MMaviza
Al-MuhayminTekshirilgan24 daq

90-DARS AL-MUXAYMIN (4-QISM) / ASMA-UL-HUSNA

Abdulloh Domla · Asmoul husno

0:00
23:32
O'zgarishlar tarixi

Bismillahir rohmanir rohim. Inna alhamdulillahi narxmatuhu onas ta'inuhu onas tafiruh. Va na'ulubillahi min ash g'urur ya'nfu sinah va min sayyi'ati amalina. May yahdihillah u falamu billah la, voman yug'dihlih u falaha deya la. Va nashqadah la ilaha illallohu vahidahul la sharikala va nashqaduh anna muhammadan abduhu va rasuluh. Ammabad, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatu.

Alloh subhanah va taoloning go'zal ismlaridan birodarlar asnoli husno silsila darslaridan robbimiz subhanah va taoloning al muhaymin ismini o'qiyotgan edik, bugun oxirgi darsimiz. Al muhaymin. Haymana degan so'zni ma'nosi ehtiyot qilish, g'amxo'rlik, parvarish, birov haqida qayg'urish, nazorat qilish, kuzatib turishlik, boshqarib turishlik ma'nolarini bildiradi. Robbimiz subhanah taolo al muhaymin bo'lgan zot. Mana o'tgan darsimizda oxirgi aytgan narsamiz, alloh taolo muso alayhissalomning onasiga vahiy qildi.

Agar qo'rqsang, bolingni suvga solgin, oqizgin. Albatta biz uni senga qaytarib beramiz va uni payg'ambarlardan qilamiz. Alloh azza va jalla Muso alayhissa salomni o'zining haymanasiga oldi. Alloh al muhaymin bo'lgan zot o'zining hay manasiga oldi. Mo'so alayhissalomda qatl qilishlikka, charxlangan qilichlar, pichoqlar chopishni o'rniga Mo'so alayhissa salomni xizmatini qiladigan qilib qo'ydi. Alloh taolo. Shuning uchun Alloh taolo o'zining hay manasiga olgan bandasini hech qachon tashlab qo'ymaydi.

Almuhaymin. Muhabbat, shafqat va rahmat g'amxo'rligi. Parvarish qilishi, ehtiyot qilishi. Demak, al muhaymin ismining ma'nolaridan, so'rovlaridan rahm shafqat va muhabbat. Kasal bo'lib qolgan uch yashar bolani tasavvur qiling, onasi bolasini ustida parvona bo'ladi. Yerni kapalak bo'ladi. Uxlamaydi. U yoqqa yuguradi, bu yoqqa yuradi. Hali isitmasini o'lchaydi, hali doriga yuradi. Mana shu g'amxo'rlik onani mana shunday bolasiga g'amxo'ri bo'lishligi haymana deyiladi. Shafqat va muhabbat g'amxo'rligi.

Al muhaymin saqlovchi bo'lgan zod. Alloh taolo Muso alayhissalomni, chaqaloq Muso alayhissa salomni qanday saqlab qo'yganiga mana guvohi bo'ldik. Alloh taolo Qur'onda marhamat qiladi astayribillar. Sollallohu xoyrun hayfidho vohivoh alhamur rohimin. Zotan Alloh eng yaxshi saqlaguchidir. Va u zot mehribonlarning mehribonrog'idir.

Mana birodarlar, hammamiz ham bola deb chaqa qidirib yuribmiz. Bolalarim deb chaqa qdirib yuribmimiz. Tirikchilik deb yuribmiz! Bizni farzandlarimizga qilayotgan hay manamiz bu. Ular haqida qayg'urayotganligimiz, ular haqida g'amxo'rlik qilayotganligimizdan da bu.

Asarlarda keltiriladi, qiyomat kunida Alloh Taolo bir bandaga aytadi. Ey bandam, men senga keng mol u dunyo berganman. Boy qilib qo'ygan. Nima ish qilding shu boyligingni ustida? U banda aytadi, farhodgor, mendan keyin bola chaqalarim kambag'al bo'lib qiylanib qolishmasin deb u puldan info qilmadim.

