Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi robbil a'lamin. Vassalatu vassalomu ala shifo'fir mursali. Va ala alixiy va ashabihij mayin. Allohumma allimna mayyan fauna. Vam fag'na bi ma'allam tana va zidna ilman. Allohumma arenal haqqa haqqon vorzuqna teba'a va arenal baotila baotilan vorzuqna jidinaba. Hoji anna min ma'yasita me'un al qovli fayat tabiuni axsana va adhinna bi rahmatika fiy aybadika solihin. Ammabod, assalomu alaykum va rahmatullohi ta'al va barakatuh.
Alloh subhanahu va taoloning asmonu xusno, go'zal ismlari, simsilar darsidan birodarlar al xoliq ismini bugun dars qilgan bo'lamiz. Al xoliq. Alloh taoloning bu go'zal ismi Qur'oni Karimda ham, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida ham vorut bo'lgan. Astaydubillah, hu allohu l holi qul daryu ul musavviy rulahul asma ul husna. Hashar surasi, u alloh yaratuvchidir, yo'qdan bor qiluvchidir, barcha narsaga surat shakl berguvchidir. Uning go'zal ismlari bordir. Mana al holi.
Boshqa oyatda alloh taolo aytadi, astabi billa hal min xoliqin g'oyrullohi yarzuqu minas samai va l art. Sizlarga osmoni zamindan rizq beradigan, rizq xuruj beradigan allohdan o'ziga bir yaratuvchi holiq bormi? Al holiq, bu alloh taolo hamma narsani yo'q narsadan paydo qilgan.
Alloh paydo qilgan bu narsa avval misli o'xshashi bo'lmagan bo'ladi. Agar insonni ham majozan xoliq deyish mumkin bo'lsa, u ham bir narsani paydo qiladi, lekin u paydo qilgan narsasining avval misli bo'ladi. O'zi asli yaratdi xoloqo, yaratdi degan so'zni insonga nisbatan ishlatib bo'lmaydi. Chunki xolaqo, yaratdi degan narsa yo'q narsadan paydo qilishlik aytilinadi. Endi inson bir narsani paydo qilsa, uni yaratdi deb bo'lmaydi. Uni yasadi deyishimiz to'g'ri bo'ladi. Chunki inson nimani paydo qilgan bo'lmasin, avval bor bo'ladi bir material, ikkinchi materialni olib kelib aralashtiradi, bor narsani bir biriga qo'shib turib, bir narsani pay do qiladi. Demak, yaratdi degan so'z faqat Alloh Subhanahu va Taologa ishlatilinadi. Inson zotiga emas. Demak, inson yaratdik, yaratdim deyishi mumkin emas. U yasadim desin.
Al Xoliq ismini sunnatun abaviyada vorib bo'lishligi. Rasululloh Sollallohu Alayhi Vasallam zamonlarida narxlar ko'tarilib ketdi. Odamlar kelib, yo Rasululloh, sayrlana. Narxlarni o'zingiz belgilab bering. Yaxshi bo'lardi, shunday qilsangiz deyishdi. Shunda Payg'ambarimiz Sollallohu Alayhi Vas Salam aytdilar, innalloh ahvol xoli qul qobizul dasidur roza qul musayir. Albatta Allohning o'zi Al Xoliq, Al Qobiz, Al Dasid, Al Roza. Al Musair, naqdlarini o'zi belgilovchidir dedilar. Demak, Payg'ambarimizning hadislarida ham bu ism vorid bo'lgan.
Yoki boshqa hadisga qaror soladigan bo'lsak, Rasulullohning la to atali maxluqin fiy ma'siyatil xoliq. Xoliq yaratuvchiga osiy bo'ladigan o'rinda maxluqqa itoat qilinmaydi. Demak, Al Xoliq ismi Payg'ambarimning hadislarida haqida ham vorid bo'lgandi. Alloh Taoloning shunday ismlari bor, Qur'onda vorid bo'lmagan, Qur'onda kelmagan. Faqat Payg'ambarimizning hadisida kelgan. Masalan, Alhamdulillah. Qur'onda yo'q, lekin hadisida bor Payg'ambarlarimiz. Lekin bu ism ham Qur'on, ham Sunnati Nabaviyada vorid bo'lgan.
