Bismillah, alhamdulillah, vassalat, vassalama ala rasulillah. Oilaviy munosabatlar odatda to'rt bosqichda o'tadi. Odatda deganimning sababi, har bir odamda bunday bo'lishi shart emas. Qolaversa, ba'zilarda shu to'rt bosqinch bo'ladi yu, men quyida tasvirlagan shaklda bo'lmaydi. Balki men tasvirlagandan qisqaroq yoki oddiyroq ko'rinishda bo'ladi.
Xullas eshitib ko'ring. Sizda unday bo'lmasa aybga buyurmaysiz. Men o'qiganim va kuzatganlarimdan paydo bo'lgan xulosani yozyapman. Yozganlarim mutlaqo to'g'ri deb da'vo qilishdan judayam yiroqman. Davom etamiz. Demak, oilaviy munosabatlar odatda to'rt bosqichdan o'tadi. Birinchi bosqich asal oyi bosqichi. Men buni shartli ravishda asal oyi bosqi chi dedim. Bu bosqichda to'ydan keyingi xursandchilikka to'la paytlar bo'ladi. Undagi yangiliklar va xursandchiliklar ko'pligi sababidan asal oyi deb laqablanadi. Ayni ingliz tilida go'yoki honey moon bosqichi. U kunlar, haftalar yoki oylar davom etishi mumkin. Men taxminan bir yilga yetib boradi deb o'ylayman maksimum. Bir yildan oshmasa kerak odatda. Lekin kunlar, haftalar, yoki oylar davomi etishi mumkin. U odatda uchta asosga shakllanadi. Mana shu bosqich uchta asosiga quriladi. Birinchisi, juftini o'zi orzu qilgan qolibda ko'rish.
Izohlayman. Ikki tomonning ham tasavvurida ular oldindan orzu qilgan obraz yoki bir qolib bo'ladi. Ya'ni oldindan tasavvur qiladi. Men masalan, qanaqa bola yaxshi bo'ladi desa, idealniy demak, er qanaqa bo'ladi desam, bunaqa bo'lardi deydi. Yoki eng yaxshiki, senga masalan ma'qul bo'ladigan ayol qanaqa bo'lladi desa, bunaqa bo'lladi deydi. O'sha qolibni miyasi shakllantirib oladi. Afsuski ular yangi turmush o'rtoqlarini aslida boricha emas, o'sha qolibning, o'sha obrazning timsoli o'laroq ko'rishni boshlaydilar.
Masalan, qiz saxovatli, sabrli va kuchli yigitga turmushga chiqishni istagan. Yoki yigit muloyim, aqlli va epchil qizga uylanmoqchi bo'lgan. Ikkalasi ham ana shunday odam bilan turmush qurishni tasavvur qilgan. To'ydan keyin shunga o'xshash sifatlarni ijobiy nazar bilan qidira boshlagani uchun, juftlarida shunday sifatlar bordek tuyulaveradi. Arablar aytadi man jadda voy jadadir, ya'ni qidirgan narsasini odam topaveradi. O'sha narsani qidirgani uchun ko'ziga o'sha narsa borga o'xshab tuyuladi.
Va ularda mana shu aynan men istagan odam ekan degan xulosa shakllana boshlaydi. Mana shu jarayon real hayotdagi odamlarni tasavvuringizdagi obrazlarga moslab olish deyiladi. Endi real hayotdagi olamning o'zining real, demak, haqiqiy voqeai ko'rinishini unutib, uni o'zingizni tasavvuringizdagilar va xayollaringizdagi odamga almashtirib qo'yish bosqichi go'yoki. Mana shu jarayon, real hayotdagi, odamlarni, tasavvuringizda, obrazlarga moslab olish deyiladida. Tabiiyki, ularning juftlari chindan ham shunday sifatlarga ega bo'lishi mumkin. Ya'ni ular xohlagan beshta, oltita sifatlardan bitta, ikkita, uchtasi yoki bir nechtasi o'sha juftada rostdan ham bo'lishi mumkin. Lekin odatda, real odam ular tasavvur qiladigan obrazga yuz foiz muvofiq bo'lishi judayam qiyin. Judayam nodir. Biroq juftlarida odatda bu sifatlarning ba'zilari topiladi. Ya'ni beshtadan uchtasi yoki yuz tadan ikkitasi.
