Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbilen a'lamin. Vassalotu vassalomu ala ashrafil mursalim va ala alihi va ashabi hech mayin. Allohumma allim naama yonfauna, vamfa'na bi ma'lam tanavazid nailman. Allohumma arenal haqqa haqqon orzuqunat tiba'a va arenal ba'tila ba'tilan orzuqunat jatina'ba. Hoja anna minmay yestami un al qovla fayetta bi una husana. Nu adh hindan bi rahmatika fiy aybadika solihin. Amma ba'da assalomu alaykum va rahmatullohi ta'la va barakatuh.
Al mandan ato qiluvchi. Ulug' ne'matlarni, ulug' inomlarni ato qiluvchim. Alloh subhanahu va taoloni bandalar orasiga Muhammad alayhissalomni payg'ambar qilib yuborishligi, bu eng ulug' in'omi, eng ulug' minnati. Muhammad alayhissalomni payg'ambar bo'lib kelishdagi Alloh Taoloning atosi fazli. Alloh Taolo Qur'onda marhamat qilib aytadi: Istaydu billah laqodiman nallohu ala al mumineena id ba atafihim rasulun min anfu sehin. Albatta Alloh mu'minlarga o'zlaridan bo'lgan payg'ambarni yuborish bilan yaxshilik qildi. Ya'ni siz bilan biz oramizda Muhammad alayhissalomning payg'ambar bo'lib kelishdagi ulug'i in'om. Mana ko'rib chiqamiz, nimaga bunday ekanligimizni. U payg'ambar farishta bo'lmadi, jim bo'lmadi. Inson toifasidan bo'ldi. Toki insonlar ibrat olsin, o'ziga namunada bilsin.
Inson toifasi, jinlar toifasi, mana ayyuha saqalan deydi Alloh Taolo. Yelkasiga shariat taklifotlar yuklatilgan ikkita maxluq, inson va jin. Mana shu ikkala toifaga Muhammad Mustafa sollallohu alayhi vasallam payg'ambar bo'lib yuborilganlar. Qul bi fatli ilahi va bi rahmatihi fabi dalika fal yafurahuhu. Ayting ey Muhammad alayhissalom, Alloh Taoloning fazli marhamati bilan va rahmat mehribonligi bilan, shu ne'mat bilan xursand bo'lishsin. Shu yerda Allohni fazli bilan xursand bilishsin deyapti Alloh Taolo. Nima edi u fazil desa, Muhammad alayhissalomning bizga payg'ambar bo'lib kelishligi.
Minnat qilishlik faqat Alloh Taoloning haqqi. Mana almandan ato qiluvchi. Endi bergan narsasini minnat qilishlik faqat Alloh Subhanahu va Taologa yarashadi. A'roblar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldiga kelib, o'zlarini musulmon bo'lganligini aytib, so'zi bilan minnat qilishdi. Astayribilla. Yamunnuna alayka an aslamu. Sizga ey Muhammad alayhissalom, ular musulmon bo'ganligini minnat qilishadi. Qul la tamunna alayyi islamakum. Sizlar menga islominglarni musulmon bo'lganlarda gapirib minnat qilmanglar. Balki minnatni Alloh qiladi. Balillahi yamun no alaykum an hadakum li il iman. Sizlar mo'min bo'ldik, musulmon bo'ldik deb minnat qilmenglar menga. Minnatni Alloh quladi. Chunki sizlarni imonga hidoyat qilib qo'ydi. Bizlar kalima keltirib musulmon bo'lishligimiz birodaralloh alloh taoloni bizga bo'lgan in'omi. Agar Alloh tavfiq bermasa, shu kalimani ayta olmas edingiz. Men o'zim musulmon bo'ldim, men iymon keltirdim demang, Alloh sizga hidoyatni bermasa, iymon keltira olmas edingiz. Chunki birodarlar, agar Alloh in'om qilmasa, almandan bo'lgan Robbimiz ato qilmasa, kalima ayta olmas edik.