Alloh Taolo aytadi, axir meni quvvat egasi ekanligimni, meni razzoq ekanini bilmaganmiding? Sendan keyin, sen qo'rqqan narsani farzandlaringni ustiga tushirdim. Alloh Taolo o'zini haymanasiga olganida, o'zini exhotasiga olganida parvarishiga olganida, bu farzandlarni kambag'al bo'lib qolmas edi. Ota o'lganimdan keyin qiynalib qolmasin bolalarim deb turib sarflamadi dunyosini, Alloh roziligiga olgan. Lekin kambag'al bo'laverdi. Yana bir bandaga aytadi: ey banda, senga boylik berdim, nima ish qilding? U banda aytadi: Parvardigor, Sen rahmliylarning rahmliroq ekaniga va eng yaxshi saqlovchi ekaniga ishonchim sababli muallimni muhtoj va miskinlarga nifoq qildim, deydi. Birinchi boy ham o'ldi, baxil bo'lsa ham, ikkinchi boy ham o'ldi, saxovatli bo'lsa ham. Alloh Taolo aytadi: Sendan keyin bolalaringni saqlovchi O'zimman. Ka'f surasiga qaytamiz.

Hizr alayhissalom, Muso alayhim assalom, ikkala payg'ambar. Bir devorni tikka qilib urib qo'yishdi. Nimaga urdik bu devorni tikkaqildik, egasini topib xizmatdan qila olmaymizmi deganida, muso alayhissalom. Hizr alayhissalom aytdi: Bu devor ikkita yetim bolani devori edi. Ostida xazina bor edi. Bu yosh bolalar hozir, agar devor yana nurab yiqilsa, xazina ochilib qoladi. Xazinasini himoya qilishlik bolalarni imkoniyatida emas. To balog'atga yetib, o'zlari kavlab olgunga qadar, devorni tikka qilib qo'yishligini Alloh amir qildi dedi.

Nima uchun desa, fakana abuhuma solih. Bu ikkita yetim bolani ota onalari deydi, yaxshi odamlari deydi. Ana, Allohda taqvo qilgan solih banda o'tib ketgandan keyin, bunaqa solih bandani farzandlarini Alloh nima qilmas ekan? Zoyi qilmas ekan. Hamma ish Allohnin qo'lida. Chunki Alloh Taolo al muhaymin bo'lgan zon. Yusuf alayhissalomning akalari. Nima qilishdi bu ukasi? Quduqqa irg'itishdi, o'lishi uchun. O'ldimi? Yo'q. Nima uchun o'lmadi? Al muhaymin bo'lgan Alloh Taolo o'zining hay manasiga olgan edi Yusuf alayhissalomni. Chunki sollallohu xayrunuhu hafidon. Eng yaxshi saqlovchi bu Alloh Taolo edi. Oqibat nima bo'ldi? Misrning vaziriga aylandimi? Shuning uchun birodarlar Allohda qolmaylik. Otamizni puli Alloh biladi bizga qoladimi yo'qmi. Alloh biladi taqdirimizga yozganmi yo'qmi. Allohda qolmaylik.

Mana shu Yusuf alayhissalom qissasida Alloh Taolo aytadi: astaydu billah va allohu g'olibuni ala amrihi va laakinna aktarona sela ya alamun. Alloh o'z ishida g'olibdir. Lekin odamlarni ko'p uni bilmaydi. Akalari nima hiyla qilishdi? Allohni aytgani bo'ldi.

Hali tug'ilmagan Muso alayhissalom chaqaloqni o'ldirgani Fir'avn o'zini zamonasidagi eng kuchli podshoh. Harakat qildi. Manusroildan tug'ilgan har bitta chaqaloq qatl qilindi. Lekin vallohu g'olibuni ala amrihi, Alloh o'zini ish ustida g'olib. Nima bo'ldi? Ana shu Fir'avnning halokatiga sabab bo'ladigan Muso alayhissalom Fir'avnni saroyida katta bo'ldi. Chunki Alloh aytgani bo'ladi da.