Ba'zi hollarda esa afsuski, bu sifatlarining birortasi ham bo'lmasligi mumkin. Alloh oson qilsin. Ikkinchi holat, ya'ni bu birinchi bosqichning asosi bo'lgan ikkinchi nuqta, juftidagi ijobiy sifatlarni birinchi marta ko'rishning taajjubi. Ya'ni biror odamda birorta ijobiy sifatni birinchi marta qilganingizda, sizga yoqadi, taajjublanasiz, shunaqa bo'larkan a deysiz. O'sha taajjub. Tabiiyki, har bir odamda ozmi ko'pmi ijobiy sifatsizliklar bo'ladi. Birov yaxshi tinglovchi bo'ladi, boshqa birov yaxshi oshpaz bo'ladi. Birov chiroyli gaplar aytishni biladi, boshqabirov o'z ishini ustasi, kimdir go'zal ibodat qiladi. Birinchi marta birga yashay boshlagan kishilar mana shu narsalarni ilk bor boshqa kishida ko'rganlarida, ularning muhabbatlari va o'zaro hurmat, ehtiromi ziyoda bo'ladi. Ha, zo'r ibodat qilarkan a, deydi. Yaxshi ko'rishni boshlaydi. Yoki chiroyli kularkan a, deydi, yaxshi ko'ishni boshlaydilar. Birinchi marta mashina yoki velosiped minganingizni, yoki birinchi marta biror chiroyliroq joyga borganingizni eslang da. Yoki biror yangi ishda yoki o'qishda o'tkazgan birinchi kunlaringizni, o'sha muassasaning ijobiy tomonlarini ko'rsangiz, qanday qatirlagansiz? Oilada ham shunday bo'ladi. Birinchi marta o'quv yurtiga qabul bo'lganingizda qanaqa hayajonlanib borgansiz? Ikki yildan keyin, bir yildan keyin masalan, dushanba kuni ertalab turgan paytingizda, e, yana borishim kerak shu joyga deysiz.
Ikkalasi bir xil bo'lmaydi. Shunga o'xshab birinchi marta o'zbeklar buni nima deydi, yangi ko'za suvi toza deydi. Mana shu fikrlash. Bu birinchi bosqichning uchinchi nuqtasi o'ziga xos tomoni. Bu orzu va umidlar. Orzu va umidlarni dedim, sababi shu so'zni ingliz tilida yoki arab tilida yaxshiroq so'z topa oldim, o'zbeklar topa olmadi. O'zbek tilida bunga o'xshash so'z topa olmadim, ingliz tilida expectations degan bo'lardim. Arab tilida tabaqoatlar degan bo'lardi. Tabaqoat. Bu ya'ni balki orzu degandan ko'ra hali hammasi oldinda deya yaxshi gumon bilan kutish deb atasam bo'lar. Ya'ni juftida chiroyli emas ibodatlarni ko'radi. Yoki chiroyli kulmasligini, yoki yaxshi ovqat qilmasligini ko'radi. Lekin hali orzu umidlar bor, aytadiki, ha bu yaxshi bo'lib ketadi hali deydi. Hali hammasi oldindada deydi. Hali o'zgarishlari meni kutyapti deydi. U o'sha kelajakda nimalardir uni kutayotganini, eee, go'yoki, eee, arablar tabaqo, ya'ni expect qilib, go'yoki kutib, o'sha kutish bilan o'zini olib o'tadi.
