki taqvoliy bo'lishiga bog'liq emas xususiyati. Odamlar rasvo bo'lib ketsa ham, taqvodor bo'lib ketsak ham temir temirligicha turaveradi.

Odamlarda iymon e'tiqodi qanaqa bo'lishidan qat'iy nazar, yer aylanaveradi. Shamol esaveradi. Suv pastga qarab oqaveradi. Bu qonunlar tabiat qonunlari hayotni o'z maromida ketishligini kafolati bo'lganligi uchun bandalarni fe'l atvoriga bog'liq emas. Lekin ikkita qonun bor mana shu qonunlarni ichida, bandalarning fe'l atvorigaga bog'liq. Birinchisi sog'liq qonuni, ikkinchisi rizq qonuni. Banda fizq fuzur masiyatga kirarkan, mana shu ikkita narsani kamayib bor ekanligini, yo'qolib bor ekanliginini ko'rasiz. Iymon, e'tiqod, taqvoga yurgan sari baraka topayotganligini, xayriyat ko'rayotganligini ko'raverasiz.

Alloh Taolo har narsaga qodir. Innallohu ala kull shay in qodir. Bilasizlarmi odam alayhissalom davrida meva chevalar qanaqa bo'lgan? Odam aleyhissalom bo'yi oltmish metr bo'lgan. Binolarini yeydigan mevalari ham, yeydigan mahsulotlar ham shunga yarasha bo'lgan. O'sha Odam aleyhissalomdan boshlab tushgungacha insoniyat pasayib, kichrayib kelyapti bo'yi. Binolari mevalarimiz ham kichrayyapti ekan. Endi inson alayhissaom tushgan davrda, birodarlar, mana qiyomat alomatlarini kattalari sodir bo'lib, dadjal chiqadi, yajuj majuj chiqadi, imom mahdiyning kelishi bor. Iso alayhissalom tushib, yer yuzida dadjonni o'ldirgandan keyin qirq yil yashaydi. Ana shu iso alayhissa salom qirq yil podshoh bo'lib yashagan davrda musulmon bo'ladi, musulmonlarda hajni qiladi, musulmonlar namozini o'qiydi. Zotan iso alayhisa salom o'zi musulmon. Ana shu iso alayhissalom davrida podshoh odil, allohni hukmi bilan ish yuritgan iso alayhissa lom podshoh bo'lib turganda, yer yuzida odam alayhissalom da'voridagi baraka bo'ladi.

O'sha rivoyatlarda keladi bitta olma, bitta jo'raga yetadi. Bir dona olma butun jo'raga yetadi. Ya'ni nima demoqchimiz? Rizq va sog'liq qonuni bandalarning fe'li atvoriga aloqasi bor. Shuning uchun boshingiz kasaldan chiqmayotgan bo'lsa, rizqingizda baraka bo'lmayotgan bo'lsa, birodar, o'zingizdan qidiring. Zero Alloh Taolo bandasiga mehribondir va lekin bandasi o'zi yomondir.

Shuning uchun o'zimizdan qidiraylik. O'zimizdanqidiring. Endi hamma yog'ingiz nazaringizda tekkis bo'lsa ham, yetishmovchilik yoki kasallik kerak ekan bo'lsa, bu ikkita ishdan bittasi. Sizni qilayotgan fe'l atvorist, fisq fujuringizga qarab kelayotgan bo'lsa, shu ishingiz uchun mukofot u. Shunda ham sizga foyda, dunyoda qutulyapsiz shu xatoyingiz uchun. Endi hamma yog'ingiz tekis bo'lsa ham, nazaringizda, musibat kelayotgan bo'lsa, ikkinchi variant. Nima edi u?

