Bismillahir rohmanir rohim. Inda alhamdulillahi na'hmaduhu onas ta'inuhu onas taofuru va na'rufullahi min ash g'urur ya'nufusina va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillahi falah mu'g'illala, va man yudhililgu falah hadiyala, va na shadolla ilohi illallohu ahdahlal sharikala. Mana shuhrat anna muhammadan abduhu va rasuluh, anna ba'd, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'alib va barakatuh.
Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan o'qib dars qilyapmiz, birodarlar. Bugun ana shu go'zal ismlardan alloh taoloning al malik ismini suhbat qilgan bo'lamiz. Alloh Taoloning Al-Malik ismini Qur'on va Sunnatda vorib bo'lishligi. Alloh azza va jalining bu go'zal ismi Qur'onda ham, Payg'ambarimizning hadislari, Sunnatida ham juda ko'p vorib bo'lgan. Astaydubillah. U allohu la deyla ilaha illa huval malikul quddusu salamul mo'minul muhaymin. Hashir suras. U Alloh shunday zotdirki, hech qanday iloh yo'q. Faqat uning o'zi bordir. U yolg'iz podshohdir. Barcha ayb u nuqsondan salomatdir, omon qilguvchidir, ko'rib kuzatib turuvchidir, qudrat sohibidir, bo'yin so'ndirguvchidir. Mana al malik, hodishoh deyildi. Yana Alloh Taoloni al malik ismi ham bor.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan mana imomni termiziga yetdi degan hadis. Ana shu katta duoni bir qismiki, Rasululloh duo qilib aytadilar, allohimma antal maliku la ilaha illa anta, anta robbiy va ana abduk. Parvardigoru, albatta sen maliksansan, podshohsan. Sendan o'ziga iloh yo'q. Sen mening robbimsansan, men sening bandingman. Mana oyatda al malik ism zikr qilindi va Payg'ambarimizning hadislarida ham shu ism zikr qurildi.
Imom Muslim o'zining sahihlarda keltirgan hadisda, Rasululloh aytadilar, ya zilullohu ta'ala ila samay dunya kun la laylatin hina yamdi sulul sulaylil avval. Har kecha tunning uch qismini birinchisi bo'lganida, Alloh Taolo dunyo osmoniga tushadi va aytadi. Anal maliku an al maliku man zal lade yadauniy faz tajibula. Men al malikman, podshohman. Men podshohman, duo qiluvchi bormi? Buni duosini ijobat qiling.
Alloh Taolo dunyo osmoniga tushadi deganda, Alloh Taoloning o'zini azamati ulug'ligiga loyiq tushadi. Biz qanday bo'ladi, qanaqa qilib keladi, degan tafsilotlarga kelishmaymiz. Alloh Taolo tushadi deyaptimi payg'ambarimiz? Tushadi, u yog'iga o'tmaymiz. Al malik ismining lavozimlaridan o'zini mulkida hukmini o'tishi.
Bu borliq Alloh Taoloning mulki. Bu borliqning, koinotning podshohi Alloh. Uni hukmi doim joriy bo'ladi. Doim hukm o'tadi. Masalan, inson ham podshoh bo'ladi. Lekin insonni podshohligi bilan Allohninng podshohligini taqqoslab bo'lmaydi. Bir mamlakatda podshohi bor, hukmi o'tadi, lekin har doim o'tavermaydi.
Buyruq chiqaradi, kimdir qabul qiladi, kimdir qobil qilmaydi. Kimdir itoat qiladi, kim dir qilmaydi. Va podshohni iznisiz, podshohni ruxsatsiz ham ko'p ishlar sodir bo'laveradi. Bu insonning podshohligi shunaqada. Ammo Allohninng avloniga podshohligi, bu borliqda Allohninng iznisiz, ruxsatsiz biror narsa sodir bo'lmaydi.