Sabab, avvalgi o'tgan Payg'ambarlarni, ummatlarini holini qarang. Solih alayhissalomni qavmi, Samud qalmi Payg'ambaridan mo'jiza talab qilishdi. Mana bu tosh yorilsin, ichidan tuya chiqsin. Tosh yorilsun, tuya chiqsin, judayam katta tuya bo'lsin, juni uzun bo'lsin, qizil bo'lsin, kornida o'n oylik bolasi bo'lsin. Biz bir haftada ichadigan suvimizni bir marta bir ichib qo'ysin. Mana, o'zlari mo'jizani talab qilishni. Soli alayhissalom, Allohni amri bilan, izni bilan duo qilib, tosh yorildi, ichidan mo'jiza chiqdi. Iymon keltirishdimi?
Demak, Alloh Taolo in'om qiladi. Alloh Taolo qalbingizni ochadi, iymon keltirasiz. Aks holda kalimani ham keltira olmaysiz. Alloh Taolo sizlarni mo'min qilib, iymonga hidoyat qilganligini minnat qiladi. Sizlar minnat qilmanglar so'zinglar bilan. Alloh Taolo fe'li bilan sizlarga minnat qilib qo'ydi. Endi sizlar so'zinglar bilan minnat qilasizlarmi Allohga? Minnat qilishlik faqat Alloh Taoloni haqqi. Minnat qilish degani nima degani o'zi?
Minnat qilich birovga yaxshilik qildingiz, birovga foydasi tegdi, keyin shuni gapirib, shuni qilganligingizni pesh qilasiz. Minnat qilich faqat Allohni haqqi. Nabi sollallohu alayhi vasallam Xunaynidan tushgan g'animani musulmonlar o'rtasida taqsim qilib berdilar, hammaga berdilar. Faqat ansorlarga bermadilar. Shunda ansorlar o'pkalashdi, xafa bo'lishdi. Ha endi Rasululloh Makkani oldilar, o'zini vataniga keldilar. Endi shu yerda qolsa kerak. Qiylanganida biz yordam bergan edik. Yonida turib bergan edik, kelganida joy bergan edik. Endi biz kerak bo'lmay qoldik deb turib, o'pkalashdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bularni to'plab, alam takulov davolan fahada komullohu biy.
Zalolatda emasmi deylar men kelishimdan avval? Men tufayli Alloh sizlarda hidoyat qilmadimi? Kambag'al emasmi deyilar men kelishimdanavval? Alloh sizlarni boy qilmadimi men tufayli? Tarqog'i deylar, men kelishimdan avval. Alloh men tufayli sizlarni bir qilmadimi dedilar. Yana minnat shu. Asrorlar nima deyishdi? Rasulullohni so'ziga, so'ziga e'tibor beringlar. Men sizlarda hidoyat qildim, men sizlarda bir qilib qo'ydim, men sizlarda boy qilib qo'ydi deyaptilarmi? Yo'q. Men tufayli Alloh hidoyat qilmadimi? Men tufayli boy qilmadimi, men tufayli boshinglarni bir qilmadimi dedilar. Ya'ni bu ishlar Alloh Taoloning qo'lidagi narsa. Banda bandaga yaxshilik qila olmaydi, agar Alloh tavfiq bermasa.
Ha, men yordam qilib bo'lganman o'zi buni deysiz u. Agar birovga foydasi tekkan bo'lsa. Bo'ldi, savobi ketdi o'sha ishingizni. Savobalar indamay turishdi. To'g'ri, to'g'ri. To'g'r. Va Rasululloh aytdilar, sizlar ham aytmaysizlarmi? Aytsanglar haq bo'lasizlar. Yo Rasululloh, yurtingizga sig'magan edingiz, biz qabul qildik. Faqir edingiz, yoningizda turdik. Zaif edingiz, qilishlarimiz bilan turdik, demaysizlarmi? Desanglar, biz ham sizga foydamiz tekkan desanglar, haq bo'lasilar deyishdi. Asalloh nima deyishdi? Valilahi va li rasulihilman deyishdi. Minnat qilish, Alloh va uning Rasulini haqqi deyishdi. Biz minnat qilmaymiz deyishdi.
Shuning uchun bironta bir xayrli ishga siz muvaffaq bo'lib, xalqingizga, vataningizga, musulmonlarga, ummatga foydangiz tekkan bo'lsa, aytingki, bu Allohni menga bo'lgan fazli bo'ldi. Alloh menga shu narsani in'om qildi, shuni qildim. Allohni fazli deb ayting. Chunki men qildim desangiz, fazlni Allohga qaytarmasdan o'zim qildim desangiz, keyin shunday ishni qilishlikka qodir bo'lmaysiz. Shuning uchun, agar Alloh senga o'zining fazlini izhor qilishni istasa, shu fazilni yaratadi da, uni senga nisbat qilib qo'yadi.
