Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu anasta aynuhu anasta ofiru va na'udh billahi min ash g'urur ya'nfu sina omin sayyi'ati amalina, man yahdihillah hufara muddiyla la va man yug'ilil hufara hadiyala. Mana shadalloh ilohi illalloh va hidahular sharikala. Mana shadoh anna muhammadan abduhu rasuluh. Amma ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'lim va barakatu. Alloh azza va jallaning go'zal ismlaridan almannan ismini dars qilayotgan edik, davom etkazamiz.
Alloh taologa da'vat qilishlik har bir mo'minning zimmasidagi farz amal. Mana alloh taolo aytdi laqod manna allohu alal muminina id ba'ta fihim rasulun. Mo'minlarga alloh taolo o'zlaridan bo'lgan, ya'ni odam jinsidan bo'lgan insonni payg'ambar qilib yuborishligi bilan juda ham katta in'om qildi. Juda ham katta minnati bo'ldi.
Va mana shu payg'ambarga ummat bo'lgan siz bilan biz u zot sollallohu alayhi vasallamning ishini davom ettirishimiz kerak. Bir birimizni haqqa da'vat qilishimiz kerak. Amru ma'ruh nahi mukarr qilishimiz kerak. Ammo ba'zida bu narsani unutib qo'yamiz. Allohni diniga da'vat qilish har bitta musulmon bandaning zimmasidagi farz amal. Ammo ba'zini unutib qo'yyapmiz bu narsani.
Allohni azobidan qutulish uchun birodarlar, biz bir birimizni haqqa vasiyat qilishimiz kerek. Mana hozir haqqa vasiya qilyapmiz bir birimizni. Astaydubillah, val asr. Innal inson alafi xusur. Alloh taolo aytyapti, asrga qasam. Asrga qasom, albatta inson ziyon baxtsizlikdadir. Mana shu asr surasi bo'lsa, boshqa suralar bo'lmasdan. Yetar edi biz uchun deyiladi. Ulamolar shunday deyishadi. Agar asr surasidan boshqa sura bo'lmaganida, biz uchun yetar edi deydi. Qur'onni to'g'ridan bir ma'nosi bor deyiladi mana shu surada.
Inson nima edi? Inson vaqt. Inson umr. Umr nima? Umr bu yillar, oylar, haftalar, kunlar, soatlar, daqiqalar, soniyalar. Sekundiz, minutiz, soatingiz, oyiz o'tdimi? Demak bir qismingiz o'tdi. Alloh taolo qasam ichib aytyapti. Inson ziyon zahmatdadir.
Dunyoga kirdi yutkazdi. Mana shu ziyondan qutuladigan odamni to'rtta sifat. Faqat dedi Alloh Taolo, quyidagi to'rtta sifa kimda bo'lsa, shu ziyondon omonda. Diqqat qilaylik. Biz ham shu dunyoga kirdik. Binobarin shu ziyonga biz ham kirdik. Endi shu ziyondan qutilishni, Alloh Taolo yo'lini ko'rsatyapti. Faqat to'rtta sifati bor odamlar bu ziyondan omonda. Birinchisi, illalladina amanu. Faqat iymon keltirgan bo'lsa, bo'ldimi? Yo'q, yana bitta sifat bor. Va amilus soliha. Solih amal qilgan bo'lsa. Bo'ldimi? Yana bitta sifat bor. Vatova asav bil haq. Bir birini haqqa chaqirsa, bo'ldimi? Yo'q, to'rtinchisi bor. Vatavals obi sobir. Va sabr qilsa mana shuni yo'lida.