Musulmon odam Al Holiq bo'lgan, Alloh Taolo bilan birga bo'lishligi kerak. Va hech kimdan qo'rqmasligi kerak. Avvalgi darslarimizda aytganmiz, Basalaning volisiga Yazidovni muoviyani buyrug'i keldi. Basalaning volisiga Xalifa Yazidovni muoviyadan buyruq keldi.
U buyruqni bajarsa, Alloh g'azablanadi. Agar bajarmasa, Xalifani qahriga qoladi. Shunda bu voli Hasan Vasriydan maslahat so'radi. Nima qilay? Buyruqni bajarsam, Alloh g'ozablanadi. Bajarmasam Xalifani qahriga qolaman. Shunda Hasan roziyallohni hujjavob berib aytdiki, albatta Alloh seni Yaziddan saqlaydi. Albatta Alloh seni Yaziddan saqaydi, lekin Yazid seni Allohdan saqlay olmaydi dedi. Mana yuqoridagi hadisda aytdik la to atali maxluqing, kiy ma'siatingni xoliq. Xoliq Subhanahu va Taologa osiy bo'linsa, bir ishda, bir ishni qilsangiz, birovni buyrug'ini bajarsangiz, bunda Alloh Subhanahu va Taologa osiy bo'linadigan ish bo'lsa, maxluqqa itoat qilinmaydi. Aroq olib kelib ber, bo'lmasam sendan norozi bo'laman deb ota aytsa, bu yerda otani noroziligi turibdi, bu yoqda allohni noroziligi turilibdi. Shunda Alloh Taologa vosiy bo'linyaptimi, otaga itoat qilinmaydi. Agar ota haromga buyurayotgan bo'lsa, farzdan qaytarayotgan bo'lsagina itoat qilinsa, boshqa o'rinda ota onaga itoat qolinadi.
Demak, Alloh seni saqlaydi, lekin hech kim seni Allohdan saqlay olmaydi. Chunki bu borliq borlig'ini hamma hammasi Alloh Taoloning qabzasida. Seni ko'zing ham, qulog'ing ham, oyoq qo'ling ham, qalbing ham, xatti harakatlaring ham hammasi Alloh Subhanah va Taoloning qabzesida. Atrofingdagilar hammasi ham Allohninoroziligi qabzasida.
Sendan kattalar ham, kichiklar ham, boylar ham, kambag'allar ham, hamma hamma Allohninoroziligi qabzesida. Albatta Alloh seni Yaziddan saqlaydi, lekin Yazid seni Allohdan saqlay olmaydi. Muoviyya Roziyallohu Anhu. Muoviyatun Nabi Sufiyon Roziyallohi Anhu. Mana Ummaviylarning birinchi xalifasi, sahoba, daholardan bo'lgan kishi. Oysha onamizga maktub yozib, menga nasihat qiling, qisqaroq bo'lsin, dedi.
Shunda umrimi umiding javob yozdi. Senga salom bo'lsin. Ammobad. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitganman. Man iltimasa ridallohi visoxati innas i kafah allohu muana tannas. Kim odamlarni norozi qilib, g'azablantirib bo'lsa ham, Allohni rozi qilsa, roziligini talab qilsa, Alloh Taolo insonlarga o'zi kifoya qilib qo'yadi.
Allohni roziligini qilavering, odamlar g'azablansa ham Alloh rozi qilib qo'yardi bularni. Vo mani iltimos, aleykonna, sebe soatingla va kalahullohu ila nasib. Kim endi Allohni g'azablantirib bo'lsa ham, odamlarni roziligini istasa, Allohni norozi bo'lishiga qaramasdan odamlarni roz qilaman desa, Alloh bu odamni shu odamlarda qo'liga topshirib qo'yadi, ma'qulmi? Bu bu haqiqat. Bu bir haqiqat.
Allohni roziligini tanlasangiz, Allohni buyrug'ini tanlasangiz atrofingizdagilar gohida norozi bo'lib qoladi. Endi ularni rozi qilaman desangiz, Alloh norozi bo'ladi. Shunda musulmon odam nimani tanlashi kerak? O'zini manfaatini ham, odamlarni gap so'zlarini ham bir chekkaga surib qo'yadi da, Allohni yuzi narsani istashi kerak. Shunda Alloh Taoloning bir inoyati tushadi. Shunda Alloh odamlarni undan rozi qilib qo'yadi. Odamlarni qahridan ham saqlaydi. Chunki hamma hamma kimning qafzasida? Allohni qafzasida.