Alloh darajasini ko'tarayotgan bo'ladi. Ikkala holatda ham muammo yutuqda. Birinchi holatda bo'lsa gunohlar yuvilyapti, ikkinchi holatda bo'lsa, darajasi ko'tarilyapti. Alloh qodir birodarlar. Hammani rizqini keng qilib, boy badavlat qilib qo'yishlikka qodir. Zero aytadi, istadi billa, vo imi sha in illa indana hozayinuhu, vo manuna ziluhu illa bi qodir ma'lum. Hajir surasida Alloh aytyaptiki, sizlarda rizqinglar bo'lgan har bitta narsaning asli manbasi bizni dargohimizda. Sizlarni rizqinglar nima? O'sha yeydigan, ichadigan, kiyadigan shu narsalarmi? Rizqinglarning manbasi, tomiri bizda.

Biz u narsalarni aniq o'lchov bilan tushurib turamiz. Misol kerakmi? Men shu titkilab ancha ma'lumot topdim da. Eng katta oshqovog'ini ichki kilo bo'ladi. Masalan. Yigirma kilo. Bo'ladimi? Yo'q. Belgiyada ikki ming o'n oltinchi yil bitta oshqovoq bir tonna ikki yuz ga yetgan.

O'sha butun mahallaga yetadi degan edi da, bitta oshqovog'. Alloh xohlasa shunaqa qilib qo'ya oladi hammasini. Alloh qodir har narsaga. Lekin o'lchov bilan tushiradi. O'lchov baland tushirishi tarbiya uchun. Kartoshka. Bir dona kartoshka besh kilo ketgan birodalar. Sholg'om, o'n olti kilo. Xitoyda bo'lgan ikki ming o'n beshinchi yilda. Sabzi bir dona sabzi o'n kilo ikki yuz. Ikki ming o o'n yetti yil amerikada shu tortilgan. Karam. Bir dona karam. O'ttiz kilo. Bodring, bir yarim metr, yetti kilo. Bir dona piyoz. Sakkiz kilo. Vo, hozir necha pul bo'lib qoldi piyoz?

Tarvuz, yuz ellik kilo. Limon besh kilo uch yuz gram. Birodarlar, Alloh hamma narsaga qodir. Siz bilan bizni rizqimizni manbasi asli Alloh Taoloning huzurida. Alloh xudo xohlasa shunaqa qilib qo'yishi mumkin. Lekin birini kambag'al birini boy qilishligi, bir yurtda yomg'irni serob bo'lishi, bir yurt da qahatchilik bo'lishi, bu tarbiya bizga.

Mana aytdik, Iso alayhissalom, yer yuziga tushgan paytda, yer yuziga tushkan paytda, Odam alayhissalom zamonidagi baraka bo'lib ketadi, birodarlar. Bitta olma, bitta bir jo'raga kifoya qiladigan bo'lib ketadi. Dehqonchilikda, bog'dorchilikda baraka bo'ladi. Avvalgi darslarimizda aytganmiz, mana shu fazoda shunaqa bir bulutlar bor ekanki, birodarlar kashf qilingan ulamolar tomonidan. Ular yerdagi dengiz u okeanlarni chuchuk suv bilan har kuni oltmish marta to'ldirib qo'yishlik qudratiga ega ekan.

Bir kunda dunyodagi hamma suv havzalarini shirin suv bilan oltmish martta to'ldirib ko'yishlik qudiratiga ega. Qayerda bu? Vafis sama iris hukm va ma'tu adum. Sizlarni rizqinglar ham, sizlarga va'da qilingan narsa ham osmonda deyapti Alloh Taolo. Ma'qulmi? Alloh anaqasiga qodir, lekin bandalarni fe'liga qarab beradi bu narsani barini.

Suvni serobligi imtihon, qurg'oqchilik imtihon, hosilni serob bo'lishi imtihon. Oz bo'lishi imtihon, issiq sovuq ham imtihon. Haligi fermerdan jurnalist borib nima oladi, intervyu oladi. Bu yil mancha hosilga erishibsiz, buni siri nimada deydi?