Iymon, solih amal, bir birini haqqa chaqish, sabr qilish. Shu to'g'ri sifat bo'ladi, siz shu ziyondan omondasiz. Aks holda, ziyonni ichidasiz. Shuning uchun birodar, bu borliqni yaratgan Alloh Subhanahu va Taoloning so'zi. Bunda o'ylanib, ikkilanib o'tirib bo'lmaydi. Iymoningiz bor, alhamdulillah. Solih amalingiz bor, qo'lingizdan kelgancha. Alhamdulillah. Endi mana ikkita narsa qolyapti. Biz be'etibor bo'layotgan. Bir birimizni haqqa chaqirish va sabr qilish. O'sha mashinani olib qo'y deyish haqqa cha qirish bo'ladi. Sassa o'sha odam, unga chidash nima bo'ladi? Sabrga kiradi. Mana bu ikkovi bilan qutila olmaymiz. Va keyingi ikkitasi ham kerak. Chekkaroq olib qo'y mashinangni deyish. Bo'ladimi, bo'lmaydimi? Menga nima deyishni boshlagan kunimiz, ummat sifatida birodarlar orqaga ketishni boshlanganimiz bo'ladi. Menga nima deydi? O'lib ketmaysanmi deydi.
Da'vat qilishlik, demak, farz, har bitta musulmonga. Amru ma'ruf, nahiymi inkor qilishdik, farz. Lekin juda ko'p musulmonlar da'vat qilish bu domlalarni, olimlarni ishi, meni ishim emas, degan tasavvur bilan yashayapti. Bu noto'g'ri. Men tirikchiligim bor, ilmim yo'q da'vat qiladigan, ilm o'rgangan imkoniyatim yo'q. Shuning uchun da'vat meni ishim emass deydi, bu katta xato. Birodar, senga hech kim aytmayapti bir chekkadan katta ilmlarni o'qi deb. Chunki u katta ilmlarni o'qishlik hammaga farz emas. Musulmonlardan bir qismi shu katta ilmlar bilan mashg'ul bo'lsa, qolganlardan soqit bo'ladi.
Da'vat qilish uchun juda ham katta ilm bo'lishi shart emas. Nimani bilasan? Namoz o'qish kerakligini bilasanmi? Da'vat qil, shu ilmni bilasan. Tahoratni bilasanmi? Da'vat qil, shu ilmni bilasanmi. Ramazon kelganda ro'za tutish farzligini bilasanmi, bilganingga da'vat qil. Bo'ladimi shunaqa qilsa? Alloh taolo hech qaysi bandani toqatidan tashqari ishga buyurmaydi. Bir narsani buyuradimi? Demak, qila oladi. Birodarlar, qaranglarda. Mana qirqta farz bor a Islomda?
Iymon Islomda beshta, iymonda yettita, namozda o'n ikkita, tog'orot. Mana shu farz amallar, hamma qilishi shart bo'lgan amallar qiyin emas. Agar qiyin bo'lganida, hammaga Alloh Taolo farz qilmas edi. Modomiki hamma uchun farz deyildimi, demak hammani toqatidagi narsa. Amri marun naimul karham mana shu qirqta farzi bittasi. Ilmiy yetganicha da'vat qil. Ma'qulmi? Masalan, bir ma'ruzani eshitding, ta'sirlanding, xulosani olding. Shu xulosani gapirishni ham da'vat bo'ladi. Ayolingga, farzandlaringga, do'stlaringga, qo'shnilaringga. Chunki Payg'ambarimiz aytganlaridek, biror bir qavm, bir majlisda o'tirib, ovvoni zikr qilmasdan turib ketishsa, shu majlisda ovqat yeyishgan bo'lsa, eshcheyini go'shtini yeb turgan bilan barobar bo'ladi. O'tiradi siyosat, o'tiradi g'iybat, o'tiradi nahnavo, bir marta Bismillah Allohu Akbar deyilmaydi, eshcheyni go'shtini yegan bilan barobaraveradi. Yana bitta majlis bor. Ovvoni eslashadi. Jannatni eslashadi, hadisni eslashadi. Payg'ambarimiz aytadilar, mana shu bandalarni, ilm majlisida o'tirgan bandalarni, farishtalar o'rab oladi.