Bir odamni ovozi juda ham bir yoqimlik, shiralik. Qur'onni o'qisa hamma mazza qiladi. Xo'p, nima qildi u shunaqa ovozga ega bo'lish uchun? Ayting chi. Jinni qilgani yo'q, Alloh berib qo'ydi. Birov basavlat, ko'rkam kelishgan chiroyli inson. Nima qildi bu chiroyli bo'lishi uchun? Alloh shunday qilib yaratib qo'ydi da. Shuning uchun, sizda nima yaxshilik bo'lsa, bu nima? Allohni fazli deng. Va siz kimga qanaqa yaxshilik qilgan bo'lsangiz, Allohni fazli teng. Minnat qilmang. Chunki minnat qilishlik almandan bo'lgan Alloh Subhanahu va Taoloni haqqi.
Shaharni o'rtasidan katta bir imoratni sotib oldi bir badavlat odam. Xayriya fondiga shunday berib yubordi. Endi shu xayriya fondi yangi imoratda ishini boshlayapti. Imoratni ochilishi, marosimiga yig'ilgan odamlar mikrofonda qo'liga kim olsa, shu odamga rahmat aytib, minnatdorchilik bildirib, katta ish qildingiz, yaxshi ish qildingiz deb hammasi unga bir maqtovli so'zlarni aytdi. Lekin mana shu mikrofonda qo'liga ushlaganlardan bittasi chiqib aytdiki, ey falonchi, siz ham boshqa odamlarga o'xshab, bizni fondimizdan yordam oladiganlar qatorida bo'lib qolishingiz mumkin edi. Siz ham kambag'al bo'lib qolishiz mumkin edi, lekin Alloh sizga fazil ko'rsatdi. Sizni ehson oladiganlardan emas, ehson qiladiganlardan qilib qo'ydi.
Bu Allohni fazli bo'ldi dedi. Uni maqtamadi. Haqiqiy fazl egasini maqtadi. Kimni maqtadi? Shuning uchun birodar, agar sen boshqalarga bir foydang tegsa, ilming bilan, quvvoting bilan, hunaring bilan, dunyoying bilan, boyliging bilan, mansabing bilan, qalbing shukurdan erib ketsin. Nimaga? Chunki shunaqa imkoniyatni Alloh Taolo senga berib qo'ydi. Senga shu bir imkoniyatni berdi, aks holda sen ham mana shu ehsonni oladiganlardan qilib qo'yishing mumkin edi.
Tushuninglar, birodarlar. Ehson berishni va ehson olishni insonning aql zagovodiga aloqasi yo'q. Ehson qilibdi, demak qo'lida dunyosi bor ekan. Demak boy badavlat ekan, aql xushi joyida, shuning uchun boy bo'libdi, demanglar. Endi qo'li kalt ekan, ehson talab ekan, demak pul topa olmabdi. Esi past shekilli, shuning uchun kambag'al ekan demanglar. Chunki ehson qilish bilan ehson olishni aql zakovatga hech qanaqa aloqasi yo'q.
Nima nima deylar? Bu taqdir masalasi, bu qazoyi qadar Allohni xohishi. Shunaqa bir ilm ma'rifatli, aqlli, xushli insonlar borki, Alloh uni rizqini tang qilib qo'ygan. Taqdir. Ehson olishga majbur, yordam so'rashga majbur. Yana shunaqa bir odamlar bor. Ilm ma'rifatdan umuman xabar yo'q.
Aql zakovati ham o'rtachadan sal pastroq. Lekin bu abadavlat nima masalasi bu? Taqdir masalasi, qazo masalasi Allohni xohishi masalasi. Shuning uchun, agar sizga Alloh Taolo yaxshilik qilish imkoniyatini bergan bo'lsa, yaxshilikni qiling da, qalbingiz shukurdan erib ketsin. Shunaqa yaxshilik qiladiganlar qatoriga qo'shdi.