Asabiy bosqichning asosi bo'lgan yana bir narsa mana shunday orzu umidlar. Tabiiyki ikki tarafda ham hali bunday qilamiz, unday yashamiz degan umidlar bo'ladi. Qolaversa, yangi juft bir birida ko'rishni istagan ba'zi sifatlarni topmagach, hali vaqt bor, endi bunisi ham bo'ladi degan o'yda bo'ladi. Mana shu orzu va umidlar bu bosqichda uchragan ba'zi kamchiliklarga ko'z yumishda va o'sha kamchiliklarga qaramasdan ko'tarinki ruhda bo'lishiga yordam beradi. Qarabsizki, ko'z oldingizda bir birining ijobiy xususiyatlarini birinchi marta ko'rib, bundan ta'sirlangan. Bir birini orzu qilgan shaxs obrazida ko'rib, mehri oshgan va orzu umidlariga to'la juft bor. Bu ya'ni go'yoki baxtli bo'lish uchun to'liq paket ya'ni. Hamma narsasiz shartlari bor baxtli bo'lishingizda. Tabiiyki boshqa tashqi salbiy omillar ustun kelmasa, boshqa tashaqqiy ustunlar, ya'ni oiladagi boshqa a'zolar, boshqalar, boshqa uchraydigan muammolar kelmasa, ulardan baxtli juft yo'q. Asal oyi bosqichida ikkalasi dunyodagi baxtli odam. Oilaviy hayotning mana shu bosqichini asal oyi bosqichi deb atasa bo'ladi. O'zbeklarning bu kabi holat uchun maqollari bor. Shu boya aytganim, yangi ko'za, suvi toza.
Keyin ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi bosqinchini men zerikish va charchash bosqichi deb atagan bo'lardim. Bu bosqichda yuqoridagi uch asosni tahlil qilib ko'ramiz. Ya'ni yuqorida biz uchta narsa birinchi bosqichda zikr qildik. Birinchisi, juftida o'zi orzu qilgan, juftini o'zi orzu bilan obraz o'laroq ko'rish. Haqiqiy voqelikda emas, o'sha obrazda ko'rish. Ikkinchisi, juftidagi ijobiy sifatlarni birinchi marta ko'rganda paydo bo'ladigan taajjub. Uchinchisi, orzu va umidlar.
Ya'ni kelajakda bo'lib qoladi deb kutish. Xo'p, shu uchalasini birma bir tahlil qilsak. Birinchisi, juftini o'zi orzu qilgan qolibda yoki obrazda ko'rish. Bu bosqichga yetib kelganda, ya'ni ikkinchi bosqichga yetilib kelganda, ikki taraf ham turmush o'rtog'i u o'ylagan obrazdagi odam emasligini tushunib yeta boshlaydi. Bunday bo'lishi tabiiy, zero real hayotdagi odam, hayollardagi obrazdan farq qiladi. Mana shu sababdan ularning bir biridan ozmi ko'pmi hafsalasi pir bo'la boshlaydi.
Ikkinchi holat, juftidagi ijobiy sifatlarni birinchi marta ko'rish taajjubi. Bir birida ilk bor ko'rib yoqtirgan ijobiy sifatlarga bu bosqichda, ikkinchi bosqichda ular ko'nikib qoladilar. Ya'ni chiroyli kularkanmi? Endi chiroyli kulishini har kuni ko'rdimi? Endi unga ko'rinmay qoyadi. Yoki shirin ovqat qilar ekanmi? O'rganib qoladi. Bir narsani ko'raversangiz, uni qadrlamay qo'yasiz. Men Makkada yashaydiganlarning Zamzam bo'log'i oldida Coca Cola ichib yurganini ko'p ko'rganman. Samsamga ko'nikib qolgan u. O'sha joyda dunyoda eng sariqli narsani ham ichib o'tiraveradi, zamsam ichmasdan. Xuddi shuning kabi tomonlar ilk kunlarda ularning ko'zlariga quvonch bag'ishlagan yoqimli so'zlar, yoki shirin taomlar, chiroyli yuz yoki aql farosati kabi ijobiy narsalarga ko'nikib, ular ko'zlariga odatiy narsadek tuyula boshlagach, bu narsalarga parvo qilmay qo'yadilar. Ya'ni bu ko'zlarga yoqadigan narsalar endi ko'p ham foyda qilmay qo'syadi. Munosabatlarning ijobiy tomonda bo'lishiga. Uchinchi narsa orzu umidlar, ya'ni endi o'zgarish bo'lib qolar degan kutishlar. Orzu va umidlarga kelsak, sekin asta hali vaqt bor, hali o'zgaradi, keyingi safar yaxshiroq hadya beradi, tuzukroq muomala qiladi kabi ijobiy narsalarni kutishlar eskira boshlaydi.