Endi musulmon kishi Alloh Taoloning mana shu go'zal ismlaridan o'ziga ulush nasiba olishligi kerak. Siz, siz rahmli bo'lsangiz, maxluqotlarga, mana shu amalingiz bilan ar rohim bo'lgan allohga yaqin bo'lasiz. Agar siz adolatli inson bo'lsangiz, mana shu ishingiz bilan ala adil bo'lgan robbingizga yaqinroq bo'lasiz.agar hikmat bilan ish tutadigan bo'lsangiz al hakin bo'lgan robbizga yaqin bo'tasiz. Valillahi asma ul husna fadohu biha. Mana shu go'zal xulqlarga ega bo'lib, shu go'zol xulqlarni o'zimizda paydo qilishlik biz uchun vasila. Bizni Allohga yaqin qiladigan vasila bo'ladi. Astaydu billah. Ya ayyuha'lla dina a man buttoqulloha va butoq u ilayhil vasilata. Ey mo'minlar, Allohdaan qo'rqingiz va unga yaqin bo'lish yo'lini izlangiz. Vasilan izlangiz.

Mana shu go'zal ismlardan o'zimizga ulush olamiz. Ana shu xulqlarni o'zimizda paydo qilamiz. Shu amalimiz, shu xulqimiz bizni Allohga yaqinlashtiradigan vasila bo'ladi. Mo'min banda, musulmon banda Al Muhaymin bo'lgan robbisidan boshqalarga qarab yuzlanmasligi kerak. Agar siz robbingizni qanday ulug' zot ekanligini, uni Muhaymin ekanligini biladigan bo'lsangiz, boshqalarga suyanmay qo'yasiz. Boshqalarga suyanmaysiz, ishonmaysiz, umid bog'lamaysiz, qo'rqmaysiz.

Mana shu joyda birodarlar, ikkita bir nozik ma'no bor. Allohni go'zal ismlaridan olgan ulushing bilan o'zingni bezaysan, ikkinchisi, faqatgina uni o'ziga iqbol qilasan. Alloh Taolo Al Muhaymin bo'lgan zot. Bandalari, maxluqotlari haqida ilmi komil.

Rahbar bo'lgan, boshlig'i, boshqaruvda bo'lgan bir odam mana shu boshqaruvi to'g'ri, muvaffaqiyatli bo'lishi uchun qo'l ostidagilar haqida qo'lida to'liq ma'lumoti bo'lishi kerak. To'g'ri informatsiyasi bo'lishi keraks. Xo'p, ota oilani boshqaryaptimi? Demak, oila a'zolari haqida to'liq muammoga ega bo'lishi keraki.

Oilasi, farzandlari haqida, qayoqqa boryapti, qayoqqa kelyapti, kim nima bilan mashg'ul? O'g'lini do'stlari kim? Kimlar bilan muomala qilyapti? Nimaga uyga kelishga qaytyapti? Agar farzandlari haqida, oilasi haqida mana shu ma'lumotlari to'g'ri bo'lmasa, ularni usti yurgizadigan siyosati ham to'g'ri bilmaydi. Biz bu yerda haligi bo'yin so'ndirishlik, qahr qilishlik, nazoratini aytmayapmiz. Mehribonlik, rahm shafqat, muhabbat nazoratini aytyapmiz, birodarlar.

Demak, oilani to'g'ri idora qilishlikda, farzandlarni to'g'ri tarbiya qilishlikda qo'limizda ma'lumotlarni sahih bo'lishingiz juda ham muhim. Chunki sizga noto'g'ri ma'lumot kelib qolgan bo'lsa, tekshirilmagan noto'g'ri ma'lumot qol qolsa, sizni qabul qiladigan qaroringiz ham noto'g'ri bo'ladi. Shuning uchun aytyapmiz, rahbar odam, ota odam to'g'ri ma'lumotlarga ega bo'lishligi kerak bo'ladi.

Mana Sulaymon alayhissalomni oldiga xudxud qushi uchib keldi. Sabaa mamlakatidan. Keli falon falon falon holatda ekan. Ularni malikasi bor ekan, katta arshi bor ekan, Allohni qo'yib quyoshga sig'inishar ekan dedi. Ma'lumot keldi. Sulaymon alayhi salom darrov ishondimi? Nima dedi? Qolasan anzur. Ko'ramiz. Asadoqda, amkun ta minal ka adabiyin. Sen rost so'zla deymi yoki yolg'onchilardan bo'l deymi? Ha ham demayapti, ishonibdoru, yo'g' ham demayapti ishonmasdan. Balki ko'ramiz deyapti. Shuning uchun ota o'zini oilasida, rahbar o'zini korxonasida, muallim o'zini sinfida, to'g'ri ma'lumotlarga ega bo'lishiga juda ham muhim.

