Bismillahir rohmanir rohim. Inn alhamdulillahi nahmaduhu onasta'inuhu onasta'ufiru va na'udhullahi min ash'ururiyan fusinga. Omin sayyi'ati amalina, may yahdihillahi falahmuvillala, va may yug'rilgu falaha deyala. Va nashqadu alla ilohi illallohu vahda hula sharikala, va nashqadah anna muhammadan abduhu va rasuluh. Amobod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh. Alloh subhanahu va taoloning go'zal ismlari silsilasidan birodarlar al malik ismini o'qiyotgan edik, davom etamiz. Qaysi odam haqiqiy podshoh? Qaysi odamhaqiqiy ega? O'zini nafsiga ega bo'lgan, o'zini nafseni boshqara olgan inson. O'ziga ega bo'gan inson haqiqiy podshoh deyiladi birodarlar. Chunki g'azablanib turgan paytda, shahvatlar fitnaga chaqirib turganda, inson o'zini jilovlay olsa, demak mana shu odam haqiqiy malik, o'ziga podshoh bo'lgan, o'ziga ega bo'lgan inson bo'ladi. Bunaqa o'rinda hamma ham o'zini tuta olmaydi, birodarlar. Taloq degan so'z ham jahlda chiqadi. Birov bilan urushib qolib, nojoya so'zlar ham shu paytda chiqadi.
Mashaqqatli kunlar bo'ladi, sinovli qiyin kunlar bo'lardi. Mana shunday holatlarda ham shariatni doirasidan chiqmagan inson haqiqiy podshoh, haqiqiy ega inson bo'ladi. Inson ustiga mashaqqatlar keladi. Albatta, buni ortida hikmat bor. Bandani ustiga kelgan mashaqqatni albatta hikmat bor. Bu hikmatni nima ekanligini Alloh Taoloni o'zi biladi.
Mo'min kishini ustiga kelgan mashaqqatli narsa ikkita narsa sababli bo'ladi. Ya'ni ikki xil mashaqqat, ikki xil qiyinchilik bo'ladi. Birinchisi, qilgan gunohlari sababli ustiga musibat keladi. Gunoh ko'payib ketdi, tavba qilmay qo'ydi. Bir baloni berdi, bir musibatni, bir kasallikni berdi da, shu bilan shu gunohni Alloh Taolo yuvib tashlaydi. Bu birinchi variant. Ikkinchi variant. Hamma yog'i tekkis, istig'for tavbasi o'rnida, xayr ehsonni o'rnida gunoh mas'uliyatlarini qo'lidan kelganicha ehtiyot bo'lyapti, lekin shunda ham bir mashaqqat keldi. Bu nima deyiladi? Birinchi holatda gunohlarni yuvilish uchun keldi boyagi sinov mashaqqatlar. Ikkinchi holatda darajasini ko'tarishligi uchun. Agar inson mana shunday bir qiyinchilikda o'ziga ega bo'lib, sabr qilib, shariatda sobit tura oladigan bo'lsa, Alloh Taoloni yuksaltirish uchun bergan bo'ladi bu musibatni.
O'zini nafsini jilovlay olishlik, o'ziga ega bo'lishlik. Birodarlar, salbchilar Quddusni egallashganida o'n minglagan odamlarni, tinch aholini qonun oqizishdi. O'zlarini nafslarini jilovlay olishmadi. Britaniyalik ulug' bir mutafakkirlardan biri aytgan edi. Butun olamga ega bo'ldik, ammo o'zimizni nafslarimizga ega bo'la olmadik. Ya'ni butun olamni boshqaryapmiz, kuchimiz bilan, siyosatimiz bilan, quvvatimiz bilan. Ammo o'zimizning nafsimizni boshqarishlikka quvvatimiz yetmadi. Haqiqatdan qaraydigan bo'lsangiz, ana shu moddiy hayot zo'r bo'lgan g'arbda o'zlarini nafslarini jilovlay olmasdan, nafsni ko'yiga kirib, nima bo'layotganligini ko'raveryapsizlar. Erkakga ayolga aylanyapti, ayol erkakka aylanyapti. Erkak erkak nikohlanyapti, ayoli ayolga nikohlanyapti.