Ya'ni ularni salohiyat muddati yoki amal qilish muddati tugashni boshlaydi. Ya'ni expiry date kelishni boshlaydi . Ularning o'rnida endi bir umr shunday yashayman, buning bori shu degan xulosa egallaydi. Bu bosqichda oilaviy muhitda yuqoridagi uchalasi oqibatida hafsalasi pir bo'lish, ijobiy narsalarni qadrlamaslik va no umid bo'lish, ijodiy o'zgarishlar va suyunchilarni kutmay qo'yish kabi bir holat hukmron bo'ladi. Ikkinchi bosqichda. Aksar ajralishlar, qalbda uchmas iz qoldiruvchi jarohatlar mana shu bosqichda ro'y beradi. Kofir va hosil odamlar mana shu bos qishda o'z juftlariga xiyonat qilib, zino qilib, boshqa ishlarga yo'l qo'yadi.
Va aksar holatlarda musulmonlarda ham, g'ayridinlarda ham, demak, oilaning buzilishi mana shu bosqikga to'g'ri keladi. Bu bosqichning yana bir o'ziga xos tomoni, endi taraflar bir birlar, bir biridagi salbiy nuqtalarni ko'proq ko'ra boshlaydilar. Va nega shuni oldin kuzatmaganman degan savol ostida yashay boshlaydilar? Uylanishdan oldin ko'zingni qayerda deganga o'xshab yoki turmushga chiqishdan oldin nimaga o'ylamaganding deb.
Men hazillashib aytardim ba'zilarga, to'ydan oldin istixora qilganda, tahoratimi, to'g'ri qilganmikanman deb deb o'ylashni boshlaydi ya'ni. Bu bosqich ba'zida yillar davom etishi mumkin. Ikkinchi bosqich. Alloh saqlasin. Agar bu bosqichdan keyingilariga o'tib olinmasalar, odatda yo ajrab ketadilar, yo o'ta baxtsiz hayotda yashab yuraveradilar.
Agar tomonlar mana shu bosqichdan sabr bilan o'ta olsalar, keyingi uchinchi bosqich qanaqa bosqich? Uchinchi bosqinch ko'nikish va odatlanish bosqichi. Bu bosqichda tomonlar bir birlariga ko'nikib o'rganib qoladilar. Bir birlarining salbiy odatlariga e'tibor bermaydigan bo'lib qoladilar. Bir birlarini yaxshi ko'rmasliklari mumkin. Ummatning dohiysi Umar roziyallohini aytganlaridek, aksar oilalar muhabbatga qurilmaydi. Biroq bir tomon, bir tom ostida yashashni o'rganib oladilar.
Bir birlari moslashib, qolganlaridan bir birlariga ozor berishlari kamayadi yoki mutlaqo yo'qoladi va hayotlarida xursandchilik ko'payib, bir birlarini qadrlay boshlaydilar. Agar ikkinchi bosqichdan o'tib bu bosqichga yetib kela olsalar, endi ajralish ehtimoli ancha kamayadi. Aksincha, oila mustahkam bo'lib qolgan bo'ladi. Agar bu bosqichda ulardan jufting bilan baxtlimisan yoki juftingni yaxshi ko'rasanmi? Deb so'rasangiz va ularga bunday samimiy suhbat qila oladigan darajada yaqin bo'lib olsangiz, ularni yuqori ehtimoliga ko'ra ozroq ikkilanish bilan shikoyat qilmayman yoki bo'ladi, yoki yomon emas kabi ijobiyga yaqinroq javob bergan bo'ladilar. Samimiy ravishda, ya'ni ijobiy, lekin yaxshi ko'raman degan shaklda emas. Lekin shunaqa javob ularda odatda topiladi. Aynan mana shu javoblari ularda paydo bo'layotgan haqiqiy muhabbatdan darak beradi.