Rahmat ularni qoplaydi. Ustiga sakinya tushadi va bu bandalarni Alloh o'zini huzurida zikr qiladi. Demak, sen ham da'vat qilishing kerak, ilming yetgan joyigacha. Va anzir ashirot akalar quroling, yaqin qarindoshlaringizni ogohlantiring. Buni hikmati nima? Mana da'vatni eng yaqinlaringizdan boshlaysiz. Ayolingiz, farzandingiz, aka ukalaringiz. Namozda, farzandlar deb yurasiz, haromdan qaytarasiz. Nimaga avvalambor qarindoshlaringni deyapti? Chunki qarindoshlarni bilan seni o'rtingda parda yo'q. Yur matishga olib boraman, yur darsga olib boraman yur kitobni o'qiymiz desangiz, u sizdan cho'chimaydi, sizni taniydi da.
Endi begona odam yurmoq kitobda o'qiymiz, yurt dastxoniga olib boraman desa, tanimagan odamdan nima bo'ladi, hayiqishlik bo'ladi. Ana shu amru marv nahimulkar masalasida umuman ilmi yo'q odam ham da'vat qilishi mumkin. Qanaqa qilib? O'sha ma'ruza yozilgan bitta kasset edi, yoki bitta disk edi. Oldi, eshitdi, foydalandi, endi shu diskni o'nta qilib ko'paytiradi da. Jo'ralarga tarqatadi. Shu ham da'vatmi?
Aka ukalar yig'ilgan paytda, mehmondoshlik bo'ldi uyda, ketayotganda bittadan qo'liga shu kassetani ushlatib qo'yadi. Borib eshitinglar. Shu ham da'vatmi? Haligilar eshitib bo'lishdi. Foydalanib bo'lishdimi? Yig'ib oladi da, yana boshqalarga tarqatadi! Bu ikki og'iz gapni chiroyli eplab gapira olmaydigan odam qila oladigan ish. Endi bu farzni bajardimi? Alloh yaxshi ko'rib, o'zini valilardan solasa, ikki dunyo saodatiga erishadi, barakot topadi.
Muhammad alayhissalomning insonlarga yuborilishligi Alloh Taoloning eng katta in'omi bo'ladi. Mana Alloh Taolo aytadi Qur'onda, astaydu billah laqodi manna allohu alal mu'minin. Albatta Alloh mo'minlarga ato qildi, yaxshilikni in'om qildi. Eng katta yaxshilik Muhammad alayhissalomning payg'ambar bo'lib biz oramizga kelishligi.
In'om, alman, ulkan ato. Birodarlar, bu yengil narsa bo'lmaydi. Ozgina xizmat, ozgina dunyo matohi, ozgina yordam, bu alman deyilmaydi. Ulkan in'om, ato deyilmaydi. Shuning uchun aytamiz, siz birovga katta bir hovli joyini shunday hadya qilib qo'ydingiz.
Katta narsa. U falon ming dollarlik imorat. Odamlarni ko'zida katta narsa. Yoki kattaroq bir tijorat boshlamoqchi edi, biznes, siz bir chamadon pul berdingiz. Bu ham alman deyilmaydi. Dunyodagi katta ishini bitkazib berdingiz. Bu am alman deyilmadi, ato deyilmadi. Sababi, bu biz aytgan uy, boyagi chamadondagi pul yoki boshqa dunyo matohi, inson o'lishi bilan dunyoda qolib ketadi. Inson qabrga o'zi kirib ketadi.
Siz o'ldingiz, yerni betida qoldimi u narsa? Demak u alman deyilmaydi. Haqiqiy ato, haqiqiy alman siz bilan qabrga ham kiradi, oxiratda ham yoningizda bo'ladi. Tushunarli bo'ldimi? Shuning uchun aytyapmiz a, birodarlar. Haqiqiy ato, haqiqiy alman bu Alloh tomonidan bo'ladi. Insonni o'limi bilan tugaydigan narsalar ato deyilmaydi, alman bo'lmaydi.
Odamlarni ko'zida katta mansabdor bo'lish, katta boy bo'lish, mashhur bo'lish, shon shuhratga ega bo'lishlik. Bu narsalar insonni o'lim bilan davomiga yetadimi? Demak, ato emas bu. Ha, Alloh katta olganda buni zuvolasini qara. Yegani oldini yemagani ketida. Qayoqqa uzatsa qo'li yetadi. Lekin ibodati yo'q, dindan uzoq. U eng faqir odam deyiladi.