Shuning uchun birodar hokis ortur, kibrga ketma, men qildim dema, Allohni fazli deb tursang, shu qilgan yaxshiliging davomiy turadi, yaxshilik qilaverasan odamlarga. Al mandan bo'lgan robbimiz siz so'rashingizdan avval ham ato qilib qo'yaveradi. Hamma narsa Alloh Taoloning qo'lida. Minnat faqat Allohning haqqi.
Masalan, saxovatli, aql xushli, boy ota qish kelganda, sovuq tushganda, farzandini ustida mana shu qishlik kiyimi yo'qligini ko'rsa, nima qiladi? Ovoz so'rasin, keyin olib beraman deydimi? Nima deydi?
Bu ota farzandi menga to'n olib bering deyishini kutmaydi. Modomiki, bu ota komil insonmi? So'ramasa ham bolasidan olib beraveradi. Endi eng komil bo'lgan zot Alloh Subhanahu va Taolo bandasi so'ramasa ham ato qilib qo'yaveradi. Unaqa bo'lsa domla, ba'zida so'rasak ham bermayapti yu. Keldimi?
O'tgan darsimizda aytdik buni. E birodarlar, bu darslarchi? Bir yig'lab qo'yib, ha, mazza qilib qo'yib chiqib ketadigan darslar emas. Mana ikkita narsani tuzatib chiqib ketishimiz kerak. Nimani tuzatishimiz kerak? O'lchov tushunchani. Duoyingdan oladigan ulushing, Allohga bog'lanishing.
Qaytaraman. Duodan sen oladigan ulush Allohga bog'lanishliging. Duodan oladigan ulushing albatta ijobat bo'lishi emas. Ijobat bo'lishing ham mumkin duoying, ijobat bo'lmasligi ham mumkin. Bu emas asosiy ulush. Asosiy ulush muhimi Allohga bog'landing. Alloh taolo al karim bo'lgan zot. Alloh taolo saxovatli, al javob bo'lgan zot. So'ramasang ham ato qilishini taqozo qiladi bu sifatlari. Ammo so'rasang ham bermadimi? Demak, shu so'ragan narsangda senga foyda yo'q edi.
Tushunarlimi? Duo qilsang ham bermadimi, demak, shu suragan narsangda senga yaxshilik yo'q ekan. Chunki siz nima deyapsiz? Robbana, atina, fit dunya, hasana, va fil aqiroti hasana, va qiyna adabannar deyapsiz. Parvardigor bizga dunyoda ham yaxshilikni ber, oxiratda ham yaxshilikda ber deyapsiz a? Endi bermadimi, demak bermaganida yaxshilik bor ekan. Tushunarlimi? Albatta Alloh Taoloning bir qudrati, ilohiyasi, hikmati, mana siz yomon degan, siz zarar degan, bu minus degan narsani orqasida hikmat bor. Siz tushunmaganingiz uchun buni minus deyapsiz. Masalan, bug'doy pishadi, mana, shu non mahsulotlarimizni asosi. Insonni jasadida qanaqa bir vitaminga yoki mineralarga ehtiyoj bo'lsa, bug'doyda bor ekan.
Bug'doyda qopga solib, besh yilga ilib qo'ysangiz, nima bo'ladi bug'doy? Nima tushib ketadi? Mingta tushib ketadi, qurt tushib ketadi a? Xo'p, uzoq saqlay olmaysiz, bu yaxshilikmi, yomonlikmi? Yomonlik deb o'ylaysiz. Chunki masalan, o'sha tillani bosib qo'ysa, ming yil ham turaveradi. Bug'doyni mingta tushunib ketishligi, qurt tushunib ketishi yaxshilik ekan. Nimaga desangiz? Agar bug'doy yillab yillab turaveradigan narsa bo'lsa, puldorlar bug'doyni bosib, bosib, manipulya qilib, qimmatchilik bo'lib ketar ekan.
Endi tushundingizmi? O'sha mita tushar ekan, o'sha bug'doyni bosilib qo'yganlar uzoq ikki yilda nima qilish kerak ekan? Yoqangizni ushlaysiz, Alloh Taoloda hikmatiga qarab tur, birodarlar. Agar bug'doy o'sha bir aynimaydigan narsa bo'lsak, o'ylang nima bo'lar edi? Shuning uchun aytyapmiz, Alloh Taoloni har bitta ishida hikmat bor. Uni siz tushunmaganligi uchun yomonlik deb o'ylayapsiz.