Zero unutmaslik kerakki, muhabbat yaxshi ko'rish degani bir aniq hissiyot emas. Muhabbat degani hissiyot yo'q o'zi aslida. Biz muhabbat deb ataydigan narsa aslida bir necha hissiyotlarning qorishmasi. Sog'inish, o'rganib qolish, hurmat qilish, turli shahvatlar va boshqa ko'plab hissiyotlar. Shuning uchun o'rganib xohish, ko'nikish va qisman muhabbatning bir ko'rinishi hisoblanadi. Ikkalasi ham muhabbatning qisman bir ko'rinishi, ko'rinishi hisoblanadi. Shuning uchun o'rganib, xohish, ko'mak ish ham qisman muhabbating bir ko'rinishi isoblanadi. Vallohu a'lam. Bu bosqichdan keyin to'rtinchi bosqich keladi. Va bu bosqichga hamma ham yetib bora olmaydi. To'rtinchi bosqich istiqror, ya'ni oilaviy stabillik bosqichi. Men buni arab tilida istiqror deb atagan bo'lardim. Agar uchinchi bosqichdan o'tib, bu bosqichga yetib bora olsalar, endi ular hayotlarini bir birlarsiz tasavvur qila qilishlari juda ham qiyin bo'lib qolgan. Bir birlariga qattiq o'rganib qolgan bo'ladilar. Ularda ko'plab shirin xotirlar yig'ilib qolgan bo'ladi. Eslaysam, falonlar bunaqa bo'lgan, eslaysam, bunaqa bo'gan degan ko'p xotiralar bo'ladi. Bu bosqichda ular bir birlarini ko'p sinagan, yaxshi yomon kunda qanday yo'l tutishlarini kuzatib bilgan va buni qabul qila olgan bo'ladilar. Va mana shu nuqta eng muhimi. Ya'ni bir birlarini ularning kamchiliklari va yutuqlari va odati qiladigan ishlari va odatlari bilan qabul qila oladilar.
Bu bosqichda endi hafsala pir bo'lish, imkonsiz narsani kutish kabilar ancha kamayadi. Odatda. Balki ikkalalari ham bir birlarining ijobiy va salbiy jihatlarini yaxshi biladilar, taniydilar va bir birlarini ana o'sha sifatlari bilan qabul qilgan, yaxshi ko'ra olgan yoki hech bo'lmasa hurmat qila olgan bo'ladilar. Va hurmat qilish ham muhabbatning bir ko'rinishi o'zi aslida. Mana shu bosqich oilaning eng shirin bosqichi. Ko'p yillik baland past yo'llardagi sabr va mehrning samarasi bo'ladi. Maqola boshida shoshqaloq, sarlavhani o'qib ham izoh yozishni yaxshi ko'radigan, tez yugurtirib, tuzukroq mulohaza qilib ko'rmay izoh yozishini yaxshi ko'radigan, tortishni yaxshi koradigan va boshqa shu kabi do'stlarim uchun hali gap boshlamay turib eslatib o'tganimdek, bu mening psixologiyaga doir kitoblar o'qib yoki odamlar hayotini kuzatib olgan xulosalarim xolos. Ba'zilarda bu to'rt bosqich bo'lmasligi mumkin. Men o'zim birinchi bosqichdan to'g'ri to'rtinchi bosqichga o'tib ketganman deb umid qilaman. Ba'zilari bir umr birinchi bosqishda qolib, ketishlari, boshqalar o'z tabiatlariga ko'ra birinchi bosqinchida bir hafta o'tib, keyin ellik yil ikkinchi bosqichda baqizib yashashlari mumkin.