Kapanni cho'ntagi bo'lmaydi a? Ipekka o'rab ko'mganini ko'rganmisizlar bironta bir prezident yoki boyni? Hammani surib ko'raydimi? Hammani qabrini bir xil oladimi yo kafillashtirib chiqadimi qabriga ham? O'lim bilan tamom bo'lgan narsa, alman deyilmaydi. Allohni atosi alman, o'lim bilan tugab qolmaydi.
Shuning uchun Ali ibn Abit Tohib roziyallohu anhu aytgan edi, haqiqiy boy va haqiqiy faqir Allohga ro'baro' bo'lgandan keyin aniq bo'ladi. Kimni haqiqiy boyligi, kimni haqiqiya kambag'alligi qachon bilinar ekan? Alloh taologa ro'baro' bo'lganingizdan keyin. Shuning uchun birodarlar, anavi Zayd boy, anavi Amr faqir demanglar. Chunki bizni tushunchamizda, bizni tasavvurimizda, bu dunyoyimizda boy kambag'al deyilyapti. Lekin Allohni oldiga borganda ko'ramiz.
Sulaymon alayhissalom Allohni eng yaxshi ko'rgan bandalaridan, payg'ambarlardan, u kishi unaqa podshoh bo'lmaydi. Mendan keyin hech kimga nasib qilmaydigan mulkni, saltanatni bergin deb so'ragan edi. Jinlar xizmatida bo'lgan. Parandayu daranda hayvonlarni tilini tushungan. Hammasi So'raymon alayhissalomni qo'shini, armiyasi bo'lgan. Lekin shu kishi vafot etgandan keyin deyiladi, jannatga kiradi, payg'ambar u kishi. Hamma payg'ambarlar kirib bo'lgandan qirq yil o'tib, keyin kiradi. Kiradi baribir. Nima uchun hammadan keyin kiradi? Hisob kitobni og'irligidan, hisob kitobni qiyinligidan. Shuning uchun inson dunyoda kambag'al bo'lganiga xafa bo'lib yashaydi. To'g'ri, kambag'albo'lgandan ko'ra badavlat bo'lgan yaxshi. Lekin kambag'alga qiyomat kunida quvonadi.
Shunday bir shirkatlar bor. Ustavnoy kapitali ancha muncha mamlakatdan ko'ra kattaroq boyligi. Konsernlar, korporatsiyalar bor. Egalari shunaqa bir katta boy. Ammo ana shu puli har qancha katta bo'lmasin, qabrga quruq kelishadi. Mana ko'p takrorladik. Mana bu Apple kompaniyasini asoschisi Steve Jobs ellik olti yoshida o'lib ketdi. Sakkiz milliard dollar qoldirdi.
Sakkiz milliard dollarni to'plab qo'ygan odam oshqozon osti bezini saratonidan rakidan o'ldi. O'lim oldi aytgan gaplaridan o'lim degan haqiqatni oldida meni to'plagan obro'yim, qilgan tijoratim, topgan boyligim sariq chaqaga ham arzimas ekan deb dodda bo'lib ketdi. Shuning uchun birodarlar, haqiqiy boy va haqiqiy kambag'al Alloh Taologa ro'baro' bo'lingandan keyin bilinadi.
Qabrga yolg'iz kiriladi. Eng katta yutuq, eng katta g'alaba, eng katta muvaffaqiyat Alloh Taologa itoat qilishlik bilan qo'lga kiritiladi. Mana, yutdi shu odam deydi. Yo yutkazdi deydi odamlar. Katta foyda qildi, yoki katta zararga kirdi deydi odamlar, bu katta foyda va katta zarar odamlarni nazarida katta foyda bilan katta zarar.