Alloh bu narsani xohladimi, bu narsa hammani ustida joriy bo'ladi. Xohlaydimi bandalar yoki yo'qmi? Demak, al malik ismining lavozimlaridan alloh o'zini mulkida hukmi mutlaqo o'tadi. Hadis xuddi sizlarda shunday deyiladi. Ana malikul muluk va malikul muluk qulubul muluki biyadi.
Men deydi Alloh Taolo. Podshohlarning egasi va podshohlarning podshohiman. Podshohlarining qalblari meni qo'limda. Albatta bandalar menga itoat qilishsa, ularning podshohlarini qalblarini ularga nisbatan yumshoq va rahmatli qilib qo'yaman.
Podshohni so'kib bo'lmaydi. Chunki podshoh Alloh Taoloning yerdagi soyasi degan gap bor. Albatta bu majoz. Podshoh Alloh Taoloning yerdagi soyasi degani. Mana eshitdinglar hadis qudusiyni. Podshohlarning qalblari meni qo'limda. Agar bandalar menga yaqin bo'lsa, menga to'at bo'lsa, ana shu podshohlarning qalblarini yumshoq va mehribon qilib qo'yaman ularga nisbatan. Davom etamiz. Va innal ibadaida asovniy, havval tuquluv va mulukihima alayhim. Biz soati va niqmati. Va albatta bandalar, agar menga osiy bo'lishsa, podshohlarning kalblarini ularga nisbatan qahrli va nafrat g'azabli qilib qo'ydim. Shuning uchun podshohlarni qarg'ashlik bilan o'zingizni ovora qilmang. Ularga salohiyatni tilab duo qiling, bas ularning salohiyati sizlarning salohiyatingiz bilandir.
Tushunarlimi? Podshohlarni so'kib, podshohlarni targ'ashlikdan foyda yo'q. Chunki bandalar Alloh bilan bo'layotgan muomalasi taqvosiga qarab turib, ustilarida turgan podshohlar ularga muomala qiladi. Kama kuntun yuvallan alaykum deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. O'zinglar qanaqa bo'lsanglar, shunaqa odamlar sizlarni boshida bo'ladi derdi.
Haqiqiy podshoh al malik Alloh Taoloning o'zidir. Hamma narsa Uni qo'lida. Har kimsa va har narsaning tasarrufi ham, oqibati ham Uni qo'lidan. Inson podshoh bo'lishi mumkin, mana hozir aytdik. Va ka'na barohim malikun yahudu kun la safi'inatin g'osba. Mana Alloh Taolo insonni podshoh degan oyati. Kaf surasida aytadi Alloh. Ularning ortida barcha kemalarni talon taroj qilib tortib olayotgan bir podshoh boradi. Demak, Alloh ham al malik podshoh, inson ham podshoh bo'lishi mumkin.
Lekin podshoh insonning hukmi doim o'tmaydi. Va hamma ishning oqibati tasarrufi inson degan podshohni qo'lida emas. Ammo almalik bo'lgan, haqiqiy podshoh bo'lgan Alloh Taoloning qo'lida. Hamma narsa. Ko'zingiz ham, qulog'ingiz ham, nafas olishingiz ham, sog'ligingiz ham, qo'shningiz ham, shepingiz ham, pachimyoningiz ham, hammasi kimni qo'lidan?
Kimni qo'li? Alloh Subhanahu va Taoloni qo'lida. Shuni tushunish kerak. Agar hamma narsa Alloh Taoloni qo'llarida ekanligiga iymoningiz komil bo'lsa, hech kimdan ta'ma ham qilmaysiz, hech kimdan qo'rqmaysiz ham, hech kimdan nima qilmaysiz? Xavotir ham olmaysiz. Shuning uchun, birodarlar, inson La ilaha illalloh degan kalimani aytib turib, bunga mustahkam e'tiqodda bo'ladigan bo'lsa, hamma ish Alloh Taoloni ixtiyoridan tashqariga chiqa olmasligini bilsa, faqatgina Alloh Taoloni o'zi bilan ovora bo'lib qoladi.