Man ardullohi bisohati in nas i kafahulloh. Imom Ibn Haybondan kelgan hadisda Rasululloh aytadilarki, kim odamlarni norozi qilib bo'lsa ham, Allohni rozi qilsa, Alloh o'zi kifoya qiladi. Kim odamlarni rozi qilib, allohni norozi qilsa,alloh uni odamlarga tashlab qo'yadi. Chunki biz La ilaha illalloh Muhammad rasululloh deb iymon keltirgan musulmonlarmiz. Biz La havla vala quvvata illa billa degan musulmonlarimiz. Biz Ma sha allohu kana va ma lam yasha lam yakun degan mu'minlarmiz. Alloh nimani xohlasa bo'ldi, nimani xohlamasa bo'lmadi. Bizni iymonimiz bu. Saqlaydigan ham Alloh, ko'taradigan ham Alloh, tushiradigan ham Alloh. Boy qiladigan ham, xor qiladigan ham Alloh. Mana shu tavhid deyiladi, birodarlar. Shuning uchun bitta yuzni rozi qilgin, bitta yuzni roli qilgin, qolgan yuzlarni u yuz rozi qilib qo'yadi.
Allohni rozi qilishlik bilan ovora bo'ling, Allohni yuzini deb ish qiling, qolgan odamlarni ham rozi qiladi, qolgan yizlarni ham roli qiladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlar, men ja'al al hukumah hamman vohidan. Mana hammamizni o'zimizga yarasha g'am tashvish, o'y fikrlar, o'ylantirgan muammolar bor. Qalbimizni, kallamizni egallagan. Beg'am odam yo'q da, agar aql hushi joyida bo'lsanglar.
Endi Rasululloh aytyaptilar, hamma g'amni bitta g'amga almashtir. Tirikchilik, sog'lik, bola chaqa, tinchlik, qo'yingki, sanog'i yo'q bu g'amlarimizni. Shu g'amlarda hammasini bitta g'amga almashtirgin. Allohni rozi qilaman degan g'amga alrashtirgin. Kafahullohu hamma dunyahu. Kim shunday qilsa, Alloh bu insonni dunyo g'amlariga o'zi kifoya qiladi.
Ehtimol kimgadir bu og'ir tuyilar. Ehtimol, kimnidir tushunishi qiyin bo'ladi. Qanday endi shu shunaqa qilib qo'ysam hamma yog'im hal bo'lib qoladimi? Rasululloh shunday dedilarmi, demak shunday bo'ladi. Chunki u zot as saodatul masduq bo'lgan zot. Endi sen ishonmayapsanmi? Bu seni muammoing. Endi seni muammoing hali bo'lmaydi. Chunki sen rasulullohni va'dasida ikkilanayapsan.
Inson borki, dunyoda qo'rqadi. Narx navoni ko'tarilib ketishidan. Issiqdan, sovuqdan, siyosatdan, urushdan, tinchlikdan, qo'yingki, inson qo'rqib yashaydi. Hammada bor bu sifat, qo'rqishlik. Lekin mo'minning eng katta qo'rqqan narsasi bitta. Allohni norozi qilib qo'yishlik.
Allohni rahmatidan uzoq bo'lib qolishlik. Shuning uchun doimiy suratda nima ish qilishidan qat'iy nazar yoki bir ishni tark qilishidan qattiy nazar, nima qilmasin, Alloh va Rasululloh nima degan bu masalada deydi. To'y qilmoqchi bo'lsa, qanaqa bo'lyapti ye hozirgi to'ylar? Odamlar qanaqa qilyapti demaydi. Biror joyga sayohat, safar qilmoqchibo'lsa, Alloh nima deydi bunga deydi. Odamlar nima deyishligini o'ylamaydi u. Birodalar, mo'min Allohga iqbol qiladi.