Ana, so'rasangiz bermadi a? Yomonlik deb o'tyapsizmi buni? Demak yaxshilik ekan, birodar. O'shaning uchun mana ikkita narsani tuzating. Baxt nima edi? Baxt pulda emas. Pulni qanchaligida? Bu johillarni tushunchasi. Baxt birodarlar, rozilikda. Alloh bergan kuningizdan rozimisiz, siz eng baxtli odamsiz, shuni tushuning. Shuni tushuning!
Qulinglar humma malikal mulkiy tu'til mulkamand tasha va tanzil mulkam minman tasha va tu'ayzzumantasha va tu'tilumantasha biyadekal xoyr. Qarang. Parvardigor, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilasan. Istagan kishingdan bu mulkni olib qo'yasan. Istagan kishingni aziz qilasan, istagan kishingni xor qilasan, biyadikal xoyr. Yaxshilik seni qo'lingda. Oyatda biyadika shart demayapti, yomonlik seni qo'lingida demayapti. Yaxshilik Alloh Taoloning qo'lida. Alloh bandalarga yomonlikni ravo ko'rmaydi, lekin bandalar o'zlari so'rab oladi. Man asobakunmi musibating fa bima kasabat aytiku va yafon katir. Nima musibat yetsin ustinglarga? Nima sizlarga yoqmaydigan makruh ish qilgan bo'lgan kelgan bo'lsa, o'zinglar qilgan ish tupanglar yetadi. Yana Alloh ko'pini kechirib turadi deb aytyapti.
Agar Alloh Taolo bandalarini qilayotgan ishlariga, deydi, sofvot so'rasida, o'rnida biriga bir jazo bersa, yeringizda biror narsani qoldirmasiz, deydi. Biz o'zi bundan ham yomon narsaga loyiqmiz. Robbimiz kechirib turadilar. Yuz tadan bittasiga jazo berib, qolgan to'qson to'qqiz tasini yumib turadi. Xo'p, minnat qilishlik Alloh Taoloning haqqi ekan. Istadibilla, vala tamnom, tas takdir. Berayotgan narsangizni ko'p sanagan holda ehson qilmang.
Hayotda shunaqa ham bo'lib turadi. O'zini aqlli sanagan, qo'shtirnoq ichidagi ayrim odamlar hozir deydi, falonchi kelib qolibdi, borib shunday xizmatini qilib qo'y. Senga foydasi tegadi deydi. Bor ozgina xizmat qilib qo'ysang, mashinangni olib yurib qo'yasan, mehmon qilib choy ichirib qo'yasanku, keyin bu qanaqa ehson bo'ldi bu? Bu ehsonmi bu? Ehsonmi bu?
Qarang, ozgina yaxshilik qilib qo'yib turib, evaziga bir narsa talab qiladi. Lekin Alloh Taolo esa, haqiqiy minnat qilishlikka haqli bo'lgan zot, Alloh Subhanah va Taolo, sizga hamma narsani berib qo'yadi da, evaziga hech narsani so'ramaydi. Ibodat qil demayaptimi? Ro'zot demayaptimi? Zakovat, sadaqa qil demayapti mi? Evaziga so'rayaptimi? Yo'q, evaziga so'ramayapti. Alloh taolo ibodat qil deb buyurgan bo'lsa, bu o'zingizni foydangiz, birodar.
O'zingizni poydangiz. Birni ber, o'nda olasan deyapti. Allohni yo'lida qilgan infog'iylar yerga tushgan bir dona bug'doyga o'sha deyapti alloh taolo. Bir dona bug'doydan yettita boshoq chiqadi, hali bitta boshoqda yuz tadan don bor, yetti yuz barobar bo'lyapti. Alloh xohlagan bandasiga yana ham ko'paytirib ziyoda qilib beradi deyapti. Shuning uchun biz qilayotgan ibodatimiz alloh taolo bergan narsani shukrni ado qilishiga yetmaydi va shukrni adoq qilolmaymiz ham. Biz qilayotkan ibodatimiz kim uchun? O'zimiz uchun. Bilib qo'yinglar, jannatga hech kim amali bilan kira olmaydi.