Buni bir misol bilan tushuntiramiz. Musulmon banda haqiqiy almalik, podshoh Allohga yuzlanishi kerak. Misol. O'n etajlik baland qurilgan chiroyli imoratni tasavvur qiling. Bitta katta kompaniyani ofisi. O'n etajda ishlayotgan ikki yuz tami, uch yuz tami odam bitta kompaniyani ofisida ishchiladi. Uni ichida qorovuli bor, oshpazi bor, farroshi bor. Bu ishxonada demak o'sha yuzlagan odamlar bor. Buxgalter bor, nachalnigi bor, shoperi bor. Hammasi bilan muomala qilishingiz mumkin. Va hammasi u bilan chiroyli muomala qilishni xohlaydi. Sizga o'xshab. Va hammasini ko'nglini ovlashingiz kerak. Bu qiyin a? Qiyin. Odamlarda tabiati har xil bo'lgandan keyin, ular bilan muomala qilishlik shunga yarasha. Lekin shu ishxonada bitta odam bor. Shu imoratda o'tirgan bitta odam bor, agar u bilan munosabating zo'r bo'lsa, qolganlar bilan bu lekin munosabatingni ahamiyati yo'q.
U bitta odam kim? Direktor. Agar direktor bilan muomalang zo'r bo'lsa, qolganlari bilan ishing bo'lmaydi. Chunki bir og'iz gapi bilan seni ishingni hal qilib qo'ya oladi. Oyligini ko'tarib qo'yadi yo tushirib qo'ya oladadi. Mansabni ko'tarib qoydi yoki tushirib qoydi. Yoki bo'lmasam umuman haydab yubora oladi seni. Yoki seni joningga teggan, seni to'yg'izgan odamni ham ishdan haydab yubara oladi. Hamma muammoni mana shu imoratni ichida hal qiladigan direktor bilan muammoing zo'r bo'lingandan keyin, xo'jayin bilan muammo'ing zo'r bo'sagandan keyin, qolganlariga e'tibor bermaysan. Xuddi shunga o'xshagandek, lillahi ilmas alul a'la, hamma ish o'zini qo'lida bo'lgan al malik alloh taolo bilan zo'r bo'lsangiz, hayotdagi boshqa muammolarni unutib qo'ysangiz bo'laveradi. Chunki hamma ish kimni qo'lida? Allohni qo'lida. Shuning uchun birodarlar Alloh bilan zo'r bolaveraylik. Ob havodi ham, naqnavodi ham, kursni ham, u siyosatni ham ahamiyati yo'q. Alloh bilan zo'ta bo'laylik.
Oyatni qarang go'zalligini. Osmonlar va yer Allohnikidir. Osmonlar va er Allohnikidir va hamma ishlar Allohni o'ziga qaytariladi. Hamma ish Allohni qo'lida. Sog'liging ham, puling ham, tinchliging ham, uying ham. Hammasi Allohni qo'llida. Shuning uchun va abu duhuv va tavakkal alik. Allohga ibodat qil va unga suyan. E'tibor bersangiz, ibodat qil va tavakkal qil degan so'zni, buyrug'ini hamma ish meni qo'limda degandan keyin aytyapti.
Ya'ni seni qalbingni xotirjam qilib qo'yapti, banda, hammasi meni qo'linda. Sen ibodat qilib, tavakkal qil. Alloh aytganday yasha, shariat ramkasida yur, allohga suyan, buyog'i menga tashlab qo'y deyapti. Ma'qulmi? Shuning uchun inson hamma g'amlarini bitta g'amga almashtirib olsa, qolgan g'amlari hal bo'ladi.
Inson yuzlarni rozi qilish uchun yuradi ko'chada. Ya'ni odamlarni yuzlarini rozi qilib, ularni xursand qilish uchunga, uchun rozi qilishni yuradi. Bunaqa yuzdan mingta. Bitta yuzni roziligi uchun ishla, qolgan yuzlarni o'zi rozi qilib qo'yadi. Tushunarlimi? O'shaning uchun har safar aytamiz, mana ikkita narsa tuzalsin. Nima edi bu? O'lchov, tushuncha, hayot haqidagi tasavvur tuzalsin.