Haqiqatdan u katta foyda katta zararmi? Siz foyda deyotgan narsani Alloh foyda deganmi? Siz katta zarar degan narsani Allohni zarar deganmi? Mana shu narsa bizni qiziqtirishi kerak. Astag'firulloh. Va men yutu'illoh havo rasulullohu faqat faza favzana aviyman. Kim Allohga itoat qilsa, uning payg'ambariga itoat qilsak, baxt u ulkan yutuqqa, baxtga erishibdi.
Eng katta yutuq deb Alloh Taolo nimani aytdi bu yerda? Dunyo matohinimi? Itoatni aytyapti. Kim Allohga va Payg'ambarga itoat qilgan bo'lsa, eng katta yutiqqa shu odam erishibdi deyapti. Itoat qilyapmizmi? Alhamdulillah robbil alamin. Ana shu itoatimiz qanchalar yuqori bo'lsa, qanchalar taqvoyimiz baland bo'lsa, Alloh aytayotgan yutuq shunga yarasha bo'ladi.
La ilaha illalloh muhammadur rasululloh dedik, umrimizda bir marta ixlosi bilan ishonib, musulmonlar safiga kirdik. Endi buni buyog'iga taqvoyimiz va ta'otimizga qarab turib, yutug'imiz belgilanadi. Kim ertalab Payg'ambarimizga yuz marta salovat aytdi? O'ziga savol bersin. Kim ertalab turib yuz marta la ilaha illalloh dedi? Kim ertalab, mana peshingacha la ilaha illallohn vahdahular sharikala la hul mulku vala hul hamdu vahhu va hala kul lishayin qodir deb yuz marta aytdi.
Aytganlar yutuqda bugun. Aytmaganlar yutkuzda. Kunimiz shunday o'tyapti. Shuning uchun yutuq deganda, qimmat mashinani minib, qimmat telefonni ushlab, imoratni hashamatli solib qo'ygan bo'lsa, buni yutuq demaylik. Kim Allohga va Payg'ambarga itoat qilsa, mana shu odam katta yutuqqa erishibdi deyapti. Kim aytyapti buni? Alloh Taolo aytyapti.
Favzun adim ulug' baxt deyapti Alloh Taolo. Odamlar ham aytishadi shu so'zni. Ulug' baxt, bu yutdi deydi. Endi Alloh ulug' baxt degan so'z bilan odamlar ulug' baxt, degan so'z bir xilmi? Buni tushunish uchun bir misol aytamiz.
Katta mablag'. Bu necha pul bu? Menda ko'p pul bor deyapti birov. Necha pul bo'lishim mumkin? O'sha pulni menda ko'p pul bor deyotgan odamni kimligiga qarab turib belgilaymiz summasini. Masalan, hayit bayram bo'ldi, qarindoshlaridan hayitlik oldi. Olti yashar bola aytadiki, menda katta pul bor deydi. Men rosti ham pulim ko'p deydi. Necha pul bo'lishi mumkin u?
Ikki ming so'm bo'lishi mumkan. Katta pul uchun, olti yashard balo uchun. U ham katta pul. Kim uchun katta pul u? Yosh bola uchun. Endi bir rivoj topgan, taraqqiy topgan mamlakatda prezident aytdi. Iqtisodimizni rivojlantirgani katta mablag' to'plab qo'ydik dedi. U qancha pul bo'lishi mumkin? Milliardlagan dollar bo'lishi mumkin. Qarang, bir xil aytilgan so'z. Katta pul. Yosh bola gapirsa ikki ming so'm bo'lyapti. Boshqa prezident aytadigan bo'lsa, katta mamlakatni prezidenti, milliyatlar bo'lyapti. Shuning uchun mana shu odam yutuqda deb odamlar aytganda, bu odamlarni nazarida yutuq. Endi Alloh Taolo aytyapti, kim Allohga va Payg'ambariga itoat qilsa, ulkan yutuqda deyapti.