Uni roziligini, muhabbatini istaydi, malomatchini malomatidan qo'rqmaydi. Mana shu haqiqiy ozodlik bo'ladi. Demak, Alloh Subhanahu va Taoloning Al Xoliq ismini dars qilyapmiz. Al Xoliq ismining shar'iy ma'nolari. Birinchisi, taqdiri saxiy. Siyohda bu kalima ismi faol bo'ladi. Xalq yaratish, xoloqo yaratdi, xoliq yaratuvchi, ya'ni ishni bajaruvchi.
Mana aytdik, Alloh Taoloni Al Xoliq ismini ma'nosi hamma narsani yaratdi, yaratganda ham yo'q narsadan paydo qildi. Va yaratgan bu narsasi avval o'xshashi misli bo'lgan emas. Astaydu billah alladiy axsana kunla shain xoloqohu va bada xolqal insani menti.
U barcha narsani chiroyli qilib yaratgan zotdir. U insonni, ya'ni Odam alayhissalomni dast avval loydan yaratdi. Al xolq bu maxluq degani. Ha da xolqullom. Borliqdagi hamma narsa maxluq. Ya'ni bular bo'lmagan avval, keyin paydo qilingan.
Ha da xolqullohi, fa aruniy ma da xolaqolla dina min dunihi. Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi ey mushriklar, sizlar menga undan o'zga qo'shtirnoq ichidagi xudolar nimalarni yaratganini ko'rsatinglarchi. Alloh Taolo siz bilan bizni yaratdi. Jasadimizni shunday bir chiroyli suratda yaratdiki, aqllar lol qoladi, ozgina o'ylab ko'rsak. Mana hozir kimni ishi yurishmayapti, kim do'konni ocha olmayapti, kimdir do'konda ochib turib dokumentini bitkaza olmayapti, kimidir do'konni qurib, ochib, dokumentini ham olib, tovarda to'ldirib qo'ysa, savdosi yurmayapti.
G'am a? Kimni haqqi bor, kimni qarzi bor? Birodarlar. Biz ana shu dunyodagi ozgina mushkulalar, ozgina muammolar bilan band bo'lib, Alloh Taolo bizga bergan son sanoqsiz in'omlarni, bizga yaratib bergan ne'matlarni ko'rmay qo'yganmiz.
Alloh Taolo aytadi, agar shukur keltirsanglar, ne'matimni ziyoda qilib beraman. Shukur keltirsa, ziyoda qilib bersanglar, agar nonko'rlik qilsanglar, shukur qilmasanglar azobim qattiq. Alloh Taolo hammamizga ne'matni son sanoqsiz berib qo'ygan, ko'rmay qo'yganmiz. Ajoyibmiz da. Yo'q narsalarimizni ko'ryapmiz, bor narsalarimizni kirmayapmiz.
Alloh taolo sizga tuxumdek keladigan ikki dona buyrakni berdi. Kecha yu kunduzi ishlab turadi. Issiq sovuq demaydi, kun tun demaydi. Qonni tozalab turadi ichidagi axlatlaridan. Shu ikkita ne'mat, ikkita buyrak degan ne'matni his qilamizmi borligini? Qadriga yetamizmi?
Qachon qadriga yetammiz bu ne'matni? Ana shu buyrak kasalligi uchragan, buyraga ishdan chiqqan odamni qonini tozalaydigan apparatga borib, haftada ikki marta olti soatdan yotib, davolanganini ko'rganimizda. Ana shu ikkita buyrak, tuxumdek keladigan buyrak jim ishlaydi. To'xtamay ishlaydi, tekkizishlaydi. Ammo insonlar mana shu qonni tozalashlik uchun buyrakni ishini bajarib beradigan apparat yasagan, stoldek keladi. Haliginga borib yotishingiz kerak, olti soat, yetti soat. Haftasiga ikki marta. O'shanda ham qonni yetarli darajada tozalab bermaydi.
Tushunarlimi? Rangi ham o'zgarib ketadi unaqa odamni. Yana pulligini ayting uni. A sizda shu ikkita buyrak ishlab turibdi, siz uni nima qilmaysiz? Qadriga yetmaysiz. Ha da, holqulloh. Bu, deyapti Alloh Taolo, Alloh Taoloning yaratgan narsalaridir. Ikkinchi ma'nosi.