I haligi fermer xuddi o'zi qilib qo'ygandek uni nima deydi? Nima deydi, sananglar. Yerni vaqtida haydovdik, dorini vaqtida soluvdik, manaqa ishlarni qiluvdik, i ne, bo'ldi deydi. O'tgan yili ham qiluvdingiz ku shu ishni. Nimaga o'tgan yili bo'lmaydi deya olmaydi jurnalist. U iymondan kelib chiqib savol bermayapti da.

Endi keyingi yil bo'lmadi hech narsa. Nimaga bunaqa bo'ldi desa nima deydi? Ha, ob havo chatoq kelganiga baylanishdi u deydi, yo bo'lmasam nima deydi? Qish to'satdan kelib qoldi, dedi. Dekabrda to'satdan kel. Musulmonlar nima deydi? Ikkala holatda ham nima deyish kerak? Nimadan boshlash kerak?

Bu Allohni xohishi. Biz qo'limizdan kelgan sababni qildik. Allohni marhamati bo'ldi, shuncha narsani berdi. Chunki o'tgan yili qilganimizda bemo'g'di, demak o'tgan yili berishni xohlamagan ekan. Ber berdi deb turib Allohga fazilni qaytara olmaydi. Bizni zamonimizdagi odamlarning muammosi shunda. Allohni mash'iyati, Allohni irodasiga bog'lay olmaydi o'zini hayotini. Bunday bunday qilsang zo'r bo'lib ketasan. Mana bu yerda esib borib keldi, bunaqa bo'lib ketdi. Sen ham bunday qilsang, zo'r bo'lib ketasan. Voy seni ishing sabab xolos birodar. Kim aytgani bo'ladi?

Demak, Alloh Taolo mana shu ob havo bilan, narx navo bilan, rizqni keng tor bo'lishligi bilan bandalarga adab beradi, ta'lim beradi. Shuning uchun bandalar atrofida bo'layotgan ishlardan o'zlariga ibrat xulosa olishligi kerak. Hukumat ustiga kelgan musibatdan o'ziga dars olmagan kishining musibati shu kelgan musibatdan ko'ra kattaroq ekan.

Boshiga musibat keldi. Musibat bu, musibat bu. Ketdi. Shundan dars ololmadimi? Demak, shu dars ololmayotganligi u musibatdan ko'ta kattaroq musibat ekan. Ahmoq o'zini xatosidan dars oladi. Ahmoq xato qilib qo'yib, o'sha xatosidan dars, bu ahmoq bu. Endi aqlli odam chi?

O'sha ahmoqni xatolardan dars olib qo'yaveradi. Demak, birodarlar, Alloh Taoloning go'zal ismlaridan Al Musair, narxlarni belgilovchi. Narxlarnibelgilash Alloh Taoloning ishi takviyniy ish dedik. Endi narxni qanaqa bo'lishiga Allohning ixtiyorida ekan, lekin bandalarni ustida taklifiy ish bor.

Savdoda, muomalada yolg'on gapirma, banda. Xiyonat qilma. Aldama, tarozidan urma, ixtiyor qilma. Agar mana shu shariatning shu ko'rsatmalariga amal qilsang, itoat qilsang, narxlar tabiiy sur'atda o'z o'rniga tushganini va hamma uchun qulay bo'lib qolganligini ko'rasan. Tushunarlimi? O'sha savdogarlarimizni qilayotgan fe'l atvori, dehqonlarimizni qilaydigan fe'l atvorni narx navolarni to'g'ridan to'g'ri ko'tarilib yoki tushib ketishligiga bog'liq bo'ladi.

Avval darsimizda aytib o'tganimizdek, insonning eng keng tarqalgan faoliyati bu oldi sotdi. Deyarli hammamiz olib sotamiz. Endi, oldi sotdidagi eng muhim narsa bu narx navo. Narxlar esa Alloh Taoloni qo'lida. Allohga yaqin bo'lganimiz sari narx navolarimiz qulay bo'ladi. Allohdan uzoqlashganimiz sari, narx navolar ko'tarilib boradi.