Yutuqda ekanmizmi birodarlarmiz? G'arb ko'rsatishadi, shart ko'rsatishishadi. O mingan mashinalarni qara. Supermarketlarni qara. Monja oylik olar ekan bir oyda. Mazza qilyapti da shular. Shularni zuvorasini katta uzganda, zo'r deb havas qilyapmiz. Mana shu gapni gapirayotgan paytimizda, mo'minligimiz sal esimizdan chiqib qolyapti da.
Birodarlar, zo'r yashayapti dunyoda deganda, biz iymondan kelib chiqib turib gapiraylik. Allohni taniydi. Allohni bitta deb biladi. Farzlarni bajaradi. Xoromlardan tiyilgan. Qo'lidan kelgan nafir amalda qiladi. Shu odam eng katta yutuqdagi odam. Uni mashinasi, uni dunyosiga qaramanglar. Chunki Alloh yutuq deyotganda, nimani aytyapti? Dunyonimi?
Nimani aytyaptini? Alloh rasuliga bo'lgan itoatni. Shuning uchun, birodarlar, faudun adin, ulug' baxt deganda, biz iymonni taqvoni, amalni tushunamiz. O'lim bilan tamomi yetadigan narsa Allohning in'omi, atosi, alman deyilmaydi. Allohning in'oni, atosi, almon siz bilan qabrga ham birla kiradi.
Odamlar dunyo matohini katta narsa deb bilishadi. Dunyoni boyligini hayotning bir orzusi mazmuni deb bilishadi ba'zi bir odamlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar, imom muslim keltirgan hadisda lav ka'nat dunya ta'dilu ayni dallohi jana ha va audoting ma saqo kafiran minhas sharbatama.
Mana odamlar uni orqasidan quvvatlab yurgan dunyo matohi, boylik, dunyo matohi. Rostdan aytadilar, agar bu dunyo uni ichidagi matohi Alloh uchun chivinning qanotuchalik qadri bo'lganida edi, undan kofirga bir qo'ltum ham bermagan bo'lar edi. Chivin o'zi qancha vazni bor? Endi uni ikkita qanotini bittasi, uni qancha vazni bar. Umuman ustingizga tushganini ham bilmaysiz, ustingizdan uchib ketganini ham bilmasiz. Allohning nazdida dunyo matohi boyligi kishiminni qonachalik qadri bo'lganida, kofirlar u dunyodan olishmasin deydi. O'shaning uchun o'lchov tushunchalarimizni to'g'rilab olaylik. Eng katta yutuqda kim ekan? Mo'minlar ekan.
Demak, Muhammad Mustafao sollallohu alayhi vasallamning bizni oramizga yuborilishliklari Alloh Taoloning eng katta in'omi bo'ldi. Astaydubillah. Laqod manna allohu alal mu'minina id ba'ta fihim rasulun min anfu sehim. Albatta Alloh mo'minlarga o'zlaridan bo'lgan payg'ambarni yuborishi bilan in'om qildi, ato qildi, yaxshilikni berdi. Endi, Muhammad alayhissalomni kelishiga eng katta yaxshilik ekan. U zotni ishi nimadan iborat edi? Yatlu alayhim ayatihi. Allohning oyatlarini ularga tilovat qilib beradi. Dalillar, oyatlar, hujjatlar. Voy yualli muhimul kitob. Ularga kitobni ta'lim beradi.
Odamlarni ko'plari g'ofil bo'lgan narsalarni eslatadi. Birodarlar Qur'ondagi oyatlar bu Alloh Taoloning azamatiga, qudratiga dalolat qiladigan belgilar bilan to'lgan. Insonlarni bu Qur'on yuzlagan oyatlarda tafakkur qilishga, aql ishlatishlikka chaqiradi. Astayribillar? Innafi xolqis samavati val avdiy vaxtilar fillayli va nahariy la ayyati li ulil albani. Albatta, osmonlar va yerni yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida aql egalari uchun Allohni borligiga dalolat qiladigan oyat alomatlari bor.