O'ylamanglar, bircha mana bundo'lop topib olsam hayotim zo'r bo'lib ketadi deb. Birinchidan topmaysizlar. Ikkinchidan topsanglar ham zo'r bo'lmaydi. Hayotni zo'r bo'lishi, hayotni saodatli bo'lishi mana ikkita narsaga bog'liq. O'lchov tushunchangiz Alloh va Payg'ambar aytgandaqa bo'ladi, pulingiz bormi, yo'qmi, hayotingiz saodatli bo'laveradi. Chunki saodat bu rozilik.
Hayotidan rozi bo'lgan odam baxtli bo'laverardi. Endi kim rozi bo'ladi hayotidan? O'lchov tushunchasi shar'iy bo'lgan odat. Ma'qulmi? E'tibor beradigan narsa, Alloh siz bilan bizni ibodat qilishlikka qachon buyruqda? Qalbimizni xotirjam qilib qo'yib turib, hamma narsa meni qo'limda, rizqim ham meni qo'limda, tinchlikim ham, sog'ligim ham meni qo'limda, ibodatni qil, menga suyandi dedi. Shuni tushunishlik kerak. Chunki aziz qiladigan ham, xor qiladigan ham o'zi. Boy qiladigan ham kambag'al qiladigan ham o'zi. Ko'taradigan ham, tushiradigan ham o'zi. Shuning uchun sen banda La ilaha illallohni anglab, tushunib, iymon keltirar ekansan, Allohga yuzlanishlikdan boshqa choring qolmaydi.
Musulmonlarda hozirgi kundagi eng katta muammosi ham shu. Allohga yuz lanishliklari zaif. Ularni tavhidlari zaiflashganidan keyin mana shu holatga tushib qolishdi. Tavhid mana shu. La ilah illalloh, la ma'bure illalloh. Allohdan o'ziga iloh yo'q. Allohdan o'zga ma'bud yo'q. Allohni boshqa hech kim rizq bera olmaydi. Allohni bachka hech kim shifo bera olmaydi.allohni boshqasiga hech kim muammoni hal qila olmaydi. Mana shu e'tiqodimiz zaiflashib ketgandan keyin, birodarlar, hozirgi holatga tushib qoldik.
Birov bu narsani va'da qilsa, xursand bo'lib ketamiz. Birov ozgina qo'rqsa, qo'rqib ketamiz. Mutloq al malik podshoh alloh taoloning yolg'iz o'zi. Hamma narsani tasarrufi uni qo'lida, hamma narsa uni qo'lidan va hamma narsaning oqibati ham uni qo'linda. Bu nima degani? Odam bolasi ham bir narsaga ega bo'lishi mumkin, lekin foydalana olmasligi mumkin. Qanday qilib? O'ziniki bo'lsa foydalana olmaydimi? Foydalana olmaydi. Masalan, muzlatib qo'yilgan bankdagi pulingiz.
Sizni mulkingiz, lekin foydalana olmayapsiz. Bo'lar ekanmi? Yoki foydalanyapsiz, foydalanyaps siz, ammo sizni mulkingiz emas. Nima u? Nima u? Ijarasini to'lamasdan turgan kvartirangiz. Birovni uyi bekorga turaverdi, bizga berdi, qancha yashasa yashaverdi dedi. Foydalanayapsiz, ammo nima emas?
Sizni mulkingiz emas. Yoki oqibati sizni qo'lingizda bo'lmasligi mumkin. Boya aytayotgandek, pul bor, foydalanayapsiz, bankda emas, cho'ntagingizda. Ham egasiz, ham foydalanayapsiz, lekin oqibati chi? Oxiri nima bo'ladi bu pulni? Masalan, uyingiz bor. Ichida yashayapsiz. Ham egasiz ham foydalanayapsiz. Ham egasis ham foyda olyapsiz. Endi hukumat bitta buyruq chiqaradi da, sizni uyingizni ustidan katta yo'l tushishi kerak ekan. Bitta buyruqchi qaradi, patsnos.
Egasi bo'lib turib, foydalanolmasligi mumkin. Foydalanib turib, egasi bo'lmasligi mumkin, ham egasi bo'lib surib, ham foydalanib turip, ishining oqibati qo'lida bo'lmasligim mumkin insonni. Ammo Alloh Taolo esa, ham ega, ham tasarruf qo'lida, ham oqibati o'zini qo'lida. Al Malik, Alloh Subhanahu va Taoloning maxluqotlardan behojatligi. Alloh Taolo As Somad bo'lgan zot. Behojat. Hech kimga muhtoj emas. Hech narsaga muhtoj emas, mutlaqo.
Zamon bilan makonga muhtoj emas! Inson o'zini bor bo'lib turishida, albatta Alloh Taoloni qo'llashiga muhtoj bo'ladi. Alloh qo'llamay qo'ydi, inson o'ldi. Alloh qo'llovini oldi, bandi o'ldi. O'lim nima edi? O'lim Allohning qo'llashini to'xtatib qo'yilishi. Alloh qollamay qo'ydim, bandi o'ladi. Ilohiy madadni uzilishi o'lim bo'ladi. Bir inson bor edi, o'ldi, xabarga aylanib qoldi. Falon falon obro' egasi edi, o'ldi, qissa bo'lib qoldi. Sho'pir odam yukni solib, mashinani minib ketuvdi. Uzoq yurtlarga. Alloh Taoloning madadi to'xtadi, o'sha mashinasida o'z yuki bo'lib keldi.
Odamlarni hammasi Alloh Taoloning qabzasida. Odamlar. Alloh Taoloning hukmiga majburan qahron bo'yin sudralgan. Miyasiga bitta tomir uzilib ketdi. O'ldi. Tez haydab ketayotgan mashinasida, shofyori ko'zi ikki sekundga uxlab qoldi. Jarlikka qulab o'ldi. Nafasi qisilib qoldi, doktorigacha o'lib qoldi. Davleniyasi ko'tarilib ketdi, tushirisha olmasdan o'lib qoldim. Davleniyasi tushib ketdi, ko'tarisha olmadim, o'lib qoldik. Insonni o'limi Alloh uni qo'llamay qo'ygani.
Odamlarni hammalari qahr bandalari, ya'ni majburan bo'yin sindirilgan insonlar. Mana shu biz aytayotgan musibatlarga biz har qachon duch kelishimiz mumkin. Odamlarnini hammasi qahr bandalari. Majbur bo'yin singan. Lekin musulmonlar, birodarlar, ana shu qahram bo'yin sinishligi bilan birga, yana o'zini xohishi bilan ham bo'yin sinishgan. Masalan, nafas olmayman deya olmaydi hech kim. Majbur bo'yin sinishga o'lib qoladi. Men sultayda yashayman deb kirib keta olmaydi. Chunki majbur yerda ustida yashashlikka. Bu majburiy bo'yin sinishlik. Endi undan tashqari birodarlar, ixtiyoriy bo'yin sinishinglar ham bor. Bu mo'minlarning bo'yin sinishi bo'ladi. Alloh taologa bo'lgan muhabbati bilan bo'yn sinishadi. Shuning uchun ular shukur bandalari deyiladi. Qolganlar qahr bandalari.
Bandalar ikki xil. Abdulqohir, Abdush shukur. Shukur bandalarni, mo'minlar, qahr bandalari, bu mo'minlardan boshqalar. Xohlasa ham, xohlamasa ham bo'yn sinadi. Aquli qovli ha da va astag'firulloh ali va lakum. Innallohu va malakatu huysalluna ala nabiy, ya yuhalladina amanu sollallohu alayhi va sallamu taslim.