Avval misli bo'lmagan narsani yo'qdan bor qilish. Aytdik, Alloh bir narsani paydo qilgan bo'lsa, hal qilgan bo'lsak, avval yo'q bo'ladi buni misoli va bu narsani Alloh Taolo yo'q narsadan yaratadi. Uchinchidan, Al Xalq kalimasining lug'at jihatidan ma'nosi. Indama ta'buduna mindun ilahi avsanan va taqluqu nahu ifka. Al Xalq kalimasini birodarlar yana yolg'on degan ma'nosi ham bor ekan. Alloh aytadi, sizlar Allohni qo'yib, faqat buddlarga ibodat qilmoqdasizlar va ularni xudolar deb yolg'on to'qimoqdasizlar. Al Xalq degan so'zni yolg'on dekan ma'nosi ham bo'lgan ekan.
To'rtinchidan, to'rtinchidan, Al Xalq ishlarni belgilash va uni amalga oshirish. Taqdir qilish, o'lchash, belgilash va amalga oshish ma'nosida. Mana insonni yaralish bosqichi haqida. Alloh Taolo aytadi, istaydu billah, summa xolaquna nutfata aloqatani, fa xolaquna aloqatani mudg'atani. Faxoloqnali mudg'ot aydoman, fakasafnali aydoman lahma, summa an sha'nahu xalqon axir. Xoloqqina, yaratdik deyapti. So'ngra bu lutfadan laxta qonni yaratib, laxta qondan parcha go'shtni yaratib, parcha go'shtdan parcha go'shttan suyaklarni yaratib, bu suyaklarga go'sht qopladik. Ya'ni, nima ekan? To'rtinchi ma'nosi, belgilash va uni amalga oshirishlik. Taqdir qilish, o'lchash, belgilash.
Hal qilish, yaratishning bosqichidan. Qaysi mahluq bo'lmasin, ishi qanchalar yuksak bo'lmasin. Ulug' bo'lmasin ana shu beradigan narsa mahluq, to'rt bosqichdan albatta o'tadi. Hal qilish, yaratish bosqichlari. Birinchi bosqich. Alloh taoloning azaliy ilmi. Ya'ni, Alloh Taolo mana shu mahluqotlarni yaratishdan avval ularni azaliy ilmi bilan taqdir qildi. Belgiladi, yaratishdan oldin. Bor qildi, paydo qildi, yaratdi. Alloh Taolo nimani yaratmoqchi bo'lsa, yaratsa, qanday bo'lishini avvaldan biladi.
Biz ming marta qilgan ishimizni, bir ming birinchi marta qilayotgan paytimizda qanday bo'lishini bila olmaymiz. Ming marta osh damlagan. Besh ming marta oshi damlagan. Lekin har safar oshpaz damlab turib, nima deydi, ey Alloh, sharmanda qilma deydi. Ming marta nima qilgan? Devor urgan. Har safar urushdan avval, boshlashdan avval nima deydi, Alloh sharmanda qilmagin. Biz bilmaymiz qilmoqchi bo'lgan ishimizni natijasini. Lekin Alloh Taolo qilmoqchi bu bo'lgan ishini qilsa, qanday bo'lishini biladi. Ikkinchi bosqich. Yozib qo'yish. Kitobot bosqichi.
Lavxul mahfuzga har bitta maxluqotning o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini yozib qo'ydi. Ana shu narsani hammasi lavhul mahfuzda. Birinchi bosqichi, o'zini azaliy nima bilan taqdir qilish, ikkinchisi yozib qo'yish, uchinchisi qadar bosqichi. Allohning mash'iyati, xohishi. Alloh shunday bo'lishini xohladi. Birodarlar, hozirgi kunda nima bo'layotgan bo'lsa dunyoda, Alloh xohlagani uchun bo'lyapti.
Endi nima bo'lmay ekan bo'lsa, Alloh xohlamagani uchun bo'lmayapti. Musulmonlarni holi achinarlik, qayerda bo'lsa musulmonni qoni to'kilayotgan, yana o'zini yurtida yashab turib terrorist bo'layotgan, zulmga qolib turib, musulmon ummati mana shunday bo'lib turibdimi? Demak Alloh xohlagani uchun boryapti bu. Agar Alloh xohlamasa, ana shu dinni dushmanlari tupurgisini ham yuta olmaydi. Endi nimaga bunaqa bo'lyapti desa, buni sababi bor. Musulmonlar dinini nima qilib qo'yishdi? Chekkaga tashlab qo'yishdir.