Biz shu darajada atrofimizdagi bu narsalarga ko'nikib ketganmizki, kunni chiqib botishligi qanaqa bir ulkan mo'jiza ekanligini qarab ham qo'ymaymiz. Biror marta uyqudan voz kechib, yo'q ramazon kelyapti, turamiz. Saxal edi qilib turiblar, ozonda eshituv, gup etib yotib olmasdan, bir tola joyga chiqaylik, keng joyga. Kunni chiqishligini bir kuzatib ko'ringlarda.
Yoki bir tog'ni ustiga chiqib turib, kunda botishligini kuzatib ko'ring da. Mo'jizaki, uyog'i yo'q. Mana mana bu svet. Kechqurun svet yorug'ida o'tiramiz, tappa to'yishib qolsa, stress ko'zimizga. Hech narsani ko'rmay qolamiz. Keyin loppa yonsa, yana stress. Lekin Alloh Taolo bu kun bilan tunni shunaqa almashtirib qo'yadiki, sezmaydi ko'zingiz.
To'g'rimi? E, qish kelyaptimi deysiz? Qor yoqqanda. E, o'ri gullabdi, bahor kelibdimi deysiz. Shunaqa bir sekinlik bilan almashadiki, insonga malol kelmaydigan. Bu ham Alloh Taoloning oyat alomati. Mana shu tafakkur qilgan odam, tafakkur qimayotgan odamdan farqi bor. Meva cheva sotadigan do'konga kiring da, prosta kuzating da.
Bananni, olmani, onorni, uzumni shaklini, rangini, hidini, ta'mini va pishishlik uslubini. Bitta shingili yuzta yuzta dona uzum. Bitta bitta boshoqda yuzta nima? Bug'dek. Endi tasavvur qilinglar, torg'iz shtochniy pishgandaqa bug'dek ham shtochniy peshganida.
Yer yuzini hamma joyi ekinzor bo'lar edi. Bitta boshoqda, bitta buvday, tasavvur qiling. Somoni ko'p bo'lib ketadi da buvdaydan ham. Shu o'ylab ko'ringlar da. Yo'q, o'ylanmaymiz da. O'shaning uchun innama yaxshi alloha, meni aybadixil ulama, deydi alloh taolo. Bandalarni ichida allohdan kim ko'proq qo'rqadi? Kim chinakamiga qo'rqadilar? Olimlar.
Olim deganda albatta biz katta kitob o'qigan, katta allomani tushunamiz, lekin ozgina tafakkur qiling da borliqqa qarab turib, siz ham olim bo'lasiz. Alladina yadguru nalloha qiyama va quvudan va ala junubihim. Va ya tafakkuruna fii xolqi samavati val ardu. Robbana ma xolaqutaha va ba'tilan subhanaka faqina adaban nar. Alloh taolo mana shu borliqqa qarab fikr qiladigan bandalarni maqtab aytyapti. Qarang chi, sizda bormi shu narsa?
Nima qiladi ular? Ular turganda ham, o'tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydi. Hamda osmonlar va yerni yaralishi haqida tafakkur qilib aytadiki, ko'rib, qoyil qolgandan keyin, aqllari lol qolgandan keyina aytadiki, Parvardigor, bu borliqni sen behuda yaratganing yo'q. Sen behuda ish qilishingdan poxodsan. O'zing bizni jahannam azobidan asragin.
Qo'ling zo'r u ma'da fis samavati val avt. Alloh taolo aytyapti, ayting, osmonlar va yerdagi narsalarni kuzatinglar. Vakala buyruq bu. Buyruq. Hozirgi davrda musulmonlarning katta qismi din, islom deganda faqatgina namozni, ro'zani, zakyotni, hajni, shioriy ibodatlarni tushunadi. Ularni nazarida islom faqatgina shu. Namoz o'qib qo'ydi, ro'zani tutib qo'ydi. Ko'chada bilganini qilsa bo'laveradi.
Islom hayot uchun tafsiliy manhaj. Har bitta qilayotgan ishingizda, har bitta bosayotgan qadamingizda islomni ko'rsatmasi bor. Iymon axloqdir. Iymon xulqdir. Musulmonlar xabashistonga hijrat qilib borishganida, mana qurash mushriklari amr ibn al osni xabashistondan musulmonlarni qaytarib olib kelishligi uchun yuborishdi.