Va la anta, yo rasululloh, sizni ham amalingiz jannatga kirib ketishligingizga yetmaydimi, yo rasulullo? Yo'q, meni ham amalim yetmaydi. Jannatga allohni rahmati bilan kiramiz. Endi qilgan amallarimiz jannatdagi darajamizni belgilaydigan narsa. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam muozim jabal roziyallohu anhudan so'rayaptilar. Ya'mod, har tadriyema haqqullohi alal aybat, emas.
Allohning bandalari ustidagi haqqi nima ekanligini bilasanmi? Allohni nima haqqi bor bandalarni ustidan? Muozim jabbal aytadi, alloh va uning rasuli bir uchiroq. Shu savolni ikki yoki uch marta so'radilar. So'ngra Rasululloh o'zi javob berdilar. Allohning bandalari ustidagi haqqi, unga ibodat qilishlari. Allohni haqqi, biz unga ibodat qurishimiz. Endi ikkinchi savol. Yomon, ha'l tadri ma haqquli aybadi alallohideh fa aludalik. Agar bandalar shuni qilishsa, Allohga ibodatni qilishsa, bandalarni Allohni ustida qanaqa haqqi bo'ladi, bilasanmi?
Alloh rasul bo'luvchi deb javob berdi. Payg'ambarimiz o'zi javob berib aytdilar. Agar ular o'shani qilishsa, yolg'iz Allohga ibodat qilishsa, Alloh ularni azoblamaydi. Agar biz Allohni o'ziga ibodat qilsak, bizni azoblamasligi, bizni Allohni ustidagi haqqimiz bo'ladi. E'tibor bering, mana shu hadisning ikkinchi qismi siz bilan bizni qalbimizga omonlik, xotirjamligini to'ldirib qo'yadi. Allohga bo'lgan muhabbatni, ishonchni to'ldirib ko'radi. Biz agar ofsiylik qilmasak, tavhidda tursak, gunoh ma'siyatdan qo'limizdan kelganicha tiyilsak, Alloh bizni azoblamas ekan. Ma yaf'alullohu bi adabiku in shakatur va aman turum deydi Alloh oyatda. Ey bandalar, nima qilaman men sizlarni azoblab? Agar shukur keltirsanglar, iymon keltirsanglar. Xulosa. Agar siz mo'min bo'lsangiz, shokir mo'min bo'ladigan bo'lsangiz Alloh sizni azoblamas ekan. Endi biz mo'min bo'lib turib ustimizga sinovlar, balolar, qiyinchiliklar, mashaqqatlar kelayotgan bo'lsa, demak, nuqson biz tomonimizdan.
Tushunarlimi? Payg'ambarimiz aytganlaridek, oyog'ingizni toyilib ketishimi, qayrilib qoldi oyog'ingiz? Yoki bir qo'lingiz qaltirab, qo'lingizdan teringiz tushib ketdimi? Yoki bir cho'p, daraxtni bir cho'pi teringizni shilvordimi, kiy bor, qilgan ishinglar sababli bo'ladi deyaptilar. Musibat deganda, o, katta balodni tushunmanglar. O'sha sizni ko'nglingizga yoqmaydigan mayda ishlar ham qilgan ishinglarni tufayli bo'ladi. Vaholanki Alloh Taoloni kechirib yuboradiganlari gunohlarini ichida bundan ko'ra ko'proq bo'ladi deydi.
Agar birodar Allohni yaxshi ko'rsang, unga itoatda tursang, xolis bo'lsang, bandalarni haqqa da'vat qilsang, halolikni xizmatida tursang, ularni qo'rqitmasang, haqini ado qilsang, haqlarini yemasang, ehsonli banda bo'lsang, muhabbatiga erizsang, iymonli va shokir banda bo'lsang, Alloh seni hargiz azoblamaydi. Chunki sen, birodar, o'zingni boyligingni boshqalarni faqir qilish ustiga qurmagansan. Chunki sen o'zingni azizligingni bosh qalarni xorlash ustiga qurmagansa, ularni qalblariga qo'rquv solmagansan. Shuning uchun, agar sen muhsing, shokir, mo'min bo'ladigan bo'lsang,alloh seni yaxshi ko'radi.
Senga bo'lgan muhabbatni Alloh Taolo halol qini qalbiga joylab qo'yadi. Aqulu qovli ha'da va astag'firullohu alayhi valakum. Innallohi va malaka tahui salluni ala nabiy. Ya yu halladina amanu sollu alayhi va sallimut aslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.