Salohiddin Ayyubiy imomga o'tib, namozni o'qidi, peshinmidi, asrmidi? Ana shu Quddusni fat qilgan Salohiddin Ayyubiy bir yosh yigit turdi da, ey Salohiddin, Quddusni fati qilmaymizmi? Nasroniylarni qo'lida anaqa bo'lib ketdi, mana rosa gapirdi. Hali Salohiddin Ayyubiy fati qilmasdan avval Quddusni. Orqasiga o'girilib qaradi da, indamadi.
Ertasi kuni bomdod namozini yana imom bo'lib o'qidi. Namozni tugatib turib, orqasiga o'girlib, kecha yigit qani dedi. Kechagi savol so'ragan yigit qani? Yo'q. O'zini nafsini sindirib, bomdodga turib jamoatga chiqmagan odam. Quddusni fath qilish haqida gapiradimi dedi.
Tushunarli mirodalar? Mana shu Alloh ukani, Alloh nimani xohlagan bo'lsa bo'ldi. Nimani xohlamagan bo'lsa, bo'lmadi. Alloh nimani xohlamagan bo'lsa, bundan keyin ham bo'ladi. Nimani xohlamagan bo'lsa bu bo'lmaydi. Musulmonlarni umumiy ahvolini ko'rmaymizmi o'zimiz? Matishga kelganda chiroyli taqvodor bo'lib turadi, bunday qilib, supoq bo'lib, uyga chiqib mashina minayotganda musulmonlik esida yo'q.
Seni beradigan javobing nima? Dininga mukammal, qo'lingdan keyinicha amal qilish. Ayolingni, farzandlaringni islom bilan tarbiyalash, uyinga xoramluqma olib kelmaslik, dinni to'g'ri ta'lim olish. Mana shu seni beradigan javobiying. Bir yil, ikki yilda telefonga sarflagan pulimizni yarmiga kitob olishni boshlaganimizda ummat sifatida o'samiz.
Bir kunda necha marta telefonga qarayapmiz va necha minut qarayapmiz? Telefonga qaragan vaqtimizni, ketgan vaqtini to'rtdan biriga loaqal, kitobga qarashni boshlaganimizda endi umuman sifatida o'samiz. Shuning uchun taqvodichi, sovuq taqvo rejimini yoqimanglar domlalar droperasiga kelganda. Nechta kitob o'qiding o'tgan yili? Bu yilgacha. Yerga qaraydi. Nechta telefon almashtirding?
Dinimizni to'g'ri o'rganaylik, dinimizga to'g'ri amal qilaylik, o'zimizni oilalarimizni tarbiya qilaylik, mana shu biz bergan eng to'g'ri javobimiz bo'ladi. Ma sha allohu kana, voma'lam yasha alam yakun. Alloh nimani xohlagan bo'lsa, bo'ldi. Nimani xohlamagan bo'lsa bo'lmadi. To'rtinchi bosqich. Maxluqotlarni o'zlaridagi bor xususiyatlari bilan yaratishni. Azal ilmida ma'lum bo'lgan suratga ko'ra yaratishi. Katta barob kumi ala nafsihi rohman. Parvardigoringiz o'z zimmasiga rahmat qilishni yozgandir.
Inson dunyoda baxtli yashashni xohlaydi. Sog'lom yashashni xohlaydi. Bekamikus, mol ko'lchilikda yashashni xohnaydi. Dunyoda baxtlim bo'lishni xohnaydi, xullas. Al holiq bo'lgan robbimizni ta'limotiga so'zsiz amal qilishlik bilangina bu narsaga erishiladi.
Toqatingiz, imkoniyatingizni yuz foiz ishga solasiz, shunda boyagi maqsadingizga yetasiz. Chunki al xobir bo'lgan, al xoliq bo'lgan alloh taolo insonni dunyoda saodatli bo'lishini faqat shu bilan deb aytyapti. Yana qaytarib aytaman, baxtli bo'lmoqchimisiz? Al xoliqni ta'limotiga amal qiling.