Umariddin Qattob roziyallohu anhu xalifa bo'lib turgan davrda o'zining viloyatdagi voliylarini chaqirib, hisob kitob deb turardi da, narx navolar qalay deb qo'yardi. Narx navolar yaxshimi? Demak, raiyat yaxshi, rahbariyat yaxshi. Narx navolar ko'p olib ketyaptimi? Demak, bandalarni qilgan ishlari bunga sabab. Ana shu voliylardan bittasidan so'rayapti. Xalifa Umarul muhattov.

Seni oldinga o'g'ilni qilgan bitta odamni olib kelishsa, nima qilasan? Qo'lini kesaman dedi. Umarul muhatko aytdiki, unday bo'lsa, agar seni rayatingda, seni rayatingda bo'lgan bir kishini olib kelishsa. Qorni och qolgan bo'lsa. Hiylangan bo'lsa, shikoyat qilib kelsa, men ham seni qo'lingni kesamanmi dedi.

Qo'lda ketishlik oson. U nimaga og'irlik qildi? Qorni ochligidan, hiylanganligidan majbur bo'lganidan. So'ngra aytdiki, ey falonchi dedi, ularni ochligini to'sishimiz uchun, kamchiliklarni to'ldirishimiz uchun. O'zlarini kasbi hunarlarini qilishga sharoit qilib berishimiz uchun bizni Alloh ularni ustiga rahbar qildi. Agar shu ishni uddalay olsak, raiyatni minnatdorchiligiga ega bo'lamiz. Albatta bu qo'llar mehnat uchun yaratilgan. Agar ular toat ibodatda ishni topishmasa, ma'siyat ishlarini qidiradilar. Bas bu qo'llar seni mas'iyat bilan mashg'ul qilib qo'yishdan avval, ularni toat bilan mashgul qilib qo'mygin dedi. Xulosa, narx navolarni past baland bo'lishligi, bandalarning fe'l atvorlari, Alloh taologa yaqin uzoq bo'lishligi taqovobi hujumlarga bog'liq bo'ladi. Biz endi umumiy suratdagi ko'chadagi bozorda narxini aytayotgan bo'lsak, umumiy suratda hammaga tegishli. Lekin har bittamiz o'zimizni xonadonimizdagi barakaga ham xuddi shu yo'l bilan erishamiz.

Sakkiz sotik, besh sotik, o'n sotik uyisi bor. O'sha beshta, oltita odamni ustida boshliqsiz, ersiz, otasiz. Allohni mana shu hovlidagi xalifasisiz siz. Mana shu xonadonda Allohni hukmlarini joriy bo'lishligini nazorat qilib, shu narsani uddasidan o'tsangiz, qancha topishingiz muhim emas. Baraka bo'ladi.

Harom yo'l bilan pul topgan odam hech qachon boy bo'lmaydi. Garchi seyfi to'ldirib pul turgan bo'lsa ham. Chunki insonda boy bo'lishligi, pulni qanchaligi bilan emas, qalbida rozilik bor yoki yo'qligi bilan. Harom yo'l bilan pul topgan odam hech qachon saodatli bo'lmaydi. Chunki saodatli bolishlik, uy jihozlarini yangiligi, mashinalarni yangi uyda hashamatligi bilan emas, insonni saodatli bo'llishligi hayotidan roziligi bilan. Harom pul hech qachon insonni rozi qilmaydi.

Xulosa, qanchalar taqvolik bo'lasan, shunchalik rizqingda, umringda, vaqtingda baraka bo'ladi. Qanchalik fizqi hujurga, ma'siyatga berilasan, rizqingda,umringda barakot, vaqtingda bo'lmaydi. Aqli hovli ha'da va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malakati huysaluni ala nabi. Ya yuha alladina amanu sollu alayhi va sallamu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish