Bismillahir rohmanir rohim. Innahl hamdali lahin ahmaduhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'udh billahi min ash g'urur ya'n husina. Va min sayyi'ati amalina. Man yahdihillah hu falah mubillala va man yurdi lili hu falah hadiyala. Mana shuhratulloh ilohillalloh va hidahular sharikalar. Mana shuhrati anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan, asmaol xusla silsila darslaridan birodarlar. Alloh taoloning almalik ismini o'qiyotganidek davom etamiz.
Shukur bandasi bor, qahr bandasi bor. Qahr bandasi alloh taoloning hukmiga qahran majburan bo'yin singanlar. Endi shukur bandalari Alloh Taoloning hukmlariga o'zlarining ixtiyori bilan, xohishi va muhabbati bilan bo'yin singanlar. Qahr bandalari qanaqa bo'ladi? Alloh Taolo ularga nafas olasan deb qahr qildi, nafas oladi.
Qorning ochadi, ovqating san deb hukm qildi, qahr ham bo'yin singan. U suv tagiga kirib keta yashayman deya olmaydi, o'lib qoladi. Majburiy tomondan bo'yin singan bandalar qahr bandalari. Ya'ni hamma qahr bandasi, musulmon ham, kofir ham. Ammo mo'min, u shukur bandasi. O'zini ixtiyori bilan Allohga ibodat qiladi, o'zini iqtiyori bilan Allohni Taologa bo'yin sinadi.
Alloh Taolo o'zini bandalarini aybat deb chaqiradi Qur'onda. Qahr bilan bo'yin singgan bandalarni obid deb chaqiradi. Astaydu billah. Va ibadur rahman illa dina yamshu nal ala urdi havna. Rahmonning suyukli bandalari, ibad, yerda tavozu bilan yuradi. Mo'min bandalarini Alloh ibad degan. Ammo umuman bandalarga xitob qilganda obid degan, qullar degan. Alloh Taolo mana shu o'zining ibad, suyukli bandalar bilan birga, vahvo makkum aynama kuntum. Sizlar qayerda bo'lsanglar ham, U sizlar bilan birgadir. Bu umumiy birgalik, Alloh Taolo o'zini ilmi bilan birga.
Al Malik ismining ma'nolaridan. Al Malik. Alloh Taolo hamma narsadan behojat. Hech kim va hech narsaga muhtoj emas. Ammo hamma har narsada Alloh Taologa muhtoj. Istaydi billa, qulillah humma malikal mulki tutil mulkaman tasha va tanzil mulkam minman tasha va toizzuman tasha va tutil luman tasha biyadikal xoyr. Ayting, ey mulki davlat egasi bo'lgan Allohim, sen xohlagan bandangdan mulkni ato qilasan, xohlagan bandangtan mulkni tortib olasan, istagan kishingni aziz qilasan, istagan kushingni xor qilasan, hamma yaxshilik, bor yaxshilik seni qo'lingda. Albatta sen har narsaga qodirsan. Aziz qiladigan Alloh. Xor qiladigan Allohni. Boy qiladigan ham o'zi, kambag'al qiladigan ham hozi. Mana shu oyatda biyadikal xoin. Yaxshilik seni qulingda deyildi. Yomonlik seni qo'lingida deyilmadi. Chunki birodarlar, Alloh Taolo bandaga taqdir qilgan ishda yomonlik bo'lmaydi.
Alloh Taolo bandaga yomonlikni taqdir qilmaydi. Banda o'zini fe'li atvori bilan yurishtirishi bilan yomonlikni so'rab oladi. Mana mutloq yomonlik degan so'z bor. Bir yomonlikki, hamma tomoni yomonlik. Bironta yaxshiligi yo'q. Mutloq yomonlik bo'lmaydi borliqda. Yomonlik nisbiy bo'ladi. Va mana shu nisbiy yomonlik mutloq yaxshilikni xizmatida bo'ladi. Alloh Taoloni qo'lida yaxshilik. Alloh Taolo yaxshilikni ato qiladi. Boylikni ato qilish yaxshilik.
Endi boyligini olib qo'ydi Alloh Taolo. Shu ham banda uchun yaxshilik. Qaytaramiz. Alloh Taolo bir bandaga dunyoni boyligini bersa, bu yaxshilik. E endi olib qo'ysa chi? O'zini xohishi bilan. Bu ham yaxshilik. Insonni aziz bo'lishi yaxshilik. Gohida xor bo'lishiga ham yaxshilik bo'ladi. Qanaqa qilib yaxshilik bo'lladi? Mana Alloh bir bandani xor qildi a? Mansabodani olib qo'ydi, boyligini olib qo'ydi, sog'ligini olib qochdi. Yomonlik.
Bu yomonlik mutvoqmi? Yo'q, nisbiy. Bu siz aytayotgan yomonlikni bir tomonni yomonligi bo'lsa, boshqa bir qancha tomon yaxshiligi bo'ladi. Masalan, ana shu yigirmanchi asrning eng zo'r sportchisida tan olingan odam, Muhammad Ali, bokschi. Umrini oxiriga borganda haligi qaltiroq kasallikka uchragan. Ko'rgansizlar. Shu odam aytadi hayotda menga yo'liqqan eng yaxshi narsa mana shu kasallik, mana shu dard bo'ldi deydi.
Jahon chempioni bo'lgan, mashhur bo'lgan, pul kelgan, obro'shuhrat kelgan. Bu narsalarni yaxshilik demayapti. Menga hayotda duch kelgan eng katta yaxshilik mana shu kasallik bo'ldi deydi. Nima uchun? Rosa kuchga kirgan paytida, cho'qqiga chiqqan paytda men hammadan ulug'man degan edi. Agar shu kasallik bormasa, men hammadan buyukman, ulug'man deb o'tib ketar ekanman. Eng buyuk bu Alloh Taolo ekan. Mana shu kasallik menga xatoyimni tushuntirdi. Shuning uchun men topgan eng katta yaxshilik mana shu kasalli deydi. Tushunarlimi? Qo'lingizdan dunyo ketib qoldi. Sizni ixtiyoringizdan tashqari. Siz bir ayb ish qilganingiz yo'q, noto'g'ri bir ishga kirishganingiz yo' q, yo'q bo'lib qoldi xullas. Kelayotgan yukingiz cho'kib ketdi dengizga. Kelayotgan molingizga o'tib ketib yo'q bo'p ketdi. Sizni ixtiyoringizdan tashqari, sizni aralashuvingizsiz yo'q bo'lib ketdi. Alloh tomonidan taqdir qilindi shu narsa. Shu narsa sizga yaxshilik. Shuni tushuning. Ishingiz yurishmayapti. Yomonlik bu. Harakatni qilyapsiz, sababni qilyapsizmi, ehsonni qilyapsiz ku, namozni o'qiyapsiz, duoni olyapsiz, ish yurishmayaptida. Yomonlikmi bu? Bir qaraganda yomonlik, lekin bir tomoni yomonlikda.
Bir qancha yaxshiliklar bo'lishi mumkin buni orqasida, birodarlar. Shuning uchun biyadikal xoyr. Yaxshilik faqat seni qo'lingda. Biyadikashar, yomonlik seni qo'lingida deyilmaydi. Shuning uchun Alloh Taoloni sifatlaridan, ismlaridan dor zarar beruvchi. Zarar beruvchi, lekin Alloh Taoloni zarar beruvchi deb bo'lmaydi. Yolg'iz o'zini aytib bo'lmaydi bu ismni. Yonboshiga dorun nafiy deyiladi. Alloh taolo zarar beruvchi va foyda beruvchi. Birga aytish kerak. Alloh taoloni ismlaridan almudil, xor qiluvchi.
Shu ismni o'zini yolg'iz aytib bo'lmaydi. Balki nima deyiladi? Allohu mudilun noizun deyilishi kerak. Qo'shib aytilishi kerak. Alloh xor qiluvchisi va aziz qiluvchi. Zarar beruvchi, foyda beruvchisi, xor qiluvi chi, aziz qiluvchisi. Yaxshilik kimni qo'lida ekan? Alloh taoloni qo'lida ekan. Asarlarda keltiriladi. Innahadahi dunya darul iltiva la darul isteva.
Albatta bu dunyo tekislik emas, egrilik dunyosi. Ya'ni bu dunyo hech kimga doim tekkis bo'lavermaydi. Bir tekis bo'ladi, bir qiyshayadi. Bir chuqur bo'ladi, biri tekis bo'lardi. Alloh taolo shunday bo'lishini xohladi. Albatta bunda hikmat bor. Va daru tarohin va la daru farahin. Dunyo bilgan kimsa uchun qayg'u hovlisi. Xursandchilik hovlisi emas. Chunki dunyoga nimaga kelganligini inson bilsa, qiyomatda hisob kitob borligini bilsa, dunyoda qayg'u bilan yashaydi. Imtihondan o'ta olarmikinman, qilayotgan amallarim to'g'ri bo'larmikin? Chunki o'lim birodarlar hamma narsani kelib kezadi. Boylikni ketkazadi, mansabni ketkazadi. Chiroyli ketkazadi. Kim buni anglagan bo'lsa, qiyinchiligi uchun xursand bo'lmaydi, shiddati uchun mahzun bo'lmaydi. Ogoh bo'linglar, albatta Alloh dunyoni imtihon xolis qilib yaratgan. Oxiratni esa mukofot xolis qildi. Dunyo balolarini oxiratning atolariga sabab qildi. Oxirat atolarini dunyo balolariga evaz qildi. Bas ato qilish uchun avval olib qo'yadi, mukofotlash uchun avval balolaydi.
Dunyoda chekkan mashaqqat mehnatlarning mukofoti bor. Dunyoda berayotgan xayriya ehsoningiz, qilayotgan ibodatingizning mukofoti bor! Chunki bu dunyo, birodarlar, sinov imtihon uchun unga kelganmisiz bilanmiz. Gohida ato qilgani aslida man qilib qo'ygani bo'ladi.
Berdi o'zi aslida olib qo'ygan bo'ladi bu. Ba'zida bermagani, man qilgani, bergani bo'lib qoladi. Qanaqa qilib? Masalan, Muso alayhissalomni qissasini qarang. Muso alayhissa'lomni qissasiniqarang. Kemani teshib qo'ydi. Haligi bir yosh bolani o'ldirib qo'ydi. Kemachi, kemasi teshildi, mahrum bo'ldi, unga yomonlik yetdi. Bir qaraganda. Boyagi o'lgan bolani ota enasi, bolasidan mahrum bo'ladi, yomonlikga o'ldi. Olib qo'ydi. Lekin hikmatini keyin aytdi Qizil alayhissalom, Muso alayhissalomga. Nimaga bunday qildi? Bu kema, o narigi sohilga yetib borganida, shu sohilning podshohi kemalarni hammasini nima qilib qo'yayotgan edi, tortib, hibs qilib qo'yaotgan edi. Endi bu kema teshik kema bo'lib boruvdi. U musodara qiladiganlar keltirib, teshik kiyim ekan deb qoldirib qo'ydi. Ana, teshildi, yomon bo'ldi, zarar bo'ldi deg'di. Man qildi alloh deg'di. Oxiri nima bo'ldi? Foyda bo'ldimi? Haligi bolani nimaga o'ldirgan edi? Keyin Muso alayhissalomga aytdi Qizil alayhissalom. Bu bola katta bo'lganda kufr ma'sus etgan kirib ketar edi. Ota onasini ham kofir bo'lib ketishiga sabab bo'lardi. O'shaning uchun o'lgani ota ona uchun yaxshilik bo'ldi.
Alloh undan ko'ra soliroq farzand botiniga berdi. Shuning uchun birodar, ba'zida bergani, olib qo'ygani, ba'zida olib qo'ygani, bergani bo'lib qolar ekan. Shiravan dunyoning eng katta podshohlaridan bo'lgan. Unga berilgan mulk haqiqiy ato bo'ldimi? Unga bergani, olub qo'ygan bo'lmadimi? Dunyo qo'liga kelgandi, kofir bo'ldi. Demak, u dunyoda olishligi o'zi asli yutishmas, nima bo'ldi? Yutqazish bo'ldi.
Agar banda robbisini tanisa, dinidan, shariatdan xabardor bo'ladigan bo'lsa, mo'min bo'ladigan bo'sa, uni ustiga kelayotgan musibatlar yomonlik emas, aslida foyda ekanligini tushunib yetadi. So'radingiz, so'radingiz,so'radingiz bermadi. Qiyomatga borganda nima uchun bermaganligini, hikmatini Alloh bildirganida sizga, e yaxshi ham bermagan ekan, manaqa bo'lib ketardim ekan degan narsani tushunganingizda qalbiy shukurdan erib ketadi.
Demak, ba'zida bergani man qilgani bo'lib qolar ekan. Man qilgani asli nima bo'larkan? Ato qilgani bo'larkan. Mana ko'ring da. Mo'min odamni ustiga kelayotgan musibatlar uni gunohlardan tozalaydi. Agar xatolari ko'payib ketgan bo'lsa. Agar unaqa xatolar ko'p bo'lmasdan to'g'ri taqvota yurgan bo'lsa ham musibat kelgan bo'lsa chi, unda Alloh uni darajasini ko'taryapti ekan. Ikkala holatda ham musulmon yutyaptimi?
Ikkala holatda ham musulmon o'tyaptimi? Gunohingiz ko'payib ketgan bo'lsa, bu kelgan musibat, gunohingizni yuvyapti. Agar hamma yog'ingiz yaxshi bo'lib turib ham musibat kelgan bo'lsa. Darajangizni ko'taryapti. Bu kimga berilgan faqat? Avvalgi darslarimizda aytganmiz. Tuxumdek keladigan ko'mir necha pul bo'ladi? Yuz gil ham bo'lsin, besh so'm bo'ladi. Tuxumdeg keladigan ko'mir besson bo'ladi. Endi tuxumdek keladigan brilliantchi?
O'sha turibdi, to'pqopga borsanglar turibdi. Tuxumdek keladigan almaz brilliant yuz ellik million dollar oladi. Lekin ikkalasi ham ko'mir asli. Boyagi biz aytayotgan tuxumdek ko'mir, yerni o bir yuzlagan metr pastida turib, uzoq yillar bosim, siquv, mashaqqat ostida turar ekanda, ko'mir brilliantga aylanib ketadi.
Demak mo'minni ustiga kelayotgan sinovlar, mashaqqotlar uni ko'mirlikdan brilliantlikka olib chiqadi. Agar mo'min bo'lsa, rozi bo'lsa, shukur keltirsa. Alloh Taolo mo'min bandasiga taqdiriga yozgan yomonlik o'zi asli yaxshilik bo'ladi. Agar buni tushunib yetsa. Inson ma'siyatga botib turgan bo'lsa ham, ishlari zo'r bo'layotgan bo'lsa, ustiga bironta bir yoqmaydigan ish kelmayotgan bo'lmasa, bu xatarli holat. Bu yomonlikni alomati. Alloh seni o'zingni holingga tashlab qo'yib turaveradi. Chunki Alloh mo'min bandasini yaxshi ko'radi. Undan xatolar ko'payib ketsa, gunohlar bir ko'payib kessa, tavba qilmasa, haqqa qaytmasa, bitta musibatni beradi da, shu bilan o'ziga qaytarib qo'yadi. Gunohlarni yuvib tashlaydi. Ammo qilgan xatolaring uchun sinovlar, qiyinchiliklar kelayotgan bo'lsa, bu Alloh seni esdan chiqarib qo'ymaganligini belgisi. Yetishmovchiliging bor, qarzing bor, kasaling bor. Demak, Alloh deyishlikka sabab ham borda.
To'g'rimi? Inson qachon Alloh deydi? O'sha bir muammoga kirsa da. Endi muammoga kirmasa chi? Sa'dun nabiyoquz roziyallohu anhudan. U kishi aytadi, yo Rasululloh, ayyu nasi ashaddul balan. Yo Rasululloh. Qaysi odamlar shiddatli sinovlarga duch bo'ladilar? Qanaqa odamlarga qattiq sinov keladi? Qori Rasululloh sollallohu alayhi vasallam al anbiya'u sunmal amsaluf al amsalu. Odamlarning eng shiddatli sinoviga duchor bo'ladiganlari payg'ambarlar, anbiolar. So'ngra shunga o'xshab ketaveradi. Kishi dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Agar dinida salobatli bo'lsa, unga sinov ham ziyoda bo'ladi. Agar uning dinida yengillik bo'lsa, salobati bo'lmasa, dindorligi hajmiga qarab sinaladi. Ustida bironta ham xato qolmaydigan holatga yetgunicha, bandaning boshiga balolar kelaveradi dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. Shuning uchun ustimizga kelayotgan sinovlarga qarab turib, o'zimizni qanaqa odam ekanligimizni, taqvoda, iymonoda qaysi darajada ekanligimizni bilsak bo'ladi.
Mo'min bandaning almalik ismi bilan aloqasi. Bandar uchun haqiqiy podshohlik, egalik, shaxvat o'rnida o'zini tuta olishi, o'ziga ega bo'la olishi, o'sini tiya olishi. Inson qachon o'ziga podshoh bo'ladi? Mana shunday bir holatlarda o'zini jilovlay olgan odam. Alloh aziz va jalala Yusuf alayhissalomga mulk ato qildi. Bu qanaqa mulk edi? Bu qanaqa podshohlik edi? Mulk deganda, bizda odamlar shu podshohligi, mansabdorligini tushunadi, egaligini. Masalan, davlat prezidenti. Bu mulk podshohlik, egalik. Ministr. Bunaqalar ko'p bo'lgan tarixda. Unaqa mansabdorlar, bunaqa mulk egalari, fojialar ham bo'lgan, fosiha ham bo'lgan , kofir ham bo'lgan zolim ham bo'lgan musulmon ham bo'lgan.
Ana shu kofirni qo'lidagi, ana shu zolimni qo'lida mulk mansab. Alloh taoloning ularga bergan atosi deyiladimi? Yo'q. Haqiqiy mulk, haqiqiy ato, birodarlar, inson o'zini nafsini tiya olishligi. O'zingni nafsingni jilovlay olasanmi? Mana shu narsa haqiqiy maliklik, podshohlik egaligining belgisi. G'ulomalar aytadi, haqiqiy a'to o'zingni gunohdan tiya olishliging deyishadi. Masalan, nasl nasabli, badavlat, go'zal ayol. Zinoga o'zi taklif qilib tursa. Sizdan faqat roziliklar bo'lib turibdi. Hamma shart, sharoit muhayyo. O'zingizni tey oladigan bo'lsangiz, mana shu haqiqiy mulk egalik deyiladi. Demak, o'zingga molik bo'lishing, o'zingga ega bo'lishing. Yusuf alayhissalomga shu mulkni bergan edi. Vazirni ayoli ichkaridek xonasiga olib kelib, yetti qavat eshikni yopib, ikkalasi yolg'iz qolgan holatda haytalak dedi. Zinoga taklif qildi. Yusuf alayhissalom qulidi bu uyda. Bu ayol uni saidasi edi, xo'jayini edi. Nima dedi? Ma'odulloh, Alloh saqlasin dedi. Bu qanaqa egalik a?
Haqiqiy o'ziga ega bo'lgan odamgina o'zini tiyib Ma'odulloh dey oladi. Ha kimdir bu narsani fursat g'animat deb biladi. Ha, ana shu o'zini nafsini tiyganligi o'ziga ega bo'lganligi uchun mukofot qanaqa bo'ldi? Misrni vaziri bo'ldimi? Demak, qaysi odam haqiqiy ega podshoh ekan? O'zini nafsi ega bo'lgin odam. Boshqara olgan. O'zini nafliga egalik qila olgan inson.
O'zini, nafsini jilovlay olishlik. O'ziga eka bo'lishlik. Birodarlar? Salbchilar Quddusni egallashganida, u minglagan odamlarni, tinch aholini qonini oqizishdi. O'zlarini nafslarini jilovlay olishmadi. Britaniyalik ulug' bir mutafakkirlardan biri aytgan edi, butun olamga ega bo'ldik, ammo o'zimizni nafslarimizga ega bo'la olmadik. Haqiqatdan qaraydigan bo'lsangiz, ana shu moddiy hayoti zo'r bo'lgan g'arbda o'zlarini nafslarini jilovlay olmasdan, nafsni ko'yiga kirib, nima bo'layotganligini ko'raverasizlar. Erkakga ayolga aylanyapti, ayol erkakka aylanyapti. Erkak erkak nikohlanyapti, ayold ayolga nikohlanyapti.
Tushunyapsizmi nima degani? O'shaning uchun aytyapti da, dunyoga ega bo'ldik, dunyoda boshqardik, ammo o'zimizni nafsimizni boshqara olmadik. Endi Quddus sharifni Salohiddin Ayubiy salibchilardan ozod qilganda, ular qilgan ishni qilmadi. Nasroniy yahudiylarni qatl qilgani yo'q. Ularga omonlik berdi. Albatta, bu holat musulmon odam o'zining nafsiga ega ekanligi. Nafs xohish istaklarini jilovlab olganligini dalili.
Salbchilar minglagan odamlarda qonun orqasida tinch aholi, yahudini ham o'ldirishdi, musulmonni ham o'ldirishi. Ammo musulmonlar egallaganida ular qilgan bu ishni qilmadi. Chunki ular o'zlarining nafslariga ega insonlar edi. Demak, mo'min kishidagi ulug' sifatlardan bittasi o'zining nafsiga egaligi. Nafsini jilovlay olishligi. Hissiyotlariga, o'zini xohish istaklariga berilib ketmasligi.
Alloh taoloning al malik ismidan oladigan ulushlardan bittasi mana shu bo'ladi. O'zingga o'zing egamisan? O'zingni o'zing, men o'zimga javob bera olmayman chi, ona. Bor a shunaqa. Men oldin bunaqa qilmanglar, o'zimni tuta olmay qolaman. Ha demak sen zaif ekansan. Iymon bu ilmiy martaba, axloqiy martaba, va go'zallik martabasi. Hozirda ko'pchilik odamlar mo'min degan karimaga e'tibor qilishmaydi. Masalan, bir odam Doktor Ahmad deb chaqiriladi. Demak, Ahmad ismli inson doktor degan unvoni bor. Ana shu unvonga yetishlik uchun bu odam juda ko'p mehnat qilgan. Katta bir ilmiy yo'lni bosib o'tgan. Juda ko'p kitob o'qigan. Qancha qancha imtihondan, sinovdan o'tgan. Mana shu ishlardan keyin unga doktor degan unvon berildi. Murod aka, biz mo'min degan so'zga ham bir e'tibor berishimiz kerak. Bu juda katta martaba, juda katta unvon.
Iymon axloqiy martaba dedik. Bu nima degani? Masalan, Abdurahmon mo'min deyildi. Endi chinakam mo'minmi? Agar chinakam mo'min bo'ladigan bo'lsa, uni axloqi albatta go'zal bo'ladi. Qaytarib aytamiz, iymon bu go'zal axloq deyiladi. Ro'parangda turgan mo'min birodaringni axloqi senikidan ko'ra go'zalroq ekanmi? Demak, uning iymoni ham seni iymoningdan go'zalro'q ekan. Agar Ahmad yoki Abdurahmon mo'min deyilsa, chinakam mo'min bo'ladigan bo'lsa, boshqacha bo'lishi mumkin emas. Haqiqiy mo'min kishi yolg'onchi bo'lmaydi. Xiyonatkor bo'lmaydi, munofiq bo'lmaydi va'dasida turadi, ahdiga vafo qiladi, birovni haqqiga tajovuz qilmaydi. Jamiyatga foydali inson bo'ladi. Haqiqiy chinakam mo'min jamiyatga, foydali inson, mo'min bo'ladi. U foydasi puli bilan tegyaptimi? Ilmi bilanmi? Mehnati bilanmi? Odamlarga jamiyatga. Foydalimi? Demak, mana shu odam mo'min bo'ladimi? Iymon. Ilmiy martaba deyildi. Bu nima degani? Mo'min kishi bu dunyodagi eng katta ilmni topdi.
Eng katta haqiqatga erishdi. Bu qanaqa haqiqat, qanaqa ilm edi? Bu haqiqat koinotni nima ekanligini anglab yetdi. Allohni tanidi. Hayot nima, o'lim nima, buni tushundi. Demak, iymon bu ilmiy martaba. Imon go'zallik martabasi deyildi. Bu nima degani?
Dunyodagi haqiqiy baxtli inson bu mo'min inson. Boshqacha qilib aytsak, bu dunyoda haqiqiy bahtli inson faqatgina mo'min kishi. Biz g'arbdan, sharqdan kelgan tushunchalarga qarab internetdan, televizordan, boshqa bir ommaviy axborot vositalaridan kelayotgan ma'lumotlarga qarab turib, eng baxtli insonni moddiy hayoti zo'r bo'lgan inson deb tasavvur qilyapmiz.
Ko'chalar tekkis, oyliklar katta, turmush tarzi zo'r, mashinalari yangi, falon falon mamlakat. Agar shu moddiy tomoniga qarab turiblar insonlarni baxtli deydigan bo'lsak, demak bizni islomiy tasavvurimiz to'g'ri emas. Faqat haqiqiy mo'min insongina baxtli bo'ladi. Qaytaramiz. Faqatgina chinakam mo'min insonginina baxtli bo'lladi. Chunki u hayotidan rozi.
Baxt nima edi? Baxt bu rozilik. O'sha biz aytayotgan dunyoviy hayoti zo'r bo'lgan insonlar qalbada roziligi yo'qmi? Demak baxtsiz u inson. Mo'min Allohni taniydi. Eng katta haqiqatni anglab yetgan. O'lim nimaligini, hayot nimaligini biladi. O'limdan keyin nima borligini biladi. Hayotidan rozi.
Iymon bu ilmiy martaba, iymon bu axloqiy martaba. Iymon bu go'zallik martabasi. Demak, men mo'minman degan paytimizda shu narsalar bizda bormi yo'qmi qarab qo'yaylik. Mo'min odam boshqalardan ajrab turadi. Boshqalar ko'rmagan narsani ko'radi. Mo'min hayotga hikmat nazari bilan qaraydi. Mo'min bu borlig'ini haqiqatini tushunib yetgan. Mo'min o'zini bu dunyodagi vazifasini yaxshi biladi.
Mo'minning g'ami ulug' bo'ladi. Risolati buyuk bo'ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bir qora ayol Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning masjidini tushirib tozalab turar edi. Ko'rimsiz, unaqa bir hech kim bir e'tibor bermaydigan bir qora ayol. Birdaniga yo'q bo'lib qoldi haligi ayol. Rasululloh sollallohu alayhu vasallam sahobalardan u ayol haqida so'rashgan, so'raganlarida aytishdiki, vafot etdi tunda. Olib borib dafn qilib qo'ydik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam afalakum tun a dan tumuniy. Ha meni chaqirmapsizlar da, dedilar. Endi sahobalar bu ko'rimsiz bo'lgan, oddiy bo'lgan. Bu qora ayolni janozasiga Payg'ambarimizni bezovta qilishni xohlashmadi. Mana shu ishni mayda sanashdi. Payg'ambarlarimiz bu narsani eshitib turib, du lunya ala qobliha. Qabriga meni olib boringlar. Dedilar. Olib borishdi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam janozni o'qidilar. Ko'ring. Musulmonlar bu narsani yengil qarashdi. Unaqa arzimagan narsa deyishdi, lekin Nabiy sollalluhu alayhi vas allam bu ishni ulug' ish ekanligini siz bilan bizga ta'limini beryaptilar.
Masjidni shupurishlik. Hech kimni ko'ziga ko'rinmaydigan, e'tiborga ilinmaydigan ish. Lekin mo'min odam buni ulug' ish egalligini ko'radi. O'zini shahvati uchun, havoyi nafsi uchun yashayotgan inson faqir, kambag'al, zaif muhtojlarni ko'rmaydi. Ularga e'tibor qilmaydi. Bunaqa insonlar Allohda uzoq insonlar deyiladi. Mo'min bunaqa bo'lmaydi.
Aytdik hozir. Mo'min boshqalar ko'rmagan narsani ko'radi. Chuqur fahmi bor, kuchli idroki bor, ulkan qalbi bor. Bunaqa qalb egasi kibr qilmaydi. Aytayotgan so'zlari qalbdan bo'ladi. Bunaqa musulmon odamning holati dunyodagi eng katta mushkulalardan ko'ra kattaroq bo'ladi.
Ya'ni bunaqa e'tiqodlik, bunaqa tasavvurlik mo'minni ko'zida dunyoning eng katta muammolari ham arzimagan narsa bo'lib ko'rinadi. Masalan, yurib ketyapti, mashinangizni bir diskaz qiyshayib ketdi shu qo'lga tushib. Yoki bir akalarim chizib qo'yib ketdi. Siqilib bo'g'ilib tutqalog'imni tutib qolgan. Endichi? Ha, bo'pti deb qo'yapsizmi? Demak yuksaldingiz. Yuksizib qo'ydi bugun xullas. Bugun bir soat futbol bilan bir marta ham yutmadingiz. Nima qilasiz? Sheriklaringiz bilan urushib o'ynaysiz. Demak ancha past ekansiz siz.
Ha, bir kattaroq bir molini bir qismidan ajralib qoldi. Konfiskatsiya bo'ldi, dengizga cho'kib ketdi. Infarkt bo'lib qoladi, insult bo'lib qolad. Vaholanki yana u boyligini yarmi turibdi. Ha domla, besh yuz ming. Chakana pulmi? Ha, chak. Azakam pul emas. Boshing omonmi? Aql hushing joyida turibdimi?
Tikka turib yuribsanmi? Yeganing kirib chiqib turibdimi? Ha, Alloh beruvdi. Alloh oldi. Berganda sinagan edi. Berib sinaganda yaxshi o'tdi imtihondan. Endi olib sinaganda chi? Tushunarli mirodalar? Haqiqiy mo'min ko'zida bu dunyoni katta muammolari ham, dunyoni kattamuammolari ham mayda muammo bo'lib ko'rinadi. U uchun eng katta musibat diniydagi musibat. Qala taj al musibata na fii diniyni. Musibatimizni dinimizda qilib qo'ymagin. Ya'ni dinimizda musibatga uchramaylik.
Bunaqa odamlar ozgina iqtisodiy qiyinchilikka tushib qolsa, tushkunlikka tushib ketadi. Bunaicha odamlar o'ziga kerak bo'lmagan narsalarni qarzga bo'lsa ham olib, ega bo'lmoqchi bo'ladi. Bunaicha olamlar cho'ntagida pul yo'q. Bankdan kreditga pul olib to'y qiladi restoranda. Bormi? Muhimi to'y zo'r o'tsin. To'rtta beshta artist kelib unga bir xizmat qilib beradi, katta pulni to'laydi, xursand, keyin nima bo'ladi? Teshik tog'orani oldida o'tiradi. Keyin kreditni yopa olmasdan Rossiyaga ketadi.
Haqiqiy mo'minni ko'zida bu dunyoning eng katta mushkulasi ham mayda bo'lib ko'rinadi. Chunki qalbi kuchli, irodasi mustahkam, himmati oliy bo'ladi. Mo'minni maqsadi oliy bo'ladi. Shuning uchun uni maqsadlariga yetishlik yo'lida, unga uchraydigan narsalar hech narsa emas. Oldiga qo'ygan maqsadi oli, va ana shu oliy maqsadga yetishlik uchun mehnatni ham olisini qilish kerak.
Musulmonni bu dunyodagi ehtiyojlaridan ko'ra maqsadi oliroq bo'ladi. Odamlarni ko'rasiz, maqsadi uy. Maqsadi uylanib olish, maqsadi kattaroq pul. Bor maqsadi shu. Bunaqalar o'sh narsaga erishgandan keyin hayoti zerikarli bo'lib qoladi. Chunki boshqa maqsad qolmadi da. Haqiqiy mo'min unaqa bo'lmaydi. Ummatni g'ami bilan yashaydi. Xalqini g'ami bilan yaxshi edi. Uni maqsadlari hojatlaridan oliyroq bo'ladi. Chunki uni hayotda ko'zlagan maqsadi va zimmasida vazifasi bor. Shuning uchun insonni yuksalishi birodarlar.
Oliy martabada bo'lishi uni maqsadlariga qarab belgilanadi. Qanchalar maqsadingiz oliy bo'lsa, shunchalar yuksalasiz. Bandalar orasida haqiqiy podshoh kim ekan? O'zini nafsiga ega bo'lgan. Havoyi nafsini jilovlagan odam. Haqiqiy muammo shunaqa bo'ladi. Uni o'lchovlari, tushunchalari bor. U hammaga ergashib ketavermaydi. Uni maqsadiga olib boradigan amali bor. Manhaji bor va mana shu narsa uni baxtli qiladi. Alloh azza va jalla hammalarimizni nafslarimizga ega bo'lishlikka tavfiq bergan bo'lsin. Aquli hovli ha davo astag'firullohu alayhi va alakum. Innallohi va malakati g'oyi sollu alayhi va a'la nabi. Ya yu halladina aminu sollu alayhi vas.