Tushunyapsizmi nima degani? O'shaning uchun aytyapti da, dunyoga ega bo'ldik, dunyoda boshqardik, ammo o'zimizni nafsimizni boshqara olmadik. Endi quddus sharifni salohiddin ayyubiy salibchilardan ozod qilganda, ular qilgan ishni qilmadi. Nasroniy yahudiylarni qatl qilgani yo'q. Ularga omonlik berdi. Albatta bu holat musulmon odam o'zining nafsiga ega ekanligi, nafs xohish istaklarini jilovlab olganligini dalili.
Salbchilar minglagan odamlarda qonun orqasida tinch aholi, yahudiyni ham o'ldirishdi, musulmonni ham o'ldirishi. Ammo musulmonlar egallaganida ular qilgan bu ishni qilmadi. Chunki ular o'zlarining nafslariga ega insonlar edi. Demak, mo'min kishidagi ulug' sifatlardan bittasi o'zining nafsiga egaligi, nafsini jilovlay olishligi, hissiyotlariga, o'zini xohish istaklariga berilib ketmasligi. Demak, movmin kishi podshoh ekan. O'zini nafsiga ega ekan.
Alloh taoloning al malik ismidan oladigan ulushlardan bittasi mana shu bo'ladi. O'zingga o'zing egamisans? Iymon bu ilmiy martaba, axloqiy martaba va go'zallik martabasi. Hozirda ko'pchilik odamlar mo'min degan kalimaga e'tibor qilishmaydi. Masalan, bir odam doktor ahmad deb chaqiriladi. Demak, ahmad ismli inson doktor degan unvoni bor. Ana shu unvonga yetishlik uchun bu odam juda ko'p mehnat qilgan. Katta bir ilmiy yo'lni bosib o'tgan. Juda ko'p kitob o'qigan. Qancha qancha imtihondan, sinovdan o'tgan. Mana shu ishlardan keyin unga doktor degan unvor berildi. Murod aka, biz mo'min degan so'zga ham bir e'tibor berishimiz kerak. Bu juda katta martaba, juda katta unvon.
Misol uchun aytamiz. Masalan, Abdurahmon mo'min deyildi. Endi chinakam mo'minmi? Agar chinakam mo'mun bo'ladigan bo'lsa, uni axloqi albatta go'zal bo'ladi. Qaytarib aytamiz, iymon bu go'zal axloq deyiladi. Ro'parangda turgan mo'min birodaringni axloqi senikidan ko'ra go'zalroq ekanmi? Demak, uning iymoni ham seni iymoningdan go'zalro'q ekan. Agar Ahmad yoki Abdurahmon mo'min deyilsa, chinakam mo'min bo'ladigan bo'lsa, boshqacha bo'lishi mumkin emas. Haqiqiy mo'min kishi yolg'onchi bo'lmaydi. Xiyonatkor bo'lmaydi, munofiq bo'lmaydi! Va'dasida turadi, ahdiga vafo qiladi, birovni haqiga tajovuz qilmaydi, jamiyatga foydali inson bo'ladi. Haqiqiy chinakam mo'minov jamiyatga fondali inson bo'lad. U foydasi puli bilan tegyaptimi? Ilmi bilanmi? Mehnati bilanmi? Odamlarga, jamiyatga foydalimi? Demak, mana shu odam mo'min bo'ladi. Iymon ilmiy martaba deyildi. Bu nima degani? Mo'min kishi bu dunyodagi eng katta ilmni topdi. Eng katta haqiqatga erishdi.
Bu nima edi? Bu qanaqa haqiqat, qanaqa ilm edi? Bu haqiqat koinotni nima ekanligini anglab yetdi. Allohni tanidi. Hayot nima, o'lim nima, buni tushundi. Demak, iymon bu ilmiy martaba. Iymon go'zallik martabasi deyildi. Bu nima degani?
Dunyodagi haqiqiy baxtli inson bu mo'min inson. Boshqacha qilib aytsak, bu dunyoda haqiqiy bahtli inson faqatgina mo'min kishi. Biz g'arbdan, sharqdan kelgan tushunchalarga qarab, internetdan, televizordan, boshqa bir ommaviy axborot vositalaridan kelayotgan ma'lumotlarga qarab turib, eng baxtli insonni moddiy hayoti zo'r bo'lgan inson deb tasavvur qilyapmiz.
Ko'chalar tekkis, oyliklar katta, turmush tarzi zo'r, mashinalari yangi, falon falon mamlakat. Agar shu moddiy tomoniga qarab turiblar insonlarni baxtli deydigan bo'lsak, demak bizni islomiy tasavvurimiz to'g'ri emas. Faqat haqiqiy mo'min insongina baxtli bo'ladi. Qaytaramiz. Faqatgina chinakam mo'min insonginagina baxtli bo'lladi. Chunki u hayotidan rozi.
Baxt nima edi? Baxt bu rozilik. O'sha biz aytayotgan dunyoviy hayoti zo'r bo'lgan insonlar qalbada roziligi yo'qmi? Demak baxtsiz u inson. Bir og'aynimiz aytgan edi bir yigirma yil burun. O'zi usta edi, manaqa mashina remont qiladigan. O'sha otvyorkasini omborini olib chiqadi. To'rtta beshta mashina keladi, remont qiladi, besh olti so'm topadi, kirib ketadi. Jamg'armasi yo'q. Seyfi yo'q. Yo'q. Kunligini topadi yashaydi. O'sha paytda deydi, o'n ming dollarim bo'lsa yetadi der edim, mashina deydi.
U uchun baxt o'n ming dollar ekan. Keyin mashina savdosiga o'tib ketdi u birodarimiz. Bo'ldi. Keyin o'n ming dollarni topdim deydi. Yetdimi desam, yo'q deydi. Ha, u yog'ini bilasizlar endi. U yog'ini gapirmang, qo'yavering. O'n ming bo'lgandan keyin yuz ming deydi, yuz ming bo'lganidan million deydi. Demak, bu odam, agar shunaqa fikr bilan yashaydigan bo'lsa, hech qachon baxtli bo'lmaydi.
Mo'min Allohni taniydi. Eng katta haqiqatni anglab yetgan. O'lim nimaligini, hayot nimaligini biladi. O'limdan keyin nima borligini biladi. Hayotidan rozi. Iymon bu ilmiy martaba, iymon bu axloqiy martaba, iymon, bu go'zallik martabasi. Demak, men mo'minman degan paytimizda, shu narsalar bizda bormi yo'qmi qarab qo'yaylik.
Mo'min odam boshqalardan ajrab turadi. Boshqalar ko'rmagan narsani ko'radi. Mo'min hayotga hikmat nazari bilan qaraydi. Mo'min bu borlig'ni haqiqatini tushunib yetgan. Mo'min o'zini bu dunyodagi vazifasini yaxshi biladi. Mo'minning g'ami ulug' bo'ladi. Risoloti buyuk bo'ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingani hadisda bir qora ayol, Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning masjidini shupurib tozalab turar edi. Ko'rimsiz, unaqa bir hech kim bir e'tibor bermaydigan bir qora ayol. Birdaniga yo'q bo'lib qoldi haligi ayol. Rasululloh sollallohu alayh u vasallam sahobalaridan u ayol haqida so'raganlarida aytishdiki, vafot etdi tunda, olib borib dafn qilib qo'ydik. Nabiy sollallohu alayhi vasallam, afalak kum tun adan tumuni. Ha meni chaqirmabsizlarda dedilar. Endi sahobalar bu qanaqa, ko'rimsiz bo'lgan, oddiy bo'lgan, bu qora ayolni janozasiga Payg'ambarimizni bezovta qilishni xohlashmadi. Mana shu ishni mayda sanashdi. Payg'ambarimiz bu narsani eshitib turib, du lunya ala qoblihan. Qabriga meni olib boringlar, dedilar.
Olib borishdi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam janoza o'qidilar. Ko'ring. Musulmonlar bu narsani yengil qarashda, unaqa arzimagan narsa deyishda, lekin Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu ishni ulug' ish ekanligini siz bilan bizga ta'limini beryaptilar. Masjidni shupurishlik. Hech kimni ko'ziga ko'rinmaydigan, e'tiborga ilinmaydigan ish.
Lekin mo'min odam buni ulug' ish etganligini ko'radi. O'zini shahvati uchun, havoyi nafsi uchun yashayotgan inson, faqir, kambag'al, zaif muhtojlarni ko'rmaydi. Ularga e'tibor qilmaydi. Bunaqa insonlar Allohdan uzoq insonlar deyiladi. Mo'min bunaqa bo'lmaydi. Aytdik hozir. Mo'min boshqalar ko'rmagan narsani ko'radi. Chuqur fahmi bor, kuchli idroki bor, ulkan qalbi bor. Bunaqa qalb egasi kibr qilmaydi.