Al muhaymin ismidan olishimiz kerak bo'lgan muhim nuqtalardan bittasi mana shu. Hikmatli boshqaruvda ma'lumotlarning ahamiyati qancha muhim ekaniga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotidan bitta misol. Badr kunida Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Meni amakim Abbosni qatl qilmanglar" dedilar.

Bo'ldi. Mana Badr g'azodining avvalida muboraza bo'ldi. Muborazada Utuba ibn Robiya, Shayba ibn Robiya, Validovni Utuba. Bu uchchalasi qatl qilindi, muborazaga chiqib. Bu uchchalasi musulmonlarning safida turgan Abu G'uzayfaning otasi, ukasi va amakisi edi.

Uchta jigaridan ajrab turgan Abu G'uzayfaga Rasulullohning buyrug'i keldi. Rasulullohning amakisi Abbosni o'ldirmaymiz ekan. Boyagi alamda turgan sahoba achchiq ustida ha nima, bittamizni otasi, inisi, amakisi qatl qilinadi yu, Abbos qatl qilinmas ekanmi? Va allohi, agar peshonamdan chiqsa, yuziga qilib tushiraman dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning buyrug'iga ochiq qarshi gapirdi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib ketganlarida Makkadan Madinaga, Abbosiddin Abdulmutolib Makkada qolgan edi. U musulmon edi. Rasulullohning buyrug'i bilan qolgan edi, Makkaning xabarlarini, Qurishning xabarlarini Rasulullohga yetkazib turar edi. Agar kurash bilan birga kelmasa Badrga, sir oshkor bo'lib qolar edi. Shuning uchun birga kelgan edi. Shuning shu Payg'ambarimiz aytgan edi, amakim o'ldirmanglar deb. Amakim o'lmanglar, u musulmon desa, yana sir oshkor boib qoladi. O'ldirmangilar demasa, musulmonlar qatl qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchunga o'ldirmanglarni dedi. Mana endi hamma ishlar tomoniga yetib, tafsilotlar ma'lum bo'lgandan keyin, Abu Huzayfa roziyallohu anhu aytgan so'ziga qattiq pushaymon bo'ldi.

Chunki kelgan ma'lumotni to'liq tekshirib, sirini, haqiqatini bilmasdan turib, gapirib yuborgan edi. Falonchi anaqa ekan desanglar darrov hukm qilib yubormaslik kerak da. Rasululloh aytganlar, seni oldinga bitta odam, bir kishi bitta ko'zi o'yilib kelsa, meni ko'zimni falonchi o'ydi desa, narigini ustidan hukm chiqarmagin. Shoshilmagin. U ham kelsin chi, ehtimol uni ikkala ko'zi o'yilgandir.

Shuning uchun shoshmaylik, akalar, ukalar. Demak, mohir rahbarning qo'lida tekshirilgan aniq ma'lumotlar bo'lishligi kerak. Bolangizni yurish turishi o'zgarib qoldi. Qo'pol bo'lib qoldi. Gap qaytaryapti. Namozlarga beparvo. Birdaniga qo'lida pul paydo bo'lib qoldi. To'satdan katta katta mashina minib qoldi. Qaysi pul degan? To'satdan katna biznesga kirishib ketdi. Qayerdan?

Uyiga kech kelyapti, ozib ketdi, semirib ketdi va hokazo. Yana rahbar buydigan buyrug'ini amalga oshirishligini nazorat qilishlik kerak. Agar buyrisa yu, buyrug'iga amal qilinmasa, buyrug'i bajarilmasa, bunaqa buyruqda qadr bo'lmay qoladi. Mana shu rivojlangan mamlakatlarni qaraydigan bo'lsak, nimani ko'ramiz?

Juda ko'p sabablar bor rivojlanishiga, ularni. Shulardan bittasi, buyruq chiqarildimi, hamma bajaradi. Yoqsa yoqmasa, bajaradi. Shuning uchun ular rivojlanib ketdi. Bergan buyrug'ingizni nazorat qilib, uni kuz. Bajarilishini tahqiq qilishligingiz ham mana shu haymananing ma'nolardan bittasi ekan.