Biroq odatda nafaqat oila, balki yangi ish, yangi joyga ko'chib borish, ilk bor farzandli bo'lish, ilk bor mashina sotib olish kabi bularning hammasida ham shu to'rt bosqich bo'ladi. Agar ta'mir qilib ko'rsangiz. Masalan, ishni oling. Birinchi bosqichda aytasiz, yangi ishim zo'r, ishxonam juda ham yoqimli, hamkasblarim qanday ham yaxshi deysiz. Ikkinchi bosqichda, oradan bir oy o'tib, ikki oy o'tib yoki ko'proq vaqt o'tib yoki kamroq. Ishim jonimga tegdi, hafsalam pir bo'ldi, yaxshi deb o'ylagan falonchi odam bundan ham battar ekan, falonchi odam juda ham yomon ekan, yaxshi deb yo'q deb o'ylaganim hamkasbim juda ham pastkash odam ekan, unaqa ekan, bunaqa ekan deb yomon ko'rishni boshlaysiz.
Uchinchi bosqich keladi keyin. Ishimga o'rganib qolyapman deysiz. Odatlanib qoldim, yaxshi borib kelyapman, uncha charchamayapman. Falonchi ham kelishib ketsa bo'ladigan ekan deysiz. Va to'rtinchi bosqich ishimni yaxshi ko'raman, shuncha yil xotiralarim bor ichxonamda deysiz. O'sha to'rtta bosqich ishxonasida ham bo'lishi mumkin. Bu bosqichlar haqida yozishni o'ylaganimning sababi shuki, ko'pchilik yoshlar birinchi bosqichdan o'tib, ikkinchisiga yetib kelganda ajrashishni istab qolishini ko'raman. Menga kelgan shaxsiy savollardan, o'zim kuzatgan narsalarimdan. Bu esa to'g'ri qaror emas. Shunday hollarda yoshi katta, tajribali, hikmatli kishilar ularni sabrga chaqirsalar, bu bosqich muvaffaqiyat ekani, vaqtinchalik ekani. Kishining qalbi tez tez o'zgarib turadigan qilib yaratilgani kabilarni eslatsalar, keyingi bosqichga o'tib olishlari uchun yordam bo'ladi.
Shu nuqtada eslatib o'tish kerakki, ba'zida ajrashish eng to'g'ri qaror va ko'plab yaxshiliklar uchun yo'l bo'ladi. Endi ajrashish doimo yomon narsa bo'lmaydi. Ba'zida eng yaxshi ish shu ajrashish bo'ladi. Buni ham unutmaslik kerak. Bekorga Alloh Taolo bu yechimni bermagan shariatda. Men bir videoda bir domlaning taloqni harom va jirkanch narsadek tasvirlayotganini ko'rdim. Asli esa ajrashish doim ham salbiy qaror bo'lavermaydi. Ba'zida eng yomon qaror bo'lsa, ba'zida eng yaxshi qaror bo'ladimi? Xo'sh, unday bo'lsa, ikkinchi bosqichdagi muvaqqat tushkunlik sababidan ajrashish bilan asosli hollarda to'g'ri qaror o'laroq ajrashishning farqi nimada?
Qachon men ikkinchi bosqichdagi muvaqqat salbiy hissiyotlar asosida ajrashayapman u, qachon to'g'ri qaror qilib ajrashayapmen degan narsani odam qayerdan biladi? Farq. Mening o'ylashimcha, ajrashish qarori hissiyotlar emas. O'ylab ko'rish, solih hikmatli kishilar bilan maslahatlashish, istixora namozini o'qib, Allohda hidoyat so'rash bilan bo'lsa, jiddiy sabablar va asoslarga ko'ra va taqvo bilan bog'liq bo'lsa, o'sha ajrashish shariat izn bergan, balki ba'zi hollarda shariat amr qilgan ajrashish bo'ladi. Ya'ni shariat amr qilingan ajrashishni sodda qilib aytadigan bo'lsak, ikkita qanoti bo'ladi. Bitta qanoti istixora, Alloh Taolodan istixora qilib, to'g'ri yo'lga boshlashni duo qilib so'raydi. Ikkinchi qanoti istishora. Istishora, ya'ni odamlar bilan maslahatlashib, hikmatli, aqlli, diyonatli kishilardan maslahat so'rab, u odamlarning maslahatini inobatga olib harakat qiladi.