Najjoshiyning oldida Qurashni elchisi va musulmonlar turarkan, Najjoshiy so'radi musulmonlardan dinni nima dedi. Sizlar olib kelgan din nima dedi? Shunda ja'fariddin abitoliy, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari nima deb javob berdi? Ayyuha'l malik kun na qoman ahla jahiliya, na abudul asnam. Ey podshoh, qarang, sahobani nazarida din nima?
Ey podshoh, biz butlarga ibodat qiladigan johil qavm edik. O'laksalarini yer edik, faxsh ishlarni qilar edik, qarindoshchilikni uzar edik, qo'shnichilikni yomon qilar edik. Oramizda kuchlilar, kuchsizlarni yer edi. Alloh taolo oramizdan biz uni nasabini, rozgo'yligini, omonatdorligini va iffatini tanigan bir kishini payg'ambar qilib yuborgani uchun shunday holatda turdik. Qarang, bu sahoba nima deyapti?
Dinni xulq deyapti. Yolg'onchi musulmon bo'lmaydi. Xiyonatkor musulmon bo'lsin. Va'dasiga vafo qilmaydigan musulmon bo'lingan. Ahdida turmaydigan musulman bo'lmaydi, rahm shafqatsiz musulmon bo'linmaydi. Mo'min musulmon degan odamda bunaqa yomon sifatlar bo'lishi mumkin emas. Axloqi go'zal bo'ladi.
Birodarlar, islom bu go'zal xulq. Magaziniga kirasan, klientni ko'nglini va pulini olishing uchun magazinchi maskani kiyadi. Nervich qilib turgan bo'lsam, keling aka deydi. Nima xizmat deydi. O'zi ichida bir vulkan otilib turibdi, lekin maskada bu. O'zi xohlamayapti haligini obslujit qilishni. Shef ko'rib turibdi kamerada.
Shirin so'z. Tashqariga chiqqandan keyin bu maskani ilib qo'yadi do'konga. Shuning uchun siz bilan bizni mana bu ochiq yuzliligimiz, shirin so'zliligimiz, muloyimlik va kechirimli bo'lishligimiz uyga borganda ham shunday turgan bo'lsa, bu axloq bo'libdi sizga. Agar uyga borganda u boshqacha bo'lib kelsa, u hunar ekan sizga. Shuning uchunga xulq bilan hunarni farqiga borib olaylik a. Bizda ko'proq qaysinisi bo'ladi odatda?
Shuning uchun sizni axloqingiz birodar, xotiningiz bilan, farzandlaringiz bilan qilayotgan muomalangizda ko'rinadi. Ko'chaga chiqqanda hammamiz axloqliymiz. Ma'qulmi? Qodir aflahamman, tazakka. Darhaqiqat, o'zini pokilagan inson najot topdi. Qaysi bir musulmon birodaring axloqi seni axloqingdan go'zal bo'lsa, uni iymoni ham seni iymoningdan baland ekan. Ehtimol qiroatni sendaqa qila olmas, ehtimol sendaqa masala qila olmas, e'timol sendaqay hayriya ehson qila olmas, ammo mo'min bo'lib turib, farzni bajarib, haromdan tiyilgandan keyin, axloqi sendan go'zalmi? Demak shu odam sendan iymoni ham go'zal bo'ladi. Albatta siz, ey Muhammad alayhissalom, go'zal xulq ustidadirsiz.
Dinimizni javhari, mag'zi mana shu go'zal xulq. To'g'risiz, pokiza qalb, omonatdorlik, avf, rahmat, kamtarlik va ikrom. Xiyonat yo'q, tana malomat yo'q, kibr yo'q, yolg'on yo'q, hasad, zulm yo'q. Aquli qovli ha da, va astag'firulloh ili valakum. Innallohi va malaka tug'i yu sollavna ala nabiy, ya yu halladina amanu sollallohu alayhi vas sa.