Yana rahbar odam, birodarlar, rahbarlarga tegishli narsalardan, o'zi boshqarayotgan odamlardan ustun bo'lishi kerak. Agar usta bo'lsa hunarida, ilm bo'lsa ilmda. Agar ustun bo'lmasangiz, ularni haymana qila olmaysiz. Maktabni direktori. Agar ilmiy saviyasi qo'lidagi o'qituvchilardan baland bo'lmaydigan bo'lsa, muallimlar uni to'xtatmaydi.

Shuning uchun rahbar odam, bir jamoatda boshqarayotgan odam, o'zini sohasida, qo'l ostidagilardan ustun bo'lishligi kerak bo'ladi. Yana, muammolarni hal qilish qobiliyati dominant odamning muhim xususiyatlaridan. Muhaymin insonda mana shu haymana qo'lida olib bor bo'lgan insonda mana shu muammolarni hal qilishlik qobiliyati ham bo'lishligi kerak. Bunaqa qudratni ikkita sharti bor. Birinchisi ilmiy qismi, ikkinchisi amaliy qismi.

Muammoni hal qilishligi uchun avval muammo haqida ilmingiz bo'lishi kerak. Endi bu muammoni hal kelgani strategiyangiz, rejangiz bo'lishligi keling. Aks holda, bu odam o'zi boshqarayotgan joyini vayron qiladi. Yana rahbar odam, boshliq odam qo'l ostidagilarning talablarini qondira olishi ham kerak. Agar qondira olinmaydigan bo'lsa, bu rahbarning quvvati ketib qoladi. Masalan, ota oilada.

Agar ishlamasa, bekorchi bo'lsa, nochor bo'lsa, yalqov bo'lsa, oila a'zolarining ehtiyojlarini qondira olmaydigan bo'lsa, yoki shaxsiyati zaif bo'lsa, siyosati yo'q bo'lsa, farzandlar itoat qilmay qo'yadi. Farzandlar kimning itoatiga o'tib ketadi? Badavlatroq, uylarga ko'proq foyda keltira oladigan tomonga og'ib ketadi. Unga ta'sir o'tkazadigan tomonga o'tib ketadi.

Ammo otani biz aytayotgandek, topish tutish o'rnida bo'lsa, siyosati qattiq yurgizsa, o'zi mahkam mustahkam shaxsiyat bo'ladigan bo'lsa, itoat qilinadi. Endi, birodarlar, bu yerda biz pul topmayotgan otani bolalari quloq solmaydi, otasiga demoqchi emasmiz. Kambag'alligi ikki xil bo'ladi.

Taqdir kambag'alligi, yalqovlik kambag'allik. Taqdir kambag'alligi tushunarli. Alloh taolo har qancha ishlamasin, har qancha harakat qilmasin, faqir deb yozib qo'ygani uchun boyimayapti. Biz bu kambag'allikni aytmayapmiz. Biz yalqovlik bilan kambag'al bo'lmagan otani aytyapmiz. Tushunarlimi? Xo'p, pul topmayapti, katta pul topmayapti ota. Lekin taqvoliy, shaxsiyati kuchli, siyosatini mahkam ushlagan odam bo'ladigan bo'lsa, pul topib olsa ham bolalar quloq soladi.

Chunki bunaqa ota, Allohni tanitsa bolalariga, Allohni tanigan bolalar otasini puli bor yo'g'ligiga qaramaydi. U meni otam deydi, jannatimni bitta eshigi deydi. Tirikchilik bilan shug'ullanmasdan doim masjidda o'tiradigan bir odam, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, haligi yigitga, seni kim boqadi? Deb so'radilar.

Haligi yigit akam dedi. Deganida, axuka abadumingka, akang sendan ko'ra ibodatliroq ekan dedilar. Tushunarlimi? Demak, ota farzandlariga, ota oilaga gapni o'tish uchun mana shuni bir shaxsiyat bo'lishligi kerak. Muhaymin rahbar bo'lgan ishi qo'l ostidagilar bilan qilayotgan muomalasida shafqatli, mehrli bo'lishligi keldi. Agar shunday bo'lmaydigan bo'lsa, hech qachon ularni qalbiga ega bo'la olmaysan, ularni ihota qila olmaysan.

Mana shu Amerika dunyodagi eng ko'p mashinalar ishlab chiqaradigan mamlakatlardan edi. Tarixda bir davr bo'ldi. Amerikani o'zida minilayotgan mashinalarni oltmish yoki yetmish foiz Yaponiyada ishlab chiqarilyan mashinalarligi aniq bo'lib qoldi. Dunyodagi eng ko'p ishlab chiqaradigan mashinani, davlatda Yaponni mashinasi ko'payib ketdi. Bu Yaponni mashinani, Amerikani mashinasidan afzalligi, texnik tomonlaridan ustunligi emas ekan sabab. Sababni qidirib qarashsa, Yaponiyada ishlaydigan ishchi kelajakka kafolangan ekan. Ishida xuddi direktorni kuyovi daqa his qilar ekan o'zini. Kompaniyaning daromadiga bir qismiga sherik ekan. O'shaning uchun uni o'zini ishiga bo'lgan munosabati boshqacharoq ekan.

Ana shu Yaponiyalik katta mashina kompaniya direktori ishchilar bilan birga o'tirib ovqatlanar ekan. Orada mehr bor ekan. Ishchilarni puxtaligi, ishiga vijdonan yondashishini sababi shu edi. Natijani shunga yarasha bo'ldi. Sizni yaxshi ko'rib, sizga hurmati, haybati bo'lib turib bo'yni surish bitta narsa, sizdan qo'rqib, ishdan haydab yuborishingizdan, oyligini qirqib qo'yishingizdan, ishlashdagi boyni surishning ikkinchi narsa.

Shuning uchun atrofimizdagilar, birodarlar, rahbar bo'lsak, o'zlarini biz bilan birga bo'lganda foyda ko'rishlarini his qilish kerak. Shunda bizga fidoiy bo'ladi, xizmatda qoyim turishadi. Bu najahl haymana, muvaffaqiyatli boshqaruvning belgisi deyiladi. Al muhaymin boshqaruvchi insonga uni qo'l ostidagilari yaxshi ishlarda taqlid qilishsa, ana shu rahbarga ulardan ham ulush bo'ladi.

Chunki ota namozida doimligini farzandlar ko'rsa, haromdan taqvo qilayotganligini ko'rsa, farzandlar albatta otaga taqlid qiladi. Qo'sh, ana shu yaxshi taqlid uchun ota o'zi ish o'sha yaxshi ishni qilib turib savob olsa, unga taqlid qilib yuborgan farzandlardan savob ham otasiga albatta yoziladi.

Agar buni teskarisi bo'ladigan bo'lsa, ota ishsa, cheksa, namoz bilan ish bo'lmasa, farzand shu narsani to'y ko'rib taqlid qila oladigan bo'lsa qanaqa bo'ladi? Otaga, bunaqa otaga taqlid qilgan osiy farzandlarni o'zi ham gunohkor, mana shu yo'lni ko'rsatib bergan ota ham gunohkor bo'ladi. Xulosa, alloh taoloning al muxaymin ismidan qanday ulush olamiz?

Sen birodar ota sifatida, muallim sifatida, rahbar sifatida, qo'l ostingdagilar ustida Muxaymin bo'lishing kerak. Bu nima degani? Ularda holatdan xabardor bo'lish, ularga shafqatli, muhabbatli bo'lish, ularni hidoyatda bo'lishiga xaris bo'lishing degani. Chunki qiyomat kunida har bittamiz qo'l ostimizdagilar haqida mas'ul bo'lamiz. Rasululloh aytganlar kullukum roin va kullukum mas'ulun ar ro'yi yetti xiy. Har biringlar boshliqsizlar va har biringlar qo'l ostidagilar haqida ham mas'ulsizlar.

Aqulu xoli ha'da va astag'firullohu livalakum. Innallohu va malaka tahu yusalluni ala nabiy, ya yuhalladina an'anavu sollallohu alayhi vasallimu taslima. Vassalomu alaykum va rahmatullohi ta'li va barakatuh.

Bilimni sinash

5 ta savol. Har bir to'g'ri javob — 10 ball.

Keyingi darsga o'tishdan oldin testni topshiring

Testsiz davom etish