Kim solih amal qilsa, mo'min bo'lgan holida, erkakmi, ayolmi? Erkakmi, ayoli, mo'min bo'sgan holida solih amal qisa, biz uni pokiza hayotda tiriltiramiz deyapti Alloh. Pokiza hayot mana shu saodatli hayot. Mana shu dunyoda saodatli bo'lish uchun, zo'r yashashlik uchun hammani o'zini oldiga qo'yib olgan dasturi bor. O'zini o'lchov tushunchasi bor, tasavvuri bor. Mana shunaqa bo'lsam baxtli bo'laman deb o'ylaydi. Lekin seni qanday hayot kechirsang baxtli bo'lishini seni yaratgan Zot aytib qo'ygan.
Sen qanday ish qilsang baxtli bo'llarki, menda o'ylanma. Sen topa olmaysan u formulani. U formulani Alloh Taolo aytib qo'ygan. Faraz qiling. Bir qimmatbaho jihoz sotib oldingiz. Juda ham murakkab jihoz. Juda ko'p funksiyalari bor, foydali. O'sha maksimal darajada undan foydalanish uchun, buzilib qolmasligi uchun, uzoq vaqt bizga foyda keltirish uchun uni instruksiyasini o'qiymiz.
Buzib qo'ymaydi sizdan. Endi insonchi? Bu dunyodagi aytish mumkin bo'lsa, eng murakkab jihoz emasmi? Uni murakkabligi uni yaratuvchisini ojizligi sababli bo'lmadi. Balki yaratuvchisini komilligidan Alloh Taolo insonni murakkab qilib yaratdi. Mana shu ulug' Yaratuvchi odam bolasini dunyoda osoyishta, xotirjam, saodatli yashab, oxiratda abadiy jannatga yetish uchun kerak bo'ladigan ta'limotni berib qo'ydi. Bu Qur'on, bu hadis, bu shariat.
A to'g'rida. Mashinani nemis yasab, instruksiyani bergan bo'lsa, o'sha instruksiyasidan foydalansangiz, o'sha instruktsiyasi bo'yicha ishlatsangiz, mashina sizga xizmat qiladi. Endi uni tashlab qo'yib turib, bilganingizni qilsangiz chi? Ha minasiz, foydalanasiz, lekin maksimal daje uni imkoniyatidan foydalana olmaysiz. Birodarlar? Yer yuzida yashayotgan mana shu yetti milliard yoki sakkiz milliardga yaqin odamlar hammasi o'zini yaxshi ko'radi. Hammasi o'zining yaxshi ko'rar. Sog' bo'lishini xohlaydi, naslini davom etishini xohlaydi. Endi bu narsalar akalar, faqatgina Alloh Taoloning ko'rsatmasiga amal qilish bilan yuzaga chiqadi.
Hammamiz o'zimizni yaxshi ko'ramiz. O'zimizni yaxshi ko'rgandek boshqa birovni yaxshi ko'maymiz. Bu bizni tabiatimizda bor narsa. Xo'p, o'zingizni rostdan yaxshi ko'rasizmi? Agar rostdan yaxshiroq ko'rsangiz, Allohni ta'limotiga amal qiling. Shunda sizni saodatingiz yuzaga chiqadi. Shunda Xoliq Subhanah va Taoloni siz bilan bizga va'da qilgan narsalar yuzaga chiqardi.
Shuning uchun Al Xolih bo'lgan Robbimiz Subhanahu va Taoloning ta'limotiga amal qilishimiz kerak. Seni banda nima baxtli qilishligini Al Xolih bo'mgan Robbing biladi. Vala yunabbiuka mithlu xabir. Sizga hech kim xabardor zot kabi xabar bera olmas. Sizni baxtli bo'lishingizni qanaqa bo'lishini, sizni baxtingizga olib boradigan yo'lni qanaqa ekanligini Alloh Taolo xabarini beradi.
Aquli qovli hada, vositag'firulloh livalakum. Innallohi va malakati huysalluni ala nabi, ya yuhalladina amanu sollu alayhi va sallamu ta'sir.