Aytayotgan so'zlari qalbdan bo'ladi. Bunaqa musulmon odamning holati dunyodagi eng katta mushkulalardan ko'ra kattaroq bo'ladi. Ya'ni bunaqa e'tiqodlik, bunaqa tasavvurlik mo'minni ko'zida dunyoning eng katta muammolari ham arzimagan narsa bo'lib ko'rinadi.
Ha, bir kattaroq bir molini bir qismidan ajralib qoldi, konfiskatsiya bo'ldi, dengizga cho'kib ketdi, infarkt bo'lib qoladi, insult bo'lib qolad. Vaholanki yana u boyligini yarmi turibdi. Demak, bu inson mayda inson. Ha domla, besh yuz ming. Chakana pulmi? Ha, chak. Azakam pul emas. Boshing omonmi?
Aql hushing joyida turibdimi? Tikka turib yuribsanmi? Yeganing kirib chiqib turibdimi? Ha, Alloh beruvdi. Alloh oldi. Berganda sinagan edi. Berib sinaganda, yaxshi o'tgan imtihondan, endi olib sinagandachi? Tushunarli mirodalar? Haqiqiy mo'min ko'zida bu dunyoni katta muammolari ham, dunyoni kattamuammolari ham mayda muammo bo'lib ko'rinadi.
U uchun eng katta musibat diniydagi musibat. Qal'a taj al musibatanafi dinina. Musibatimizni dinimizda qilib qo'ymagin. Ya'ni dinimizda musibatga uchramaylik. Bunaqa odamlar ozgina iqtisodiy qiyinchilikka tushib qolsa, tushkunlikka tushib ketadi. Bunaqa odammlar o'ziga kerak bo'lmagan narsalarni qarzga bo'lsa ham olib, ega bo'lmoqchi bo'ladi. Bunaqa olamlar cho'ntagida hemiri yo'q. Cho'ntagida pul yo'q. Bankdan kreditga pul olib to'y qiladi restoranda.
Bormi? Muhimi to'y zo'r o'tsin. To'rtta beshta artist kelib unga bir xizmat qilib beradi, katta pulni to'laydi, xursand. Keyin nima bo'ladi? Teshik tog'orani oldida o'tiradi. Haqiqiy mo'minni ko'zida bu dunyoning eng katta mushkulasi ham mayda bo'lib ko'rinadi. Chunki qalbi kuchli, irodasi mustahkam, himmati oliy bo'ladi. Mo'minni maqsadi oliy bo'lada. Shuning uchun uni maqsadlariga yetishni yo'lida unga uchraydigan narsalar hech narsa emas. Diqqat qilinglar shu gapga. Oldiga qo'ygan maqsadi oliy va ana shu oliy maqsadga yetishlik uchun mehnatni ham olisini qilish kerak. U oliy maqsadi olib boradigan mehnat ham oliy bo'ladi, uni yo'lidagi mashaqqatlarga parvo qilinmaydi.
Musulmonni bu dunyodagi ehtiyojlaridan ko'ra maqsadi oliroq bo'ladi. Odamlarni ko'rasiz, maqsadi uy. Maqsadi uylanib olish, maqsadi kattaroq pul. Bor maqsadi shu. Bunaqalar o'sha narsaga erishgandan keyin hayoti zerikarli bo'lib qoladi. Chunki boshqa maqsad qolmadi da. Haqiqiy mo'min unaqa bo'lmaydi. Ummatni g'ami bilan yashaydi. Xalqni g'ami bil an yashaydi. Uni maqsadlari hojatlaridan oliyroq bo'ladi. Chunki uni hayotda ko'zlagan maqsadi va zimmasida vazifasi bor. Shuning uchun inson yuksalishi, birodarlar, oliy martabada bo'lishi, uni maqsadlariga qarab belgilanadi. Qanchalar maqsadingiz oliy bo'lsa, shunchalar yuksalasiz.
Bandalar orasida haqiqiy podshoh kim ekan? O'zini nafsiga ega bo'lgan. Havoyi nafsini jilovlagan odam. Haqiqiy muammo shunaqa bo'ladi. Uni o'lchovlari, tushunchalari bor. U hammaga ergashib ketavermaydi. Uni maqsadiga olib boradigan amali bor, manhaji bor va mana shu narsa uni baxtli qiladi. Alloh aziz va jalala hammalarimizni nafslarimizga ega bo'lishlikka tavfiq bergan bo'lsin.