Agar ajrashishga hissiyotlar oqibatida, ayniqsa nikohdan keyin hali hech qancha yashamay, hech bir aqlli, hikmatli, yoshi yoki tajribasi bor kishilar bilan maslahat qilmay qaror qilinsa, unda yuqori ehtimolga ko'ra, shu ikkinchi bosqichdan o'tishga tuzukroq harakat qilmasdan ajrashish bo'ladi. Va odatda bunda ajrashish nadomatga olib boradi. Agar o'sha ajrashish g'azabga qurilgan bo'lsa, hissiyotlarga qurilgan bo'lsa, istiqora qilib ko'rmasa, odamlar bilan maslahatlashib ko'rmasa. Sabr qilmasa va shariat bergan bosqichlardan o'tishga harakat qilib ko'rmasa. Bu bosqichlarni inshaalloh balki oila fiqh darslarimizda bayon qilarmiz. Yana bir muhim nuqta. Kofir va fosiq kishilar yashaydigan jamiyatlarda odamlar mana shu ikkinchi yoki uchinchi bosqichlarda birinchi bosqichni qo'msab, o'sha birinchi bosqichdagi yangilik hissiyotlarini qumsagani sababli xiyonatlari va zino va boshqa ishlarga harakat qiladilar.
Islomiy jamiyatda esa, erlar mana shu bosqichda, ya'ni ikkinchi bosqichda, birinchi bosqishni qumsab, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi ayollarga uylanadilar. Albatta ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi ayollarga uylanish shariatini ruxsat bergan va aksar rasulullohning birinchi o'rnida va aksar sahobalarning yo'li bo'lgan narsa va aksar ulamolarning. Biroq, modomiki mana shu bosqichlardan o'tishni o'rganmagan ekanlar, necha marta uylanmasinlar, keyingi ayollar bilan ham yana shu yoqimsiz bosqichlarga kelib, yana yangi uylanishni qo'msayveradilar. Ya'ni agar odam birinchi ayoli bilan yoki ikkinchi ayoli bilan, yoki hozirdagi oilasi bilan mana shu ikkinchi bosqichdan o'tib, uchinchi, to'rtinchi bosqichga yetib olib, saodatga erisha olmasa, unda ikkinchi oila unga ba'zi saodatni bermaydi. U faqat muammosini ikki barobar, uch barobar ko'paytirganda qoladi, xolos. Shuning uchun doimo ta'kidlaymanki, bir oilasidan zerikib, baxtli oila qura olmagan odam, uning ustiga yana bir oila olish bilan o'sha muammoni yechishga harakat qilmaslik kerak. Sababi u yechim emas, u faqat muammoni ko'paytirish bo'ladi xolos.
Alloh taolodan al vadud, ar rohim, ar rohman ismlarini vasiyla qilib so'raymizki, barchamizga oila saodatini nasib etsin. Juftlarimiz va farzandlarimizni ko'z quvonchimiz qilsin. Va mana shu bosqichlar agar bizning hayotimizda ko'rinayotgan bo'lsa, ba'zilarda aytganimdek oylar, ba'zilarda haftalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Alloh taolo mana shu biz hozir ko'rgan, o'qigan maqoladan ijobiy foydalanib, mana shu biz uchun yoqimli bo'lgan bosqichlarga, biz uchun yoqumsiz bo'lgan bos qishlardan sabr va hikmat bilan o'tib olishimizga alloh taolo nasib qilsin va oson qilsin. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh.